𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.8K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
 #test_online❗️ (ehtimoliy - solishtirma test)
---------------------------------------------
XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmida qaysi davlatlar o’rtasida Tog’li Qorabog’ avtonom viloyati uchun o’zaro to’qnashuvlar boshlandi?
---------------------------------------------
A) Armaniston va Gruziya
B) Gruziya va Ozarbayjon
C) Ozarbayjon va Armaniston
D) Armaniston va Kurdiston

👉TestLIDER - "Ehtimoliy" testlar to'plami – G'ALABA KALITI!

👥 Barcha ovozlar - 944
May...

Bu oy men uchun juda o'zgacha... bu oy men uchun qadrli...

Chunki shu oyning 11-sanasida @TestLIDER kanalini ochganman, katta qo'rquv va hayajon bilan, kanalni ochish uchun avval bir oy o'ylandim. Qanday bo'larkin, o'xshamasa-chi, yomon oqibatlarga olib kelsa-chi?

Bugun esa shunga aminki, bu kanal menga shu kungacha katta yordam berdi, avvalo, bizning qilayotgan pedogogik innovatsiyalarimizdan vatandoshlarimiz xabar topdi, kimgadir yordamim tegdi, bundan juda xursandman. Ikkinchidan, men yangi do'stlar, hamkorlar topdim. Bu esa menga metod va fikr almashish imkonini berdi, natijada o'z metodimga yangi qo'shimcha g'oyalar qo'shildi, negaki hozirda kanalim orqali tanishgan o'z viloyatimdagi, boshqa viloyatlardagi o'qituvchi-pedagoglar bilan ham men fikr almashishim mumkin.

Nafaqat, fikr va metod almashinuvi, balki bu kanal orqali hozirda men uchun qadrli bo'lib qolgan, to'y-tomoshalarda Xudo xohlasa yonimda bo'ladigan do'stlar orttirdim. Nafaqat Xorazm, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg'ona, Andijon... Demakki, boshqa viloyatlarga borsam "ko'chada" qolmasam kerak😊. Albatta ularga ham eshikim doimo ochiq (Xorazm ahli o'zi juda mehmondo'st, buni hamma biladi).

To'g'ri, ayrim paytlari xatto kanalimni o'chirib tashlagim ham kelib ketgan, dilxiraliklar bo'lgan, ammo bular haqida gapirishni istamayman, chunki yo'qotganlarimdan ko'ra topganlarim muhimroq!

11-may - @TestLIDER ning "tug'ilgan kuni", u 1 yoshda!!!

(aslida, 11-mayda nishonlash niyatim bor edi, lekin vaqtim bo'lmagandi, keyin may oyida nishonlasam bo'ldi-ku, dedim, qarasam bugun 31-may)
1
Assalom-u alaykum, hurmatli abituriyentlar!

Bilamizki, hozirda ko'plab abituriyentlar tayyorlov jarayonida bizning "Solishtirma kitob" va "Solishtirma test"larimizdan foydalanmoqda, bundan biz juda xursandmiz, Ustozlarimiz tomonidan mehnatimiz qadrlaganlari uchun. Lekin abituriyentlardan shuni iltimos qilardikki, kitoblarni kopiyalamang! To'g'ri, biz belgilagan narx betlar sonidan kelib chiqib, sizlarga qimmat tuyilishi mumkin. Ammo, shu ishni qilish uchun 3 kishi (2 ta testolog-metodistlar va 1 ta taqrizchi-metodist) 4 oy davomida mehnat qilgan va bu kitoblar ancha MUKAMMAL chiqqan, hech narsa e'tibordan qolib ketmasligiga harakat qilingan. 5-6 ming so'm pulni deb MEHNATGA XIYONAT QILMANG. Agar ijtimoiy jihatingiz to'g'ri kelmasa, bepul berishga ham tayyormiz, lekin kopiyalamang. Sizga betlar sonidan oddiy, narxi xuddi qimmatdek ko'ringan bu kitoblar, aslida juda-juda qadrli, chunki "Avgust Imtihonlari"ga tayyorgarlik uchun eng optimal variant shu kitoblar! Mualliflarni norozi qilib, mehnatga xiyonat qilmang.

Studentlikka ilk qadamlaringizni norozilikka uchrab bosmang!

Jalol BOLTAYEV va Mardonbek RAJABOV
👍41
Barchaga HAYIT ayyomi muborak bo'lsin!!!
 #test_online❗️ (ehtimoliy - solishtirma test)
---------------------------------------------
Quyidagi qaysi Fransiya prezidentlari sotsialistik partiya vakili edi? 1) J.Shirak; 2) F.Olland; 3) de Gol; 4) F.Mitteran; 5) N.Sarkozi.
---------------------------------------------
A) 1, 4, 5 B) 2, 5
C) 1, 2, 3 D) 2, 4

👉TestLIDER faoliyatini bugundan davom ettiradi!

