“Test Lider” o‘quv kurslariga qabul e’lon qiladi!
Darsni olib borish, imtiyoz va ikki tomonlama shartlar haqida qisqacha…
▫️ Darslar haftada kamida 4 marta bo‘ladi (ya’ni abituriyentning o‘ziga qarab, norma haftada 4 marta, agar abituriyent tezroq o‘zlashtira olsa haftada 7 kun ham kurslarga kelishi mumkin).
▫️Darslar dastlab guruh ichida, so‘ng individual tarzda olib boriladi.
▫️Testlar sifatli va mukammal bo‘lib, murakkablik darajasiga ko‘ra oshib boradi: “Kundalik”, “Saylanma”, “Maxsus”, “Konkurs”… Ushbu test to‘plamlari mas’ul repetitor – Jalol BOLTAYEV tomonidan tuzilgan bo‘lib, 9- 10- 11-sinf tarix darsliklari muallifi, tarix fanlari doktori ustoz Akbar ZAMONOV tomonidan taqrizlangan.
▫️ Ushbu testlarning ma’lum qismi qog‘oz variantdan tashqari maxsus ta’lim platformasida ham (kompyuter yoki telefonda) ishlanadi. Bu esa samaradorlikni 100 foizga oshiradi. Platformaning har bir abituriyent bilan individual shug‘ullana olish qobiliyati borligi haqida oldin aytib o‘tilgan.
▫️ASOSIY: kurs davomida ma’lum bosqichlardan o‘tgan abituriyent yaxshi natija ko‘rsata olmasa (o‘qishdan “yiqilsa”) KURSNING TO‘LOVI 100 % QAYTARIB BERILADI! Imtihonlar yakunlangach, bunday holat kam bo‘lishiga ishonamiz. Chunki, o‘quv kursi oldindan mukammal ishlab chiqilgan maxsus tizim asosida olib boriladi.
👤 Repetitor: Jalol BOLTAYEV
🏛 Manzil: Xorazm v. Urganch sh. Buxoro ko‘chasi
🎯 Mo‘ljal: Iqtisod fakultetining ro‘parasida
📞 Tel.: +99897 299 00 66

❤1
2.08.2019 (@testlider).pdf
950.4 KB
"TEST LIDER" kanalida 2-avgustda o'tkazilgan "Konkurs test" (arxiv).
👉 @TESTLIDER 👈 KAFOLATLI TA'LIM!
👉 @TESTLIDER 👈 KAFOLATLI TA'LIM!
#maqola #motivatsiya
Ёлғизликми бу озодлик? Ўзинг ҳал қил!
Сени кўпчилик танишларинг, қариндошларинг одамга қўшилмайди бу, ёввойи, муомаласи йўқ одам бўлмайди бу деб ўйлашадими? Дааа... Таниш холат. Аслида сен шунчаки улардан бошқачасан. Сенга уларнинг қўшниси қанчага машина олгани абсолютно қизиқмас. Сен хаёлингда бутун бошли ер сайёраси, Вояджер олган расмда оддий бир зарра бўлиб кўринса, демак улкан ва чексиз коинотда бошқа онгли мавжудотлар ҳам яшаши мумкинлигини ўйлаб ётасан. Дўстларинг билан чойхонада ошни пишишини кутиб ўтирган пайтда, хаёлингда одамлар мол сутини биринчи мартта истеъмол қилишни қандай ўйлаб топишган экан деб ўтирасан...
Батафсил: давоми
(c) Нурбек Алимов
Kanalga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFIi70eBELU_78jUDA

#maqola #tarixiy
Барчага бир хил стипeндия ёхуд хонликлар давридан талабалар қандай таъминланган?
Каналга қўшилиш: @TESTLIDER

VIZUAL XARITALI, RASMLI TESTLAR 💡
Repetitor: Jalol BOLTAYEV
Tel.: +99897 299 00 66
Manzil: Xorazm v. Urganch sh.
👉 @TESTLIDER – Tarix fanini innovatsiyalar bilan o'rganing!

