Kanalimizda agar repetitorlar bo'lsa, aynan repetitorlarga to'g'ri keladigan printer tavsiya qiling.
Wi-fi orqali ulanadigan (ya'ni simsiz), suyuq siyohli printer bo'lsa, yaxshi deb o'ylayman.
Bugun printerim o'z faoliyatini yakunladi. )) Qariyb 6 yil xizmat qildi. Xizmatidan roziman ) Epson M200 edi.
@JalolBoltayev

👍26🔥4❤🔥1
Ustoz... Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Men uchun eng ulug‘ kasb – O'qituvchilik!
Barcha ustozlarimizni 1-oktyabr – "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bilan tabriklayman.
Oilangizda xotirjamlik, hayotingizda sog‘lik, baxt, ishingizda rivoj doimo hamroh bo‘lsin!
ⓒ Jalol BOLTAYEV
👉 @TESTLIDER

❤8👍6🎉3🔥1
Bizga nima muhim: darsliklardagi quruq raqamlarni yodlaydigan avlod kerakmi yoki fikrlaydigan avlod kerakmi? Mana shu narsani ham aniqlab olishimiz kerak.
(c) Komil Jalilov
(c) Komil Jalilov
👍34❤3❤🔥1🔥1
Forwarded from Virtual 207 ⛄️
Фаластиндаги можаро дунё иқтисодиёти учун зарармиш.
Дунё иқтисодиёти АҚШ ва Хитойга кўп жиҳатдан қарамлигини инобатга олсак, бу иккала иқтисодиёт омон бўлса, яъни иккаласида тинчлик бўлса, кифоя.
Қолганлар қирилишиб ўлмайдими - буларга сариқ чақалик қизиғи йўқ. АҚШ ўз репертуарида - қурбонгаям, агрессоргаям қурол сотаверади - ягона шарти, уруш бўлиб турса бўлди. Қаердалигининг фарқи йўқ, асосийси, Американинг ўзида бўлмаса кифоя.
Оккупант сионистлару, мазлум фаластинликларга қўшилиб, икки лагерга ажралволиб, бир-бирини сўкаётган қоркўзларимизни кузатарканман, ногаҳон «Осмондаги болалар» фильмидан қуйидаги иқтибос келди хаёлимга:
«Жинни экансанлар. Лола яқинда кетади. Ундан кўра ярашиб олларинг. Бекорга муштлашибсанлар».

👍10❤4⚡2❤🔥1
Virtual 207 ⛄️
Фаластиндаги можаро дунё иқтисодиёти учун зарармиш. Дунё иқтисодиёти АҚШ ва Хитойга кўп жиҳатдан қарамлигини инобатга олсак, бу иккала иқтисодиёт омон бўлса, яъни иккаласида тинчлик бўлса, кифоя. Қолганлар қирилишиб ўлмайдими - буларга сариқ чақалик қизиғи…
To'liq qo'shilmayman-u, mantiqli fikr ekanligini e'tirof etaman. Ayniqsa, to'rtinchi xatboshidan boshlangan fikrlar juda o'rinli.
👍6❤1⚡1
O'quvchilarga berilayotgan uy vazifalari maqsadli bo'lishi uchun ta'limning o'zi maqsadli bo'lishi kerak: har bir fanni nima uchun o'qityapmiz, qanday ko'nikmalarni rivojlantirmoqchimiz — shu savollarga aniq javoblar bo'lishi kerak. Bu savollarga aniq javob bo'lmagandan keyin, asosiy e'tibor shaklbozlikka, topshiriq "qiziqarli" ko'rinishiga qaratilaveradi.
📝 Komil Jalilov — London universiteti (UCL) bitiruvchisi, taʼlim boʻyicha ekspert.
***
👉 @TESTLIDER
📝 Komil Jalilov — London universiteti (UCL) bitiruvchisi, taʼlim boʻyicha ekspert.
***
👉 @TESTLIDER
👍12⚡5❤1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
O'quvchilarga berilayotgan uy vazifalari maqsadli bo'lishi uchun ta'limning o'zi maqsadli bo'lishi kerak: har bir fanni nima uchun o'qityapmiz, qanday ko'nikmalarni rivojlantirmoqchimiz — shu savollarga aniq javoblar bo'lishi kerak. Bu savollarga aniq javob…
Bu odam bir vaqtlari sobiq DTMda ham ishlagan. "Baholash nazariyasi asoslari (testologiya, pedagogik o'lchovlar)" nomli kitobi bor. Shu kitobni o'qib chiqishingizni tavsiya etaman.
Ta'lim bo'yicha kuchli mutaxassislardan biri.

