𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.8K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Qamariddin 2.pdf
2.6 MB
Tarixchilar orasida odatda “Qamariddin” (yoki “Usmonov”) nomi bilan ataladigan darslikning PDF shakli (2-qism). Ko‘pchilik obunachilarimiz so‘ragani uchun joylayapman.

👉 @TESTLIDER
👍6🐳42💯1
lafasov 1 .pdf
2.8 MB
Tarixchilar orasida odatda “Lafasov” nomi bilan ataladigan darslikning PDF shakli (1-qism).

👉 @TESTLIDER
👍86
lafasov 2 .pdf
4.6 MB
Tarixchilar orasida odatda “Lafasov” nomi bilan ataladigan darslikning PDF shakli (2-qism).

👉 @TESTLIDER
👍96🔥3👎2
⚡️“QUADRO” jamoasi tomonidan “yangi mavsum”da turli imtihonlar uchun 5 ta yangi guruh ochilmoqda:

❇️ Yaqinda bo‘ladigan attestatsiya imtihonlari uchun “TEZLASHTIRILGAN attestatsiya” guruhi – imtihonga qadar 1 oy davomida test ishlash taktikasi o‘rgatiladi, darsliklar bo‘yicha tezlashtirilgan savol-javoblar bo‘ladi. Attestatsiya standarti bo‘yicha ehtimoliy testlar ishlanadi. Haftada 6 marta dars.
• Darslar 10-apreldan boshlanadi.
• Kurs narxi: 100 ming so‘m.
• Kursga qo‘shilish uchun @AzizjonAlijonov'ga yozing.

❇️ Kuzda bo‘ladigan attestatsiya imtihonlari uchun “YANGI attestatsiya” guruhi – ushbu guruhda keyingi o‘quv yilida bo‘lib o‘tadigan attestatsiya imtihonlari uchun maxsus dars jadvali asosida darslar olib boriladi. Tavsiya etilgan darsliklar, kasb standarti, pedagogika bo‘yicha dars rejasi asosida savol-javoblar, testlar ishlanadi. Imtihonga qadar puxta tayyorgarlik ko‘riladi.
• Darslar 15-maydan boshlanadi.
• Kurs narxi: 100 ming so‘m.
• Kursga qo‘shilish uchun @Xoldorov_Husanboy'ga yozing.

❇️ Kuzgi “Milliy sertifikat” imtihoni va “Yozgi (avgust) imtihonlar” uchun yangi guruh – ushbu guruhda “avgust imtihonlari” va “Milliy sertifikat” imtihoni uchun abituriyentlar, o‘qituvchilar, talabalar, “Milliy sertifikat” olish istagida bo‘lganlar tayyorgarlik ko‘rishadi. Ishtirokchilar uchun barcha zarur materiallar – mavzulashtirilgan, boblashtirilgan testlar, BMBA testlari, qo‘llanmalar, bilan ta’minlanadi. Har darsda “dars jadvali” asosida “Savol-javob” bo‘lib o‘tadi. Darslar 6-sinf darsligidan boshlanadi. Yozgi imtihongacha “Quadro” tizimi asosida barcha darsliklar o‘qib tugallanadi, test ishlash taktikasi o‘rgatiladi. Lekin ushbu «sertifikatchilar uchun» kuzgacha davom ettiriladi. Dars rejasini ko‘rishingiz mumkin!
• Darslar 15-apreldan boshlanadi.
• Kurs narxi: 150 ming so‘m.
• Kursga qo‘shilish uchun @JalolBOLTAYEV'ga yozing.

❇️ “Majburiychilar guruhi” – ushbu guruhda “majburiy fan” doirasida tarix fanini o‘rganayotgan abituriyentlar tayyorgarlik ko‘rishadi. Darslar “majburchilar” uchun asosiy bloklarini o‘rganishga og‘irlik tushirmaydigan, lekin “majburiy fan”dan ham yuqori natija ko‘rsatishga yo‘naltirilgan tizim asosida olib boriladi.
• Darslar 15-apreldan boshlanadi.
• Kurs narxi: 120 ming so‘m.
• Kursga qo‘shilish uchun @TRozmatov'ga yozing.

