𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.8K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
41
⚡️BIZDA “HUQUQ FANI” (HUQUQIY FANLAR) QANDAY O‘RGATILADI?

1️⃣ Abituriyentga avvalo har bir darslik bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” beriladi. “Yo‘l xaritasi”da darslikni o‘zlashtirish davomida amalga oshiriladigan topshiriqlar ketma-ketligi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

2️⃣ O‘quvchilarga mavzular taqdimotlar (prezentatsiya, video, infografika va h.k.) orqali tushuntirib beriladi.

3️⃣ O‘quvchilarga “Kundalik-optimal” nomli test to‘plami beriladi. Ushbu test to‘plami abituriyentning “uyga vazifa”sidir. Masalan, 8-sinf “O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari” darsligining “Kundalik-optimal” test to‘plamida jami 1000 tadan ortiq test mavjud. Bu degani abituriyent har darsga o‘rtacha 100–150 ta testni uyida ishlab kelishi kerak.

4️⃣ O‘quvchilar mavzularni topshirib bo‘lgach, o‘quv markazimizdagi kompyuterlarda shu mavzularning testini ishlashadi. Ya’ni har darsda 100–150 ta testni nazorat ostida kompyuterda ishlashadi. Bu fan doirasidagi bilimlaringizni oshirish, xotirada uzoq vaqt saqlab qolish uchun eng optimal metoddir.

5️⃣ Har bob yakunida sinov tarzida “Saylanma” test ishlashadi.

6️⃣ Har kitob yakunida sovrinli “Konkurs test” o‘tkaziladi.

7️⃣ Abituriyentning kurs davomidagi natijalari (masalan, kundalik testlar, “Kompyuter test”lardagi) uning “Reyting daftarchasi”ga belgilab boriladi va darslik bo‘yicha shu reyting daftarchasi asosida “Yakuniy o‘zlashtirish darajasi” chiqariladi (kompyuterda). So‘ngra ota-onasiga xabar yuboriladi.

• Repetitorlar: Sherzod Ro‘zmetov, Jalol Boltayev
• Telefon: (97) 299-00-66
• Manzil: Xorazm v., Urganch sh., «Arastu» o‘quv markazi
Lokatsiya
Telegram orqali bog‘lanish

👉 @TESTLIDER
4👍3
«GEOGRAFIYA FANIDAN OPTIMAL SAVOL-JAVOBLAR»

▪️5-sinf «Geografiya» darsligi asosida
▪️Muallif: Jalol Boltayev
▪️Telefon: (97) 299-00-66

👉 @TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ.
22
👍101👏1🤩1
Forwarded from QUDUQ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#shorts

🧐 Nega kitob o‘qish kerak?

"...Kitob, bu - odamni o‘ylashga, boshqacha qarashga majbur qiladigan, mantiqni rivojlantiradigan va shu orqali ijodkorlik, kreativlik, fikrlash darajasini oshiradigan vosita..."

🎥 Podkastni to‘liq ko‘rish uchun: https://youtu.be/Qqfnm8vBIi8

📌 Siz bilan istalgan mavzuni birgalikda muhokama qilamiz!

@quduqpodkast

YouTube | Instagram | Facebook
👍41
Salom, do‘stlar!

Kanalimizda repetitor ustozlar bormi? To‘lov masalalari, abituriyentlarni ro‘yxatga olish, tushumlar va chiqimlar (oylik, haftalik, yillik) bo‘yicha kimda qiyinchilik tug‘ilyapti?

IT bo‘yicha ustozim bilan bir platforma yaratgandim. Telefonda ham, planshetda ham, kompyuterda ham ishlaydi. Asosiysi, sinxron. Ya’ni agar moliya masalalari bilan shogirdlaringiz shug’ullanadigan bo‘lsa yoki sherik bo‘lib ishlaydigan bo‘lsangiz, juda asqatishi mumkin. Umuman olganda, yakka bo‘lsangiz ham asqatadi, deb o‘ylayman. Abituriyentlaringizning ma’lumotlari (telefon raqami, ota-ona ma’lumotlari, to‘lovlar tarixi, qarzdorlar ro‘yxati) doim yoningizda bo‘ladi.

