Сурхондарё инновация || Расмий канал
125 subscribers
2.83K photos
390 videos
16 files
1.2K links
Сўнги инновацион янгиликлар, Сурхондарёдаги инновацион лойиҳалар, Инновацион ривожланиш вазирлигининг ёшлар ва олимлар учун грандлари ва танловлари, олимларнинг ишланмалари ва тадкикодлари ёритиб борилади🌐🇺🇿

@Surxondaryoinnovatsiya
Download Telegram
Forwarded from MinInnovation
"Народное слово" газетасининг бугунги сонида инновацион ривожланиш вазирининг хорижий маслаҳатчиси Александр Цойнинг "Интеграция Узбекистана с мировым научным сообществом возможна при системном анализе достижений и тенденций в инновациях" сарлавҳали мақоласи чоп этилди.

Мақоланинг ўзбек ва рус тилларидаги тўлиқ матни билан сайтимизда танишишингиз мумкин.

БАТАФСИЛ

@mininnovation
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | Нобель мукофоти совриндори билан онлайн мулоқот
#7jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
⚡️11 январь йилнинг энг мулойим куни саналади. Чунки ушбу кунда Халқаро раҳмат куни нишонланади.

Биз билан бирга бўлганингиз учун Сизга Раҳмат!

👉@Surxondaryoinnovatsiya
Forwarded from SAFAR
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Фермерлар мактаби қишлоқ хўжалиги соҳасидаги замонавий билимлар ўргатиладиган бепул курсларни давом эттиради. Айни пайтда бешинчи мавсум учун аризаларни қабул қилиш бошланди.

Ўз келажагингиз пойдеворини қуришни бугундан бошланг.

❗️Қабул 22 февралга қадар давом этади.

Аризаларни @fermerlar_maktabi_bot Telegram боти ва fermermaktab.uz сайтида қолдириш мумкин.

Батафсил маълумот учун: https://t.me/fermermaktab_uz

☎️1216
+998955008010
+998955008001

Instagram | Facebook | Telegram | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor

Oliy taʼlim muassasalarida 24-yanvardan keyin o‘qish onlayn ta’limga o‘tishi mumkinmi?

Sessiya jarayonlari qay tarzda boʻladi?

Ushbu savollar yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov AOKAda o'tkazilayotgan matbuot anjumanida javob berdi.

👉@Surxondaryoinnovatsiya
Forwarded from MinInnovation
Инновацион ривожланиш вазирлигида Ҳиндистоннинг Nath Bio Genes India корхонаси (Хайдаробод шаҳри) вакиллари билан Ўзбекистонда агрономия, уруғчилик, ўсимликлар ҳимояси ва тупроқшуносликка ихтисослашган илмий-тадқиқот маркази (R&D center)ни ҳамкорликда ташкил қилиш бўйича музокаралар олиб борилди.

Музокаралар натижасида Ҳиндистон томон марказ ташкил этиш бўйича бизнес лойиҳа тайёрлаши, Инновацион ривожланиш вазирлиги тегишли илмий-тадқиқот институтлари билан ҳамкорлик ўрнатишга амалий кўмак беришига келишилди.

Инновацион ривожланиш вазирлигининг Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятлардаги Инновацион ривожланиш ҳудудий бошқармалари ходимлари ҳам учрашувда видеоконференцалоқа орқали иштирок этди.

_ _ _ _ _ _ _ _

11 января в Министерстве инновационного развития состоялись переговоры с представителями Nath Bio Genes India (Хайдарабад) о создании в Узбекистане научно-исследовательского центра (R&D center), специализирующегося на агрономике, семеноводстве, защите растений и почвоведении.

По итогам переговоров достигнута договоренность о подготовке индийской стороной бизнес-проекта по созданию центра, в рамках которого Министерство инновационного развития окажет практическое содействие по сотрудничеству с соответствующими научно-исследовательскими институтами и выделению земельного участка и соответствующей инфраструктуры для создания научно-исследовательского центра.

В переговорах в формате видеоконференцсвязи также приняли участие сотрудники Региональных управлений инновационного развития.

@mininnovation
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14-январ Ватан ҳимоячилари куни

🇺🇿Бугунги Ватан ҳимоячилари куни барча ватанимиз ҳимояси ва ривожида турли хил касбларда хизмат кўрсатаётган Ўзбекистон ўғлонларига муборак бўлсин!

Тинчлигимиз абадий бўлсин!

@surxondaryoinnovatsiya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#RENESSANS_TV #7XABAR #INFORMATSION #DASTURI

20:00. 14.01.2022

MUDOFAA TIZIMDAGI ZAMONAVIY TA'LIM USULLARI

#Surxondaryo

Muxbir: Abror Mamarahimov 🎤

IIV bilan hamkorlik asosida

t.me/abror_mamarahimov_jurnalist
👉Умумий қиймати 77,8 млрд. сўм бўлган 38 та лойиҳа раҳбарларига сертификатлар топширилди.

