Fransiyada besh yoshli bolani zo‘rlashda ayblanayotgan o‘n nafar erkak sud oldida javob bermoqda. Ular orasida bolaning o‘z otasi ham bor.
Prokuratura 2025-yil 15-fevralda, Lill shahrida bo‘lib o‘tgan bazm haqidagi ma’lumotdan so‘ng tergov boshladi. Ota o‘g‘lini ongli ravishda katta erkaklar davrasiga, zo‘ravonlik qurboni bo‘ladigan vaziyatga olib kelgan. Bola qarshilik ko‘rsatish va sodir bo‘layotgan voqealarni nazorat qilish qobiliyatini susaytiruvchi kimyoviy moddalar ta’sirida bo‘lgan. Ayblovlar zo‘rlash va qurbonning organizmiga uning xabarisiz moddalar yuborish orqali zo‘ravonlik qilishni o‘z ichiga oladi. Asosiy gumonlanuvchilardan biri sud boshlanmasdan oldin qamoqxonada o‘z joniga qasd qildi. Ayblanuvchilarning kamida bittasi zo‘ravonlikda bevosita ishtirok etmagan, ammo sodir bo‘layotgan voqea videosiga ega bo‘lgan va bu haqda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bermagan.
Bola hozirda onasi bilan yashamoqda. Ona ancha vaqtdan beri ota bilan munosabatda bo‘lmagan va yuz bergan mudhish voqeaga aloqasi yo‘q.
O‘n nafar voyaga yetgan erkakning bolaga nisbatan uyushgan jinsiy zo‘ravonlikka aralashib qolishi, hattoki jismoniy qatnashmaganlarning ham sukunat orqali buni qo‘llab-quvvatlashi shunchaki tasodif emas. Bu — erkaklar shahvoniyati ko‘pincha hukmronlik va chegaralarni buzish orqali shakllanadigan madaniyatning ko‘rinishidir. Zo‘ravonlik guruh bo‘lib sodir etilishi, hujjatlashtirilishi va tarqatilishi, bu kabi harakatlarni normal deb hisoblaydigan ijtimoiy tuzilmalar mavjudligidan dalolat beradi.
Bu yerda ota nafaqat zo‘ravonlik qilgan, balki boshqa erkaklar uchun bolaning tanasiga “kirish” tizimini tashkil qilgan. Bu uning hokimiyati ostida bo‘lgan shaxsning tanasi va hayotini o‘ziniki deb bilish haqidagi chuqur ildiz otgan tushunchasini ko‘rsatadi.
Ayblanuvchilardan biri zo‘ravonlikda qatnashmagan bo‘lsa-da, videoni olib, xabar bermagan. Bu — "erkaklar birdamligi"ning odatiy shakli bo‘lib, bunda sukunat zo‘ravonlikni qo‘llab-quvvatlashga aylanadi. Zo‘ravonlik videolarini tarqatish esa zo‘ravonlikning davomidir, chunki u qurbonning jarohatini iste’mol va almashuv ob’yektiga aylantiradi.
Bolaning onasi zo‘ravonlikdan tashqarida edi, biroq endi bolaning sog‘lig‘ini tiklash va unga g‘amxo‘rlik qilishning butun og‘irligi onaning zimmasiga tushadi. Bu odatiy manzara: erkaklar zo‘ravonlik sodir etadi, ayollar esa uning oqibatlarini bartaraf etish bilan shug‘ullanadi. Patriarxat rollarni shunday taqsimlaydiki, bolalar xavfsizligi uchun mas’uliyat onalar zimmasiga yuklanadi, otalik hokimiyati esa eng og‘ir jinoyatlar sodir etilguniga qadar himoyalangan bo‘lib qolaveradi. Ona sodir bo‘lgan voqeani to‘xtata olmas edi, chunki ota bolaning yonida bo‘lish huquqiga ega edi va bundan uning nazoratidan tashqarida foydalangan. Shunga qaramay, jamiyat ko‘pincha aynan onaga savol beradi: u qayerda edi, nega sezmadi, qanday yo‘l qo‘ydi?
Ko‘pincha bunday jinoyatlar tizim haqida savol bermaslik uchun "maxluqlar"ning ishi, ya’ni istisno sifatida ko‘riladi. Ammo tizimli tahlil shuni ko‘rsatadiki, erkaklar zo‘ravonligi — bu anomaliya emas, balki erkak hokimiyati va xohishi boshqalarning xavfsizligidan ustun turadigan patriarxal mantiqning davomidir.
Zo‘ravonlikka qarshi kurash nafaqat aybdorlarni jazolashni, balki erkaklar hokimiyati nazorat va tajovuz orqali quriladigan madaniyatni o‘zgartirishni talab qiladi.
Minimizary
Ma’lumot Dailymail nashriga havola berilgan holda, jennifersroom telegram kanalidan olindi.
