TARIXCHI ABITURIYENTLAR UCHUN JUDA MUHIM QO‘LLANMA!⚡️
HISTOMAP
• Darslik: 7-sinf JAHON TARIXI
• Repetitorlar: Jalol BOLTAYEV, Sherzod RO‘ZMETOV
• 2-qism. To‘liq
Ushbu qo‘llanmani, albatta, o‘qib chiqing. Imtihonda yangi qolipdagi testlarni to‘g‘ri ishlashingizda juda katta asqatadi!
Do‘stlaringizga ham ulashing!
👉 @TESTLIDER

Telegram
Do‘stlaringizga ham ulashing!
👍15❤4🔥1
#DTM_testidagi_xatolik 📁
Sobiq DTMning rasmiy Telegram boti orqali yuklab olingan original fayldan skrinshot. 10-savolga e’tibor bering.
Fransiyada Uchinchi Respublika boshqaruvi davrida prezident lavozimida ishlagan shaxsni toping.
A) Sadi Karno
B) Estergazi
C) Troshyu
D) Tyer
Biz 9-sinf «Jahon tarixi» darsligidan A javobdagi Sadi Karnoning Uchinchi Respublika davrida prezidentlik lavozimida ishlaganini bilamiz. B javobdagi Estergazi Fransiya armiyasi Bosh shtab mayori, C javobdagi Troshyu esa Uchinchi Respublika e'lon qilingach, Muvaqqat milliy-mudofaa hukumatiga rahbarlik qilgan.
Lekin D javobdagi Tyer Uchinchi Respublikaning birinchi prezidenti hisoblanadi. To‘g‘ri, darslikda bu haqda ma’lumot berilmagan. Darslikda Tyerning 1871-yil fevral oyida Fransiyada Milliy Majlisga shoshilinch o‘tkazilgan saylovdan so‘ng hukumat rahbari bo‘lganligi qayd etilgan. Ammo Tyer shu yilning avgust oyida prezidentlik lavozimini egallagan.
Ya’ni ushbu testda ikkita variant to‘g‘ri javob bo‘lib qolgan. Masalan, mana shu savolda xato qilib (Tyer variantini belgilab), apellyatsiya bersangiz, bemalol yutib chiqishingiz mumkin. Chunki, birinchidan, bu yerda aniq ikkita to‘g‘ri javob bor. «Darslikda Sadi Karno yozilgan», degan gap asos bo‘la olmaydi, testologiya qonuniyatlariga ko‘ra bunday bo‘lishi mumkin emas (bahsli ma’lumotlar istisno bo‘lishi mumkin). Ikkinchidan, sobiq DTM va uning “vorisi” bo‘lgan agentlikka, o‘zi ta’kidlaganidek, avvalo darslik emas, dastur asos bo‘ladi (J. B. — de-yure).
Uchinchi Respublika prezidentlarini ushbu link orqali ko‘rishingiz mumkin.
Ammo shuni ham ta'kidlash kerakki, men DTM testologlari test topshiriqlarini sifatli tuzishadi deb hisoblayman (izoh — ayniqsa, so‘nggi yillarda sifat ancha yaxshilangan. Shuningdek, ushbu xulosam DTMning faqat tarix va geografiya fanlari testlarini tahlil qilgan holda kelib chiqqanligini aytib o‘tish joiz. Boshqalaridan xabarim yo‘q). Bunday kamchiliklar hammada bo‘lib turadi va DTM testlaridagi bunday xatoliklar ko‘p emas.
👉 @TESTLIDER — repetitor Jalol Boltayev sahifasi

👍17❤4
⚡️Tarix fanidan tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar diqqatiga!
5-may sanasida JALOL BOLTAYEV (@TESTLIDER) va HUSANBOY XOLDOROV (@TARIX_TILSIMI)lar tomonidan 9-sinf “Jahon tarixi” darsligi asosida “KONKURS TEST” tanlovi tashkillashtiriladi.
➖ Boshlanish vaqti: 20:00
➖ Tugash vaqti: 23:00
➖ Jami testlar soni: 30 ta
➖ Reglament: 3 soat
🏆 O‘z bilimingizni sinab ko‘rish, boshqa abituriyentlar bilan raqobatlashish va sifatli testlardan zavqlanish uchun ajoyib imkoniyat!
❗️“Konkurs test”da qatnashish uchun tanlov tashkilotchilari kanallariga obuna boʻlib, oʻz vaqtida javoblarni yuborishingiz soʻraladi. Ushbu tanlov haqida doʻstlaringizga ham xabar bering!
👉 @TARIX_TILSIMI

