𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
20.2K subscribers
1.27K photos
167 videos
418 files
1.38K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
«TEST LIDER» turkumidagi GEOGRAFIYA fanidan Jalol Boltayev tomonidan tuzilgan test to‘plamlari
⚡️Repetitorlar uchun ajoyib yangilik!⚡️

Endilikda «TEST LIDER» turkumidagi «KUNDALIK-OPTIMAL» (mavzulashtirilgan) test to‘plamlarini kompleks usulda sotib olishingiz mumkin!

• 8-sinf «O‘zbekiston tarixi» – 2000 ta test!
• 8-sinf «Jahon tarixi» – 1600 ta test!
• 9-sinf «O‘zbekiston tarixi» – 1800 ta test!

👤 Murojaat uchun: Jalol BOLTAYEV
📞 Tel.: +99897 299 00 66

👉 @TESTLIDER – sifatli, taqrizlangan, mukammal testlar!
Ko'chirmachilik – yomon illat!
#Kun_motivatsiyasi #profil_foto

O‘zingizni yanada ko‘proq harakat qilishga majbur qiling

Har kuni o‘zingizni yanada ko‘proq harakat qilishga majbur qiling. Hayot o‘yinining g‘oliblari doimo o‘z imkoniyatlari chegarasini kengaytirishga intiladilar. O‘zingiz qo‘rqadigan ishni qiling va bu bilan siz qo‘rquvni yengasiz. G‘oliblar oddiy odamlar yoqtirmaydigan ishlar bilan shug‘ullanadilar, hattoki o‘zlarida ishtiyoq yoki zavqlanish bo‘lmasa ham. Xarakter va mardlik shundandir. Nozik taraflaringizni kamaytirishga yechim toping. O‘zingizdan nari surib qo‘ygan ishlarni bajarishga harakat qiling. Intizom mushaklaringiz orqali shunday harakatda bo‘lingki, kuningiz mazmunga, ijobiy natijalarga va quvvatga to‘la bo‘lsin.

«Muvaffaqiyatga erishishning 200 ta siri» (Robin Sharma)

👉 @TESTLIDER – Tarixchilar
Техника билмайдиган ўқитувчилар синади!

Замон жуда шиддат билан ривожланмоқда, энди майдонга АЛФА авлод вакиллари, яьни 2010 йилдан кейин туғилган ёш авлод чиқмоқда.

Бу авлодга дарс бериш жуда мураккаб иш бўлиб бормоқда, чунки бу авлод вакилларини чўпчаклар билан алдаб дарсда олиб ўтира олмайсиз.

Бу авлод сизни ҳар бир гапингизни интернетдан текширади, уларга ота-она вазифасини интернет бажаради, улар икки ёшдан бошлаб телефон ўйинларини устаси бўлиб бормоқда.

Энди сиз уларга “сен мишиқи нимани ҳам билардинг, ўтир жойингга мен биламанми сен биласанми?” дея олмайсиз.

Биз ҳаммамиз ўқитувчимиз, кимдир ишда, кимдир дарсхонасида ўқитувчи, кимдир эса уйда. Тайёр туринг, сизни АЛФА авлод вакиллари ямламай ютади.

Агар сиз технология билан ўртоқлашмас экансиз, ўқитувчи сифатида сизнинг гапингизнинг заррача аҳамияти бўлмайди, сиз синишга тайёрланинг.
📃@tentakminds

👉 @testlider
Hurmatli aziz va mo‘tabar opa-singillar!

Sizlarni 8-mart – «Xalqaro xotin-qizlar kuni» bilan tabriklaymiz. Sizlarga uzoq va mazmunli umr, sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadoningizga fayz-u baraka tilaymiz. Doimo oilangiz, farzandlaringiz, el-u yurt ardog‘ida bo‘ling!

Hurmat va ehtirom ila
(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
#bilasizmi? #maqola #tarixiy

8 МАРТ санасига назар

Кўкламнинг иккинчи ҳафтасида — 8 мартни нишонлаймиз. Хўш, мунис оналаримиз, хотин-қизлар байрамини нишонлашимизнинг сабаби нимада? Нега аёллар бунчалик улуғланади? Худди шу куни бутун дунё аёллари байрам қиладиларми ёки... Бу саволларга жавоб топиш учун тарихга назар ташлаймиз.

Батафсил: ➡️ 8 МАРТ ТАРИХИ

«Ma’rifat» газетасидан олинди.

👉 @TESTLIDER – Тарихшунослар учун
 Hurmatli kanalimiz a'zolari!

Milliy bayramimiz "Navro'z" umumxalq bayrami bilan Sizlarni samimiy muborakbod etaman. Sizga mustahkam sog'liq, oldingizga qo'ygan ezgu maqsadlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman. "Navro'z" ayyomida bahor nafasi, uyg'onish, yangilanish ruhi bilan kelar ekan, yurtimizga tinchlik, xonadonimizga osoyishtalik, farovonlik Allohdan nasib etsin. Bu kunlarga yetkazganiga shukur! Alloh yurtimizni o'z panohida asrasin!

Hurmat bilan Jalol BOLTAYEV

@TESTLIDER - Yangilanish bayramida, yangi g'oyalar bilan...
#test_online❗️
----------------------------------------
Xaritada yulduzcha bilan belgilangan hudud (davlat)da XII asrning 50-yillari oxirida kimning hokimiyati o‘rnatildi?
----------------------------------------
A) Fridrix I
B) Genrix II
C) Ioann
D) Vilgelm I

👉 @TESTLIDER – Tarixchi Jalol Boltayev kanaliga a'zo bo'ling!
Channel name was changed to «TEST LIDER | UYDA O'QING!»
#bilasizmi?