#SukutSaqlama #dunyodazo‘ravonlik

😢8🤬6❤4
Savol:
Men yaxshidayman, ammo hech narsani sezmayapman. Bu normal holatmi yoki menda biron bir muammo bormi?
Psixolog javobi:
Hissiyotsizlik — ayniqsa, siz ilgari quvnoq bo‘lib, birdan tushkunlikka tushgan bo‘lsangiz — bu qandaydir jiddiy muammodan darak bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha, bu holat ichki va tashqi bezovtalik bilan birga keladi.
Ba’zan bu muayyan vaziyatga bog‘liq bo‘lib, o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lishi mumkin. Masalan, agar odam juda charchagan, holdan toygan yoki jiddiy stressni boshdan kechirgan bo‘lsa, miya "qotib qolishi" mumkin — bu unga qiyin davrdan omon qolish va tiklanishga yordam beradigan himoya mexanizmi.
Ammo bu holat depressiya yoki travmadan keyingi stress buzilishining alomati ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, davomiyligiga e’tibor berish muhim:
agar bo‘shliq yoki hissiyotsizlik 2-3 haftadan ortiq davom etsa, tashxis qo‘yish uchun shifokorga yoki aniq nima bo‘layotganini tushunish uchun psixologga murojaat qilish kerak.
Hissiyotsizlik bir vaqtning o‘zida hayot sifatini himoya qilishi va jiddiy ravishda yomonlashtirishi mumkin. His-tuyg‘ularsiz quvonch, g‘azabni his qilish qiyinlashadi - garchi his-tuyg‘ular bizga hayotda yo‘l topishga va o‘zimizni tushunishga yordam bersa ham.
Agar his-tuyg‘ular "yo‘qolsa", bu bizning o‘zimizni va hayotimizni qanday boshdan kechirishimizga katta ta’sir qiladi.
Siz savollaringizni izohlarda yoki loyiha psixologi Liana Natroshviliga kanalga shaxsiy xabarlar orqali yo‘llashingiz mumkin.
#SukutSaqlama #psixologga_savol

❤1👎1🤔1
Zo‘ravonlik unutilmaydi: nega bolalar travmasi "o‘z-o‘zidan" o‘tib ketmaydi
Zo‘ravonlik hech qachon unutilmaydi. Vaqt o‘tib, hayot davom etayotgandek tuyulsa ham, boshdan kechirgan travma inson bilan yillar va o‘nlab yillar davomida qoladi. Jinsiy zo‘ravonlik qurbonlari ko‘pincha hayotlari davomida posttravmatik stress buzilishi bilan yashaydilar, bu ularning o‘zlari, dunyo va boshqalar haqidagi tasavvurlarini o‘zgartiradi. Zo‘ravonlik bolalarga nisbatan sodir etilganda, ayniqsa halokatli bo‘ladi va jamiyat afsonalar orqasida yashirinib, bu tajribani qadrsizlantirishga harakat qiladi.
Biz kartochkalarda eng keng tarqalgan va xavfli uchta afsona haqida ma’lumot tayyorladik.
Ko‘p odamlar bu afsonalarga ishonishni xohlashadi, chunki bu og‘riq, ojizlik yoki aybdorlik hissi bilan kurashishni osonlashtiradi. Ammo bunday e’tiqodlar haqiqatni inkor etishga, jinoyatchilarni oqlashga va eng muhimi, jabrlangan bolalarga yordam berishda kechikishga olib keladi.
Zo‘ravonlik qurbonlari professional yordamni qancha tez olsalar, travmaning halokatli oqibatlarini kamaytirish imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi. Tajribani qadrsizlantirish zo‘ravonlikning yana bir shaklidir. Va aynan shu narsa jinoyatlar davom etadigan sukunatni boshlaydi.
Zo‘ravonlik unutilmaydi. Va bizning vazifamiz uni "oqibatsiz omon qolish" mumkinligiga da’vo qilmaslikdir.
Zarya Ergasheva tayyorladi
Manba: keepkidssafe.org
#SukutSaqlama #bolalar

🔥6👍1
Samat Raisov Qozog‘iston sharqidagi qishloqda katta bo‘lgan, u yerda deyarli har bir xo‘jalik merinos qo‘ylarini (jun qoplami bir xil mayin junli qoʻy zotlari) boqardi. Mayin junli qo‘ylar mahalliy hayotning bir qismi edi va Samat bolaligidan ularning junlari oddiy jundan farq qilishini bilardi - u issiqlikni saqlaydi, hidsiz va turli sohalarda ishlatilishi mumkin.
2022-yilda u va uning rafiqasi ko‘chib ketishdi va 2023-yilda farzandli bo‘lishdi. Uning rafiqasi emizishni boshlaganda bir muammoga duch keldi: bir martalik vkladishlar yaxshi emasdi, ko‘kragida yoriqlar paydo bo‘ldi va vkladishlar tez nam bo‘lib qolardi. Hec nima yordam bermasdi.