👍10❤5
Forwarded from Bahrom Hikmatov
📣 DIQQAT E'LON
📙TARIX FANIDAN ATTESTATSIYA-2024 TOPSHIRUVCHILAR UCHUN ONLINE TAYYORLOV KURSIGA MARHAMAT!
Mahoratli o'qituvchi Bahrom Hikmatov attestatsiya testi topshiruvchi o'qituvchilarni Online rejimdagi o'quv kursiga taklif etadi.
2024-yilgi attestatsiya imtihonlari ham yaqinlashib kelmoqda, o'quv kursida Tarix fanidan Yangi umumiy bazani bir necha marta takrorlash imkoniga ega bo'lasiz.
O'qituvchi tomonidan Shaxsiy va BMB, Attestatsiya testlar, Qo'llanmalar va materiallar berilib boriladi, agar nasib bo'lsa, shu o'qituvchi sizni Oliy toifa marrasi sari eltib qo'yadi.
Darslar hafta 3 kun, 2 soatdan olib boriladi. O‘qituvchi tomonidan Attestatsiyada tushgan va tushish ehtimoli bo‘lgan testlar jamlangan Qo‘llanma tayyorlangan, kursda o'qiganingizga afsuslanmaysiz!
💳Narxlar: To‘lov (1 oylik):
------------
📝Taklifimiz sizga manzur bo'lsa, ro'yxatdan o'tishingiz so'raladi:
🌐Telegram (lichka): @Mr_Khikmatov
📢Telegram kanal: @Tarixdan_testlar_BH
☎️Tel: +998944111223

100 000 so'm------------
📝Taklifimiz sizga manzur bo'lsa, ro'yxatdan o'tishingiz so'raladi:
🌐Telegram (lichka): @Mr_Khikmatov
📢Telegram kanal: @Tarixdan_testlar_BH
☎️Tel: +998944111223
👍5
KONKURS TEST (@TESTLIDER, @TARIX_TILSIMI).pdf
1 MB
⚡️KONKURS TEST BOSHLANDI!
• JALOL BOLTAYEV, HUSANBOY XOLDOROV
• 9-sinf «Jahon tarixi» asosida
• 30 ta test
• reglament 3 soat (20:00–23:00)
📝 Faylni ochasiz, testlarni ishlab, @e_test1_bot'ga maxsus kod orqali yuborasiz!
🔐 Maxsus kod: 71073
🔍 Namuna: 71073*1a2b3c
QUYIDAGI KANALLARGA OBUNA BO‘LING!
➖ @TESTLIDER
➖ @TARIX_TILSIMI

👍9❤2❤🔥1
📊 @TESTLIDER (Jalol Boltayev) va @TARIX_TILSIMI (Husanboy Xoldorov) Telegram kanallari hamkorligida 9-sinf «Jahon tarixi» darsligi bo'yicha o'tkazilgan «Konkurs test» tanlovining natijalari
100 % lik (30 tadan 30 ta) natija qayd etgan ishtirokchilar
• Bobojonova Yoqutjon - 30 ta 🥇
• Tursinbaev Allabay - 30 ta 🥇
• Boyqobilov Avazbek - 30 ta 🥇
👉 UMUMIY REYTING VA TOʻGʻRI JAVOBLARNI KOʻRISH UCHUN SHU YERGA BOSING!

