𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
20K subscribers
1.27K photos
167 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
🔥11👍85👎2
O‘rta Osiyoda ilk shaharlar va davlatlar qaysi davrda vujudga kelgan?

@TESTLIDER
Anonymous Quiz
27%
A) temir davrida
29%
B) neolit davrida
25%
C) eneolit davrida
19%
D) bronza davrida
👍32👎8🤯6🔥3🥰31
10-sinf O'zbekiston tarixi (@testlider).pdf
18.1 MB
#yangi_darslik

📙 10-sinf O‘zbekiston tarixi
— Nashr: 2022-yil
— Hajm: 18 MB ❗️
— Izoh: hajmi kichik versiyasi. Ma’lumotlari hajmi katta versiyasiniki bilan bir xil.

👉
@TESTLIDERTARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — shartnoma bilan kafolatlangan ta'lim!
🔥8👏7👍4🥰21
▪️TO‘PLAM HAQIDA: 6-sinf «Qadimgi dunyo tarixi» bo‘yicha tuzilgan «Kundalik-optimal» test to‘plamida jami 2200 dan ortiq test mavjud bo‘lib, «an’anaviy» testlar, shuningdek, Eyler-Venn, grafikli, xaritali, jadvalli, mantiqiy test topshiriqlaridan iborat!

▪️MUALLIFLAR: JALOL BOLTAYEV, SHERZOD RO‘ZMETOV

▪️TELEFONLAR:
(97) 299-00-66, (91) 917-33-55

🏛
@TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — ENG SARA TESTLAR VA QO‘LLANMALAR
👍10🔥1
Yuqoridagi test «TESTLIDER» turkumidagi test hisoblanadi. Variantlari ham xuddi shunday bo‘lgan testni boshqa kanalda yo guruhda ko‘rgan bo‘lsangiz, do‘stlarimiz ichki guruhdagi namunaviy testimizdan foydalanishgan.

Xullas, test plagiat emas. Noto‘g‘ri variantlar ham «TESTLIDER» mualliflari ijod mahsuli.

Bittasi plagiatda ayblagani uchun yozdim, bo‘lmasa yozmasdim. Shunga xafa bo‘lmangiz, do‘stlar. :)
👍24🤔4👏2👎1💯1
Vaqti-vaqti bilan kanalda «Zakovat» savollarini berib borishni reja qildim. Ushbu savollar muallifi o‘zim, «Zakovat»dagi jamoam a’zolari yoki savoli qiziqarli bo‘lsa, boshqa odamlar bo‘lishi mumkin (muallif nomi yoziladi).

Hozircha murakkabroq, aniqrog‘i maktab darsliklariga daxldor bo‘lmagan savollarni joylab turaman. Keyinchalik aynan maktab darsliklaridan yoki ularga daxldor bo‘lgan savollarni ham joylayman (xullas, vaqtimga va loyihaning rivojlanishiga qarab ish tutaman).

Hozir bitta savol joylayman. To‘g‘ri javobni 21:00 da e’lon qilaman. Javobni topganlarning ism-familiyasi kanalda e’lon qilib boriladi. Javoblaringizni @JalolBoltayev_TLbot'ga jo‘natasiz.

👉 @TESTLIDER
5👍4
#Zakovat_Nemesis

1-savol. Savol muallifi Jalol Boltayev

Quyidagi rasmda germaniyalik faylasuf Immanuel Kantga tegishli bo‘lgan, 1755-yilda yozilgan dissertatsiyaning dastlabki sahifasi aks etgan. Biz rasmga ishlov berib, sahifaning eng tepasida aks etgan so‘zlarni o‘chirdik. Aynan ushbu so‘zlar boshqa bir kitobda istisno sifatida faqat bir o‘rindagina qo‘llanilmagan.

Diqqat, savol: ushbu o‘zbekcha bo‘lmagan so‘zlarni yozib bering.

📩 Javoblaringizni
@JalolBoltayev_TLbot'ga jo‘nating.
🔔 To‘g‘ri javob va javobni topganlar 21:00 da e’lon qilinadi.

👉 @TESTLIDER
👍161👎1
Fanda “Amudaryo (Oks) xazinasi” deb ataladigan buyumlar tarixini eslang. Buxorolik savdogarlar karvoni qayerda qaroqchilar qo‘liga tushib barcha mol-davlatlaridan ayrilganlar?

@TESTLIDER – Jalol Boltayev, Sherzod Ro‘zmetov
Anonymous Quiz
31%
A) Buxorodan Samarqandga boradigan yo‘lda
24%
B) Kobuldan Dehliga boradigan yo‘lda
33%
C) Kobuldan Peshovarga boradigan yo‘lda
13%
D) Samarqanddan va Toshkentga boradigan yo‘lda
👍19👏3🕊3🤔1🎉1🐳1
1-savolning to'g'ri javobi: Bismillahir Rohmanir Rohim (asl nusxa surati quyida ilova qilindi).

