📜 BILASIZMI?
«Sen hammi, Brut!?» — Shekspirning «Yuliy Sezar» tragediyasida o‘lim talvasasidagi Sezar shu ibora bilan do‘stiga murojaat qilgan. Bu voqea tarixiy ildizlarga ega.
Mil. avv. 44-yilda Sezarga qarshi fitna uyushtiriladi. Fitnachilar ichida Sezar o‘zining tarafdori va yaqin do‘sti deb bilgan Brut ham bor edi. Fitnachilardan biri Sezarga xanjar sanchgach, u nafas ololmay, tili kalimaga kelmay qoladi. Brut ikkinchi marta Sezar badaniga xanjar urish uchun u tomonga kelayotganini ko‘rib, imperatorning hayratdan ko‘zlari ochilib ketadi va «bolam, nahotki sen ham ular bilan birgasan?» deb yuboradi, degan mazmundagi ma’lumot antik davr Rim tarixchilari asarlarida uchraydi (ammo, Plutarx Sezar hech nima demaganligini qayd etgan).
Shekspir tarixchilarning gapini ozgina o‘zgartirib talqin qilgan «Sen hammi, Brut!?» iborasi yaqin do‘stlarning xoinligini ifoda etuvchi mashhur iboraga aylangan.
Manbalarda, fitnada jami 60 ga yaqin odam ishtirok etib, ulardan 20 tasi Sezarga 23 marta xanjar sanchganligi qayd etilgan.
#bilasizmi? #qiziqarli
👉 @TESTLIDER — tarixchilar kanali!

Telegram
Do‘stlaringizga ham ulashing!
🔥12👍7
Forwarded from Шахсий фикрлар | БЛОГ
Хатосиз ёзиш ҳақида.
Инсоннинг ёзуви унинг савияси ва билимини дарров ошкор қилиб қўяди. Ҳарчанд ўзини билимли ва зукко қилиб кўрсатмасин, ёзуви уни барибир "сотади". Афсуски, жонажон Ўзбекистонимиз аҳолисининг деярли 60 фоизи (балки кўпроқ ҳамдир) бу борада ўта саводсиз. Буни кўча-кўйдаги, ижтимоий тармоқлардаги ёзувлар исботлайди.
Бунақа одамларга "тўғри ёзгин" десангиз, "мен диктант ёзмаяпман", "мен имтиҳонда эмасман" ва ҳоказо баҳоналарни рўкач қилишади. Бу билан ўзингизни алдайсиз, саводсизлигингизни яширасиз холос. 101 фоиз кафолат билан сиз имтиҳонда диктант ёзсангиз ҳам, тўғри ёза олмайсиз! Чунки инсон бир хилда ёзади, ёзув эса унинг билимига қараб такомиллашиб боради.
Хатосиз ёзадиган, жумлаларни тўғри туза оладиган одам тез кўзга ташланади ва унинг саводли одам эканлиги қандайдир бошқа бир текширувга ҳожат қолдирмайди. Баъзи ҳолатларда одамларнинг ёзувидан билимли ёки билимсиз экани борасида хулосалар чиқарилади, шу боис уларга кўпчилик ишини ишониб топширади. Бунга мисоллар келтириб ўтиришнинг ҳожати йўқ, ҳаммага аён нарса.
Нима қилиш керак?
Китоб ўқиш керак! Тўғри ёзишда сиз она тили ва адабиёт фанларидан мутахассис бўлишингиз шарт эмас, айнан КЎП КИТОБ ўқийдиган одам бўлишингиз керак! Телефонга ажратган вақтингизни китоб ўқишга ажратсангиз, масала ҳал бўлади.
Қаёқдаги на дунёга ва на охиратга фойдаси бўлган нарсаларни томоша қилишни бас қилиш керак! Бу қийин иш эмас, қунт керак холос. Фойдасиз нарсаларни томоша қилиш билан сиз ўзингизга берилган УМР неъматини исроф қиляпсиз, ҳавога совуриб юборяпсиз.
Ўзбекистонда неча фоиз аҳоли китоб ўқийди ўзи? Биладиганлар борми?
👉 @shaxsiy_fikrlar_blog

