𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.9K subscribers
1.27K photos
167 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
#mulohaza

“Инсониятнинг қисқача тарихи” асарига тақриз

...Аммо биз мусулмон олами илм-фанда, айниқса табиий фанларни ўзлаштиришда бениҳоя ачинарли аҳволга тушиб қолганлигимизни эътироф этмасак бўлмайди. Табиат ва жамият қонунларини англашга уринмаймиз, келажакни прогнозлай олмаймиз. Шу сабабли ҳам дунё бўйича кашфиётларнинг 1 фоизи ҳам мусулмонлар ҳиссасига тўғри келмайди, бошимиз ўзаро низодан чиқмайди, ривожланган номусулмон давлатлар бизни осонгина бошқаришади ва керак бўлса қурбон қилишади. Аббосийлар давридаги мусулмон олимлари “ақидамизга путур етмасин”, дея Ҳарарининг китобидан парҳез қилишимизни кўрганда балки куларди. Чунки улар илм-фанга оид ҳар қандай китобни ўрганган ва “Зевс ҳаққи” деб бошланувчи юнон олимлари асарларини ҳам арабчага таржима қилишдан бош тортмаганди. Дунё олимлари бугун Америка, Европа, Японияга интилганидек ўша даврда Қоҳира, Бағдод, Хоразм, Дамашқ каби шаҳарларга интиларди...

Batafil o'qish uchun: 👉 Биз кимнинг авлодимиз? “Инсониятнинг қисқача тарихи” асарига тақриз
"Tarix" yo'nalishiga kirgan talabalarga 1-semestr (yarim yil davomida) o'tiladigan fanlar, Siz bir semestr davomida nimalarni o'rganasiz?, Batafsil yozdim! Albatta o'qib chiqing!

👉 Jahon tarixi (Qadimgi Sharq tarixi) –
Bu fan taqvim rejasi, odatda, Qadimgi Mesopotamiya yoki Misr tarixidan boshlanadi va batafsil o'rganiladi. Masalan, Qadimgi Mesopotamiya tarixi, diniy bilimlari, mifologiyasi, adabiyoti, me'morchiligi, san'ati alohida akademik soat sifatida ham o'tilishi mumkin. Misr tarixining har bir davrini ham alohida akademik soat sifatida o'rganasiz. Asosiy adabiyotlardan biri sifatida Shuhrat Ergashevning "Qadimgi sivilizatsiyalar tarixi" , Farhod Sultonovning "Qadimgi davr" va boshqa ko'plab tarixchilarning kitoblaridan foydalansangiz bo'ladi. Inglizcha adabiyotlar ham juda ko'p va juda zo'r, masalan "The peopling of the world". ...

👉 @TESTLIDER 👈

BATAFSIL O'QIB OLING!👇
 ❗️8-sinf O'zbekiston tarixining yangi – 2019-yil nashri asosida Jalol BOLTAYEV tomonidan tuzilgan test to'plamlari tayyor!

👉 "KUNDALIK-OPTIMAL testlar" | testlar soni: 2300+
👉 "SAYLANMA-standart testlar" | testlar soni: 500 ta
👉 "MAXSUS-murakkab testlar" | testlar soni: 500 ta

👉 @TESTLIDER👈 – mukammal testologiya!
👍1
 #testlideruz

KELING, “WWW. TESTLIDER. UZ” TA’LIM PLATFORMASI HAQIDA GAPLASHAMIZ! UNING QANDAY EKSLYUZIV IMKONIYATLARI BOR?

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, Siz “You tube”da, masalan, Napoleon haqida videolarni tomosha qilsangiz, lentada ham Napoleon, Napoleon yashab o‘tgan davrdagi tarixiy shaxslar, u bilan aloqador odamlar haqida videolar paydo bo'la boshlaydi. Xuddi, “You tube” Sizni qanday videolar xohlayotganingizni oldindan sezadigandek tuyuladi. Siz aynan qanday kinolarni – detektivmi, sarguzashtmi, tarixiymi, aynan qaysi kompaniyalarning kinolarini, qaysi aktyor-aktrisalar rol ijro etgan kinolarni tomosha qilishingizni “You tube” xodimi o‘rganib chiqib, shunga qarab lentaga video joylashtiradigandek, go‘yo. Ammo, aslo bu jarayonda inson faktori yo‘q! Bu – SUN’IY INTELLEKT!

