Baholash Pro
4.02K subscribers
19 photos
9 files
41 links
📚 Baholash Pro – Formativ va Summativ Baholash Kanali
Summativ baholash – natijalarni aniqlash
O‘qituvchi va o‘quvchilar uchun kerakli tavsiyalar! 🚀
📩 Savollar va takliflar uchun: @tdibot
Natijalarni tekshirish uchun: @natijalaruzbot
Download Telegram
Qayta topshirish tartibi:

🔴Qayta topshirish uchun 28-dekabr kuni barcha sinflarga bitta kun ajratiladi.

🟢Maktab pedagogik kengashi qarori bilan 28-dekabr kuni onlayn formatda qayta topshirishga quyidagi hollarda ruxsat etiladi

➡️0 dan 12 ballgacha olgan o‘quvchilar;
➡️Sababli qatnasha olmagan o‘quvchilar; (Bunday o‘quvchilar maksimal 40 ballgacha baholanishi mumkin.)
➡️Sababsiz qatnashmagan o‘quvchilar; (Bunday o‘quvchilar maksimal 26 ballgacha baholanishi mumkin.)

Процесс пересдачи:

🔴На пересдачу выделяется 1 день для всех классов — 28 декабря.

➡️К пересдаче допускаются ученики, набравшие от 0 до 12 баллов.

➡️Ученики, не участвовавшие по уважительной причине (имеющие обоснованный документ по уважительной причине), оцениваются до 40 баллов.

➡️Ученики, не принявшие участие в тестовых испытаниях и не явившиеся на экзамен СОЧ без уважительной причины, допускаются к пересдаче в онлайн-формате 28 декабря решением педагогического совета школы . Эти ученики оцениваются максимум до 26 баллов.

Почему при загрузке заданий у преподавателя не отображается ссылка в журнале? ->
Это сделано в целях обеспечения конфиденциальности.
Ученику необходимо перейти к заданию со своего профиля.


#online
https://t.me/SummativeLab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥63
⚡️Bugun, 20-dekabr kuni 5-sinflar markazlashtirilgan CHSB topshiradi⚡️
1-smena uchun vazifalar eMaktabda 8-00 gacha qo‘yiladi
2-smena uchun vazifalar eMaktabda 13-00 gacha qo‘yiladi.

⚡️Cегодня, 20 декабря централизованный СОЧ сдают 5-ые классы.⚡️
Для 1-ой смены задания в eMaktab будут доступны с 8-00
Для 2-ой смены задания в eMaktab будут доступны с 13-00
_ _ _

🔎 Vazifalarni qanday topish mumkin?
Quyidagi roʻyxatdan vazifa nomini koʻchiring va https://emaktab.uz/works sahifasining qidiruv yo‘lakchasiga joylashtiring
🔎 Как найти задания?
Скопируйте нужное название из списка ниже и вставьте его в строку поиска на сайте:
https://emaktab.uz/works

📖 Ta'lim o'zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun 2 ta havola beriladi:
1. (60 daqiqa) Matematika:
Matematika_CHSB_2_Asosiy_1

https://emaktab.uz/works/available?parallels=5&workType=SOCH&tags=13&subjects=20&languages=2
Filtrlarda: matematika, sinf(5), sinf tili(o'zbek), ish turi(CHSB), hisobot davrlari(2-chorak)

2. (60 daqiqa) Ona tili:
Ona_tili_va_Adabiyot_2_CHSB_Asosiy_1

https://emaktab.uz/works/available?subjects=29&parallels=5&languages=2&workType=SOCH&tags=13
Filtrlarda: ona tili, sinf(5), sinf tili(o'zbek), ish turi(CHSB), hisobot davrlari(2-chorak)
_ _ _

📖Для классов с русском языком обучения ссылки следующие:
1. (60 минут) Mатематика:
Matematika_CHSB_2_Asosiy_1

https://emaktab.uz/works/available?parallels=5&workType=SOCH&tags=13&subjects=20&languages=2
Фильтры: математика, класс (5), язык класса (русский), тип работы (СОЧ), отчетный период (2-четверть).

