𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
20K subscribers
1.27K photos
167 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
#test_online❗️
----------------------------------------
J.Kalvin ta’limotining asosi bo‘lgan «Duo o‘qi va ishla!» shiori o‘rta asrlarda O‘rta Osiyodagi qaysi tariqat tamoyillariga mos keladi?
----------------------------------------
A) Yassaviya
B) Kubroviya
C) Naqshbandiya
D) Qodiriya

👉 @TESTLIDER – Tarix fani repetitorlari va abituriyentlar uchun
#test_online❗️
----------------------------------------
Buxoroda “Tarbiyayi aftol” jamiyati tashkil etilgan yili …
1) M.Behbudiy islom tarixiga oid asar yaratdi;
2) A.Avloniy islom tarixiga oid asar yaratdi;
3) Turkistonda dastlabki yozma milliy sahna asarlari yaratildi;
4) Jadid adabiyotida dastlabki nasriy asarlar e’lon qilindi.
----------------------------------------
A) 1, 3 B) 2, 3
C) 1, 4 D) 2, 4

👉 @TESTLIDER – Tarix fani repetitorlari va abituriyentlar uchun
8-sinf "O'zbekiston tarixi" darsligi bo'yicha "TEST LIDER" turkumidagi test to'plamlari!

Mualliflar: Jalol BOLTAYEV, Matyoqub ISMAILOV
Tel.: +998972990066
Manzil: Xorazm v. Urganch sh.

👉 @TESTLIDER
#test_online❗️
----------------------------------------
Xaritada yulduzcha bilan ko‘rsatilgan hududga XIV asr oxirlarida qaysi sarkarda hujum qilgan?
----------------------------------------
A) Jaloliddin Manguberdi
B) To‘xtamishxon
C) Amir Temur
D) Sulton Boyazid Yildirim

❗️Aslida savol mazmuniy jihatdan qaysi davrga oid bo'lsa, xarita ham shu davr xaritasi bo'lishi kerak. Ammo mazkur test hali atlaslar chiqmasidan ancha oldin tuzilgan, amaldagi atlaslar asosida tuzilgan testlar mana bu to'plamda!

👉 @TESTLIDER – Tarix fanidan xaritali testlar!
#tarixiy #fakt

1603-yili Yelizaveta I ning o‘limi bilan tyudorlar sulolasi yakun topdi. Shundan so‘ng Angliya taxtiga styuartlar sulolasidan bo‘lgan Yakov I o‘tirdi. Uning davrida absolutizmning inqirozi kuchaydi, qirol va parlament o'rtasida ziddiyatlar kuchayib bordi.

Yakov I o'zining birinchi parlamentini to'plagan paytda u quyidagi nutq bilan unga murojaat qilgan:

"Mening qiyofamda Xudo sizlarga o'z inoyatini yuborgan. Men erman, butun orol esa mening qonuniy xotinim. Men boshman, orol esa mening tanam, men podachi, orol aholisi esa mening podam".

👉 @TESTLIDER – Tarix fanidan xaritali testlar!
👍1
Abu Ali ibn Sino tasvirlangan tojik puli

👉 @TESTLIDER
Assalom-u alaykum kanalimiz a'zolari. Barchangizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bu yilda Alloh barchamizga omad, baxt bersin. Ushalmagan orzularingiz 2020-yilda ushalishiga tilakdoshman. Bu kunga yetkazganiga Allohga shukronalik aytamiz!

Abituriyentlarga bu yil TALABALIK baxti nasib etsin!

Yangi yildan barcha abituriyentlar yangi shijoat, yangi kuch bilan bilim olishni davom ettiring! Axir siz bu yil TALABA bo'lishingiz kerak!

Hurmat bilan Jalol BOLTAYEV

❄️ @TESTLIDER – Yangi yildan yangi g'oyalar bilan biz ham davom etamiz!
#test_online❗️#DTM_2019
----------------------------------------
Quyidagi hukmdorlar va ular bosib olgan hududlar mos ravishda berilgan javobni aniqlang.
1) Kir II; 2) Filipp II; 3) Demetriy; 4) Kudzula Kadfiz; 5) Aleksandr Makedonskiy.
a) Fors davlati; b) Afg‘oniston, Kashmir; c) Hindistonning bir qismi; d) Yunoniston; e) Yangi Bobil.
----------------------------------------
A) 1-e, 2-c, 3-a, 4-d, 5-b
B) 1-d, 2-e, 3-a, 4-b, 5-c
C) 1-e, 2-d, 3-b, 4-c, 5-a
D) 1-e, 2-d, 3-c, 4-b, 5-a

👉 @TESTLIDER – Tarix fani repetitorlari va abituriyentlar uchun
#bilib_qõygan_yaxshi!

Angliya, Buyuk Britaniya, Birlashgan Qirollik hamda Britaniya orollarining xaritada alohida farqlanishi...

