𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.9K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
⚡️ Faqat abituriyentlar uchun "yopiq onlayn dars oʻtiladigan guruh"imizni linkini qoldiraman. 3-iyun kuni namuna dars boʻlib oʻtadi. Darslarimiz ma'qul kelsa davom ettirasiz, boʻlmasa guruhdan chiqarilasiz!

Toʻlovi: 150 ming/oy
Oʻqituvchi: Husanboy Xoldorov


Link: 👉 https://t.me/+uY8JANMy62o5OWZi
👍7
#metodika #iqtibos

«...Akademik qobiliyat boshqa, didaktik qobiliyat boshqa. Yaʼni, 8, 8+ sertifikatli akademik bilimlilar koʻp, lekin didaktik qobiliyatlilar kam. Didaktik qobiliyat hammaga ham nasib qilavermaydi. Ovoz, nutq, metodikani toʻgʻri tanlash, bolani zeriktirmaslik, bolani qiynamay, bezdirmay oʻqitish sifatlariga ega boʻlgan pedagogni topgan boʻlsangiz marra sizniki.

Qiyin grammatika kitobidagi mavzularni tinmay oʻzlashtiryapsiz, mashqlarni bajaryapsiz, soʻz yodlayapsiz, ammo hali ham ingliz tilida gapira olmayapsizmi, demak sizni notoʻgʻri yoʻldan olib ketishyapti...»

📃 (c) Imaginative Girl

👉 @TESTLIDER — repetitor Jalol Boltayev sahifasi
👍31
#iqtibos

«...Yana bir koʻzga kam tashlanadigan omil. Akademik litseyda ishlaganimda, oʻqiganimda koʻp kuzatganman. Ayrim oʻqituvchilar dars payti ataylab hech narsa oʻrgatmay, oʻquvchilarga qiyin topshiriqlar berib, past baho qoʻyardi, bola past baho olishdan bezib, qoʻrqib oʻqituvchiga yalinishga tushardi: meni qoʻshimcha oʻqiting deb. Asl maqsad ham oʻsha boʻlgan, yaʼni repetitorlik ortidan bolalardan qoʻshimcha pul olish. Bola qoʻshimcha darsga qatnashi bilan uning baholari avtomatik koʻtarilib, unga yaxshi munosabatda boʻlishni boshlagan oʻqituvchini koʻrib, boshqalar ham kurs sotib olishardi. Bu yerda faqat vijdon masalasi bor, agar shunday holatda boʻlsangiz, undan chiqib keting, chunki vijdonli boʻlmagan oʻqituvchi sizni hech qachon chin dildan, yaxshi oʻqitmaydi, bilimini qizgʻanadi. Maqsadi bilim berishdan koʻra pul ishlash boʻlganlardan qoching...»

📃 (c) Imaginative Girl

👉 @TESTLIDER — repetitor Jalol Boltayev sahifasi
👍10❤‍🔥1🕊1
O‘zim muntazam kuzatib boradigan o‘qituvchilarning Telegramdagi sahifalari

@imaginative_girl – ingliz tili va huquqiy fanlardan dars beradi. Muallif kanalida asosan ijtimoiy-siyosiy mavzularni tiniq fikr bilan yoritib boradi. Shuningdek, ta’lim tizimi va metodika bilan bog‘liq dolzarb mavzularda ham yaxshi postlar yozadi. Yuqoridagi gaplarni shu kanaldan iqtibos qildim.

@mutarjim2019 – tarix fani o‘qituvchisining kanali. Kanal shaxsiy blog ko‘rinishida. Ta’lim bilan bog‘liq mavzular ham yoritiladi. Kanalda pedagogika, xususan, tarix o‘qitish metodikasiga oid ko‘plab to‘g‘ri tavsiyalarni uchratish va amalda qo‘llab ko‘rish mumkin.
👍63👌2
Forwarded from Orif Tolib
Savodxonlik kursiga qabul boshlandi!

Tahrir va korrekturani maʼlum soha kishilarigina oʻrganadi. Shunchaki savodini oshirmoqchi boʻlganlar-chi? Ularga ham kurs bor.

Savodli boʻlish sizga koʻp jihatdan yordam beradi. Bu avvalo ziyoli ekaningizga dalolat qiladi. Qaysi soha vakili boʻlishingizdan qatʼi nazar, xat-savodingiz uchun boshqalardan uyalmaysiz, aksincha, ustun boʻlasiz. Oʻzini hurmat qiladigan har qanday idora yoki tashkilot savodxon xodimni afzal koʻradi. Shunday ekan, savodni oshiring. Buning yengil usullaridan biri – savodxonlik kurslarimizda oʻqish.

