𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
20.1K subscribers
1.27K photos
167 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
⚡️ “KAFOLATLI TA’LIM” TIZIMIMIZ HAQIDAGI 10 TA SAVOLGA JAVOB

— Savol: o‘zi nima uchun “Kafolatli ta’lim” tizimini yo‘lga qo‘ygansizlar?
— Javob: birinchidan, bu bizning o‘z metodimizga ishonchimiz kuchliligini anglatadi. Avvalo, repetitor o‘ziga ishonishi kerak. Biz o‘zimizning qay darajada ishlay olishimizni yaxshi anglaymiz va shuning uchun “kafolatli ta’lim” tizimini yo‘lga qo‘yganmiz. Ikkinchidan, abituriyentning ham ko‘ngli to‘q bo‘lishi kerak. Ya’ni bu tizimda abituriyent “men mana shu topshiriqlarni bajarsam, o‘qishga kiraman”, deb hisoblaydi.

➡️ BATAFSIL...

👉 @TESTLIDERTARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — shartnoma bilan kafolatlangan ta'lim!
🔥5👍1
⚡️TALABA BO‘LISH UCHUN NIMA KERAK? KELING, SHU PAYTGACHA AYTILGAN UMUMIY GAPLARDAN QOCHIB, ANIQ ARGUMENTLARNI KO‘RIB CHIQAMIZ!

“Shu paytgacha aytilgan gaplar” deganda «o‘qishga kirish uchun ishtiyoq, mehnat, mas’uliyat kerak» degan gapni nazarda tutdim. Bu umumiy ma’noda to‘g‘ri. Ammo bular abituriyentdan talab qilinadigan xususiyatlar. Repetitordan-chi, repetitordan nimalar talab qilinadi?!
Baza (test to‘plamlari, qo‘llanmalar va h.k.), metodika, atmosfera (chiroyli muhit), qattiqqo‘llik… Qaysi biri ustuvor?

1️⃣. “BAZA” (test to‘plamlari, qo‘llanmalar va h.k.) va METODIKA — bu ikkalasi boshqa-boshqa narsalar bo‘lsa-da, abituriyentning natijasi yaxshi chiqishi uchun bularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Masalan, ba’zida Telegramdan yozib qolishadi: “O‘quvchilarim bali past chiqdi, metodikangizni tushuntirib bersangiz” deb. Men-ku metodikamizni tushuntiraveraman. Lekin baza-chi? Bizning metodikamiz bazamizga asoslangan. Men ming metodikamizni tushuntirganim bilan unda o‘sha “baza” bo‘lmasa, bizning metodikamizni qo‘llay olmaydi. Aksincha, unda “baza”miz bo‘lib, uni o‘rni-o‘rnida qo‘llay olmasa ham natija chiqishi dargumon. Shuning uchun “baza” va metodika bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. “Baza” juda muhim narsa! To‘g‘ri, mukammal narsa bo‘lmaydi. Lekin “baza” – test to‘plamlari va qo‘llanmalarni tayyorlashda mehr va vijdon bilan yondashib, mukammallikka harakat qilish kerak. Chunki “talaba bo‘laman” deb kelgan korako‘zlar, ularning ota-onalari va asosiysi o‘z vijdonimiz oldida javobgarmiz.
Xullas, “baza” va metodika ajralmas narsalar. Va bular eng muhimi!

2️⃣. ATMOSFERA — biz o‘qigan paytda “atmosfera” tushunchasi katta ahamiyat kasb etmas edi. Ammo zamon talabi ekan, nimayam derdik… “Atmosfera” ham kerakli narsa. Masalan, abituriyentlarga beriladigan turli sovg‘alar atmosferani nisbatan ta’minlab berishi mumkin. Bu to‘g‘ri! Ammo “atmosfera zo‘r bo‘lsin!” deb oshirib yuborish, bu – vaqtni o‘g‘irlash! Ba’zi joylarda atmosfera kuchli bo‘lishi mumkin, ammo “baza” va metodika yo‘q! “Atmosfera” (e’tibor bering, qo‘shtirnoq ichidagi “atmosfera”) bor joyda “o‘qimayotgan” bola ham o‘zini “o‘qib yuribman” deb o‘ylab yuraveradi. Aniqrog‘i nima qilib yurganini bilmaydi.
Xullas, atmosfera kerak. Lekin har narsaning me’yori yaxshi. Faqatgina turli sayohatlar, bepul tushlik, jo‘shqin qo‘shiqlar, motivatsion treninglar sizni o‘qishga kiritib qo‘ymaydi. Aytishingiz mumkin, “kirishyapti-ku” deb. Yaxshi “baza” va metodikasiz ham kirish mumkin, ammo bu faqat vunderkindlargagina nasib qiladi. Qolganlar esa o‘qishdan yiqilsa, ayb nimadaligini ham anglamasligi mumkin. Va “Tirik qolganlarning tizimli xatosi”ga aldanganlarning tipik namoyondasi bo‘ladi-qoladi (“Tirik qolganlarning tizimli xatosi” haqida keyinroq gaplashamiz).

