𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.8K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Forwarded from Tarixdan testlar | Bahrom Hikmatov (Bahrom Hikmatov)
Tarix fanida ixtisoslashtirilgan kanallar ichida eng kerakligi va oʻzining dolzarbligi bilan ajralib turuvchi, hamkasbim Husanboy Xoldorovning kanalida soʻnggi kunlarda abituriyentlar uchun koʻplab kerakli materiallar joylab borilmoqda, quyidagi link orqali yuklab oling:
👉 https://t.me/TARIX_TILSIMI/7296
👍141
Forwarded from History Pro
Нима учун инсонлар ўзларига юқори баҳо беришади?

6-синф тарих дарслигидан Суқрот ҳақида биласиз. У Афинанинг энг ақлли кишиси деб эълон қилинганида, "Ҳеч нарсани билмаслигимни билганим учун ҳам мени донишманд деб ҳисоблашса керак" деб жавоб берганини ҳам биласиз. Ёки, айрим етарли билим ва малакага эга бўлмаган инсонлар ўзларига юқори баҳо беришларига дуч келган бўлишингиз мумкин (масалан,айрим ўқитувчиларда). Ўзига баҳо бериш ва билимли/сизлик ўртасида боғлиқлик мавжуд. У Даннинг-Крюгер эффекти деб номланади.

Даннинг-Крюгер эффекти Девид Дуннинг ва Жастин Кругерларнинг номлари билан аталиб, уларнинг 1999-йилдаги тадқиқоти билан асослаб берилган. Унга кўра, нисбатан малакасиз ва билимсиз кишилар ўзларига кутилганидан юқори баҳо беришади. Малакалироқ ва билимлироқ кишилар эса аксинча.
Мисол учун, камроқ билимга эга А шахсдан тест олиб ўз натижасини таҳмин қилишни сўрасангиз асл натижасидан юқорироқ натижани таҳмин қилади. Нисбатан билимлироқ Б шахснинг таҳмини эса реал натижадан пастроқ бўлади.

Қисқа қилиб айтганда, Даннинг-Крюгер эффекти маълум бир соҳада қобилияти паст одамларнинг ушбу қобилиятга ҳаддан ташқари юқори баҳо беришга мойиллиги мавжудлигини англатади. Ушбу постга илова қилинган сурат орқали ушбу эффект мазмунин осонроқ тушуниб олиш мумкин.

Хулоса шундаки, бу эфффект аҳмоқлар ўзларини ақлли деб ўйлашалари ҳақида эмас, аҳмоқлар ўзларига юқори баҳо бериши ҳақида эди. Тадиқотга кўра, билимсиз инсонларнинг "самооценка"сининг юқори чегараси билимлироқ одамларникидан баланд бўлмайди,

@tarixolimpiada
👍12
Har bahorda shu bo'lar takror

Har yili imtihon paytida ba'zi "uddaburon"lar kanalida odam ko'paytirish uchunmi, shov-shuv qilish uchunmi, tushmagan savollarni "tushdi" deya kanalida tarqatishadi. Shuningdek, atayin imtihondan so'ng tushgan savollarni yozib olib (yoki tarqalgan testlarni ko'chirib), printerdan chiqarib, xuddi "imtihondan yashirincha olib chiqilgan"ga o'xshatib, internetda tarqatishadi.

Yuqoridagi suratda aks etgan varaq ham bir qarashda imtihondan yashirincha olib chiqilganga o'xshashi mumkin. Ammo qaysidir "uddaburon" imtihondan so'ng kanallarda qo'yilgan testni shundog'icha ko'chirib olgan, Wordda DTMnikiga o'xshatib ishlov bergan (o'zicha), printerdan chiqargan, test raqamini yirtib (o'zicha), odamlarni manipulyatsiya qilmoqda.

Bu 100 % feyk. Imtihondan keyin qilingan "mehnat mahsuli".