Samat internetda merinos jun vkladishlarini topdi va ular yordam berdi. U alpinistlar merinos junidan termal ichki kiyim kiyishlarini esladi, chunki u namlikni o‘ziga oladi va ularni quruq saqlaydi. Unga bir fikr keldi: u xuddi shunday ishlaydigan vkladishlar ishlab chiqishi mumkin edi.
⠀
U merinos juni haqida adabiyotlarni o‘rgana boshladi. U mato turlari va ip to‘qish usullarini o‘rganib chiqdi va sotib olgan vkladishlar paxtaga o‘xshash materialdan tayyorlanganini angladi. Ip qanday tayyorlanishini va qaysi birini qo‘llash kerakligini aniqladi. Xitoydagi ikkita fabrika o‘n kilogramm ip ishlab chiqarishga kelishib oldi - bu bir kilogrammdan kam mato berdi.
⠀
U ishlab chiqqan mahsulot lanolin bilan singdirilgan 100% merinos junidan tayyorlangan laktatsiya prokladkalaridir. Bir juft prokladkani 24 soatgacha kiyish mumkin, bu terini quruq holda saqlaydi va sut hidini yo'qotadi. Emizikli ona o'rtacha emizish davrida 800 dan 1000 gacha bir martalik prokladkalardan foydalanadi. Bu prokladkalar neft mahsulotlaridan tayyorlangan va deyarli buzilmaydi. Woolzy ning bitta paketi butun emizish davri uchun yetarli.
Samat ko‘krak modelida vkladishlarni sinadi. U suyuqlik qanday sinishini tekshirdi, namunalarni taqqosladi.
Keyin emizikli onalarda sinov o‘tkazdi. U ijtimoiy tarmoqlar orqali ayollarni topdi, ularga namunalarni berib, nakladkalarni iloji boricha uzoqroq taqishni so‘radim. U Telegram guruhini ochdi, unda onalar o‘z hisobotlarini yozib bordilar: vkladishlarni necha soat taqishgani, necha marta farzandlarini emizishgani, o‘zlarini qanday his qilishganini bo‘lishib bordilar. Bir juft nakladkalar o‘rtacha o‘ttiz soatga yetardi.
⠀
Emizish deyarli ko‘rinmas noqulaylik sohasi bo‘lib qolmoqda va sanoat yillar davomida bir xil nomukammal yechimni taklif qilib kelmoqda. Samat rafiqasining muammosini hal qilinishi mumkin bo‘lgan texnik masala sifatida ko‘rdi - bu ayollarning ehtiyojlari ko‘pincha e’tibordan chetda qoladigan sohada noyob yondashuv.
⠀
Manba: manshuq media uchun Yana Karimova maqolasi
⠀
#SukutSaqlama #onalik

👍5🔥2🤔1
Qo‘qonda oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan 19 yoshli ayolga jinoiy ish qo‘zg‘atish rad etildi.
Avvalroq Qo‘qon shahrida yashovchi 19 yoshli fuqaro oilaviy zo‘ravonlikka uchragani haqida yozgan edik. Ichki qon ketishi hatto uni jarrohlik amaliyotiga ham olib keldi.
U tegishli idoralarga murojaat qilib, vaziyat haqida ommaga ma’lum qilganidan so‘ng, unga himoya orderi berildi. Biroq, ayolning o‘zi xabar berishicha, bu himoyani ta’minlamadi va endi u qo‘shimcha bosimga duch kelmoqda.
2026-yil 31-yanvar kuni uni mahalliy ichki ishlar idorasiga chaqirishdi. Buning sababi sud-tibbiy ekspertiza xulosasini olish edi. Biroq, uchrashuv rasmiy idorada emas, balki mahalladagi boshqa binoda bo‘lib o‘tdi. Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, ular uni norasmiy ravishda "hech qanday shikoyati yo‘q" deb yozishga majbur qilishga urinishgan. Ishga aloqasi bo‘lmagan xodim ham o‘sha yerda qatnashgan. Bu shuni anglatadiki, boshqa bir kishi ham oilaviy zo‘ravonlikning nozik holati haqida bilib olgan.
Qiz uchrashuvga otasi, rasmiy vakili bilan birga bordi, ammo uning ishtiroki ham shubha ostiga qo‘yildi.
Bir necha kundan keyin u Qo‘qon Ichki ishlar boshqarmasidan rasmiy javob oldi. Unda 2026-yil 9-yanvardagi sud-tibbiy xulosasida hech qanday tan jarohati aniqlanmagani va shunga mos ravishda "jinoiy yoki ma’muriy huquqbuzarlik belgilari topilmagani" aytilgan.