👉 “QUADRO” – natijaga yo‘naltirilgan ta’lim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥8👎43
Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Niyati bo‘lakcha, amali mavhum.
Bu eldan Buxoriy chiqishi mumkin,
Lekin g‘ariblikda yashashga mahkum.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi asrorlarini.
Mashrabni osadi va orqasidan
Yig‘lab o‘qib yurar ash’orlarini.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Botini chirkinlik, zohiri sodda –
O‘tkan kunlarini yozgan o‘g‘lini
Bilmay otib qo‘yar Yunusobodda.

(c) Xayrulla Hamidov

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52👎64🔥4🙏2
Populizm haqida

Toʻgʻridan toʻgʻri jamoatchilik fikriga, omma kayfiyatiga suyangan holda gapirish populizm hisoblanadi. Jamoatchilik fikri qanday boʻlsa, populist ham xuddi shu fikrni aytadi. U fikrning toʻgʻri-notoʻgʻriligining populistga qizigʻi boʻlmaydi. Agar boshqacharoq fikrda boʻlsa, oʻz fikrini bayon etishga, tushuntirishga urinib ham oʻtirmaydi, koʻpchilik nima deyotgan boʻlsa, shu gapni aytadi-qoʻyadi (hatto oʻzi u fikrni notoʻgʻriligini bilsa yoki keyinroq anglab yetsa ham). Ko‘pchilikka yoqadigan gapni gapiradi (hatto xalqqa zararligini bilsa yoki anglab yetsa ham). Shu bilan ochko toʻplaydi, xalqning «mehri»ni qozonadi.

Populizm odatda siyosatda koʻp qoʻllanadi. Masalan, AQSHda Covid-19 pandemiyasi davrida ba’zi populist siyosatchilar emlashni “erkinlikka tahdid” deb hamma joyda bong urishgan, bu esa aholi salomatligi uchun zarur bo‘lgan emlash darajasining pasayishiga, virusning tezlik bilan tarqalishiga, emlash orqali oldini olish mumkin boʻlgan kasalliklarning koʻpayishiga olib kelgan. Qizigʻi, ularning ba’zilari emlashning ahamiyatini bilishiga qaramay, bu tibbiy jarayonni rad etishgan, chunki odamlarning ko‘pchiligi pandemiyaning boshida aynan shunday fikrda – emlashga qarshi bo‘lishgan. Mana populizm va populistik gaplarning zarariga bitta misol! Populizmning uzoq muddatli salbiy oqibatlari ham bor. Bugun bilinmas, ertaga bilinmas, yillardan soʻng bilinadi...

Kechirasizlar, men populist emasman ))

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26👎5🔥32
Testologiyada “Washback” deganda baholash tizimining ta’lim ishtirokchilariga ta’siri tushuniladi. 7-apreldan keyin “Washback” ta’siri salbiy tus oladi deb o‘ylayman. Ya’ni endi ko‘pchilik “Usmonov”larni yodlashga o‘tib ketishi mumkin (juda katta faktik, statistik ma’lumotlar bazasi). To‘g‘ri, mas’ullar istalgan statistik ma’lumotdan savol tuzmas, lekin “washback” katta ehtimol bilan shunday ta’sir etadi. Bu esa yomon.
👍19👎7
Kechagi suhbatda “sizni tushunyapman” deganlarning haligacha tushunib yetganligiga shubham bor (ba’zilardan tashqari, boshida qarshi chiqqan ikki inson tushundi, bundan juda xursandman).

Qarang. Agar testolog faqatgina xotirani emas, tarixiy tafakkur, tahlil, fikrlash, analiz qilish, xulosa chiqarish konstruktlarini o‘lchaydigan/baholaydigan test tuzish vazifasini olgan bo‘lsa, muayyan bir kitobdagi, masalan, “Usmonov”dagi duch kelgan faktik ma’lumotni olib, uni savol qilib bera olmaydi.

Kecha shuncha gapdan keyin «ha, shunda siz “Lafasov”, “Usmonov” o‘qishi kerak abituriyentlar deyapsiz», deganlarida ispancha uyat hissini tuydim lekin. Nahotki eshitib tushunish, o‘qib tushunish shunchalik qiyin bo‘lsa...
👍22👎6👀62🔥2
💯18👎13👍8👏2
👎9👏6👍2💯2
Oldingi natijalarimizni ko‘rish uchun quyidagi linkka o‘taverasiz.

👉 “Quadro” natijalari
👎82👍2🔥1
👍11👎101🔥1
Hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin, azizlar, hammaga samimiyat, insof bersin.