👍9🔥4👏4🤔1🐳1
2022-2023-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga tarix fanidan imtihon topshiradigan abituriyentlar test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya etilgan darsliklar ro'yxati
@TESTLIDER
@TESTLIDER
👍14👎7🤔6
Menimcha, bugun e’lon qilingan “tasdiqlangan darsliklar ro‘yxati” aksariyat abituriyentlar va repetitorlarning dilini xira qildi. Ammo bizni (Jalol Boltayev, Sherzod Ro‘zmetov) emas.
Chunki biz bu o‘quv yilida topshiradigan abituriyentlarga “eski darslik”larni o‘qitayotgan edik. Kirish imtihonlaridagi testlar “eski darslik”lardan tushishi haqida oldinroq – sentyabrda xabar topganimiz bizning yutug‘imiz bo‘ldi. Bu haqda oktyabrning boshlarida o‘zimizga tanish bo‘lgan ba’zi repetitorlarga aytganimizda, negadir ishonishmagandi. O‘zimiz ham shunday bo‘lishini taxmin qilayotgan bo‘lsak-da, bir odam tufayli bu taxminimiz yanada mustahkamlangan edi. Xullas, shu vajlar sababli 10-sinf va 1-kurslarga “yangi darslik”larni, bu yil topshiradiganlarga esa “eski darslik”larni o‘qitayotgan edik.
Bugun ba’zi repetitor do‘stlarimiz: “Aytsangiz bo‘lar edi”, – deb mendan xafa ham bo‘lishdi. Do‘stlar, aksariyat tanish repetitorlarga aytgan edim, ishonishmadi. Dabdurustdan sizga (mendan xafa bo‘layotgan ikkita repetitor nazarda tutilmoqda) aytsam, ishonishingiz qiyin bo‘lar edi, hatto o‘zimizda o‘qiydigan ba’zi abituriyentlarni ishontirishim qiyin kechgan.
(c) JALOL BOLTAYEV
👉 @TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ

👍13🔥4
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Menimcha, bugun e’lon qilingan “tasdiqlangan darsliklar ro‘yxati” aksariyat abituriyentlar va repetitorlarning dilini xira qildi. Ammo bizni (Jalol Boltayev, Sherzod Ro‘zmetov) emas. Chunki biz bu o‘quv yilida topshiradigan abituriyentlarga “eski darslik”larni…
Masalan, biz ham yangi darsliklarni, chunonchi, yangi 7-sinf «Jahon tarixi»ni o‘qitsak, o‘quvchilarimiz yutqazar edi. Chunki biz bitta darslik doirasida 2000 tacha testni qog‘ozda va kompyuterda ishlattiramiz, bundan tashqari «E-Xronika», «Histomap»...
Bu mashaqqatli (va rohatli, ya’ni bilimingiz rivojlanayotganligini o‘zingiz ham his qilib turasiz) mehnatni talab etadi. Bizning metodikamizda yangi darsliklarning bu «dovon»ini bosib o‘tgan abituriyent, shuncha mehnati zoye ketsa, xunob bo‘lar edi. Bu yerda vaqt masalasi emas, mehnat masalasi asosiy planda. Darsliklarni «turbo tezlik»da sifatsiz qilib, «chiqib tashlash» ham mumkin.
Qandaydir ta’na-dashnomli gaplar qo‘shib, «biz hech narsa yutqazmadik», deb yozibdi bittasi. Balki...
Balki, siz hech narsa yutqazmagandirsiz rostdan ham. Kitobni faqat «chiqish»ni o‘ylagan bo‘lsangiz, qolgan muddatda ham bemalol «chiqaverasiz». Biz esa yangi darsliklarni o‘rgatsak, yutqazardik, yana bir bor aytaman: vaqt masalasi tufayli emas, mehnat masalasi tufayli.
Vaqtdan yutdik, deb quvonayotganimiz yo‘q! Bizda har bir darslik bo‘yicha ancha ish amalga oshiriladi. Bu katta mehnat talab qiladi. Abituriyentlarimizga «tushmaydigan kitob» uchun metodikamizdagi bu «mehnat»larni qildirmaganimizdan quvonyapmiz. Shu xolos.