👥 Barcha ovozlar - 486
KONKURS TEST (6 tarix).pdf
547.5 KB
▪️Test kitobi: Qadimgi dunyo tarixi
▪️Test turi: "Konkurs" test
▪️Darajasi: o'rta va murakkab

Muallif: Jalol BOLTAYEV
Tel: +998972990066

👉@TestLIDER kanaliga a'zo bo'ling!
SOLISHTIRMA test (Nazorat 23-variant).pdf
566 KB
#sovg'a 🎁

⚠️"SOLISHTIRMA - EHTIMOLIY" TEST
⚠️"NAZORAT" SHAKLI
Javoblari bilan


Murojaat uchun:
Jalol BOLTAYEV
+998972990066

👉@TestLIDER kanalini kuzatishda davom eting!
#test_online❗️ (ehtimoliy - solishtirma test)
---------------------------------------------
Noto’g’ri ma’lumotni aniqlang.
---------------------------------------------
A) Gruziyada Z.Gamsaxurdiya prezidentlikdan chetlashtirilgandan so’ng hokimiyat E.Shevardnadze boshchiligidagi Davlat kengashi qo’liga o’tdi
B) Estoniya 2004-yilda NATOga a’zo bo’lib kirdi
C) Litva o’z mustaqilligini 1990-yilning martida, Latviya esa o’sha yilning mayida e’lon qildi
D) 1993-yilda Qozog’istonda qabul qilingan konstitutsiyaga ko’ra prezident vakolatlari qisqartirilib, parlamentga keng vakolatlar berildi

🏁 @TestLIDER - Biz bilan marralarni zabt eting!

👥 Barcha ovozlar - 425
👍1
Tarix fanini óqiyotgan abituriyentlar diqqatiga!

2019-2020-òquv yili uchun kirish testlarida tarix fanidan tuziladigan testlarning yuqori sinf darsliklaridan (kollej-litsey yoki maktabning 10-11-sinf darsligi) tuziladigan qismi darslik matnining kesishgan joylaridan olinishi oydinlashdi.
Joriy yil tarix fanidan òtkazilgan tarix fani olimpiadasining respublika bosqichida DTM tomonidan ishtirokchilarga berilgan 40 ta test savolining XX-XXI asrlar tarixiga oid qismi (taxminan 7-8 ta) kollej-litsey (muallif: Lafasov, Usmonov) va umumta’lim maktablarining 10-11-sinf tarix darsliklari matnigadi ma’lumotlar kesishgan joyidan berildi.
Ularning ayrimlari quyidagilar:

1. O’zbekiston Kompartiyasining X plenumdagi yig’ilishi qachon bo’lgan?(Manba 10-sinf O’zbekiston tarixi va kollej-litsey darsligi 1-qism)
A) 1951-yil        B) 1952-yil       
C) 1949-yil       D) 1950-yil

2. 1996-yilda Chorjo’yda Turkmaniston prezdenti S. Niyozov va O’zbekiston prezdenti I. Karimov o’rtasida qanday bitim va shartnomalar imzolandi?(Manba 11-sinf O’zbekiston tarixi va Qamariddin Usmonov 2-qism)

1) O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnoma; 2) Strategik sherikchilik to’g’risida shartnoma; 3) O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasida davlat chegarasini qo‘riqlashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi; 4) O‘zbekiston bilan Turkmaniston o’rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to’g’risidagi; 5) suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha bitim.
A) 1-2-5         B) 1-3-5         C) 1-2-4       D) 1-2-5

3. Quydagi prezdentlarni prezdentlik lavozimiga kelgan yiliga qarab xronologik ketma-ketlikda joylashtiring? (Manba 11-sinfjahon jahon tarixi va Lafasov darsligi).
1) B. Klinton 2) V. Putin 3) I. Rahmon 4) A. Akayev
A) 1, 4, 3, 2       
B) 4, 1, 3, 2       
C) 3, 1, 4, 2       
D) 4, 3, 1, 2

DTM 80 nafar atrofidagi olimpiada ishtirokchilari (kollej-litsey va maktab bitiruvchilari)ning kollej-litsey òquvchilariga alohida, maktab òquvchilariga alohida test bera olmadimi, demak, kirish imtihonlarida 100 minglab abituriyentlarga alohida-alohida (kollej bitiruvchisiga alohida, maktab bitiruvchisiga alohida) test bera olmasligi, katta ehtimol. 2018-yil kuzida bergan tavsiyamiz asosida darslikdagi ma’lumotlarning kesishgan qismidan test yechishga tayyorgarlik kòrayotgan abituriyentlar vaqtdan ancha yutganligini ta’kidlash lozim.
Aytish mumkinki, Jahon tarixi Lafasov darsligi va 10-11 sinf Jahon tarixi darsliklaridagi ma’lumot kesishgan joylari 20-25 % ni tashkil qiladi. Kollej va litseylarning 1-2 qism O’zbekiston tarixi (Q. Usmonov ) darsligi va maktablarning 10-11 sinf darsliklari (mualliflar:Rajabov, Zamonov, Jòrayev)dagi kesishgan ma’lumotlar 35-40 % ni tashkil qiladi.