Telegraph
"KONKURS TEST" TANLOVI NATIJALARI VA TO'G'RI JAVOBLARI
TASHKILOTCHILAR VA TEST MUALLIFLARI HAQIDA (KANALLARGA OBUNA BO‘LISHNI UNUTMANG!)
Qadimgi Xitoy tarixida «Kurashayotgan podsholiklar» davri nechanchi asrlarni qamrab oladi?
Anonymous Quiz
24%
A) milodiy III–VI asrlar
38%
B) mil. avv. VIII–VII asrlar
21%
C) mil. avv. V–III asrlar
18%
D) mil. avv. VII–V asrlar
👍12🌚11😢10👎7❤2🔥1
Bugun @TESTLIDER kanalini ochganimga roppa-rosa 5 yil boʻlibdi...
Bir paytlari 8000 lik dovondan ham oʻtgan kanalim bugun 2000 dan ziyodroq obunachiga ega. Ushbu obunachilar eng sodiqlari. )) Kanalga soʻnggi yillarda jiddiy (faol) e'tibor bera olmagan boʻlsam-da, ahyon-ahyonda tarixchilarga katta asqatadigan fayllarni joylab turdim (shaxsan oʻzim shunday hisoblayman. Masalan, «Histomap»lar).
Kanal faoliyati davom etadi. Tom ma'noda sifatli, foydali maʼlumotlar (test, qoʻllanmalar va h.k.)ni ulashishda davom etamiz.
(c) Jalol Boltayev

👍19❤17🎉9👏2🤩2
⚡️#yangi_qolipdagi_test
Quyidagilarni tahlil qilib, sxemaga mos keluvchi javobni aniqlang.
A) 1 – Xorazm madaniyati; 2 – Tuproqqal’a; 3 – mahalliy yozuv namunalari; 4 – Eski Termiz; 5 – fil suyagidan yasalgan shahmat donalari
B) 1 – Xorazm madaniyati; 2 – Qo‘yqirilganqal’a; 3 – mahalliy yozuv namunalari; 4 – Ayritom; 5 – budda haykali
C) 1 – Davan madaniyati; 2 – Jonbosqal’a; 3 – xum sirtiga bitilgan yozuv; 4 – Surxko‘tal; 5 – budda haykali
D) 1 – Xorazm madaniyati; 2 – Qo‘yqirilganqal’a; 3 – xum sirtiga bitilgan yozuv; 4 – Surxko‘tal; 5 – fil suyagidan yasalgan shahmat donalari

👍26👎4☃3🎉2
image_2020-07-27_08-51-55.png
2.3 MB
10-sinf «O‘zbekiston tarixi» darsligi bo‘yicha qo‘llanma — «Lavozimlar»
❗️Ertaga asqatishi mumkin!
Repetitor: Jalol Boltayev
Tel.: +998972990066
👉 @TESTLIDER — kanalimizga do‘stlaringizni ham taklif eting!

👍8🤣2🔥1🤔1
Jalol Boltayev va Sherzod Ro'zmetov hammuallifligidagi #HISTOMAP qo'llanmasidan
VILGELM I – Prussiya qiroli (?–1871) va 1871-yil 18-yanvardan 1888-yil vafotigacha Germaniya tarixidagi ikkinchi imperiyaning birinchi imperatori (1871–1888). Fransiya Prussiya urushi (1870–1871) davrida mamlakatni boshqargan hukmdor. Gogensollernlar sulolasidan.
Prussiya qiroli Vilgelm I va kansler Otto fon Bismark Germaniyaning birlashishiga va Germaniya imperiyasining barpo etilishiga erishishgan.
Vilgelm I Fransiyaning ispan taxtiga ko’rsatilayotgan Germaniya nomzodidan voz kechish haqidagi talabiga rozi bo’ladi. Ammo urush bo’lishini xohlayotgan Fransiya Germaniyadan kelgusida ham ispan taxti uchun nomzod ko’rsatmasligini, hozir ko’rsatgan nomzodidan taxt da’vosidan butunlay voz kechishiga erishishini talab qiladi. Urushga shoshilayotgan Prussiya kansleri Bismark esa gazetada qirol va Fransiya elchisi o’rtasidagi suhbat tafsilotini atayin buzib talqin etadi. Gazetadagi xabarga ko’ra, go’yo qirol Fransiya elchisi bilan gaplashishni xohlamagan va elchiga orqasini o’girib olgan. Vilgelm I va fransuz elchisi o’rtasidagi bu hodisa tarixga “Ems depeshasi” nomi bilan kirgan.
Vilgelm I 1870–1871-yillardagi Fransiya-Prussiya urushida Napoleon III boshchiligidagi Fransiya ustidan g’alaba qozongan. 1888-yilda vafot etgach, taxtga o’g’li Vilgelm II o’tirgan.
Vilgelm I = Napoleon III, Otto fon Bismark, Vilgelm II.
Vilgelm I = Fransiya-Prussiya urushi, gogensollernlar sulolasi, ikkinchi imperiya asoschisi, birlashgan Germaniya imperiyasi, “Ems depeshasi”.