👍10🔥6👏2
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Masalan, biz ham yangi darsliklarni, chunonchi, yangi 7-sinf «Jahon tarixi»ni o‘qitsak, o‘quvchilarimiz yutqazar edi. Chunki biz bitta darslik doirasida 2000 tacha testni qog‘ozda va kompyuterda ishlattiramiz, bundan tashqari «E-Xronika», «Histomap»... Bu…
Yuqoridagi menga ta’na-dashnom qilayotgan bittasiga tegishli edi.
Qolgan abituriyentlar, siz xunob bo‘lmang, agar to‘g‘ri metodikada va sifatli «baza» (testlar, qo‘llanmalar va h.k.) orqali tayyorlanayotgan bo‘lsangiz, 9 oy emas, 5 oy ham yetadi 30 ta ishlashga.
Agar to‘g‘ri metodikada va sifatli «baza» orqali tayyorlanayotgan bo‘lsangiz.

👍26💯6
#paket (03.10.2022)
Ushbu “Zakovat” savollari paketi “NEMESIS” (Xorazm) jamoasi a’zolari Jalol Boltayev, Jalol Yusupov, Muhriddin Satimbayev, Mirzobek Bozorov, Nargiza, Masharipova, Surayyo Iskandarova, Temur Qurbaniyozov, Shamsiddin Ruzimov va jamoaning sobiq a'zosi Madina Urinova tomonidan taqdim etiladi.
👉 “NEMESIS” jamoasining “Zakovat” savollari

Telegraph
“NEMESIS” jamoasining “Zakovat” savollari
Assalomu alaykum, hurmatli bilimdonlar. Bugungi savollar “NEMESIS” jamoasi a’zolari Jalol Boltayev, Jalol Yusupov, Muhriddin Satimbayev, Mirzobek Bozorov, Nargiza Masharipova, Surayyo Iskandarova, Temur Qurbaniyozov, Shamsiddin Ruzimov va jamoaning sobiq…
👍7
#Zakovat_Nemesis
14-savol. Savol muallifi Jalol Boltayev
Qadimgi misrliklar fikricha, marhumlar saltanatidagi hayot Osiris sudining natijalariga bog‘liq bo‘lgan. Tarozining bir pallasiga marhumning yuragi, boshqasiga esa qush pati qo‘yilib, uning natijasi marhumning taqdirini hal qilgan.
Diqqat, savol: Misr mifologiyasiga ko‘ra, tarozining bir pallasiga ko‘zlari miyasidan kattaroq, uchta oshqozonga ega bo‘lgan[1] qaysi qushning pati qo‘yilgan?[2]
To‘g‘ri javob:tuyaqush
Qabul: straus[3]
Qabul emas: Maat. Pat Maatga tegishli edi, ammo biz savolda qaysi qushning pati ekanligini so‘radik [“Emu”, “Emu tuyaqushi” javoblari qabul qilinmaydi. Chunki “Emu tuyaqushi” deyilsa-da, Emu aynan tuyaqush turi hisoblanmaydi va Emular Afrikada emas, Avstraliyada yashaydi[4]]
Izoh: Qadimgi Misr mifologiyasiga ko‘ra, Osiris tarozisining bir pallasiga marhumning yuragi, boshqa pallasiga tuyaqush pati qo‘yilgan. Ushbu patning egasi esa haqiqat va adolat ma’budasi Maat bo‘lgan. Misr mifologiyasida aynan tuyaqush tanlanganligi ramziy ma’noga ega, ya’ni tuyaqush qanotlaridagi patlar o‘lchami jihatidan deyarli teng bo‘lganligi uning adolat timsoli sifatida qaralishiga sabab bo‘lgan.[5]
📔 Manbalar
👉 @TESTLIDER

To‘g‘ri javob:

👍30❤3🐳1
Forwarded from Allaev Uz
#изоҳлилуғат
Эшшакмия - ўзи умуман тушунмайдиган соҳа ҳақида ўзи ҳам маъносини тушунмайдиган сўзлар билан оғзига келганини алжирайдиган ва ўзини ақллидай тутадиган, эътироз билдирсанг ҳақорат, баландроқ ҳанграш ёки сўз ўйини билан баҳсда енгаман деб ўйлайдиган одам.

