𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.8K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
"E-xronika" innovatsion ta'limiy o'yini haqida

Ekranda turgan tarixiy hodisaning qachon sodir bo'lganini aniqlab, bo'sh katakchaga yozasiz, shundan so'ng javobingiz to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini bilib olasiz.

Yillarni eslab qolishdagi eng samarali usul!

👆Yuqoridagi videoni tomosha qiling, batafsil tushunib olasiz!
"E-xronika" – tarix darsliklaridagi davrlarni maksimal eslab qolish uchun ishlab chiqilgan.

"Vizual xarita" – tarixiy xaritalarni samarali o'rganish uchun ishlab chiqilgan.

"Vizual rasm" – tarix darsliklaridagi rasmlarni maksimal eslab qolish uchun ishlab chiqilgan.

🏛 TEST LIDER 🏛 – Buyuk maqsadlar sari...
​​💡"E-xronika" (APK – telefon variant)📱

"E-xronika"ni telefonda ham, kompyuterda ham ishlash mumkin! Telefonda ishlash undan-da samaraliroq!
"E-xronika" – Tarix darsliklaridagi davrlarni maksimal tarzda eslab qolish uchun mo'ljallangan dastur!

© Jalol BOLTAYEV
+99897 299 00 66

👉 @TESTLIDER – Tarix fanini innovatsiyalar bilan o'rganing!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#innovatsiya 💡

▫️VIZUAL XARITALI TESTLAR - 2019
© Jalol BOLTAYEV
🔔 do'stlaringizni kanalimizga taklif eting!

👉 @TESTLIDER 👈 Biz bilan innovatsiyalar sari!
💔3
​​💡VIZUAL XARITALAR – 2019
❗️Xaritalarni o'rganishning OPTIMAL usuli
✏️ Jalol BOLTAYEV
📞 +99897 299 00 66

👉 @TESTLIDER 👈
#bilasizmi? #tarixiy #fakt

8-sinf O‘zbekiston tarixi darsligidan bilamizki, Shayboniyxon 1500-yilda Samarqandni jangsiz egallaydi. Bunga esa onasining gapi bilan ish tutgan Sulton Ali Mirzoning kaltabinligi sabab sifatida ko‘rsatiladi. Xo‘sh, Sulton Ali Mirzo onasining gapi bilan qanday ish tutgan edi? Bu sizga qiziqmi? Qiziq bo‘lsa, quyidagi tarixiy ma’lumotni o‘qing!

Sulton Ali Mirzoning onasi – Zuhrabegimning ko‘pga tushgan nodonligi

Shayboniyxonning Samarqandga bostirib kirayotganidan xabar topgan Zuhrabegim unga maktub yo‘llaydi. Maktubda quyidagilar bitilgan edi:

“Agar Shayboniyxon menga uylansalar, o‘g‘lim Sulton Ali Mirzo Samarqandni xon hazratlariga topshirgay, Xon hazratlari Samarqandni olganlaridan so‘ng, uni (Samarqandni) in'om tarzida yana Sulton Ali Mirzoga qaytarsalar”.

Shayboniyxon Zuhrabegimning va'dasiga muvofiq Bog‘i Maydonga kelib o‘rnashadi. Zuhrabegim o‘g‘li Sulton ALi Mirzoning boshini aylantirib, o‘z rejasiga ko‘ndiradi. Sulton Ali Mirzo arkoni davlatidagi hech kim bilan maslahatlashmay, bir necha yaqin kishilari bilan birga Bog‘i Maydonga, Shayboniyxon huzuriga, boradi.

Shayboniyxon Sulton Ali Mirzoga iltifot qilmaydi va o‘tirish uchun pastroqdan joy ko‘rsatadi. Zuhrabegimga ham parvo qilmaydi, hatto kanizak o‘rnida ham ko‘rmaydi. Sulton Ali Mirzo onasining gapiga kirib qilgan ishidan pushaymonda edi. Ammo endi juda kech! Shunday qilib Samarqand jangsiz egallangach, Shayboniyxon Sulton Ali Mirzoni o‘limga hukm qildi, Zuhrabegim esa boshqa birovga xotinlikka berib yuborildi.

👉 @TESTLIDER – kanalimiz o‘z faoliyatini davom ettirajak!
 #Kun_motivatsiyasi #profil_foto

Siz biron ishni qila olmasligingizni ta'kidlovchi ikki turdagi insonlar mavjud: biri o'zi qila olmasligidan shunday deydi; ikkinchisi esa amalga oshirishingizdan qo'rqqanidan.