Kanalim obunachisidan quyidagi savol keldi.
Savol:
6-sinf "Qadimgi dunyo tarixida" quyidagi jumlalar bor:
Mil.avv. XII asrda Janubiy Yunoniston (Lakonika) hududiga doriylar qabilasi bostirib kirdi.
Ko'p odam Janubiy Yunonistonning yana bir nomi Lakonika deb tushunadi. Televizorda bir ko'rsatuvda ham "Janubiy Yunonistonning boshqacha nomi Lakonika" deb ma'lumot berildi! Shu to'g'rimi?
Javob:
Yo'q, to'g'ri emas. Janubiy Yunonistonning boshqacha nomi Lakonika emas. Lakonika Janubiy Yunonistondagi yirik viloyatlardan biri xolos. U ham Janubiy Yunonistondagi Messeniya, Arkadiya kabi viloyatlardek bir viloyat. Keyinchalik u yerda doriylar tomonidan Sparta shahar-davlatiga asos solingan. Bu xuddi "O'zbekistonning boshqacha nomi Xorazm (yoki Toshkent, Navoiy, Buxoro va hk.) desa bo'ladimi?", deyotganga o'xshaydi. Janubiy Yunonistonni "Peloponnes" desa bo'ladi (Peloponnes – yarimorolning nomi). Darslikda ham xato berilmagan! Qavs ichidagi Lakonika doriylarning mil.avv.XII asrda Janubiy Yunonistonning qaysi hududiga bostirib kirib, u yerda o'z shahar-davlatlariga asos solganini anglatish uchun berilgan.
Biron-bir so'z yonidagi qavs ichida berilgan so'z har doim ham uning boshqacha nomi bo'lavermaydi!
Demak, o'sha ko'rsatuvda xato aytilgan.
@TESTLIDER bu – TARIX

👍1
Ustoz... Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Men uchun eng ulug‘ kasb – O'qituvchilik!
Barcha ustozlarimizni 1-oktabr – "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bilan tabriklayman.
Shuni tilaymanki, oilangizda xotirjamlik, hayotingizda sog‘lik, baxt, ishingizda rivoj doimo hamroh bo‘lsin!
ⓒ Jalol BOLTAYEV
👉@TESTLIDER – Tarixchi o‘qituvchilar va abituriyentlar kanali!

Optimal testlar!
7-sinf O'zbekiston tarixi darsligi asosida 2032 ta testdan iborat "Kundalik-optimal" test to'plami.
👉 @TESTLIDER 👈

Assalom-u alaykum, qadrdonlar!
Shuni ma'lum qilamanki, kanalimiz bugundan boshlab yana o'z faoliyati aktiv tarzda, yangi yo'nalishlar va yangi g'oyalar bilan davom ettiradi. Ayrim sabablarga ko'ra, kanalimizda ma'lum muddat uzilishlar bo'ldi. Men bilan qolganlarga tashakkur! Yana o'z innovatsiyalarimizni, "Kundalik-optimal", "Saylanma", "Maxsus", "Konkurs" testlarimizni #online_test ko'rinishida va PDF formatda kanalga joylay boshlaymiz. Bundan tashqari boshqa yangi yo'nalishlardagi postlar hamda tarixiy manbalarga asoslangan ma'lumotlar joylab borish ham davom etadi!
© Jalol BOLTAYEV
👉 @TESTLIDER – kanalimizga do'stlaringizni taklif eting!

#fakt #tarixiy
7-sinf O'zbekiston tarixi darsligidan Muhammad Xorazmshoh umrining so'nggi kunlarini Ashura orolida o'tkazganini bilamiz. Uning keyingi taqdiri sizga qiziqmi? Unda quyidagi tarixiy ma'lumotni o'qing!
"Sulton Xorazmshoh orolda bandalikni bajo keltirganida uning jasadini yaqin xos mulozimlari – chovush (shaxsiy chopar) Shamsiddin va yotoqxona boshlig'i Muqoribiddin yuvishdi. Sulton uchun kafanlik ham topilmadi. Shunda Shamsiddin o'z ko'ylagini yirtib, uni kafan qilib o'radi. U orolga dafn qilindi.
Oradan birmuncha vaqt o'tgandan so'ng, Jaloliddin otasining murdasini tog'li Ardaxn (bugungi kunda Eronda) qal'asiga olib borib dafn etadi. Ardaxn mo'g'ullar tomonidan zabt etilgandan so'ng, o'z vaqtida sultonni tiriklay qo'lga tushira olmagan alamzada mo'g'ullar uning murdasini kavlab olib, O'qtoyga yuborishgan (chunki bu vaqtda Chingizxon vafot etgan edi). O'qtoy esa uning murdasini yoqib yuborishni buyurgan"
Ushbu ma'lumot Akbar Zamonovning "O'rta asr tarixiy shaxslari hayotining ayrim noma'lum sahifalari" nomli kitobidan olindi.
👉 @TESTLIDER – kanalimizga do'stlaringizni taklif eting! Jalol BOLTAYEV