Qabul emas: Bismillah. Chunki, birinchidan, "so‘zlar" deyildi, ikkinchidan, Immanuel Kant o‘z dissertatsiyasiga "Bismillahir Rohmanir Rohim" so‘zlarini to‘liq shaklda arabcha yozuvda yozgan.

Izoh: Qur'oni Karimning faqat Tavba surasida "Bismillahir Rohmanir Rohim" so‘zlari aks etmagan. Qolgan 113 ta sura ushbu muborak so‘zlar bilan boshlanadi. Shuningdek, bunday tarzda, ya'ni kitobdagi dastlabki sahifaning eng tepasiga yozish musulmonlar orasida tarqalgan. Lekin qizig‘i shundaki, Immanuel Kant musulmon emas, agnost bo‘lgan. Kant dissertatsiyasiga nega bu so‘zlarni yozgani hozirgacha olimlarni o‘ylantirib kelmoqda.
Musulmonlar e'tiqodiga ko‘ra Alloh nomi bilan boshlangan ish xayrlidir. Biz ham birinchi savolni mazkur savol bilan boshlaganimiz bejiz emas!

ℹ️ Manbalar

👉 @TESTLIDER — ziyolilar kanali!
👍93🤔1
Quyidagi obunachilarimiz 1-savolga to'g'ri javob yo'lladi.
1. Botirjon Ahmadaliyev 🥇
2. Karamaddin Perdebaev 🥈
3. Orinbasar Paxratdinov 🥉
4. Xayitmurod Xurramov
5. Suxrob Ibragimov
6. Sardor Nusratov
7. Shahzodbek Qalandarov
8. Hurriyat Akbarova
9. Abdumannob Abdufayozov
10. Rasulbek Turg'unov
👍203👎2🤔2🔥1
📝 BILASIZMI?

6-sinf “Qadimgi dunyo tarixi” darsligida Spitamanning ko‘chmanchi qabilalar boshliqlari tomonidan xoinlarcha o‘ldirilganligi qayd etilgan.

Shuningdek, Spitamanning o‘limi haqida antik davr tarixchilari yana bir ma’lumot qoldirgan: Spitamanning xotini uni mast qiladi va boshini kesib, Aleksadrga olib boradi. Aleksandr ayol kishining bunday vahshiyligi boshqalarga o‘rnak bo‘lmasin, deb uni haydab yuboradi. Asosiy va ishonchliroq bo‘lgan ma’lumot esa Spitaman o‘z ittifoqchisi bo‘lgan skif-massagetlar tomonidan mil. avv. 328-yilda o‘ldirilganligidir.

#bilasizmi? #qiziqarli_tarixiy_maʼlumot

👉 @TESTLIDERziyolilar kanali!
👍15🤯2🔥1😢1
#Zakovat_Nemesis

2-savol. Dublet. Savol muallifi Jalol Boltayev

Diqqat! Dubletning har ikkala savolida savolida almashtirishlar mavjud.

Dubletning 1-savoli:
Stiv Jobning biografiyasida yozilishicha, Jobs yangi mahsulotlar sotuvi boshlangan kunda odatda Apple do'koniga borardi. U yerda to‘plangan muxlislar uni "Alfa-elchi"ni kutib olgandek kutib olishardi.

Diqqat, savol: "alfa-elchi" so‘zi qaysi so‘z bilan almashtirilgan?

Dubletning 2-savoli:
Iphone I namoyish etilganida blogerlar uning o'sha davr uchun ko‘plab mo‘jizaviy xususiyatlaridan kelib chiqib, Iphone I ga «"betta-elchi" telefoni» laqabini qo‘yib olishdi.

Diqqat, savol: "betta-elchi" so‘zi qaysi so‘z bilan almashtirilgan?

📩 Javoblaringizni @JalolBoltayev_TLbot'ga jo‘nating.
🔔 To‘g‘ri javob va javobni topganlar 21:00 da e’lon qilinadi.

👉
@TESTLIDER — ziyolilar kanali!
👍11
2-savolning to'g'ri javobi: 1) Muso; 2) Iso.

Qabul: Muso, Iso ismlari yonida kelgan izohlovchili javoblar. Masalan, Muso alayhissalom, Iso Masix.

Izoh: elchi so'zlarini sizni to'g'ri javobga yo'natirish uchun qo'llagan edik. Shuningdek, "mo'jizaviy" jumlasi ham Iso alayhissalomga ishoradir. Iso alayhissalomning ko'zi ojiz va moxovlarni da'volagani, o'liklarni tiriltirgani kabi rivoyatlar keng tarqalgan.