❤🔥3👏3👍1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
TARIXCHI ABITURIYENTLAR UCHUN JUDA MUHIM QO‘LLANMA!⚡️ HISTOMAP • Darslik: 7-sinf JAHON TARIXI • Repetitorlar: Jalol BOLTAYEV, Sherzod RO‘ZMETOV • 2-qism. To‘liq Ushbu qo‘llanmani, albatta, o‘qib chiqing. Imtihonda yangi qolipdagi testlarni to‘g‘ri ishlashingizda…
Jalol Boltayev va Sherzod Ro'zmetov hammuallifligidagi #HISTOMAP qo'llanmasidan
MA’MUN – abbosiylardan bo‘lgan xalifa (813–833), ungacha Xuroson noibi. Xorun ar-Rashidning o‘g‘li. Ukasi Amindan so‘ng xalifalik taxtiga o‘tirgan.
Ma’mun Xurosonda noiblik qilayotgan davrda arab lashkarboshchisi Rofe ibn Lays boshchiligida abbosiylarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarilgan (806). Ma’mun Somonxudotning nabiralari Nuh, Ahmad va Yahyo yordamida isyonni bostirgan.
Unga taxtni egallashda Hirot zodagoni Tohir ibn Husayn va somoniylar yordam berishgan. Buning evaziga Tohirni 821-yilda Xuroson va Movarounnahr noibi etib tayinlagan. Nuhga Samarqand, Ahmadga Farg‘ona, Yahyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga esa Hirotni bergan. Uning davrida Xuroson va Movarounnahrda Tohir va uning o‘g‘illari Talxa, Abul Abbos Abdulloh (830–844) lar noiblik qilishgan. Ma’mun zamonida Xuroson va Movarounnahrda xalifalik hukmronligi inqirozga yuz tuta boshlagan.
Ma’mun xalifalik taxtiga chiqqanidan ko‘p o‘tmay, 815-yilda Ozarbayjonda abbosiylarga qarshi Bobek boshchiligidagi «qizil ko‘ylakliklar» deb nom olgan qo‘zg‘olon ko‘tarilgan. Bu qo‘zg‘olon 20 yildan ziyod davom etgan.
Bugun «Milliy sertifikat» testida tushgan savol: Arab xalifaligiga qarshi Ozarbayjonda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonda kim xalifa edi? To‘g‘ri javob: Ma'mun

