𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
21.2K subscribers
1.28K photos
167 videos
420 files
1.38K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
BILASIZMI?

▪️1958-yilning 1-fevralida Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan birinchi sun'iy yo‘ldosh – «Exploler 1» uchirilgan edi.

Xrushchyovga amerikaliklar sun’iy yo‘ldosh uchirganini, bu yo‘ldosh kichkina ekanini aytishganida, u kulib «Demak, u apelsindan katta emas!» degan. Xrushchyovning hazilini propaganda (targ‘ibot) bo‘limiga, partiyaning katta-yu kichik rahbarlariga yetkazishgan. Ularga Xrushchyovning Amerika sun’iy yo‘ldoshi haqidagi gapini har bir ishchiga yetkazish topshirilgan. Bunday buyruq butun mamlakatdagi partiya kotiblariga yetkazilgan, biror qishloq ham qolib ketmagan. Bu voqea Sovet apparati uch kun ichida 200 milliondan ortiq odamning tasavvurini o‘zgartirib yuborishga qodirligini ko‘rsatadigan yaxshi misol. O‘sha davrda sovet aholisining ko‘pchiligi AQSH uchirgan kosmik kema «apelsin kattaligida» ekanligiga ishonishgan.

▪️Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshi – «Sputnik 1» esa Sovet ittifoqi tomonidan uchirilgan. Bu voqea 1957-yilning 4-oktabrida sodir bo‘lgan.

▪️Oyga birinchi qadam qo‘ygan inson Nil Armstrong hisoblanadi. Nil Armstorong komandirligida 1969-yilning 21-iyul kuni Amerika kosmik kemasi – «Apollon 11» Oyga qo‘ngan. O‘shanda kosmonavt «Bu bir insonning kichik qadami, lekin butun insoniyatning ulkan qadamidir» degan edi.

(c) Jalol Boltayev

#bilasizmi? #qiziqarli #fakt

👉 @TESTLIDER — bu TARIXCHILAR kanali
6-aprel kuni o‘tkazilgan «KONKURS TEST» tanlovining to‘g‘ri javoblari👇
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#pedagoglar_uchun

IBRATLI VIDEO

Videoni tushunish uchun alban tilini bilishingiz shartmas, qalbingiz ochiq bo'lishi kerak!

👉 @TESTLIDER — Jalol Boltayev kanali
KUN VOQEASI

Bugun 13-aprel.

1909-yilning shu sanasida Turkiyada «Ittihodi Muhammadi» partiyasining tarafdori bo‘lgan harbiylar aksilinqilobiy isyon ko‘tardilar.
Ularning talablari:
parlamentni bekor qilish;
shariat va sulton hokimiyatini tiklash.

Abdulhamid II ga ham aynan shu kerak edi. Shuning uchun ham u isyonchilar talabini tezda bajardi. «Yosh turklar» arboblaridan bir qismi Saloniki va Adrianopolga qochib ketdilar. Saloniki va Adrianopoldagi harbiy qismlar «Yosh turklar» tarafida edi. «Yosh turklar» o‘zlariga sodiq harbiy qismlari bilan 26-aprelda isyonchilar hukumatini ag‘darishdi. Sulton Abdulhamid taxtdan ag‘darildi.

#kun_tarixi

👉 @TESTLIDER — Jalol Boltayev kanali
KUN VOQEASI

Bugun 16-aprel.

1945-yilning shu sanasida sovetlar armiyasi Berlinni qurshab oldi va uni ishg‘ol etishga kirishdi. Shu tariqa Berlin operatsiyasi boshlandi. Harbiy harakatlar 2-maygacha davom etib, o‘sha kuni Berlin garnizoni taslim bo‘lgan.

1945-yil 8-may kuni Oliy bosh qo‘mondon o‘rinbosari G.K. Jukov Sovet Ittifoqi nomidan Germaniyaning so‘zsiz taslim bo‘lganligi to‘g‘risidagi aktni imzoladi. 9-may SSSRda «G‘alaba kuni» deb e’lon qilindi.

