𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
20.1K subscribers
1.27K photos
167 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
G'aniyeva Surayyo

🏛 Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Tarix

• Tarix: 25
• Ona tili: 7
• Matematika: 8
• O‘zbekiston tarixi: 8

Jami ball: 142.70

✳️
@TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ.
SHERZOD RO‘ZMETOV, JALOL BOLTAYEV
🔥4
Gulimmatova Matluba

🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti
Yurisprudensiya

• Tarix: 27
• Ingliz tili: 19
• Ona tili: 5
• Matematika: 3
• O‘zbekiston tarixi: 10

Jami ball: 143.40

✳️
@TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ.
SHERZOD RO‘ZMETOV, JALOL BOLTAYEV
👍3🔥3
Ilivbayeva Dinara

🏛 Nukus davlat pedagogika instituti
Pedagogika

• Tarix: 25
• Ona tili va adabiyot: 23
• Ona tili: 9
• Matematika: 4
• O‘zbekiston tarixi: 9

Jami ball: 150.00

✳️
@TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ.
SHERZOD RO‘ZMETOV, JALOL BOLTAYEV
4
Jumaboyev Shixnazar

• Tarix: 28
• O‘zbekiston tarixi: 10
• Ona tili: 5
• Matematika: 4

Jami ball: 145.50

✳️
@TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ.
SHERZOD RO‘ZMETOV, JALOL BOLTAYEV
🔥5👍2
Maratov Otaxon

🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha)

• Tarix: 27
• Fransuz tili: 21
• Ona tili: 8
• Matematika: 10
• O‘zbekiston tarixi: 10

Jami ball: 158.60

✳️
@TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ.
SHERZOD RO‘ZMETOV, JALOL BOLTAYEV
👍5🔥2
Matchanova Marxabo

🏛 Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti
Tarix

• Tarix: 25
• Ona tili: 7
• Matematika: 4
• O‘zbekiston tarixi: 10

Jami ball: 146.80

✳️
@TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ.
SHERZOD RO‘ZMETOV, JALOL BOLTAYEV
🔥4
Matvafayeva Mohichehra

🏛 Urganch davlat universiteti
Tarix (mamlakat va yo'nalishlar bo'yicha)

• Tarix: 28
• Ona tili: 10
• Matematika: 2
• O‘zbekiston tarixi: 10

Jami ball: 154.10

✳️
@TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ.
SHERZOD RO‘ZMETOV, JALOL BOLTAYEV
🔥5
Odamboyev Rashidbek

🏛 O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Xalqaro munosabatlar

• Tarix: 29
• Ingliz tili: 21
• Ona tili: 8
• Matematika: 8
• O‘zbekiston tarixi: 10

Jami ball: 162.60

✳️
@TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ.
SHERZOD RO‘ZMETOV, JALOL BOLTAYEV
👍4🔥4
Otayeva Dinora

🏛 Urganch davlat universiteti
Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi

• Tarix: 25
• Ona tili va adabiyot: 23
• Ona tili: 9
• Matematika: 6
• O‘zbekiston tarixi: 10

Jami ball: 162.60

✳️
@TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ.
SHERZOD RO‘ZMETOV, JALOL BOLTAYEV
🔥4👍3👏1
Polvonnazirova Munira

🏛 Urganch davlat universiteti
Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi

• Tarix: 28
• Ona tili va adabiyot: 20
• Ona tili: 7
• Matematika: 6
• O‘zbekiston tarixi: 10

Jami ball: 154.10

✳️
@TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ.
SHERZOD RO‘ZMETOV, JALOL BOLTAYEV
3👍3🔥1
Samandarov Sherzodbek

🏛 Qoraqalpoq davlat universiteti
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha)

• Tarix: 26
• Ingliz tili: 25
• Ona tili: 7
• Matematika: 6
• O'zbekiston tarixi: 9

