#tarixiy_shaxs
GERODOT (taxminan mil. avv. 484–425-yillar) – qadimgi yunon tarixchisi. Yunonistonning Galikarnas shahrida tug‘ilgan. Gerodotning asari shartli ravishda «Istoriya» deb nom olgan. Gerodot tarixchilikka yangicha yondashuvni boshlab bergan. Lekin baribir uning asari («Istoriya» – bu asarning shuhrati tufayli fan shu nomni olgan) tom ma’noda tarixiy tadqiqot bo‘lmay, tarixiy ruhdagi badiiy asardir. Uning kitobi juda mashhur bo‘lgani, Sitseron uni «Tarix otasi» deb atagani tufayli shunday tasavvur qolib ketgan.
Bugungi tushunchadagi tarixchilikning asoschisi Gerodot emas, uning kichik zamondoshi Fukididdir. U birinchi bo‘lib zamonaviy akademik tarix faniga xos asosiy jihatlarni o‘z faoliyatida ishlata boshlagan. Bular xolislik va chuqur tekshirishdir. Fukidid Gerodotni “o‘yin-kulgi uchun hikoyalar to‘plagan”likda ham ayblagan. Gerodotning ba’zi tanqidchilari esa uni «Yolg‘onning otasi» deb atashgan.
👉 @TESTLIDER

Telegram
Do‘stlaringizga ham ulashing!
👍13❤5🥰1
7-sinf O'zbekiston tarixi (@testlider).pdf
19.9 MB
#yangi_darslik
📙 7-sinf O‘zbekiston tarixi
— Nashr: 2022-yil
— Hajm: 20 MB ❗️
— Izoh: hajmi kichik versiyasi. Ma’lumotlari hajmi katta versiyasiniki bilan bir xil.

👍28🔥7❤6👎6🐳3🤩2
10-sinf Jahon tarixi (@testlider).pdf
13.2 MB
#yangi_darslik
📙 10-sinf Jahon tarixi
— Nashr: 2022-yil
— Hajm: 13 MB ❗️
— Izoh: hajmi kichik versiyasi. Ma’lumotlari hajmi katta versiyasiniki bilan bir xil.
👉 @TESTLIDER
📙 10-sinf Jahon tarixi
— Nashr: 2022-yil
— Hajm: 13 MB ❗️
— Izoh: hajmi kichik versiyasi. Ma’lumotlari hajmi katta versiyasiniki bilan bir xil.
👉 @TESTLIDER
👍15🔥13🐳6❤4👎2
Anonymous Quiz
27%
A) temir davrida
29%
B) neolit davrida
25%
C) eneolit davrida
19%
D) bronza davrida
👍32👎8🤯6🔥3🥰3❤1
10-sinf O'zbekiston tarixi (@testlider).pdf
18.1 MB
#yangi_darslik
📙 10-sinf O‘zbekiston tarixi
— Nashr: 2022-yil
— Hajm: 18 MB ❗️
— Izoh: hajmi kichik versiyasi. Ma’lumotlari hajmi katta versiyasiniki bilan bir xil.
👉 @TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — shartnoma bilan kafolatlangan ta'lim!

🔥8👏7👍4🥰2❤1
▪️TO‘PLAM HAQIDA: 6-sinf «Qadimgi dunyo tarixi» bo‘yicha tuzilgan «Kundalik-optimal» test to‘plamida jami 2200 dan ortiq test mavjud bo‘lib, «an’anaviy» testlar, shuningdek, Eyler-Venn, grafikli, xaritali, jadvalli, mantiqiy test topshiriqlaridan iborat!
▪️MUALLIFLAR: JALOL BOLTAYEV, SHERZOD RO‘ZMETOV
▪️TELEFONLAR: (97) 299-00-66, (91) 917-33-55
🏛 @TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — ENG SARA TESTLAR VA QO‘LLANMALAR
▪️MUALLIFLAR: JALOL BOLTAYEV, SHERZOD RO‘ZMETOV
▪️TELEFONLAR: (97) 299-00-66, (91) 917-33-55
🏛 @TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — ENG SARA TESTLAR VA QO‘LLANMALAR
Telegram
Do‘stlaringizga ham ulashing!
👍10🔥1
Yuqoridagi test «TESTLIDER» turkumidagi test hisoblanadi. Variantlari ham xuddi shunday bo‘lgan testni boshqa kanalda yo guruhda ko‘rgan bo‘lsangiz, do‘stlarimiz ichki guruhdagi namunaviy testimizdan foydalanishgan.
Xullas, test plagiat emas. Noto‘g‘ri variantlar ham «TESTLIDER» mualliflari ijod mahsuli.
Bittasi plagiatda ayblagani uchun yozdim, bo‘lmasa yozmasdim. Shunga xafa bo‘lmangiz, do‘stlar. :)
Xullas, test plagiat emas. Noto‘g‘ri variantlar ham «TESTLIDER» mualliflari ijod mahsuli.
👍24🤔4👏2👎1💯1
Vaqti-vaqti bilan kanalda «Zakovat» savollarini berib borishni reja qildim. Ushbu savollar muallifi o‘zim, «Zakovat»dagi jamoam a’zolari yoki savoli qiziqarli bo‘lsa, boshqa odamlar bo‘lishi mumkin (muallif nomi yoziladi).
Hozircha murakkabroq, aniqrog‘i maktab darsliklariga daxldor bo‘lmagan savollarni joylab turaman. Keyinchalik aynan maktab darsliklaridan yoki ularga daxldor bo‘lgan savollarni ham joylayman (xullas, vaqtimga va loyihaning rivojlanishiga qarab ish tutaman).
Hozir bitta savol joylayman. To‘g‘ri javobni 21:00 da e’lon qilaman. Javobni topganlarning ism-familiyasi kanalda e’lon qilib boriladi. Javoblaringizni @JalolBoltayev_TLbot'ga jo‘natasiz.

❤5👍4
#Zakovat_Nemesis
1-savol. Savol muallifi Jalol Boltayev
Quyidagi rasmda germaniyalik faylasuf Immanuel Kantga tegishli bo‘lgan, 1755-yilda yozilgan dissertatsiyaning dastlabki sahifasi aks etgan. Biz rasmga ishlov berib, sahifaning eng tepasida aks etgan so‘zlarni o‘chirdik. Aynan ushbu so‘zlar boshqa bir kitobda istisno sifatida faqat bir o‘rindagina qo‘llanilmagan.
Diqqat, savol: ushbu o‘zbekcha bo‘lmagan so‘zlarni yozib bering.
📩 Javoblaringizni @JalolBoltayev_TLbot'ga jo‘nating.
🔔 To‘g‘ri javob va javobni topganlar 21:00 da e’lon qilinadi.

👍16❤1👎1
Fanda “Amudaryo (Oks) xazinasi” deb ataladigan buyumlar tarixini eslang. Buxorolik savdogarlar karvoni qayerda qaroqchilar qo‘liga tushib barcha mol-davlatlaridan ayrilganlar?
@TESTLIDER – Jalol Boltayev, Sherzod Ro‘zmetov
@TESTLIDER – Jalol Boltayev, Sherzod Ro‘zmetov
Anonymous Quiz
31%
A) Buxorodan Samarqandga boradigan yo‘lda
24%
B) Kobuldan Dehliga boradigan yo‘lda
33%
C) Kobuldan Peshovarga boradigan yo‘lda
13%
D) Samarqanddan va Toshkentga boradigan yo‘lda
👍19👏3🕊3🤔1🎉1🐳1
✅ 1-savolning to'g'ri javobi: Bismillahir Rohmanir Rohim (asl nusxa surati quyida ilova qilindi).
Qabul emas: Bismillah. Chunki, birinchidan, "so‘zlar" deyildi, ikkinchidan, Immanuel Kant o‘z dissertatsiyasiga "Bismillahir Rohmanir Rohim" so‘zlarini to‘liq shaklda arabcha yozuvda yozgan.
Izoh: Qur'oni Karimning faqat Tavba surasida "Bismillahir Rohmanir Rohim" so‘zlari aks etmagan. Qolgan 113 ta sura ushbu muborak so‘zlar bilan boshlanadi. Shuningdek, bunday tarzda, ya'ni kitobdagi dastlabki sahifaning eng tepasiga yozish musulmonlar orasida tarqalgan. Lekin qizig‘i shundaki, Immanuel Kant musulmon emas, agnost bo‘lgan. Kant dissertatsiyasiga nega bu so‘zlarni yozgani hozirgacha olimlarni o‘ylantirib kelmoqda.
Musulmonlar e'tiqodiga ko‘ra Alloh nomi bilan boshlangan ish xayrlidir. Biz ham birinchi savolni mazkur savol bilan boshlaganimiz bejiz emas!
ℹ️ Manbalar
👉 @TESTLIDER — ziyolilar kanali!