🤣25👍7💯7🤔4👏3🕊2🌚2🎉1
@TESTLIDER va @TARIX_TILSIMI kanallari hamkorligida «2022-YILNING ENG KUCHLILARI» nomli konkurs test tanlovi tashkillashtirilmoqda.
2022-yilning eng kuchlilarni aniqlash uchun ertaga 19:00 da yuqoridagi Telegram kanallarga «Konkurs 2022» nomli test joylanadi. Test savollari quyidagi tartibda shakllantiriladl.
1. 6-sinf «Qadimgi dunyo tarixi» (2017) — 4 ta savol
2. 7-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2017) — 4 ta savol
3. 7-sinf «Jahon tarixi» (2017) — 4 ta savol
4. 8-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2019) — 4 ta savol
5. 8-sinf «Jahon tarixi» (2019) — 4 ta savol
6. 9-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2019) — 4 ta savol
7. 9-sinf «Jahon tarixi» (2019) — 4 ta savol
8. 10-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2017) — 4 ta savol
9. 10-sinf «Jahon tarixi» (2017) — 4 ta savol
10. 11-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2018) — 2 ta savol
11. 11-sinf «Jahon tarixi» (2018) — 2 ta savol
➖ Boshlanish vaqti: 19:00
➖ Tugash vaqti: 23:00
➖ Jami testlar soni: 40 ta
➖ Reglament: 4 soat
❗️«2022-yilning eng kuchlilari» konkursida qatnashish uchun tanlov tashkilotchilari kanallariga obuna boʻlib, oʻz vaqtida javoblarni yuborishingiz soʻraladi.
👉 @TARIX_TILSIMI

👍15😱2❤🔥1
Konkurs 2022 (@TESTLIDER, @TARIX_TILSIMI).pdf
1.3 MB
➖ «Konkurs 2022»
➖ Jalol Boltayev, Husanboy Xoldorov
➖ 6–11-sinf tarix fani darsliklari asosida
➖ Testlar soni: 40 ta
👉 @TESTLIDER, @TARIX_TILSIMI 👈

🔥11👍4
⚡️ BUGUN TARIX FANIDAN “KATTA TURNIR” O‘TKAZILADI!
👥 Kimlar ishtirok etishi mumkin? Tarix fani o‘qituvchilari, abituriyentlar, fan olimpiadasi qatnashchilari va barcha tarix faniga qiziquvchilar.
🔠 Turnir qanday shaklda o‘tkaziladi? Turnir 6–8-sinf darsliklari asosida tuzilgan 40 ta test topshiriqlari asosida o‘tkaziladi.
🏷 Turnirda qatnashish shartlari qanday? Turnirda qatnashish uchun turnir tashkilotchilari bo‘lgan Telegram kanallarga a’zo bo‘lish va berilgan test topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarib, maxsus botga yuborish zarur.
ℹ️ Turnir bugun (5-yanvar) soat 20:00 da boshlanadi.
Tashkilotchi Telegram kanallar:
– @tarixologiya
– @tarix_tilsimi
– @testlider
– @tarixolimpiada
❗️Turnir g‘oliblariga maxsus sertifikatlar va Classroom tizimidagi 7-sinf «O'zbekiston tarixi» kursi uchun umrbod obuna taqdim etiladi.