Yangi Bobil podsholigi asoschisi kim?
Yangi Bobil podsholigi asoschisi Nabopalasar hisoblanadi. U dastlab ossurlarning Bobildagi jabr-zulmiga qarshi qo'zg'olon ko'taradi. Mil.avv. 626-yilda esa Bobilni Ossuriyadan ajratib, o'zini Bobil podshosi deb e'lon qiladi. Ayni shu davrdan Yangi Bobil podsholigi davri boshlandi. Navuxodonosor II esa uning o'g'lidir.
Aslida buni ko'plar bilishadi. Bu dolzarb mavzu emas. Lekin ayrim abituriyentlar darslikni birinchi o'qiganida Yangi Bobil asoschisini Navuxodonosor II deb o'ylashlari mumkin. Hatto 6-sinf maktab darsligi bo'yicha chiqqan qaysidir qo'llanmada ham Navuxodonosor II ni Yangi Bobil asoschisi, deb yozib qo'yishganini ko'rdim. Ammo darslikda ham bunday yozilmagan.
👉 @TESTLIDER – Kanalimizga do'stlaringizni taklif qiling!

#test_online❗️(ushbu xaritali test 6-sinflar uchun mo'ljallangan atlas va yozuvsiz xarita asosida tuzilgan)
---------------------------------------------
Qadimgi Yunonistonning mashhur yodgorligi – Zevs mehrobi joylashgan joy qaysi raqam bilan belgilangan?

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
👤 Jalol BOLTAYEV
📞 +998972990066
🏛 TEST LIDER 🏛 – Buyuk maqsadlar sari
👥 Barcha ovozlar - 279

#fakt #tarixiy #qiziqarli
7-sinf O‘zbekiston tarixi darsligidan bilamizki, Ozarbayjon hukmdori O‘zbek ichkilik va maishatga berilib davlat ishlarini o‘z holiga tashlab qo‘ygan edi, davlatni amalda uning xotini Malika xotun Tabrizdan turib boshqarardi. Ma’lumki, Tabriz sulton Jaloliddinga ortiqcha qarshilik ko‘rsatmay, taslim bo‘lgan. Buning sababi nimada edi? Agar bu sizga qiziq bo‘lsa quyidagi tarixiy ma’lumotni o‘qing!
Batafsil ma'lumot ✅
👉 @TESTLIDER – kanalimizga do‘stlaringizni taklif eting! Jalol BOLTAYEV

Telegraph
Tabriz qanday qilib Sulton Jaloliddinga jangsiz taslim bo‘lgan?
7-sinf O‘zbekiston tarixi darsligidan bilamizki, Ozarbayjon hukmdori O‘zbek ichkilik va maishatga berilib davlat ishlarini o‘z holiga tashlab qo‘ygan edi, davlatni amalda uning xotini Malika xotun Tabrizdan turib boshqarardi. Ma’lumki, Tabriz Sulton Jaloliddinga…
#test_online❗️("TL" turkumidagi "Maxsus" test to'plamidan)
—------------------------------------
Quyidagi qaysi qatorda xronologik ketma-ketlik buzilgan?
—------------------------------------
A) xristianlarga monastirlar qurish imkonini beruvchi farmon e’lon qilindi; Konstantinopol Rimning poytaxtiga aylandi; O‘rta Osiyoda xioniylar hukmronligi boshlandi
B) Sargon I Akkad va Shumer shaharlarini o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi; Giksoslar Shimoliy Misrni bosib oldi; Drakont xalq boshqaruvini bekor qilgan qonunlarni yozdi
C) Chjou davlatida markaziy hokimiyat zaiflasha boshladi; buddaviylik dini vujudga keldi; Kserks Shimoliy Yunonistonni zabt etdi
D) Rimda muntazam yollanma qo‘shinlarga tayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga aylandilar; Qangʻ davlati qudratli davlat birlashmasiga aylanadi; Zardusht matnlarining hammasi 21 ta kitobga jamlandi
👤 Jalol BOLTAYEV
📞 +998972990066
🏛 TEST LIDER 🏛 – Buyuk maqsadlar sari...
👥 Barcha ovozlar - 229