3️⃣. QATTIQQO‘LLIK — menga chet tilidan dars bergan o‘qituvchimning abituriyentlarga aytadigan ajoyib gapi bor edi: “sen odamsan, hayvonga qattiqqo‘llik qilinadi” degan (men bu gapni aytsam, qo‘polroq chiqadi. Ustozim esa o‘z shevasida juda ta’sirli va chiroyli qilib aytardi).
Bu gapni mavzuga tushgani uchun yozdim, xolos. Qattiqqo‘llik ham kerak. Ammo shuni anglashimiz kerakki, “baza” va metodika mukammal bo‘lsa, qattiqqo‘llikka hojat qolmaydi. Ya’ni o‘quvchi shu “baza” va metodika orqali o‘zining haqiqatan rivojlanayotganini his qilib tursa, unga qattiqqo‘llik shart bo‘lmay qoladi. Lekin “besh qo‘l barobar emas” deganlaridek, qattiqqo‘llikni talab etadigan o‘quvchilar ham yo‘q emas. Ular o‘zini qattiq nazoratda tutib turishni talab etadi.
Aytmoqchi bo‘lganim, “baza” va metodika bo‘lmasa, abituriyentni ming urasizmi-so‘kasizmi, o‘qishga kirib qolmaydi.

👉 @TESTLIDERTARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — shartnoma bilan kafolatlangan ta'lim!
👍12
KUN TARIXI

BUGUN 1-SENTABR

• 1991-yil 1-sentabr (bundan 31 yil oldin)
– O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni.

• 1914-yil 1-sentabr (bundan 108 yil oldin) – Rossiya imperiyasining poytaxti Sankt Peterburg nomi “Petrograd” deb o‘zgartirildi. Bu urush paytidagi nemislarga qarshi kayfiyatga borib taqaladi. Chunki Sankt Peterburg nemischa eshitilardi. Shuning uchun imperator hukumati Petrograd deb o‘zgartirgan (hozirgi kunda bu shahar yana Sankt Peterburg deb nomlanadi).

• 1939-yil 1-sentabr (bundan 83 yil oldin) – Ikkinchi jahon urushi boshlandi. Britaniyalik jurnalist va yozuvchi Kler Xollingvort Ikkinchi jahon urushining boshlangani haqida xabar bergan birinchi jurnalist sifatida tarixga kirdi.

👉 @TESTLIDER tarixchilar uchun qiziqarli ma’lumotlar
👍9
⚡️ Sherzod Ro‘zmetov va Jalol Boltayevning tarix, geografiya, huquq fanlaridan tayyorlov kurslariga qabul davom etmoqda!

📌 Tayyorgarlik ko‘rishni xohlovchilar 5-sentabr kuni soat 15:00 da “Arastu” o‘quv markaziga kelishlari so‘raladi
(lokatsiya).

O‘QUV KURSLARIMIZNING AFZALLIKLARI:
💯 Shartnoma bilan kafolatlangan ta’lim;
©️
📈 Aniq maqsad asosida ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tgan progressiv metodika;
📚 Mukammal “baza” – test to‘plamlari, qo‘llanmalar, ta’limiy kompyuter dasturlari;
🥇 Raqobatga asoslangan atmosfera

👉 KURS HAQIDA BATAFSIL MA’LUMOT VA BU YILGI NATIJALARIMIZDAN NAMUNALAR

👉 @TESTLIDERTARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — shartnoma bilan kafolatlangan ta'lim!
👍3
⚡️BIZDA “HUQUQ FANI” (HUQUQIY FANLAR) QANDAY O‘RGATILADI?