Berlinni zabt etgan jangchilar orasida Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan toshkentlik Botir Boboyev va Solih Umarov, marg‘ilonlik Tojiali Boboyev ham bo‘lgan. O‘zbekistonlik jangchilarning 1706 nafari «Berlinni ishg‘ol etganligi uchun» jangovar medali bilan taqdirlandi.

#kun_tarixi

👉 @TESTLIDER — Jalol Boltayev kanali
BILASIZMI?

«Meni kutgil va men qaytarman» – rus shoiri Konstantin Simonov (1915-1979)ning 1941-yil urush boshlangandan keyin yozgan she’ridagi bu satr sevgi va vafoning timsoliga aylangan.

Meni kutgil va men qaytarman,
Faqat kutgil juda intizor,
Kutgil, yomg‘ir zeriktirganda,
Meni kutgil yoqqanida qor…

#bilasizmi?

👉 @TESTLIDER — Jalol Boltayev kanali
#test_online❗️№93
----------------------------------------
Germaniyaning Nyurnberg shahrida qachon fashist rahbarlari ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tdi?
----------------------------------------
A) 1945-yil noyabrdan 1946-yil oktabrgacha
B) 1946-yil maydan 1948-yil noyabrgacha
C) 1945-yil aprel-may oylarida
D) 1946-yil iyundan 1948-yil dekabrgacha

👥1566 820 746

👉 @TESTLIDER — Jalol Boltayev kanaliga ulaning!
#test_online❗️№94
----------------------------------------
Keltirilgan ma’lumotlardan nechtasi noto‘g‘ri?
1) Xlodvig davrida franklarda sudning qarori bilan yig‘ilgan jarimalarning 1/3 qismi qirol xazinasiga yuborilar edi;
2) arablar joriy etgan yer solig‘i – xiroj hosilning 1/3 qismini tashkil etgan;
3) Yaqin Sharqda salibchilar mahallik dehqonlarni qaramlikka tushirib, hosilning 1/3 qismini soliqqa ola boshlaydi;
4) 1360-yilda Angliya Fransiyaga taklif etgan sulhi bo‘yicha mamlakat hududlarining 1/3 qismi inglizlarga o‘tadi;
5) “Qizil va oq gullar” urushida Angliya aholisining 1/3 qismi qirilib ketadi;
6) salibchilar qo‘shinni Venetsiya bilan dengiz orqali kemalarda Falastinga olib o‘tishga kelishib, venetsiyaliklarga kelishilgan pulning deyarli 1/3 qismini to‘lay olmaydilar.

----------------------------------------
👥693 129 564

👉 @TESTLIDER — Jalol Boltayev kanaliga ulaning!
#test_online❗️№95
----------------------------------------
Amir Temur va Misr sultonlari, shuningdek ularning Suriyadagi noiblari o‘rtasida taxminan 25 marta maktub va elchilar almashuvini bo‘lib o‘tgan yillar oralig‘ida sodir bo‘lgan voqealarni toping.
1) fors-tojik shoiri Abdurahmon Jomiy tavallud topdi;
2) Amir Temurning Xitoyga yurishi munosabati bilan Samarqanddan jo‘natib yuborilgan elchi Klavixo Ispaniyaga qaytib keldi;
3) xattot Sultonali Mashhadiy vafot etdi;
4) Dehli Sultoni Mahmud va Amir Temur o‘rtasida janglar bo‘lib o‘tdi;
5) Li Son Ge so‘nggi Koryo hukmdorini taxtdan chetlatib, yangi Li sulolasiga asos soldi;
6) Hindistonda Sayydilar sulolasi hukmronligi boshlandi.
----------------------------------------
👥656 224 432

👉 @TESTLIDER — Jalol Boltayev
⚡️ XARITA | OSIYO

Xaritani o‘rganish metodi

Quyidagi xaritalarni yuklab oling!
Afrika xaritasi
Osiyo xaritasi
Yevropa xaritasi
Avstraliya xaritasi
Shimoliy va Markaziy Amerika xaritasi
Janubiy Amerika xaritasi
Markaziy Amerika xaritasi
O'rta Sharq xaritasi

Kanalimizga a’zo bo‘ling!
👉 @TESTLIDER 👈
👍2
Shunday ko'rinishdagi boshqa qit'alarning ham xaritalarini kanalga joylashimni xohlaysizmi?

