Til va adabiyot ta’limi
2.46K subscribers
777 photos
128 videos
204 files
1.03K links
📍 “Тил ва адабиёт таълими” – “Преподавание языка и литературы” – “Language and literature teaching” jurnali Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) ro‘yxatiga kiritilgan.

📍 Murojaat uchun: @TilAdabiyot_bot
Download Telegram
#xabar

O‘qituvchilar maoshi 1️⃣5️⃣ foizga, boshqalarniki esa 1️⃣0️⃣ foizga oshirildi

Prezident farmoni bilan ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori oshirildi. Jumladan, 2024-yil 1-sentabrdan pensiya va nafaqalar 15 foizga ko‘tariladi.

🔴 2024-yil 1-oktabrdan budjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumtaʼlim, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshiriladi.

Boshqa budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori esa 10 foizga koʻtariladi.

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 soʻm; bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 soʻm etib belgilandi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
#конкурс

Журнал «Til va adabiyot ta’limi» – «Преподавание языка и литературы» – «Language and literature teaching
» объявляет о начале конкурса «Лучший материал 2024 года».

Номинации конкурса:
1. «Лучшая статья»;
2. «Лучшая разработка урока»;
3. «Лучшая методическая рекомендация»;
4. «Лучший анализ произведения (на основе учебников)».

Победители конкурса будут награждены ценными призами – ноутбуками, планшетами, мобильными телефонами.

К участию в конкурсе принимаются статьи на узбекском, русском и английском языке, отправленные до 10 декабря 2024 г. через @MaqolaTanlovBot.

Мероприятие по определению победителей пройдёт в январе 2025 года. Лучшие материалы будут опубликованы на страницах журнала «Til va adabiyot ta’limi» – «Преподавание языка и литературы» – «Language and literature teaching».

❗️▶️ Требования к конкурсным работам

Сайт | Телеграм | Обращение | Обсуждение
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#video

“Talabalarim oldida uyalib qolmaslik uchun til o‘rgandim” – 67 yoshida ingliz tilidan B2 darajasini olgan otaxon

Abdug‘ofur Hotamov TATUning Samarqand filialida dars beradi. U 10 oy davomida o‘qib, ingliz tilidan B2 sertifikatini olgan.

“Ko‘plab axborot texnologiyalariga aloqador terminlar ingliz tilida, talabalarning oldida uyalib qolmaslik uchun ingliz tili kursiga qatnay boshladim”, deydi Kun.uz’ga bergan intervyusida.

Abdug‘ofur ota kuniga 2-3 soat ingliz tili bilan mustaqil shug‘ullanganini aytadi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
O‘zbekiston_joy_nomlarining_izohli_lug‘ati.pdf
5.9 MB
#kitob

O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘atini yuklab oling.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
#hazil

“Sh”dan boshlanuvchi buyuklar

Yozuvchilarning “Do‘rmon” ijod uyida Shukrullo domla bilan ustoz Said Ahmad suhbatlashib o‘tirishibdi. Shukrullo domlaning qanadaydir sahna asari haqida gazetada tanqidiy maqola e’lon qilingan ekan, domla jig‘ibiyron bo‘lib turibdi. Vaziyat chamaladim-da, domlani yupatib, ko‘nglini ko‘tarmoqchi bo‘ldim.

– Parvo qilmang, domla, o‘zi hamma buyuk ijodkorlarning ismi “Sh”dan boshlanadi, – dedim “ikkovimizdan zo‘ri yo‘q” degan ma’noda. – Masalan, Shekspir, Shiller, Shuman, Shubert, Shtraus… – Keyin Rossiya tomonlarni oraladim: – Shostakovich, Sholoxov, Shukshin… – O‘zimiznikilar ham benasib qolmadi: – Shayxzoda, Shukur Burxonov, Shukrullo, Shukur Xolmirzayev…

– Sharof Boshbekov… – dedilar domla hazillashayotganimni tushunib.

– Kaneshno! – dedim yasama viqor bilan.