👍9❤3🤔1
Quyidagi obunachilarimiz 1-savolga to'g'ri javob yo'lladi.
1. Botirjon Ahmadaliyev 🥇
2. Karamaddin Perdebaev 🥈
3. Orinbasar Paxratdinov 🥉
4. Xayitmurod Xurramov
5. Suxrob Ibragimov
6. Sardor Nusratov
7. Shahzodbek Qalandarov
8. Hurriyat Akbarova
9. Abdumannob Abdufayozov
10. Rasulbek Turg'unov
1. Botirjon Ahmadaliyev 🥇
2. Karamaddin Perdebaev 🥈
3. Orinbasar Paxratdinov 🥉
4. Xayitmurod Xurramov
5. Suxrob Ibragimov
6. Sardor Nusratov
7. Shahzodbek Qalandarov
8. Hurriyat Akbarova
9. Abdumannob Abdufayozov
10. Rasulbek Turg'unov
👍20❤3👎2🤔2🔥1
Aksariyat manbalarda Spitamanning qay tariqa o‘lganligi qayd etilgan?
@TESTLIDER – eng sifatli testlar va qo‘llanmalar
@TESTLIDER – eng sifatli testlar va qo‘llanmalar
Anonymous Quiz
38%
A) Makedoniyalik Aleksandr bilan hal qiluvchi jangda halok bo‘lgan
18%
B) o‘gay singlisi tomonidan zahar berib xoinlarcha o‘ldirilgan
35%
C) ko‘chmanchi qabilalar boshliqlari tomonidan xoinlarcha o‘ldirilgan
10%
D) Karan boshchiligidagi yunon-makedon qo‘shinlari bilan jangda halok bo‘lgan
👍24👏3🤯2🔥1🤔1🤩1
📝 BILASIZMI?
6-sinf “Qadimgi dunyo tarixi” darsligida Spitamanning ko‘chmanchi qabilalar boshliqlari tomonidan xoinlarcha o‘ldirilganligi qayd etilgan.
Shuningdek, Spitamanning o‘limi haqida antik davr tarixchilari yana bir ma’lumot qoldirgan: Spitamanning xotini uni mast qiladi va boshini kesib, Aleksadrga olib boradi. Aleksandr ayol kishining bunday vahshiyligi boshqalarga o‘rnak bo‘lmasin, deb uni haydab yuboradi. Asosiy va ishonchliroq bo‘lgan ma’lumot esa Spitaman o‘z ittifoqchisi bo‘lgan skif-massagetlar tomonidan mil. avv. 328-yilda o‘ldirilganligidir.
#bilasizmi? #qiziqarli_tarixiy_maʼlumot