@TESTLIDER — xaritalar!
⚡️ XARITA | YEVROPA

Xaritani o‘rganish metodi

Quyidagi xaritalarni yuklab oling!
Afrika xaritasi
Osiyo xaritasi
Yevropa xaritasi
Avstraliya xaritasi
Shimoliy va Markaziy Amerika xaritasi
Janubiy Amerika xaritasi
Markaziy Amerika xaritasi
O'rta Sharq xaritasi

Kanalimizga a’zo bo‘ling!
👉 @TESTLIDER 👈
1👍1
Diplomlar ham endi elektron!

Egamberdiyeva Inobat: 100 (+8,66) % — I o'rin!

👉
TESTLIDER — Jalol Boltayev kanali
Diplomlar ham endi elektron!

Maqsudova Mardona: 100 (+6,6) % — II o'rin!

👉
TESTLIDER — Jalol Boltayev kanali
Diplomlar ham endi elektron!

To'raboyeva Laylo: 98,76 % — III o'rin!

👉
TESTLIDER — Jalol Boltayev kanali
⚡️ XARITA | AVSTRALIYA

Xaritani o‘rganish metodi

Quyidagi xaritalarni yuklab oling!
Afrika xaritasi
Osiyo xaritasi
Yevropa xaritasi
Avstraliya xaritasi
Shimoliy va Markaziy Amerika xaritasi
Janubiy Amerika xaritasi
Markaziy Amerika xaritasi
O'rta Sharq xaritasi

Kanalimizga a’zo bo‘ling!
👉 @TESTLIDER 👈
🔥1
#infografika

TOMAS EDISON
Barchasi bitta rasmda, infografika
Galereyaga saqlab qo‘ying!

do‘stlaringizga ulashing! 👉 @TESTLIDER
#test_online❗️№96
----------------------------------------
Rasmda ko‘rsatilgan inshoot xaritada qaysi raqam bilan belgilangan hudud (davlat) da joylashgan?
----------------------------------------
👥1211 549 662

👉 @TESTLIDER — Jalol Boltayev kanaliga ulaning!
⚡️Hurmatli kanalimiz a'zolari

🏆 BUGUN
@TESTLIDER kanalida 10-sinf «Jahon tarixi» darsligi asosida navbatdagi «KONKURS TEST» tanlovi o‘tkazilishini esdan chiqarmang!

• Boshlanish vaqti: 20:00
• Tugash vaqti: 21:30
• Testlar soni: 30 ta
• Ishitrokchilar soni: 527 ta (hozircha)
• Tashkilotchilar: Jalol Boltayev, Xumoyun Raxmonov

Testlarning murakkablik darajasi yuqori. Testda qatnashish BEPUL! RESPUBLIKA miqyosida bilimingizni sinab ko‘ring!

🔉 Do‘stlaringizni ham «KONKURS»ga chorlang!

👉 @TESTLIDER – «Konkurs test» tanlovida Siz g‘olib bo‘lishingiz mumkin!
#test_online❗️№97
----------------------------------------
Quyidagi miniaturada tasvirlangan Buxoro hukmdori bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotni belgilang.
----------------------------------------
A) 1582-yilda rasman xon deb e’lon qilingan
B) she’rlarida Samarqandni Ka’baga, Buxoroni jannatga qiyoslagan
C) 1507-yilda pul islohoti o‘tkazgan
D) uning davrida Buxoro shahri uzil-kesil poytaxtga aylangan

👥1025 279 746

👉 @TESTLIDER — Jalol Boltayev kanaliga ulaning!