Jami ball: 158.40

✳️
@TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ.
SHERZOD RO‘ZMETOV, JALOL BOLTAYEV
👍3🔥32
Xolboyeva Zulayxo

🏛 Toshkent davlat chirchiq pedagogika instituti
Tarix

• Tarix: 27
• Ona tili: 7
• Matematika: 3
• O'zbekiston tarixi: 9

Jami ball: 158.40

✳️
@TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ.
SHERZOD RO‘ZMETOV, JALOL BOLTAYEV
👍9👎2
«GEOGRAFIYA FANIDAN OPTIMAL SAVOL-JAVOBLAR»

▪️5-sinf «Geografiya» darsligi asosida
▪️Muallif: Jalol Boltayev
▪️Telefon: (97) 299-00-66

👉 @TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ.
👍9
⚡️BIZDA TARIX FANI QANDAY O‘RGATILADI?

1️⃣ Abituriyentga avvalo har bir darslik bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” beriladi. “Yo‘l xaritasi”da darslikni o‘zlashtirish davomida amalga oshiriladigan topshiriqlar ketma-ketligi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

2️⃣ O‘quvchilarga “Kundalik-optimal” nomli test to‘plami beriladi. Ushbu test to‘plami abituriyentning “uyga vazifa”sidir. Masalan, 6-sinf darsligining “Kundalik-optimal” test to‘plamida jami 2000 tadan ortiq test mavjud. Bu degani abituriyent har darsga o‘rtacha 200–250 ta testni uyida ishlab kelishi kerak.

3️⃣ O‘quvchilar mavzularni topshirib bo‘lgach, o‘quv markazimizdagi kompyuterlarda shu mavzularning testini ishlashadi. Ya’ni har darsda 200–250 ta testni nazorat ostida kompyuterda ishlashadi. Bu fan doirasidagi bilimlaringizni oshirish, xotirada uzoq vaqt saqlab qolish uchun eng optimal metoddir.

4️⃣ Har bob yakunida sinov tarzida “Saylanma” test ishlashadi.

5️⃣ Har kitob yakunida sovrinli “Konkurs test” o‘tkaziladi.

6️⃣ Har kitob yakunida “E-Xronika” dasturi ishlanadi. “E-Xronika”, bu – elektron xronologiya bo‘lib, tarixdagi yil va davrlarni eslab qolishning eng optimal usuli hisoblanadi.

7️⃣ Tarixni yaxshi o‘rganish uchun xaritani ham o‘rganish zarur. Tarix atlaslari va yozuvsiz xaritalarni samarali o‘rgatish uchun “Vizual, animatsion xarita” dasturini ishlab chiqqanmiz. Bu usul xaritalarni o‘rganishning eng samarali usuli hisoblanadi.

8️⃣ Abituriyentning kurs davomidagi natijalari (masalan, kundalik testlar, “Kompyuter test”lardagi) uning “Reyting daftarchasi”ga belgilab boriladi va darslik bo‘yicha shu reyting daftarchasi asosida “Yakuniy o‘zlashtirish darajasi” chiqariladi (kompyuterda). So‘ngra ota-onangizga xabar yuboriladi.

• Repetitorlar: Jalol Boltayev, Sherzod Ro‘zmetov
• Telefon: (97) 299-00-66, (91) 917-33-55
• Manzil: Xorazm v., Urganch sh., «Arastu» o‘quv markazi
• Mo‘ljal: UrDU ro‘parasida, «Adidas» do‘konining yon tomonida
Lokatsiya
Telegram orqali bog‘lanish

👉 @TESTLIDER — TARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQshartnoma bilan kafolatlangan ta'lim!
👍7🔥7
«OPTIMAL QO‘LLANMA» KITOBIDAN

📝 Ushbu infografik qo‘llanma orqali “miloddan avvalgi” va “milodiy” tushunchalarini oson va tez o‘rganib olasiz!