БАТАФСИЛ
17- yanvar bolalar ixtirolalari kuni

👉@surxoninnovatsiya
So'nggi yillarda yurtimizda tibbiyot sohasida ko'plab samarali ishlar amalga oshirildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi «Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo'yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to'g'risida» PF-6198-son Farmoni e'lon qilinishi ortidan har bir viloyatdagi bittadan tumanlar «Innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlar ro'yxati»ga kiritildi. Innovatsion rivojlanish vaziri va viloyatlar hokimlarining birgalikdagi tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Samarqand viloyatining Urgut va Toshkent viloyatining Ohangaron tumanlarida telemeditsina xizmatini tashkil etish belgilandi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e'lon qilingan startap tanlovida g'olib bo'lgan Innovative Developers MChJ tomonidan telemeditsina xizmatini tashkil etish ishlari boshlab yuborildi. Jumladan dunyodagi telemeditsina uskunalari va dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan muzokaralar olib borilib, kerakli asbob-uskunalar xarid qilinib, ishga tushirilmoqda. Shu bilan birga hududlardagi bemorlarga maslahat olish uchun xorijiy va mahalliy tibbiyot markazlari, klinikalari bilan hamkorlik boshlab yuborildi.
O'tgan hafta Innovative Developers MChJ va AQShning ProMED career institute tashkiloti, Turkiya tibbiy turizm assotsiatsiyasi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining ko'p tarmoqli klinikasi bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Mazkur memorandumlar doirasida tomonlar quyidagi yo'nalishlarda faoliyat olib boradilar:
a) olis hududdagi bemorlarga malakali va sifatli tibbiy xizmat ko'rsatishni telemeditsina xizmati orqali amalga oshirish;
b) masofadan turib tashxis qo'yish, masofadan turib davolash ishlarini amalga oshirishni takomillashtirib borish;
v) gifokorlarning bemorlarni tashxislash rejasi, davolash taktikasi, profilaktika yo'nalishlari bo'yicha maslahatlashuvi va konsiliumini olib borishni rivojlantirish;
g) bemorlarni telemeditsina xizmatlari orqali real vaqtda tekshirish va davolash imkoniyatlarini oshirish;
d) telemeditsina xizmati orqali tibbiyot muassasalarini ixtisoslashgan tibbiyot markazlari hamda xorijiy klinikalar bilan integratsiyasini ta'minlash;
e) telemeditsina xizmati bo'yicha master klass, amaliy tadbirlar, treninglar, davra suhbatlari o'tkazishni yo'lga qo'yish;
j) telemeditsina xizmati haqida ommaviy axborot vositalarida yoritib borish va telemeditsina tarmoq xizmatlarini rivojlantirish.
Ta'kidlab o'tish kerakki, butun jahonda rivojlanishning yangi bosqichiga chiqayotgan, COVID 19 pandemiyasi sharoitida yanada dolzarb tus olgan telemeditsina xizmatlarini joriy qilish hozirgi kundagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Sunʼiy yoʻldosh yaratish ishlari qanday ketyapti?