(c) Jalol BOLTAYEV
22👍7🔥3🙏2👀2
Bitta tarix fani ustozi bor. Repetitor emas, oldin repetitorlik qilgan. U repetitorlikdagi ko‘pgina metodika tizimini hech oqlamaydi. Men uni yomon ko‘ramanmi? Yo‘q, men uni hurmat qilaman, ustoz sifatida ko‘raman. Chunki uning aksariyat gaplari to‘g‘ri. U tajribali va mahoratli tarix fani o‘qituvchisi bo‘lganligi uchun uning qarashlarini o‘qib boraman, repetitorlikda ham integratsiya qilishga harakat qilaman. Uning aytishi bo‘yicha ham yodlash asosiy planga chiqmaydi. Qizig‘i, u o‘qitgan o‘quvchilarda repetitorlikdagi usullarni qo‘llamasa-da, effekt yuqori bo‘ladi (tarixni o‘qitishdan ko‘zlangan asl maqsadga erishish ma’nosida).

To‘g‘ri, mavjud standartlar va o‘z pedagogik qobiliyatlarimizdan kelib chiqqan holda moslashamiz. Bu yerda asosiy narsa – men u kabi o‘qitolmayman. Shuning uchun o‘z ko‘nikmalarimdan kelib chiqib, moslashaman. Bunda muammo menda, unda emas (yo faqatgina tizimda emas*).

*Tizimdagi muammoni istisno qilmayman. Lekin aybni faqat unga yuklay olmayman.
👍11👎75🔥4
Kecha obunachilardan biri “mnemonikaga qanday qaraysiz?”, mazmunida savol berdi.

Javob:
Mnemonikani kezi kelganda repetitorlikda qo‘llash mumkin. “Quadro” jamoasi a’zosi Ilyosxo‘ja Bekmirzayevning “Qulay qo‘llanma” nomli o‘quv qo‘llanmalarida mnemonikadan keng foydalanilgan. Bu kitoblar birinchi marta 2017–2018-yillarda rasmiy nashriyotdan chiqarilgan. Hozirgacha kitob do‘konlarida sotilib kelinmoqda. Qolaversa, mening muallifligimda “Tarixni o‘rganamiz” nomli qo‘llanmada ham mnemonikadan foydalanilgan (eski nashrlar bo‘yicha). Mnemonik usulni ancha (bir necha o‘n yillardan beri) qo‘llab kelayotgan tajribali ustozlarimiz ham bor.

Lekin biz mnemonikani yoxud yodlashni ASOSIY PLANga olib chiqmaymiz. Bu industrial-agrar, agrar-industrial degan gapga o‘xshaydi.

Tarix o‘qitish metodikasi bo‘yicha allaqachon bir qancha tadqiqotlar olib borilgan, hozir ham olib borilmoqda. Ularda ba’zi usullar tanqid ostiga olingan, kamchiliklari ko‘rsatib berilgan. Faqat yodlashga xizmat qiluvchi bir necha usullarga ham to‘xtab o‘tilgan. Shuning uchun o‘sha tadqiqotlardagi va tarix sohasida yetak salohiyatga ega bo‘lgan ustozlarning tavsiyalari asosida tarixni tom ma’noda o‘rgatishga qaratilgan usullarni repetitorlik tizimiga ham integratsiya qilgan holda o‘qitishga harakat qilamiz. Va “bu orqali ham natijaga erishish mumkinmi?”, degan savolga javobimiz, albatta, “HA. Katta natijalarga erishish mumkin”.

Ko‘rishingiz mumkin:
“Quadro. Natijalar”.

Kimdir yodlashni asosiy planga olib chiqsa, o‘zi biladi. Yurtimizda har xil uslubda dars berib kelayotgan ustozlar bor. Bu yerda yana bir asosiy omillardan biri – mehnat omili. Kimdir haqiqatan mehnat qilyaptimi, unga shunchaki asossiz gapirishdan yiroq bo‘lish lozim. Hammadan ko‘proq mehnat qilyapman yoki eng birinchi qilyapman, deb o‘ylashdan oldin bu sohada ancha yillar ter to‘kib qo‘ygan ustozlaram borligini, qolaversa, yoshroq bo‘lsa-da, qattiq mehnat qilayotgan, tajribasini progressiv sur’atda orttirib borayotgan yoshlar yetilib chiqayotganligini inobatga olish lozim, menimcha, unday gaplarni aytishdan oldin.