Ma’lumot beruvchi:  Akbar ZAMONOV

P.S.: Olimpiyadada tushgan bu test savollarini bizning "Solishtirma kitob"imiz va "Solishtirma test"imizda ham uchratasiz!

Murojaat uchun: +998972990066

@TestLider - solishtirma testlarni bizning kanalda kuzatib boring!
 KONKURS TEST!⚠️

@TestLIDER kanalida 3-iyul kuni Tarix fanidan navbatdagi "KONKURS" test bo'lib o'tadi, albatta qatnashing, bilimingizni butun Respublika tarixchilari doirasida sinab ko'ring!

"Konkurs test"da yangi qolipdagi rasmli, xaritali, jadvalli testlar, maktab darsliklari va "Solishtirma kitob" asosida tuzilgan murakkab testlardan foydalaniladi!

Qatnashish bepul!

soat 20:00 da PDF formatidagi test kanalga tashlanadi, siz javoblaringiz bilan birga ism-familiya va viloyatingizni yozib, maxsus botga jo'natasiz, javoblar 4-iyul kuni e'lon qilinadi.

👉@TESTLIDER - barchani "Konkurs" testga taklif etamiz, siz ham taklif eting!
Eslatib o'taman!

Bugun 20:00 kanalga "Konkurs" test joylanadi!

"Konkurs" testda qatnashmoqchi bo'lsangiz maxsus botga:
1. Familiya-ismingizni to'liq yozasiz;
2. Yashash hududingizni (faqatgina viloyat) yozasiz;
3. Javoblaringizni jo'natasiz.

Namuna:
Karimova Gulnora
Toshkent v.
1a2b3c4d...30d

xuddi namunadagidek yozing, javoblarni jo'natganingizda vergul, probellarni unuting, javoblarni satr shaklida jo'nating (ustun shaklida emas!).

Javoblaringni jo'natuvchi maxsus botning havolasi ham 20:00 da joylanadi.

@JalolBOLTAYEV
@TestLIDER
Oliy o’quv yurtlariga kirish imtixonlarida tarix fani testi qaysi darslikdan tushadi...

Kunu kecha, 5-iyulda oliy harbiy bilim yurtlariga kirish imtihonlari bo'lib o'tdi. Bir yil mobaynida tarix fanidan hamma abituryentlarni qiynagan savolga ham javob topildi. Oldingi maqolalarimizda e'lon qilganimzdek kollej-litsey (muallif: Lafasov, Usmonov) va umumta’lim maktablarining 10-11-sinf tarix darsliklari matnidagi ma’lumotlar kesishgan joyidan test savollari berildi.

Ularning ayrimlari quyidagilar:
1. Nechanchi yilga kelib yurtimizda Moskvada davlat universitetining filiali ochildi?
A) 2008-yil
B) 2005-yil
C) 2006-yil
D) 2007-yil
(Manba: Narzulla Jo’rayev, Akbar Zamonov 11-sinf O’zbekiston tarixi darsligi va Qamariddin Usmonov O’zbekiston tarixi II kurs talabalari darsligi)

2. 1949-yil bo’lib o’tgan voqeani aniqlang.
A) O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi tuzildi
B) Varshava shartnomasi tashkiloti tuzildi
C) «Marshall rejasi» qabul qilindi D) «Trumen doktrinasi» qabul qilindi
(Manba: Sh. Ergashev, B. Xodjayev, J. Abdullayev 10-sinf Jahon tarixi darsligi va M. Lafasov Jahon tarixi darsligi )

3. 1918-yil 18-fevralda Turkiston muxtoriyatida boshqaruv kimga berildi?
A) Mustofo Cho’qay
B) Muhammadjon Tinishboyev
C) Kichik Ergash
D) Katta Ergash
(Manba: Qahramon Rajabov, Akbar Zamonov 10-sinf O’zbekiston tarixi darsligi va Qamariddin Usmonov O’zbekiston tarixi I kurs talabalari darsligi)