ℹ️ Manbalar:
1. Uolter Ayzekson. Stiv Jobs. - T.: "Nihol", 2019. 501-b.
2.
https://www.wsj.com/articles/SB118308453151652551
3.
https://en.wikipedia.org/wiki/Jesus

👉
@TESTLIDER — ziyolilar kanali!
👍91🔥1
2-savolning to'g'ri javobini faqat bitta obunchamiz topdi:
Shahzodbek Qalandarov
🏆
👍13👎1
▪️TEST TO‘PLAMI HAQIDA: 5-sinf «Geografiya» darsligi bo‘yicha tuzilgan «Kundalik-optimal» test to‘plamida jami 1800 dan ortiq test mavjud bo‘lib, «an’anaviy» testlar, shuningdek, xaritali, amaliy, Eyler-Venn, grafikli, jadvalli, mantiqiy test topshiriqlaridan iborat!

▪️QO‘LLANMA HAQIDA: 5-sinf «Geografiya» darsligi bo‘yicha tuzilgan «OPTIMAL SAVOL-JAVOBLAR» 1800 dan ortiq savollar va ularning javoblari mavjud. Mavzuni oson va yaxshi o‘zlashtirishingiz uchun juda katta asqatadi.

▪️MUALLIF: JALOL BOLTAYEV

▪️TELEFON: (97) 299-00-66

🏛
@TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — ENG SARA TESTLAR VA QO‘LLANMALAR
👍6🔥3👏3
#test_tuzish_metodikasi #testologiya

Ancha paytdan beri tarix fanidan test tuzish metodikasi haqida yozaman deb yurgan edim. Chunki ko‘pincha shaxsiyga bu borada murojaatlar kelib tushadi. Aslida test tuzish metodikasi haqida ko‘plab ma’lumotlar, qo‘llanmalarni topish mumkin. Men ham barchasini bo‘lmasa-da, shunday qo‘llanmalarni o‘qib, o‘rganib chiqqanman. Ammo sifatli va to‘g‘ri test tuzishga bu qo‘llanmalarning o‘zi kamlik qilishi mumkin. Ya’ni unga amal qilish sizdan boshqa ko‘nikmalarni ham talab etadi. Masalan, “testning ilmiy jihatdan to‘g‘ri tuzilganligi” kriteriyasi mavjud bo‘lib, bu sizdan bilim yoxud xafsala, sabr talab etadi (“sabr” nega kerakligi haqida keyinroq yana yozaman).

#testologiya xeshtegi bilan ba’zi-ba’zida ma’lumotlar yozib turishni reja qildim. Vaqt masalasi tufayli barchasini bittada yoza olmayman.

Ushbu kichik maqola barchaga tushunarli bo‘lishi uchun “rasmiy til”dan chekingan holda yozilgan. Shuningdek, amaliyotda yo‘l qo‘yilayotgan real xatolardan kelib chiqilgan.

“So‘z o‘yini”ga asoslangan testlarni tuzmagan ma’qul.

1-holat.
Masalan, 6-sinf “Qadimgi dunyo tarixi” darsligida “to‘quvchilik va kulolchilik neolit davrining muhim kashfiyotlaridir” degan ma’lumot mavjud. Ushbu ma’lumotdan kelib chiqqan holda “Qaysi javobda neolit davrining kashfiyotlari berilgan?” degan mazmundagi savolni tuzish mumkin. Ammo “Neolit davrining muhim kashfiyotlarini toping” mazmunidagi testni tuzib, noto‘g‘ri variantlarda esa ikkalasi ham darslikdagi neolit davrining boshqa kashfiyotlari bo‘lgan javobni qo‘yish mumkin emas, bu xato hisoblanadi. Ya’ni ushbu ma’lumotda kulolchilik va to‘quvchilik neolit davrining boshqa kashfiyotlari: dehqonchilik, chorvachilik, o‘troq turmush tarzi va boshqalardan ko‘ra muhimroq, degan mazmun berilmagan. “Neolit davrining muhim kashfiyotlarini toping” degan mazmundagi testni tuzsangiz, noto‘g‘ri variantlarda hech bo‘lmasa bittasiga paleolit, mezolit, eneolit, bronza davrlarining ixtirosini qo‘yishingiz kerak. Ammo noto‘g‘ri variantlarda ikkalasiga ham darslikdagi neolit davrining boshqa kashfiyotlarini qo‘yilsa (masalan, dehqonchilik va chorvachilik), test “so‘z o‘yini”ga asoslangan bo‘lib qoladi va «xato test» hisoblanadi (ikkita javob to‘g‘ri kelishi evaziga).