👍5❤🔥2
Tarix fanidan yaqinda o‘tkazilgan “Milliy sertifikat” testida tavsiya etilgan darsliklarda yo‘q ma’lumotlardan savollar tushgan. Xo‘sh, bu qanchalik qonunchilikka va mantiqqa to‘g‘ri keladi, darsliklarda yo‘q bo‘lgan ma’lumotlardan savol tushsa, apellyatsiya berib yutib chiqish mumkinmi?
Qonunchilikka ko‘ra, imtihonlardagi test topshiriqlari aynan o‘quv darsliklari asosida shakllantirilmaydi, ta’lim jarayonidagi o‘quv dasturlari asosida shakllantiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining quyidagi qarorida ham o‘qib olishingiz mumkin: https://lex.uz/acts/-3244181 (qidiruvga “darslik” deb yozib ko‘ring, “darslik” degan jumlaning o‘zi yo‘q).
Dastur nima? Dastur, sodda tilda aytganda, maktabda o‘tilgan mavzu/rejalar ro‘yxatidir.
Masalan, “Milliy sertifikat”dagi moslashtirish testida Rim shahrini yoqib yuborgan hukmdorni topish kerak. Milodiy 64-yil Neron shu ishni qilgan. Bu ma’lumot 6-sinf darsligining 2022, 2017, 2013-yilgi nashrlarida ham yo‘q. Ammo…
Ammo ta’lim jarayonida qo‘llanadigan dasturda Rim bilan bog‘liq mavzular/rejalar yetarlicha. Jumladan, Rim Respublikasi, O‘rta dengizda hukmronlik uchun kurash, Rim imperiyasi, Rim imperiyasining qulashi va zavolga yuz tutishi va h.k. (bular spetsifikatsiyada ham keltirilib o‘tilgan).
Bilim va malakalarni baholash agentligi testlarni shakllantirishda mavjud qonunchilikdan chetga chiqmagan holda o‘z vazifasini bajarmoqda (ammo agentlikka beriladigan hali ba’zi savollar bor, mayli, bu haqda keyinroq…). Shunday ekan, “darslikda yo‘q ma’lumotdan tushdi”, deya apellyatsiya berib, yutib chiqa olmaysiz.
Xo‘sh, test topshiriqlari dastur asosida tuziladigan bo‘lsa, abituriyent dastur bo‘yicha qo‘shimcha adabiyotlar, masalan, Qahramon Rajabovning “Qadimgi dunyo tarixi” kitobini ham to‘liq o‘qib chiqishi shartmi, degan savol tug‘iladi. Menimcha, xavotirga o‘rin yo‘q. Agentlik de-yure qonunchilik bo‘yicha ish qiladi. Ya’ni, ko‘rib turibsizki, de-fakto darslikda berilmagan ma’lumotlardan juda ko‘p savol tushmagan. Darslikdan tashqari ba’zi muhim hisoblangan ma’lumotlarni o‘rganib/o‘rgatib qo‘yish zarar qilmaydi. Masalan, biz (Jalol Boltayev, Sherzod Ro‘zmetov) 9-sinf “Jahon tarixi” darsligi asosida tuzgan “Histomap” nomli qo‘llanmamizda Vilgelm I ning gogensollernlar sulolasi vakili ekanligi haqidagi ma’lumotni kiritib ketgan edik (imperiya asoschisining sulolasini muhim ma’lumot deb hisoblaganimiz uchun). Lekin, masalan, siz hali darslikdagi ma’lumotlarni o‘zlashtirishga vaqtingiz yetmayotgan bo‘lsa, bemalol tavsiya etilgan darsliklarni o‘rganavering. Chunki, birinchidan, o’quv dasturlari darsliklardagi mavzular asosida shaklantiriladi; ikkinchidan, potensial ikki–uchta savol tufayli chalg‘ib qolmang (o‘zingiz qo‘shimcha ravishda qaysi ma’lumotlarni o’rganish kerakligini bilishingiz qiyin bo’lishi mumkin). Yana o’zingiz bilasiz :)
Siz qanday holatda apellyatsiyada yutib chiqa olasiz? Bu haqda oldinroq yozgan edim: https://t.me/TESTLIDER/2051. O‘qib chiqing. Agar shunday holat bo‘lsa, apellyatsiyada bemalol yutib chiqish mumkin.
***
«de-yure» kinoyasini tushunadiganlar post mazmunini bittada anglab olishadi.

