𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.8K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
2-savolning to'g'ri javobi: 1) Muso; 2) Iso.

Qabul: Muso, Iso ismlari yonida kelgan izohlovchili javoblar. Masalan, Muso alayhissalom, Iso Masix.

Izoh: elchi so'zlarini sizni to'g'ri javobga yo'natirish uchun qo'llagan edik. Shuningdek, "mo'jizaviy" jumlasi ham Iso alayhissalomga ishoradir. Iso alayhissalomning ko'zi ojiz va moxovlarni da'volagani, o'liklarni tiriltirgani kabi rivoyatlar keng tarqalgan.

ℹ️ Manbalar:
1. Uolter Ayzekson. Stiv Jobs. - T.: "Nihol", 2019. 501-b.
2.
https://www.wsj.com/articles/SB118308453151652551
3.
https://en.wikipedia.org/wiki/Jesus

👉
@TESTLIDER — ziyolilar kanali!
👍91🔥1
2-savolning to'g'ri javobini faqat bitta obunchamiz topdi:
Shahzodbek Qalandarov
🏆
👍13👎1
▪️TEST TO‘PLAMI HAQIDA: 5-sinf «Geografiya» darsligi bo‘yicha tuzilgan «Kundalik-optimal» test to‘plamida jami 1800 dan ortiq test mavjud bo‘lib, «an’anaviy» testlar, shuningdek, xaritali, amaliy, Eyler-Venn, grafikli, jadvalli, mantiqiy test topshiriqlaridan iborat!

▪️QO‘LLANMA HAQIDA: 5-sinf «Geografiya» darsligi bo‘yicha tuzilgan «OPTIMAL SAVOL-JAVOBLAR» 1800 dan ortiq savollar va ularning javoblari mavjud. Mavzuni oson va yaxshi o‘zlashtirishingiz uchun juda katta asqatadi.

▪️MUALLIF: JALOL BOLTAYEV

▪️TELEFON: (97) 299-00-66

🏛
@TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — ENG SARA TESTLAR VA QO‘LLANMALAR
👍6🔥3👏3
#test_tuzish_metodikasi #testologiya

Ancha paytdan beri tarix fanidan test tuzish metodikasi haqida yozaman deb yurgan edim. Chunki ko‘pincha shaxsiyga bu borada murojaatlar kelib tushadi. Aslida test tuzish metodikasi haqida ko‘plab ma’lumotlar, qo‘llanmalarni topish mumkin. Men ham barchasini bo‘lmasa-da, shunday qo‘llanmalarni o‘qib, o‘rganib chiqqanman. Ammo sifatli va to‘g‘ri test tuzishga bu qo‘llanmalarning o‘zi kamlik qilishi mumkin. Ya’ni unga amal qilish sizdan boshqa ko‘nikmalarni ham talab etadi. Masalan, “testning ilmiy jihatdan to‘g‘ri tuzilganligi” kriteriyasi mavjud bo‘lib, bu sizdan bilim yoxud xafsala, sabr talab etadi (“sabr” nega kerakligi haqida keyinroq yana yozaman).

#testologiya xeshtegi bilan ba’zi-ba’zida ma’lumotlar yozib turishni reja qildim. Vaqt masalasi tufayli barchasini bittada yoza olmayman.

Ushbu kichik maqola barchaga tushunarli bo‘lishi uchun “rasmiy til”dan chekingan holda yozilgan. Shuningdek, amaliyotda yo‘l qo‘yilayotgan real xatolardan kelib chiqilgan.

“So‘z o‘yini”ga asoslangan testlarni tuzmagan ma’qul.