2. (60 минут) Русский язык:
Rus_tili_CHSB_2_Asosiy_1

https://emaktab.uz/works/available?parallels=5&workType=SOCH&tags=13&subjects=24&languages=1
Фильтры: русский язык, класс (5), язык класса (русский), тип работы (СОЧ), отчетный период (2-четверть).
_ _ _

❗️Topshiriqni FAQAT ushbu fan boʻyicha shu sinfda dars beradigan fan oʻqituvchisi tomonidan berilishi mumkin va administrator vazifa berish huquqiga EGA BO‘LMAYDI;

☎️ Barcha savollar bo‘yicha ishonch telefoni soat 8.00 dan faol bo‘ladi.
+998 (78) 888-82-82


Biz imkon qadar tezroq chatda javob berishga harakat qilamiz,
lekin sizning murojaatingizni adashib javobsiz qoldirsak, birinchi navbatda yuqoridagi raqamga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

❗️ Задания могут быть выданы ТОЛЬКО учителем предмета, который преподает в этом классе. Администратор не имеет права выдавать задания.
☎️ По всем вопросам можно обращаться на телефон доверия с 8:00:
+998 (78) 888-82-82

Мы стараемся отвечать как можно быстрее в чате, но если ваш вопрос останется без ответа, пожалуйста, сначала позвоните по указанному номеру.

https://t.me/SummativeLab
👍12🔥81😁1
Ҳурматли ҳамкасблар.

Дарс жадвалида соатлар қўйилиши бўйича тартибни тушунтириб ўтмоқчимиз:
1.Агар дарс жадвалида ҳақиқий ЧСБ ўтказилган куни ЧСБ ўтказиладиган фани БЎЛСА ТМРдаги мавзулар биттадан сурилади. Оҳирги санадаги ЧСБ-1 ҳақиқий ЧСБ ўтказилган санага кўчади.
2.Агар дарс жадвалида ҳақиқий ЧСБ ўтказилган куни ЧСБ ўтказиладиган фани БЎЛМАСА, у ҳолда ЧСБ ўтказилган санага бир соат қўшилганлиги сабабли ЧСБ қўйилган оҳирги дарс соати ўчириб ташланади.
ЧСБ ўтказилган куни дарс бўлмаса ҳам дарс жадвали сақланиб қолади. Дарс жадвалидаги (ЧСБ олинмаган) фанларга "дарс ўтилди"  белгиси қўйилади.
☎️ Barcha savollar bo‘yicha ishonch telefoni soat 8.00 dan faol bo‘ladi.
+998 (78) 888-82-82


Уважаемые коллеги.

Хотим разъяснить порядок размещения часов в расписании уроков:
1. Если в расписании занятий есть предмет, по которому в день экзамена проводится СОЧ экзамен, темы в КТП будут перемещаться по одной. СОЧ-1 последней даты переносится на дату фактического СОЧ.
2. Если в расписании занятий НЕТ предмета, по которому проводится СОЧ в день фактического СОЧ, то последний урок, по которому проводится СОЧ, будет удален, поскольку к дате проведения СОЧ прибавляется один час.
Даже если в день СОЧ, занятий не будет, расписание занятий сохранится. Предметы в расписании уроков (не получившие СОЧ) будут иметь пометку «урок пройден».
☎️ По всем вопросам можно обращаться на телефон доверия с 8:00:
+998 (78) 888-82-82

https://t.me/SummativeLab
5👍13👌4🔥2🥰1
➡️ Bugun ushbu ilovadagi umumta'lim maktablari uchun an'anaviy shaklda ChSB sinovlari boshlandi.
Jarayonlar quyidagi fanlardan bo'lib o'tadi.

➡️Сегодня в общеобразовательных школах, представленных в этом приложении начались традиционные экзамены СОЧ. Экзамены проводятся по следующим предметам.

https://t.me/SummativeLab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍5🔥5👏2
🟢 28-dekabr kuni jarayonlarni onlayn (online) shaklda topshirgan maktablarning barcha sinflari uchun qayta topshirish jarayonlari bo'lib o'tadi.
   
🟢Maktab pedagogik kengashi qarori bilan 28-dekabr kuni onlayn formatda qayta topshirishga quyidagi hollarda ruxsat etiladi:
 ➡️0 dan 12 ballgacha olgan o‘quvchilar;
 ➡️Sababli qatnasha olmagan o‘quvchilar;  (Bunday o‘quvchilar maksimal 40 ballgacha baholanishi mumkin.)
 ➡️Sababsiz qatnashmagan o‘quvchilar;  (Bunday o‘quvchilar maksimal 26 ballgacha baholanishi mumkin.)