👍11👎5🔥3
Forwarded from History Pro
Ўқитувчи, тарихчи ва буюк ўқитувчи ҳақида.
Ҳар бир касбнинг ўз вазифалари, мажбуриятлар ва этикети мавжуд. Ўқитувчи ва дурадгор, ҳарбий ёки дастурчининг касб мажбуриятлари табиийки бир биридан фарқланади. Шунга қарамай, айрим касблар борки, асл эгалари қолиб, бошқалар бу касб номи билан ўзларини шарафлашга уринадилар. Шу масалага қисман ойдинлик киритиш учун айрим касбларга изоҳ бермоқчи эдим.
Ўзбекистонда кўплаб ўқитувчилар ўзларини дарс берадиган фанларининг номи билан аташади. Тарихдан дарс берадими - тарихчи, ҳуқуқдан дарс берадими - ҳуқуқшунос, географиядан дарс берадими -географ ва ҳоказо. Аслида, бундай номлаш жуда хато ва кулгили.
Келинг, бизга яқин бўлган тарихчи ва тарих ўқитувчиси ўртасидаги фарқларга тўхталамиз:
"Wikipedia"нинг туркча талқинида тарихчига шундай таъриф берилган: "Tarihçi, tarihle, geçmişe ilişkin olayları yer ve zaman göstererek ve sebep-sonuç ilişkisine bağlı sistemli bilgilerle uğraşan kişilere denir". Яъни, "Тарихчи - бу ўтмишдаги воқеалар жойи ва вақтини кўрсатиб , сабаб-оқибат муносабатлари билан боғлиқ тизимли маълумотлар билан тарихни ўрганадиган шахс."
Тарих ўқитувчиси эса, ўз билимларини ўқувчиларга тарихий воқеалар, ўтмишдаги воқеалар ўртасидаги муносабатларни тушуниш усуллари ва тарихдаги тушунчаларни ўргатиш учун қўллайдилар. Улар дарсларни режалаштиради ва ўтказади, ўқувчиларнинг тушунишини ва умумий прогрессини баҳолайди. Ўқитувчилар сабр-тоқат ва кучли таълим ва мулоқот қобилиятларига эга бўлиши керак. (Асл манба - Often teaching in middle schools and high schools, history teachers apply their knowledge to teach students about historical events, methods for understanding relationships between past events, and concepts in history. They plan and deliver lessons, assess students' understanding, and evaluate overall student progress. Teachers must have patience and strong instructional and communication skills. Working with young people who may be unruly or unmotivated may be quite challenging and tiring. On the other hand, being able to observe their immense accomplishments can be very rewarding.)
Янада соддалаштирсак, тарихчи - тарихни ўрганади, тарих ўқитувчиси - тарихни ўргатади. Бу вазифаларни амалга ошириш учун икки касб эгасига, бир-биридан фарқли кўникмалар зарур. Юқорида мисоллар орқали , ҳуқуқшунос ва ҳуқуқ ўқитувчи ўртасидаги фарқларни англаш қийин эмас. Энди эса, ўзингизни "тарихчи-репетитор" деб аташингиз ҳақида ўйлаб кўринг.
Пост якунда видеога ҳавола ва ундан иқтобос қолдираман: "A great teacher loves to teach. A great teacher loves to learn"
@tarixolimpiada

YouTube
What makes a good teacher great? | Azul Terronez | TEDxSantoDomingo
I've been asking the question: What makes a good teacher great? for 24 years. I have collected 26,000 responses from 8 different schools and patterns have emerged.
For the last 24 years, he has repeatedly asked students the same question, "What makes a…

👍11
Abituriyentlar uchun 9-sinf «Jahon tarixi»dan 11-sinf «Jahon tarixi»gacha bo'lgan darsliklar asosida yakuniy takrorlash darslariga qabul ochiq. Darslar haftada 5 kun, rasmda ko'rsatilgan o'quv reja asosida bo'ladi.
O'qituvchi: To'lqin Ro'zmatov
Darslarga qo'shilish uchun @trozmatov ga yozing.