▪️6-sinf «Qadimgi dunyo tarixi» darsligi asosida
▪️Repetitorlar: Jalol Boltayev, Sherzod Ro‘zmetov
▪️Telefon: (97) 299-00-66

👉 @TESTLIDERTARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — shartnoma bilan kafolatlangan ta'lim!
👍5🔥3
⚡️BIZDA GEOGRAFIYA FANI QANDAY O‘RGATILADI?

1️⃣ Abituriyentga avvalo har bir darslik bo‘yicha Yo‘l xaritasi beriladi. “Yo‘l xaritasi”da darslikni o‘zlashtirish davomida amalga oshiriladigan topshiriqlar ketma-ketligi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

2️⃣ O‘quvchilarga mavzular taqdimotlar (prezentatsiya, video, infografika va h.k.) orqali tushuntirib beriladi. Masalan, Amerika qit’asi bo‘yicha tayyorlagan infografikamizni havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

3️⃣ O‘quvchilarga har bir darslik bo‘yicha Optimal savol-javoblar nomli o‘quv qo‘llanmasi beriladi. Ushbu o‘quv qo‘llanmasi orqali o‘quvchilar mavzuni oson va tezroq o‘zlashtirishi mumkin (albatta, abituriyent avvalo darslikning o‘zini, keyin “Optimal savol-javoblar”ni o‘qishi kerak).

4️⃣ O‘quvchilarga “Kundalik-optimal” test to‘plami beriladi. Ushbu test to‘plami abituriyentning “uyga vazifa”sidir. Masalan, 9-sinf “Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” darsligining “Kundalik-optimal” test to‘plamida jami 3000 tadan ortiq test mavjud. Bu degani har darsga o‘rtacha 200–300 ta testni uyida ishlab kelishi kerak.

5️⃣ O‘quvchilar mavzularni topshirib bo‘lgach, o‘quv markazimizdagi kompyuterlarda shu mavzularning testini ishlashadi. Ya’ni har darsda 200–300 ta testni kompyuterda ishlashadi (nazorat ostida). Bu fan doirasidagi bilimlaringizni oshirish, xotirada uzoq vaqt saqlab qolish uchun eng optimal metoddir.

6️⃣ Geografiyani o‘rganish uchun avvalo “xarita”ni bilish kerak. Geografik atlaslar va yozuvsiz xaritalarni samarali o‘rgatish uchun Vizual, animatsion xarita dasturini ishlab chiqqanmiz. Bu usul xaritalarni o‘rganishning eng samarali usuli hisoblanadi. 💡

6️⃣ Amaliy mashg‘ulot”lar ham geografiyaning ajralmas bir qismidir. “Amaliy mashg‘ulot”lar videodarslar, maxsus testlar (qog‘ozda va kompyuterda) orqali o‘rgatiladi.

7️⃣ Abituriyentning kurs davomidagi natijalari (masalan, kundalik testlar, “Kompyuter test”lardagi) uning Reyting daftarchasiga belgilab boriladi va darslik bo‘yicha shu reyting daftarchasi asosida “Yakuniy o‘zlashtirish darajasi” chiqariladi (kompyuterda). So‘ngra ota-onangizga ma’lumotnoma yuboriladi (bu biz uchun ham, siz uchun ham mas’uliyat deganidir. Bu ma’lumotnoma hujjat vazifasini o’taydi).

8️⃣ Shuningdek, kurs davomida boblashtirilgan “Sinov test”lar, sovrinli “Konkurs test”lar ham o‘tkaziladi. Ammo geografiya bo‘yicha bilimlariningizni intensiv rivojlantiruvchi asosiy usullar 2, 3, 4, 5, 6, 7-bandlarda berilgan metodlardir.

Bu yerda metod haqida umumiy, qisqacha yozdim. Hali metodning tartibi va tizimi bor. “Muhr”, “Monitoring” kabi tushunchalar ham mavjud. Bularni o‘quv markazimizga 5-sentabrda tashrif buyurganingizda tushuntirib beramiz.