👍15🤯2🔥1😢1
#Zakovat_Nemesis
2-savol. Dublet. Savol muallifi Jalol Boltayev
Diqqat! Dubletning har ikkala savolida savolida almashtirishlar mavjud.
Dubletning 1-savoli:
Stiv Jobning biografiyasida yozilishicha, Jobs yangi mahsulotlar sotuvi boshlangan kunda odatda Apple do'koniga borardi. U yerda to‘plangan muxlislar uni "Alfa-elchi"ni kutib olgandek kutib olishardi.
Diqqat, savol: "alfa-elchi" so‘zi qaysi so‘z bilan almashtirilgan?
Dubletning 2-savoli:
Iphone I namoyish etilganida blogerlar uning o'sha davr uchun ko‘plab mo‘jizaviy xususiyatlaridan kelib chiqib, Iphone I ga «"betta-elchi" telefoni» laqabini qo‘yib olishdi.
Diqqat, savol: "betta-elchi" so‘zi qaysi so‘z bilan almashtirilgan?
📩 Javoblaringizni @JalolBoltayev_TLbot'ga jo‘nating.
🔔 To‘g‘ri javob va javobni topganlar 21:00 da e’lon qilinadi.
👉 @TESTLIDER — ziyolilar kanali!
2-savol. Dublet. Savol muallifi Jalol Boltayev
Diqqat! Dubletning har ikkala savolida savolida almashtirishlar mavjud.
Dubletning 1-savoli:
Stiv Jobning biografiyasida yozilishicha, Jobs yangi mahsulotlar sotuvi boshlangan kunda odatda Apple do'koniga borardi. U yerda to‘plangan muxlislar uni "Alfa-elchi"ni kutib olgandek kutib olishardi.
Diqqat, savol: "alfa-elchi" so‘zi qaysi so‘z bilan almashtirilgan?
Dubletning 2-savoli:
Iphone I namoyish etilganida blogerlar uning o'sha davr uchun ko‘plab mo‘jizaviy xususiyatlaridan kelib chiqib, Iphone I ga «"betta-elchi" telefoni» laqabini qo‘yib olishdi.
Diqqat, savol: "betta-elchi" so‘zi qaysi so‘z bilan almashtirilgan?
📩 Javoblaringizni @JalolBoltayev_TLbot'ga jo‘nating.
🔔 To‘g‘ri javob va javobni topganlar 21:00 da e’lon qilinadi.
👉 @TESTLIDER — ziyolilar kanali!
👍11
✅ 2-savolning to'g'ri javobi: 1) Muso; 2) Iso.
Qabul: Muso, Iso ismlari yonida kelgan izohlovchili javoblar. Masalan, Muso alayhissalom, Iso Masix.
Izoh: elchi so'zlarini sizni to'g'ri javobga yo'natirish uchun qo'llagan edik. Shuningdek, "mo'jizaviy" jumlasi ham Iso alayhissalomga ishoradir. Iso alayhissalomning ko'zi ojiz va moxovlarni da'volagani, o'liklarni tiriltirgani kabi rivoyatlar keng tarqalgan.
ℹ️ Manbalar:
1. Uolter Ayzekson. Stiv Jobs. - T.: "Nihol", 2019. 501-b.
2. https://www.wsj.com/articles/SB118308453151652551
3. https://en.wikipedia.org/wiki/Jesus