Ustoz Said Ahmad sanoqni davom ettirdilar:

– Shaid Ahmad…

Sharof BOSHBEKOV

Batafsil: https://oyina.uz/uz/teahause/36

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
Safimizda qaysi fan oʻqituvchilari koʻp? / Каких учителей больше среди наших подписчиков?
Anonymous Poll
21%
Ona tili va adabiyot
5%
Oʻzbek tili
6%
Ingliz tili
65%
Rus tili
1%
Nemis tili
0%
Fransuz tili
1%
Boshqa til
#xushxabar

🎁 Mushtariylarimiz uchun xushxabar! Endi Siz maqolalaringizni "Filologiya va Pedagogika" ilmiy-metodik elektron jurnaliga ham chiqarishingiz mumkin.

📗Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi "Til va adabiyot ta’limi" davlat korxonasi "Filologiya va Pedagogika" ilmiy-metodik elektron jurnalini ta’sis etdi.

🏛 Yangi nashr Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2024-yil 19-avgustda 360240-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

📥Maqolalar @FilologiyaPedagogikaBot orqali qabul qilinadi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
#xabar

📣 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o'tkazilgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining final bosqichida:

🥇Jizzax viloyati Jizzax shahridagi 22-maktab jamoasi 1-o‘rinni,
🥈Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 53-IDUM jamoasi 2-o‘rinni,
🥉Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 110-IDUM jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Til ko‘nikmalari nominatsiyalari boʻyicha:

“The best writer” — Jizzax viloyati Jizzax shahridagi 22-maktab o‘quvchisi Shahina Bahodirova,
“The best speaker” — Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 74-maktab o‘quvchisi Mirabror Rajabboyev,
“The best reader” — Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi 5-maktab o‘quvchisi Imronbek Abdurafikov,
“The best listener” — Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 53-IDUM o‘quvchisi Boburjon Akramov va Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 110-IDUM o‘quvchisi Aleksandr Shutov g'olib deb topildi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
#xabar

⚡️Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9-sentabr, dushanba kunidan boshlanadi.

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 321-sonli buyrug‘ida belgilandi.

Akademik litseylarda esa yangi o‘quv yili 4-sentabr, chorshanba kunidan boshlanadi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
#jurnal
#mundarija

"Til va adabiyot taʼlimi" jurnalining 2024-yil 7-soni mundarijasi bilan tanishing.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
Prezident farmoniga ko‘ra bir guruh til va adabiyot ta’limi fidoyilari taqdirlandi:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Tuxliyev Bokijon - TDShU mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi professori;

«Do‘stlik» ordeni bilan

Ashirbayev Samixan - Alisher Navoiy nomidagi TDO‘TAU folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi mudiri,

Gulamova Marg‘uba Maxamadrasulovna - Yashnobod tumanidagi 77-ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri,

Tovstenko Liliya Anatolevna - Buxoro shahridagi 21-maktabning rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati,

Shodmonov Nafas Namozovich - QarDU o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi mudiri, Qashqadaryo viloyati;

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Abuzalova Mehriniso Kadirovna - BuxDU o‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi professori.

“Til va adabiyot ta’limi” jurnali jamoasi davlatimizning yuksak orden va medallari bilan taqdirlangan hamkasblarimizni qutlaydi.
Davlat_tilida_ish_yuritish.pdf
2.6 MB
#kitob

"Davlat tilida ish yuritish" qo‘llanmasini yuklab oling.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
Forwarded from Oliy Attestatsiya Komissiyasi jurnallari (Azamjon Tokhirov)
Sizlarga maksimal darajada ilm-fanga yo'naltirilgan ushbu kanallarimizni taklif qilamiz.

