#infografika
EMILIANO SAPATA
(barchasi bitta rasmda, infografika)
do‘stlaringizga ulashing! 👉 @TESTLIDER
EMILIANO SAPATA
(barchasi bitta rasmda, infografika)
do‘stlaringizga ulashing! 👉 @TESTLIDER
KUN KISHISI
Bugun 6-aprel italiyalik buyuk rassom Rafel Santining tavvallud topgan kuni. 1483-1520-yillarda yashab, atigi 37 yil umr ko‘rgan qalam ustasi qisqa davr ichida o‘z nomini abadiylikka muhrlagan asarlar yarata olgan edi. Jumladan, asarlari ichida “Sikstin madonnasi” nomli asari eng mashhuridir.
#kun_tarixi
Kanalga a’zo bo‘lish: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFIi70fKlbTIV4LyHQ

BILASIZMI?
«Barcha yo‘llar Rimga olib boradi» — Bu fikr ilk bor fransuz yozuvchisi Lafonten (XVII asr) masalida uchraydi. Ammo, mohiyatan Rim shahri bunyod etilgan dastlabki davrlardayoq bu jumla dolzarb ahamiyat kasb etgan. Barcha yo‘llar imperiyaning bosh shahri bilan bog‘lagan.
Fransuz masalchisi esa bu ibora orqali bir maqsad va manzilga turli yo‘llar orqali yetib borish mumkin, degan fikrni ham ilgari surgan. Bu ibora shunchalik mashhurki, Yevropaning qariyb barcha xalqlari tillarida original ko‘rinishga ega.
#bilasizmi? #qiziqarli_tarix
👉 @TESTLIDER — Tarixchilar kanali!

👍1
#test_online❗️
----------------------------------------
Quyidagi qaysi surat «Sikstin madonnasi» asari hisoblanadi?

👥1037 ✅752 ❌285
Kanalga obuna bo‘lish: 👉 @TESTLIDER

🛑Diqqat, Konkurs boshlanishiga 20 daqiqa qoldi!
Javoblaringizni namunadagidek yuboring!
✅ Namuna:
Karimova Gulnora
Toshkent v.
20*1a2b3c4d5a6b7b8c9d10b...40d
E'tibor bering: 20(maxsus kod) ➡️*(yulduzcha)➡️1a2b3c...40d
Probelni unuting, ochiq joy qoldirmang, satr ko'rinishida yozing!
👉 @TESTLIDER

8 o'zbek (KONKURS, Jalol Boltayev).pdf
1.6 MB
⚡️«KONKURS TEST» boshlandi!
• Tuzuvchi: Jalol BOLTAYEV
• Testlar soni: 40 ta
• 8-sinf «O‘zbekiston tarixi» asosida
Javobingizni jo‘natish uchun maxsus bot:
👉 @Konkursuchun_bot 👈
⚠️ Javoblaringizni xuddi namunadagidek yuqoridagi botga jo‘nating! Namuna:
Familiya-ism: Karimov Bobur
Yashash manzil: Xorazm v. (faqatgina viloyat yozilsin)
Javoblar: 20*1a2b3c4d5d...40d
Namunaga amal qiling ❗️
✅ Natija 7-aprel kuni e’lon qilinadi!
👉 @TESTLIDER – «Konkurs test»

KUN VOQEASI
Bugun, 1917-yil 7-aprel sanasida, Buxoro amiri Sayid Olimxon mamlakatda turli islohotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.
Shuningdek, Muvaqqat hukumat tomonidan 1917-yil 7-aprelda Turkiston o‘lkasini boshqarish uchun 9 kishidan iborat Turkiston komiteti tuzilgan va Toshkentda faoliyat ko‘rsatgan.
• Raislari: Nikolay Shchepkin (kadet), Vladimir Nalivkin (eser)
• Tarkibidagi turkiy xalq vakillari: Muhammadjon Tinishboyev, Alixon Bukeyxonov, Sadri Maqsudiy, Abdul Aziz Davletshin.

«U baribir aylanadi» — biror narsaga to‘la ishonch va mustahkam e’tiqodning timsoliga aylangan bu ibora mashhur italyan olimi Galileo Galileyga (1564-1642) tegishli deb hisoblanadi. Yerning aylanishi to‘g‘risidagi ta’limotni himoya qilib chiqqan astronomni inkvizitsiya dahriylikda ayblab, adolatsiz ravishda jazoga hukm qilgandan keyin, olim sudda alam va tug‘yon bilan «U baribir aylanadi» deb qichqargan, degan rivoyatlar tarqalgan. Ayrimlar buni bir afsona deb hisoblashsa-da, inkvizitsiya tufayli Galiley o‘z g‘oyalarining “haqiqatdan ham noto‘g‘ri” ekanligini anglab yetmagani aniq.
#bilasizmi? #qiziqarli

Quyida keltirilgan shaharlar aholisi sonini toping.
1. XIX asrda Qo’qon shahrida … aholi yashagan;
2. XIX asrning 40-yillarida Xiva shahrida … dan ortiq aholi yashagan;
3. XIX asrda Samarqand shahrida aholi soni … ga yetdi;
4. XIX asrda Buxoro shahrida … ga yaqin aholi yashagan.
a) 30 ming; b) 25-30 ming; c) 20 ming; d) 60 ming.