#darslikka_izoh yohud #bilasizmi? #fakt #tarixiy
7-sinf O‘zbekiston tarixi darsligidan bilamizki, Sulton Jaloliddin Shiki Xutuxuni yenganidan keyin qo‘lga kiritilgan o‘ljalarni taqsimlashda, Sultonning lashkarboshilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik boshlanadi. Oqibatda Sayfuddin Ag‘roq, A’zam Malik va Muzaffar Maliklar qo‘shindan ajralib ketadilar. Bu esa Sultonning keyingi jangdagi mag‘lubiyatiga sababchi bo‘ladi.
Nima sababdan uch lashkarboshi Sulton Jaloliddin qo‘shinidan chiqib ketdi? Ular o‘rtasida qanday kelishmovchilik kelib chiqqan edi? Agar bu sizga qiziq bo‘lsa, quyidagi tarixiy ma’lumotni o‘qing!
Batafsil ma'lumot ✅
👉 @TESTLIDER – #Darslikka_izoh yohud #bilasizmi? loyihasida siz so'ragan ma'lumotlarni tarixiy manbalar asosida batafsil yoritishga harakat qilamiz! Jalol BOLTAYEV

Nima sababdan uch lashkarboshi Sulton Jaloliddin qo‘shinidan chiqib ketdi?
7-sinf O‘zbekiston tarixi darsligidan bilamizki, Sulton Jaloliddin Shiki Xutuxu no‘yonni yenganidan keyin qo‘lga kiritilgan o‘ljalarni taqsimlashda, Sultonning lashkarboshilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik boshlanadi. Oqibatda Sayfuddin Ag‘roq, A’zam…
#Kun_motivatsiyasi! #profil_foto
Maqsad bu – sizni ertalab budilnikdan uyg‘ota oladigan narsa. Agar u unday qila olmasa, demak u hali maqsad emas!
👉 @TESTLIDER – sifatli va mukammal test bazasi
Maqsad bu – sizni ertalab budilnikdan uyg‘ota oladigan narsa. Agar u unday qila olmasa, demak u hali maqsad emas!
👉 @TESTLIDER – sifatli va mukammal test bazasi
Assalom-u alaykum, qadrdonlar!
Sizlarga kanalimizdagi ayrim loyihalar haqida ma'lumot bermoqchiman!
➖ #test_online – ushbu hashteg bilan berib borilayotgan testlarda o‘z javobingizni tanlasangiz, javobingiz to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini va shu bilan birga uning izohini ham bilib olasiz! “online test”larda turli murakkablik darajadagi rasmli, xaritali va “odatiy” testlar “TEST LIDER” turkumidagi test to‘plamlaridan olib joylanmoqda!
➖ #darslikka_izoh – bu loyihani yaqinda boshladik. Darslikdagi ayrim joylar sizga tushunarsiz yoki voqeaning keyingi jarayoni sizga qiziq bo‘lsa, bizga murojaat qilishingiz mumkin, sizning savollaringizga javob topishga harakat qilamiz. Bu loyiha asosida shu kungacha to‘rtta post joyladik. Bular: “Lakonika Janubiy Yunonistonning yana bir nomi emas!”, “Navuxodonosor II Yangi Bobilning asoschisi emas!”, “Nima sababdan uch lashkarboshi Sulton Jaloliddin qo‘shinidan chiqib ketdi?” va “Muhammad Xorazmshohning ayanchli taqdiri” postlari edi.
Aslida bu kabi “tushunarsiz” yoki voqea haqida “batafsil ma’lumot” o‘qituvchilar uchun chiqadigan xrestomatiyalarda deyarli mavjuddir. O‘quvchilar uchun chiqariladigan darsliklarda esa o‘quvchining yoshidan kelib chiqib fikrlash darajasi, hatto kitobning og‘irligigacha inobatga olinadi. Shuning uchun barcha ma’lumotlarni batafsil yoritishning, yoki oddiy narsalar (Lakonika kabi) uchun joy ajratishning imkoni yo‘q (shuning uchun o‘qituvchilik kasbi bor-da!).
➖ #Kun_motivatsiyasi – ushbu hashteg ostida berib borilayotgan JPG formatidagi sur’atlar sizga nimanidir his ettira olsa, biz xursandmiz. Vaholanki, talaba bo‘lish uchun bilim bilan bir qatorda imtihonga ruhan tayyorgarlik ko‘rish ham muhim ahamiyat kasb etadi!
Hurmat bilan Matyoqub ISMAILOV va Jalol BOLTAYEV
👉 @TESTLIDER – kanalimizga barchani taklif eting!