𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.8K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Ehtimoliy savollar (2024).pdf
3.4 MB
TARIX FANINI «MAJBURIY FAN» DOIRASIDA O‘RGANAYOTGAN ABITURIYENTLAR UCHUN JUDA KERAKLI O‘QUV QO‘LLANMASI!⚡️

EHTIMOLIY SAVOLLAR – 2024
• Repetitor Jalol BOLTAYEV tomonidan tuzilgan.

Ushbu qo‘llanmada faqatgina imtihonda tushish ehtimoli yuqori bo‘lgan ma’lumotlar asosida tuzilgan savol-javoblar o‘rin olgan (muallifning shaxsiy ekspertizasi).

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍233👏2🔥1💯1
Umumiy sovrin 1 200 000 so‘m bo‘lgan tanlov (test) sizni kutmoqda...

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍7🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💎 «QUADRO» jamoasi ustozlari tomonidan 5-aprelda, bu «sertifikat yili» uchun so‘nggi «MILLIY SERTIFIKAT» diagnostik testi tashkillashtirilmoqda! Bu gal yuqori o‘rinlar uchun 1 mln 200 ming so‘mlik sovrin ham ajratilgan.

7-apreldan oldin:
• «Milliy sertifikat» savollari qolipini ko‘rib olasiz;
• ehtimoliy testlarni ishlaysiz;
• tayyorgarlik darajangizni sinab ko‘rasiz;
💵pul yutib olishingiz mumkin.

Test yakunlangach, test tahlili ham bo‘lib o‘tadi, unda test ishlash taktikasi va sirlari, nimalarga e‘tibor berish kerakligi tushuntiriladi.

😀 Keyin «QUADRO»ga rahmat aytasiz :)

Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
@Xoldorov_Husanboy
To‘lov: 40 ming so‘m

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍133🔥3
Rash modeli asosida hisoblash tartibi

E’tibor bering. Siz B+ darajasini olsangiz ham yaxshi ballga ega bo‘lishingiz mumkin.

Masalan, 64,9 ball (B+ daraja) oldingiz, sizga imtihonda 92,86 ball beriladi.

60 ball (bu ham B+ daraja) olsangiz – 85,70 ball. Yomon emasdek.

A+ (70–75 va undan yuqori) va A (65–65,9) esa tabaqalashtirilmagan tarzda MAKSIMAL ball beradi.

Yuqoridagi gaplarim faqat 1-blok uchun.

Rash modelida eng yuqori ball shartli ravishda 75. Aslida undanam yuqori bo‘lishi mumkin. Bu auditoriyaga bog‘liq.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🔥31
Kompyuterimning qaysi bir burchagida edi-ya “Lafasov” va “Qamariddin” bo‘yicha tuzgan testlarim...
👍28👀5👏2🐳1
«“Qamariddin”dan tushdi», «eski darsliklardan tushdi», «konstitutsiyadan tushdi», «darslikdan tashqari tushdi», deb apellyatsiya berish foydasiz.

Qonunchilikkka ko‘ra, test topshiriqlari muayyan darsliklardan emas, o‘quv dasturlari asosida tuziladi.

Bu gapga meni yomon ko‘rib o‘tirmang. Qonunchilikda va testologiyada* shunday, agentlik rasmiylari ham xuddi shunday javob berishgan.

*Testologiyada shunday, ya’ni test muayyan o‘quv darsliklari bilan cheklanmaydi. Test tuzishda o‘quv dasturlari doirasidagi istalgan adabiyotdan foydalanilishi mumkin. Lekin testologiya bo‘yicha test talabgorning faqatgina xotirasini sinamasligi kerak.

(c) Jalol Boltayev

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎44👍9💯3🔥1👌1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍182👏1😍1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
MILLIY SERTIFIKAT (DIAGNOSTIK).pdf
Mana bu diagnostik testda yangi 7-sinf “O‘zbekiston tarixi” darsligidan bitta “mobad”ni qo‘yganga shuncha malomat qilgandingiz 🥲, “yangi darslikdan tushmaydi-ku”, “100 % faktik-ku”, “bu ma’lumotni o‘qimagan bo‘lsak, umuman topib bo‘lmaydi-ku”, deb... Bu shunday tipdagi 1 ta savol edi... Qolganlarida mantiqiylik va/yoki tarixiylik mavjud edi.

Savol “100 % faktik” va faqat xotiraga asoslanib, “murakkab” bo‘lishidan ko‘ra mantiqiy va/yoki tarixiy-mulohazali bo‘lib, “murakkab” bo‘lgani yaxshi.