Xo‘sh, men nima uchun sun’iy intellekt haqida gapirib qoldim? Gap shundaki, yaratgan ta’lim platformamizga biz ham sun’iy intellekt qo‘shishga muvaffaq bo‘ldik. Tushunmadingizmi? Qarang, batafsilroq tushuntiraman.

Aytaylik, Siz 8-sinf O‘zbekiston tarixi darsligini o‘qib tugalladingiz. Ammo, tabiiy holki, kitobning ayrim mavzulari yoki ko‘plab ma’lumotlari sizning yodingizda maksimal tarzda qolmaydi, ayrim abituriyentlarda birinchi o‘qigan payti “chala qolgan” ma’lumotni, kitobni keyingi gal o‘qiganidayam yana eslolmay qolish hollari bo‘ladi. www. testlider. uz ta’lim platformasida-chi?

Siz “www. testlider. uz” saytidagi 8-sinf O‘zbekiston tarixi darsligini o‘rganish uchun mo‘ljallangan kursni, aytaylik, bir oy davomida testlarni ishlab bo'lib, yakunladingiz. Sun’iy intellekt Siz shu kitobni o‘qish davomida aynan qaysi ma’lumotlarda qiynalayotganingizni maxsus kodlar yordamida aniqlaydi, Sizni o‘rganib chiqadi. Va, kurs yakunlangach, AYNAN SIZ UCHUN yana bitta test taklif etadi. Bu testda siz qiynalayotgan, xato qilishingiz moyil bo‘lgan testlar jamlangan bo‘ladi va bularning barchasini SUN’IY INTELLEKT amalga oshiradi.

Xo‘sh, buning nimasi qiziq, deyapsizmi? Unda ayting, guruhda 100 ta o‘quvchi bo‘lsa, kitob o‘qib tugallangach, repetitor har bir abituriyent uchun alohida test tuzib chiqishga qodirmi? Xatto 50 ta, 20 ta abituriyent bo‘lsa ham buning imkoni yo‘q, yoyinki, xohish bo‘lsa ham buning imkoni yo‘q! (yoki ayting “Akmal, sen uchun test” nomli test ishlagandim, deb)

Insonning imkoni – shu jarayonni samarali va tezkor usulini o‘ylab topish – SUN’IY INTELLEKTni ta'lim platformasiga kiritishdir! Va Biz buni uddaladik!

www. testlider. uz ta’lim platformasi kurs (kitob) yakunlangach, 100 ta abituriyent bo‘lsa, 100 tasi uchun alohida, aynan har bir abituriyentning o‘ziga kerakli bo‘lgan testni shakllantiradi! Bu – innovatsiya, 💥 bu – progress, 📈 bu – g‘alaba! 🔑

ⓒ Jalol BOLTAYEV
📞 +99897 299 00 66

👉 @TESTLIDER 👈real maqsadlar sari intiling!
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV pinned « #testlideruz KELING, “WWW. TESTLIDER. UZ” TA’LIM PLATFORMASI HAQIDA GAPLASHAMIZ! UNING QANDAY EKSLYUZIV IMKONIYATLARI BOR? Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, Siz “You tube”da, masalan, Napoleon haqida videolarni tomosha qilsangiz, lentada ham Napoleon, Napoleon…»
ЎЗБЕКИСТОН ҲУДУДИДАН ТОПИЛГАН ХАЗИНАЛАР

...Ҳозирги Тожикистон ҳудудидан топилган мазкур хазина ҳақида амалдаги мактаб дарсликларида ҳам маълумот бeрилган. Бироқ юртимиз ҳудудидан топилган хазиналар ҳақида дарсликларда лом-мим дeйилмаган. Шунинг учун ҳам аксарият кишилар мактабда Амударё хазинаси ҳақида эшитган бўлишса-да, Ватанимиз ҳудудидан топилган кўплаб хазиналар ҳақида ҳеч нарсани билишмайди. Хўш, ҳозирги Ўзбeкистондан қандай хазиналар топилган?...