👍9❤1🔥1
2-savolning to'g'ri javobini faqat bitta obunchamiz topdi:
Shahzodbek Qalandarov 🏆
Shahzodbek Qalandarov 🏆
👍13👎1
▪️TEST TO‘PLAMI HAQIDA: 5-sinf «Geografiya» darsligi bo‘yicha tuzilgan «Kundalik-optimal» test to‘plamida jami 1800 dan ortiq test mavjud bo‘lib, «an’anaviy» testlar, shuningdek, xaritali, amaliy, Eyler-Venn, grafikli, jadvalli, mantiqiy test topshiriqlaridan iborat!
▪️QO‘LLANMA HAQIDA: 5-sinf «Geografiya» darsligi bo‘yicha tuzilgan «OPTIMAL SAVOL-JAVOBLAR» 1800 dan ortiq savollar va ularning javoblari mavjud. Mavzuni oson va yaxshi o‘zlashtirishingiz uchun juda katta asqatadi.
▪️MUALLIF: JALOL BOLTAYEV
▪️TELEFON: (97) 299-00-66
🏛 @TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — ENG SARA TESTLAR VA QO‘LLANMALAR
▪️QO‘LLANMA HAQIDA: 5-sinf «Geografiya» darsligi bo‘yicha tuzilgan «OPTIMAL SAVOL-JAVOBLAR» 1800 dan ortiq savollar va ularning javoblari mavjud. Mavzuni oson va yaxshi o‘zlashtirishingiz uchun juda katta asqatadi.
▪️MUALLIF: JALOL BOLTAYEV
▪️TELEFON: (97) 299-00-66
🏛 @TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — ENG SARA TESTLAR VA QO‘LLANMALAR
Telegram
Do‘stlaringizga ham ulashing!
👍6🔥3👏3
#test_tuzish_metodikasi #testologiya
Ancha paytdan beri tarix fanidan test tuzish metodikasi haqida yozaman deb yurgan edim. Chunki ko‘pincha shaxsiyga bu borada murojaatlar kelib tushadi. Aslida test tuzish metodikasi haqida ko‘plab ma’lumotlar, qo‘llanmalarni topish mumkin. Men ham barchasini bo‘lmasa-da, shunday qo‘llanmalarni o‘qib, o‘rganib chiqqanman. Ammo sifatli va to‘g‘ri test tuzishga bu qo‘llanmalarning o‘zi kamlik qilishi mumkin. Ya’ni unga amal qilish sizdan boshqa ko‘nikmalarni ham talab etadi. Masalan, “testning ilmiy jihatdan to‘g‘ri tuzilganligi” kriteriyasi mavjud bo‘lib, bu sizdan bilim yoxud xafsala, sabr talab etadi (“sabr” nega kerakligi haqida keyinroq yana yozaman).
#testologiya xeshtegi bilan ba’zi-ba’zida ma’lumotlar yozib turishni reja qildim. Vaqt masalasi tufayli barchasini bittada yoza olmayman.
Ushbu kichik maqola barchaga tushunarli bo‘lishi uchun “rasmiy til”dan chekingan holda yozilgan. Shuningdek, amaliyotda yo‘l qo‘yilayotgan real xatolardan kelib chiqilgan.
“So‘z o‘yini”ga asoslangan testlarni tuzmagan ma’qul.
1-holat. Masalan, 6-sinf “Qadimgi dunyo tarixi” darsligida “to‘quvchilik va kulolchilik neolit davrining muhim kashfiyotlaridir” degan ma’lumot mavjud. Ushbu ma’lumotdan kelib chiqqan holda “Qaysi javobda neolit davrining kashfiyotlari berilgan?” degan mazmundagi savolni tuzish mumkin. Ammo “Neolit davrining muhim kashfiyotlarini toping” mazmunidagi testni tuzib, noto‘g‘ri variantlarda esa ikkalasi ham darslikdagi neolit davrining boshqa kashfiyotlari bo‘lgan javobni qo‘yish mumkin emas, bu xato hisoblanadi. Ya’ni ushbu ma’lumotda kulolchilik va to‘quvchilik neolit davrining boshqa kashfiyotlari: dehqonchilik, chorvachilik, o‘troq turmush tarzi va boshqalardan ko‘ra muhimroq, degan mazmun berilmagan. “Neolit davrining muhim kashfiyotlarini toping” degan mazmundagi testni tuzsangiz, noto‘g‘ri variantlarda hech bo‘lmasa bittasiga paleolit, mezolit, eneolit, bronza davrlarining ixtirosini qo‘yishingiz kerak. Ammo noto‘g‘ri variantlarda ikkalasiga ham darslikdagi neolit davrining boshqa kashfiyotlarini qo‘yilsa (masalan, dehqonchilik va chorvachilik), test “so‘z o‘yini”ga asoslangan bo‘lib qoladi va «xato test» hisoblanadi (ikkita javob to‘g‘ri kelishi evaziga).
2-holat. Ushbu holat asosan test tuzish bilan endi shug‘ullanayotgan odamlarda kuzatilishi mumkin. 6-sinf “Qadimgi dunyo tarixi” darsligi 12-mavzusining “savol va topshiriqlar” qismida “Shumer o‘quvchisi zamonaviy maktab o‘quvchisi singari erta bilan maktabga shoshilardi, u darsga kech qolishdan qo‘rqardi, maktabga kelib... Hikoyani davom ettiring” degan topshiriq berilgan. Ushbu ma’lumotdan kelib, “Qayerlik o‘quvchi ertalabdan maktabga shoshgan?” degan mazmundagi savolni umuman tuzib bo‘lmaydi. Muhokamaga o‘rin qoldirmaydigan, xatoligi aniq bo‘lgan savol. Bu ham “so‘z o‘yini”ga asoslangan savoldir.
👉 @TESTLIDER — Jalol BOLTAYEV

👍11🔥1