👉 @TESTLIDER
👍16🤨4👎21
Forwarded from TARIX TILSIMI| Rustamov Sardor (Husanboy Xoldorov)
tarix (@TARIX_TILSIMI) onlayn test.pdf
129.9 KB
#asosiy_tarix

🔹 «Talabalikka bir qadam» testi
📑 6-11-sinflar asosida tuzilgan
📝 Manba : @tarix_tilsimi

📥 1-avgustda asosiy tarix fanidan tushgan savollarni yuklab oling

❗️ Testni @e_test1_bot'ga maxsus kod orqali yuborib, natijangizni bilib olishingiz mumkin!
🔐 Maxsus kod : 78941
🔖 Namuna : 78941*1a2b3c4d

Reglament : 180 daqiqa (23:00'gacha)

👉 @TARIX_TILSIMI
👍10
Forwarded from 𝗟𝗘𝗚𝗔𝗟 𝗭𝗢𝗡𝗘 | SIROJIDDIN (Sirojiddin Yo'ldoshov)
"Keyingi imtihonda fanlar majmuasi o'zgaradi" deb barcha kanallar noto'g'ri ma'lumot tarqatishmoqda.
———
Mana bu yerda asosli tahlil qilingan ma'lumot berganman. (Ustiga bosing). Har qanday ma'lumotni #faktchecking qilmasdan ishonib ketavermanglar.
———
Mabodo fanlar o'zgarsa ham, shu yil oktabr-noyabrda rasmiy axborot beriladi.
———
@LEGAL_ZONE
👍131
𝗟𝗘𝗚𝗔𝗟 𝗭𝗢𝗡𝗘 | SIROJIDDIN
"Keyingi imtihonda fanlar majmuasi o'zgaradi" deb barcha kanallar noto'g'ri ma'lumot tarqatishmoqda. ——— Mana bu yerda asosli tahlil qilingan ma'lumot berganman. (Ustiga bosing). Har qanday ma'lumotni #faktchecking qilmasdan ishonib ketavermanglar. ———…
Bu fikrga men ham qo'shilaman. Keyingi o'quv yilida fanlar majmuasi o'zgarmasa kerak (ya'ni 3 ta asosiy, 2 ta majburiy fandan imtihon olinishi 2024-2025-o'quv yilidan joriy etilib, 2023-2024-o'quv yilida oldingidek tizim bo'lib qolaversa kerak. 10-sinflar xotirjam bo'laversa bo'ladi, menimcha).
👍23
VEBINAR - IMTIHON_2023
TARIX TILSIMI | Husanboy Xoldorov
🖱 «VEBINAR - 2023»
👤 200 dan ziyod ishtirok!

❗️ Imtihonoldi abituriyentlarimiz uchun maslahatlar berish maqsadida tashkil etilgan ovozlichatimizning saqlangan varianti


📍 Professionallar bilan birga boʻling:
👉 @TARIX_TILSIMI
👍9
Yettinchi kun natijalari e'lon qilindi
👉 https://t.me/BaholashUz/6074

👉 @TESTLIDER
👍11
Bahslashayotganda asabiylashavermang. Aql va fikrlar bir-biridan farqlanadi

Mubashshir Ahmad kanalidan olindi.

***

Surat bahs yoki munozarada tomonlar bir-birini umuman tushunmasligi, yakuniy hukm har doim ham haqiqat yoki ko'pchilikka foydali bo'lmasligining (hatto bahsda qaysidir taraf haqiqatni topishga harakat ham qilmasligining) sababini ochib bergan ekan.
👍152👎1
Sirdaryolik ustoz B. Mahmudboyevning kirish imtihonlarida huquqshunoslik bo'yicha qo'llangan testlar yuzasidan bildirgan fikrlarini ko'pchilik eshitgan bo'lsa kerak.

Umumiy ma'noda ba'zi gaplarida jon bor. Ammo darsliklardagi kamchiliklar masalasi Bilim va malakalarni baholash agentligiga tegishli masala emas.

Xususan, murojaatda e'tiroz bildirilgan test topshirig'i testologiya qonuniyatlari va qonunchilikka ko'ra to'g'ri tuzilgan. Shuningdek, "100 foiz maktab darsligidan savollarni olsa" gapi unchalik to'g'ri emas. Huquqshunoslik fanida ham, boshqa fanlarda ham aynan "kirish imtihonlarida test tuziladigan darsliklar ro'yxati" mavjud emas, "o'qish uchun tavsiya etiladigan darsliklar ro'yxati" bor. Bu bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun tarixdan ham darslikda mavjud bo'lmagan, ammo dasturga muvofiq keladigan ma'lumotlar asosidagi savollar imtihonlarda tushib turibdi so'nggi vaqtlarda ("Neron").

Qonunchilikka va testologiyaning umumiy qonuniyatlariga ko'ra, qaytangga darslikdagi noto'g'ri ma'lumot asosida tuzilgan test topshirig'iga (va shunga o'xshash holatlarda) apellyatsiya berib yutib chiqish mumkin bo'ladi.

