𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
20.3K subscribers
1.28K photos
167 videos
418 files
1.38K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
“Yosh ofitserlar” guruhini qo‘llab-quvvatlagan Yaponiya hukumatining boshlig‘ini aniqlang.

Rasmda o‘sha shaxs
Kanalimizga a’zo bo‘ling!
👉 @TESTLIDER 👈
#test_online❗️
----------------------------------------
Eron shohi Rizoxon davrida amalga oshirilgan ishlarni aniqlang.
1) din davlatdan ajratildi;
2) arab alifbosidan voz kechib, lotin alifbosi joriy etildi;
3) yevropacha libos joriy etildi;
4) feodal unvon va murojaat shakllari bekor qilindi;
5) nasab joriy qilindi;
6) xotin-qizlarning huquqlari to‘g‘risida qonun qabul qilindi;
7) bepul majburiy boshlang‘ich ta’lim hamda pullik o‘rta va oliy ta’lim to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
----------------------------------------
👥1360 420 940

Kanalga qo‘shilish: 👉 @TESTLIDER
🛑 DIQQAT, ONLAYN TANLOV!

TA'TIL VAQTIDA UYDA O'TIRIB AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIGA OID NOYOB MANBALARNI SOVG'A SIFATIDA QO'LGA KIRITISHNI ISTAYSIZMI

U holda tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent AKBAR ZAMONOV tomonidan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 6️⃣8️⃣4️⃣ yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “TEMUR TARIXI BILIMDONI” intellektual onlayn tanlovida ishtirok eting
❗️

▶️ UNDA ISHTIROK ETISH TARTIBI QANDAY?
⚡️TARIXCHI Abituriyentlar diqqatiga!

6-aprel
kuni kanalimiz — «TEST LIDER»da 8-sinf «O‘zbekiston tarixi» asosida navbatdagi «KONKURS TEST» tanlovi o‘tkaziladi.

• Boshlanish vaqti: 20:00
• Tugash vaqti: 21:00
• Testlar soni: 30 ta
• Testni o‘tkazishga mas’ul: Jalol BOLTAYEV, Matyoqub ISMAILOV

Testlarning murakkablik darajasi yuqori. Testda qatnashish BEPUL! Bilimingizni Respublika doirasida sinash uchun vaqt keldi!


🔊6-aprel kuni o‘tkaziladigan konkursda albatta qatnashing, do‘stlaringizni ham chorlang!

👉 @TESTLIDER – «Konkurs test» tanlovida Siz g‘olib bo‘lishingiz mumkin!
Quyidagi qaysi jarayon “Yangi tarix”da sodir bo‘lmagan?

A) manufakturalar o‘z o‘rnini fabrikalarga bo‘shatib berishi
B) Yevropa millatlarining va mutlaq monarxiya ko‘rinishidagi milliy davlatlarning shakllanishi
C) fan-texnika inqilobi
D) temiryo‘l transportining ommalashuvi

Kanalimizga a’zo bo‘ling!
👉 @TESTLIDER 👈
#xarita #mashqi

1-Xarita mashqining javoblari

Janubiy Amerika (3-shakl)

#xarita #mashq

✔️ Xarita mashqi

© Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER kanaliga a'zo bo'ling
 ❗️ATLAS va YOZUVSIZ XARITALARNI o'rganish metodikasi

Janubiy Amerika (2-shakl)

kanalga a'zo bo'ling!👇
@TESTLIDER - atlas va yozuvsiz xaritalar
#test_online❗️
----------------------------------------
Rasmda aks etgan shaxs nechanchi yillarda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan?
----------------------------------------
👥1572 516 1056

Kanalga qo‘shilish: 👉 @TESTLIDER
#infografika

EMILIANO SAPATA
(barchasi bitta rasmda, infografika)

do‘stlaringizga ulashing! 👉 @TESTLIDER
KUN KISHISI

Bugun 6-aprel italiyalik buyuk rassom Rafel Santining tavvallud topgan kuni. 1483-1520-yillarda yashab, atigi 37 yil umr ko‘rgan qalam ustasi qisqa davr ichida o‘z nomini abadiylikka muhrlagan asarlar yarata olgan edi. Jumladan, asarlari ichida “Sikstin madonnasi” nomli asari eng mashhuridir.

#kun_tarixi

Kanalga a’zo bo‘lish: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFIi70fKlbTIV4LyHQ
BILASIZMI?

«Barcha yo‘llar Rimga olib boradi» — Bu fikr ilk bor fransuz yozuvchisi Lafonten (XVII asr) masalida uchraydi. Ammo, mohiyatan Rim shahri bunyod etilgan dastlabki davrlardayoq bu jumla dolzarb ahamiyat kasb etgan. Barcha yo‘llar imperiyaning bosh shahri bilan bog‘lagan.

Fransuz masalchisi esa bu ibora orqali bir maqsad va manzilga turli yo‘llar orqali yetib borish mumkin, degan fikrni ham ilgari surgan. Bu ibora shunchalik mashhurki, Yevropaning qariyb barcha xalqlari tillarida original ko‘rinishga ega.

#bilasizmi? #qiziqarli_tarix

👉 @TESTLIDER — Tarixchilar kanali!
👍1
#test_online❗️
----------------------------------------
Quyidagi qaysi surat «Sikstin madonnasi» asari hisoblanadi?
----------------------------------------
👥1037 752 285

Kanalga obuna bo‘lish: 👉 @TESTLIDER
🛑Diqqat, Konkurs boshlanishiga 20 daqiqa qoldi!

Javoblaringizni namunadagidek yuboring!