Kurs haqida qisqacha:

15 ta darsdan iborat, 1,5 oyga moʻljallangan. Kurs soʻngida istaganlar yana qoʻshimcha dars olishi mumkin. Kurs narxi 1,2 million soʻm. Toʻlovdan soʻng guruhga qoʻshilasiz. Tinglovchilar soni kamida 🔟 nafarga yetgach, darslar boshlanadi.

Kurs haqida batafsil:

🟢 Lotinda 🟢 Kirilda

👉 Kursga yozilish 👈

@oriftolib
😱5👍2🤣21🕊1
#imlo

repetitor
repititor

namunaviy test
na’munaviy test

imtihon
imtixon

... toping.
... toping?

ro‘yxat
ro’yhat

👉 @TESTLIDER — repetitor Jalol Boltayev sahifasi
👍15👎532🤩2🌚1
Xaritada alohida rang bilan ajratib ko‘rsatilgan hudud (davlat) XIX asr oxirida qaysi davlat(lar) mustamlakasiga aylangan?

👉
@TESTLIDER — repetitor Jalol Boltayev sahifasi
👍143
Forwarded from TARIX TILSIMI| Rustamov Sardor (Husanboy Xoldorov)
⚡️ DIQQAT EHTIYOT BOʻLING!

▪️ Yakshanba kuni (18.06) TARIX fanidan ORIGINAL test sinovi boʻlib oʻtadi!

✔️ Testda eng yuqori natija koʻrsatgan obunachimizni pul mukofoti bilan taqdirlaymiz!

❗️Mukofotli tanlovda ishtirok etish shartlari:
Ushbu xabarni 5 nafar tarixchi doʻstingiz hamda tarixchilar guruhiga yuborishingiz shart!
Xabar yuborganlik haqida skrenshotni ushbu post commentariyasiga qoldirishingiz shart!
Albatta, @TARIX_TILSIMI telegram kanaliga obuna boʻlishingiz shart!
✔️ Mukofot berilayotganda albatta, yuqoridagi shartlarni bajarilgan yoki bajarilmaganligiga qaraladi!

2023-yilning ENG QAYNOQ 30 talik testlar roʻyxati quyida
👉 30 talik test Husanboy Xoldorov
👉 30 talik test Bahrom Hikmatov
👉 30 talik ORIGINAL test 1-V
👉 30 talik ORIGINAL test 2-V
👉 30 talik test Husanboy Xoldorov

📍Testda ishtirok etish uchun quyidagilarga obuna boʻlish shart!
👉 @TARIX_TILSIMI
👉 @Test_ishlash_taktikasi
👍8
Forwarded from Lara's Insight (Lara Woodwild)
Kim o'zi inson, ya'ni sohasini zo'r biladi, bilimli va izlanyapti. To'xtamayapti. Har kuni o'qiyapti.
Anonymous Poll
53%
Nazariyadan savollaringizga javob beradigan. Janrni kelib chiqishi & yillarini mukammal biladigan.
47%
Janrdan bir narsa yaratgan: oddiy matn, hikoya va kattaroq roman.
🤔8👌7👍4😢3
Forwarded from Lara's Insight (Lara's bot)
​​Da Vinchining da Vinchiligi "Mona Liza"ni shunchaki yaratganida emas. U chizgan narsani siz ham, oddiygina kompyuter ham farqlanishsiz qila olishi mumkin. Uning shaxsiyati butunligicha rassomlikda ham emas. Yo'qni ko'ra olishida, yo'qdan bor qilishida, siz va biz ishonmagan narsalarni ilg'ay bilib voz kechmaganida edi. Chin ixtirochi bo'lgan asli, o'ylab topgan va yaratgan.

Va yana bir narsani bilasizmi? Da Vinchining oldiga yuzlagan ma'lumotlar-u, yillardan iborat yilnomalarni yod ol, deb bersangiz, bizdan farqli "nega?" degan savol bilan sizga va o'ziga so'roq bera olgan bo'lardi. Ko'r-ko'rona yodlashni va ma'lumotlarni bilishni bizga o'xshab tor maqsadlarga bog'lamagan bo'lardi. U hech qachon bizga ma'lumotlarni  kutganimizdek aniqlikda aytib bera olmas, biroq ana shu ma'lumotdan bizga xizmat qiladigan ixtirolarni yaratib bera olishi mumkin edi. Biz esa o'zimiz ideal bilim degan sonlarimiz va faktlarimizga ko'milib bilimning mevasini shu fundamental bilimlarimizga bog'lab yashab o'tib ketaveramiz.

Sonlar va faktlar, ma'lum sohaning asosini o'rganish muhim. Blum taksonomiyasining asosi aslida xotira va chuqur bilimdan iborat. Ammo ana shu bilimga olib boruvchi yo'lda tushunish, tahlil qilish va baholash, oxirida esa yaratish degan tushunchalar ham mavjud.

