𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.8K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
📱#ONLAYN_TEST

⚡️«TESTNI ISHLASH» tugmasi orqali saytda test ishlang, testni yakunlashingiz bilan natijalaringizni ko‘rib olasiz!

• Darslik: 10-sinf «O‘zbekiston tarixi»
• Mavzu: 1–3-mavzular
• Muallif: Jalol BOLTAYEV
• Telegram kanali:
@TESTLIDER
TESTNI ISHLASH
🔥8👍62🏆2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BUGUN “Milliy sertifikat” namunasidagi EHTIMOLIY testlarni ishlashni xohlayotganlar bormi? Unda...

⚡️@TESTLIDER kanalida bugun 20:00 da 9-sinf «Jahon tarixi» darsligi navbatdagi “Milliy sertifikat” namunasidagi test bo‘lib o‘tadi. Test muallifi “Quadro” jamoasining ustozi, repetitor, testolog Jalol Boltayev. Testlar «Milliy sertifikat» savollariga maksimal darajada yaqin, ehtimoliy testlardan iborat bo‘ladi.

Ishtirokchilar soni: 1062 nafar

❗️Albatta qatnashing, bunday sifatli testlarni hamma yerda ham uchratavermaysiz! Test boshlanishiga 2 soatcha vaqt qolmoqda, tezda @TESTLIDER'ga qo‘shilib oling!
👍7💯21🏆1
Yuqoridagi postni “Milliy sertifikat”ga tayyorlanayotgan do‘stlariga, tanishlariga tarqatadigan sodiq obunachilarimiz, shu yerdamisizlar?
👍11
Testni 20:30 ga suramiz. Chunki jamoamiz a’zolari Husanboy Xoldorov va Bahrom Hikmatovlar tashkilotchiligida bo‘lib o‘tgan testning tahlili @TARIX_TILSIMI kanalida 20⁰⁰ da boshlanib, yarim soat davom etadi. Keyin @TESTLIDER kanaliga o‘tib, mening testimni ishlayverasiz )
👍12👏4🤝42🔥2
Milliy sertifikat (9 jahon).pdf
1.2 MB
🔥 TEST BOSHLANDI!

• JALOL BOLTAYEV
• «Milliy sertifikat»
• 9-sinf «Jahon tarixi» asosida
• 45 ta test (35 ta testning javobini yuborasiz!)
• Start: 4-mart 20:30

• Finish: 5-mart 19:00

▪️Faylni ochasiz, testlarni ishlab, @e_test1_bot'ga maxsus kod orqali 35 ta testning javobini yuborasiz!
▪️Maxsus kod: 101903
▪️Namuna: 101903*1a2b3c...35d

Yangi «Milliy sertfikat» testlari kerak bo‘lsa, quyidagi kanalga ulanib oling:
👉 @TESTLIDER – TARIX
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥62
Tarix faniga qiziqadiganlar boʻlsa kamina Eldor Asadovdan ajoyib tavsiya etiladigan kanal bor. Har qanaqangisiga qoʻrqmasdan bu kanalni tavsiya beraman. Istalgan kategoriya boʻyicha man uchun eng zoʻr kanal shu boʻladi. Kanal admini Jalol Boltayevni zamonaviy, creativ testologlardan deb bilaman. Hozir Jalol Boltayev oʻzining kanalida milliy sertifikat namunasidagi online test oʻtkazyapti. Tarixga qiziqsangiz ushbu online testga oʻzingiz qatnashing yoki tarixga qiziquvchi doʻstlaringizga xabar berib qoʻying. Xabar beradigan doʻstingiz boʻlmasa, shunchaki kanalga aʼzo boʻlib eng oxirgi xabar kommentariyasida @LEGALDOCTOR_UZ dan salom deb qoʻying. Keyin mandan sizga bitta olovcha boʻladi 🔥.

Kanalga ulanish yoki testda ishtirok etish uchun pastdagi havolaga oʻting.
https://t.me/TESTLIDER/2447
🔥13👍76
#darslikka_izoh

10-sinf “O‘zbekiston tarixi” darsligining Ikkinchi jahon urushiga oid 26-mavzusida (155-sahifa) “lend-liz” so‘zini uchratamiz. AQSH o‘ylab topgan lend-liz dasturi haqida nimalarni bilasiz?

“Lend-liz” atamasi inglizchadan lend – “qarz berish”, lizing – “ijara” deb tarjima qilingan. Lend-liz to‘g‘risidagi qonun 1941-yili Franklin Ruzvelt davrida qabul qilingan. Unga ko‘ra Amerika Ikkinchi jahon urushida o‘z ittifoqchilariga, asosan, harbiy asbob-anjomlar, texnika, tibbiy jihozlar, dori-darmon va strategik xomashyo yetkazib bergan.

Maʼlumotlarga koʻra, Buyuk Britaniya, Xitoy, SSSR va boshqa ittifoqchi davlatlar AQSHdan jami 50 milliard dollarlik yordam olgan. Bugungi kunda bu taxminan 690 milliard dollarga teng.

Lend-liz shartnomasiga koʻra, urush vaqtida yoʻq qilingan harbiy aslahalar uchun pul toʻlanmas edi. Urushdan keyin saqlanib qolgan materiallarning haqi AQSH tomonidan taqdim etilgan uzoq muddatli kreditlar hisobiga to‘liq yoki qisman to‘langan. Bu kreditlar foizsiz boʻlgan. Buzilmagan va yo‘qotilmagan aslahalarni AQSH talab etishiga haqqi bo‘lgan. Bunday holatda materiallar qaytarilishi shart bo‘lgan.