➡️Qayta topshirish bo'yicha ko'rsatmalar.

⚠️ 25-26-dekabr kunlari o‘tkazilgan sinovlarda turli sabablarga ko'ra qatnasha olmagan o'quvchilar maktab pedagogik kengashi qarori bilan belgilangan kunda qayta topshiradilar.
— — — — — — — — — — — — — — —
🟢28 декабря пройдет процесс пересдачи для всех классов школ, которые провели свои процессы в онлайн-формате.

🟢Решением Педагогического совета школы 28 декабря пересдача в онлайн-формате разрешается в следующих случаях:
➡️ Ученики, набравшие от 0 до 12 баллов;
➡️Ученики, которые не смогли принять участие по уважительной причине (такие учащиеся могут быть оценены максимум до 40 баллов);
➡️Ученики, не принявшие участие без уважительной причины (такие учащиеся могут быть оценены максимум до 26 баллов);

⚠️ Ученики, которые по различным причинам не смогли участвовать в экзаменах 25-26 декабря, будут пересдавать тесты в дату, определенную решением педагогического совета школы.

https://t.me/SummativeLab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍9🔥2🎉2👌2😁1🙏1
Forwarded from Hilola Umarova
Endi taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 65-sonli buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi belgilandi. Mazkur hujjatga asosan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari, umumtaʼlim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.

Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
Matematika fanidan – yozma;
Oʻzbekiston tarixi fanidan – yozma/ogʻzaki;
Jismoniy tarbiya fanidan – amaliy shaklda oʻtkaziladi.

11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
Matematika (Asosiy) / Matematika (Chuqurlashtirilgan) fanidan – yozma;
Tarix fanidan – yozma;

Oʻquvchining tanlovi boʻyicha:

Ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirgʻiz tilida taʼlim boʻlgan sinflar uchun), Biologiya, Fizika, Kimyo, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan – yozma;
Chet tili fanidan yozma/ogʻzaki shaklda oʻtkaziladi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilidan boshlab taʼlim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi belgilanmoqda.

Oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumotlar vazirlikning ijtimoiy tarmoqlari orqali beriladi.

@hilola_umarova
👍72
III chorak yakuni bo‘yicha markazlashgan summativ baholash sinovlari fanlar ro‘yxati.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 27-fevraldagi 72-son buyrug‘i asosida umumta’lim maktablarida markazlashgan summativ baholash sinovlari quyidagi fanlar bo‘yicha tashkil etiladi.

В соответствии с приказом Министерства дошкольного и школьного образования №72 от 27 февраля 2025 года централизованные суммативные оценочные испытания в общеобразовательных школах будут проводиться по следующим предметам.

III шерек жуўмақлары бойынша орайласқан сумматив баҳалаў сынаўларының пәнлер дизими.
Мектепке шекемги ҳәм мектеп билимлендириў министрлигиниң 2025-жыл 27-февральдағы 72-санлы буйрығы тийкарында улыўма билим бериў мектеплеринде орайласқан сумматив баҳалаў сынаўлары төмендеги пәнлер бойынша шөлкемлестириледи.

https://t.me/SummativeLab
👍31
2024/2025-o‘quv yili III chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

12-19 mart kunlari – o‘quvchilar uchun onlayn shaklda summativ baholash sinovlari o‘tkaziladi. Bu jarayonda ishtirokchilar emaktab.uz platformasi orqali test va topshiriqlarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
18 mart kuni – an’anaviy (qo'g'oz variantda) shaklda sinovlar o‘tkaziladi. Bunda o'quvchilar qo'g'oz variantda, o‘qituvchilar nazorati ostida sinovlarni topshiradi.

График проведения четвертного суммативного оценивания по итогам III четверти 2024/2025 учебного года:

С 12 по 19 марта – суммативное оценивание для учащихся пройдет в онлайн-формате. В этом процессе участники смогут выполнить тесты и задания через платформу emaktab.uz.

18 марта – суммативное оценивание пройдет в традиционной (бумажной) форме. В этот день учащиеся будут проходить тестирование на бумажных носителях под наблюдением учителей.