Har ikkala joyda murakkab so‘zini qo‘shtirnoq ichida yozganimning sababi bor...

(c) Jalol Boltayev

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍204🔥3🏆1
Ishoning. Darslikdan tashqari tushdi, deb e’tiroz umuman bildira olmaysiz. Jahon testologiya tajribasida shunday. Imtihon muayyan darsliklar bilan cheklanmaydi. Masalan, IELTS imtihoniga qarang. Har kim o‘zi xohlagan kitobdan tayyorgarlik ko‘raveradi (ingliz tili boshqa, tarix boshqa, to‘g‘ri. Lekin IELTSni o‘zbeklar ham biladi, shunga shuni misol qilyapman. Tarix va boshqa ijtimoiy fanlar bo‘yicha boshqa test tizimini misol qilsam, siz uni ko‘rmagansiz, bilmaysiz. Shunga IELTSni misol qilishga majburman).

Yoki aytaylik, sizga “faqat mana shu darsliklardan tushadi” deb, 10, 11 larning “eski”, “yangi”larini ham, “Lafasov”, “Usmonov”larni ham ro‘yxatini chiqarib bersa, “ha, endi zo‘r bo‘ldi” deganimas! Agar yodlash kerak bo‘lsa, o‘sha ro‘yxatdagi kitoblarni o‘quvchining o‘qib chiqishi va xotirasida saqlashi murakkab. Ko‘p ma’lumot juda.

Shuning uchun testlar qaysi kitobdan tushmasin mantiqiy yondashgan, mulohaza qilgan, fikrlagan holda topa olish imkoniyati bo‘lgani yaxshiroq bo‘ladi. Faqat xotiraga tayaniladigan bo‘lsa, yuqoridagi darsliklarni barini o‘qib (yodlab) chiqish 11-sinf o‘quvchisiga juda murakkablik qiladi.

***

1. “Aniq muayyan darsliklar/ro‘yxat bilan cheklanishi” de-yure hech qachon bo‘lmaydi. Bu testologiyaning mohiyatiga zid!

2. Test topshiriqlarini fikrlab, mulohaza qilib topishga undaydigan qilib shakllantirsa bo‘ladi (masalan, esse ham qo‘shilsa...).

3. O‘zi qaysi biri muhimroq? Xotira yoki fikrlash? Odam xotira bo‘yicha gadjetlardan ustun bo‘la olmaydi hech qachon. Lekin uni jonlantirish, talqin qilish, fikrlash – shu jihatdan ustun hozircha.

4. O‘zi qaysi biri osonroq? Bu kungacha yodlashni fikrlashdan osonroq deb hisoblardim. Yodlash oson ish. Lekin natija uchun juda ko‘p ma’lumotni yodlash talab etilsa, ikkalasi teng bo‘lib qolishi mumkin ekan (lekin shunda ham tarozining pallasiga qo‘ysak, yodlash oson kelsa kerak).

5. Agar kimdir “Oliy ta’lim majburiy emas! U faqat bilimlilar, potensiallilar uchun” deydigan bo‘lsa, bugungi zamonda xotiraning bilimga u qadar aloqasi yo‘q. Bitta yozuvchining 20 ta asarining nomini yoddan bilgandan ko‘ra, uning bitta asariga taqriz, munosabat yoza oladigan darajada o‘qish, o‘sha asarning mohiyatini, asar orqali yozuvchi qanday “fidbek” bermoqchi bo‘lganligini anglay olish muhimroq bo‘lishi mumkin.

(c) Jalol Boltayev

Davomi bo‘lishi mumkin...
👍39🔥62👎2👏1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Ishoning. Darslikdan tashqari tushdi, deb e’tiroz umuman bildira olmaysiz. Jahon testologiya tajribasida shunday. Imtihon muayyan darsliklar bilan cheklanmaydi. Masalan, IELTS imtihoniga qarang. Har kim o‘zi xohlagan kitobdan tayyorgarlik ko‘raveradi (ingliz…
Mayli, shuncha gap aytibman. Bunday o‘ylab qarasam, o‘zimgayam hozirgi standartlar, qarashlar asosida repetitorlik qilish osonroq. 😁 Standartlar asosida baza shakllantirish osonroq va shakllantirib ham qo‘yibman! Men testologman, qanday standartlar bo‘lmasin, qolipga tusha olaman. O‘zim aytgan tizim o‘zimgayam murakkab (repetitor sifatida, testolog sifatida) ☺️
👍35🔥76👎3
qamariddin 1 .pdf
3.7 MB
Tarixchilar orasida odatda “Qamariddin” (yoki “Usmonov”) nomi bilan ataladigan darslikning PDF shakli (1-qism). Ko‘pchilik obunachilarimiz so‘ragani uchun joylayapman.