Батафсил: 👇
https://bit.ly/2McQCK4

© Алишер Эгамбердиев

👉 @TESTLIDER 👈
#testlideruz (2)

Assalom-u alaykum, kanalim obunachilari

Hozir www. testlider. uz ta'lim platformasi haqida shaxsiyga jo'natilgan ba'zi savollarga javob berishga harakat qilaman.

▫️1. Platforma har bir abituriyent uchun alohida test shakllantira oladimi? Qanday qilib? Buning imkoni bormi?
Ha, shakllantira oladi. Buning uchun maxsus kodlar yozilgan. Bu imkonsiz ish emas, zero "kompyuter sohasi"da imkonsiz ishning o'zi yo'q. "Youtube", "Instagram" foydalanuvchini o'rgana olar ekan, bizning platforma ham o'rgana oladi. Bir odam 20 ta, 50 ta, 100 ta o'quvchini o'rganib chiqib, har biriga moslab test tuzishi imkonsiz, lekin, sun'iy idrok buni amalga oshirishga qodir!

▫️2. Har bir sinfdan nechta test jamlangan?
O'rtacha hisobda har darslikdan 3000 ta test. "Kundalik", "Saylanma", "Maxsus" va "Konkurs" nomlari ostida, murakkablik darajasiga ko'ra oshib boradi.

▫️3. Platformaning yana qanday imkoniyatlari bor?
Platformaning barcha imkoniyatlarini yozsam, juda katta post bo'lib ketadi. Chunki, biror-bir dastur yaratilishidan oldin, agar uni mukammal chiqishni xohlasangiz, "Loyiha" bilan birga "Texnik topshiriq" ham yoziladi. Shuning o'zi ham 100-120 bet bo'ladi, odatda. Lekin bu haqda hali batafsilroq to'xtalaman. Hozir qisqacha:

a) platforma abituriyentning statistikasini ham olib boradi. Ya'ni har bir kurs bo'yicha 100 % lik ko'rsatkich hisobida statistika yuritadi;

b) yakuniy statistika bilan mas'ul shaxs (ota-ona) ning har doim tanishish imkoniyati bo'ladi, ya'ni "ota-onalar" nomli bo'limda, o'z farzandining o'zlashtirish darajasini doimiy nazorat qila oladi. O'zingiz ham boxabar bo'lib bora olasiz;

c) har bir kurs yakunidan so'ng platforma JPG formatda sertifikat (diplom) taqdim etadi. Bu sertifikatda yakuniy o'zlashtirish darajasi va mas'ul repetitor imzosi bo'lib, abituriyentga va uning ota-onasiga yetkaziladi (saytdan yetkaziladi).

Hozircha shular, keyinroq batafsil to'xtalaman!

Jalol BOLTAYEV
📞 +99897 299 00 66

👉 @TESTLIDER 👈 bu – progress, bu – innovatsiya!
Oliy Majlis Senati raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoyev kecha bo'lib o'tgan Senat majlisida O'zbekiston eng qashshoq 30 ta davlatlar qatoriga kirishini, "Taraqqiyotning o'zbek modeli" puch bo'lib chiqqanini ta'kidladi.

Ha, puch. Rostanham puch. "O'zbek mentaliteti" ham, "ma'naviyatshunoslik" ham puch (qo'shtirnoq ichida ekanligiga e'tibor bering!). Bu "mentalitet" va "ma'naviyat"ni har kim o'z ko'rsatkichidan kelib chiqib aytdi. Shundan so'ng "Bu bizning mentalitetga to'g'ri kelmaydi", "Bizning ma'naviyatimizga zid" degan shablon gaplar paydo bo'ldi.

Endi esa voqelikka real boqishimiz kerak, ko'p sohada orqadamiz. Albatta bu noshukurlik, nolish emas! Shunchaki, har kim islohotlarga o'z hissasini qo'shsa, kimdirlar "o'ziga kelib olsa" hammamiz uchun juda yaxshi bo'ladi.

© Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER 👈
#savol N1

Ushbu suratda aks etgan tarixiy shaxslarni tanidingizmi?

📩 @JalolBOLTAYEV

👉 @TESTLIDER 👈
#test_online❗️(yangi darslikdan)
---------------------------------------------
Shayboniylarda qo’shinning asosiy, markaziy qismi qanday nomlangan?
---------------------------------------------
A) ilg’or
B) manglay (avangard)
C) qalb
D) chanoh

👉 @TESTLIDER 👈 – Jalol BOLTAYEV kanalida mukammal testlar!

👥 Barcha ovozlar - 854
Ўлим жазосининг бeкор қилган ҳамда энг олий генераллик унвони – кавалерия генерали даражасига эришган илк ўзбек амири

https://bit.ly/2znzwk6

© Алишер Эгамбердиев

Каналга қўшилиш:
👉 @TESTLIDER 👈
#maqola #xronika #bugun

Оқсарой испан элчисини қойил қолдирганига 615 йил бўлди

© Алишер Эгамбердиев

https://bit.ly/346di4m

Каналга қўшилиш:
👉 @TESTLIDER 👈
Dars ishlanmasi, 10-sinf Jahon tarixi, 1-dars. 14.08.2019.pdf
1.2 MB
#pedagoglar_uchun #dars_ishlanma (yangi)

10-sinf Jahon tarixi, 1-dars. Jahon tarixining eng yangi davriga kirish

© Alisher Egamberdiyev

👉 @TESTLIDER 👈
"Biz ish rejasinini qo'lda yozarkanmiz. Elektron (doc fayl) olsa bo'ladi-ku. XXI asrda yashayapmizmi o'zi?!"

Bu gapni "Pedagoglar" nomli guruhda o'qib qoldim. Maktab o'qituvchisining nidosi. Mutlaq qo'shilaman bu gaplarga. Lekin menga bir narsa qiziq. Maktab davrimizda Tarix fanida ham boshqa hamma fanda bo'lganidek konspekt daftar tutilardi. Lekin men maktabda ona tili va matematika fanidan boshqa fanlarga umuman daftar tutib ko'rmaganman. Maktabda Tarix fanidan kiradigan o'qituvchimiz (Xudo rahmat qilsin) ham bir necha bor aytgan. Boshqa o'qituvchilar ham aytaverib-aytaverib, oxiri joniga tekkandi, keyin indamay qo'yishgan. Lekin, konspekt daftar tutmaslik meni Tarixga qiziqishimga va o'rganishimga to'siq bo'lolmadi. Hozirda maktablarda qanday? Haliham konspekt daftar tutish majburiymi?

Yo o'qituvchilarga XXI asr, o'quvchilarga XX asrmi?

(Hayy maktab uyoqda tursin Oliy ta'limda ham majburiy-ku :)

Eslatma: yuqoridagi gap bir maktabning o'qituvchisining gapi. Hamma maktabda unday emas, hozir ko'plab maktablarda, umuman olganda boshqa ta'lim muassasalarida ham o'qituvchilar (o'quvchilar emas!), allaqachon, elektron shaklga o'tib bo'lishgan. Savolim o'quvchilar haqida.
#maqola #xronika #bugun

Тошкентда Туркистон ўқитувчилар семинарияси ташкил этилганига 140 йил бўлди

https://bit.ly/2NFblGf

© Алишер Эгамбердиев

Каналга қўшилиш:
👉 @TESTLIDER 👈
#testlideruz (3)

www. testlider. uz ta'lim platformasining yana bir ajoyib imkoniyati!

Aytaylik, qog'ozda 100 ta murakkab test ishlab o'tiribsiz, ishlab bo'ldingiz. Kalitdan tekshirib oldingiz. 15 ta xato chiqdi. To'g'ri javobni ko'rib oldingiz, lekin uning qolgan uch variantining noto'g'ri ekanligini qaydan bilasiz! Ko'p hollarda umuman qaralmay (izohlanmay) qolib ketishi ham mumkin.

www. testlider. uz ta'lim platformasida-chi?