👉 @TESTLIDER – Tarix fani repetitorlari va abituriyentlar uchun
#test_online❗️#DTM_2019
----------------------------------------
Quyidagi voqealardan qaysi birlari mil.avv. I asrning ikkinchi yarmida sodir bo‘lgan?
1) Trayan imperatorlik taxtini egalladi;
2) Yuliy Sezar Galliyadagi zafarli urushdan keyin Rimga qaytdi va hokimiyatni egalladi;
3) Yunoniston qirg‘oqlarida Antoniy va Oktavian flotlari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi;
4) Spartak qo‘zg‘oloni boshlandi.
----------------------------------------
A) 2, 3 B) 2, 4 С) 1, 3 D) 1, 4

👉 @TESTLIDER – Tarix fani repetitorlari va abituriyentlar uchun
#test_online❗️#xarita
----------------------------------------
Xaritada yulduzcha bilan ko‘rsatilgan davlatni aniqlang.
----------------------------------------

👉 @TESTLIDER – Kanalga do‘stlaringizni ham chorlang!
Assalom-u alaykum, kanalimiz obunachilari

#test_online loyihasi tarkibida #DTM_2019 hashtegi bilan berib borilayotgan testlar 2019-yil OTMlarga kirish imihonlarida foydalanilgan testlar hisoblanadi. Jami 1000 ga yaqin DTM testlari kun davomida kanalga joylab boriladi. E'tiborli jihati, Siz javobni belgilaganingiz zahoti, javobingiz to'g'ri yoki noto'g'riligini hamda izohini bilib olasiz! Kanaldan uzoqlashmang, do'stlaringizni chorlang!

👉 @TESTLIDER – Mukammal testologiya...
#test_online❗️#DTM_2019
----------------------------------------
Quyidagi qaysi ma’lumotlar tarixiy shaxs Fidiy nomi bilan bog‘liq?
1) Podsho Minos topshirig‘i bilan Labirint saroyining qurilishiga boshchilik qilgan;
2) Afina hukmdori Solonning haykalini yaratgan;
3) Yer yuzidagi yetti mo‘jizaning biri hisoblangan Zevs haykalini yaratgan;
4) Akropolning qayta qurilishiga boshchilik qilgan.
----------------------------------------
A) 1, 3 B) 2, 4 С) 1, 2 D) 3, 4

👉 @TESTLIDER – mukammal testologiya...
#test_online❗️#xarita #DTM_2019
----------------------------------------
Xaritada yulduzcha bilan belgilangan qadimgi davlat tarixi bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotni toping.
----------------------------------------
A) Panteon ibodatxonasi barpo etilgan
B) 40 metrli Trayan ustuni qurilgan
C) ilk bor Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan
D) Ajanta ibodatxonasi bunyod etilgan

👉 @TESTLIDER – Tarix kafolatli tayyorlov kurslari
#test_online❗️#xarita #DTM_2019
----------------------------------------
G‘or devorlariga chizilgan eng qadimiy rasmlar topilgan Lasko g‘ori xaritada qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan hudud (davlat)da joylashgan?
----------------------------------------
A) 4 B) 2 C) 1 D) 3

👉 @TESTLIDER – Tarix kafolatli tayyorlov kurslari
#test_online❗️#xarita #DTM_2019
----------------------------------------
Puni urushlarining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan hudud (orol) xaritada nechanchi raqam bilan berilgan?
----------------------------------------
A) 4 B) 1 C) 3 D) 2

👉 @TESTLIDER – Tarix kafolatli tayyorlov kurslari
Hayrli oqshom!

Kanalimiz rivoji uchun o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin, buning uchun ushbu kanalimiz ssilkasini do‘stlaringizga yuboring! Kanal Xudo xohlasa yil davomida sizlarning Tarix bo‘yicha bilimlaringizni oshirib boradi!

Kanalda Tarix bo‘yicha eng so‘nggi darsliklar asosida:
«online test»lar
«vizual xaritalar»
«Konkurs test» tanlovlari
va boshqa innovatsion loyihalar o‘tkazib boriladi!

(c) Jalol BOLTAYEV

@TESTLIDER – testologiya dunyosi, innovatsiyalar o‘chog‘i
⚠️ So‘rovnoma!

Siz o‘z do‘stlaringiz, tanishlaringizni @TESTLIDER kanaliga taklif qildingizmi?
#test_online❗️
----------------------------------------
1789-yil 5-may kuni Fransiyada … .
----------------------------------------
A) Konvent monarxiyani bekor qilish va Fransiyada Respublika tuzumini o’rnatish to’g’risida dekret qabul qildi
B) Ta’sis majlisi Fransiya tarixida ilk bor Konstitutsiyani qabul qildi
C) o’zgarishlardan norozi bo’lgan olomon Bastiliya qal’asiga bostirib kirdi
D) Lyudovik XVI General shtatlar majlisini ochdi

👉 @TESTLIDER – Kanalga do‘stlaringizni ham chorlang!