Bu javob ko‘plab savollarni tug‘diradi. Nima uchun jabrlanuvchiga ekspertiza natijalari haqida o‘z vaqtida emas uch hafta o‘tgach xabar berilgan? Nima uchun "tanishuv" uchrashuvi rasmiy protseduradan tashqarida, mahalla binosida, begona shaxs ishtirokida o‘tkazildi? Nima uchun ekspertiza, qayd etilgan shoshilinch kasalxonaga yotqizish va jarrohlik aralashuviga qaramay, tan jarohati yo‘q degan xulosaga keldi?
"Ayolning sog‘lig‘iga shu qadar nohaq zarar yetkazish va hamma ko‘z yumib, ayollar va qizlarni himoyasiz qoldirishi mumkinmi?" deb yozadi jabrlanuvchining o‘zi.
Oilaviy zo‘ravonlikni boshdan kechirgan yosh ayol o‘zini himoya qilishga va adolat izlashga majbur. Ammo uning ortida bahsli ekspert bahosi, norasmiy bosim urinishlari va tizim shikoyatlarni himoya qilishdan ko‘ra ularni rasmiy ravishda yopish bilan ko‘proq band ekanligi ko‘rinib turibdi. Jarrohlik amaliyoti va kasalxonaga yotqizilganidan keyin ham ishni qo‘zg‘atish uchun hech qanday asos ko‘rmaydigan tizimga ayollar qanday ishonishlari mumkin?
Nemolchi.uz loyihasi vakolatli organlarga jabrlanuvchining chaqiruvi va uchrashuv shartlari bo‘yicha ichki tekshiruv o‘tkazish, sud-tibbiy xulosasining protsessual asosliligini baholash va agar zarur bo‘lsa, da’vo qilingan faktlar bo‘yicha tergovni qayta boshlashni so‘raydi. Umid qilamizki, rasmiylar O‘zbekistonda ayollarning e’lon qilingan himoyasini ta’minlash uchun Qo‘qondagi vaziyatni ko‘rib chiqadi va qayta baholaydi.
#SukutSaqlama #HimoyaHuquqi

🤬5🤔2😢1
Tahririyatimizga Olmaliq shahridagi maktab o‘quvchisining ota-onasidan murojaat kelib tushdi. Uning xabar berishicha, shahar maktablaridan birida o‘tkazilgan "tarbiyaviy suhbat"dan so'ng yuqori sinf o‘quvchisi vafot etgan.
«Sizga Olmaliq shahridan yozmoqdaman.
O‘tgan haftada shahrimizdagi maktablardan birida 10-sinf o‘quvchisi vafot etdi. Kuchli stress oqibatida qizning trombi uzilib ketgan, uni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan. Stressga esa ichki ishlar xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish sabab bo‘lgan. Ushbu yig‘ilishni maktab ota-onalar qo‘mitasi vakili boshqa bir o‘quvchi qizni himoya qilish maqsadida tashkil qilgan.
Maktabda yuqori sinf o‘quvchisi bo‘lgan bir qiz haqida noxush mish-mishlar tarqalgan edi. Bu qiz ota-onalar qo‘mitasi vakilining yo qarindoshi, yo tanishi bo‘lgan. U yolg‘on bahona bilan ichki ishlar xodimlarini chaqirtirib, qizlarga qo‘pol ohangda, baland ovozda "ma’ruza" o‘qiy boshlagan. So‘ngra mish-mish tarqatishda "gumon qilingan" qizlarni suhbat uchun alohida xonaga chaqirishgan.
Xonada asosan erkaklar bo‘lgan. Vafot etgan qiz suhbatga chaqirilganda juda kuchli stressni boshidan o‘tkazgan.
Mening farzandim ham shu yig‘ilishda edi. Men va ko‘plab ota-onalar g‘azabdamiiz. Qanday qilib bolalarni ota-onalar va psixologlarni ogohlantirmasdan yig‘ish mumkin? Qaysi huquq bilan bu ota-ona huquq-tartibot idoralari xodimlari (erkaklar) huzurida bizning bolalarimizga baland ovozda dashnom beradi, ustiga-ustak noqulay savollar berishga jur’at etgan o‘qituvchini ishdan bo‘shatish bilan qo‘rqitishga haddi sig‘adi? Ma’muriyat va boshqa mutasaddi shaxslar bunga hech qanday munosabat bildirmayapti. Bu shaxs barchaga o‘zining tanish-bilishlari bilan tahdid qilib, o‘quvchilar hayotiga aralashishda davom etmoqda.
Bolalarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bu o‘zboshimchalikni to‘xtatish uchun ushbu voqeani keng jamoatchilikka yetkazishingizni so‘rayman».