👍2
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Tarix fanidan yaqinda o‘tkazilgan “Milliy sertifikat” testida tavsiya etilgan darsliklarda yo‘q ma’lumotlardan savollar tushgan. Xo‘sh, bu qanchalik qonunchilikka va mantiqqa to‘g‘ri keladi, darsliklarda yo‘q bo‘lgan ma’lumotlardan savol tushsa, apellyatsiya…
«De-yure» kinoyasini tushunadiganlar post mazmunini bittada anglab olishadi. Ammo so'nggi vaqtlarda «de-yure» ham tobora reallikka aylanib bormoqda (yoki menga Neronning Rim shahrini yoqib yuborgani haqidagi ma'lumotni «tavsiya etilgan darsliklar» ro'yxatida mavjud darsliklardan topib bering). Aynan yuqoridagi mavzu bo'yicha agentlikning boshqarma boshliqlari bilan ham ko'p gaplashganman. E'tibor bersangiz, barchasi apellyatsiya berishga o'rin qoldirmaydi, hatto avgust imtihonida ham «darslikda yo'q ma'lumot»dan savol tushib, xato qilsangiz, apellyatsiya berib yutib chiqa olmaysiz.
1. Vazirlar mahkamasi qarori: https://lex.uz/acts/-3244181. Qidiruvga “darslik” deb yozib ko‘ring, “darslik” degan jumlaning o‘zi yo‘q.
2. Agentlik oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlar ro‘yxatini chiqaradi. https://uzbmb.uz/info/textbooks. Bu ro'yxat kirish imtihonlarida testlar tuziladigan darsliklar ro'yxati sifatida e'lon qilinmaydi.
3. Agentlik rasmiy Telegram kanalida 28-aprelda bo'lib o'tgan suhbatda test texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Zafar Olimbekov: «test topshiriqlari hech qachon o'quv darsliklari asosida shakllantirilmaydi, test topshiriqlari ta'lim jarayonida qo'llangan o'quv dasturlari asosida shakllantiriladi, ya'ni o'quv dasturida qaysi mavzular ko'zda tutilgan bo'lsa, shu mavzular doirasidagi kontent asosida test topshiriqlari shakllantiriladi. Testologiya fani asosida, talabgor o'qimagan o'quv dasturi asosida savol berish mumkin emas», deb aytib o'tdi.
Azizlar, o'quv dasturlari va o'quv darsliklari tushunchasining bir-biridan farqi bor. Farqi bor bo'lgani uchun ham Neron haqida savol tushyapti. Zafar Olimbekov ham suhbatda «test topshiriqlari hech qachon o'quv darsliklari asosida shakllantirilmaydi» deb aytib o'tdi.
Suhbatning to'liq audiosi: https://t.me/BaholashUz/5667
Zafarbek Olimbekovning gapi qonunchilikka (Vazirlar Mahkamasi qarori) ham, mantiqqa ham to'g'ri keladi (ammo hali ba'zi savollar bor, yaxshiyamki, bu haqda kanalga yozmadim. Yozsam, buniyam noto'g'ri tushunib qolishingiz mumkin edi).
4. Avvalo Vazirlar Mahkamasi qarorining o'zi ham yetadi. Ammo hozirda agentlik tizimida ishlayotgan mas'ul xodimlaridan qay biri, qayerda «darsliklardan savol tuzamiz» degan ekan?! («call-center»ni nazarda tutmadim, «call-center» bunday «murakkab» savollarga aniq javob bera olmasligi mumkin :) )
Agentlikning rasmiy Telegram kanalidami, veb saytidami «Biz darslikdan savol tuzamiz», deb yozilganmi?
5. Mayli, juda tushunmasangiz, yonimga keling. Agentlikning yuqori lavozimlarida ishlaydigan xodimlari bilan yozib olingan suhbatlarni eshittiraman. Va Sizning gapning mohiyatini tushunib olishingiz qiyinligini anglagan holda erinmay detallarigacha tushuntirib beraman qaytadan.
6. Agar gapimni shunda ham hech uqib ololmasangiz, Neronning Rim shahrini yoqib yuborgani haqidagi ma'lumotni «tavsiya etilgan darsliklar» ro'yxatida mavjud darsliklardan topib bering :)
***
Bu gaplarni sizga yaxshi bo'lsin deb aytyapmiz. Kanalda bir necha bor ta'kidlaganman, agentlik testlarni de-yure o'quv dasturlari asosida shakllantiradi, deb. «De-yure» kinoyasini tushungalar bittada nima deyotganimni anglaydi. Shunchaki AGARDA «darslikda yo'q ma'lumot»dan savol tushsa, bekor apellyatsiya berib yurmasligingiz uchun aytyapman.
Darsliklarni o'qiyvering, post qo'shimcha adabiyotlarni yotib olib o'qing, degan mazmunni bermaydi. Mavjud vaziyatni, qonunchilikni tushuntiryapmiz.

👍8
⚡️ Faqat abituriyentlar uchun "yopiq onlayn dars oʻtiladigan guruh"imizni linkini qoldiraman. 3-iyun kuni namuna dars boʻlib oʻtadi. Darslarimiz ma'qul kelsa davom ettirasiz, boʻlmasa guruhdan chiqarilasiz!
Toʻlovi: 150 ming/oy
Oʻqituvchi: Husanboy Xoldorov
Link: 👉 https://t.me/+uY8JANMy62o5OWZi
Toʻlovi: 150 ming/oy
Oʻqituvchi: Husanboy Xoldorov
Link: 👉 https://t.me/+uY8JANMy62o5OWZi
👍7
#metodika #iqtibos
«...Akademik qobiliyat boshqa, didaktik qobiliyat boshqa. Yaʼni, 8, 8+ sertifikatli akademik bilimlilar koʻp, lekin didaktik qobiliyatlilar kam. Didaktik qobiliyat hammaga ham nasib qilavermaydi. Ovoz, nutq, metodikani toʻgʻri tanlash, bolani zeriktirmaslik, bolani qiynamay, bezdirmay oʻqitish sifatlariga ega boʻlgan pedagogni topgan boʻlsangiz marra sizniki.
Qiyin grammatika kitobidagi mavzularni tinmay oʻzlashtiryapsiz, mashqlarni bajaryapsiz, soʻz yodlayapsiz, ammo hali ham ingliz tilida gapira olmayapsizmi, demak sizni notoʻgʻri yoʻldan olib ketishyapti...»
📃 (c) Imaginative Girl

