TDIU Samarqand filiali
2.62K subscribers
22.7K photos
1.74K videos
86 files
9.38K links
TDIU Samarqand filialining rasmiy kanali

🌐 www.sbtsue.uz/uz

Taklif va murojaatlar: @TDIUSFbot
Download Telegram
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI XORIJIY OLIY TA’LIM MUASSASALARI BILAN QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL E’LON QILADI

2023 yilning 06 May kunidan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida 2023/2024 o‘quv yili uchun Germaniya🇩🇪, Latviya🇦🇹 va Malayziya🇲🇾 davlatlari bilan hamkorlikda bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjatlar qabul qilish boshlandi.

Qo'shma ta'lim dasturlariga hujjatlarni ONLAYN shaklda topshirasiz!!!

BAKALAVRIAT:

1️⃣ 🇩🇪 Germaniyaning Vayenshtefan-Triezdorf amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda:
“Iqtisodiyot (Oziq-ovqat tizimlarini boshqarish)” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 25 o‘rin). O‘qish muddati 4 yil (2,5+1,5).
Ta’lim tili – O‘zbekistonda o‘zbek tili, Germaniyada nemis tili. Kirish imtihon bloklari: biologiya, matematika, nemis tili.

Hujjat topshirish BU YERDA

2️⃣ 🇱🇻 Latviya amaliy bilimlar va texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda:
“Iqtisodiyot (Barqaror iqtisodiyot va hududiy rivojlanish)” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 25 o‘rin). O‘qish muddati 4 yil (2+2).
Ta’lim tili – O‘zbekistonda o‘zbek tili, Latviyada ingliz tili. Kirish imtihon bloklari: matematika, ingliz tili.

“Axborot tizimlari va texnologiyalari (Raqamli boshqaruv va barqaror rivojlanish)” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 25 o‘rin). O‘qish muddati 4 yil (2+2).
Ta’lim tili – O‘zbekistonda o‘zbek tili, Latviyada ingliz tili. Kirish imtihon bloklari: matematika, ingliz tili.

Hujjat topshirish BU YERDA

3️⃣ 🇲🇾 Malayziyaning Linkoln Universitet Kolleji bilan hamkorlikda:
“Raqamli iqtisodiyot (Bachelor in Business Administration)” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 28 o‘rin). O‘qish muddati 4 yil (2+2).
Ta’lim tili – O‘zbekistonda o‘zbek tili, Malayziyada ingliz tili. Kirish imtihon bloklari: matematika, ingliz tili.

Hujjat topshirish BU YERDA


MAGISTRATURA:

🇲🇾 Malayziyaning Linkoln Universitet Kolleji bilan hamkorlikda:
1️⃣ “Iqtisodiyot (Master of Business Administration in Islamic Banking)” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 8 o‘rin). O‘qish muddati 2 yil (1+1).
Ta’lim tili – O‘zbekistonda o‘zbek tili, Malayziyada ingliz tili. Kirish imtihon bloklari: mutaxassislik fanlari, ingliz tili.

Hujjat topshirish BU YERDA

Ushbu qo‘shma ta’lim dasturlarida ta’lim olishni istaganlar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining rasmiy veb sahifasi orqali (www.sbtsue.uz) yoki ko'rsatilgan linklar orqali tegishli ma’lumotlarni kiritishlari va quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlangan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklashlari talab etiladi.
1. Attestat yoki diplom (magistratura uchun bakalavr diplomi), olingan baholar ilovasi bilan;
2. Milliy pasport (bosh sahifasi va turar joyda ro‘yxatga olinganlik belgisi)
#Yangiliklar
#davra_suhbati

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi hamda odam savdosiga qarshi kurash-dolzarb masala” mavzusida navbatdagi profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil ma'lumot quyidagi havolada👇🏼

➡️https://sbtsue.uz/uz/news/view/1367

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Yangiliklar
#Ochiq_dars

Filialda “Makroiqtisodiyot” fanidan ochiq amaliy dars tashkil etildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida “Makroiqtisodiyot” fanidan "Byudjet-soliq siyosati” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Batafsil ma'lumot quyidagi havolada👇🏼

➡️https://sbtsue.uz/uz/news/view/1368

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
KUN HIKMATI
#psixologik_maslahat #motivatsiya

Dunyoda hech narsa qat'iyat o'rnini egallay olmaydi, hech bir qobiliyati yoki talanti bo'lmasada lekin qatiyatli insonlar qobiliyati borlardan ko'ra ko'proq yutuqqa erisha oladi. Yagona kuch bu qat'iyatdir.

TDIU SF matbuot xizmati - yoshlar uchun!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚜️Hurmatli TDIU SF talabalar!!! ⚜️

✍️2023-yilning, 8 -may kuni
soat 14:00 A bino (406 auditoriyada) Tarix, dinshunoslik, ma`naviyat asoslari, ekologiya va atrof muhit muhofazasi fanlaridan respublika fan olimpiadasining filial saralash bosqichi o`tkaziladi.
⚠️Unda qatnashishni hoxlovchilarni
2023 yil 8 may kuni soat 13:00 gacha ro`yxatdan o`tishingizni so`raymiz.

❗️Manzil👉 “Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi”

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
‼️ DIQQAT E'LON ‼️

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida 10-may kuni soat 12:30 dan 15:30gacha 202A auditoriyada Bank ishi fanidan Respublika talabalar fan olimpiadasining filial bosqichi bòlib òtadi.
Olimpiada 4 bosqichda amalga oshiriladi:
I bosqich test
II bosqich yozma ish
III bosqich masalalar yechish
IV bosqich oĝzaki
.
Ma'sul shaxs - "Buxgalteriya hisobi, soliq va moliya" kafedrasi dots. .v.b., PhD - Tog'ayev Salim Sobirovich

📌Barcha xohlovchilar taklif etiladi.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
‼️ DIQQAT E'LON ‼️

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida 10-may kuni soat 14:00 da (203 A auditoriyada)
“Buxgalteriya hisobi va audit” fanidan respublika talabalar fan olimpiadasining filial bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Olimpiada: III bosqichda amalga oshiriladi:
I bosqich test
II bosqich Keys topshiriqlar
III bosqich og‘zaki.
III ta bosqich natijalari bo’yicha eng yuqori ball to’plagan nomzod g’olib deb topiladi.

⚠️Murojat uchun “Buxgalteriya hisobi, soliq va moliya” kafedrasi dotsenti v.b., PhD M.Mardonov, 114A auditoriya
Barcha xohlovchilar taklif etiladi.


TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube