𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
20.1K subscribers
1.27K photos
167 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Hayrli oqshom!

Kanalimiz rivoji uchun o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin, buning uchun ushbu kanalimiz ssilkasini do‘stlaringizga yuboring! Kanal Xudo xohlasa yil davomida sizlarning Tarix bo‘yicha bilimlaringizni oshirib boradi!

Kanalda Tarix bo‘yicha eng so‘nggi darsliklar asosida:
«online test»lar
«vizual xaritalar»
«Konkurs test» tanlovlari
va boshqa innovatsion loyihalar o‘tkazib boriladi!

(c) Jalol BOLTAYEV

@TESTLIDER – testologiya dunyosi, innovatsiyalar o‘chog‘i
⚠️ So‘rovnoma!

Siz o‘z do‘stlaringiz, tanishlaringizni @TESTLIDER kanaliga taklif qildingizmi?
#test_online❗️
----------------------------------------
1789-yil 5-may kuni Fransiyada … .
----------------------------------------
A) Konvent monarxiyani bekor qilish va Fransiyada Respublika tuzumini o’rnatish to’g’risida dekret qabul qildi
B) Ta’sis majlisi Fransiya tarixida ilk bor Konstitutsiyani qabul qildi
C) o’zgarishlardan norozi bo’lgan olomon Bastiliya qal’asiga bostirib kirdi
D) Lyudovik XVI General shtatlar majlisini ochdi

👉 @TESTLIDER – Kanalga do‘stlaringizni ham chorlang!
#bilasizmi? #tarixiy #fakt

1793-yilning 21-yanvari… Lyudovik XVI qatl qilindi…

Bu voqealarni fransuz tarixchisi Jan Jores bunday tasvirlaydi:

«Parij xotirjam va birmuncha qayg‘uli edi. Odamlar ko‘p to‘planmadi, harakat katta emasdi… Eshafot (o‘lim jazosini ijro etish maydoni) Milliy gvardiyaning bir necha batalyoni bilan qurshab olindi. Lyudovik chakmonini va yoqasini o‘zi yechdi… Birdan u eshafotning chap tomoniga yurdi va qizarib ketib, xalqqa qarab gapira boshladi… «Men begunoh o‘lyapman, – dedi u qattiq va aniq ovozda, – men o‘z dushmanlarimni kechiraman va istaymanki, mening qonim fransuzlar foydasiga to‘kilsin va Xudoning g‘azabini tinchlantirsin».
Biroq… nog‘oralar gumburladi va uning so‘zlarini bosib ketdi. Soat 10 dan 10 daqiqa o‘tganda uning boshi uzildi».

👉 @TESTLIDER – Kanalga do‘stlaringizni ham chorlang!
#darslikka_izoh #bilasizmi? #tarixiy #atama

8-sinf “Jahon tarixi” darsligida “gilotina” atamasi uchraydi.

Gilotina – o‘lim jazosini boshni kesish orqali ijro etuvchi moslama.

Fransiyada gilotina ixtiro qilinganida boshqa nom bilan atalgan. 1789-yilda shifokor va Milliy majlis a’zosi Jozef Gilotin o‘lim jazosini yanada insonparvarlik bilan amalga oshirish uchun “Gilotina”dan foydalanishni taklif etdi. Ammo bu moslama uning ixtirosi emas. Gilotinaga xuddi o‘xshash moslamalar Shotlandiya va Irlandiyada ishlatilgan. Fransiyada “ixtiro qilingan” gilotinada undan oldingi boshni kesish orqali jazoni ijro etuvchi moslamalardan namuna olingan.

Aslida o‘lim jazosiga qarshi bo‘lgan Jozef Gilotin boshqa daxshatli bo‘lgan usullardan voz kechib, gilotina orqali o‘lim hukmini ijro etishga Fransiya qiroli Lyudovik XVI ni ko‘ndira oldi. Qurilmaning ixtirochisi bo‘lmasa-da, va o‘z nomi bilan atalishiga qarshi bo‘lsa-da, moslama uning sharafiga “gilotina” deb nom oldi.

Gilotinaga qadar mahkumlarni, odatda, osish, yoqish, qilich yoki bolta bilan boshini tanasidan judo qilish kabi shafqatsiz usullar bilan o‘ldirishgan. Ko‘pincha mahkumlarni boshini tanasidan judo qilish uchun ikki-uch yoki undan ko‘p marta zarba berishgan. Mahkum qilinganlar yoki ularning oila a’zolari jallodning hukmni tez va nisbatan og‘riqsiz bajarishi, tig‘ning o‘tkirligini ta’minlashi uchun jallodga “pora” berganlar. “Gilotina tarafdorlari” esa o‘sha paytdagi an’anaviy jazo turlariga ko‘ra gilotina moslamasi insoniy ekanligiga ishonishgan.

Gilotina orqali qatl etilgan birinchi odam Nikolas Jak Pelletiyer bo‘lib, u 1792-yil 25-aprel kuni Fransiyaning rasmiy jallodi Charlz Sanson tomonidan qatl etildi.

Charlz Sanson o‘z xotiralarida, Lyudovik XVI tig‘ni yoysimon emas, balki qiyshiq burchakli bo‘lishini taklif etganligi to‘g‘risida yozgan. Oradan bir necha yil o‘tib Lyudovik XVI ning o‘zi gilotinada Charlz Sanson tomonidan qatl etilgan.

Fransiyada gilotinadagi so‘nggi qatl 1977-yilda amalga oshirilgan. Shungacha o‘lim hukmini ijro etuvchi asosiy usul gilotinada qatl qilish bo‘lgan. 1981-yilda prezident Fransua Mitteran tashabbusi bilan Fransiyada o‘lim jazosi bekor qilingan.

“Gilotina “ixtirochisi” o‘zi “yaratgan” o‘sha qurilmada o‘ldirilgan”, degan gaplar urchib turadi. Ammo bunday emas. Jozef Gilotin 1814-yilda tabiiy o‘limdan vafot etgan.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER – Tarixchilar kanali!
#test_online❗️
----------------------------------------
Qadimgi xalq afsonalari asosida yaratilgan “G‘arbga sayohat” romanida … ruhoniyining mo‘jiza izlab … ga qilgan safari tasvirlangan.
----------------------------------------
A) hind / Xitoy
B) yapon / Xitoy
C) xitoy / Hindiston
D) koreys / Hindiston

👉 @TESTLIDER – Kanalga do‘stlaringizni ham chorlang!
#darslikka_qõshimcha #bilasizmi? #fakt

“G‘arbga sayohat” romani xitoylik yozuvchi U Chen En (1500-1582) qalamiga mansub. Unda xitoy ruhoniyi Syuan Szyanning Buddaga oid muqaddas kitoblarni topish uchun Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab Hindistonga qilgan safari hikoya qilinadi. Unga yo‘lda maymunlar qiroli, odamsimon cho‘chqa, oq ajdarho-ot keyin yana bir rohib hamrohlik qiladi.

Asar VII asrda Hindistonda bo‘lgan real tarixiy shaxs – Syuan Szyan haqidagi va boshqa xitoy afsonalariga asoslangan!

Bundan bir necha yillar ilgari O‘zbekiston TV kanallaridan birida “G‘arbga sayohat” romani asosidagi multiserial ko‘rsatilgan (balki hozir ham ko‘rsatilayotgan bo‘lishi mumkin (biriktirilgan rasmga qarang)).
👍1
#test_online❗️
----------------------------------------
Fransiya burjua inqilobining so‘nggi bosqichi nima bilan tugagan?
----------------------------------------
A) monarxiyaning bekor qilinishi va respublika tuzumi o‘rnatilishi bilan
B) ilk konstitutsiyaning qabul qilinishi, qirol hokimiyati cheklanishi va hokimiyatga yirik burjuaziya kelishi bilan
C) yakobinchilar diktaturasining qulashi bilan
D) Direktoriyaga qarshi davlat to‘ntarishi uyushtirilib, Konsullik deb ataluvchi ijroiya organining tuzilishi bilan

👉 @TESTLIDER – Kanalga do‘stlaringizni ham chorlang!
#test_online❗️
----------------------------------------
Sharqona taraqqiyot shakli bo‘lgan “an’anaviy sivilizatsiya”ning belgilarini aniqlang.
1) insonning qobiliyati, salohiyati, g‘ayrati va shijoatiga katta yo‘l ochganligi;
2) kamtarona hayot tarzi;
3) diniy sabr-toqat;
4) kishilar hayotining davlat tomonidan tartibga solinishi;
5) xususiy mulkdan va yollanma mehnatdan foydalanishda kishilarga keng erkinlik berganligi;
6) kishini kishiga qonun bilan majburlab bog‘lab qo‘ymaganligi;
7) yerga davlat mulkchiligining o‘rnatilganligi.
----------------------------------------
A) 1, 5, 6
B) 2, 3, 6, 7
C) 3, 4, 6
D) 2, 3, 4, 7

👉 @TESTLIDER – Kanalga do‘stlaringizni ham chorlang!
#Kun_motivatsiyasi #profil_foto

Faqat hech qanday ish qilmaydigan odamgina xato qilmasligi mumkin. Xato qilishdan qo‘rqish kerak emas, balki ana shu xatoni takrorlashdan qo‘rqish kerak.

Teodor Ruzvelt, AQSH prezidenti (1901-1908)

👉 @TESTLIDER – Kanalga do‘stlaringizni ham chorlang!
«TEST LIDER» o‘quv kurslariga taklif etadi!

Tarix fanidan «majburiy fan» sifatida tayyorgalik ko‘ruvchi abituriyentlar quyidagi kitoblar orqali maksimal balni qo‘lga kiritishi mumkin! (31,5 ball)

👤
Repetitor: Jalol BOLTAYEV, Matyoqub ISMAILOV
🏛 Manzil: Xorazm v. Urganch sh. Buxoro ko‘chasi
🎯 Mo‘ljal: Iqtisod fakultetining ro‘parasida
📞 Tel.: +99897 299 00 66

👉 @TESTLIDER «Maxsus qo‘llanma» va «Ehtimoliy testlar – 2020»
#test_online❗️
----------------------------------------
Koreyada Li sulolasiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan Xon Gyon Ne (1) va Xitoydagi taypinlar qo‘zg‘oloni rahbari Xun Syutsyan (2) kim bo’lgan?
----------------------------------------
A) 1-qishloq ruhoniysi; 2-yirik zamindor
B) 1-yirik zamindor; 2-qishloq ruhoniysi
C) 1-maktab o‘qituvchisi; 2-kichik yer egasi
D) 1-yirik zamindor; 2-maktab o‘qituvchisi

👉 @TESTLIDER – Jalol Boltayev kanaliga a'zo bo'ling!
Jalol Boltayev.jpg
21.7 MB
"TEST LIDER" turkumidagi test to'plamlari va qo'llanmalar

"TEST LIDER" turkumidagi to'liq bazadan faqat o'quv markazimizdagi abituriyentlar foydalanishlari mumkin.

O'quv markazimizdagi abituriyentlarga o'quv kitoblarining barchasi bepul beriladi.

• Repetitor: Jalol BOLTAYEV, Matyoqub ISMAILOV
• Manzil: Xorazm v. Urganch sh. Buxoro ko‘chasi, 34-uy
• Mo‘ljal: Iqtisod fakultetining ro‘parasida
• Tel.: +99897 299 00 66

👉 @TESTLIDER
TARIX fanidan tayyorlanadigan Abituriyentlar diqqatiga!

8-fevral kuni kanalimiz (TEST LIDER)da 7-sinf tarix darsliklari asosidagi navbatdagi «KONKURS TEST» tanlovi o‘tkaziladi.

• Boshlanish vaqti: 20:00
• Tugash vaqti: 21:00
• Testlar soni: 40 ta
• Testni o‘tkazishga mas’ul: Jalol BOLTAYEV

Testlarning murakkablik darajasi yuqori. Testda qatnashish BEPUL va ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi! Bilimingizni sinash uchun vaqt keldi!

🔉Do‘stlaringizni ham «KONKURS»ga taklif eting!

👉 @TESTLIDER – «Konkurs test» tanlovida Siz g‘olib bo‘lishingiz mumkin!
👍1🥰1🤯1
ESLATMA:⚠️

Bugun kanalimiz – @TESTLIDER da "KONKURS TEST" tanlovi o'tkaziladi!

Soat 20:00 da kanalga PDF formatidagi test tashlayman, javoblar 21:00 gacha qabul qilinadi.

"KONKURS TEST" 7-sinf (Jahon va O'zbekiston tarixi) darsliklari asosida tuzilgan xaritali, rasmli, jadvalli hamda "an'anaviy" murakkab testlardan iborat.

Tanlovni tashkillashtiruvchi: Jalol BOLTAYEV
KONKURS TEST (@TESTLIDER №5).pdf
2 MB
⚡️«KONKURS TEST» boshlandi!

• Tuzuvchi:
Jalol BOLTAYEV
• Testlar soni: 30 ta

Javobingizni jo‘natish uchun maxsus bot:
👉 @Konkursuchun_bot 👈

⚠️ Javoblaringizni xuddi namunadagidek yuqoridagi botga jo‘nating! Namuna:
Familiya-ism: Karimov Bobur
Yashash manzil: Xorazm v. (faqatgina viloyat yozilsin)
Javoblar: 10*1a2b3c4d5d...30d

Namunaga amal qiling ❗️

Natija 10-fevral kuni e’lon qilinadi!

👉 @TESTLIDER – «Konkurs test»
Konkurs natija (@TESTLIDER).jpg
296 KB
⚡️«TEST LIDER» Telegram kanalida 8-fevral kuni o‘tkazilgan «KONKURS TEST» tanlovining natijasi

🥇1-o‘rinlar: Qo‘chqorova Saida, Islomov Humoyun (barchasi to‘g‘ri)
🥈2-o‘rinlar: Qilichek Nosirbek, Burxonova Sarvinoz (28 tasi to‘g‘ri)
🥉3-o‘rinlar: Mamajonov Jasurbek, Sharofov Jasurbek, Boyto’rayev Sirojiddin, Achilov G‘olibbek (27 tasi to‘g‘ri)

Barchangizni tabriklaymiz,
bilimingizga tasanno!

Natijada 10 tadan kam ishlagan, namuna bo‘yicha yubormagan hamda belgilangan muddatga ulgurmagan ishtirokchilarning natijasi ko‘rsatilmagan.

👉 TEST LIDER – keyingi «Konkurs test» tanlovida Siz ham ishtirok eting!
👍1
«TEST LIDER» turkumidagi GEOGRAFIYA fanidan Jalol Boltayev tomonidan tuzilgan test to‘plamlari