𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.8K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
«KATTA TURNIR» 4-SONI NATIJALARI

🥇Begbo'tayev Umid — 29 ta
🥇Joldasbek Dawilbaev — 29 ta

🥈Sangina Doʻstova — 28 ta

🥉Javlonbek Mohidov — 27 ta
🥉Ozodbek Abdurasulov — 27 ta

G‘olib va sovrindorlar sertifikatlarni olish uchun
@kattaturnirbot'iga yozishlari so‘raladi. Shuningdek, test bo‘yicha fikr-mulohazalaringiz bo‘lsa, yuqoridagi botga xabar qoldirishingiz mumkin.

👉 UMUMIY REYTING VA TOʻGʻRI JAVOBLARNI KOʻRISH UCHUN BOSING!
👍4
Agar test topshirig‘i 4 ta (yoki bir nechta) variantdan iborat bo‘lsa, ushbu test qanday test topshirig‘i hisoblanadi?
Anonymous Quiz
72%
ochiq test topshirig‘i
28%
yopiq test topshirig‘i
🤔13🌚13👍10😱5👎4❤‍🔥2
Forwarded from Jalol BOLTAYEV
👏19👍8🔥31👎1
Forwarded from Дима Қаюм
Дилфуза Комил:

Туркиянинг зилзила бўлган ҳудудида яшовчи дугонам ёзяпти (Сизлар учун таржима қилиб беряпман):

«...Кўчада қолган бошпанасиз одамларнинг ёнидан бошимизни баланд кўтариб ўтиб кетардик ёки инсоф қилсак, майда пул бериб ўтардик. Зилзиладан кейин, ҳокимият тарқатаётган емаклардан олиш учун улар билан бир қаторда навбатга туришга мажбур қолдик... Йўқ, мен бундан нолимаяпман. Сенга бошқа нарсани айтмоқчиман.
Кўчада олов атрофида исиниб ўтирганимизда кекса бир киши: «Ол, қизим, шунга ўраниб ўтир», - деб қалин кўрпа кўтариб келди. Кейин: «Ўғлинг тирикми, жабр кўрмадими?» - деб сўради. Ҳайрон бўлдим. Бутунлай нотаниш одам. «Худога шукр, ўғлим соғ-омон» - десам, хурсанд бўлиб кетди. Бироз гаплашдик. Билсам, бу одам кўчада яшаркан. Қачондир ўғлим иккимиз унга тўртта нонга етгулик пул берган эканмиз... Унутмаган экан... Ўпкам тўлиб кетди... Бу зилзила шахсан мен учун хайрли бўлди. Ўз қобиғимга ўралиб, одамгарчиликдан чиқиб қолаётган эканман. Ўзимга келдим. Кўзим очилди!..
Сен шуни ёз. Токи, бошқаларнинг ҳам кўзи очилиши учун бошига бир бало келиши шарт бўлмасин. Одамлар кўзини очсин!..»
👍25
Forwarded from Imaginative Girl 🦢
Қўрқмаслигинг туфайли сени доим ёмон кўришади

Айниқса, сен қонунлар эмас, шахслар ҳукмрон бўлган, одамлари фикрламайдиган диёрларда туғилиб қолган бўлсанг — бу ҳолат сенга жудаям таниш.

Оилада. Қўрқмаслигинг туфайли ўзинг хоҳлаган ўқишга кирасан, пойтахтга шартта кетиб юборасан, қийинчиликлар сени қўрқитолмайди, агар озгина қийналганинг ҳақида ота-онангга сездирсанг сени айблаб кетишади. Ҳамма сени ''ўзбошимча'' дейди. Оиланг меҳридан айриласан, кемтик бўласан.

Ўқиш жойингда. Ҳамма боғдан келса, сен тоғдан келгандек туюласан. Домлалар, ҳатто декан ҳам сендан ҳайиқади. Ҳудди безоридек қарашади. Аслида қўрқмай, фақат ўз кучингга ишонган бўласан.

Ишда. Ишга ҳам кирдинг. Ана энди ҳақиқий катта ҳаёт бошланди. Бошиданоқ сени "беткачопар" деб ҳисоблай бошлашади, маддоҳлар тўдаси сени яккалайди. Раҳбаринг ҳайиқади, ўзини эркин ҳис қилолмайди. Агар қаттиқ қўрқиб кетишса энди сени ишдан бўшатишга ҳаракат бошланади, ҳуқуқингни талаб қилсанг "ёзувчи" дейишади.

Қўрқмай яшаш — азоб.
Қўрқиб яшаш — роҳат.

Ёшлар буни кўради ва албатта, роҳат йўлини танлайди. Шундай қилиб, қўрқмаслар сони камаяверади, камаяверади...