1️⃣ Abituriyentga avvalo har bir darslik bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” beriladi. “Yo‘l xaritasi”da darslikni o‘zlashtirish davomida amalga oshiriladigan topshiriqlar ketma-ketligi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

2️⃣ O‘quvchilarga mavzular taqdimotlar (prezentatsiya, video, infografika va h.k.) orqali tushuntirib beriladi.

3️⃣ O‘quvchilarga “Kundalik-optimal” nomli test to‘plami beriladi. Ushbu test to‘plami abituriyentning “uyga vazifa”sidir. Masalan, 8-sinf “O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari” darsligining “Kundalik-optimal” test to‘plamida jami 1000 tadan ortiq test mavjud. Bu degani abituriyent har darsga o‘rtacha 100–150 ta testni uyida ishlab kelishi kerak.

4️⃣ O‘quvchilar mavzularni topshirib bo‘lgach, o‘quv markazimizdagi kompyuterlarda shu mavzularning testini ishlashadi. Ya’ni har darsda 100–150 ta testni nazorat ostida kompyuterda ishlashadi. Bu fan doirasidagi bilimlaringizni oshirish, xotirada uzoq vaqt saqlab qolish uchun eng optimal metoddir.

5️⃣ Har bob yakunida sinov tarzida “Saylanma” test ishlashadi.

6️⃣ Har kitob yakunida sovrinli “Konkurs test” o‘tkaziladi.

7️⃣ Abituriyentning kurs davomidagi natijalari (masalan, kundalik testlar, “Kompyuter test”lardagi) uning “Reyting daftarchasi”ga belgilab boriladi va darslik bo‘yicha shu reyting daftarchasi asosida “Yakuniy o‘zlashtirish darajasi” chiqariladi (kompyuterda). So‘ngra ota-onasiga xabar yuboriladi.

Bu yerda metod haqida umumiy, qisqacha yozdim. Hali metodning tartibi va tizimi bor. “Muhr”, “Monitoring” kabi tushunchalar ham mavjud. Bularni o‘quv markazimizga 5-sentabrda tashrif buyurganingizda tushuntirib beramiz.

• Repetitorlar: Sherzod Ro‘zmetov, Jalol Boltayev
• Telefon: (97) 299-00-66
• Manzil: Xorazm v., Urganch sh., «Arastu» o‘quv markazi
• Mo‘ljal: UrDU ro‘parasida, «Adidas» do‘konining yon tomonida
• Telegram orqali bog‘lanish: @JalolBoltayev
👍5🔥2
Repetitorlik faoliyatida o‘zimizga qo‘ygan prinsiplarimiz bor:

1. Bizda tayyorlanadigan abituriyent “bozor”ga muhtoj bo‘lmasin. Chunki abituriyentni faqat “bozor”dagi materiallar bilan o‘qitib, undan pul olish… Bu bizning prinsiplarimizga zid.

2. Biz beradigan materiallarni abituriyent “bozor”dan topa olmasin. Ya’ni, abituriyentga bozordan ham topish mumkin bo‘lgan materiallarni berib, kurs o‘tish va pul olish mantig‘imga va vijdonimga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun har bir o‘quv qo‘llanmamizni maksimal darajada sifatli qilishga harakat qilamiz. «“Bozor”da ham bor-ku mavzulashtirilgan, boblashtirilgan testlar», deb aytishingiz mumkin, ammo sifat masalasi ham bor. “Mavzulashtirilgan” yoki qandaydir jarangli nomdagi barcha o‘quv qo‘llanmalari ham sifatli bo‘lavermaydi. Ko‘pchilik buni farqlay oladi (salohiyatli abituriyentlar, tajribali o‘qituvchilar, “middle” va “senior” testologlar va h.k.). Ya’ni prinsipimga ko‘ra, bizning testlar, umuman barcha materiallar “bozor”dagidan farq qilib tursin, o‘rtacha darajadagi abituriyentni ham maksimal natijaga olib chiqadigan darajada bo‘lsin.
Shuningdek, bilimning rivojiga haqiqatan xizmat qiluvchi, o‘z g‘oyamiz asosida qandaydir materiallar yaratishga harakat qilamiz. Bunga tarix va geografiya fanlari doirasidagi “E-Xronika”, “Vizual, animatsion xaritalar” kabi ta’limiy dasturlarimiz misol. “Vizual, animatsion xaritalar” dasturini ishlab chiqish uchun “CorelDRAW” dasturini ham bilish kerak. Bunday ta’limiy dasturlarni topish mushkul (nomi shundaylarini topishingiz mumkin lekin :)).
Ammo bu degani “bozor”dagi hamma material sifatsiz degani emas. Sifatlilari bor. Agar haqiqatan o‘shanday turdagi sifatli material bizda bo‘lmasa, foydalanishimiz mumkin. Ammo bunday holat kamdan kam bo‘ladi. “Mavzulashtirilgan testlar”, “savol-javoblar”, “kompyuter testlar”, “boblashtirilgan testlar” tipidagi materiallar to‘liq mualliflikka ega (“Kafolat tizimi” bo‘lgani uchun bu borada ehtiyot bo‘lishimiz ham kerak, albatta).
Bir gapni aytib o‘tishim kerak: qandaydir material tayyorlayotganda professional darajada ishlaydigan, ikir-chikirigacha e’tibor beradigan ba’zi ustozlarni ham bilaman. Ularning mualliflik huquqini saqlagan holda ba’zi materiallaridan foydalanib turamiz (yuqorida aytib o‘tilganlarda emas. Ular to‘liq mualliflik).
Xullas, aytmoqchi bo‘lganim, o‘zimiz bir ish qilmasdan faqat “savol-javob”, “niqtab turish” uchun pul olishga vijdonim yo‘l qo‘ymaydi.

(davomi bo‘lishi mumkin)

(c) Jalol Boltayev
👍133🔥2🙏2
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Agar «baza»ni o‘zimiz tuzmasdan, faqat boshqalardan olib kurs o‘tsak, «savol-javob» va «niqtab turganim» uchun kurs narxini 25 ming so‘m qilib qo‘ygan bo‘lardim 🙃.
Dizlayk bosayotgan obunachilarim, dizlayk sababini shaxsiyga yozsangiz, ko‘rib chiqaman. O‘rinli bo'lsa, postga to‘ldirish kiritaman yoki xato gapirgan bo‘lsam, tan olaman. Bu boradagi turli qarashlar men uchun ham juda qiziq.
👍152🥰1
Ijtimoiy so‘rovnoma

Sizning fikringiz qanday (bu boradagi o‘zimning qarashlarimni keyinroq yozaman)?
Anonymous Poll
58%
o‘qituvchilik > repetitorlik
42%
o‘qituvchilik < repetitorlik
👍164🥰2🔥1
Kurslarimizga ro‘yxatdan o‘tganlar diqqatiga!

Ertaga 15:00 da o‘quv markazimizga kelishingiz so‘raladi.

• Repetitorlar: Sherzod Ro‘zmetov, Jalol Boltayev
• Telefon: (97) 299-00-66
• Manzil: Xorazm v., Urganch sh., «Arastu» o‘quv markazi
• Mo‘ljal: UrDU ro‘parasida, «Adidas» do‘konining yon tomonida
Lokatsiya
Telegram orqali bog‘lanish
👍6🤔1
«OPTIMAL QO‘LLANMA» (№2)

▪️6-sinf «Qadimgi dunyo tarixi» darsligi asosida (yangi nashr)
▪️Mualliflar: Jalol Boltayev, Sherzod Ro‘zmetov
▪️Telefon: (97) 299-00-66, (91) 917-33-55
▪️Manzil: Xorazm v., Urganch sh.

@TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — shartnoma bilan kafolatlangan ta'lim!
🔥9👍32👎1
⚡️Ona tili va adabiyot fani repetitori Bozirgon Rahimboyevning kurslariga qabul davom etmoqda!

🔔 Darslar 14-sentabrdan boshlanadi
.

📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefon: (90) 090-58-85

📍 Urganch shahrida: UrDU ro'parasida, "Bisyor" kafesining yonida
📍 Shovot tumanida: "Uztex" ro'parasida
👍5
#tarixiy_shaxs

GERODOT
(taxminan mil. avv. 484–425-yillar) – qadimgi yunon tarixchisi. Yunonistonning Galikarnas shahrida tug‘ilgan. Gerodotning asari shartli ravishda «Istoriya» deb nom olgan. Gerodot tarixchilikka yangicha yondashuvni boshlab bergan. Lekin baribir uning asari («Istoriya» – bu asarning shuhrati tufayli fan shu nomni olgan) tom ma’noda tarixiy tadqiqot bo‘lmay, tarixiy ruhdagi badiiy asardir. Uning kitobi juda mashhur bo‘lgani, Sitseron uni «Tarix otasi» deb atagani tufayli shunday tasavvur qolib ketgan.
Bugungi tushunchadagi tarixchilikning asoschisi Gerodot emas, uning kichik zamondoshi Fukididdir. U birinchi bo‘lib zamonaviy akademik tarix faniga xos asosiy jihatlarni o‘z faoliyatida ishlata boshlagan. Bular xolislik va chuqur tekshirishdir. Fukidid Gerodotni “o‘yin-kulgi uchun hikoyalar to‘plagan”likda ham ayblagan. Gerodotning ba’zi tanqidchilari esa uni «Yolg‘onning otasi» deb atashgan.

👉 @TESTLIDER
👍135🥰1
7-sinf O'zbekiston tarixi (@testlider).pdf
19.9 MB
#yangi_darslik

📙 7-sinf O‘zbekiston tarixi
— Nashr: 2022-yil
— Hajm: 20 MB ❗️
— Izoh: hajmi kichik versiyasi. Ma’lumotlari hajmi katta versiyasiniki bilan bir xil.

👉
@TESTLIDER
👍28🔥76👎6🐳3🤩2
10-sinf Jahon tarixi (@testlider).pdf
13.2 MB
#yangi_darslik

📙 10-sinf Jahon tarixi
— Nashr: 2022-yil
— Hajm: 13 MB ❗️
— Izoh: hajmi kichik versiyasi. Ma’lumotlari hajmi katta versiyasiniki bilan bir xil.

👉
@TESTLIDER
👍15🔥13🐳64👎2
🔥11👍85👎2
O‘rta Osiyoda ilk shaharlar va davlatlar qaysi davrda vujudga kelgan?

@TESTLIDER
Anonymous Quiz
27%
A) temir davrida
29%
B) neolit davrida
25%
C) eneolit davrida
19%
D) bronza davrida
👍32👎8🤯6🔥3🥰31
10-sinf O'zbekiston tarixi (@testlider).pdf
18.1 MB
#yangi_darslik

📙 10-sinf O‘zbekiston tarixi
— Nashr: 2022-yil
— Hajm: 18 MB ❗️
— Izoh: hajmi kichik versiyasi. Ma’lumotlari hajmi katta versiyasiniki bilan bir xil.

👉
@TESTLIDERTARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — shartnoma bilan kafolatlangan ta'lim!
🔥8👏7👍4🥰21
▪️TO‘PLAM HAQIDA: 6-sinf «Qadimgi dunyo tarixi» bo‘yicha tuzilgan «Kundalik-optimal» test to‘plamida jami 2200 dan ortiq test mavjud bo‘lib, «an’anaviy» testlar, shuningdek, Eyler-Venn, grafikli, xaritali, jadvalli, mantiqiy test topshiriqlaridan iborat!

▪️MUALLIFLAR: JALOL BOLTAYEV, SHERZOD RO‘ZMETOV

▪️TELEFONLAR:
(97) 299-00-66, (91) 917-33-55

🏛
@TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — ENG SARA TESTLAR VA QO‘LLANMALAR
👍10🔥1
Yuqoridagi test «TESTLIDER» turkumidagi test hisoblanadi. Variantlari ham xuddi shunday bo‘lgan testni boshqa kanalda yo guruhda ko‘rgan bo‘lsangiz, do‘stlarimiz ichki guruhdagi namunaviy testimizdan foydalanishgan.

Xullas, test plagiat emas. Noto‘g‘ri variantlar ham «TESTLIDER» mualliflari ijod mahsuli.

Bittasi plagiatda ayblagani uchun yozdim, bo‘lmasa yozmasdim. Shunga xafa bo‘lmangiz, do‘stlar. :)
👍24🤔4👏2👎1💯1