2-holat. Ushbu holat asosan test tuzish bilan endi shug‘ullanayotgan odamlarda kuzatilishi mumkin. 6-sinf “Qadimgi dunyo tarixi” darsligi 12-mavzusining “savol va topshiriqlar” qismida “Shumer o‘quvchisi zamonaviy maktab o‘quvchisi singari erta bilan maktabga shoshilardi, u darsga kech qolishdan qo‘rqardi, maktabga kelib... Hikoyani davom ettiring” degan topshiriq berilgan. Ushbu ma’lumotdan kelib, “Qayerlik o‘quvchi ertalabdan maktabga shoshgan?” degan mazmundagi savolni umuman tuzib bo‘lmaydi. Muhokamaga o‘rin qoldirmaydigan, xatoligi aniq bo‘lgan savol. Bu ham “so‘z o‘yini”ga asoslangan savoldir.

👉 @TESTLIDERJalol BOLTAYEV
👍11🔥1
#test_tuzish_metodikasi #testologiya

Ba’zida “DTM testni kitobdan tuzadi-ku” degan gapni aytishadi. Ammo DTM testolog ekspertlari test tuzish metodikasiga amal qilishadi, sifat darajasini ham yildan yilga oshirib borishmoqda (tarix, geografiya fanlarida shunday. Boshqa fanlarda ham shundayligiga shubhalanmayman). Yuqoridagi ikki holat esa test tuzishga qo‘yilgan “testni ilmiy jihatdan to‘g‘ri tuzish” talabiga to‘g‘ri kelmaydi. Testni ilmiy va mantiqiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lmasligi, «so‘z o‘yini»ga asoslanib qolishi o‘quvchini noto‘g‘ri o‘qish tizimiga burib yuborishi mumkin. Agar test sifatli bo‘lsa, xotirasi uncha yuqori bo‘lmagan o‘quvchilar ham imtihonda maksimal natija ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chunki «so‘z o‘yini»ga asoslangan savollar o‘quvchini kitobni tushunmay, «yodlash»ga undaydi. Eng yomoni – mantiqiy, tanqidiy fikrlash darajasini tushirib yuboradi. Tabiiyki, xotirasi vunderkindlarniki kabi yuqori bo‘lmagan o‘quvchi ham shunday savollar tufayli «yodlash» tizimiga o‘tib ketishi evaziga imtihonda yuqori natija qayd eta olmaydi (shu o‘rinda izoh berib ketmoqchiman: xotirasi kuchli degani, bu – bilimli degani emas. Mohiyatni anglay olish, mantiqiy, tanqidiy fikrlash va tasavvur qila olish kabi qobiliyatlar undan ko‘ra muhimroq).

“«So‘z o‘yini»ga asoslangan savollar xotirasi kuchli, “vunderkind” o‘quvchiga zarar qilmaydi, u baribir imtihonda yuqori natija qayd etadi”, deb o‘ylashingiz mumkin. Ammo shunday savollar tufayli ushbu “vunderkind”ning mantiqiy, tanqidiy fikrlash darajasi, tasavvur qobiliyati pasayib ketishi ehtimoli yuqori.

3-holat. Qoidalarga ko‘ra, “toping”, “aniqlang” kabi so‘zlardan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yilmaydi, bu kabi so‘zlar bilan tugagan test topshiriqlarida nuqta qo‘yish kerak! Bu texnik xatolikday tuyilsa-da, bu xatoni muntazam takrorlash yaxshi emas!

👉 @TESTLIDERJalol BOLTAYEV
👍18🔥5
 Ustoz... Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Men uchun eng ulug‘ kasb – O'qituvchilik!

Barcha ustozlarimizni 1-oktyabr – "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bilan tabriklayman.

Oilangizda xotirjamlik, hayotingizda sog‘lik, baxt, ishingizda rivoj doimo hamroh bo‘lsin!

ⓒ Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER – Tarixchi o‘qituvchilar va abituriyentlar kanali!
👍2
📝 BILASIZMI?

“DOMLA” NIMA DEGANI?

DOMLA
– diniy maktab va madrasalarda talabalarni o‘qituvchi shaxs; din va shariat peshvosi. “Domla” so‘zi qachon iste’molga kirgani haqida biron ishonchli manba yo‘q. Lekin “domla” “mullo” so‘zidan olinib, uning asosida sanskritcha “dodo” (ota) so‘zi yotadi. Dastlab “mullo” so‘zi oldiga “dodo” so‘zi qo‘shilib “dodomullo” deyilgan, so‘ng qisqartirib “domullo” (“katta mulla”) bo‘lgan.

“Buxoro xattot” Telegram kanalidan olindi.

👉 @TESTLIDER — tarixchilar kanali!
👍82