👉 @TESTLIDER
👍113🐳2🏆1
Qamariddin 2.pdf
2.6 MB
Tarixchilar orasida odatda “Qamariddin” (yoki “Usmonov”) nomi bilan ataladigan darslikning PDF shakli (2-qism). Ko‘pchilik obunachilarimiz so‘ragani uchun joylayapman.

👉 @TESTLIDER
👍6🐳42💯1
lafasov 1 .pdf
2.8 MB
Tarixchilar orasida odatda “Lafasov” nomi bilan ataladigan darslikning PDF shakli (1-qism).

👉 @TESTLIDER
👍86
lafasov 2 .pdf
4.6 MB
Tarixchilar orasida odatda “Lafasov” nomi bilan ataladigan darslikning PDF shakli (2-qism).

👉 @TESTLIDER
👍96🔥3👎2
⚡️“QUADRO” jamoasi tomonidan “yangi mavsum”da turli imtihonlar uchun 5 ta yangi guruh ochilmoqda:

❇️ Yaqinda bo‘ladigan attestatsiya imtihonlari uchun “TEZLASHTIRILGAN attestatsiya” guruhi – imtihonga qadar 1 oy davomida test ishlash taktikasi o‘rgatiladi, darsliklar bo‘yicha tezlashtirilgan savol-javoblar bo‘ladi. Attestatsiya standarti bo‘yicha ehtimoliy testlar ishlanadi. Haftada 6 marta dars.
• Darslar 10-apreldan boshlanadi.
• Kurs narxi: 100 ming so‘m.
• Kursga qo‘shilish uchun @AzizjonAlijonov'ga yozing.

❇️ Kuzda bo‘ladigan attestatsiya imtihonlari uchun “YANGI attestatsiya” guruhi – ushbu guruhda keyingi o‘quv yilida bo‘lib o‘tadigan attestatsiya imtihonlari uchun maxsus dars jadvali asosida darslar olib boriladi. Tavsiya etilgan darsliklar, kasb standarti, pedagogika bo‘yicha dars rejasi asosida savol-javoblar, testlar ishlanadi. Imtihonga qadar puxta tayyorgarlik ko‘riladi.
• Darslar 15-maydan boshlanadi.
• Kurs narxi: 100 ming so‘m.
• Kursga qo‘shilish uchun @Xoldorov_Husanboy'ga yozing.

❇️ Kuzgi “Milliy sertifikat” imtihoni va “Yozgi (avgust) imtihonlar” uchun yangi guruh – ushbu guruhda “avgust imtihonlari” va “Milliy sertifikat” imtihoni uchun abituriyentlar, o‘qituvchilar, talabalar, “Milliy sertifikat” olish istagida bo‘lganlar tayyorgarlik ko‘rishadi. Ishtirokchilar uchun barcha zarur materiallar – mavzulashtirilgan, boblashtirilgan testlar, BMBA testlari, qo‘llanmalar, bilan ta’minlanadi. Har darsda “dars jadvali” asosida “Savol-javob” bo‘lib o‘tadi. Darslar 6-sinf darsligidan boshlanadi. Yozgi imtihongacha “Quadro” tizimi asosida barcha darsliklar o‘qib tugallanadi, test ishlash taktikasi o‘rgatiladi. Lekin ushbu «sertifikatchilar uchun» kuzgacha davom ettiriladi. Dars rejasini ko‘rishingiz mumkin!
• Darslar 15-apreldan boshlanadi.
• Kurs narxi: 150 ming so‘m.
• Kursga qo‘shilish uchun @JalolBOLTAYEV'ga yozing.

❇️ “Majburiychilar guruhi” – ushbu guruhda “majburiy fan” doirasida tarix fanini o‘rganayotgan abituriyentlar tayyorgarlik ko‘rishadi. Darslar “majburchilar” uchun asosiy bloklarini o‘rganishga og‘irlik tushirmaydigan, lekin “majburiy fan”dan ham yuqori natija ko‘rsatishga yo‘naltirilgan tizim asosida olib boriladi.
• Darslar 15-apreldan boshlanadi.
• Kurs narxi: 120 ming so‘m.
• Kursga qo‘shilish uchun @TRozmatov'ga yozing.

