𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.9K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Kechagi “Milliy sertifikat” diagnostik testimizdan namuna

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4410👎6🤝3💯1
Tarixiy sulolani aniqlang.
Ushbu sulola tarixda eng uzoq hukm surgan turkiy sulolalar ichida ikkinchi o‘rinda turadi. Sulolaning kelib chiqishi XIII asr birinchi yarmida O‘rta Osiyoga kelib o‘rnashgan qabilaga borib taqaladi. Ushbu sulola o‘rta asrlarda shimolda Ili daryosi va Orol dengizidan janubida Fors qoʻltigʻiga qadar, sharqda Xitoy va Hindistondan gʻarbda Qora dengizga qadar ulkan maydonni egallagan davlatni boshqargan.
A) usmoniylar B) qoraxoniylar
C) shayboniylar D) temuriylar

***
Hurmali obunachilar, ushbu savolning javobi “temuriylar”. Bu savolda testologiya (yoki tarixiylik) jihatidan hech qanday xatolik yo‘q. Tarixiy tafakkuringizni ishga solib, darsliklardagi ma’lumotlarni ham eslab, biroz muhohaza yuritilsa, savolning javobi yaqqol namoyon bo‘ladi.

Savolni tahlil qilamiz:

A variantidagi “usmoniylar” javobi mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Savolda sulolaning kelib chiqishi O‘rta Osiyoga borib taqalishi aytilgan. 7-sinf “Jahon tarixi”dan bilamizki, usmoniylar sulolasi Kichik Osiyoda shakllangan.

B javobidagi “qoraxoniylar” ikkilantirishi mumkin. Lekin bu sulola ancha oldinroq tashkil topgan. 7-sinf “O‘zbekiston tarixi”da XI–XII asrlarda Xoqoniya davlati kuchayib, “Qarluq-Qoraxoniylar” davlati nomini olganligi haqida ma’lumot ham keltirilgan. Ya’ni savoldagi chegaralardan tashqari davr nutqayi nazaridan ham “qoraxoniylar” javobi to‘g‘ri kelmaydi.

C variantidagi “shayboniylar” javobi ham biroz ikkilantirishi mumkin. Shayboniylar sulolasiga ham XIII asrda Jo‘jining o‘g‘li Shaybon tomonidan asos solingan. Shayboniylar sulolasi hukm surgan davlatlar savolda so‘ralgan sulolaning o‘rta asrlarda hukmronlik qilgan davlati chegaralariga to‘g‘ri kelmaydi.

Endi D variantidagi “temuriylar” javobini ko‘rib chiqamiz:
Ushbu sulola tarixda eng uzoq hukm surgan turkiy sulolalar ichida ikkinchi o‘rinda turadi”. Haqiqatan, temuriylar sulolasi 1370–1858-yillarda hukm surgan. To‘g‘ri, O‘rta Osiyoda temuriylar sulolasi XVI asr boshlarida yo‘q bo‘lib ketadi. Biroq, 1526-yilda temuriy Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonni zabt etib, yana bir bir temuriylar davlatini barpo etadi. Tarixchi olimlar tomonidan boburiylar sulolasi ham temuriylar sulolasi sifatida e’tirof etiladi. Shu tariqa temuriylar sulolasi “tarixda eng uzoq hukm surgan turkiy sulolalar ichida ikkinchi o‘rinda turadi” (1-o‘rinda usmoniylar: 1299–1922-yillar, 620 yildan ziyod; 2-o‘rinda temuriylar: 1370–1858-yillar, 480 yildan ziyod).

“Sulolaning kelib chiqishi XIII asr birinchi yarmida O‘rta Osiyoga kelib o‘rnashgan qabilaga borib taqaladi”. 7-sinf “O‘zbekiston tarixi”dan bilamizki, Amir Temur barlos urug‘idan bo‘lgan. Barloslar Chingizxon hujumlari (XIII asr) davrida O‘rta Osiyoga kelib o‘rnashganlar. Bu fakt.

Siz ham “Amir Temur mo‘g‘ullardan-mo‘g‘ullardan emas, Chingizxon avlodi-avlodi emas”, degan “mahalliy bahs”larni eshitgan bo‘lsangiz kerak. Men bu haqda biron nima demayman. Lekin barloslar XIII asrda O‘rta Osiyoga kelib o‘rnashganligi fakt. Yuqoridagi mavzu sizga qiziq bo‘lsa, olimlar ishtirokidagi professional podkastlarni tavsiya etaman: «Qurultoy» (YouTube)

Aynan bu jumlalar darslikda yo‘q-ku” degan gap eng yemagan argument. Ko‘rib turganingizdek, darsliklardagi ma’lumotlardan foydalanib, biroz mulohaza yuritib, tarixiy tafakkurimizni ishga solib to‘g‘ri javobni topib oldik (hali savoldagi “chegaralar”ni aytmasa ham...). “Diagnostik test”imizda faqat 1 ta savol “100 % faktik” va faqat xotiraga asoslangan edi (“mobad” haqidagi). Bu savolni qo‘yishimizning ham yetarlicha sababi bor edi. Bu haqda keyinroq aytaman.