1.  Scopus va web of science xalqaro nufuzli ilmiy bazalarda indekslanuvchi jurnallari uchun ochilgan kanal
Ushbu kanalda hozirgi kunda barchaning diqqat e'tiborida bo'lgan asosan shu ikki (scopus, web of science) ilmiy bazalardagi sifatli, haqiqiy va eng asosiysi narx jihatdan sizni qanoatlantiruvchi jurnallar haqida e'lonlar va postlar joylab boriladi.
https://t.me/Scopus_Web_of_science

2.  Dissertatsiyaning ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan, Oliy attestatsiya komissiyasi ro'yxatidagi jurnallar uchun ochilgan kanal.
Ushbu guruh ilmiy maqolalar ya'ni dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalarini Oliy Attestatsiya Komissiyasi ro'yxatidagi jurnallarida chop qilishga amaliy va nazariy yordam berish maqsadida tashkil qilingan!
https://t.me/OAK_jurnallari_N1

3. Barcha xalqaro va mahalliy impact factorli hamda OAK tan olgan xalqaro ilmiy bazalarda indekslanuvchi jurnallar uchun ochilgan kanal.
Ushbu kanal asosan
-OAK jurnallari
-Impact factorli xalqaro ilmiy bazalarda indesklanuchni jurnallar
-Xalqaro jurnallar va konferensiyalar
-Respublika jurnallar va konferensiyalar
-Xalqaro jurnallar tahririyat a'zoligiga ko'maklashish
maqsadida tashkil etilgan.
https://t.me/Scientific_Publication1

4. Yil davomida o'tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar axborot xatlari uchun ochilgan kanal.
Ushbu kanalda maksimal darajada xalqaro va mahalliy miqyosda o'tkazilayotgan va o'tkazilishi rejalashtirilgan ilmiy amaliy anjumanlar axborot xatlari berib boriladi.
https://t.me/uz_conference

Ushbu kanallarning barchasiga a'zo bo'lishingiz tavsiya etiladi hamda postni hamkasblarga va tanish guruhlarga maksimal yuboring, albatta ularga ham foydali.

Bizning doimiy shiorimiz:
😁😁😁😁😊😁😁
😁😁😁😊😉
😊😊😉😁😁😊

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤🔤🔤
@Science_technical_PhD
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hazil

Karikatura Sizga qaysi asarni eslatmoqda? Javobni hoziroq yozib qoldiring.👇

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tarix
#noyob

Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon (1897–1938) qiyofasi saqlanib qolgan yagona (ishonchli) videolavha. 1920-yil 1-8 sentabr, Boku shahri.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
#tanlov

“Til va adabiyot ta’limi” jurnali “Yilning eng yaxshi materiali” tanlovini e’lon qiladi!

Tanlov yo‘nalishlari:
1. “Eng yaxshi maqola”
2. “Eng yaxshi dars ishlanma”.
3. “Eng yaxshi metodik tavsiya”.
4. “Eng yaxshi asar tahlili” (darsliklar asosida).

Tanlov g‘oliblari noutbuk, planshet, mobil telefon kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovga materiallar o‘zbek, rus yoki ingliz tilida shu yilning 10-dekabrigacha @MaqolaTanlovBot orqali qabul qilinadi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2025-yil yanvar oyida o‘tkaziladi. Eng yaxshi materiallar jurnal sahifalarida chop etiladi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xabar

Turkiya poytaxti Anqara shahrida ulug‘ mutafakkir shoir Alisher Navoiyga haykal o‘rnatildi. Bu haqda ochilish marosimida qatnashgan adabiyotshunos Gulnoza Sattorova xabar berdi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
#Qutlov

Vatanimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan tabriklab, sihat-salomatlik, baxt-u saodat, fayz-u baraka tilaymiz.

Ezgu orzu-niyatlarimiz amalga oshsin! Yaratganning o‘zi barchamizni panohida asrasin!

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, ozodligimiz abadiy bo‘lsin!

Mustaqillik kuni biz uchun, kelgusi avlodlarimiz uchun doimo eng ulug‘, eng aziz bayram bo‘lib qolsin!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sana

Bugun oʻzbekning katta shoiri Yoʻldosh Eshbek tugʻilgan kun (1952-yil 1-sentabr, Samarqand).

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama