𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.9K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Bahslashayotganda asabiylashavermang. Aql va fikrlar bir-biridan farqlanadi

Mubashshir Ahmad kanalidan olindi.

***

Surat bahs yoki munozarada tomonlar bir-birini umuman tushunmasligi, yakuniy hukm har doim ham haqiqat yoki ko'pchilikka foydali bo'lmasligining (hatto bahsda qaysidir taraf haqiqatni topishga harakat ham qilmasligining) sababini ochib bergan ekan.
👍152👎1
Sirdaryolik ustoz B. Mahmudboyevning kirish imtihonlarida huquqshunoslik bo'yicha qo'llangan testlar yuzasidan bildirgan fikrlarini ko'pchilik eshitgan bo'lsa kerak.

Umumiy ma'noda ba'zi gaplarida jon bor. Ammo darsliklardagi kamchiliklar masalasi Bilim va malakalarni baholash agentligiga tegishli masala emas.

Xususan, murojaatda e'tiroz bildirilgan test topshirig'i testologiya qonuniyatlari va qonunchilikka ko'ra to'g'ri tuzilgan. Shuningdek, "100 foiz maktab darsligidan savollarni olsa" gapi unchalik to'g'ri emas. Huquqshunoslik fanida ham, boshqa fanlarda ham aynan "kirish imtihonlarida test tuziladigan darsliklar ro'yxati" mavjud emas, "o'qish uchun tavsiya etiladigan darsliklar ro'yxati" bor. Bu bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun tarixdan ham darslikda mavjud bo'lmagan, ammo dasturga muvofiq keladigan ma'lumotlar asosidagi savollar imtihonlarda tushib turibdi so'nggi vaqtlarda ("Neron").

Qonunchilikka va testologiyaning umumiy qonuniyatlariga ko'ra, qaytangga darslikdagi noto'g'ri ma'lumot asosida tuzilgan test topshirig'iga (va shunga o'xshash holatlarda) apellyatsiya berib yutib chiqish mumkin bo'ladi.

Ammo na qilsa ham ustoz abituriyentlar uchun jon kuydiryapti. Bu yaxshi, albatta. Lekin bu yerda (o'sha holatda) agentlik haq. Agentlik ijrochi tashkilot, xolos. Darslikdagi muammolar unga tegishli emas. Shuningdek, testologiyaning umumiy qonuniyatlariga ko'ra, test topshirig'ining validligi uchun to'g'ri javob haqiqatga mos kelishi kerak (tabiiyki, o'zgargan yoki noto'g'ri ma'lumot to'g'ri javob bo'la olmaydi).

B. Mahmudboyevning savollariga shaklan o'xshab ketadigan, ammo mohiyatan boshqacharoq bo'lgan ba'zi ochiq savollar bor hali. B. Mahmudboyevning murojaatida so'ralgan jihatlarga agentlik bir necha bor javob bergan aslida (shu javoblar ham bir nechta savollarni tug'diradi...).

👉 @TESTLIDER
👍63👎21🕊1
Xullas, uch oylar oldin Asus Zenbook pro 15 OLED degan noutbuk olgandim. Shuni sotmoqchiman yoki Microsoft surface pro 9 bilan ba'zi shartlar asosida almashtiraman.

Protsessor: Ryzen 9 5800H
Videokarta: RTX 3050TI ("4 lik")
Doimiy xotira: 512 GB SSD
Vaqtinchalik xotira: 16 GB
+ sensor ekran

***

O'zi Microsoft surface pro 9'ning eng zo'r konfiguratsiyasi ham zenbook'imdan protsessor va videokarta bo'yicha bir necha baravar kuchsiz. Ammo surface noutbuk-plansheti kerak bo'lyapti rasm chizishga )).

Xaridorlar bo'lsa, @JalolBoltayev'ga yozing.
👍21
Hamma o'zi bilan o'zi ovora (qo'shiqdan)

Firibgarlar juda ko'p. Ko'pchilik qanday yo'l bilan bo'lsa ham soqqa qilish payida yurgandek tuyilaveradi. Olx'ga reklama joylagan birinchi kunimdanoq firibgar bilan yuzlandim. Agar yuqoridagi ssilka orqali o'tib, karta ma'lumotlarimni kiritsam, kartamdagi pulni oxirgi misqoligacha ship-shiydon qiladi.

Firibgarlardan ehtiyot bo'ling, deb yozyapman.
👍18❤‍🔥2👌21🌚1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍83
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
6👍3🤨1
"Faxrlanib yurishingizni aytib oldingizga kelgan talabani qanotlarini qayirib tashlamang..."

O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar
universitetiga bag'ishlanadi.

"Xo'p, universitetga qanday kirganimdan boshlamayman. Kirganimdan keyin qanday qarshilikka uchraganim va bu aldamchi "utopia"ning chalaliklaridan gapirmoqchiman.

Iyun oyida jurnalistika yo'nalishi bo'yicha Yevropada almashinuv dasturida qatnashish uchun to'liq moliyalashtiriladigan grant yutib oldim. Quvonchim cheksiz. Jurnalistikadan butun qatnashganlar ichida yagona ekanligim va bitta o'rinni o'zim yutganimdan g'ururlandim. Jurnalistikada hali yangi bo'lsam-da, o'zimdan biror nima qoldira olishimga, chindan qobiliyatim borligiga ishonch hosil qildim. Xullas, chetda o'qish yaxshi imkoniyat va aqli butun odam bundan maksimal foydalanishga urinadi.

Muammoga o'tamiz!

Yevropada o'qib kelaman, kelganimdan keyin shu-shu ishlarni qilaman deya xayol qilishni boshladim. Jurnalistikaga qadamim shu almashinuv dasturidan boshlanishidan quvonib O'zJOKUga bu haqida aytdim). Qadrli universitetimizning zo'r-zo'r hodimlari borda. Har kuni talabalaridan shunday yangiliklarni eshitib quloqlari pishib ketgan. Bu safargisi ham oddiy grantdir-da, tabriklab nima qilamiz, 10 ta talabamizdan 9 tasi yutib yotgan bo'lsa, navbatdagi kaminaniki oddiy bir hol qabilida ish ko'rishdi.

Qaydan bilasanki, O'zJOKU uchun bu hol birinchisi va birinchi to'sig'ing mas'uliyatsiz hodimlarning hujjating bilan tanishishga erinishlari bo'lishini. Axir ular shu uchun oylik olishadi, chalalik xos bu odamlarga. Ochib o'rganishga hafsala qilmasdan yo'q degan javob bilan yuzingga eshik yopishadi. Bilmaydiki, sen necha oylab vaqtingni yutish uchun sarflading. Mehnating, asablarimgni sarf qilganing evaziga yutuqdan lazzatlanish istagan payt seni koptokdek universitet bo'limlari biridan olib ikkinchisiga uloqtiradi.

"Bitta akademik ta'til ol, shunday javob beramiz. Shuni ham muammo qilamizmi, o'qisang o'zing uchun o'qiysan. Jurnalistika universiteti uchun jurnalistikadan chet elda malaka oshirib kelishingga na foyda? Talabalarimizdan tortib, o'qituvchilarimizgacha hammasi chet elma chet el yurishgan bo'lsa".

Maqolani to'liq o'qish uchun ustiga bosing

Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

🔠📩 🛒↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍91
Talaba.uz | Rasmiy kanal |
"Faxrlanib yurishingizni aytib oldingizga kelgan talabani qanotlarini qayirib tashlamang..." O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga bag'ishlanadi. "Xo'p, universitetga qanday kirganimdan boshlamayman. Kirganimdan keyin qanday…
Madina Urinova — xorazmlik, mening yaqin do'stim. To'g'risini aytsam, men tanigan xorazmlik qizlar orasida Madinani tom ma'nodagi eng bilimlisi deb hisoblayman (to'g'ri, juda ko'p qizni tanimayman, albatta. Va bu fikrim u bilan do'st bo'lganligim uchungina aytilmayapti). Shunchaki Madina maddoh emas!

Bunday vaziyatlarda "kimlargadir", albatta, imkoniyat "yaratib beriladi". Siyqasi chiqib ketgan mavzuda, siyqasi chiqib ketgan gaplar bilan nimadir yozib, sertifikat olish uchun registratsiya qilish kifoya bo'lgan saytlardan "sertifikat" olib, og'zi kerilib yuradiganlarni ko'rsam, kulgim keladi. Madina har doim haqiqatan foydali ish qilishga harakat qiladi, kamtarin qiz. Bunday potensial bilimlilarni qo'llab-quvvatlash o'rniga ko'ksidan itarish, aksincha, laganbardor-maddohlarni "o'stirish" odatiy holga aylanib qolayotir zamonamizda...
👍17🤔2
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Izohlarda "ular (imtiyoz bilan, imtihonsiz, oʻqishga kiradiganlar) kvotadan tashqari olinadi" deb yozishmoqda.

Oddiy mantiqni ishga solaylik. Tasavvur qiling: chet elga sayohat qilish uchun umumiy 100ta joy bor. Shu 100ta joydan 10tasini "kvotadan tashqari" deb eʼlon qildim-da, "alohida kishilar" uchun "bron" qilib qoʻydim, qolganlar esa maxsus sinovlardan oʻtib, putyovkani qoʻlga kiritishi kerak. Qolganlar ("alohida" toifaga kirmaydiganlar, sinovlardan oʻtishi kerak boʻlganlar) uchun joy kamaydimi? Agar shu "bron" boʻlmaganda, oʻz kuchi bilan shu joyni egallashga harakat qilayotganlarda imkoniyat koʻproq boʻlarmidi?

"Alohida kvota" ham shunga oʻxshagan narsa.
👍91❤‍🔥1
O'tkinchi
Konsta
🎧 (c) Konsta
5❤‍🔥2👍1
Metodika — maʼlum bir maqsadga qaratilgan, barcha topshiriqlar shu maqsad yoʻlida uygʻunlikda tanlangan tizim, maqsadsiz rebuslar-u boshqotirmalar yigʻindisi emas.

(c) Komil Jalilov

***

Metodikaga sodda va chiroyli ta'riflardan biri. Metodika ekan deb, hamma ishni qilavermaslik kerak. Bu ishlarigizda biron-bir mantiq va asos bo'lishi zarur. Nima uchun shu ishni qilayotganingiz haqida hech bo'lmasa, bir-bir yarim betlik narsa yoza olishingiz va argumentatsiya qila olishingiz lozim. ))
5👍4
Forwarded from QUDUQ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⁉️ "Tajriba quyonchasi"ga aylangan ta'lim!

Ta'lim, ta'lim, ta'lim... Har qanday rivojlanish va mukammallikning asosini ta'lim tashkil etadi. Sizningcha, bugun mamlakatimiz ta'lim tizimi qay ahvolda yoki kimlarning qo‘lida?

QUDUQ Podkastining 2-soni mehmoni - ta'lim bo‘yicha ekspert, bloger Komil Jalilov!

Biz mehmonimiz bilan ta'lim tizimidagi tajribalar, Prezident maktablari qanchalik foydali ekanligi, ta'lim tizimidagi tabaqalashish va bunga hukumatning qo‘shayotgan hissasi, inson qadri, intellektual qatlamning chetga "surish"idan davlat qanchalik manfaatdorligi haqida gaplashdik.

Podkastning to‘liq sonini 26-avgust shanba kuni soat 20:00 da YouTube kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

🎥 Podkastni to‘liq ko‘rish uchun: https://youtu.be/pTU7ngTMUmk

Darvoqe, QUDUQ Podkasti "Profi University" hamkorligida tayyorlanmoqda.

📌 Siz bilan istalgan mavzuni birgalikda muhokama qilamiz!

@quduqpodkast

YouTube | Instagram | Facebook
👍6🔥2
⚡️TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ* FANLARIDAN KAFOLATLANGAN O‘QUV KURSLARI! BU QANDAY?

«
O‘qishga kirish uchun yillab tayyorgarlik ko‘rish, bir yil o‘qishdan yiqilish, vunderkind bo‘lish shart emas! Kafolatlangan (hujjat bilan) va aniq maqsadlarga yo‘naltirilib ishlab chiqilgan o‘qituvchi metodi va o‘sha metodga javob berish yetarli!»

Abituriyent va mas’ul repetitorlar Jalol Boltayev va Sherzod Ro‘zmetov shartnoma tuziladi. Shartnomaga muvofiq kurs dasturi doirasida ma'lum talablarga javob bergan abituriyentlarning natijalari kafolatlanadi. Agarda abituriyent shartnomada ko‘rsatilgan talablar bajarilgan holda OTMga kira olmasa, shartnomaga muvofiq kurs to‘lovi qaytarib beriladi.

KURS DASTURI HAQIDA QISQACHA:
▪️Har bir abituriyentning darsliklar kesimida o‘zlashtirish darajasi repetitorlar ishlab chiqqan dastur bo‘yicha aniqlab boriladi va abituriyent natijalari haqida mas’ul shaxsga oyma-oy hisob beriladi.
▪️ Kurs metodi abituriyentning darajasi, ko‘nikmalaridan kelib chiqib, moslashish xarakteriga ega. Ya'ni har bir abituriyent uchun individual dastur taqdim etilishi mumkin.
▪️ Kurs dasturi/metodi qisqa vaqt ichida maksimal natijaga erishishga mo‘ljallangan.

👉 KURS HAQIDA BATAFSIL MA’LUMOT

• Repetitorlar: Jalol Boltayev, Sherzod Ro‘zmetov
• Telefon: (97) 299-00-66
• Manzil: Xorazm v., Urganch sh.
• Mo‘ljal: "Hyundai" avtosalonining yonida
Lokatsiya
Telegram orqali bog‘lanish

Q A B U L D A V O M E T M O Q D A !
👍163👏3🔥2💯1
"Men tarix va matematikaga sarflagan vaqtimdan hech qachon afsuslanmadim. Matematika fikringizni charxlaydi, tarix sizga dunyoda nimalar boʻlayotgani haqida biroz tasavvur beradi".

72 yoshli C++ dasturlash tili ixtirochisi Bjarne Stroustrup

👉 @TESTLIDER
👍14❤‍🔥2🔥21
⚡️BIZDA TARIX FANI QANDAY O‘RGATILADI?

1️⃣ Abituriyentga avvalo har bir darslik bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” beriladi. “Yo‘l xaritasi”da darslikni o‘zlashtirish davomida amalga oshiriladigan topshiriqlar ketma-ketligi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

2️⃣ O‘quvchilarga “Kundalik-optimal” nomli test to‘plami beriladi. Ushbu test to‘plami abituriyentning “uyga vazifa”sidir. Masalan, 6-sinf darsligining “Kundalik-optimal” test to‘plamida jami 2000 tadan ortiq test mavjud. Bu degani abituriyent har darsga o‘rtacha 200–250 ta testni uyida ishlab kelishi kerak.

3️⃣ O‘quvchilar mavzularni topshirib bo‘lgach, o‘quv markazimizdagi kompyuterlarda shu mavzularning testini ishlashadi. Ya’ni har darsda 200–250 ta testni nazorat ostida kompyuterda ishlashadi. Bu fan doirasidagi bilimlaringizni oshirish, xotirada uzoq vaqt saqlab qolish uchun eng optimal metoddir.

4️⃣ Har bob yakunida sinov tarzida “Saylanma” test ishlashadi.

5️⃣ Har kitob yakunida sovrinli “Konkurs test” o‘tkaziladi.

6️⃣ Har kitob yakunida “E-Xronika” dasturi ishlanadi. “E-Xronika”, bu – elektron xronologiya bo‘lib, tarixdagi yil va davrlarni eslab qolishning eng optimal usuli hisoblanadi.

7️⃣ Tarixni yaxshi o‘rganish uchun xaritani ham o‘rganish zarur. Tarix atlaslari va yozuvsiz xaritalarni samarali o‘rgatish uchun “Vizual, animatsion xarita” dasturini ishlab chiqqanmiz. Bu usul xaritalarni o‘rganishning eng samarali usuli hisoblanadi.

8️⃣ Abituriyentning kurs davomidagi natijalari (masalan, kundalik testlar, “Kompyuter test”lardagi) uning “Reyting daftarchasi”ga belgilab boriladi va darslik bo‘yicha shu reyting daftarchasi asosida “Yakuniy o‘zlashtirish darajasi” chiqariladi (kompyuterda). So‘ngra ota-onangizga xabar yuboriladi.

• Repetitorlar: Jalol Boltayev, Sherzod Ro‘zmetov
• Telefon: (97) 299-00-66, (91) 917-33-55
• Manzil: Xorazm v., Urganch sh., «Arastu» o‘quv markazi
• Mo‘ljal: "Hyundai" avtosaloni yoni
Lokatsiya
Telegram orqali bog‘lanish

👉 @TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQshartnoma bilan kafolatlangan ta'lim!
👍15
⚡️BIZDA GEOGRAFIYA FANI QANDAY O‘RGATILADI?

1️⃣ Abituriyentga avvalo har bir darslik bo‘yicha Yo‘l xaritasi beriladi. “Yo‘l xaritasi”da darslikni o‘zlashtirish davomida amalga oshiriladigan topshiriqlar ketma-ketligi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

2️⃣ O‘quvchilarga mavzular taqdimotlar (prezentatsiya, video, infografika va h.k.) orqali tushuntirib beriladi. Masalan, Amerika qit’asi bo‘yicha tayyorlagan infografikamizni havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

3️⃣ O‘quvchilarga har bir darslik bo‘yicha Optimal savol-javoblar nomli o‘quv qo‘llanmasi beriladi. Ushbu o‘quv qo‘llanmasi orqali o‘quvchilar mavzuni oson va tezroq o‘zlashtirishi mumkin (albatta, abituriyent avvalo darslikning o‘zini, keyin “Optimal savol-javoblar”ni o‘qishi kerak).