👉 “QUADRO” – natijaga yo‘naltirilgan ta’lim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥8👎43
Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Niyati bo‘lakcha, amali mavhum.
Bu eldan Buxoriy chiqishi mumkin,
Lekin g‘ariblikda yashashga mahkum.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi asrorlarini.
Mashrabni osadi va orqasidan
Yig‘lab o‘qib yurar ash’orlarini.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Botini chirkinlik, zohiri sodda –
O‘tkan kunlarini yozgan o‘g‘lini
Bilmay otib qo‘yar Yunusobodda.

(c) Xayrulla Hamidov

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52👎64🔥4🙏2
Populizm haqida

Toʻgʻridan toʻgʻri jamoatchilik fikriga, omma kayfiyatiga suyangan holda gapirish populizm hisoblanadi. Jamoatchilik fikri qanday boʻlsa, populist ham xuddi shu fikrni aytadi. U fikrning toʻgʻri-notoʻgʻriligining populistga qizigʻi boʻlmaydi. Agar boshqacharoq fikrda boʻlsa, oʻz fikrini bayon etishga, tushuntirishga urinib ham oʻtirmaydi, koʻpchilik nima deyotgan boʻlsa, shu gapni aytadi-qoʻyadi (hatto oʻzi u fikrni notoʻgʻriligini bilsa yoki keyinroq anglab yetsa ham). Ko‘pchilikka yoqadigan gapni gapiradi (hatto xalqqa zararligini bilsa yoki anglab yetsa ham). Shu bilan ochko toʻplaydi, xalqning «mehri»ni qozonadi.

Populizm odatda siyosatda koʻp qoʻllanadi. Masalan, AQSHda Covid-19 pandemiyasi davrida ba’zi populist siyosatchilar emlashni “erkinlikka tahdid” deb hamma joyda bong urishgan, bu esa aholi salomatligi uchun zarur bo‘lgan emlash darajasining pasayishiga, virusning tezlik bilan tarqalishiga, emlash orqali oldini olish mumkin boʻlgan kasalliklarning koʻpayishiga olib kelgan. Qizigʻi, ularning ba’zilari emlashning ahamiyatini bilishiga qaramay, bu tibbiy jarayonni rad etishgan, chunki odamlarning ko‘pchiligi pandemiyaning boshida aynan shunday fikrda – emlashga qarshi bo‘lishgan. Mana populizm va populistik gaplarning zarariga bitta misol! Populizmning uzoq muddatli salbiy oqibatlari ham bor. Bugun bilinmas, ertaga bilinmas, yillardan soʻng bilinadi...

Kechirasizlar, men populist emasman ))

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26👎5🔥32
Testologiyada “Washback” deganda baholash tizimining ta’lim ishtirokchilariga ta’siri tushuniladi. 7-apreldan keyin “Washback” ta’siri salbiy tus oladi deb o‘ylayman. Ya’ni endi ko‘pchilik “Usmonov”larni yodlashga o‘tib ketishi mumkin (juda katta faktik, statistik ma’lumotlar bazasi). To‘g‘ri, mas’ullar istalgan statistik ma’lumotdan savol tuzmas, lekin “washback” katta ehtimol bilan shunday ta’sir etadi. Bu esa yomon.
👍19👎7
Kechagi suhbatda “sizni tushunyapman” deganlarning haligacha tushunib yetganligiga shubham bor (ba’zilardan tashqari, boshida qarshi chiqqan ikki inson tushundi, bundan juda xursandman).

Qarang. Agar testolog faqatgina xotirani emas, tarixiy tafakkur, tahlil, fikrlash, analiz qilish, xulosa chiqarish konstruktlarini o‘lchaydigan/baholaydigan test tuzish vazifasini olgan bo‘lsa, muayyan bir kitobdagi, masalan, “Usmonov”dagi duch kelgan faktik ma’lumotni olib, uni savol qilib bera olmaydi.

Kecha shuncha gapdan keyin «ha, shunda siz “Lafasov”, “Usmonov” o‘qishi kerak abituriyentlar deyapsiz», deganlarida ispancha uyat hissini tuydim lekin. Nahotki eshitib tushunish, o‘qib tushunish shunchalik qiyin bo‘lsa...
👍22👎6👀62🔥2
💯18👎13👍8👏2