O'rgangan bilimingiz, yod olgan ma'lumotingizdan qandaydir foydali yoki foydasiz bo'lsin biror-bir narsa yaralmas ekan o'zingizdan bilimli - "ziyoli" shaxsni yasab olmang. Yaratmas ekansiz biologik oddiy individ - mehnat qiluvchi ijtimoiy mavjudodligingizcha qolaverasiz.

Yaratish deganda faqat moddiyat tushunilmaydi. Biror-bir tushuncha, harakat yoki jamiyat rivoji uchun hissa qo'shadigan, sizning individualligingizni ko'rsatuvchi istalgan tushuncha yaratuvchanlikka misoldir. Yodlang, o'rganing adabiyot-u tarixingizni. Lekin shu yodlaganlaringizni tahlil qilmay, o'z shaxsiy xulosalaringizni bayon qiluvchi oddiygina matningizni (taqriz) yoza bilmas ekansiz qaysi til bilan bilimliman, sohamni chuqur mutaxassisiman, deya ayta olasiz? Bilingki, bilim umuman subyektiv tushuncha emas. Istalgan narsa men uchun subyektiv xususiyatga ega bo'lishi mumkin. Biroq bilim umumiy va bilimli tushunchasini ham o'z qarichingiz bilan o'lchashga urinmang.

@larasinsight
👍122🔥2
@alimdjanovversiyasi tarixchi olimlardan biri Baxtiyor Alimdjanov Telegramda o'z sahifasini ochibdi. Ulanib qo'yishni tavsiya etaman.
👎16👍8
Zamonaviy o‘zbek tarix o‘qituvchilari egallashi kerak bo‘lgan bilimlar:

1.
Xorijiy tillar. Ayniqsa ingliz va xitoy tillarini o‘rganish zamon talabiga aylanib ulgurdi. Ingliz tilini bilish turli soha mutaxassislari bilan fikr almashish va dunyoning istalgan manbasidan axborot olish imkoniyatini beradi. Xitoy tili esa ilm-fan yangiliklarini boshqalardan oldinroq bilishga yordamlashadi. Bugungi Xitoyda olimlar soni AQSH olimlari sonidan ko‘proq va ularning ilmiy tadqiqotlari samaraliroq bo‘lib chiqmoqda.

2. Photoshop va Illustrator dasturlari. Hozirgi kunda Pinterest, Instagram, Twitter singari tarmoqlarda chet ellik ijodkorlar va tadqiqotchilar tarixga oid qiziqarli illustratsiyalarni namoyish etishadi. Dasturlarni o‘rganish orqali o‘quvchilarga qiziqarli illustratsiyalarni o‘zbek tilida taqdim qilish mumkin.

3. Primer Pro yoki mobil qurilmalar uchun video tahrirlovchi dasturlar. YouTube dunyodagi eng ajoyib platformalardan biri. U yerda har qanday video arxivlarni topish mumkin. Tarixga oid mashxur ko‘rsatuvlar YouTubega joylab boriladi. Mavzuga doir videolarni o‘zbek tiliga tarjima qilib o‘quvchilarga ko‘rsatsa, o‘rganish samaradorligi ikki hissa oshadi.

4. MS Office dasturlari yoki Adobe inDesign orqali kitob sahifalash. Mavzuga doir qo‘shimcha ma’lumotlarni kichik-kichik kitobcha shaklida o‘quvchilarga tarqatish orqali yoki mavzuning qisqartmalarini kitob shakliga keltirish orqali o‘rganish osonlashadi.

5. Kartografiya. Xaritalardan unumli foydalanishni bilish. GPS qurilmalari yoki telefondagi oddiy Google Maps dasturi yordamida real vaqt rejimida o‘quvchilarga tarixiy obidalarni xaritadan ko‘rsatish mumkin.

Manba: «Oddiy yo‘lovchi»

👉 @TESTLIDER
👍19🏆1
Forwarded from Imaginative Girl 🦢
"Ўйлаш - қийин иш, шунинг учун кўпчилик ҳукм чиқаради"

✍️Kaрл Юнг

@imaginative_girl
👍131🎉1👌1
Ilm so'zini "ilim" deb yozadiganlar tarixchi olim Baxtiyor Alimdjanovning kommentariyasida mantiqsiz gaplari bilan "aqllilik" qilib yotishibdi...

Eh, odamlardan faqatgina bitta illatni olib tashlash imkoni berilsa, maddohlikni tanlagan bo'lardim, deb o'ylardim. Hozir shunday imkon berilsa, o'zini daho (faqat men to'g'ri yo'ldaman) deb o'ylash va notolerantlikni — uchalasini so'ragan bo'lardim. Bo'lmasa, odam bo'lish qiyin...
👍31👎6❤‍🔥3🔥2🐳1🌚1
Telegram tarmog'ida huquqshunoslik bo'yicha abituriyentlarga mo'ljallangan kanallar ham ko'payib qoldi. Ammo obunachi soni ko'p bo'lgani bilan aksariyatida kontent sifati bilan bog'liq muammolar bordek ko'rinadi.