(c) Jalol BOLTAYEV – tarixchi repetitor, testolog.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥54👎3👏1
Kechagi “Milliy sertifikat” diagnostik testimizdan yana bir namuna

👉 @TESTLIDER
🔥17👍5
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV pinned «Tarixiy sulolani aniqlang. Ushbu sulola tarixda eng uzoq hukm surgan turkiy sulolalar ichida ikkinchi o‘rinda turadi. Sulolaning kelib chiqishi XIII asr birinchi yarmida O‘rta Osiyoga kelib o‘rnashgan qabilaga borib taqaladi. Ushbu sulola o‘rta asrlarda shimolda…»
Yana navbatdagi, yangi onlayn guruhimizni ochyapmiz. Darslar 10-apreldan boshlanadi. “Quadro” jamoasining barcha ustozlari – Bahrom Hikmatov, Ilyosxo‘ja Bekmirzayev, Azizjon Alijonov, Husanboy Xoldorov, To‘lqinbek Ro‘zmatov va men – Jalol Boltayev dars beradi. Natijaga yo‘naltirilgan ta’limni xohlasangiz va tizimimizga mas’uliyat bilan yondasha olsangiz, qo‘shiling.

Qabulda: @Xoldorov_Husanboy

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20
«MILLIY SERTIFIKAT» DIAGNOSTIK TESTINING TAHLILI HOZIRGINA YAKUNLANDI!

Tahlildan keyin biroz “Milliy sertifikat” imtihonlari yuzasidan berilgan savollarga javoblar va tavsiyalar ham beriladi.

Navbatdagi diagnostik test 5-aprelda bo'ladi!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19
31-martda bo‘lib o‘tgan “Milliy sertifikat” diagnostik testidan yana bir namuna

Javoblaringizni izohlarda qoldiring.

👉 @TESTLIDER
👍9🔥21🏆1
@TESTLIDER kanalida e’lon qilingan postlarga fikr bildirishingiz uchun guruh ulab qo‘ydim. Ulanib oling.

Guruh havolasi: @XorazmSertifikat

Bemalol fikr bildirishingiz mumkin, salbiy, ijobiy... Farqi yo‘q. So‘z va fikr erkinligi tarafdoriman. :) Faqat fikringiz salbiy yoki ijobiy bo‘lishidan qat’i nazar asosli va mantiqli bo‘lsin.

(c) Jalol BOLTAYEV
👍102🔥1
⚡️HURMATLI FARG‘ONA VILOYATI TARIXCHILARI!

📌 4-APREL
SOAT — 9:00 da
📍BAG‘DOD TUMANI, "NOBEL O‘QUV MARKAZI" binosida

— Yaqinda o‘tkaziladigan (7-aprel, yakshanba kuni) Tarix fanidan milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarligingiz darajasini aniqlash uchun zo‘r imkoniyat taqdim etamiz!

— Tarix fanini o‘qitish xususida o‘ziga xos auditoriyaga ega ikki ustoz Hikmatillo Qurbonov va Azizjon Alijonovlar tomonidan "MILLIY SERTIFIKAT» DIAGNOSTIK testi tashkillanmoqda!

⚡️ Ushbu diagnostik testda qatnashish orqali siz bilimingizni sinovdan o'tkazishingiz va mustahkamlashingiz, shuningdek, ehtimoliy bo'lgan savollarga ega bo'lishingiz mumkin.

💳 Ushbu test sinovida ishtirok etish narxi — 40, 000 so'm! To'lov ikki xil usulda amalga oshirilishi mumkin!
— Naqd va klik orqali...

Karta: 8600130989995131 (Azizjon Alijonov nomida)

🔥FARG‘ONALIK TARIXCHILAR GURUHIGA ULANIB OLING:
👉 https://t.me/+9bHjkzJzIElkODhi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🤝1
#boshlandi #ruxsatnoma

🔸Tarix fanidan 7-aprelda boʻlib oʻtadigan «Milliy sertifikat» imtihoni uchun ruxsatnomalar berish boshlandi

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani
my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 10:00 da) kiritiladi.