Agar bayon etilganlarning hatto bir qismi haqiqat bo‘lsa, gap voyaga yetmaganlar huquqlarining qabul qilib bo‘lmaydigan darajada buzilishi haqida bormoqda: o‘quvchi qizlar ota-onalarining xabarisiz, pedagoglar ishtirokisiz, maktab psixologi chaqirilmagan holda, "tarbiyaviy soat" deb atalgan tadbirga chaqirilgan, so‘ngra erkaklar bilan yolg‘iz qoldirilib, bosim, ayblov va qo‘rquv muhitida "so‘roq qilingan". Voyaga yetmaganlar huquqlarining bunday daxshatli oqibatlarga olib kelgan buzilishi uchun kim javob beradi?
O‘zbekiston Respublikasining «Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni (O‘RQ-996, 14.11.2024 y.) bulling tushunchasini zo‘ravonlik shakli sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilab beradi. Unga qarshi mutasaddi mutaxassislar — pedagogik, psixologik va yuridik xodimlar kurashishi shart. Biroq, tazyiq va mish-mishlarga qarshi kurash ota-onalarning yozma roziligisiz va ularning ishtirokisiz begona kattalar, ayniqsa, ichki ishlar xodimlari tomonidan ommaviy bosim o‘tkazish, uyaltirish, qo‘rqitish va ruxsat etilmagan aralashuvlar yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin emas.
Bolaga yetkazilgan jarohat, hatto u yuqori sinf o‘quvchisi bo‘lsa ham, arzimasdek tuyulishi mumkin, ammo bu og‘ir oqibatlarga olib kelishi hech gap emas. Hech kim kimningdir axloq haqidagi talqinlari yoki "shaxsiy hisob-kitob" qilish istagi uchun o‘z hayoti bilan haq to‘lamasligi kerak.
Nemolchi.uz loyihasi tegishli vazirlik va idoralarga murojaat qilib, xabarda keltirilgan faktlarni zudlik bilan tekshirishni, maktab xodimlari hamda bolalar bilan ruxsat etilmagan suhbatlar o‘tkazgan kattalarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berishni, shuningdek, adolatni qaror toptirish va boshqa bolalarni bunday hodisalardan himoya qilish uchun qanday choralar ko‘rilgani haqida jamoatchilikka ma’lum qilishni rasman so‘raydi.
Maktab — bola o‘zini xavfsiz his qilishi kerak bo‘lgan joydir. Ushbu qoidani buzgan kattalar qonun oldida javob berishlari shart.

😢14❤8🔥3👍2🤬1
Har safar zo‘ravonlik haqidagi xabar paydo bo‘lganda, sharhlarda bitta savol ko‘p uchraydi: Otasi, akasi, erkak qarindoshlari qayerga qaradi? Nega ular uni himoya qilishmadi?
Farg‘ona viloyatida 43 yoshli erkak pasini kaltaklaganidan xabar topib, pochchasining qotiliga aylandi. Ayblanuvchiga qattiq tartibli koloniyada o‘tash bilan 10 yil qamoq jazosi berildi. Xorazm viloyatida esa 28 yoshli erkak opasiga ishqiy mazmundagi uyatsiz SMS xabarlar yuborib yurgan erkakni o‘ldirishga uringan. Unga yetti yil qamoq jazosi tayinlandi. Jabrlanuvchi sudda sudlanuvchiga qarshi da'vosi yo‘qligini aytdi, ammo bu hech narsani o‘zgartirmadi.
Kimdir aralashmasa, ular harakatsizlikda ayblanadi. Ular aralashganda esa qamoqqa tushadi. Shu bilan birga, zo‘ravonlikni sodir etgan odam ko‘pincha jazosiz qoladi yoki nomutanosib ravishda qisqaroq jazo oladi. Odamlar qonun ularni himoya qilmasligini ko‘rishadi va vaziyatni o‘z qo‘llariga olishadi. Bu samosud qilish uchun oqlov emas, balki nima uchun bunday bo‘lishining sababini tushuntirishdir.
Muammo shundaki, tizim zo‘ravonlikni to‘xtatish uchun yetarli chora ko‘rmayapti. Ayol yillar davomida kaltaklanishga chidab, ichki ishlar organlari yelkalarini qisib qo‘yganda, mahalla yarashishni maslahat berganda, shikoyatlar yo‘qolganda yoki hech qachon sudga yetib bormaganda, zo‘ravonlik uchun jazo shunchalik yumshoq bo‘lganda, bu kichik noqulaylikdek tuyulganda - odamlar qonun orqali adolatga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadilar.
Va keyin biz hozir ko‘rib turgan voqealar boshlanadi. Aka singlisi uchun qasos olishga boradi, chunki buni qiladigan boshqa hech kim yo‘q; Ota pichoq ko'taradi, chunki agar u aralashmasa, aybdor jarima yoki shartli jazo bilan qutulib qolishini biladi.