👉 @TESTLIDER – kanalimizga do'stlaringizni taklif eting!
 "TEST LIDER" turkumidagi 10-sinf Jahon tarixi darsligi asosida tuzilgan test to'plamlari

Tuzuvchilar: Jalol BOLTAYEV,
Matyoqub ISMAILOV
Taqrizchi: Ustoz Akbar ZAMONOV

👉 @TESTLIDER – mukammal test bazasi!
💯1
#bilasizmi? #tarixiy

JO‘JIXON AFSONASI YOXUD OTA AMRI BILAN QATL ETILGAN OʻGʻIL

Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonovning “Choʻqqida qolgan ovchining ohi-zori” asarida Chingizxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘ji haqida quyidagi afsona keltirib o‘tilgan:

“Zolim Chingizxon oʻzining toʻngʻich oʻgʻli Joʻjidan choʻchir edi. Chunki, Joʻji goʻzal rafiqasining qoʻlida qoʻgʻirchoq boʻlib qolgan, uning ta’siridan chiqolmasdi. Shu bois, Chingizxon bu oʻgʻlini saltanat ishlaridan chetroq yurishini istardi. Joʻji xoqonning toʻrt oʻgʻloni orasida eng qobiliyatlisi edi. Chingiz oʻz qoʻli bilan Joʻjini gumdon qilib yuborishga botinmasdi. Otalik mehri hukmdor hisob-kitoblaridan ustun kelaverardi. Nihoyat, Joʻji ovga chiqqan qulay fursatdan foydalanib, Chingiz uni oʻldirib kelish uchun pinhoniy ravishda qotillarni joʻnatadi. Joʻji choʻloqlanib qochayotgan qulonning orqasidan quvlashga qiziqib ketib, pisib kelayotgan qotilni sezmay qoladi va ajalidan besh kun burun oʻladi”.

Jo‘ji umrining so‘nggi yillarida otasi bilan kelishmay qoladi. Buning bir necha sabablari bor edi. Masalan u otasining barcha Dashti Qipchoqdagi qabilalarni bo‘ysundirish haqidagi buyrug‘ini bajarmagan. Bu esa Chingizxonda Jo‘jiga nisbatan adovat urug‘ini kuchaytiradi.

Bundan tashqari Chingizxon Jo‘jini o‘z o‘g‘li ekanligiga ham shubha qilgan. Chunki uning onasi — Borte merkit qabilasiga asirlikka tushib qoladi, ozod bo‘lganidan ko‘p o‘tmay esa Jo‘ji tug‘ilgan. Bu esa butun umr davomida Jo‘jixonga tamg‘a, tavqi-lan’at bo‘lib qoladi.

Ayrim afsonalarda haqiqat yashiringan bo‘ladi. Jumladan, aksariyat tarixiy kitoblarda ham Jo‘jining otasi tomonidan o‘ldirilganligi fakt sifatida keltirib o‘tilgan.

U chamasi 40 yoshlarida vafot etgan va Qozog‘iston hududidagi maqbaraga dafn etilgan. 1946-yilda SSSR arxeologlari qabrni ochdilar. Qabrdan o‘ng qo‘li bo‘lmagan odamning skeleti topilgan.

Ammo, Chingizxonning oʻzining ham, boshqa uchta oʻgʻillari — Tuli, O‘qtoy, Chigʻatoylarning ham yer yuzasidagi qabrlaridan nom-nishon qolmagan.

© Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER – kanalimizga do'stlaringizni taklif eting!
 #tarixiy #asar #rasm

Mo'g'ul keshikteni va Jaloliddin jangchisi

👉 @TESTLIDER – Tarix sahifalari
⚡️Yaqinda 7-sinf Jahon tarixi darsligi muallifi bilan suhbat uyushtirilishi rejalishtirilgan.

Mazkur darslik yuzasidan fikrlaringiz, takliflaringiz, savollaringiz bo'lsa, quyidagi botga xabar qoldiring!

📩 @JBLIDERbot

👉 @TESTLIDER – Tarix fani repetitorlari va abituriyentlar uchun
Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti haftasiga 5 kunlik o'qish tizimini joriy etib, majburiy formadan ham butunlay voz kechibdi!

Xudo xohlasa, sizning (hozirgi abituriyentlar) davringizga kelib O'zbekistondagi barcha OTMlar ilm-fanning, rivojlanishning kushandasi bo'lgan "majburiy forma"dan voz kechadi!

Yaqin orada bo'lib qolsa judayam yaxshi! Chunki, "Narxo'z" qila olgan ekan, UrDU, TATU, TerDU, ... nega qilolmasligi kerak?!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Tarix fanidan ham DTM tomonidan test topshiriqlari to‘plami nashr etilibdi!