4. 1939-yilning Xalxin-Gol daryosi bo’yidagi jangda yengilgan davlatni aniqlang.
A) Buyuk Britaniya
B) Yaponiya
C) Rossiya
D) Fransiya
(Manba: Sh. Ergashev, B. Xodjayev, J. Abdullayev 10-sinf jahon tarixi darsligi va M. Lafasov Jahon tarixi darsligi)

5. Yurtimizda dastlabki milliy kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa qaysi shaharlarda o’tkazildi.
A) Toshkent va Termiz
B) Termiz va Qarshi
C) Termiz va Shaxrisabz
D) Toshkent va Qarshi
(Manba: Narzulla Jo’rayev, Akbar Zamonov 11-sinf O’zbekiston tarixi darsligi va Qamariddin Usmonov O’zbekiston tarixi II kurs darsligi )

6) GFR NATOga qachon a’zo bo’lgan?
A) 1955-yil
B) 1954-yil
C) 1949-yil
D) 1948-yil
(Manba: Sh. Ergashev, B. Xodjayev, J. Abdullayev 10-sinf Jahon tarixi darsligi va M. Lafasov Jahon tarixi darsligi)

2018-yil kuzida shu kanalda bergan tavsiya asosida yuqori sinf va kollej-litseylar darsligidagi ma’lumotlarning kesishgan qismidan test yechishga tayyorgarlik kòrayotgan abituriyentlar vaqtdan ancha yutganligini ta’kidlash lozim.
Aytish mumkinki, Jahon tarixi Lafasov darsligi va 10-11 sinf Jahon tarixi darsliklaridagi ma’lumot kesishgan joylari 20-25 % ni tashkil qiladi. Kollej va litseylarning 1-2 qism O’zbekiston tarixi (Q. Usmonov ) darsligi va maktablarning 10-11 sinf darsliklari (mualliflar:Rajabov, Zamonov, Jòrayev)dagi kesishgan ma’lumotlar 35-40 % ni tashkil qiladi.

GulDU qoshidagi Guliston akademik litseyi oliy toifali tarix fani o'qituvchisi: Bahodir Mahmudboyev.

@TestLIDER - "SOLISHTIRMA testlar"
 Bilamizki, bu yil kirish imtihonlarida umumiy mazmundagi testlar tushishi kutilmoqda! Biz shuni ancha oldin anglagan holda "SOLISHTIRMA KITOB" qo'llanmasini va "EHTIMOLIY TESTLAR - 2019" testlar to'plamini tuzib chiqqanmiz. Ushbu mukammal tarzda tuzilgan "EHTIMOLIY TESTLAR - 2019" testlar to'plami Siz uchun ajoyib imkoniyat! To'plamda 1200 dan ziyod test mavjud.

Murojaat uchun:
👤 Jalol BOLTAYEV
☎️+99897 517 66 47; +99897 299 00 66

@TestLIDER - "EHTIMOLIY TESTLAR" g'alaba kaliti!
#test_online❗️ (ehtimoliy - solishtirma test)
---------------------------------------------
“Lolalar inqilobi” deb nomlangan jarayonlar sodir bo‘lgan davlat haqida bildirilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
---------------------------------------------
A) 1991-yil 16-dekabrda o‘z mustaqilligini e’lon qildi
B) 2010-yilda Serj Sargsyan ismli shaxs prezident etib saylandi
C) 2008-yil avgustda Janubiy Osetiyaga hujum qildi
D) Oltin qazib chiqarishda MDH davlatlari ichida uchinchi o'rinda turadi

👉@TESTLIDER - "Solishtirma kitob" va "Solishtirma testlar - 2019" - Bizniki eng mukammali❗️

👥 Barcha ovozlar - 651
#xarita #mashqi

1-Xarita mashqining javoblari

Janubiy Amerika (3-shakl)

#xarita #mashq

✔️ Xarita mashqi

© Jalol BOLTAYEV

👉 @TestLIDER kanaliga a'zo bo'ling

#xarita #mashq

✔️ Xarita mashqi

Janubiy Amerika (1-shakl)

Javoblaringizni @JBlider_bot ga yuboring. Natijalar e'lon qilinadi

⚠️ Familiya, ismingizni yozishni unutmang!

© Jalol BOLTAYEV

👉 @TestLIDER kanaliga a'zo bo'ling
 @TESTLIDER KANALIDA 3-iyulda o'tkazilgan "KONKURS" test (takror)

"Konkurs test" 1 ta jadvalli, 1 ta xaritali, 1 ta rasmli test, 20 ta maktab darsligi, 7 ta "Solishtirma kitob"dan tuzilgan murakkablik darajasi o'rta va yuqori testlardan iborat!

Tuzuvchi: Jalol BOLTAYEV

"KONKURS" test quyida, PDF formatida⤵️