Sifatli kontent istovchilar uchun @LEGAL_ZONE kanalini tavsiya etaman. Kanal muallifi — repetitor Sirojiddin Yo'ldoshov ukamiz huquqshunoslik bo'yicha ham sifatli testlar bazasini shakllantirib borajak. Umuman olganda, hozirda kanalga joylangan test va qo'llanmalarda ham sifat ancha yaxshi (albatta, kundan kunga yaxshilanib boraveradi).

Demak, @LEGAL_ZONE'ga ulanib qo'ying!
👍9🔥2
Ertaga 6—11-sinf tarix darsliklari bo'yicha "Konkurs test" tashkillashtirmoqchiman. Testlar testologiya fani qonuniyatlari va spetsifikator asosida bo'ladi. Mualliflik testlar.

Reglament: 20:30—23:30
Kanal: @TESTLIDER
👍46❤‍🔥43🎉3👎21
KONKURS TEST (@TESTLIDER).pdf
1.5 MB
⚡️KONKURS TEST BOSHLANDI!

• Muallif: JALOL BOLTAYEV
• Darsliklar: 6–11-sinf tarix darsliklari asosida
• Testlar soni: 30 ta
• Reglament: 3 soat (20:30–23:30)

📝 Faylni ochasiz, testlarni ishlab, @e_test1_bot'ga maxsus kod orqali yuborasiz!
🔐 Maxsus kod: 76676
🔍 Namuna: 76676*1a2b3...

👉 @TESTLIDER – repetitor Jalol Boltayev sahifasi
👍13❤‍🔥3🐳1
Tanlovda jami 109 nafar ishtirokchi qatnashdi. Eng yuqori natija 30 tadan 29 ta bo‘lib, 3 nafar ishtirokchi shunday natija qayd etdi. Umumiy reyting va to‘g‘ri javoblarni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin:

📊 Umumiy reyting va to‘g‘ri javoblar

1-o‘rinlar:
• Avazbek Boyqobilov
- 29 ta 🥇
• Abdulvoxidova Muxayyo - 29 ta 🥇
• Samira Tulaganova - 29 ta 🥇

👉 @TESTLIDER — repetitor Jalol Boltayev sahifasi
👍74🏆1
«EHTIMOLIY SAVOLLAR – 2023» qo‘llanmasini joylaganimdan so‘ng uning 2, 3-qismlarini ham chiqarishimni ko‘p so‘rashdi.

Imtihonga oz fursat qolgan ayni paytda qo‘llanmaning keyingi qismlarini o‘qib chiqishdan ko‘ra «majburiychilar» uchun foydaliroq bo‘lgan, shu qo‘llanmalar asosida tuzib chiqilgan «EHTIMOLIY TESTLAR – 2023» endi sotuvda.

• Muallif: Jalol Boltayev
• Test to‘plamining narxi: 80 ming so‘m
• Sotilish shakli: PDF
• Toʻgʻri javoblari bilan

Elektron shaklda sotiladi. Mening nomimdagi 9860 0101 3391 0371 karta raqamiga to‘lovni o‘tkazib, chekini «lichka»ga yuborganingizdan so‘ng kitobning PDF formati tashlab beriladi.

👉 @TESTLIDER – repetitor Jalol Boltayev sahifasi
👍16🔥2
⚡️#yangi_qolipdagi_test

Quyidagi sxemani tahlil qilib, raqamlar bilan ko‘rsatilgan bo‘shliqlarga mos so‘zlar qo‘yilgan javobni toping.

A) 1 – Vilgelm II; 2 – Nikolay II; 3 – gabsburglar; 4 – Avstriya-Vengriya
B) 1 – Vilgelm I; 2 – Nikolay I; 3 – gogensollernlar; 4 – Buyuk Britaniya
C) 1 – Vilgelm I; 2 – Aleksandr III; 3 – gabsburglar; 4 – Avstriya-Vengriya
D) 1 – Vilgelm II; 2 – Nikolay II; 3 – gogensollernlar; 4 – Avstriya-Vengriya

👉 @TESTLIDER — repetitor Jalol Boltayev sahifasi
👍19🏆1
1997-yilda, “Osiyo inqirozi” arafasida, Tailand hukumati milliy valyuta – bahtning kursini AQSH dollariga nisbatan pasaytirishga majbur bo‘ldi. Ushbu ma’lumotdan kelib chiqib hukumat qaysi iqtisodiy jarayonni amalga oshirganini aniqlang.

(c) J. BOLTAYEV
Anonymous Quiz
32%
A) inflyatsiya
36%
B) devalvatsiya
23%
C) deflyatsiya
9%
D) repatriatsiya
🔥10👍5🎉4🥰32🏆2