1-holat.
Masalan, 6-sinf “Qadimgi dunyo tarixi” darsligida “to‘quvchilik va kulolchilik neolit davrining muhim kashfiyotlaridir” degan ma’lumot mavjud. Ushbu ma’lumotdan kelib chiqqan holda “Qaysi javobda neolit davrining kashfiyotlari berilgan?” degan mazmundagi savolni tuzish mumkin. Ammo “Neolit davrining muhim kashfiyotlarini toping” mazmunidagi testni tuzib, noto‘g‘ri variantlarda esa ikkalasi ham darslikdagi neolit davrining boshqa kashfiyotlari bo‘lgan javobni qo‘yish mumkin emas, bu xato hisoblanadi. Ya’ni ushbu ma’lumotda kulolchilik va to‘quvchilik neolit davrining boshqa kashfiyotlari: dehqonchilik, chorvachilik, o‘troq turmush tarzi va boshqalardan ko‘ra muhimroq, degan mazmun berilmagan. “Neolit davrining muhim kashfiyotlarini toping” degan mazmundagi testni tuzsangiz, noto‘g‘ri variantlarda hech bo‘lmasa bittasiga paleolit, mezolit, eneolit, bronza davrlarining ixtirosini qo‘yishingiz kerak. Ammo noto‘g‘ri variantlarda ikkalasiga ham darslikdagi neolit davrining boshqa kashfiyotlarini qo‘yilsa (masalan, dehqonchilik va chorvachilik), test “so‘z o‘yini”ga asoslangan bo‘lib qoladi va «xato test» hisoblanadi (ikkita javob to‘g‘ri kelishi evaziga).

2-holat. Ushbu holat asosan test tuzish bilan endi shug‘ullanayotgan odamlarda kuzatilishi mumkin. 6-sinf “Qadimgi dunyo tarixi” darsligi 12-mavzusining “savol va topshiriqlar” qismida “Shumer o‘quvchisi zamonaviy maktab o‘quvchisi singari erta bilan maktabga shoshilardi, u darsga kech qolishdan qo‘rqardi, maktabga kelib... Hikoyani davom ettiring” degan topshiriq berilgan. Ushbu ma’lumotdan kelib, “Qayerlik o‘quvchi ertalabdan maktabga shoshgan?” degan mazmundagi savolni umuman tuzib bo‘lmaydi. Muhokamaga o‘rin qoldirmaydigan, xatoligi aniq bo‘lgan savol. Bu ham “so‘z o‘yini”ga asoslangan savoldir.

👉 @TESTLIDERJalol BOLTAYEV
👍11🔥1
#test_tuzish_metodikasi #testologiya

Ba’zida “DTM testni kitobdan tuzadi-ku” degan gapni aytishadi. Ammo DTM testolog ekspertlari test tuzish metodikasiga amal qilishadi, sifat darajasini ham yildan yilga oshirib borishmoqda (tarix, geografiya fanlarida shunday. Boshqa fanlarda ham shundayligiga shubhalanmayman). Yuqoridagi ikki holat esa test tuzishga qo‘yilgan “testni ilmiy jihatdan to‘g‘ri tuzish” talabiga to‘g‘ri kelmaydi. Testni ilmiy va mantiqiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lmasligi, «so‘z o‘yini»ga asoslanib qolishi o‘quvchini noto‘g‘ri o‘qish tizimiga burib yuborishi mumkin. Agar test sifatli bo‘lsa, xotirasi uncha yuqori bo‘lmagan o‘quvchilar ham imtihonda maksimal natija ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chunki «so‘z o‘yini»ga asoslangan savollar o‘quvchini kitobni tushunmay, «yodlash»ga undaydi. Eng yomoni – mantiqiy, tanqidiy fikrlash darajasini tushirib yuboradi. Tabiiyki, xotirasi vunderkindlarniki kabi yuqori bo‘lmagan o‘quvchi ham shunday savollar tufayli «yodlash» tizimiga o‘tib ketishi evaziga imtihonda yuqori natija qayd eta olmaydi (shu o‘rinda izoh berib ketmoqchiman: xotirasi kuchli degani, bu – bilimli degani emas. Mohiyatni anglay olish, mantiqiy, tanqidiy fikrlash va tasavvur qila olish kabi qobiliyatlar undan ko‘ra muhimroq).

“«So‘z o‘yini»ga asoslangan savollar xotirasi kuchli, “vunderkind” o‘quvchiga zarar qilmaydi, u baribir imtihonda yuqori natija qayd etadi”, deb o‘ylashingiz mumkin. Ammo shunday savollar tufayli ushbu “vunderkind”ning mantiqiy, tanqidiy fikrlash darajasi, tasavvur qobiliyati pasayib ketishi ehtimoli yuqori.