Platformada siz xato qilgan zahotingizoq to'g'ri javobni hamda uning izohini (!) ko'rib olishingiz mumkin! (qolgan uch variant bilan!)

Masalan: Siz quyidagi savolda B variantini belgiladingiz va javobingiz xato!
Savol:
Buxoro amirligida Amir Nasrullo tomonidan harbiy islohot o‘tkazilgan yilda Xiva xonligini kim boshqarayotgan edi?
A)
Muhammad Aminxon
B) Eltuzarxon
C) Rahimqulixon
D) Olloqulixon

Izoh:
Amir Nasrullo 1837-yilda harbiy islohot o'tkazgan.
A)
Muhammad Aminxon 1845-1855-yillarda hukmronlik qilgan
B) Eltuzarxon 1804-1806-yillarda hukmronlik qilgan
C) Rahimqulixon 1842-1845-yillarda hukmronlik qilgan
D) Olloqulixon 1825-1842-yillarda hukmronlik qilgan

Ayting, endi bu ham innovatsiya emasmi!

👉
@TESTLIDER 👈 bu — innovatsiya, bu — progress!
Bu imkoniyatni bugun qo'shish jarayonidamiz va bu ham amalga oshadi, Xudo xohlasa!
#maqola #xronika #bugun

31 август – жаҳон сиёсий харитасида мустақил Ўзбeкистон давлати ташкил топган кун...

Батафсил: ➡️ 31-avgust...

© Алишер Эгамбердиев

👉 @TESTLIDER 👈
#fakt

1865 – Усмонийлар ҳукумати Қўқон хони Султон Сайидхоннинг чор Россияси тажовузига қарши курашда ёрдам сўраб ёзган илтимосини “Мажлиси махсус”да муҳокама қилаётган бир пайтда Қўқон амирлашкари Алимқулнинг ўлими ва чор Россияси қўшинларининг Тошкентни ишғол қилганлиги хабари Истанбулга етиб келади. Усмонийлар султони Абдулазиз (1861–1879) фармонига кўра, Қўқон ва Бухорога мактуб ёзилиб, элчиларга йўл харажатлари учун маблағ ажратилади. Мактубда султон Абдулазиз Ўрта Осиё хонларини бирдамликка чақиради.

👉 @TESTLIDER 👈
ISTIQLOL

Buyuk faylasuf Epiktet "Inson hayotida ozodlikdan qadrliroq ne'mat bo'lmaydi", degan ekan.

Hammamizga Mustaqillik kunimiz muborak bo'lsin!

👉 @TESTLIDER 👈
Yangibozor tumanidagi "EVEREST EDUCATE" o'quv markazi o'quv kurslariga qabul e'lon qiladi!

O'quv markazda quyidagi fan (predmet) lardan sifatli tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin:
• Tarix
• Ona tili va adabiyot
• Ingliz tili (IELTS, CEFR, grammatika)
• Fransuz tili (CEFR, grammatika)
• Rus tili
• Fizika
• Matematika
• Biologiya
• Mental arifmetika
• Yosh bolalar uchun alohida ingliz tili, rus tili va matematika

"EVEREST EDUCATE" o'quv markazida tajribali pedagoglar sifatli ta'lim berib kelmoqda! O'quv markazi barcha qulayliklar (kompyuterlar, proyektorlar, kutubxona, trinajor zal) ga ega! "EVEREST EDUCATE"da tayyorlangan abituriyentlarning deyarli barchasi bu yil TALABALIK baxtiga musharraf bo'lishdi!

O'quv markazimizdagi o'qituvchilar o'z kasbining fidoyilari, liderlaridir.

Siz ham yuksak cho'qqilarni zabt etmoqchimisiz, ezgu maqsadlaringizni amalga oshirmoqchimisiz?!
Unda biz bilan bog'laning!

👤 Adminstratsiya: Zafarbek Karimov
📞 Tel.: +998939227097
🏢 Manzil: Yangibozor tumani. Oxunboboyev ko'chasi.
🎯 Mo'ljal: Tuman markazida, Istirohat bog'i yonida.