👉
@TESTLIDER
👍5🔥1
Ehtimoliy savollar (2024).pdf
3.4 MB
TARIX FANINI «MAJBURIY FAN» DOIRASIDA O‘RGANAYOTGAN ABITURIYENTLAR UCHUN JUDA KERAKLI O‘QUV QO‘LLANMASI!⚡️

EHTIMOLIY SAVOLLAR – 2024
• Repetitor Jalol BOLTAYEV tomonidan tuzilgan.

Ushbu qo‘llanmada faqatgina imtihonda tushish ehtimoli yuqori bo‘lgan ma’lumotlar asosida tuzilgan savol-javoblar o‘rin olgan (muallifning shaxsiy ekspertizasi).

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍233👏2🔥1💯1
Umumiy sovrin 1 200 000 so‘m bo‘lgan tanlov (test) sizni kutmoqda...

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍7🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💎 «QUADRO» jamoasi ustozlari tomonidan 5-aprelda, bu «sertifikat yili» uchun so‘nggi «MILLIY SERTIFIKAT» diagnostik testi tashkillashtirilmoqda! Bu gal yuqori o‘rinlar uchun 1 mln 200 ming so‘mlik sovrin ham ajratilgan.

7-apreldan oldin:
• «Milliy sertifikat» savollari qolipini ko‘rib olasiz;
• ehtimoliy testlarni ishlaysiz;
• tayyorgarlik darajangizni sinab ko‘rasiz;
💵pul yutib olishingiz mumkin.

Test yakunlangach, test tahlili ham bo‘lib o‘tadi, unda test ishlash taktikasi va sirlari, nimalarga e‘tibor berish kerakligi tushuntiriladi.

😀 Keyin «QUADRO»ga rahmat aytasiz :)

Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
@Xoldorov_Husanboy
To‘lov: 40 ming so‘m

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍133🔥3
Rash modeli asosida hisoblash tartibi

E’tibor bering. Siz B+ darajasini olsangiz ham yaxshi ballga ega bo‘lishingiz mumkin.

Masalan, 64,9 ball (B+ daraja) oldingiz, sizga imtihonda 92,86 ball beriladi.

60 ball (bu ham B+ daraja) olsangiz – 85,70 ball. Yomon emasdek.

A+ (70–75 va undan yuqori) va A (65–65,9) esa tabaqalashtirilmagan tarzda MAKSIMAL ball beradi.

Yuqoridagi gaplarim faqat 1-blok uchun.

Rash modelida eng yuqori ball shartli ravishda 75. Aslida undanam yuqori bo‘lishi mumkin. Bu auditoriyaga bog‘liq.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🔥32
Kompyuterimning qaysi bir burchagida edi-ya “Lafasov” va “Qamariddin” bo‘yicha tuzgan testlarim...
👍28👀5👏2🐳1
«“Qamariddin”dan tushdi», «eski darsliklardan tushdi», «konstitutsiyadan tushdi», «darslikdan tashqari tushdi», deb apellyatsiya berish foydasiz.

Qonunchilikkka ko‘ra, test topshiriqlari muayyan darsliklardan emas, o‘quv dasturlari asosida tuziladi.

Bu gapga meni yomon ko‘rib o‘tirmang. Qonunchilikda va testologiyada* shunday, agentlik rasmiylari ham xuddi shunday javob berishgan.

*Testologiyada shunday, ya’ni test muayyan o‘quv darsliklari bilan cheklanmaydi. Test tuzishda o‘quv dasturlari doirasidagi istalgan adabiyotdan foydalanilishi mumkin. Lekin testologiya bo‘yicha test talabgorning faqatgina xotirasini sinamasligi kerak.

(c) Jalol Boltayev

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎44👍9💯3🔥1👌1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍183👏1😍1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
MILLIY SERTIFIKAT (DIAGNOSTIK).pdf
Mana bu diagnostik testda yangi 7-sinf “O‘zbekiston tarixi” darsligidan bitta “mobad”ni qo‘yganga shuncha malomat qilgandingiz 🥲, “yangi darslikdan tushmaydi-ku”, “100 % faktik-ku”, “bu ma’lumotni o‘qimagan bo‘lsak, umuman topib bo‘lmaydi-ku”, deb... Bu shunday tipdagi 1 ta savol edi... Qolganlarida mantiqiylik va/yoki tarixiylik mavjud edi.

Savol “100 % faktik” va faqat xotiraga asoslanib, “murakkab” bo‘lishidan ko‘ra mantiqiy va/yoki tarixiy-mulohazali bo‘lib, “murakkab” bo‘lgani yaxshi.

Har ikkala joyda murakkab so‘zini qo‘shtirnoq ichida yozganimning sababi bor...