👍10❤2❤🔥1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Photo
#huquq
8-sinf O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari darsligidagi topshiriq (93-sahifa)
Saylovlarda qatnashish – birlamchi navbatda huquq normasi. Keng ma’noda nafaqat huquq normasi, shuningdek axloqiy mas’uliyat hamdir. Huquqiy, demokratik davlat fuqarosi o‘z ovozi orqali jamiyat va davlatning kelajagiga ta’sir eta oladi. Munosib nomzodni tanlash va unga ovoz berish fuqaroning axloqiy mas’uliyati hisoblanadi.
Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash – birlamchi navbatda huquq normasi. Keng ma’noda soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash axloq normasi hamdir. Biz to‘lagan soliqlar davlat byudjetini tashkil etadi. Davlat, masalan, soliqdan keladigan mablag‘ orqali ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj qatlamga yordam beradi. Shuning uchun ham huquqiy, demokratik davlatlarda soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash axloqiy mas’uliyat hamdir. Huquqiy, demokratik davlatda har bir inson soliq to‘lash orqali o‘z davlatining iqtisodiy rivojlanishi, infrastrukturasi, ta’limi va boshqa sohalariga hissa qo‘shadi.
Ota-onalarga g‘amxo‘rlik qilish – farzandning ota-onasiga g‘amxo‘rlik qilishi kerakligi jamiyat tomonidan, avvalo, axloq normasi sifatida qabul qilinadi (ayniqsa, bizning jamiyatda). Shuningdek, ota-onaga g‘amxo‘rlik qilish ko‘pgina davlatlarda huquq normasi hamdir. Jumladan, Konstitutsiyamizning 80-moddasida “Voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”, deya belgilab qo‘yilgan.
Axloq haqida nisbatan kengroq tushunchaga ega bo‘lish uchun: https://en.wikipedia.org/wiki/Morality
Topshiriqdagi xulq-atvor normalarini siz qanday ajratdingiz?Izohlarda qoldiring, derdim-u, muhokama guruhi ochmaganman-da 🙂
👉 @TESTLIDER — repetitor Jalol Boltayev sahifasi

Topshiriqdagi xulq-atvor normalarini siz qanday ajratdingiz?
👍7👎7😎1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
#huquq 8-sinf O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari darsligidagi topshiriq (93-sahifa) Saylovlarda qatnashish – birlamchi navbatda huquq normasi. Keng ma’noda nafaqat huquq normasi, shuningdek axloqiy mas’uliyat hamdir. Huquqiy, demokratik davlat fuqarosi…
e'tirozlar bo'lsa, shaxsiyga yozishingiz mumkin ))
❤2👍1
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, jinoiy javobgarlikka tortishning eng kichik yoshi necha yosh hisoblanadi?
HUQUQ|@TESTLIDER|JALOL BOLTAYEV
HUQUQ|@TESTLIDER|JALOL BOLTAYEV
Anonymous Quiz
25%
A) 13 yosh
37%
B) 14 yosh
25%
C) 16 yosh
13%
D) 18 yosh
👍8❤2🤔2☃1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
👉 @TESTLIDER
Masalan, geografiya darsida abituriyentlarga murakkabroq bo‘lgan bir amaliy topshiriq berib, uni to‘g‘ri yechganlarga turli summalar qo‘yilgan vaucherlar berilsa, ularning bilimi tom ma’noda oshishiga ham, qiziqishlari ortishiga ham erishgan bo‘lasiz, deb o‘ylayman. Samaradorlik va qiziqarlilikni birlashtirish murakkabroq jarayon aslida. Shu ikki jihatni birlashtirishning usullardan biri-da endi buyam. Masalan, har darsda abituriyentga krossvord yechtiraversangiz, unga qiziqarli bo‘lishi mumkindir, lekin bu bilan uning bilimi rivojlanib qolmasligi yoki samaradorlik bo‘lmasligi mumkin.
O‘zim “DATA”da dasturlashda o‘qib yurgan kezlarimda har darsda 20000 so‘mlik bir yo ikki vaucher o‘ynalardi. Murakkabroq muammoning yechimini (kodini) to‘g‘ri topgan o‘quvchiga berilar edi. Ko‘pchilik shu vaucherga ega bo‘lish uchun videodarslarni uyida diqqat bilan ko‘rib, tayyorlanib kelardi (masalani birinchi va to‘g‘ri topish uchun). Nafaqat iqtisodiy jihatdan foyda, shuningdek o‘ziga xos gʻururlanish ham berardi bu. Eng asosiysi esa – o‘sha videodarslarni ko‘rish, uyga vazifalarni tayyorlash, berilgan masalani yechish haqiqatan samarali edi, ya'ni ko‘nikmalarimizni haqiqatan oshirar edi (har darsda «krossvord yechgandek» emas edi).
Keyinchalik o‘ylab qoldim: buni geografiya, huquq, tarixga ham joriy qilsa bo‘ladi, har darsda bir 20000 so‘mlik vaucher…