👉 @TESTLIDER – kanalimizga obuna bo‘ling!
 #test_online❗️
----------------------------------------
Quyidagi shajara daraxtida harflar bilan belgilangan kataklar o‘rniga mos shaxslarni joylashtiring.
----------------------------------------
A) a – Abulxayrxon; b – Xo‘ja Mahmud Sulton
B) a – Shohbudog‘ Sulton; b – Xo‘ja Mahmud Sulton
C) a – Xo‘ja Mahmud Sulton; b – Jonibek Sulton
D) a – Shohbudog‘ Sulton; b – Mahmud Sulton

👉 @TESTLIDER – Tarix fani repetitorlari va abituriyentlar uchun

👥 Barcha ovozlar - 545
👍1
#test_online❗️#DTM_2019
Ushbu test joriy yilda DTM tomonidan chiqarilgan test topshiriqlari to‘plamidan joy olgan.
----------------------------------------
Temuriyzoda Shohrux vafotidan so‘ng Hirot (Xuroson) taxtiga o‘tirgan shaxslar taxtni egallagan yillarga qarab to‘g‘ri xronologik ketma-ketlikda berilgan javobni belgilang.
1) Abu Said; 2) Alouddavla; 3) Abulqosim Bobur; 4) Husayn Boyqaro.
----------------------------------------
A) 3, 2, 4, 1 B) 3, 2, 1, 4
C) 2, 3, 4, 1 D) 2, 3, 1, 4

👉 @TESTLIDER – Tarix fani repetitorlari va abituriyentlar uchun
Test sinovlarida jarima tizimi joriy etilishi mumkinligi haqida Xushnudbek Xudoyderdiyev ham o‘z kanalida yozibdi. Bu haqda men ham yozganimda respondentlarning 75 % idan ortig‘i “dislike” bilan bunga o‘z salbiy munosabatini bildirgandi. Ammo, bu o‘zgarishni hozirgi mavjud vaziyatdan kelib chiqib, ijobiy baholash mumkin. Chunki azaldan aksariyat abituriyentlarning “bali past” bo‘lgan yo‘nalishlarga hujjat topshirib, kirib ketish holatlari davom etayotgan edi. Bir narsani biling! Diplom – hech narsani hal qilmaydi, agar unga tasodifan erishgan bo‘lsangiz. O‘zingiz xohlagan, orzungiz bo‘lgan, avvaldan rejalashtirgan kasbingizga yaraydigan diplom bo‘lsa, boshqa gap. Masalan, siz bali past bo‘lgan “Astronomiya” (masalan deyapman) yo‘nalishiga talabalikka qabul qilindingiz, lekin hech qachon astronom bo‘lish niyatingiz bo‘lmagan, sizning 4 yil umringiz behuda ketgan bo‘ladi, xolos. Diplomni olgandan so‘ng ham shu sohada ishlashingiz, dargumon. Shuning uchun hozirdan maqsadni – kasbni aniqlashtirib oling, shunda o‘qish ham sizga qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bu sinalgan usul, abituriyentlardan doimo qaysi kasbni egallashni reja qilganligini va nima uchun shu sohani tanlaganligini so‘rab ko‘raman, aniq javob ayta olganlari, odatda, boshqalardan yaxshiroq o‘qishadi. Shaxsan o‘zimda ham shunday edi, maktab davrimdan o‘qituvchi bo‘lish, ta’lim sohasida ishlashni orzu qilganman, o‘qishga kirishdanam ko‘ra ko‘proq shu o‘ylantirgan. Qanday o‘qituvchi bo‘lish, o‘quvchilar bilan qanday ishlash, qanday qo‘llanma, kitoblar yaratish…

(c) Jalol BOLTAYEV

👉
@TESTLIDER
​​#maqola #tarixiy

Бухоро амирлари зулмкор ва кайф-сафога мойил дея танқид қилинган, ваҳоланки...

Тарихда айрим ҳукмдорларнинг ўзи ҳам мадрасада мударрислик қилгани ҳақида маълумотлар мавжуд. Хусусан, манбаларда Мирзо Улуғбек (1394–1449)нинг Самарқанддаги мадрасада астрономиядан, унинг набираси Кучкунчихон (1452–1529) аруз илмидан дарс берганлиги ҳақидаги маълумотлар сақланиб қолган...

Батафсил: ➡️ https://bit.ly/34rjDH8

👉 @TESTLIDER – Тарих фани репетиторлари ва абитуриентлар учун
#maqola #tarixiy

Nostradamus degan bashoratchini barchangiz bilsangiz kerak. Men bashoratchilarga umuman ishonmayman va sizlarni ham ishonmaslikka da'vat etaman. Lekin quyidagi maqolada Nosradamus tarixiy shaxs sifatida aks etgan.

➡️ https://bit.ly/2PqrP5H

👉 @TESTLIDER – tarixning qiziq sahifalari...