𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.8K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
👍71❤‍🔥1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Photo
#huquq

8-sinf O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari darsligidagi topshiriq (93-sahifa)

Saylovlarda qatnashish – birlamchi navbatda huquq normasi. Keng ma’noda nafaqat huquq normasi, shuningdek axloqiy mas’uliyat hamdir. Huquqiy, demokratik davlat fuqarosi o‘z ovozi orqali jamiyat va davlatning kelajagiga ta’sir eta oladi. Munosib nomzodni tanlash va unga ovoz berish fuqaroning axloqiy mas’uliyati hisoblanadi.

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash – birlamchi navbatda huquq normasi. Keng ma’noda soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash axloq normasi hamdir. Biz to‘lagan soliqlar davlat byudjetini tashkil etadi. Davlat, masalan, soliqdan keladigan mablag‘ orqali ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj qatlamga yordam beradi. Shuning uchun ham huquqiy, demokratik davlatlarda soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash axloqiy mas’uliyat hamdir. Huquqiy, demokratik davlatda har bir inson soliq to‘lash orqali o‘z davlatining iqtisodiy rivojlanishi, infrastrukturasi, ta’limi va boshqa sohalariga hissa qo‘shadi.

Ota-onalarga g‘amxo‘rlik qilish – farzandning ota-onasiga g‘amxo‘rlik qilishi kerakligi jamiyat tomonidan, avvalo, axloq normasi sifatida qabul qilinadi (ayniqsa, bizning jamiyatda). Shuningdek, ota-onaga g‘amxo‘rlik qilish ko‘pgina davlatlarda huquq normasi hamdir. Jumladan, Konstitutsiyamizning 80-moddasida “Voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”, deya belgilab qo‘yilgan.

Axloq haqida nisbatan kengroq tushunchaga ega bo‘lish uchun: https://en.wikipedia.org/wiki/Morality

Topshiriqdagi xulq-atvor normalarini siz qanday ajratdingiz? Izohlarda qoldiring, derdim-u, muhokama guruhi ochmaganman-da 🙂

👉 @TESTLIDER — repetitor Jalol Boltayev sahifasi
👍7👎7😎1
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, jinoiy javobgarlikka tortishning eng kichik yoshi necha yosh hisoblanadi?

HUQUQ|@TESTLIDER|JALOL BOLTAYEV
Anonymous Quiz
25%
A) 13 yosh
37%
B) 14 yosh
25%
C) 16 yosh
13%
D) 18 yosh
👍82🤔21
5🐳1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
👉 @TESTLIDER
Masalan, geografiya darsida abituriyentlarga murakkabroq bo‘lgan bir amaliy topshiriq berib, uni to‘g‘ri yechganlarga turli summalar qo‘yilgan vaucherlar berilsa, ularning bilimi tom ma’noda oshishiga ham, qiziqishlari ortishiga ham erishgan bo‘lasiz, deb o‘ylayman. Samaradorlik va qiziqarlilikni birlashtirish murakkabroq jarayon aslida. Shu ikki jihatni birlashtirishning usullardan biri-da endi buyam. Masalan, har darsda abituriyentga krossvord yechtiraversangiz, unga qiziqarli bo‘lishi mumkindir, lekin bu bilan uning bilimi rivojlanib qolmasligi yoki samaradorlik bo‘lmasligi mumkin.

O‘zim “DATA”da dasturlashda o‘qib yurgan kezlarimda har darsda 20000 so‘mlik bir yo ikki vaucher o‘ynalardi. Murakkabroq muammoning yechimini (kodini) to‘g‘ri topgan o‘quvchiga berilar edi. Ko‘pchilik shu vaucherga ega bo‘lish uchun videodarslarni uyida diqqat bilan ko‘rib, tayyorlanib kelardi (masalani birinchi va to‘g‘ri topish uchun). Nafaqat iqtisodiy jihatdan foyda, shuningdek o‘ziga xos gʻururlanish ham berardi bu. Eng asosiysi esa – o‘sha videodarslarni ko‘rish, uyga vazifalarni tayyorlash, berilgan masalani yechish haqiqatan samarali edi, ya'ni ko‘nikmalarimizni haqiqatan oshirar edi (har darsda «krossvord yechgandek» emas edi).

Keyinchalik o‘ylab qoldim: buni geografiya, huquq, tarixga ham joriy qilsa bo‘ladi, har darsda bir 20000 so‘mlik vaucher…

👉 @TESTLIDER — repetitor Jalol Boltayev sahifasi
👍131🎉1
O‘tgan gal audiochatda berilgan ba’zi savollarga yozma shaklda ham javob bermoqchiman (1-qism).

