Сурхондарё инновация || Расмий канал
112 subscribers
2.83K photos
390 videos
16 files
1.2K links
Сўнги инновацион янгиликлар, Сурхондарёдаги инновацион лойиҳалар, Инновацион ривожланиш вазирлигининг ёшлар ва олимлар учун грандлари ва танловлари, олимларнинг ишланмалари ва тадкикодлари ёритиб борилади🌐🇺🇿

@Surxondaryoinnovatsiya
Download Telegram
Xitoylik hamkorlar O'zbekistonga yuqumli kasalliklarni aniqlovchi mobil laboratoriya taqdim etdilar.
COVID-19 virusini aniqlovchi “Huo-Yan Air” laboratoriya majmuasi Xitoy Xalq Respublikasi “Mammoth Foundation” jamg'armasi  tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligiga beg'araz taqdim etildi. Shartnoma innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Sh. Turdiqulova va Xitoy Xalq Respublikasi “Mammoth Foundation” jamg'armasi rahbari Zhao Lijian tomonidan imzolandi. Shartnomaga asosan 350 000 AQSh dollari qiymatidagi mobil laboratoriya O'zbekistonga beg'araz etkazib beriladi.
“Huo-Yan Air” laboratoriyasi bir kunda 10 mingta namunani tekshirish imkoniyatiga ega bo'lib, favqulodda vaziyatlarda tezkorlik bilan ishlarni tashkil qilish uchun sharoit yaratadi. Mazkur laboratoriyani favqulodda vaziyat yuz bergan hududga etti kun ichida o'rnatib, ishga tushirish mumkinligi alohida ahamiyatga ega. Ya'ni laboratoriya uchun er maydonini tayyorlashdan elektr tarmoqlariga ulab, ishga tushirishga bir hafta vaqt ketadi. Laboratoriya modullardan iborat bo'lib, uni talabga ko'ra o'zgartirish imkoniyati mavjud, elektr iste'moli kam, qadoqlab tashish qulay, vaqt o'tib, eskirganidan keyin bioparchalanish xususiyatiga ega. Mazkur zamonaviy qurilma nafaqat koronavirus kasalligini, balki boshqa yuqumli kasalliklarni aniqlashi mumkin.
Laboratoriya yurtimizga etib kelganidan so'ng uskunalarni boshqarish va foydalanish bo'yicha treninglar hamda o'qitish jarayonlarini tashkil etiladdi. Mobil laboratoriya Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi xizmatiga topshiriladi.
Shatrnomani imzolash marosimida Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig'i Bahodir Yusupaliev, Mammoth Foundation” jamg'armasi vakillari, Ilg'or texnologiyalar markazi mas'ullari, O'zbekistonning Xitoy Xalq respublikasidagi elchixona xodimlari ishtirok etdi.
👉Инновацион ривожланиш вазири Саудия Арабистони Қироллиги Инвестициялар вазири Холид Ал-Фалиҳ билан учрашди.

Бугун, 23 март куни Тошкент шаҳридаги Хилтон меҳмонхонасида Инновацион ривожланиш вазири Иброҳим Абдураҳмонов Саудия Арабистони Қироллиги Инвестициялар вазири Холид ал-Фалиҳ билан учрашди.

Учрашувда томонлар икки давлат илм-фан, технология ва инновациялар соҳасида ҳамкорлик алоқаларининг ҳолати ва уларни ривожлантириш истиқболлари ҳақида суҳбатлашди.

t.me/suroxndaryoinnovatsiya
Forwarded from MinInnovation
#online

Айни дамда Ўзбекистон каналининг "Муносабат" кўрсатувида Инновацион ривожланиш вазирлиги ҳузуридаги "Яшнобод" инновацион технопарки вакиллари иштирокида кўрсатув жонли эфирда бўлиб ўтмоқда.
Forwarded from MinInnovation
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бугун "EXPO 2020 Dubai” бутунжаҳон кўргазмасининг Ўзбекистон Миллий павильонида Инновацион ривожланиш вазирлигининг кўргазмаси ўз ишини бошлади.

Янги лойиҳаларга қизиқиш катта!

@mininnovation
Инновацион ривожланиш вазири Тошкент шаҳридаги Халқаро молекуляр аллергология марказининг қурилиш ишлари билан танишди.

Қурилиш ишлари сифатли олиб борилиши ва ўз муддатида битириш бўйича топшириқлар берилди. Қолаверса лаборатория жиҳозларини хозирдан харид қилиш бўйича кўрсатмалар бериб ўтилди.

Лойиҳанинг умумий қиймати 26,5 млрд сўмга баҳоланган бўлиб, шундан, 8,6 млрд сўм лаборатория ускуналарини сотиб олиш учун ажратилади.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
30.03.2022 19:30

MIRZO ULUG’BEK VORISLARI SARALANDI

#DENOV

Muxbir: ABROR MAMARAHIMOV

“ISHONCH” telekanalining “ZAMIN-ONLINE” axborot dasturi orqali efirga uzatildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI INNOVATSION RIVOJLANISH VAZIRLIGI SURXONDARYO VILOYATI HUDUDIY BOSHQARMASI MATBUOT XIZMATI

Bizni kuzatishda davom eting:

t.me/Surxondaryoinnovatsiya
🌐Agrobiznes va agroturizm yo'nalishi bo'yicha startap loyihalar tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi USAIDning agrobiznesni rivojlantirish loyihasi bilan hamkorlikda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga va agroturizm xizmatlariga qo‘shimcha qiymat qo‘shish orqali savdo va eksportni oshirish, hamda uzoq muddatli yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beruvchi innovatsion texnologiyalar/asbob-uskunalarga hamkorlikda sarmoya kiritish istagini bildirgan xususiy tadbirkorlik subyektlari va korxonalarga yordam ko‘rsatish maqsadida “Agrobiznes va agroturizm bo‘yicha qo‘shma loyihalar tanlovini” e’lon qiladi.

Batafsil:https://mininnovation.uz/contest/post-474
🌐“O‘zbekiston-Vengriya startap loyihalar” tanlovi doirasida arizalarni qabul qilish muddati 2022-yil 1-iyunga qadar uzaytirilganini ma’lum qilamiz

Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.

Batafsil: https://mininnovation.uz/contest/post-265
#online
#sayyor­­­­­­­­­_qabul

👉Айни дамда Инновацион ривожланиш вазири Иброҳим Абдураҳмонов Геология фанлари университети жамоаси, тадқиқотчилар, докторантлар ва илмий ходимлари билан учрашув ўтказмоқда.

Учрашувда, шунингдек, Инновацион ривожланиш вазири ўринбосари Шаҳло Турдиқулова ва вазирлик бошқарма бошлиқлари ҳам иштирок этмоқдалар.

Сайёр қабул давомида илмий лойиҳаларни шакллантириш, уларни амалга ошириш борасида мавжуд муаммолар ва уларнинг ечимлари муҳокама қилинади. Шунингдек, докторантлар олдида турган вазифаларга тўхталинади.

Ҳозирда Геология фанлари университети илмий жамоаси томонидан илмий фаолиятга оид давлат дастури доирасида жами 17,92 млрд. сўм қийматидаги 13 та лойиҳа бажарилмоқда. Улардан биттаси амалий, 2 таси фундаментал, 7 таси инновацион ва 3 та халқаро қўшма лойиҳалардир.

Ўз навбатида, 96,8 млрд. сўм қийматида 404 та лойиҳалар тижоратлаштирилган.