• Repetitorlar: Jalol Boltayev, Sherzod Ro‘zmetov
• Telefon: (97) 299-00-66
• Manzil: Xorazm v., Urganch sh., «Arastu» o‘quv markazi
• Mo‘ljal: UrDU ro‘parasida, «Adidas» do‘konining yon tomonida

👉 @TESTLIDERTARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — shartnoma bilan kafolatlangan ta'lim!
👍6🥰3🔥2🌚1
⚡️ “KAFOLATLI TA’LIM” TIZIMIMIZ HAQIDAGI 10 TA SAVOLGA JAVOB

— Savol: o‘zi nima uchun “Kafolatli ta’lim” tizimini yo‘lga qo‘ygansizlar?
— Javob: birinchidan, bu bizning o‘z metodimizga ishonchimiz kuchliligini anglatadi. Avvalo, repetitor o‘ziga ishonishi kerak. Biz o‘zimizning qay darajada ishlay olishimizni yaxshi anglaymiz va shuning uchun “kafolatli ta’lim” tizimini yo‘lga qo‘yganmiz. Ikkinchidan, abituriyentning ham ko‘ngli to‘q bo‘lishi kerak. Ya’ni bu tizimda abituriyent “men mana shu topshiriqlarni bajarsam, o‘qishga kiraman”, deb hisoblaydi.

➡️ BATAFSIL...

👉 @TESTLIDERTARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — shartnoma bilan kafolatlangan ta'lim!
🔥5👍1
⚡️TALABA BO‘LISH UCHUN NIMA KERAK? KELING, SHU PAYTGACHA AYTILGAN UMUMIY GAPLARDAN QOCHIB, ANIQ ARGUMENTLARNI KO‘RIB CHIQAMIZ!

“Shu paytgacha aytilgan gaplar” deganda «o‘qishga kirish uchun ishtiyoq, mehnat, mas’uliyat kerak» degan gapni nazarda tutdim. Bu umumiy ma’noda to‘g‘ri. Ammo bular abituriyentdan talab qilinadigan xususiyatlar. Repetitordan-chi, repetitordan nimalar talab qilinadi?!
Baza (test to‘plamlari, qo‘llanmalar va h.k.), metodika, atmosfera (chiroyli muhit), qattiqqo‘llik… Qaysi biri ustuvor?

1️⃣. “BAZA” (test to‘plamlari, qo‘llanmalar va h.k.) va METODIKA — bu ikkalasi boshqa-boshqa narsalar bo‘lsa-da, abituriyentning natijasi yaxshi chiqishi uchun bularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Masalan, ba’zida Telegramdan yozib qolishadi: “O‘quvchilarim bali past chiqdi, metodikangizni tushuntirib bersangiz” deb. Men-ku metodikamizni tushuntiraveraman. Lekin baza-chi? Bizning metodikamiz bazamizga asoslangan. Men ming metodikamizni tushuntirganim bilan unda o‘sha “baza” bo‘lmasa, bizning metodikamizni qo‘llay olmaydi. Aksincha, unda “baza”miz bo‘lib, uni o‘rni-o‘rnida qo‘llay olmasa ham natija chiqishi dargumon. Shuning uchun “baza” va metodika bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. “Baza” juda muhim narsa! To‘g‘ri, mukammal narsa bo‘lmaydi. Lekin “baza” – test to‘plamlari va qo‘llanmalarni tayyorlashda mehr va vijdon bilan yondashib, mukammallikka harakat qilish kerak. Chunki “talaba bo‘laman” deb kelgan korako‘zlar, ularning ota-onalari va asosiysi o‘z vijdonimiz oldida javobgarmiz.
Xullas, “baza” va metodika ajralmas narsalar. Va bular eng muhimi!