👍16❤🔥2🔥1
KATTA TURNIR (1-tur).pdf
727.7 KB
#KATTA_TURNIR
✅ Test
📚 6, 7, 8-sinf darsliklari bo'yicha
Tashkilotchilar:
➖ @tarix_tilsimi
➖ @TestLider
➖ @Tarixolimpiada
➖ @Tarixologiya
✅ Test
📚 6, 7, 8-sinf darsliklari bo'yicha
Tashkilotchilar:
➖ @tarix_tilsimi
➖ @TestLider
➖ @Tarixolimpiada
➖ @Tarixologiya
👍9
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
KATTA TURNIR (1-tur).pdf
REYTING
1. Usmanov Navruz — 37 ta 🥇
2. Begbotayev Umid — 35 ta 🥈
3. Madalbekov Yaxyobek — 35 ta 🥈
4. Primboyev Muhammad — 35 ta 🥈
5. Ochilov Javohir — 35 ta 🥈
6. Golibbek Achilov — 34 ta 🥉
7. Oljayev Shaxroz — 34 ta 🥉
8. Normurod Xurramov — 34 ta 🥉
9. Abdullayev Joʻrabek — 34 ta 🥉
10. Muxammadova Robiya — 34 ta 🥉
11. Abdulvoxidova Muxayyo — 34 ta 🥉
👉 TO'LIQ REYTING VA TO'G'RI JAVOBLAR
1. Usmanov Navruz — 37 ta 🥇
2. Begbotayev Umid — 35 ta 🥈
3. Madalbekov Yaxyobek — 35 ta 🥈
4. Primboyev Muhammad — 35 ta 🥈
5. Ochilov Javohir — 35 ta 🥈
6. Golibbek Achilov — 34 ta 🥉
7. Oljayev Shaxroz — 34 ta 🥉
8. Normurod Xurramov — 34 ta 🥉
9. Abdullayev Joʻrabek — 34 ta 🥉
10. Muxammadova Robiya — 34 ta 🥉
11. Abdulvoxidova Muxayyo — 34 ta 🥉
👉 TO'LIQ REYTING VA TO'G'RI JAVOBLAR
👍6☃1
Forwarded from 𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV (Jalol BOLTAYEV)
#geografiya #metod #xarita
VIZUAL XARITALAR
Geografiya fanidan kirish imtihonlarida qo‘llaniladigan xaritalarni mukammal o‘rgatish maqsadida repetitor Jalol Boltayev tomonidan ishlab chiqilgan ta’limiy elektron dastur.
Bu 4 variantli test emas! Savolda so‘ralgan geografik obyektning ustiga bosasiz, javobingiz noto‘g‘ri bo‘lsa dastur sizga to‘g‘ri javobni xaritadan ko‘rsatadi! Demak, ushbu dastur orqali amaldagi atlas va xaritalarni mukammal o‘rganish mumkin!
Dasturning 1-qismi quyidagi bo‘limlardan iborat:
• Ko‘llar va daryolar;
• Orollar va yarimorollar;
• Tog‘lar va yassitog’lar;
• Tekisliklar va pasttekisliklar;
• Dengizlar;
• Qo‘ltiqlar va bo‘g’izlar;
• Okean oqimlari;
• Litosfera plitalari;
• Vulqonlar;
• Iqlim mintaqalari;
• Tabiat zonalari;
• Afrika materigini o‘rganish (to‘liq);
• Avstraliya va Okeaniyani o‘rganish (to‘liq);
• Antarktida materigini o‘rganish (to‘liq);
• Janubiy Amerika materigini o‘rganish (to‘liq);
• Shimoliy Amerika materigini o‘rganish (to‘liq);
• Yevrosiyo materigini o‘rganish (to‘liq).
Dastur jami 4 qismdan iborat bo‘lib, amaldagi darsliklar hamda atlas va xaritalarni mukammal o‘rgatish va o‘rganish uchun ishlab chiqilgan.
Boshqa ishlanmalar: @portfolio_Boltayev

👍12🔥3
⚡️ ERTAGA TARIX FANIDAN “KATTA TURNIR” O‘TKAZILADI!
👥 Kimlar ishtirok etishi mumkin? Tarix fani o‘qituvchilari, abituriyentlar, fan olimpiadasi qatnashchilari va barcha tarix faniga qiziquvchilar.
🔠 Turnir qanday shaklda o‘tkaziladi? Turnir 6–9-sinf darsliklari asosida tuzilgan 30 ta test topshiriqlari asosida o‘tkaziladi.
🏷 Turnirda qatnashish shartlari qanday? Turnirda qatnashish uchun turnir tashkilotchilari bo‘lgan Telegram kanallarga a’zo bo‘lish va berilgan test topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarib, maxsus botga yuborish zarur.
ℹ️ Turnir bugun (10-yanvar) soat 20:00 da boshlanadi.
Tashkilotchi Telegram kanallar:
– @tarixologiya
– @tarix_tilsimi
– @testlider
– @tarixolimpiada
❗️Turnir g‘oliblariga maxsus sertifikatlar va Classroom tizimidagi 8-sinf «O'zbekiston tarixi» kursi uchun umrbod obuna taqdim etiladi.

👍11❤🔥1
📜 KUN TARIXI (darsliklar doirasida)
BUGUN 10-YANVAR
• 1992-yil 10-yanvar (bundan 31 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining harbiy qismlari va o‘quv muassasalarini O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olish to‘g‘risida” qarorini qabul qildi.
• 2018-yil 10-yanvar (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining ilk bor kengaytirilgan, ochiq, videokonferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar holatga shayligi ilgarigi 5 kundan bugungi kunda 3 soatga yetkazilgani ta’kidlandi.

👍11🕊2☃1