Men boshqa CRM platformalaridan foydalanib ko‘rdim. To‘g‘ri, juda kreativlari bor, lekin aynan mening tizimimga mos kelmas edi.

Ya’ni aksariyat CRM platformalari “fanniy” repetitorlarga mos kelavermaydi, asosan IT bo‘yicha faoliyat yuritadigan o‘quv markazlari va ustozlariga moslashgan (yakka holda faoliyat yuritadigan “fanniy” repetitorlarga mos keladiganini esa deyarli ko‘rmaganman).

Platformaga viloyatimdagi bir nechta repetitorlar qiziqish bildirishdi. Shundan so‘ng buni sotish fikri kelib qoldi. Qiziqsangiz, lichkaga o‘ting.

Murojaat uchun: @JalolBoltayev

👉 @TESTLIDER
62
#TAVSIYA

Telegramda oʻtkazgan vaqtingiz siz uchun qadrli boʻlsa, saviyali kanallarni kuzating. Oʻzingiz uchun foydali nimadir olasiz, asosli fikr-mulohazalar, kerakli maʼlumotlar bilan tanishasiz.

Ana shunday kanallardan biri @Tarix_tilsimi kanalini tavsiya qilamiz. Bu kanal Respublikada o'z o'rniga ega. Kanalda endi milliy sertifikat va olimpiada testlari berib boriladi. Siz uchun kerakli materiallarning barchasi bizning kanalda bor. Kirib ko'ring, yoqsa do'stlaringizga ham ulashing. (Kanal haqida izohlarga yozishni unutmang.

📍Professionallar bilan birga bo'ling
👉
@TARIX_TILSIMI
👍92🏆2
Forwarded from Press / Пресс
Qoʻshimcha kvota — manipulatsiya

Oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari qanday taqsimlanadi? Soddaroq tushuntirilsa, o‘sha OTMning sig‘imi, imkoniyatlari va moddiy texnik bazasidan kelib chiqib shakllantiriladi. “Qo‘shimcha kvota”lar osmondan olinmaydi, umumiy kvotadan kesib olinadi.

Yakunda “qo‘shimcha kvota” doirasida o‘qishga kirgan ham, umumiy kvota doirasida kirgan ham bitta binoda, bir xonada, bir xil o‘qituvchilardan dars oladi. Ular uchun alohida binolarda, alohida o‘qituvchilar kelib dars o‘tmaydi. Sodda aytganda, hamma bir qozonda qaynaydi.

Qo‘shimcha kvota degan manipulatsiyalarga uchmang. Qo‘shimcha kvota - bu umumiy kvotadan kesib olingan kvota. Boshqa narsa emas. Imtiyozlar tugatilishi kerak.

@masofatalim
👍9
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
👉 @TESTLIDER
Repetitorlik faoliyatim davomida tarix va geografiya fanlarini "kafolatlangan natija" (repetitor/abituriyent huquq va majburiyatlari asosida) tizimi bo'yicha o'qitib kelganman.

O'tgan o'quv yili huquq fanidan imtihonning hali birinchi yili bo'lganligi uchun huquq faniga bu tizimni joriy etmagan edik.

Endilikda HUQUQ fanidan ham "kafolatlangan natija" tizimini yo'lga qo'ymoqchiman.

Shartnomaning mohiyati hamda qoidalari har bir abituriyentga yoki mas'ul shaxsga ko'rsatiladi, tushuntirib beriladi, imzolanadi.

Repetitor: JALOL BOLTAYEV
Telefon: (97) 299-00-66
Manzil: "Arastu" o'quv markazi, 3-qavat, 3-xona
Mo'ljal: "Hyundai" avtosaloni
Telegram kanal: @TESTLIDER
👍93👏1
0/7

Shu yerda turib tursin )
👍7🤩42🏆1
Men har doim yangiliklar tarafdori bo'lganman. O'zimni g'oyaviy jihatdan liberal-sotsialist deb hisoblayman.