Namuna:
Karimova Gulnora
Toshkent v.
20*1a2b3c4d5a6b7b8c9d10b...40d

E'tibor bering: 20(maxsus kod) ➡️*(yulduzcha)➡️1a2b3c...40d

Probelni unuting, ochiq joy qoldirmang, satr ko'rinishida yozing!

👉 @TESTLIDER
👍1
8 o'zbek (KONKURS, Jalol Boltayev).pdf
1.6 MB
⚡️«KONKURS TEST» boshlandi!

• Tuzuvchi:
Jalol BOLTAYEV
• Testlar soni: 40 ta
• 8-sinf «O‘zbekiston tarixi» asosida

Javobingizni jo‘natish uchun maxsus bot:
👉 @Konkursuchun_bot 👈

⚠️ Javoblaringizni xuddi namunadagidek yuqoridagi botga jo‘nating! Namuna:
Familiya-ism: Karimov Bobur
Yashash manzil: Xorazm v. (faqatgina viloyat yozilsin)
Javoblar: 20*1a2b3c4d5d...40d

Namunaga amal qiling ❗️

Natija 7-aprel kuni e’lon qilinadi!

👉 @TESTLIDER – «Konkurs test»
KUN VOQEASI

Bugun, 1917-yil 7-aprel sanasida, Buxoro amiri Sayid Olimxon mamlakatda turli islohotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.

Shuningdek, Muvaqqat hukumat tomonidan 1917-yil 7-aprelda Turkiston o‘lkasini boshqarish uchun 9 kishidan iborat Turkiston komiteti tuzilgan va Toshkentda faoliyat ko‘rsatgan.
• Raislari: Nikolay Shchepkin (kadet), Vladimir Nalivkin (eser)
• Tarkibidagi turkiy xalq vakillari: Muhammadjon Tinishboyev, Alixon Bukeyxonov, Sadri Maqsudiy, Abdul Aziz Davletshin.

#kun_tarixi

👉 @TESTLIDER — Tarixchilar kanali!
BILASIZMI?

«U baribir aylanadi» — biror narsaga to‘la ishonch va mustahkam e’tiqodning timsoliga aylangan bu ibora mashhur italyan olimi Galileo Galileyga (1564-1642) tegishli deb hisoblanadi. Yerning aylanishi to‘g‘risidagi ta’limotni himoya qilib chiqqan astronomni inkvizitsiya dahriylikda ayblab, adolatsiz ravishda jazoga hukm qilgandan keyin, olim sudda alam va tug‘yon bilan «U baribir aylanadi» deb qichqargan, degan rivoyatlar tarqalgan. Ayrimlar buni bir afsona deb hisoblashsa-da, inkvizitsiya tufayli Galiley o‘z g‘oyalarining “haqiqatdan ham noto‘g‘ri” ekanligini anglab yetmagani aniq.

#bilasizmi? #qiziqarli

👉 @TESTLIDER — Tarixchilar kanali!
#test_online❗️
----------------------------------------
Quyida keltirilgan shaharlar aholisi sonini toping.
1. XIX asrda Qo’qon shahrida … aholi yashagan;
2. XIX asrning 40-yillarida Xiva shahrida … dan ortiq aholi yashagan;
3. XIX asrda Samarqand shahrida aholi soni … ga yetdi;
4. XIX asrda Buxoro shahrida … ga yaqin aholi yashagan.
a) 30 ming; b) 25-30 ming; c) 20 ming; d) 60 ming.

----------------------------------------
A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d
B) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d
C) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d
D) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b

👥1464 567 897

👉 @TESTLIDER — Jalol Boltayev
KUN VOQEASI

Bugun, 1917-yil 8-aprel sanasida, Xiva xonligida mamlakatni boshqarish uchun xon huzurida qozikalon Bobooxun Salimov boshchiligida Majlis va Husanybek devonbegi Matmurodov raisligida Nozirlar sho‘rosi tashkil topgan. Bu bilan Xiva xonligida qisqa muddatga bo‘lsa-da konstitutsion monarxiya o‘rnatildi. Ammo, Afsandiyorxon shu yilning noyabr oyida rus kazaklari yordamida Majlisni butunlay tugatgan.

Shuningdek, 1917-yilning 8-aprel sanasida jadidlar Karki va Buxoroda namoyish o‘tkazishgan. Buxoroda namoyishga to‘plangan 150 kishiga Fayzulla Xo‘jayev va Abdurauf Fitrat rahnamolik qilishgan. Qo‘zg‘olon Amir Sayid Olimxon tomonidan bostirilgan. Ma’rifatli hukmdor tariqasida namoyon bo‘lgan Sayid Olimxon mamlakatdagi yangilanishga qarshi qilayotgan bunday zulmlari tufayli xalq orasida hurmati qolmagan.

#kun_tarixi

@TESTLIDER — Jalol Boltayev kanaliga qo‘shiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFIi70fKlbTIV4LyHQ
BILASIZMI?

«Bizdan keyin dunyoni suv bosmaydimi?» – bu iborani Fransiya qiroli Lyudovik XV aytgan deb hisoblashadi. Lekin o‘sha davr tarixchilari qirolga «yaqin ayollardan biri» Markiza Pompidur bir jangda qirol qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng, “Ko‘p g‘am yemang, bizdan so‘ng dunyoni suv bossa ham mayli”, deb qirolni ovuntirgan, deb yozishadi. Xuddi shunga o‘xshash fikrni ismi noma’lum qadimgi yunon shoiri ham aytgan: «Mening o‘limimdan so‘ng dunyoga o‘t tushmaydimi?».

#bilasizmi? #qiziqarli

👉 @TESTLIDER — Tarixchilar kanali!