4️⃣ O‘quvchilarga “Kundalik-optimal” test to‘plami beriladi. Ushbu test to‘plami abituriyentning “uyga vazifa”sidir. Masalan, 9-sinf “Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” darsligining “Kundalik-optimal” test to‘plamida jami 3000 tadan ortiq test mavjud. Bu degani har darsga o‘rtacha 200–300 ta testni uyida ishlab kelishi kerak.

5️⃣ O‘quvchilar mavzularni topshirib bo‘lgach, o‘quv markazimizdagi kompyuterlarda shu mavzularning testini ishlashadi. Ya’ni har darsda 200–300 ta testni kompyuterda ishlashadi (nazorat ostida). Bu fan doirasidagi bilimlaringizni oshirish, xotirada uzoq vaqt saqlab qolish uchun eng optimal metoddir.

6️⃣ Geografiyani o‘rganish uchun avvalo “xarita”ni bilish kerak. Geografik atlaslar va yozuvsiz xaritalarni samarali o‘rgatish uchun Vizual, animatsion xarita dasturini ishlab chiqqanmiz. Bu usul xaritalarni o‘rganishning eng samarali usuli hisoblanadi. 💡

6️⃣ Amaliy mashg‘ulot”lar ham geografiyaning ajralmas bir qismidir. “Amaliy mashg‘ulot”lar videodarslar, maxsus testlar (qog‘ozda va kompyuterda) orqali o‘rgatiladi.

7️⃣ Abituriyentning kurs davomidagi natijalari (masalan, kundalik testlar, “Kompyuter test”lardagi) uning Reyting daftarchasiga belgilab boriladi va darslik bo‘yicha shu reyting daftarchasi asosida “Yakuniy o‘zlashtirish darajasi” chiqariladi (kompyuterda). So‘ngra ota-onangizga ma’lumotnoma yuboriladi (bu biz uchun ham, siz uchun ham mas’uliyat deganidir. Bu ma’lumotnoma hujjat vazifasini o’taydi).

8️⃣ Shuningdek, kurs davomida boblashtirilgan “Sinov test”lar, sovrinli “Konkurs test”lar ham o‘tkaziladi. Ammo geografiya bo‘yicha bilimlariningizni intensiv rivojlantiruvchi asosiy usullar 2, 3, 4, 5, 6, 7-bandlarda berilgan metodlardir.

Bu yerda metod haqida umumiy, qisqacha yozdim. Hali metodning tartibi va tizimi bor. “Muhr”, “Monitoring” kabi tushunchalar ham mavjud. Bularni o‘quv markazimizga tashrif buyurganingizda tushuntirib beramiz.

• Repetitor: Jalol Boltayev
• Telefon: (97) 299-00-66
• Manzil: Xorazm v., Urganch sh., «Arastu» o‘quv markazi
• Mo‘ljal: "Hyundai" avtosaloni yoni
Lokatsiya
Telegram orqali bog‘lanish

👉 @TESTLIDERTARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — shartnoma bilan kafolatlangan ta'lim!
👍61
«OPTIMAL QO‘LLANMA» KITOBIDAN

📝 Ushbu infografik qo‘llanma orqali “miloddan avvalgi” va “milodiy” tushunchalarini oson va tez o‘rganib olasiz!

▪️6-sinf «Qadimgi dunyo tarixi» darsligi asosida
▪️Repetitorlar: Jalol Boltayev, Sherzod Ro‘zmetov
▪️Telefon: (97) 299-00-66

👉 @TESTLIDERTARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — shartnoma bilan kafolatlangan ta'lim!
👍9
«OPTIMAL QO‘LLANMA» (№2)

▪️6-sinf «Qadimgi dunyo tarixi» darsligi asosida (yangi nashr)
▪️Mualliflar: Jalol Boltayev, Sherzod Ro‘zmetov
▪️Telefon: (97) 299-00-66
▪️Manzil: Xorazm v., Urganch sh.

👉 @TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — shartnoma bilan kafolatlangan ta'lim!
👍10
Forwarded from Virtual 207 ⛄️
Marhamat, trenerlar o‘qituvchilarga Blum taksonomiyasini tushuntirishda bemalol foydalanishi mumkin.

Copyright © All rights reserved, 2023.
👍5