A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d
B) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d
C) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d
D) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b
👥1464 ✅567 ❌897
👉 @TESTLIDER — Jalol Boltayev

Bugun, 1917-yil 8-aprel sanasida, Xiva xonligida mamlakatni boshqarish uchun xon huzurida qozikalon Bobooxun Salimov boshchiligida Majlis va Husanybek devonbegi Matmurodov raisligida Nozirlar sho‘rosi tashkil topgan. Bu bilan Xiva xonligida qisqa muddatga bo‘lsa-da konstitutsion monarxiya o‘rnatildi. Ammo, Afsandiyorxon shu yilning noyabr oyida rus kazaklari yordamida Majlisni butunlay tugatgan.
Shuningdek, 1917-yilning 8-aprel sanasida jadidlar Karki va Buxoroda namoyish o‘tkazishgan. Buxoroda namoyishga to‘plangan 150 kishiga Fayzulla Xo‘jayev va Abdurauf Fitrat rahnamolik qilishgan. Qo‘zg‘olon Amir Sayid Olimxon tomonidan bostirilgan. Ma’rifatli hukmdor tariqasida namoyon bo‘lgan Sayid Olimxon mamlakatdagi yangilanishga qarshi qilayotgan bunday zulmlari tufayli xalq orasida hurmati qolmagan.
#kun_tarixi
@TESTLIDER — Jalol Boltayev kanaliga qo‘shiling👇

«Bizdan keyin dunyoni suv bosmaydimi?» – bu iborani Fransiya qiroli Lyudovik XV aytgan deb hisoblashadi. Lekin o‘sha davr tarixchilari qirolga «yaqin ayollardan biri» Markiza Pompidur bir jangda qirol qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng, “Ko‘p g‘am yemang, bizdan so‘ng dunyoni suv bossa ham mayli”, deb qirolni ovuntirgan, deb yozishadi. Xuddi shunga o‘xshash fikrni ismi noma’lum qadimgi yunon shoiri ham aytgan: «Mening o‘limimdan so‘ng dunyoga o‘t tushmaydimi?».
#bilasizmi? #qiziqarli
👉 @TESTLIDER — Tarixchilar kanali!
«Bizdan keyin dunyoni suv bosmaydimi?» – bu iborani Fransiya qiroli Lyudovik XV aytgan deb hisoblashadi. Lekin o‘sha davr tarixchilari qirolga «yaqin ayollardan biri» Markiza Pompidur bir jangda qirol qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng, “Ko‘p g‘am yemang, bizdan so‘ng dunyoni suv bossa ham mayli”, deb qirolni ovuntirgan, deb yozishadi. Xuddi shunga o‘xshash fikrni ismi noma’lum qadimgi yunon shoiri ham aytgan: «Mening o‘limimdan so‘ng dunyoga o‘t tushmaydimi?».
#bilasizmi? #qiziqarli
👉 @TESTLIDER — Tarixchilar kanali!
#test_online❗️
----------------------------------------
Quyidagi qaysi asar o‘z ichiga nisbatan ko‘p tarixiy davrni qamrab oladi?

👥1276 ✅320 ❌956
👉 @TESTLIDER — Jalol Boltayev
----------------------------------------
Quyidagi qaysi asar o‘z ichiga nisbatan ko‘p tarixiy davrni qamrab oladi?
----------------------------------------
👥1276 ✅320 ❌956
👉 @TESTLIDER — Jalol Boltayev
#test_online❗️
----------------------------------------
Tarixda Buxoro shahrining kimlar tomonidan vayron etilishiga buxoroliklar “kichik qiyomat” deya nom berishgan edi?