Bizga shunchaki qog‘ozda mavjud bo‘lgan emas, balki aslida himoya qiladigan qonunlar kerak. Bizga byurokratiya emas, balki tahdidlarga darhol javob berish mexanizmlari kerak. Bizga zo‘ravonlik ishlatganlar uchun jazo aniq bo‘lishi kerak, toki odamlar tushunsinlar: agar siz ursangiz, tahdid qilsangiz yoki ta'qib qilsangiz, qamoqqa tushasiz.
Bu choralar yo‘q ekan, samosud holatlari uchraveradi. Chunki davlat o‘z vazifasini bajara olmaganda, odamlar buni o‘zlari qila boshlaydilar. Amaldagi qonunlar bilan odamlar o‘zlarini mushtlari bilan emas, balki tizim bilan himoya qiladilar. Shunda hech kim boshqa jinoyatni to‘xtatish uchun jinoyat qilishga majbur bo‘lmaydi.
Samosud yechim emas. U jabrlanuvchini himoya qilmaydi va zo‘ravonlikni to‘xtatmaydi. Bu shunchaki yana bir vayron bo‘lgan hayot degani. Haqiqiy himoya faqat qonun kimdir adolatni o‘z qo‘liga olishga qaror qilishidan oldin ishlaganda mumkin.
Minimizary
#SukutSaqlama #qonunlar

👍7🔥4❤3
Yangilikni eshitdingizmi? Nihoyat, “Vaqt mashinasi”ni ixtiro qilishipti! Huuv o‘sha texnologiyalashgan, takomillashgan g‘arbda emas, shundoqqina yonginamizda!
Uning originalligi shundaki, unda faqat o‘tmishga sayohat qilish mumkin, bo‘libam, bir “mindingizmi” — tamom, endi o‘sha borib qolgan davringiz hayoti bilan yashaysiz ham! Faqat birgina “lekin”i bor — mashinadan tushib, ortga — o‘z zamonangizga qaytib ketishning sira imkoni yo‘q.
Xullas, olamshumul kashfiyot haqidagi so‘nggi yangiliklarni eshiting:
“Qo‘shni”larimizda xotinini urgan erkak ikki hafta “dam oladi”, kaltakdan qochgan ayol esa uch oyga qamaladi. Qoyil! Buning oti qonun emas, bu — o‘rta asrlarning hidi anqib turgan vahshiylik. Yo‘q, bu undanam avvalgi zamon — uyg‘onish davrigacha bo‘lgan yuzyilliklarga “tortyapti”.
Ayolni yo “ozod”, yo “qul” toifasiga bo‘lib qo‘yishibdi. Eriga xudo deb sig‘inishi kerak emish, bo‘lmasa qamoq. Hattoki uni himoya qilgan ota—onasini ham jazolashar emish. Bu nima degani? Bu — “ayolingni uyingda xohlagancha o‘ldir, hech kim aralashmasin” degani. Fir’avnlar piramida ichidagi yo‘laklarga chizdirgan qoidalarning yaqqol “rasshifrofka”si—ku bu! Yo‘q deb ko‘ring qani, tushingizda skarabeylar sizni yeb ketadi, meni aytdi dersiz!
Zo‘ravonlikni qonun bilan oqlash — erkakman deganlarning eng katta ojizligi. Ayolidan qo‘rqqan odamgina uni zanjirda ushlashga harakat qiladi. Bu shunchaki chet eldagi yangilik emas, bu — ayol qadrini yer bilan bitta qilishning rasmiy ruxsatnomasi. Yana ozgina qoldi — neandertal g‘oriniyam topib borishadi bular. Nimadan garov o‘ynaysiz: bunga yana qancha vaqt ketarkin?
© Murchbibi
#Sukutsaqlama #NegaAyolYaraldim #AyolHuquqlari

😢5❤4🤬3
Savol: Turmushga chiqqanimga ko‘p bo‘lmadi, lekin turmush o‘rtog‘im tomonidan tazyiqqa uchramoqdaman. U meni urmaydi, lekin imkon bo‘ldi, deguncha, haqoratli so‘zlar bilan kamsitadi va xafa qiladi, ruhiy bosim o‘tkazadi. Faqat onasiga yoqqanim uchungina menga uylanganini aytadi. Hatto qarindoshlar va tanishlar oldida ham meni kamsitish va haqorat qilishdan tortinmaydi. Men o‘zimni yomon ko‘rib qoldim. Ruhiy zo‘ravonlik sababli ariza yozmoqchiman, lekin hech narsani isbotlay olmaslikdan qo‘rqyapman. Ruhiy zo‘ravonlikni isbotlash qanchalik qiyin?
Yurist javobi:
“Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ruhiy zo‘ravonlik — xotin-qizlarni haqorat qilish, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, ularning sha’ni, qadr-qimmatini kamsitish, kamsitish (diskriminatsiya), shuningdek ularning xohish-irodasini cheklashga qaratilgan boshqa harakatlarda, shu jumladan reproduktiv sohada nazorat qilishda, tazyiq va zo‘ravonlik qurbonida o‘z xavfsizligi uchun xavotir uyg‘otgan, o‘zini himoya qila olmaslikka olib kelgan yoki ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetkazgan harakatda (harakatsizlikda) ifodalangan zo‘ravonlik shaklidir.