2024-2025-оқыў жылы 3-шерек жуўмақлары бойынша шереклик сумматив баҳалаў сынаўлары төмендеги сәнелерде өткериледи:

12-19-март күнлери – оқыўшылар ушын онлайн түринде сумматив баҳалаў сынаўлары өткериледи. Бул процессте қатнасыўшылар е-maktab платформасы арқалы тест ҳәм тапсырмаларды орынлаў имканиятына ийе болады.

18-март күни –дәстүрий (қағаз вариантта) түринде сынаўлар өткериледи. Бунда оқыўшылар қағаз вариантта, оқытыўшылар қадағалаўында сынаўлар өткериледи.


https://t.me/SummativeLab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍115🥰2
📢 2024/2025-o‘quv yili III chorak yakuni bo‘yicha onlayn summativ baholash sinovlari:

III chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari 12-19 mart kunlari onlayn shaklda tashkil etiladi. Har bir sinf belgilangan kunda emaktab.uz platformasi orqali sinovda ishtirok etishi shart.
📅 Onlayn sinov jadvali:

📌 5-sinf – 12-mart (chorshanba)
📌 6-sinf – 13-mart (payshanba)
📌 7-sinf – 14-mart (juma)
📌 8-sinf – 15-mart (shanba)
📌 9-sinf – 17-mart (dushanba)
📌 10-sinf – 18-mart (seshanba)
📌 11-sinf – 19-mart (chorshanba)

Muhim eslatmalar:
🔹 O‘quvchilar o‘z sinfiga ajratilgan sanada emaktab.uz platformasiga kirib, sinovda qatnashishi kerak.
🔹 Test va topshiriqlar belgilangan vaqt ichida bajarilishi lozim.

📢 Barcha o‘quvchilarga omad tilaymiz! 🎯

📢 2024-2025-оқыў жылы 3-шерек жуўмақлары бойынша онлайн сумматив баҳалаў сынаўлары:

3-шерек жуўмақлары бойынша сумматив баҳалаў сынаўлары 12-19-март күнлери онлайн түринде өткериледи. Ҳәр бир класс белгиленген күнде e-maktab.uz платформасы арқалы сынаўда қатнасыўы шәрт.
📅 Онлайн сынаўлар кестеси:

📌5-класс – 12-март (сәршемби)
📌6-класс – 13-март (пийшенби)
📌7- класс – 14- март (жума)
📌8- класс – 15- март (шемби)
📌9- класс – 17- март (дүйшемби)
📌10- класс – 18- март (Сишемби)
📌11-класс – 19- март (сәршемби)

Айрықша еслетпелер:
🔹Оқыўшылар өз классына ажыратылған сәнеде e-maktab.uz платформасына кирип, сынаўда қатнасыўы керек.
🔹Тест ҳәм тапсырмалар белгиленген ўақыт ишинде орынланыўы лазым.
📢 Барлық оқыўшыларға әўмет тилеймиз! 🎯

📢 Онлайн суммативное оценивание по итогам III четверти 2024/2025 учебного года:

Четвертное суммативное оценивание по итогам III четверти пройдет с 12 по 19 марта в онлайн-формате. Каждому классу выделен определенный день, в который ученики должны пройти тестирование на платформе emaktab.uz.
📅 График онлайн-оценивания:

📌 5 класс – 12 марта (среда)
📌 6 класс – 13 марта (четверг)
📌 7 класс – 14 марта (пятница)
📌 8 класс – 15 марта (суббота)
📌 9 класс – 17 марта (понедельник)
📌 10 класс – 18 марта (вторник)
📌 11 класс – 19 марта (среда)

Важные напоминания:
🔹 Ученики должны зайти на платформу emaktab.uz в указанный день и пройти тестирование.
🔹 Тесты и задания необходимо выполнить в установленное время.
📢 Желаем всем удачи! 🎯
4👍647👌5👏4🙏3🔥1
‼️‼️‼️
#yakuniy_davlat_attestatsiyasi

📣 Bitiruvchi sinf oʻquvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazishga doir metodik tavsiya va materiallar tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya fanlari spetsifikatsiyalari hamda yakuniy davlat attestatsiyasi (ogʻzaki va yozma) topshiriqlari ishlab chiqildi.

❗️Unda umumtaʼlim maktablarining 9- va 11-sinf oʻquvchilarini tegishli fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish boʻyicha (taʼlim tili oʻzbek, rus va qoraqalpoq tilida boʻlgan maktablar uchun) zarur metodik tavsiya va materiallar oʻrin olgan.