3-holat. Qoidalarga ko‘ra, “toping”, “aniqlang” kabi so‘zlardan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yilmaydi, bu kabi so‘zlar bilan tugagan test topshiriqlarida nuqta qo‘yish kerak! Bu texnik xatolikday tuyilsa-da, bu xatoni muntazam takrorlash yaxshi emas!

👉 @TESTLIDERJalol BOLTAYEV
👍18🔥5
 Ustoz... Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Men uchun eng ulug‘ kasb – O'qituvchilik!

Barcha ustozlarimizni 1-oktyabr – "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bilan tabriklayman.

Oilangizda xotirjamlik, hayotingizda sog‘lik, baxt, ishingizda rivoj doimo hamroh bo‘lsin!

ⓒ Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER – Tarixchi o‘qituvchilar va abituriyentlar kanali!
👍2
📝 BILASIZMI?

“DOMLA” NIMA DEGANI?

DOMLA
– diniy maktab va madrasalarda talabalarni o‘qituvchi shaxs; din va shariat peshvosi. “Domla” so‘zi qachon iste’molga kirgani haqida biron ishonchli manba yo‘q. Lekin “domla” “mullo” so‘zidan olinib, uning asosida sanskritcha “dodo” (ota) so‘zi yotadi. Dastlab “mullo” so‘zi oldiga “dodo” so‘zi qo‘shilib “dodomullo” deyilgan, so‘ng qisqartirib “domullo” (“katta mulla”) bo‘lgan.

“Buxoro xattot” Telegram kanalidan olindi.

👉 @TESTLIDER — tarixchilar kanali!
👍82
#Zakovat_Nemesis

3-savol. Savol muallifi Jalol Boltayev

O'rta asr muarrixlari bir tarixiy shaxsni «Yo‘lbars changalidan omon chiqqan arslon chiyabori qo‘lida jon berdi» deb ta'riflaydi.

Diqqat, savol: ta'rifdagi arslonning kimligini topgan bo'lsangiz, unga sovchi, aniqrog'i ovchi yuborgan tarixiy shaxsning kimligini yozib bering.

📩 Javoblaringizni
@JalolBoltayev_TLbot'ga jo‘nating.
🔔 To‘g‘ri javob va javobni topganlar 21:00 da e’lon qilinadi.

👉
@TESTLIDER
👍18🔥31👎1🐳1
3-savolning to'g'ri javobi: Ozarbayjon malikasi

Qabul: Malika xotun

Izoh: Chingizxon qo'lidan omon chiqqan Jaloliddin Manguberdi kurd qo'lida halok bo'lganligi ko'pchilikka ma'lum. Kurd so'zi ham bo'ri ma'nosini anglatadi. Jaloliddin Manguberdi Tabrizni qamal qilib turganda, Ozarbayjon malikasi Jaloliddinga turmush qurish taklifini bildirib o'z, sovchilarini yuborgan ekan. Taklif qiz tomondan chiqsa, odatda ovchi jumlasi qo'llaniladi. Xullas, shu tariqa shahar jangsiz egallangan ekan.

Manba:
Акбар Замонов. Ўрта аср тарихий шахслари ҳаётининг айрим номаълум саҳифалари. - Т.: "Bayoz", 2019. 22-б.

👉
@TESTLIDER — ziyolilar kanali!
👍15🤯1
Quyidagi obunachilarimiz 3-savolga to'g'ri javob yo'lladi.

1. Shahzodbek Qalandarov 🥇
2. Shahzod Nabiyev 🥈
3. Akmal Safarov 🥉
4. Diyorbek Jonto'rayev
5. Abdunayim Abdushukurov
6. Ortiqboy Samandarov
7. Doniyor Jumaniyozov
8. Otojon Shomuratov
👎7👍42
📜 BILASIZMI?