Ruhiy zo‘ravonlikni isbotlash, masalan, jismoniy zo‘ravonlikka qaraganda qiyinroq, chunki u jabrlanuvchining tanasida ko‘rinadigan izlar qoldirmaydi. Biroq, bu uni umuman isbotlab bo‘lmaydi degani emas.
Isbot sifatida quyidagilar xizmat qilishi mumkin:
- Xabarlar (yozishmalar);
- Audioyozuvlar;
- Guvohlarning ko‘rsatmalari.
Hatto ushbu dalillar bo‘lmagan taqdirda ham, bu huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishdan ma’no yo‘q, degani emas.
Agar siz ruhiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan bo‘lsangiz, har qanday holatda ham huquqni muhofaza qilish organlariga ariza bilan murojaat qilishingiz zarur. Shundan so‘ng, topshirilgan ariza asosida vakolatli mansabdor shaxs amaldagi qonunchilik doirasida arizada ko‘rsatilgan faktlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishi, dalillarni to‘plashi, zarurat tug‘ilganda huquqbuzarlik faktini, shaxsning aybdorligini va ishni to‘g‘ri ko‘rib chiqish uchun boshqa holatlarni aniqlash maqsadida ekspertizalar tayinlashi shart.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 276-moddasiga muvofiq: Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishga oid dalillar har qanday faktik maʼlumotlardan iborat boʻlib, organlar (mansabdor shaxslar) shu maʼlumotlarga asoslanib maʼmuriy huquqbuzarlik holati yuz bergan yoki bermaganligini, muayyan shaxsning uni sodir etishda aybdorligini va ishni toʻgʻri koʻrib chiqish uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlarni qonunda belgilangan tartibda aniqlaydi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 86-moddasiga ko‘ra: Isbot qilishni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud amalga oshiradi.
Isbot qilishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishtirok etish huquqiga egadirlar. Isbot qilishda ishtirok etishga guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, xolislar, shuningdek boshqa fuqarolar va mansabdor shaxslar jalb etiladi. Ular ushbu Kodeksda belgilangan tartibda dalillarni toʻplash, tekshirish va baholash bilan bogʻliq huquqlarni amalga oshiradilar hamda majburiyatlarni bajaradilar.
Madina Ochilova, loyiha yuristi
#SukutSaqlama #yuristga_savol

🔥3🤔1
11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni
11-fevral butun dunyoda Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni sifatida nishonlanadi. Bu kun bizga ilm-fan barcha uchun ochiq bo‘lishi kerakligini eslatish maqsadida tashkil etilgan. U ayollar va qizlarning STEM (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika) sohalariga qo‘shgan hissasiga, shuningdek, ularning ushbu sohalarda o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga to‘sqinlik qilayotgan to‘siqlarga bag‘ishlanadi. Bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan YuNESKO ko‘magida rasman ta’sis etilgan bo‘lib, bu uning xalqaro ahamiyatini va ilm-fanda gender tengligiga erishish yo‘lidagi muhim qadam ekanligini anglatadi.
Ushbu kunning dolzarbligi saqlanib qolayotgan gender tengsizligi bilan bevosita bog‘liq. Ayollar oliy o‘quv yurtlari talabalarining salmoqli qismini tashkil etsa-da, STEM yo‘nalishidagi karyerada ularning soni sezilarli darajada kam. Bu farqni bartaraf etish nafaqat teng huquqlilik, balki ilm-fanning rivoji uchun ham muhimdir. Ilm-fandagi xilma-xillik — bu ko‘proq qarashlar, nostandart yechimlar va innovatsiyalar demakdir. Busiz fan o‘zining to‘liqligi va xolisligini yo‘qotadi.
Raqamlar va statistika buni tasdiqlaydi: Xalqaro tashkilotlar ma’lumotlariga ko‘ra, ayollar hali ham STEM sohasida yetarli darajada aks etmagan:
Dunyodagi jami ilmiy tadqiqotchilarning faqat 30–33 % qismini ayollar tashkil etadi.
STEM xodimlari orasida ularning ulushi taxminan 28 %.
Oliy ta’limda vaziyat yaxshiroq: ayollar STEM diplomlarining 35 % ini oladilar, biroq muhandislik va axborot texnologiyalarida ularning ulushi ko‘pincha 20–25 % dan oshmaydi.