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/uzedu/news/view/44886

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍112
📌 Bitiruvchi sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sanalari tasdiqlandi!

Umumtaʼlim maktablarining 9-sinf oʻquvchilari quyidagi sanalarda koʻrsatilgan fanlardan imtihon topshiradilar:

📌 Ona tili va adabiyot / Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)
📅 27-may, 2025 (yozma shaklda)
Imtihon uchun 120 daqiqa vaqt ajratilgan.

📌 Matematika
📅 30-may, 2025 (yozma shaklda)
Imtihon uchun 180 daqiqa vaqt ajratilgan.

📌 O‘zbekiston tarixi
📅 3-iyun, 2025 (yozma va og‘zaki shaklda)
Imtihon uchun 120 daqiqa vaqt ajratilgan.

📌 Jismoniy tarbiya
📅 1–6-may, 2025 (amaliy shaklda)
📚 Amaliy topshiriqlar (yengil atletika, gimnastika va sport o‘yinlari).

Barcha bitiruvchilarga imtihonlarda omad va muvaffaqiyat tilaymiz! 🍀📖

https://t.me/SummativeLab
👍408🔥6👏3🥰2🙏1
📌 Bitiruvchi sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sanalari tasdiqlandi!

Umumtaʼlim maktablarining 11-sinf oʻquvchilari quyidagi sanalarda koʻrsatilgan fanlardan imtihon topshiradilar:

📌 Ona tili va adabiyot
📅 28-may, 2025 (yozma shaklda)
180 daqiqa

📌 Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)
📅 28-may, 2025 (yozma shaklda)
150 daqiqa

📌 Matematika (Asosiy)
📅 31-may, 2025 (yozma shaklda)
180 daqiqa

📌 Matematika (Chuqurlashtirilgan)
📅 31-may, 2025 (yozma shaklda)
240 daqiqa

📌 O‘zbekiston tarixi
📅 4-iyun, 2025 (yozma shaklda)
180 daqiqa

📌 Tanlov fanlari
📅 7–10-iyun, 2025 (yozma yoki yozma va ogʻzaki shaklda)
Imtihon davomiyligi tanlangan fanga qarab belgilanadi.

Barcha bitiruvchilarga imtihonlarda omad va muvaffaqiyat tilaymiz! 🍀📚

https://t.me/SummativeLab
👍69🙏9🔥87🎉5👌4
📢 DIQQAT: 9-sinf bitiruvchilari uchun Jismoniy tarbiya fanidan yakuniy attestatsi

Hurmatli o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalar!

1–6 may kunlari 9-sinf bitiruvchilari uchun Jismoniy tarbiya fanidan yakuniy attestatsiya imtihonlari tashkil etiladi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan imtihon biletlari rasman eʼlon qilindi.

Tasodifiy tanlash tizimi asosida o‘tkazilgan natijalarga ko‘ra:
O‘g‘il bolalar — 2-bilet,
Qiz bolalar — 1-bilet
asosida yakuniy baholash amalga oshiriladi.

📝 Har bir biletda amaliy mashqlar belgilangan bo‘lib, o‘quvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi, harakat texnikasi va sport madaniyati baholanadi.

Barcha bitiruvchilarga kuch, shijoat va ulkan omad tilaymiz! Sizlarga ishonamiz! 💪

#YakuniyAttestatsiya #JismoniyTarbiya #Bitiruv2025

https://t.me/SummativeLab
👍17👌5🔥32👏2😁2
ВНИМАНИЕ: Итоговая аттестация по физической культуре для выпускников 9-х классов

Уважаемые учащиеся, учителя и родители!

С 1 по 6 мая будет проведена итоговая аттестация по предмету "Физическая культура" для выпускников 9-х классов.

Министерством дошкольного и школьного образования официально опубликованы экзаменационные билеты.
По результатам случайного отбора:
для юношей — билет №2,
для девушек — билет №1
будет проведена итоговая аттестация.

📝 Каждый билет включает практические задания, по которым оцениваются общая физическая подготовка учащихся, техника движений и спортивная культура.

Желаем всем выпускникам сил, энергии и больших успехов! Мы верим в вас! 💪

#ИтоговаяАттестация #ФизическаяКультура #Выпуск2025

https://t.me/SummativeLab
👍35👏6😁32👌1
2024/2025-o‘quv yili IV chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

12-19 may kunlari – o‘quvchilar uchun onlayn shaklda summativ baholash sinovlari o‘tkaziladi. Bu jarayonda ishtirokchilar emaktab.uz platformasi orqali test va topshiriqlarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
20-may kuni – an’anaviy (qo'g'oz variantda) shaklda sinovlar o‘tkaziladi. Bunda o'quvchilar qo'g'oz variantda, o‘qituvchilar nazorati ostida sinovlarni topshiradi.

2024-2025-оқыў жылы IV шерек жуўмақлары бойынша шереклик сумматив баҳалаў сынаўлары төмендеги сәнелерде өткериледи:

12-19 май күнлери – оқыўшылар ушын онлайн түринде сумматив баҳалаў сынаўлары өткериледи. Бул процессте қатнасыўшылар е-maktab платформасы арқалы тест ҳәм тапсырмаларды орынлаў имканиятына ийе болады.

20 май күни –дәстүрий (қағаз вариантта) түринде сынаўлар өткериледи. Бунда оқыўшылар қағаз вариантта, оқытыўшылар қадағалаўында сынаўлар өткериледи.

График проведения четвертного суммативного оценивания по итогам IV четверти 2024/2025 учебного года:

С 12 по 19 мая – суммативное оценивание для учащихся пройдет в онлайн-формате. В этом процессе участники смогут выполнить тесты и задания через платформу emaktab.uz.

20 мая – суммативное оценивание пройдет в традиционной (бумажной) форме. В этот день учащиеся будут проходить тестирование на бумажных носителях под наблюдением учителей.

https://t.me/SummativeLab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍124👏2🔥1🎉1
📢 2024/2025-o‘quv yili IV chorak yakuni bo‘yicha onlayn summativ baholash sinovlari:

IV chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari 12-19 may kunlari onlayn shaklda tashkil etiladi. Har bir sinf belgilangan kunda emaktab.uz platformasi orqali sinovda ishtirok etishi shart.
📅 Onlayn sinov jadvali:

📌 5-sinf – 12-may (dushanba)
📌 6-sinf – 13-may (seshanba)
📌 7-sinf – 14-may (chorshanba)
📌 8-sinf – 15-may (payshanba)
📌 9-sinf – 16-may (juma)
📌 10-sinf – 17-may (shanba)
📌 11-sinf – 19-may (dushanba)

Muhim eslatmalar:
🔹 O‘quvchilar o‘z sinfiga ajratilgan sanada emaktab.uz platformasiga kirib, sinovda qatnashishi kerak.
🔹 Test va topshiriqlar belgilangan vaqt ichida bajarilishi lozim.

📢 Barcha o‘quvchilarga omad tilaymiz! 🎯

📢 2024/2025-оқыў жылы IV шерек жуўмақлары бойынша онлайн сумматив баҳалаў сынаўлары:

IV шерек жуўмақлары бойынша сумматив баҳалаў сынаўлары 12-19-май күнлери онлайн түринде өткериледи. Ҳәр бир класс белгиленген күнде e-maktab.uz платформасы арқалы сынаўда қатнасыўы шәрт.
📅 Онлайн сынаўлар кестеси:

📌5-класс – 12-май (дүйшемби)
📌6-класс – 13-май (сишемби)
📌7- класс – 14- май (сәршемби)
📌8- класс – 15- май (пийшенби)
📌9- класс – 17- май (жума)
📌10- класс – 18- май (шемби)
📌11-класс – 19- май (дүйшемби)

Айрықша еслетпелер:
🔹Оқыўшылар өз классына ажыратылған сәнеде e-maktab.uz платформасына кирип, сынаўда қатнасыўы керек.
🔹Тест ҳәм тапсырмалар белгиленген ўақыт ишинде орынланыўы лазым.
📢 Барлық оқыўшыларға әўмет тилеймиз! 🎯

📢 Онлайн суммативное оценивание по итогам IV четверти 2024/2025 учебного года:

Четвертное суммативное оценивание по итогам IV четверти пройдет с 12 по 19 мая в онлайн-формате. Каждому классу выделен определенный день, в который ученики должны пройти тестирование на платформе emaktab.uz.
📅 График онлайн-оценивания:

📌 5 класс — 12 мая (понедельник)
📌 6 класс — 13 мая (вторник)
📌 7 класс — 14 мая (среда)
📌 8 класс — 15 мая (четверг)
📌 9 класс — 16 мая (пятница)
📌 10 класс — 17 мая (суббота)
📌 11 класс — 19 мая (понедельник)

Важные напоминания:
🔹 Ученики должны зайти на платформу emaktab.uz в указанный день и пройти тестирование.
🔹 Тесты и задания необходимо выполнить в установленное время.
📢 Желаем всем удачи! 🎯
👍348😁4🎉2🔥1
🇺🇿IV chorak yakuni bo‘yicha markazlashgan summativ baholash sinovlari bo'lib o'tadigan fanlar ro‘yxati.

🇷🇺 Перечень предметов централизованного суммативного оценивания по итогам IV четверти.

🇺🇿 IV шерек жуу́мағы бойынша орайласқан сумматив баҳалаў сынаўлары болып өтетуғын пәнлер дизими.

https://t.me/SummativeLab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5014👏6🔥4👌3🥰2🎉2😁1
DIQQAT: 9-sinf bitiruvchilari uchun Ona tili va adabiyot hamda Davlat tili fanidan yakuniy attestatsi

Hurmatli o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalar!

27-may kuni 9-sinf bitiruvchilari uchun Ona tili va adabiyot hamda Davlat tili fanlaridan yakuniy attestatsiya imtihonlari tashkil etiladi.

📌 Ona tili va adabiyot fani — ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun,
📌 Davlat tili fani esa — ta’lim o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun mo‘ljallangan.

📽 Qur’a tashlash jarayoni onlayn tarzda o‘tkazilib, imtihon variantlari rasman e’lon qilindi:
▶️ YouTube orqali ko‘rish.

🎯 Tanlangan yakuniy imtihon variantlari:

8-variant
9-variant


📄 Yakuniy attestatsiya fanlari bo‘yicha spetsifikatsiyalar va savollar bazasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy saytida joylashtirilgan: 🔗 Materiallar bilan tanishing

📥 Imtihon variantlari shu materiallar bazasidan shakllantirilgan bo‘lib, o‘quvchilarga qaysi savollar to‘g‘ri kelgani faqat imtihon vaqtida ma’lum bo‘ladi.

Barcha bitiruvchilarga kuch, shijoat va ulkan omad tilaymiz! Sizlarga ishonamiz! 💪

#YakuniyAttestatsiya #OnaTili #DavlatTili #Bitiruv2025

https://t.me/SummativeLab
👍84🙏1410🔥3👏2🎉2😁1
DIQQAT: 11-sinf bitiruvchilari uchun Ona tili va adabiyot hamda Davlat tili fanidan yakuniy attestatsi

Hurmatli o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalar!

28-may kuni 11-sinf bitiruvchilari uchun Ona tili va adabiyot hamda Davlat tili fanlaridan yakuniy attestatsiya imtihonlari tashkil etiladi.

📌 Ona tili va adabiyot fani — ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun,
📌 Davlat tili fani esa — ta’lim o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun mo‘ljallangan.

📽 Qur’a tashlash jarayoni onlayn tarzda o‘tkazilib, imtihon variantlari rasman e’lon qilindi:
▶️ YouTube orqali ko‘rish.

🎯 Tanlangan yakuniy imtihon variantlari:

2-variant
8-variant


📄 Yakuniy attestatsiya fanlari bo‘yicha spetsifikatsiyalar va savollar bazasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy saytida joylashtirilgan: 🔗 Materiallar bilan tanishing

📥 Imtihon variantlari shu materiallar bazasidan shakllantirilgan bo‘lib, o‘quvchilarga qaysi savollar to‘g‘ri kelgani faqat imtihon vaqtida ma’lum bo‘ladi.

Imtihon materiallari belgilangan tartibda tuman/shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limlari masʼullari orqali umumiy o‘rta taʼlim muassasalariga yetkaziladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, rasmiy manbalar bilan asoslanmagan variantlardan foydalanish qatʼiyan tavsiya etilmaydi.

Barcha bitiruvchilarga kuch, shijoat va ulkan omad tilaymiz! Sizlarga ishonamiz! 💪

#YakuniyAttestatsiya #OnaTili #DavlatTili #Bitiruv2025

https://t.me/SummativeLab
👍3023🔥6🙏6🎉4👏3