(c) Jalol Boltayev

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍204🔥3🏆1
Ishoning. Darslikdan tashqari tushdi, deb e’tiroz umuman bildira olmaysiz. Jahon testologiya tajribasida shunday. Imtihon muayyan darsliklar bilan cheklanmaydi. Masalan, IELTS imtihoniga qarang. Har kim o‘zi xohlagan kitobdan tayyorgarlik ko‘raveradi (ingliz tili boshqa, tarix boshqa, to‘g‘ri. Lekin IELTSni o‘zbeklar ham biladi, shunga shuni misol qilyapman. Tarix va boshqa ijtimoiy fanlar bo‘yicha boshqa test tizimini misol qilsam, siz uni ko‘rmagansiz, bilmaysiz. Shunga IELTSni misol qilishga majburman).

Yoki aytaylik, sizga “faqat mana shu darsliklardan tushadi” deb, 10, 11 larning “eski”, “yangi”larini ham, “Lafasov”, “Usmonov”larni ham ro‘yxatini chiqarib bersa, “ha, endi zo‘r bo‘ldi” deganimas! Agar yodlash kerak bo‘lsa, o‘sha ro‘yxatdagi kitoblarni o‘quvchining o‘qib chiqishi va xotirasida saqlashi murakkab. Ko‘p ma’lumot juda.

Shuning uchun testlar qaysi kitobdan tushmasin mantiqiy yondashgan, mulohaza qilgan, fikrlagan holda topa olish imkoniyati bo‘lgani yaxshiroq bo‘ladi. Faqat xotiraga tayaniladigan bo‘lsa, yuqoridagi darsliklarni barini o‘qib (yodlab) chiqish 11-sinf o‘quvchisiga juda murakkablik qiladi.

***

1. “Aniq muayyan darsliklar/ro‘yxat bilan cheklanishi” de-yure hech qachon bo‘lmaydi. Bu testologiyaning mohiyatiga zid!

2. Test topshiriqlarini fikrlab, mulohaza qilib topishga undaydigan qilib shakllantirsa bo‘ladi (masalan, esse ham qo‘shilsa...).

3. O‘zi qaysi biri muhimroq? Xotira yoki fikrlash? Odam xotira bo‘yicha gadjetlardan ustun bo‘la olmaydi hech qachon. Lekin uni jonlantirish, talqin qilish, fikrlash – shu jihatdan ustun hozircha.

4. O‘zi qaysi biri osonroq? Bu kungacha yodlashni fikrlashdan osonroq deb hisoblardim. Yodlash oson ish. Lekin natija uchun juda ko‘p ma’lumotni yodlash talab etilsa, ikkalasi teng bo‘lib qolishi mumkin ekan (lekin shunda ham tarozining pallasiga qo‘ysak, yodlash oson kelsa kerak).

5. Agar kimdir “Oliy ta’lim majburiy emas! U faqat bilimlilar, potensiallilar uchun” deydigan bo‘lsa, bugungi zamonda xotiraning bilimga u qadar aloqasi yo‘q. Bitta yozuvchining 20 ta asarining nomini yoddan bilgandan ko‘ra, uning bitta asariga taqriz, munosabat yoza oladigan darajada o‘qish, o‘sha asarning mohiyatini, asar orqali yozuvchi qanday “fidbek” bermoqchi bo‘lganligini anglay olish muhimroq bo‘lishi mumkin.

(c) Jalol Boltayev

Davomi bo‘lishi mumkin...
👍39🔥62👎2👏1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Ishoning. Darslikdan tashqari tushdi, deb e’tiroz umuman bildira olmaysiz. Jahon testologiya tajribasida shunday. Imtihon muayyan darsliklar bilan cheklanmaydi. Masalan, IELTS imtihoniga qarang. Har kim o‘zi xohlagan kitobdan tayyorgarlik ko‘raveradi (ingliz…
Mayli, shuncha gap aytibman. Bunday o‘ylab qarasam, o‘zimgayam hozirgi standartlar, qarashlar asosida repetitorlik qilish osonroq. 😁 Standartlar asosida baza shakllantirish osonroq va shakllantirib ham qo‘yibman! Men testologman, qanday standartlar bo‘lmasin, qolipga tusha olaman. O‘zim aytgan tizim o‘zimgayam murakkab (repetitor sifatida, testolog sifatida) ☺️
👍357🔥7👎3
qamariddin 1 .pdf
3.7 MB
Tarixchilar orasida odatda “Qamariddin” (yoki “Usmonov”) nomi bilan ataladigan darslikning PDF shakli (1-qism). Ko‘pchilik obunachilarimiz so‘ragani uchun joylayapman.

👉 @TESTLIDER
👍114🐳2🏆1