👍13❤1🎉1
O‘tgan gal audiochatda berilgan ba’zi savollarga yozma shaklda ham javob bermoqchiman (1-qism).
- Milliy sertifikat imtihonida qaysi darsliklardan savol tushadi?
- Qaysi darsliklarni o‘qish kerak?
- «Tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati» haqida.
BATAFSIL: ⏩ https://telegra.ph/MILLIY-SERTIFIKAT-HAQIDA-10-14
👉 @TESTLIDER — JALOL BOLTAYEV

👍9❤1
“Asaxiy Books” asoschisi Feruz Allaev yozadi:
“Asaxiy Books” loyihasini boshlagandan beri eng koʻp oʻzbekchaga tarjima qilinishi soʻralgan kitob qaysiligini bilasizmi? Gitlerning “Mayn Kampf” kitobi. Ha, hayron qoldirishi mumkin, lekin ijtimoiy tarmoqda, elektron pochta orqali eng koʻp shu kitob tarjimasini soʻrashadi.
Undan tashqari tez-tez bir guruh odamlarimizda Gitlerga nisbatan simpatiya koʻrinib turadi. Soʻnggi voqealar sabab bu simpatiya ochiqdan ochiq aytila boshladi. Afsuski, bu odamlar orasida oliy maʼlumotli boʻlganlar ham juda koʻp. Xuddi shunaqa, boshqa bir guruh vakillarida Stalinga nisbatan simpatiya, hatto muhabbatni ham sezganman.
Bu bizda amal qiladigan test tizimining negativ natijalaridan biri deb bilaman. Yillar davomida tarixni faqat test yechish uchun yodlash bilan oʻrgandik. Oʻzim ham bir vaqtlar voqealar, shaxslar va hududlarni yodlaganman. Hamma ham natijaga qarab intiladi, oʻqituvchilar ham oʻquvchini imkon boricha testga tayyorlashga harakat qilishdi. Bu uchun ularni ayblab boʻlmaydi.
Natijada, bir avlod, balki ikki avlod tarixda nima boʻlganligini oʻrgandi, nima uchun boʻlganligini oʻrganmadi. Natijada tarixga nisbatan tahlil deyarli yoʻq. Tanqidiy va tahliliy dunyoqarash oʻlgan. Agar, bolalar Gitler yoki Stalinni qanaqadir tarixiy shaxs emas, ularning nima uchun yomonligi, nima vahshiyliklar qilganini, oʻz ota-bobomizni qanaqa qirgani va ularning insonlar taqdiriga zararini oʻrganishganda, bugun Gitlerga nisbatan simpatiya kamroq boʻlardi manimcha.
Dushmanimning dushmani mening doʻstim deb qarash bu voqelikni juda soddalashtirish boʻladi. Shunchaki, hozirgi aniq kontekstda dushmanning dushmani ham dushmandir. Har holda aqli joyida, yaxshilik tomon boʻlgan odam, dushmanning dushmani yomon boʻlsa, shunchaki dushmanga dushman boʻlgani uchun yaxshi demaydi.
Yana va yana oʻsha tahliliy va tanqidiy dunyoqarash masalasiga qaytaveramiz. Kim nima desa ishonib ijro qilib ketadigan “qoʻylarni” emas, oʻz fikriga ega, tahlil qilib biladigan avlodni tarbiyalashimiz kerak. Bu boʻlsa kuchli taʼlim, erkin ijod, kitob va sanʼat, oiladagi erkinlik orqaligina boʻladi.

👍13❤4👎3
Shuning uchun imkon qadar tarixning mohiyatiga urg'u qaratish kerak. O'quvchi tarixni o'qib, analitik va kritik fikrlashi oshishi kerak.
👍13❤5❤🔥2
Aslida gap savolning "tushish" yoki "tushmasligi"da emas, "oson" va "qiyin"ligi da ham emas.
Avvalo, savolning "to'g'ri" yoki "noto'g'ri" ekanligida, savol o'quvchini tarixiy tafakkurini ishga solishga, tahliliy yondashishga majbur eta olishida.

👍21🔥3❤🔥2