Mana bu voqeani ham qayta eslab o‘tishni joiz bildim: https://t.me/TESTLIDER/2346
👍9👎65🔥1💯1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 31-mart sanasida bo‘lib o‘tgan «Milliy sertifikat» diagnostik testimizning TAHLILI
🎙 Jalol BOLTAYEV

Test ishlash usullari va boshqa foydali maslahatlar ham berilgan, ko‘rib olsangiz, katta foydasi tegadi!


📁 Testning PDF shakli

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥43👎1
⚡️Jalol BOLTAYEVning «AMALIY GEOGRAFIYA» onlayn kursi boshlanmoqda! 🌍


“Amaliy geografiya” kursida qaysi mavzular o‘rgatiladi?
“Masshtab”, “Azimut”, “Geografik koordinata”, “Okean suvi sho‘rligi va chuqurligini aniqlash”, “Havo harorati”, “Havo bosimi”, “Havoning mutlaq va nisbiy namligi”, “Gorizontallar bilan ishlash”, “Soat mintaqalari” va shu kabi geografiya fani o‘quv dasturi va spetsifikatsiyada mavjud bo‘lgan barcha amaliy mavzular.

Darslar qay tartibda olib boriladi?
Videodars
orqali mavzu tushuntirib beriladi. Mavzu bo‘yicha test ishlanadi (maxsus platformada). Keyin esa har bir test birma-bir tahlil qilib beriladi. Kurs davomida BMBA tomonidan so‘nggi yillarda qo‘llanib kelinayotgan “zamonaviy” qolipdagi test topshiriqlariga ko‘p urg‘u qaratiladi. Siz ham darslarga mas’uliyat bilan yondashib, topshiriqlarni vaqtida bajarib borsangiz, imtihonda tushadigan amaliy test topshiriqlari bo‘yicha sizda muammo qolmaydi.

Kurs kimlar uchun?
Attestatsiya, «Milliy sertifikat», «Avgust imtihonlari», fan olimpiadasiga tayyorlanayotgan o‘qituvchilar, abituriyentlar uchun


Kurs narxi: chegirma vaqtida (150 ming so‘m emas) 93 ming so‘m

Kursga ro‘yxatdan o‘tish uchun:
@JalolBOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥31
Do‘stlar, oflayndagi o‘quvchilarimga xaritalarni yuqoridagi “Vizual xaritalar” nomli kompyuter dasturi orqali o‘rgataman. Dastur muallifi men. Ushbu dastur orqali xaritalarni mukammal tarzda o‘rganish mumkin. Eng optimal usul desa ham bo‘ladi.

Lekin bu faqat oflayndagilar uchun. Agar xaritalarni o‘rganish bo‘yicha onlayn kurs ochsam (narxi juda arzon bo‘lmaydi), necha kishi o‘qiydi?

+ belgisini qoldiring.

“Bu 4 variantli test emas! Savolda so‘ralgan geografik obyektning ustiga bosasiz, javobingiz noto‘g‘ri bo‘lsa dastur sizga to‘g‘ri javobni xaritadan ko‘rsatadi! Demak, ushbu dastur orqali amaldagi atlas va xaritalarni mukammal o‘rganish mumkin!”
Dastur haqida qo‘shimcha ma’lumot:
https://t.me/TESTLIDER/2009
👍201🔥1
Tahrirlandi

Bir repetitor kanalga qo‘ygan testimni 1-savolidan 45-savoligacha «copy+paste» qilib, ism-familiyasini ham yozib qo‘yibdi.

Uzr so‘rab, boshqa plagiat qilmaslikka va’da berdi
(shuning uchun ushbu post tahrirlandi. Ism-familiyasi oshkor qilinmaydi).

***

Kimningdir biron bir materiali (testi, qo‘llanmasi, g‘oyasi, matni va hokazo) sizga yoqqan bo‘lsa ham plagiat qilmang. Testi yoqqan bo‘lsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri printerdan chiqarib ishlatavering. Siz 5 daqiqada ko‘chirgan material ustida muallif kunlab, haftalab ishlagan bo‘lishi mumkin. Shuni yodda tuting. Plagiatga toqatsizman.


Mualliflik huquqlarini buzmagan holda foydalanadigan repetitorlar bor, bemalol foydalanavering. Yuqoridagi gaplar mualliflikni buzadiganlarga atalgan.
👍16🔥12🐳2💯21