Lekin chuqur o'rganilmagan fikrimga ko'ra, alifboning o'zgartirilishi to'g'ri qaror bo'lmagandek tuyilyapti. Bu ommaning savodsizlanishiga olib kelishi mumkindek go'yo. Shuningdek, islohotning real zarurati va ilmiy asoslarini ko'rmadik (yoki keng tarqatilmadi). Bilmadim, fikrim keyinchalik o'zgarishi ham mumkin. Hozircha shunday tuyilyapti.
👍20🔥31🐳1🤝1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Konsta – O'tkinchi
Hammasi o'tkinchi, dunyodan o'tamiz biz ham,
Sovuq yerning bag'rida jim yotamiz biz ham,
Hech chekmangiz g'am,
Bo'lmasin ko'zlaringiz nam,
Hayot davom etadi bizsiz ham.

Bilmayman, oldinda nima bor,
Yozaman yana nechta qator,
Necha yil kutib ishda xatoying,
Balki boshqacha yo'nalishda xato.

Balki ovozim eshitilmay qolar,
Men haqimda yozilmaydi maqola,
So'zlarimga yopishadi xatolar,
Ishlarimdan topishadi xatolar.


Yozilib har xil bayonotlar,
Bo'larman balki yomonotliq.
Nima bo'lganda ham ishonaman:
Baribir chiqadi qanotlar!!!
O'lmaydi biz boshlagan ishlar,
Baribir bo'lar o'zgarishlar,
Odamlar nima desa desin,
Haqiqatni eslab qolar tanishlar...

Ular eslab qoladi niyatimni...
Nima uchun intilganimni...
Qadrlab samimiyatimni...
Unutmas maqsad deb bilganimni...
Nimalarni o'ylaganimni...
Nima uchun kuylaganimni...
Pul yoki boshqa narsalarni INSONLARIMDAN ustun qo'ymaganimni...


Hammasi o'tkinchi, dunyodan o'tamiz biz ham,
Sovuq yerning bag'rida jim yotamiz biz ham,
Hech chekmangiz g'am,
Bo'lmasin ko'zlaringiz nam,
Hayot davom etadi bizsiz ham.

(c) Konsta
👍20❤‍🔥5🏆32🔥1🙏1
Tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari sanasi belgilanibdi.

Test sinovi: 3-dekabr
Ro'yxatga olish: 13—19-noyabr

👉 @TESTLIDER
👍188🕊3🎉1🌚1
Kanalimizda agar repetitorlar bo'lsa, aynan repetitorlarga to'g'ri keladigan printer tavsiya qiling.

Wi-fi orqali ulanadigan (ya'ni simsiz), suyuq siyohli printer bo'lsa, yaxshi deb o'ylayman.

Bugun printerim o'z faoliyatini yakunladi. )) Qariyb 6 yil xizmat qildi. Xizmatidan roziman ) Epson M200 edi.

@JalolBoltayev
👍26🔥4❤‍🔥1
 Ustoz... Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Men uchun eng ulug‘ kasb – O'qituvchilik!

Barcha ustozlarimizni 1-oktyabr – "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bilan tabriklayman.

Oilangizda xotirjamlik, hayotingizda sog‘lik, baxt, ishingizda rivoj doimo hamroh bo‘lsin!

ⓒ Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
8👍6🎉3🔥1
Bizga nima muhim: darsliklardagi quruq raqamlarni yodlaydigan avlod kerakmi yoki fikrlaydigan avlod kerakmi? Mana shu narsani ham aniqlab olishimiz kerak.

(c) Komil Jalilov
👍343❤‍🔥1🔥1
Professor Baxtiyor Mengliyev yaxshi taklifni ilgari suribdilar...
👍26❤‍🔥2🌚21👎1