@imaginative_girl
👍11🔥8💯8👎2
Tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari hali (ayni paytgacha. 02.03.2023. 15:38) chiqqani yo'q. Aksariyat kanallarda "milliy sertifikat" nomi ostida joylanayotgan testlar olimpiadaning respublika bosqichida tushgan testlardir.
👍24👌4
Abituriyentlar, majburiy fanlarni o'rganib boshlaydigan vaqt keldi.

Ha, "majburiy" deganda har qanday yo'nalishga davlat tomonidan majburiy fan sifatida kiritilgan ona tili, matematika, O'zbekiston tarixini nazarda tutyapman. Geografiya va tarix (asosiy)ni emas )
🤣13👍9💯1
Tarix-spets.pdf
220.2 KB
Tarix fanidan milliy test tizimi spetsifikatsiyasi

👉 @TESTLIDER
👍5
Geografiya-spets.pdf
243 KB
Geografiya fanidan milliy test tizimi spetsifikatsiyasi

👉 @TESTLIDER
👍3
Tarix-namuna.pdf
1.6 MB
⚡️ Tarix fanidan milliy test tizimi uchun namunaviy test topshiriqlari

👉 @TESTLIDER
👍5🌚21🔥1
Geografiya-namuna.pdf
1.2 MB
⚡️ Geografiya fanidan milliy test tizimi uchun namunaviy test topshiriqlari

👉
@TESTLIDER
👍2
👍4❤‍🔥2
5-testga o'xshash testlar "sovg'a savol"lar sirasiga kiradi. Bunday testlarda ba'zi ma'lumotlarni bilmasangiz-da, to'g'ri javobni topish imkoningiz bo'ladi.

Ushbu testdagi eng ko'zga ko'rinadiganlari (eng esda qoladiganlari) 3-ma'lumot (Vena kongressi, 1814–1815) va 6-ma'lumot (Braziliyada monarxiya qulashi, 1889) hisoblanadi (aksariyat abituriyentlarda). Demak, to'g'ri javobda "6" "3"dan oldin kelmasligi kerak. Natijada A va B javoblar chiqib ketadi.

Ikkita javob qoldi. C va D. Aniq yillarini eslay olmasangiz ham Fransiya-Prussiya urushi ("2") ingliz-bur urushi ("5")dan oldinroq bo'lib o'tganini eslay olsangiz kerak (ya'ni "2" ham "5" dan oldinroq turishi kerak).

Natijada bitta javob qoladi. To'g'ri javob C.

Yodda tuting! Aksariyat hollarda bunday testlarda aniq yillarni bilmasangiz-da, to'g'ri javobni topish mumkin.

👉
@TESTLIDER
👍12
2019-yilda yangi maktab darsliklari va kollej darsliklari to'g'ri kelib qolgan payti DTM rasmiy ravishda aniq qilib ikkalasining kesishgan joyidan savol tushishini aytmasa-da, shunday qilgan edi (o'sha yili "Solishtirma kitob", "Solishtirma test" chiqarganmiz).

Huquq bo'yicha ham shunday bo'lishi ehtimoli yo'q emas. Ya'ni imtihonda yangi konstitutsiya va eski konstitutsiyadagi umumiy, kesishgan ma'lumotlarga ko'proq urg'u qaratilsa kerak.

Ammo konstitutsiyani tez o'rganib chiqishning bir metodi bor. Bu xuddi tarixchilar bilan qo'llaydigan "E-xronika" dasturimizga o'xshaydi.

@TESTLIDER
👍113❤‍🔥1
tarix (dtm) Milliy sertifikat.pdf
398.6 KB
#DTM_sertifikat

🔘 Tarix fanidan 30 talik test topshiriqlari
Test DTM turkumida, sertifikat uchun ham foydasi katta
✔️ Bugun 22:00 da ushbu test tahlili
Tarix milliy sertifikat guruhida boʻlib oʻtadi
👥 Yaqinlaringizga testni ulashing


❗️ Testni onlayn ishlamoqchilar @sjtbot'ga kirib, 12490 kodi orqali oʻz javoblaringizni yuborishingiz mumkin!
Namuna: 12490*1a2b3c4d

⚠️ Milliy sertifikat imtihonlariga oz fursat qoldi. Har kuni shunday testlar ishlab borish uchun quyidagi guruhga a'zo boʻlib oling.

👉 Tarix milliy sertifikat 👈

📍 @TARIX_TILSIMI
👍6
TARIX FANINI «MAJBURIY FAN» DOIRASIDA O‘RGANAYOTGAN ABITURIYENTLAR UCHUN JUDA KERAKLI O‘QUV QO‘LLANMASI! ⚡️

EHTIMOLIY SAVOLLAR – 2023
• 1-qism. 6, 7-sinf darsliklari asosida.
• Repetitorlar Jalol BOLTAYEV, Sherzod RO'ZMETOV tomonidan tuzilgan.

Ushbu qo‘llanmadan faqatgina imtihonda tushish ehtimoli yuqori bo‘lgan ma’lumotlar asosida tuzilgan savol-javoblar o‘rin olgan (mualliflarning shaxsiy ekspertizasi).