«Sen hammi, Brut!?» — Shekspirning «Yuliy Sezar» tragediyasida o‘lim talvasasidagi Sezar shu ibora bilan do‘stiga murojaat qilgan. Bu voqea tarixiy ildizlarga ega.

Mil. avv. 44-yilda Sezarga qarshi fitna uyushtiriladi. Fitnachilar ichida Sezar o‘zining tarafdori va yaqin do‘sti deb bilgan Brut ham bor edi. Fitnachilardan biri Sezarga xanjar sanchgach, u nafas ololmay, tili kalimaga kelmay qoladi. Brut ikkinchi marta Sezar badaniga xanjar urish uchun u tomonga kelayotganini ko‘rib, imperatorning hayratdan ko‘zlari ochilib ketadi va «bolam, nahotki sen ham ular bilan birgasan?» deb yuboradi, degan mazmundagi ma’lumot antik davr Rim tarixchilari asarlarida uchraydi (ammo, Plutarx Sezar hech nima demaganligini qayd etgan).

Shekspir tarixchilarning gapini ozgina o‘zgartirib talqin qilgan «Sen hammi, Brut!?» iborasi yaqin do‘stlarning xoinligini ifoda etuvchi mashhur iboraga aylangan.

Manbalarda, fitnada jami 60 ga yaqin odam ishtirok etib, ulardan 20 tasi Sezarga 23 marta xanjar sanchganligi qayd etilgan.

#bilasizmi? #qiziqarli

👉 @TESTLIDER — tarixchilar kanali!
🔥12👍7
Forwarded from Шахсий фикрлар | БЛОГ
Хатосиз ёзиш ҳақида.

Инсоннинг ёзуви унинг савияси ва билимини дарров ошкор қилиб қўяди. Ҳарчанд ўзини билимли ва зукко қилиб кўрсатмасин, ёзуви уни барибир "сотади". Афсуски, жонажон Ўзбекистонимиз аҳолисининг деярли 60 фоизи (балки кўпроқ ҳамдир) бу борада ўта саводсиз. Буни кўча-кўйдаги, ижтимоий тармоқлардаги ёзувлар исботлайди.

Бунақа одамларга "тўғри ёзгин" десангиз, "мен диктант ёзмаяпман", "мен имтиҳонда эмасман" ва ҳоказо баҳоналарни рўкач қилишади. Бу билан ўзингизни алдайсиз, саводсизлигингизни яширасиз холос. 101 фоиз кафолат билан сиз имтиҳонда диктант ёзсангиз ҳам, тўғри ёза олмайсиз! Чунки инсон бир хилда ёзади, ёзув эса унинг билимига қараб такомиллашиб боради.

Хатосиз ёзадиган, жумлаларни тўғри туза оладиган одам тез кўзга ташланади ва унинг саводли одам эканлиги қандайдир бошқа бир текширувга ҳожат қолдирмайди. Баъзи ҳолатларда одамларнинг ёзувидан билимли ёки билимсиз экани борасида хулосалар чиқарилади, шу боис уларга кўпчилик ишини ишониб топширади. Бунга мисоллар келтириб ўтиришнинг ҳожати йўқ, ҳаммага аён нарса.

Нима қилиш керак?

Китоб ўқиш керак! Тўғри ёзишда сиз она тили ва адабиёт фанларидан мутахассис бўлишингиз шарт эмас, айнан КЎП КИТОБ ўқийдиган одам бўлишингиз керак! Телефонга ажратган вақтингизни китоб ўқишга ажратсангиз, масала ҳал бўлади.

Қаёқдаги на дунёга ва на охиратга фойдаси бўлган нарсаларни томоша қилишни бас қилиш керак! Бу қийин иш эмас, қунт керак холос. Фойдасиз нарсаларни томоша қилиш билан сиз ўзингизга берилган УМР неъматини исроф қиляпсиз, ҳавога совуриб юборяпсиз.

Ўзбекистонда неча фоиз аҳоли китоб ўқийди ўзи? Биладиганлар борми?