👥1464 ✅669 ❌795

👉 KUN VOQEASI
Bugun, 9-aprel
Shu sanada buyuk davlat arbobi, Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Bu yil Sohibqironning tavalludiga 684 yil boʻldi.
Mohir sarkarda Amir Temurning barlos urugʻi harbiy boshliqlari – beklaridan boʻlgan otasi Taragʻay ham, ota tomondan bobosi Amir Barqul ham harbiy ishga qiziqmagan. Manbalarda qayd etilishicha, otasi Taragʻaybek taqvodor musulmon boʻlib, koʻp vaqtini darveshlar bilan birga oʻtkazgan.
Amir Temurning onasi Takina xotun mushtipar ayol edi. Takina begim nasl-u nasab jihatdan aslzodalar jumlasiga kirardi. U buxorolik faqih, “Toj ash-sharia” (“Shariat toji”) taxallusi bilan mashhur boʻlgan Ubaydulla ibn Masʼudning avlodi edi. Adabiyotlarda taʼkidlanishicha, Temurbek 22 yoshida onasidan, 24 yoshida otasidan yetim qolgan.
➡️ Batafsil...
Shuningdek, 1919-yilning 9-aprel sanasida Xiva yaqinidagi Taxta qishlogʻida Junaidxon bilan sovet hokimiyati vakillari oʻrtasida shartnoma imzolangan. Taxta shartnomasi sifatida tarixga kirgan bu bitimda Xiva xonligi mustaqilligi sovet hokimiyati tomonidan tan olingan edi.
#kun_tarixi #maqola

Uza.uz
Amir Temur bolaligidanoq “shoh” boʻlgan ekan yoxud sohibqiron ichkilikka moyilmidi?
Oʻrta asrlarning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda Amir Temurning bolalik va yoshlik yillari haqida manbalarda deyarli
#test_online❗️
----------------------------------------
Amir Temurga oliy hokimiyat ramzlari — nog'ora va bayroq tortiq qilgan piri kim edi?

👥1536 ✅1203 ❌333
👉 TESTLIDER — Jalol Boltayev

Sohibqiron Amir Temurga «Rosti va rusti», ya’ni «Kuch adolatdadir» ma’nosini anglatuvchi so‘zlar bitilgan uzukni kim hadya qilgan?

👥1506 ✅277 ❌1229
👉 TESTLIDER — Tarixchilar uchun!

Bugun 10-aprel.
1370-yilning shu sanasida Balx shahri Amir Temurga taslim bo‘ladi.
Amir Husayn avvaliga Sohibqiron bilan ittifoq tuzgan va singlisi Oʻljoy Turkon ogʻoni Sohibqironga nikohlab bergan. 1364-yilning oxirida ittifoqdosh amirlar jeta lashkarlarini quvib chiqarishga muvaffaq bo‘lishgan. Ammo 1365-yil Toshkent va Chinoz oraligʻida Jete lashkari bilan boʻlgan “Loy jangi”dagi muvaffaqiyatsizlikdan soʻng Amir Husayn va Sohibqiron oʻrtasida munosabat buziladi. Sarbardorlar harakati bostirilgach, mamlakatda Amir Husayn hokimiyati o‘rnatiladi. 1366-1370-yillarda Sohibqiron va amir Husayn o‘rtasida goh urushlar, goh esa siyosiy vaziyat tufayli yana ittifoq yuzaga kelib turadi. O‘ljoy Turkon og‘a vafotidan so‘ng, “ittifoq iplari” butunlay uzilib ketadi.
Shuningdek, bugun “Titanik” kemasi safarga otlangan kun ham hisoblanadi.

«Sen hammi, Brut!?» — Shekspirning «Yuliy sezar» tragediyasida o‘lim talvasasidagi Sezar shu ibora bilan do‘stiga murojaat qilgan. Bu voqea tarixiy ildizlarga ega.
Mil. avv. 44-yilda Sezarga qarshi fitna uyushtiriladi. Fitnachilar ichida Sezar o‘zining tarafdori va yaqin do‘sti deb bilgan Brut ham bor edi. Fitnachilardan biri Sezarga xanjar sanchgach, u nafas ololmay, tili kalimaga kelmay qoladi. Brut ikkinchi marta Sezar badaniga xanjar urish uchun u tomonga kelayotganini ko‘rib, imperatorning hayratdan ko‘zlari ochilib ketadi va «bolam, nahotki sen ham ular bilan birgasan?» deb yuboradi, degan mazmundagi ma’lumot antik davr Rim tarixchilari asarlarida uchraydi (ammo, Plutarx Sezar hech nima demaganligini qayd etgan).
Shekspir tarixchilarning gapini ozgina o‘zgartirib talqin qilgan «Sen hammi, Brut!?» iborasi yaqin do‘stlarning xoinligini ifoda etuvchi mashhur iboraga aylangan.
Manbalarda, fitnada jami 60 ga yaqin odam ishtirok etib, ulardan 20 tasi Sezarga 23 marta xanjar sanchganligi qayd etilgan.
#bilasizmi? #qiziqarli
👉 @TESTLIDER — tarixchilar kanali!