👉 @TESTLIDER
👍263🐳2
⚡️ Tarix fanidan "Milliy sertifikat" imtihoni uchun namuna shaklda berilgan testlar roʻyxati!

👉 Tarix namuna - Bilimlarni baholash agentligi

👉 Tarix namuna - Husanboy Xoldorov

👉 Tarix namuna - Bahrom Hikmatov

👉 Tarix namuna - Husanboy Xoldorov

❗️ Tez orada ushbu testlarni quiz variantini, qolaversa, yangi test toʻplamlarini joylaymiz! Bizdan uzoqlashmang!

📍Siz tanlagan manzillar:
👉 @TARIX_TILSIMI
👉 @Tarix milliy sertifikat
👍31🤩1
TARIXCHI ABITURIYENTLAR UCHUN JUDA MUHIM QO‘LLANMA!⚡️

HISTOMAP
• Darslik: 6-sinf TARIX: QADIMGI DUNYO
• Repetitorlar: Jalol BOLTAYEV, Sherzod RO‘ZMETOV
1-qism. To‘liq

Ushbu qo‘llanmani, albatta, o‘qib chiqing. Imtihonda yangi qolipdagi testlarni to‘g‘ri ishlashingizda juda katta asqatadi!

Do‘stlaringizga ham ulashing!

👉
@TESTLIDER
👍102
TARIXCHI ABITURIYENTLAR UCHUN JUDA MUHIM QO‘LLANMA!⚡️

HISTOMAP
• Darslik: 7-sinf JAHON TARIXI
• Repetitorlar: Jalol BOLTAYEV, Sherzod RO‘ZMETOV
2-qism. To‘liq

Ushbu qo‘llanmani, albatta, o‘qib chiqing. Imtihonda yangi qolipdagi testlarni to‘g‘ri ishlashingizda juda katta asqatadi!

Do‘stlaringizga ham ulashing!

👉
@TESTLIDER‌‌
👍154🔥1
#DTM_testidagi_xatolik 📁

Sobiq DTMning rasmiy Telegram boti orqali yuklab olingan original fayldan skrinshot. 10-savolga e’tibor bering.

Fransiyada Uchinchi Respublika boshqaruvi davrida prezident lavozimida ishlagan shaxsni toping.
A) Sadi Karno
B) Estergazi
C) Troshyu
D) Tyer

Biz 9-sinf «Jahon tarixi» darsligidan A javobdagi Sadi Karnoning Uchinchi Respublika davrida prezidentlik lavozimida ishlaganini bilamiz. B javobdagi Estergazi Fransiya armiyasi Bosh shtab mayori, C javobdagi Troshyu esa Uchinchi Respublika e'lon qilingach, Muvaqqat milliy-mudofaa hukumatiga rahbarlik qilgan.
Lekin D javobdagi Tyer Uchinchi Respublikaning birinchi prezidenti hisoblanadi. To‘g‘ri, darslikda bu haqda ma’lumot berilmagan. Darslikda Tyerning 1871-yil fevral oyida Fransiyada Milliy Majlisga shoshilinch o‘tkazilgan saylovdan so‘ng hukumat rahbari bo‘lganligi qayd etilgan. Ammo Tyer shu yilning avgust oyida prezidentlik lavozimini egallagan.
Ya’ni ushbu testda ikkita variant to‘g‘ri javob bo‘lib qolgan. Masalan, mana shu savolda xato qilib (Tyer variantini belgilab), apellyatsiya bersangiz, bemalol yutib chiqishingiz mumkin. Chunki, birinchidan, bu yerda aniq ikkita to‘g‘ri javob bor. «Darslikda Sadi Karno yozilgan», degan gap asos bo‘la olmaydi, testologiya qonuniyatlariga ko‘ra bunday bo‘lishi mumkin emas (bahsli ma’lumotlar istisno bo‘lishi mumkin). Ikkinchidan, sobiq DTM va uning “vorisi” bo‘lgan agentlikka, o‘zi ta’kidlaganidek, avvalo darslik emas, dastur asos bo‘ladi (J. B. — de-yure).
Uchinchi Respublika prezidentlarini ushbu link orqali ko‘rishingiz mumkin.
Ammo shuni ham ta'kidlash kerakki, men DTM testologlari test topshiriqlarini sifatli tuzishadi deb hisoblayman (izoh — ayniqsa, so‘nggi yillarda sifat ancha yaxshilangan. Shuningdek, ushbu xulosam DTMning faqat tarix va geografiya fanlari testlarini tahlil qilgan holda kelib chiqqanligini aytib o‘tish joiz. Boshqalaridan xabarim yo‘q). Bunday kamchiliklar hammada bo‘lib turadi va DTM testlaridagi bunday xatoliklar ko‘p emas.

👉 @TESTLIDER — repetitor Jalol Boltayev sahifasi
👍174