2️⃣. ATMOSFERA — biz o‘qigan paytda “atmosfera” tushunchasi katta ahamiyat kasb etmas edi. Ammo zamon talabi ekan, nimayam derdik… “Atmosfera” ham kerakli narsa. Masalan, abituriyentlarga beriladigan turli sovg‘alar atmosferani nisbatan ta’minlab berishi mumkin. Bu to‘g‘ri! Ammo “atmosfera zo‘r bo‘lsin!” deb oshirib yuborish, bu – vaqtni o‘g‘irlash! Ba’zi joylarda atmosfera kuchli bo‘lishi mumkin, ammo “baza” va metodika yo‘q! “Atmosfera” (e’tibor bering, qo‘shtirnoq ichidagi “atmosfera”) bor joyda “o‘qimayotgan” bola ham o‘zini “o‘qib yuribman” deb o‘ylab yuraveradi. Aniqrog‘i nima qilib yurganini bilmaydi.
Xullas, atmosfera kerak. Lekin har narsaning me’yori yaxshi. Faqatgina turli sayohatlar, bepul tushlik, jo‘shqin qo‘shiqlar, motivatsion treninglar sizni o‘qishga kiritib qo‘ymaydi. Aytishingiz mumkin, “kirishyapti-ku” deb. Yaxshi “baza” va metodikasiz ham kirish mumkin, ammo bu faqat vunderkindlargagina nasib qiladi. Qolganlar esa o‘qishdan yiqilsa, ayb nimadaligini ham anglamasligi mumkin. Va “Tirik qolganlarning tizimli xatosi”ga aldanganlarning tipik namoyondasi bo‘ladi-qoladi (“Tirik qolganlarning tizimli xatosi” haqida keyinroq gaplashamiz).

3️⃣. QATTIQQO‘LLIK — menga chet tilidan dars bergan o‘qituvchimning abituriyentlarga aytadigan ajoyib gapi bor edi: “sen odamsan, hayvonga qattiqqo‘llik qilinadi” degan (men bu gapni aytsam, qo‘polroq chiqadi. Ustozim esa o‘z shevasida juda ta’sirli va chiroyli qilib aytardi).
Bu gapni mavzuga tushgani uchun yozdim, xolos. Qattiqqo‘llik ham kerak. Ammo shuni anglashimiz kerakki, “baza” va metodika mukammal bo‘lsa, qattiqqo‘llikka hojat qolmaydi. Ya’ni o‘quvchi shu “baza” va metodika orqali o‘zining haqiqatan rivojlanayotganini his qilib tursa, unga qattiqqo‘llik shart bo‘lmay qoladi. Lekin “besh qo‘l barobar emas” deganlaridek, qattiqqo‘llikni talab etadigan o‘quvchilar ham yo‘q emas. Ular o‘zini qattiq nazoratda tutib turishni talab etadi.
Aytmoqchi bo‘lganim, “baza” va metodika bo‘lmasa, abituriyentni ming urasizmi-so‘kasizmi, o‘qishga kirib qolmaydi.

👉 @TESTLIDERTARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — shartnoma bilan kafolatlangan ta'lim!
👍12
KUN TARIXI

BUGUN 1-SENTABR

• 1991-yil 1-sentabr (bundan 31 yil oldin)
– O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni.

• 1914-yil 1-sentabr (bundan 108 yil oldin) – Rossiya imperiyasining poytaxti Sankt Peterburg nomi “Petrograd” deb o‘zgartirildi. Bu urush paytidagi nemislarga qarshi kayfiyatga borib taqaladi. Chunki Sankt Peterburg nemischa eshitilardi. Shuning uchun imperator hukumati Petrograd deb o‘zgartirgan (hozirgi kunda bu shahar yana Sankt Peterburg deb nomlanadi).

• 1939-yil 1-sentabr (bundan 83 yil oldin) – Ikkinchi jahon urushi boshlandi. Britaniyalik jurnalist va yozuvchi Kler Xollingvort Ikkinchi jahon urushining boshlangani haqida xabar bergan birinchi jurnalist sifatida tarixga kirdi.