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi tomonidan aerokosmik tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirda Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida Aerokosmik oʻquv-tadqiqot laboratoriyasi faoliyat yuritadi. Mazkur laboratoriya Cube sunʼiy yoʻldoshini yigʻish orqali oʻquv-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga moʻljallangan. Laboratoriya shuningdek, kosmik radio signallarini oʻrganish, quyosh tizimi va uzoq masofali obyektlardan radiouzatish uchun antenna texnikasidan amaliy foydalanish uchun moʻljallangan. Aerokosmik laboratoriyasiga qoʻyilgan asosiy vazifa telemetriya va yer yuzasini geodeziyasi hisoblanadi.
Barchaga maʼlumki, sunʼiy yoʻldoshni yaratish va uni kosmosga olib chiqish koʻp yillik tadqiqotlar va oʻrganishlarni talab etadi. Hozirda aynan shu rejaga koʻra Aerokosmik oʻquv-tadqiqot laboratoriyasining yosh xodimlari tomonidan kosmik maʼlumotlarni, jumladan havo harorati, bosimi, chang miqdori kabi koʻrsatkichlarni yerga uzatish imkonini beruvchi kichik sunʼiy yoʻldosh qurilmasi ishlab chiqildi hamda 2021-yilda atmosferaning stratosfera qatlamiga (50 ming metr) bir necha bor olib chiqildi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan 2021-yil 21-avgust kuni kichik sunʼiy yoʻldosh hamda davlatimiz bayrogʻi stratosferaga uchirildi. Natijada, hozirda kichik sunʼiy yoʻldosh tomonidan qayd etilgan koʻrsatkichlar asosida aerokosmik laboratoriyada oʻquv-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, sunʼiy yoʻldosh yaratish, uni kosmosga olib chiqish va undan keyinchalik foydalanish uchun malakali kadrlar zarur. Aerokosmik oʻquv-tadqiqot laboratoriyasida iqtidorli talaba yoshlarni jalb etilgan holda oʻquv dasturlarii amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur dasturlarning natijasi oʻlaroq 4 nafar talabadan iborat jamoa AQSHning FIRST GLOBAL kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro musobaqada ishtirok etdi. FIRST GLOBAL – Ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika boʻyicha taʼlim berish orqali yetakchilik va innovatsiyalarni rivojlantirishga hissa qoʻshuvchi tashkilot. Musobaqa yakunida kichik sunʼiy yoʻldosh – Cube Sat ishlab chiqildi hamda stratosfera qatlamiga uchirildi. Aerokosmik oʻquv-tadqiqot laboratoriyasida ishlab chiqilgan Meteo Cube Sat kichik sunʼiy yoʻldosh (nano sputnik) bilan troposfera va stratosfera qatlamlaridan muayyan maʼlumotlar qoʻlga kiritildi. Bular keyingi parvozlar va tadqiqotlar uchun zarur maʼlumotlar hisoblanadi.
Oʻz navbatida Cube Sat-kichik sunʼiy yoʻldoshlarni dasturlash va texnik yordam bilan ishlash boʻyicha ham ulkan maʼlumotlar bazasi shakllantirildi. Ushbu maʼlumotlarga asoslangan holda endilikda boshqa yoʻnalishlar boʻyicha yangi kichik sunʼiy yoʻldoshlar ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.
Bundan tashqari, 2021-yilning 2-noyabridan UNICEF, Tech4Impact NNT va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligida STEM sohalariga qiziquvchi qizlar uchun UniSat xalqaro taʼlim dasturi ishga tushirildi. Qizlarning kosmik tadqiqotlarga qiziqishini oshirishga qaratilgan ushbu dastur davomida Oʻzbekistonning barcha viloyatlaridan tanlovdan oʻtgan 15-24 yoshli qizlar nano sunʼiy yoʻldoshni loyihalashtirib, uni yigʻadilar hamda stratosferaga uchiradilar. Hozirda joriy yil fevral oyiga qadar ishtirokchilar onlayn va oflayn seminarlar, amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etmoqdalar. Mazkur seminarlar va mashgʻulotlarda eng yaxshi koʻrsatkichlarni namoyish etgan 20 nafar eng yaxshi ishtirokchi Olmaota shahrida nanoyoʻldoshni yigʻish boʻyicha amaliyot oʻtaydilar. 2022-yil 12-aprel kuni esa qizlar yiqqan nanoyoʻldosh stratosferaga uchiriladi.
Ilm-fan va innovatsiya sohalarini rivojlantirishda ilmiy-texnik axborotning oʻrni

Oʻtgan uch yil mobaynida Oʻzbekiston ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirishda sezilarli darajada ilgarilab ketdi. Bu jarayonning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari mamlakat rahbariyatining eng yuqori darajadagi strategik qarashlari va siyosiy qoʻllab-quvvatlashi hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni ragʻbatlantirish, ilmiy va innovatsion yutuqlarni amaliyotga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratishga alohida eʼtibor qaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-sentyabrdagi PF-5544-sonli Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi boʻyicha jahonning 50 ilgʻor mamlakati qatoriga kirish boʻyicha ulkan maqsad eʼlon qilindi [1-3]. Ushbu maqsadni amalga oshirishning asosi fan sohasini zamonaviy iqtisodiy sharoitlarga moslashtirish hisoblanadi, bu esa oʻz navbatida kuchli meʼyoriy-huquqiy baza bilan tartibga solinadigan uni rivojlantirishning tuzilmaviy, tashkiliy, kadrlar, infratuzilma va moliyaviy taʼminotidagi tub oʻzgarishlarga olib kelishi kerak.
Ushbu ishni amalga oshirish yoʻnalishida Oʻzbekiston Respublikasining 29.10.2019-y. OʻRQ-576-son "Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida"gi Qonuni  va Oʻzbekiston Respublikasining 24.07.2020-y. OʻRQ-630-son "Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida"gi Qonuni  qabul qilindi. Shuningdek, oʻtgan yildan boshlab ushbu sohaning oʻrta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish asoslarini belgilovchi  Oʻzbekiston Respublikasida 2030-yilga qadar ilm-fanni rivojlantirish konsepsiyasi amalga oshirilmoqda.
Yuqorida qayd etilgan hujjatlarda respublika, tarmoq, mintaqaviy ilmiy-texnik axborot resurslari hamda mahalliy va xorijiy ilmiy-texnik axborot manbalarini yigʻish, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashgan tashkilotlarni oʻz ichiga oluvchi  mamlakatimizda ilmiy-texnik axborotning davlat tizimi (ITADT)ni yaratish nazarda tutilgan.
Shu bilan birga, ITADTni toʻliq amalga oshirilishi uchun bugungi kunda mavjud muammolarni diqqat bilan oʻrganish lozim. Ushbu maqolada tizimli yondashuvlar va oʻzgarishlarni talab qiluvchi ulardan asosiylarini koʻrib chiqamiz.
Ayni paytda mamlakatda zamonaviy ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish yutuqlari va tendensiyalarini har tomonlama tahlil qilish va oʻrganish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmayapti, davlat dasturlarini ishlab chiqishda lozim tarzdagi majmuaviy tahlil va strategik prognozlashtirish mavjud emas, natijada ushbu dasturlar koʻpincha muammolarning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan va uzoq muddatli rivojlanish masalalarini hal qilmaydi.