- Milliy sertifikat imtihonida qaysi darsliklardan savol tushadi?
- Qaysi darsliklarni o‘qish kerak?
- «Tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati» haqida.

BATAFSIL: https://telegra.ph/MILLIY-SERTIFIKAT-HAQIDA-10-14

👉
@TESTLIDER — JALOL BOLTAYEV
👍91
“Asaxiy Books” asoschisi Feruz Allaev yozadi:

“Asaxiy Books” loyihasini boshlagandan beri eng koʻp oʻzbekchaga tarjima qilinishi soʻralgan kitob qaysiligini bilasizmi? Gitlerning “Mayn Kampf” kitobi. Ha, hayron qoldirishi mumkin, lekin ijtimoiy tarmoqda, elektron pochta orqali eng koʻp shu kitob tarjimasini soʻrashadi. 

Undan tashqari tez-tez bir guruh odamlarimizda Gitlerga nisbatan simpatiya koʻrinib turadi. Soʻnggi voqealar sabab bu simpatiya ochiqdan ochiq aytila boshladi. Afsuski, bu odamlar orasida oliy maʼlumotli boʻlganlar ham juda koʻp. Xuddi shunaqa, boshqa bir guruh vakillarida Stalinga nisbatan simpatiya, hatto muhabbatni ham sezganman. 

Bu bizda amal qiladigan test tizimining negativ natijalaridan biri deb bilaman. Yillar davomida tarixni faqat test yechish uchun yodlash bilan oʻrgandik. Oʻzim ham bir vaqtlar voqealar, shaxslar va hududlarni yodlaganman. Hamma ham natijaga qarab intiladi, oʻqituvchilar ham oʻquvchini imkon boricha testga tayyorlashga harakat qilishdi. Bu uchun ularni ayblab boʻlmaydi. 

Natijada, bir avlod, balki ikki avlod tarixda nima boʻlganligini oʻrgandi, nima uchun boʻlganligini oʻrganmadi. Natijada tarixga nisbatan tahlil deyarli yoʻq. Tanqidiy va tahliliy dunyoqarash oʻlgan. Agar, bolalar Gitler yoki Stalinni qanaqadir tarixiy shaxs emas, ularning nima uchun yomonligi, nima vahshiyliklar qilganini, oʻz ota-bobomizni qanaqa qirgani va ularning insonlar taqdiriga zararini oʻrganishganda, bugun Gitlerga nisbatan simpatiya kamroq boʻlardi manimcha. 

Dushmanimning dushmani mening doʻstim deb qarash bu voqelikni juda soddalashtirish boʻladi. Shunchaki, hozirgi aniq kontekstda dushmanning dushmani ham dushmandir. Har holda aqli joyida, yaxshilik tomon boʻlgan odam, dushmanning dushmani yomon boʻlsa, shunchaki dushmanga dushman boʻlgani uchun yaxshi demaydi. 

Yana va yana oʻsha tahliliy va tanqidiy dunyoqarash masalasiga qaytaveramiz. Kim nima desa ishonib ijro qilib ketadigan “qoʻylarni” emas, oʻz fikriga ega, tahlil qilib biladigan avlodni tarbiyalashimiz kerak. Bu boʻlsa kuchli taʼlim, erkin ijod, kitob va sanʼat, oiladagi erkinlik orqaligina boʻladi.

👉 @TESTLIDER
👍134👎3
Shuning uchun imkon qadar tarixning mohiyatiga urg'u qaratish kerak. O'quvchi tarixni o'qib, analitik va kritik fikrlashi oshishi kerak.
👍135❤‍🔥2
Aslida gap savolning "tushish" yoki "tushmasligi"da emas, "oson" va "qiyin"ligi da ham emas.

Avvalo, savolning "to'g'ri" yoki "noto'g'ri" ekanligida, savol o'quvchini tarixiy tafakkurini ishga solishga, tahliliy yondashishga majbur eta olishida.

👉 @TESTLIDER
👍21🔥3❤‍🔥2
#geografiya #yangi_qolipdagi_test

Geografiyadan "nostandart" test topshirig'i

👉
@TESTLIDER
👍53
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
#geografiya #yangi_qolipdagi_test Geografiyadan "nostandart" test topshirig'i 👉 @TESTLIDER
#geografiya

Yuqoridagi test topshirig'iga o'tgan darsda 20 000 so'mlik vaucher qo'ygan edim. Botirov Abdulla degan o'quvchim birinchi bo'lib to'g'ri ishlay oldi (va mohiyatini ham tushuntira oldi).

Qani, kim ishlay oladi?

Javobingizni menga (
@JalolBoltayev) yuborsangiz, tekshirib beraman.

👉
@TESTLIDER
🎉2
Audio
#raddiya

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan noto'g'ri tushunchaga olib keluvchi Bilim va malakalarni baholash agentligi «Call-markaz»i xodimi bilan bo'lgan suhbat yuzasidan RADDIYA!

Audio BMBA mas'ul xodimi bilan bo'lgan suhbatdan yozib olingan.

Hurmatli kuzatuvchilar, e'tibor bering! Gap o'quv dasturi haqida ketyapti, tavsiya etilgan darsliklar ro'yxati haqida emas. Ushbu ro'yxatni vazirlik taqdim etadi, agentlik ham abituriyentlarga qulaylik bo'lishi uchun e'lon qiladi. Audioyozuvda esa o'quv dasturi haqida gap ketgan. Qaysi o'quv dasturidan test savollari shakllantirilishi ham muhim masala. Chunki o'quv dasturi ham adabiyotlarga, test topshiriqlariga katta ta'sir ko'rsatadi.

👉 @TESTLIDER
👍8
👍8
👍7
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
#geografiya #yangi_qolipdagi_test Geografiyadan "nostandart" test topshirig'i 👉 @TESTLIDER
#geografiya

Test topshirig'ining yechimi

1️⃣. 1-sxemaning sonli masshtabi berilgan.
1:2000000. Dastlab sonli masshtabni nomli masshtabga aylantirib olamiz. 1 cm da 20 km (5 ta nolni o'chiramiz. Ya'ni 1 km da 100000 cm bo'lganligi uchun 100000 ga bo'lib yuboryapmiz. Shuning uchun 5 ta nol o'chyapti).

2️⃣. Haqiqiy masofani topamiz: 6 cm * 20 km = 120 km. Haqiqiy masofa 120 km ga teng ekan.

3️⃣. Endi 2-sxemaning masshtabini topish uchun proporsiya tuzsak, tushunarliroq bo'ladi.

8 cm ___ 120 km
1 cm ___ x km

8x=120
x=120:8
x=15

Demak, 2-sxemada 1 cm da 15 km berilgan. Xaritaning sonli masshtabi 1:1500000

Javoblarda nomli masshtab (1 cm da 15 km) va sonli masshtab (1:1500000) emas, chiziqli masshtab berilgan.

4️⃣. Chiziqli masshtabni tushunadigan bo'lsak, to'g'ri javob C ekanligini anglaymiz.

B javobda esa 1 cm da 15 metr bo'lgan masshtab berilgan (oxiriga qarang, m uzunlik o'lchov birligi ko'rsatilgan). A javobda 1 cm da 150 km, D javobda 1 cm da 6 km bo'lgan masshtab berilgan.

⭐️ Jovliyev Muzaffar ismli obunuchimiz birinchi bo'lib to'g'ri javobni topa oldi (va mohiyatini tushuntira oldi).

(c) Jalol Boltayev, repetitor

👉 @TESTLIDER — tarix, huquq, geografiya — natija kafolatlangan ta'lim tizimi
👍10
Ertaga 20:30 @tarix_tilsimi kanalida tarixchi olim Baxtiyor Alimdjanov bilan podkast bo'lib o'tadi. Podkastda men, Husanboy Xoldorov, Nozimjon Abdulhayevlar ham ishtirok etamiz. Barchangizni taklif qilamiz.

📽 Mavzu: "Maktablarda umumtaʼlim fanlari qatoriga kiruvchi tarix fani qanday oʻqitilishi kerak?"

Mavzu doirasida o'zingizni qiziqtirgan savollar bo'lsa, @JalolBoltayev'ga murojaat qiling.

👉 @TESTLIDER
👍6🏆2
Tarix(o‘zbek).pdf
58.9 KB
#rasman

📕Tarix fanidan tavsiya etilgan darsliklar
ro‘yxati

@testlider
👍6
Har ikkala darslikda kesishgan joylarini alohida e'tibor bilan o'qib qo'yish foydadan xoli bo'lmaydi. Yana "Solishtirma kitob" shakllantirish kerak. Lekin bu 2019-yildagidek aktual bo'lmaydi baribir. Chunki 2019-yildagi 64 sahifalik "Solishtirma kitob" jami qariyb 500 sahifalik kitobning o'rnini bosgan edi. Hozirgi darsliklarning mavzulari deyarli bir xil. Shuning uchun aktual emas 2019-yildagidek.
💯6👍1