👉 @TESTLIDER tarixchilar uchun qiziqarli ma’lumotlar
👍9
⚡️ Sherzod Ro‘zmetov va Jalol Boltayevning tarix, geografiya, huquq fanlaridan tayyorlov kurslariga qabul davom etmoqda!

📌 Tayyorgarlik ko‘rishni xohlovchilar 5-sentabr kuni soat 15:00 da “Arastu” o‘quv markaziga kelishlari so‘raladi
(lokatsiya).

O‘QUV KURSLARIMIZNING AFZALLIKLARI:
💯 Shartnoma bilan kafolatlangan ta’lim;
©️
📈 Aniq maqsad asosida ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tgan progressiv metodika;
📚 Mukammal “baza” – test to‘plamlari, qo‘llanmalar, ta’limiy kompyuter dasturlari;
🥇 Raqobatga asoslangan atmosfera

👉 KURS HAQIDA BATAFSIL MA’LUMOT VA BU YILGI NATIJALARIMIZDAN NAMUNALAR

👉 @TESTLIDERTARIX, GEOGRAFIYA, HUQUQ — shartnoma bilan kafolatlangan ta'lim!
👍3
⚡️BIZDA “HUQUQ FANI” (HUQUQIY FANLAR) QANDAY O‘RGATILADI?

1️⃣ Abituriyentga avvalo har bir darslik bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” beriladi. “Yo‘l xaritasi”da darslikni o‘zlashtirish davomida amalga oshiriladigan topshiriqlar ketma-ketligi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

2️⃣ O‘quvchilarga mavzular taqdimotlar (prezentatsiya, video, infografika va h.k.) orqali tushuntirib beriladi.

3️⃣ O‘quvchilarga “Kundalik-optimal” nomli test to‘plami beriladi. Ushbu test to‘plami abituriyentning “uyga vazifa”sidir. Masalan, 8-sinf “O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari” darsligining “Kundalik-optimal” test to‘plamida jami 1000 tadan ortiq test mavjud. Bu degani abituriyent har darsga o‘rtacha 100–150 ta testni uyida ishlab kelishi kerak.

4️⃣ O‘quvchilar mavzularni topshirib bo‘lgach, o‘quv markazimizdagi kompyuterlarda shu mavzularning testini ishlashadi. Ya’ni har darsda 100–150 ta testni nazorat ostida kompyuterda ishlashadi. Bu fan doirasidagi bilimlaringizni oshirish, xotirada uzoq vaqt saqlab qolish uchun eng optimal metoddir.

5️⃣ Har bob yakunida sinov tarzida “Saylanma” test ishlashadi.

6️⃣ Har kitob yakunida sovrinli “Konkurs test” o‘tkaziladi.

7️⃣ Abituriyentning kurs davomidagi natijalari (masalan, kundalik testlar, “Kompyuter test”lardagi) uning “Reyting daftarchasi”ga belgilab boriladi va darslik bo‘yicha shu reyting daftarchasi asosida “Yakuniy o‘zlashtirish darajasi” chiqariladi (kompyuterda). So‘ngra ota-onasiga xabar yuboriladi.

Bu yerda metod haqida umumiy, qisqacha yozdim. Hali metodning tartibi va tizimi bor. “Muhr”, “Monitoring” kabi tushunchalar ham mavjud. Bularni o‘quv markazimizga 5-sentabrda tashrif buyurganingizda tushuntirib beramiz.

• Repetitorlar: Sherzod Ro‘zmetov, Jalol Boltayev
• Telefon: (97) 299-00-66
• Manzil: Xorazm v., Urganch sh., «Arastu» o‘quv markazi
• Mo‘ljal: UrDU ro‘parasida, «Adidas» do‘konining yon tomonida
• Telegram orqali bog‘lanish: @JalolBoltayev
👍5🔥2