Ammo na qilsa ham ustoz abituriyentlar uchun jon kuydiryapti. Bu yaxshi, albatta. Lekin bu yerda (o'sha holatda) agentlik haq. Agentlik ijrochi tashkilot, xolos. Darslikdagi muammolar unga tegishli emas. Shuningdek, testologiyaning umumiy qonuniyatlariga ko'ra, test topshirig'ining validligi uchun to'g'ri javob haqiqatga mos kelishi kerak (tabiiyki, o'zgargan yoki noto'g'ri ma'lumot to'g'ri javob bo'la olmaydi).

B. Mahmudboyevning savollariga shaklan o'xshab ketadigan, ammo mohiyatan boshqacharoq bo'lgan ba'zi ochiq savollar bor hali. B. Mahmudboyevning murojaatida so'ralgan jihatlarga agentlik bir necha bor javob bergan aslida (shu javoblar ham bir nechta savollarni tug'diradi...).

👉 @TESTLIDER
👍63👎21🕊1
Xullas, uch oylar oldin Asus Zenbook pro 15 OLED degan noutbuk olgandim. Shuni sotmoqchiman yoki Microsoft surface pro 9 bilan ba'zi shartlar asosida almashtiraman.

Protsessor: Ryzen 9 5800H
Videokarta: RTX 3050TI ("4 lik")
Doimiy xotira: 512 GB SSD
Vaqtinchalik xotira: 16 GB
+ sensor ekran

***

O'zi Microsoft surface pro 9'ning eng zo'r konfiguratsiyasi ham zenbook'imdan protsessor va videokarta bo'yicha bir necha baravar kuchsiz. Ammo surface noutbuk-plansheti kerak bo'lyapti rasm chizishga )).

Xaridorlar bo'lsa, @JalolBoltayev'ga yozing.
👍21
Hamma o'zi bilan o'zi ovora (qo'shiqdan)

Firibgarlar juda ko'p. Ko'pchilik qanday yo'l bilan bo'lsa ham soqqa qilish payida yurgandek tuyilaveradi. Olx'ga reklama joylagan birinchi kunimdanoq firibgar bilan yuzlandim. Agar yuqoridagi ssilka orqali o'tib, karta ma'lumotlarimni kiritsam, kartamdagi pulni oxirgi misqoligacha ship-shiydon qiladi.

Firibgarlardan ehtiyot bo'ling, deb yozyapman.
👍18❤‍🔥2👌21🌚1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍83
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
6👍3🤨1
"Faxrlanib yurishingizni aytib oldingizga kelgan talabani qanotlarini qayirib tashlamang..."

O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar
universitetiga bag'ishlanadi.

"Xo'p, universitetga qanday kirganimdan boshlamayman. Kirganimdan keyin qanday qarshilikka uchraganim va bu aldamchi "utopia"ning chalaliklaridan gapirmoqchiman.

Iyun oyida jurnalistika yo'nalishi bo'yicha Yevropada almashinuv dasturida qatnashish uchun to'liq moliyalashtiriladigan grant yutib oldim. Quvonchim cheksiz. Jurnalistikadan butun qatnashganlar ichida yagona ekanligim va bitta o'rinni o'zim yutganimdan g'ururlandim. Jurnalistikada hali yangi bo'lsam-da, o'zimdan biror nima qoldira olishimga, chindan qobiliyatim borligiga ishonch hosil qildim. Xullas, chetda o'qish yaxshi imkoniyat va aqli butun odam bundan maksimal foydalanishga urinadi.

Muammoga o'tamiz!

Yevropada o'qib kelaman, kelganimdan keyin shu-shu ishlarni qilaman deya xayol qilishni boshladim. Jurnalistikaga qadamim shu almashinuv dasturidan boshlanishidan quvonib O'zJOKUga bu haqida aytdim). Qadrli universitetimizning zo'r-zo'r hodimlari borda. Har kuni talabalaridan shunday yangiliklarni eshitib quloqlari pishib ketgan. Bu safargisi ham oddiy grantdir-da, tabriklab nima qilamiz, 10 ta talabamizdan 9 tasi yutib yotgan bo'lsa, navbatdagi kaminaniki oddiy bir hol qabilida ish ko'rishdi.