👉 @shaxsiy_fikrlar_blog
👍9🔥4👏4🤔1🐳1
2022-2023-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga tarix fanidan imtihon topshiradigan abituriyentlar test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya etilgan darsliklar ro'yxati

@TESTLIDER
👍14👎7🤔6
Menimcha, bugun e’lon qilingan “tasdiqlangan darsliklar ro‘yxati” aksariyat abituriyentlar va repetitorlarning dilini xira qildi. Ammo bizni (Jalol Boltayev, Sherzod Ro‘zmetov) emas.

Chunki biz bu o‘quv yilida topshiradigan abituriyentlarga “eski darslik”larni o‘qitayotgan edik. Kirish imtihonlaridagi testlar “eski darslik”lardan tushishi haqida oldinroq – sentyabrda xabar topganimiz bizning yutug‘imiz bo‘ldi. Bu haqda oktyabrning boshlarida o‘zimizga tanish bo‘lgan ba’zi repetitorlarga aytganimizda, negadir ishonishmagandi. O‘zimiz ham shunday bo‘lishini taxmin qilayotgan bo‘lsak-da, bir odam tufayli bu taxminimiz yanada mustahkamlangan edi. Xullas, shu vajlar sababli 10-sinf va 1-kurslarga “yangi darslik”larni, bu yil topshiradiganlarga esa “eski darslik”larni o‘qitayotgan edik.

Bugun ba’zi repetitor do‘stlarimiz: “Aytsangiz bo‘lar edi”, – deb mendan xafa ham bo‘lishdi. Do‘stlar, aksariyat tanish repetitorlarga aytgan edim, ishonishmadi. Dabdurustdan sizga (mendan xafa bo‘layotgan ikkita repetitor nazarda tutilmoqda) aytsam, ishonishingiz qiyin bo‘lar edi, hatto o‘zimizda o‘qiydigan ba’zi abituriyentlarni ishontirishim qiyin kechgan.

(c) JALOL BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ
👍13🔥4
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Menimcha, bugun e’lon qilingan “tasdiqlangan darsliklar ro‘yxati” aksariyat abituriyentlar va repetitorlarning dilini xira qildi. Ammo bizni (Jalol Boltayev, Sherzod Ro‘zmetov) emas. Chunki biz bu o‘quv yilida topshiradigan abituriyentlarga “eski darslik”larni…
Masalan, biz ham yangi darsliklarni, chunonchi, yangi 7-sinf «Jahon tarixi»ni o‘qitsak, o‘quvchilarimiz yutqazar edi. Chunki biz bitta darslik doirasida 2000 tacha testni qog‘ozda va kompyuterda ishlattiramiz, bundan tashqari «E-Xronika», «Histomap»...

Bu mashaqqatli (va rohatli, ya’ni bilimingiz rivojlanayotganligini o‘zingiz ham his qilib turasiz) mehnatni talab etadi. Bizning metodikamizda yangi darsliklarning bu «dovon»ini bosib o‘tgan abituriyent, shuncha mehnati zoye ketsa, xunob bo‘lar edi. Bu yerda vaqt masalasi emas, mehnat masalasi asosiy planda. Darsliklarni «turbo tezlik»da sifatsiz qilib, «chiqib tashlash» ham mumkin.

Qandaydir ta’na-dashnomli gaplar qo‘shib, «biz hech narsa yutqazmadik», deb yozibdi bittasi. Balki...

Balki, siz hech narsa yutqazmagandirsiz rostdan ham. Kitobni faqat «chiqish»ni o‘ylagan bo‘lsangiz, qolgan muddatda ham bemalol «chiqaverasiz». Biz esa yangi darsliklarni o‘rgatsak, yutqazardik, yana bir bor aytaman: vaqt masalasi tufayli emas, mehnat masalasi tufayli.

Vaqtdan yutdik, deb quvonayotganimiz yo‘q!
Bizda har bir darslik bo‘yicha ancha ish amalga oshiriladi. Bu katta mehnat talab qiladi. Abituriyentlarimizga «tushmaydigan kitob» uchun metodikamizdagi bu «mehnat»larni qildirmaganimizdan quvonyapmiz. Shu xolos.
👍10🔥6👏2
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Masalan, biz ham yangi darsliklarni, chunonchi, yangi 7-sinf «Jahon tarixi»ni o‘qitsak, o‘quvchilarimiz yutqazar edi. Chunki biz bitta darslik doirasida 2000 tacha testni qog‘ozda va kompyuterda ishlattiramiz, bundan tashqari «E-Xronika», «Histomap»... Bu…
Yuqoridagi menga ta’na-dashnom qilayotgan bittasiga tegishli edi.