Lend-liz dasturi haqida oldin ham, hozir ham turli qarashlar, bahs bor. Kimdir Lend-liz yordami bo‘lmasa, urushda g‘alaba qozonib bo‘lmas edi desa, kimdir lend-liz hech qanday ahamiyatga ega emas edi, Amerikaning ayyorona siyosati edi, deydi.

Amerika manfaatiga qarshi qaratilgan gaplarga javoban AQSH prezidenti Franklin Ruzvelt lend-lizni izohlab shunday degandi:
“Qo‘shnimning uyiga o‘t ketdi. Menda olovni o‘chirishda asqotadigan rezina shlang bor. Agar qo‘shnim o‘tni o‘chirishda mening rezina shlangimdan foydalanishni xohlasa men bajonidil berib turaman”.

Birinchi bor lend-liz haqidagi qonun qabul qilinganidan 81 yil o‘tib, AQSH prezidenti Jo Bayden ikkinchi marta bunday qonunni imzoladi. Bu safar Rossiya bilan kurash olib borayotgan Ukrainaga lend-liz asosida harbiy yordam ko‘rsatilishi nazarda tutildi.

👉 @TESTLIDER
👍232💯2
Shu paytgacha nomimni plagiat va sifatsizlikdan saqlab keldim. Bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi, Xudo xohlasa. Biron-bir g‘oyani o‘ylab, uni shakllantirish uchun soatlab, kunlab o‘tirish talab etiladi. Ba’zida bir g‘oyani xayolan shakllantirish uchun ikki kun, qog‘ozga tushirish va ishlash uchun yana ikki kun ketishi mumkin. Shakllanishiga 4 kun ketgan o‘sha materialni esa 2 daqiqada “ekspluatatsiya” qilsa bo‘ladi...

O‘quvchilaringizga va farzandlaringizga plagiatning har qanday ko‘rinishi yomon ekanligini yoshligidan uqtiring.

Obunachilarga eslatma! Ushbu kanal yaratuvchisi plagiatni keskin qoralaydi.

👉 @TESTLIDER
👍25🔥52💯2🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
@legistuz kanali joylabdi hozir. Men ham bu videoni sizga ulashgim keldi. Kichik ishlar...

Videoda “Subyektiv” ko‘rsatuvida o‘qituvchi, siyosatshunos Hamid Sodiq.
15👍3🔥3🏆1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV pinned «👍👍👍 ⚡️Tez kunlarda bo‘lib o‘tadigan attestatsiyaga “Standart attestatsiya” nomli kompyuter test dasturi orqali tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin. Ushbu dastur orqali xuddi attestatsiya imtihonlaridagi kabi muhitni his qilsa bo‘ladi. Imkoniyatlari va qulayliklari:…»
TARIX. MILLIY SERTIFIKAT (@TESTLIDER).pdf
5 MB
• Test: «MILLIY SERTIFIKAT»
• Muallif: JALOL BOLTAYEV✅️
1-variant
• Maxsus kod: 102262 (@e_test1_bot)

👉 @TESTLIDER – yangi “Milliy sertifikat” testlari kerak bo‘lsa, kanalimizni kuzatib boring :)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍254🔥3👏3
Aziz va mo‘tabar opa-singillar!

Sizlarni 8-mart – «Xalqaro xotin-qizlar kuni» bilan tabriklayman. Sizlarga uzoq va mazmunli umr, sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadoningizga fayz-u baraka tilayman. Doimo oilangiz, farzandlaringiz, el-u yurt ardog‘ida bo‘ling!

(c) Jalol BOLTAYEV

P. S. Rasmni o‘zim yasadim, yaqinlaringizga yuborib, “tabriklashga ketadigan” rasm bo‘lgan, menimcha :)

👉 @TESTLIDER – TARIX
👍149👎1🔥1👏1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
TARIX. MILLIY SERTIFIKAT (@TESTLIDER).pdf
To‘g‘ri javoblar.

Tez orada yana yangi “Milliy sertifikat” testlarini joylayman🔥

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍273🔥2💯2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍225
📱#ONLAYN_TEST

⚡️«TESTNI ISHLASH» tugmasi orqali saytda test ishlang, testni yakunlashingiz bilan natijalaringizni ko‘rib olasiz!

• Darslik: 10-sinf «O‘zbekiston tarixi»
• Mavzu: 4–9-mavzular
• Muallif: Jalol BOLTAYEV
• Telegram kanali:
@TESTLIDER
TESTNI ISHLASH
👍133
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
TARIX. MILLIY SERTIFIKAT (@TESTLIDER. JALOL BOLTAYEV. 2-v.).pdf
Ushbu “Milliy sertifikat” testini ertaga @TESTLIDER kanalida videochatda tahlil qilishga nima deysizlar?

(Reaksiyalar bilan munosabatingizni bildiring)
🔥52👍333💯3
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
TARIX. MILLIY SERTIFIKAT (@TESTLIDER).pdf
Soat 23⁰⁰ da videochat ochiladi, testni tahlil qilamiz.
🔥13👍52
Live stream scheduled for
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
TARIX. MILLIY SERTIFIKAT (@TESTLIDER. JALOL BOLTAYEV. 2-v.).pdf
Videochatda test tahlili boshlanishiga 5 daqiqa qoldi. Kutayotganlar bormi?

Umumiy natijalar:
🏆 REYTING

👍 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯10🏆43👍3🔥1🤝1