Qaydan bilasanki, O'zJOKU uchun bu hol birinchisi va birinchi to'sig'ing mas'uliyatsiz hodimlarning hujjating bilan tanishishga erinishlari bo'lishini. Axir ular shu uchun oylik olishadi, chalalik xos bu odamlarga. Ochib o'rganishga hafsala qilmasdan yo'q degan javob bilan yuzingga eshik yopishadi. Bilmaydiki, sen necha oylab vaqtingni yutish uchun sarflading. Mehnating, asablarimgni sarf qilganing evaziga yutuqdan lazzatlanish istagan payt seni koptokdek universitet bo'limlari biridan olib ikkinchisiga uloqtiradi.

"Bitta akademik ta'til ol, shunday javob beramiz. Shuni ham muammo qilamizmi, o'qisang o'zing uchun o'qiysan. Jurnalistika universiteti uchun jurnalistikadan chet elda malaka oshirib kelishingga na foyda? Talabalarimizdan tortib, o'qituvchilarimizgacha hammasi chet elma chet el yurishgan bo'lsa".

Maqolani to'liq o'qish uchun ustiga bosing

Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

🔠📩 🛒↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍91
Talaba.uz | Rasmiy kanal |
"Faxrlanib yurishingizni aytib oldingizga kelgan talabani qanotlarini qayirib tashlamang..." O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga bag'ishlanadi. "Xo'p, universitetga qanday kirganimdan boshlamayman. Kirganimdan keyin qanday…
Madina Urinova — xorazmlik, mening yaqin do'stim. To'g'risini aytsam, men tanigan xorazmlik qizlar orasida Madinani tom ma'nodagi eng bilimlisi deb hisoblayman (to'g'ri, juda ko'p qizni tanimayman, albatta. Va bu fikrim u bilan do'st bo'lganligim uchungina aytilmayapti). Shunchaki Madina maddoh emas!

Bunday vaziyatlarda "kimlargadir", albatta, imkoniyat "yaratib beriladi". Siyqasi chiqib ketgan mavzuda, siyqasi chiqib ketgan gaplar bilan nimadir yozib, sertifikat olish uchun registratsiya qilish kifoya bo'lgan saytlardan "sertifikat" olib, og'zi kerilib yuradiganlarni ko'rsam, kulgim keladi. Madina har doim haqiqatan foydali ish qilishga harakat qiladi, kamtarin qiz. Bunday potensial bilimlilarni qo'llab-quvvatlash o'rniga ko'ksidan itarish, aksincha, laganbardor-maddohlarni "o'stirish" odatiy holga aylanib qolayotir zamonamizda...
👍17🤔2
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Izohlarda "ular (imtiyoz bilan, imtihonsiz, oʻqishga kiradiganlar) kvotadan tashqari olinadi" deb yozishmoqda.

Oddiy mantiqni ishga solaylik. Tasavvur qiling: chet elga sayohat qilish uchun umumiy 100ta joy bor. Shu 100ta joydan 10tasini "kvotadan tashqari" deb eʼlon qildim-da, "alohida kishilar" uchun "bron" qilib qoʻydim, qolganlar esa maxsus sinovlardan oʻtib, putyovkani qoʻlga kiritishi kerak. Qolganlar ("alohida" toifaga kirmaydiganlar, sinovlardan oʻtishi kerak boʻlganlar) uchun joy kamaydimi? Agar shu "bron" boʻlmaganda, oʻz kuchi bilan shu joyni egallashga harakat qilayotganlarda imkoniyat koʻproq boʻlarmidi?

"Alohida kvota" ham shunga oʻxshagan narsa.
👍91❤‍🔥1
O'tkinchi
Konsta
🎧 (c) Konsta
5❤‍🔥2👍1
Metodika — maʼlum bir maqsadga qaratilgan, barcha topshiriqlar shu maqsad yoʻlida uygʻunlikda tanlangan tizim, maqsadsiz rebuslar-u boshqotirmalar yigʻindisi emas.

(c) Komil Jalilov

***

Metodikaga sodda va chiroyli ta'riflardan biri. Metodika ekan deb, hamma ishni qilavermaslik kerak. Bu ishlarigizda biron-bir mantiq va asos bo'lishi zarur. Nima uchun shu ishni qilayotganingiz haqida hech bo'lmasa, bir-bir yarim betlik narsa yoza olishingiz va argumentatsiya qila olishingiz lozim. ))
5👍4