Qolgan abituriyentlar, siz xunob bo‘lmang, agar to‘g‘ri metodikada va sifatli «baza» (testlar, qo‘llanmalar va h.k.) orqali tayyorlanayotgan bo‘lsangiz, 9 oy emas, 5 oy ham yetadi 30 ta ishlashga.

Agar to‘g‘ri metodikada va sifatli «baza» orqali tayyorlanayotgan bo‘lsangiz.
👍26💯6
#paket (03.10.2022)

Ushbu “Zakovat” savollari paketi “NEMESIS” (Xorazm) jamoasi a’zolari Jalol Boltayev, Jalol Yusupov, Muhriddin Satimbayev, Mirzobek Bozorov, Nargiza, Masharipova, Surayyo Iskandarova, Temur Qurbaniyozov, Shamsiddin Ruzimov va jamoaning sobiq a'zosi Madina Urinova tomonidan taqdim etiladi.

👉 “NEMESIS” jamoasining “Zakovat” savollari

@TESTLIDER
👍7
#Zakovat_Nemesis

14-savol. Savol muallifi Jalol Boltayev

Qadimgi misrliklar fikricha, marhumlar saltanatidagi hayot Osiris sudining natijalariga bog‘liq bo‘lgan. Tarozining bir pallasiga marhumning yuragi, boshqasiga esa qush pati qo‘yilib, uning natijasi marhumning taqdirini hal qilgan.

Diqqat, savol: Misr mifologiyasiga ko‘ra, tarozining bir pallasiga ko‘zlari miyasidan kattaroq, uchta oshqozonga ega bo‘lgan[1] qaysi qushning pati qo‘yilgan?[2]

To‘g‘ri javob: tuyaqush

Qabul: straus[3]

Qabul emas: Maat. Pat Maatga tegishli edi, ammo biz savolda qaysi qushning pati ekanligini so‘radik [“Emu”, “Emu tuyaqushi” javoblari qabul qilinmaydi. Chunki “Emu tuyaqushi” deyilsa-da, Emu aynan tuyaqush turi hisoblanmaydi va Emular Afrikada emas, Avstraliyada yashaydi[4]]

Izoh: Qadimgi Misr mifologiyasiga ko‘ra, Osiris tarozisining bir pallasiga marhumning yuragi, boshqa pallasiga tuyaqush pati qo‘yilgan. Ushbu patning egasi esa haqiqat va adolat ma’budasi Maat bo‘lgan. Misr mifologiyasida aynan tuyaqush tanlanganligi ramziy ma’noga ega, ya’ni tuyaqush qanotlaridagi patlar o‘lchami jihatidan deyarli teng bo‘lganligi uning adolat timsoli sifatida qaralishiga sabab bo‘lgan.[5]

📔 Manbalar

👉 @TESTLIDER
👍303🐳1
Forwarded from Allaev Uz
#изоҳлилуғат

Эшшакмия - ўзи умуман тушунмайдиган соҳа ҳақида ўзи ҳам маъносини тушунмайдиган сўзлар билан оғзига келганини алжирайдиган ва ўзини ақллидай тутадиган, эътироз билдирсанг ҳақорат, баландроқ ҳанграш ёки сўз ўйини билан баҳсда енгаман деб ўйлайдиган одам.
🤣25👍7💯7🤔4👏3🕊2🌚2🎉1
Forwarded from Virtual 207 ⛄️
👍39🔥6👎4🤔4
image_2022-12-21_21-53-40.png
214.6 KB
FANLAR MAJMUASIDA TARIX FANI MAVJUD BO‘LGAN YO‘NALISHLAR

Jami: 41 ta

👉
@TESTLIDER
👍151