👍3❤1
#iqtibos
«...Yana bir koʻzga kam tashlanadigan omil. Akademik litseyda ishlaganimda, oʻqiganimda koʻp kuzatganman. Ayrim oʻqituvchilar dars payti ataylab hech narsa oʻrgatmay, oʻquvchilarga qiyin topshiriqlar berib, past baho qoʻyardi, bola past baho olishdan bezib, qoʻrqib oʻqituvchiga yalinishga tushardi: meni qoʻshimcha oʻqiting deb. Asl maqsad ham oʻsha boʻlgan, yaʼni repetitorlik ortidan bolalardan qoʻshimcha pul olish. Bola qoʻshimcha darsga qatnashi bilan uning baholari avtomatik koʻtarilib, unga yaxshi munosabatda boʻlishni boshlagan oʻqituvchini koʻrib, boshqalar ham kurs sotib olishardi. Bu yerda faqat vijdon masalasi bor, agar shunday holatda boʻlsangiz, undan chiqib keting, chunki vijdonli boʻlmagan oʻqituvchi sizni hech qachon chin dildan, yaxshi oʻqitmaydi, bilimini qizgʻanadi. Maqsadi bilim berishdan koʻra pul ishlash boʻlganlardan qoching...»

👍10❤🔥1🕊1
O‘zim muntazam kuzatib boradigan o‘qituvchilarning Telegramdagi sahifalari
@imaginative_girl – ingliz tili va huquqiy fanlardan dars beradi. Muallif kanalida asosan ijtimoiy-siyosiy mavzularni tiniq fikr bilan yoritib boradi. Shuningdek, ta’lim tizimi va metodika bilan bog‘liq dolzarb mavzularda ham yaxshi postlar yozadi. Yuqoridagi gaplarni shu kanaldan iqtibos qildim.
@mutarjim2019 – tarix fani o‘qituvchisining kanali. Kanal shaxsiy blog ko‘rinishida. Ta’lim bilan bog‘liq mavzular ham yoritiladi. Kanalda pedagogika, xususan, tarix o‘qitish metodikasiga oid ko‘plab to‘g‘ri tavsiyalarni uchratish va amalda qo‘llab ko‘rish mumkin.

👍6❤3👌2
Forwarded from Orif Tolib
Savodxonlik kursiga qabul boshlandi!
Tahrir va korrekturani maʼlum soha kishilarigina oʻrganadi. Shunchaki savodini oshirmoqchi boʻlganlar-chi? Ularga ham kurs bor.
Savodli boʻlish sizga koʻp jihatdan yordam beradi. Bu avvalo ziyoli ekaningizga dalolat qiladi. Qaysi soha vakili boʻlishingizdan qatʼi nazar, xat-savodingiz uchun boshqalardan uyalmaysiz, aksincha, ustun boʻlasiz. Oʻzini hurmat qiladigan har qanday idora yoki tashkilot savodxon xodimni afzal koʻradi. Shunday ekan, savodni oshiring. Buning yengil usullaridan biri – savodxonlik kurslarimizda oʻqish.
Kurs haqida qisqacha:
15 ta darsdan iborat, 1,5 oyga moʻljallangan. Kurs soʻngida istaganlar yana qoʻshimcha dars olishi mumkin. Kurs narxi 1,2 million soʻm. Toʻlovdan soʻng guruhga qoʻshilasiz. Tinglovchilar soni kamida 🔟 nafarga yetgach, darslar boshlanadi.
Kurs haqida batafsil:
🟢 Lotinda 🟢 Kirilda
👉 Kursga yozilish 👈
@oriftolib

😱5👍2🤣2❤1🕊1