«Ta’lim tizimi juda eskirgan va qonunlar bilan rasvo qilingan, o‘qituvchilar bilan konveyerdagi ishchilarga bo‘lganidek emas, balki professionallarga bo‘lgandek munosabatda bo‘lish kerak. Direktorlar o‘qituvchilar ishlashiga qarab, ularni yollash va ishdan bo‘shatish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Maktablar bir yilda o‘n bir oy davomida hech bo‘lmasa kechki oltigacha ochiq bo‘lishi kerak, sinflarda qog‘oz darsliklar va doska oldidagi o‘qituvchilardan boshqa hech narsa yo‘qligi – be’manilik. Barcha kitoblar, o‘quv materiallari va baholar raqamli shaklda mavjud bo‘lishi va tahsil olayotganlarni hamkorlikka undashi kerak...»

Stiv Jobsning Prezident Obamaga 2010-yil uchrashuvda aytgan gaplari …

P.S.: Yuqoridagi jumlalar Uolter Ayzeksonning «Stiv Jobs» kitobidan olindi, vaqt topib shu kitobni o‘qib chiqishingizni tavsiya etaman!

👉 @TESTLIDER – Tarixchi Jalol Boltayev kanaliga a'zo bo'ling!
Yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun nimani o‘qitsang – o‘shanga, kimni o‘qitsang – o‘shalarga mehr qo‘ymog‘ing zarur.
©️ V. O. Kluchevskiy

O‘quvchini mehnat qilishga o‘rgat, uni nafaqat mehnatni sevishga, u bilan shunday uyg‘unlashishga ko‘niktirginki. toki mehnat uning vujudiga singib ketsin, uni shunga o‘rgatki, uning uchun o‘z kuchi bilan biron-bir narsani bilib ololmaslik aqlga sig‘maydigan holat hisoblansin; u mustaqil o‘ylamog‘i, izlamog‘i, o‘zini ko‘rsatmog‘i, o‘zining uyg‘onmagan qobiliyatlarini rivojlantirmog‘i, o‘zini sobitli inson qilib yetishtirmog‘i lozim.
©️ A. Disterveg

O‘z shogirdlarida mehnatdan zavqlanish xislatlarini uyg‘ota bilgan muallim sharaflarga loyiq.
©️ E. Xabbard

Bolalarni o‘qitishdagi bosh masala ularga nima o‘rgatilayotganligida emas, balki qanday o‘rgatilayotganligidadir. Bolaga yaxshi va mohirona uqtirilgan odatdagi kundalik narsalar uning tushunchasiga mos tushmaydigan, g‘aliz izohlangan yuksak haqiqatlardan ko‘ra kelajakda unga yuz karra ko‘proq foyda beradi.
©️ N. I. Pirogov

Noqobil o‘qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo‘yadi, yaxshisi esa uni topishga o‘rgatadi.
©️ V.O. Disterveg

Agar o‘quvchilarda tashabbuskorlik va faollik rivojlanmas ekan, har qanday bilim jonsizdir; o‘quvchilarni faqat fikrlashga emas, istakka ham o‘rgatmoq kerak.
©️ N. A. Umov

👉 @TESTLIDER – Tarixchilar kanali
#test_online❗️
----------------------------------------
Ma’lumki, Xiva xonligida naqiblar xonning eng ishonchli kishilaridan sanalib, harbiy harakatlar chog‘ida doimo unga hamrohlik qilgan. Shuningdek, ular zimmasiga yana qanday vazifa yuklatilgan edi?
----------------------------------------
A) xon xonadoni a’zolari o‘rtasidagi sud masalalarini ko‘rib chiqish
B) mamlakatda shariat qonun-qoidalariga qanchalik amal qilinayotganligi nazorat qilish
C) ta’lim sohasi ishlarini nazorat qilish
D) ota-onalarning bolalarini maktabga yuborayotganligini nazorat qilish

👉 @TESTLIDER – Tarixchilar kanali
🎲 Quiz 'test'
6-11-sinf «O‘zbekiston tarixi» darsliklari asosida tuzilgan test Tuzuvchi: Jalol Boltayev Testlar soni: 15 ta 👉 @TESTLIDER – Tarixchilar kanali
🖊 15 questions · 15 sec
#test_online❗️

Bilamizki, shaharlarimiz bir necha ming yillik tarixga ega. Ularning yubileylari qaysi yilda nishonganligini bilasizmi? Unda bilimlaringizni sinab ko‘ring!

👉 @TESTLIDER – Tarixchilar kanali
#test_online❗️
----------------------------------------
Rasmdagi xaritada strelkalar orqali ko‘rsatilgan yo‘nalishni qaysi dengiz sayyohi bosib o‘tib, yangi yerlarni ochishga muvaffaq bo‘lgan?
----------------------------------------
👥
jami ovozlar: 1808
👉 @TESTLIDER – Tarixchilar kanali!
#test_online❗️
----------------------------------------
Muhammad Shayboniyxon o‘tkazgan pul islohotiga ko‘ra, …
----------------------------------------
A) yangi kumush tanganing qiymati 30 ta, eskisi 27 ta mis tangaga tenglashtirildi
B) kimda kumush bo‘lsa, zarbxonaga kelib undan pul zarb ettirib olishiga ruxsat etildi
C) eski tangalarning bittasidan 4 ta yangi tanga zarb etila boshlandi va uning qiymati eski tangaga teng deb belgilandi
D) to shu vaqtgacha muomalada bo‘lgan turli o‘lcham va og‘irlikdagi tangalar o‘rniga vazni bir xil – 5,2 gramm bo‘lgan kumush va mis tanga zarb qilindi

👥 jami ovozlar: 1968
👉 @TESTLIDER – Tarixchilar kanali!