Karyera pog‘onasi yuqorilagan sari (doktorantura, rahbarlik lavozimlari, qaror qabul qilish jarayonlari), ayollar soni kamayib boradi. Bu hodisa "oqib ketayotgan quvur" (leaky pipeline) effekti deb ataladi — ya’ni qizlar tizimdan asta-sekin siqib chiqariladi. Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalarida bu farq ayniqsa sezilarli, garchi Markaziy Osiyo ilm-fandagi ayollar foizi yuqoriligi bilan qisman ajralib tursa-da, ijtimoiy bosim va kutuvlar baribir ularning karyera o‘sishini cheklab qo‘ymoqda. Bu raqamlar muammo qobiliyatda emas, balki mustahkam o‘rnashib qolgan tarkibiy to‘siqlar, stereotiplar va teng bo‘lmagan sharoitlarda ekanligini ko‘rsatadi.
Lekin yaxshi o‘zgarishlar ham bor: muammo haqida ko‘proq gapirilmoqda, o‘rnak bo‘ladigan shaxslar (role models) paydo bo‘lmoqda va qizlar ilm-fanni o‘zlari uchun real va ochiq yo‘l sifatida ko‘rmoqdalar. Oldinda hali qilinadigan ishlar ko‘p, ammo olg‘a intilish boshlangan — barcha uchun adolatli va barqaror kelajak aynan shu harakatga bog‘liq.
Shamatova Mubina tayyorladi
#SukutSaqlama #IlmFandaAyollar

Velosportchilarimiz Osiyo chempionatida navbatdagi medalga sazovor bo‘lishdi
Saudiya Arabistonida o‘tayotgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionatida yana bir medal.
Ayollar o‘rtasida kechgan guruh poygasi dasturida:
🥈 Nafosat Koziyeva 109,2 km masofaga kechgan poygada marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Yana bir vakilamiz Yanina Kuskova 4-natijani ko‘rsatdi.
O‘zbekistonlik ayol velosipedchilarning qitʼa chempionatida ishonchli chiqishi.
Manba: https://olympic.uz/ru/news/nai-velosportsmen-zavoe
#SukutSaqlama #Sportda_Ayollar

👍2
Britaniyalik Robert Richens sobiq sevgilisi Reychel Voganni o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Politsiya aniqlashicha, u ayolga o‘z uyida hujum qilgan va yordam chaqirmagan. Faqat biroz vaqt o‘tgach, Richensning o‘zi tezkor xizmatlarga qo‘ng‘iroq qilib, hamma narsa "tasodifan" yuz berganini da’vo qilgan.
Sudda eshittirilgan 999 xizmati operatori bilan suhbat yozuvida u uyalayotganini va hech kimni o‘ldirishni istamaganini aytgan.
Hibsga olish jarayoni videoga olingan — ushbu kadrlar ham sud majlisida namoyish etildi. Richens yig‘lagan va endi Grand Theft Auto o‘yinini o‘ynay olmasligidan shikoyat qilgan. Politsiyachi gap nima haqida ketayotganini darrov tushunmay, qayta so‘ragan.
Richens seriyaning yangi qismi — GTA VI ni o‘ynab ko‘rmoqchi bo‘lganini, ammo umrbod qamoq jazosi kutayotgani sababli buning iloji yo‘qligini tushuntirgan. U qo‘lga olingan vaqtda o‘yinning chiqish sanasi 2026-yil 26-mayga belgilangan edi.
Ya’ni, erkak kishi o‘zi bilan yaqin munosabatda bo‘lgan insonni o‘ldirgan, unga yordam bermagan, so‘ngra marhumaning hayoti yoki qilgan jinoyati uchun emas, balki o‘zining yo‘qotishi — video o‘yin o‘ynash imkoniyati uchun qayg‘urgan.
Reychel Vogan hayotdan ko‘z yumdi, biroq uni o‘ldirgan shaxs hibsga olinish vaqtida ko‘ngilochar narsalar haqida o‘ylagan. Bu shunchaki aniq bir jinoyatchining surbetligi emas, balki ayol kishining hayoti erkakning xohish-istaklari va qulayligidan pastroq baholanadigan madaniyat belgisidir. Zo‘ravonlik shunchalik odatiy holga aylanganki, aybini tan olib turib, shu bilan birga o‘yin relizini o‘tkazib yuborishidan afsuslanish mumkin.
Manba: kosa media
#SukutSaqlama

😢5❤2🤬2
Olmaliq shahridagi maktabda tekshiruv boshlandi
Ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida voqea keng tarqalganidan so'ng Bola huquqlari bo'yicha vakil ofisi Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi 5-sonli umumta'lim maktabida voyaga yetmagan qizning vafot etganligi holati nazoratga olingani haqida xabar berdi.
Rasmiy xabarga ko'ra, 2026-yil 28-yanvar kuni 16 yoshli o‘quvchining sog‘lig‘i yomonlashib vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, uning doirasida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Holat yuzasidan prokuratura tomonidan Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga hamda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga xizmat tekshiruvi o‘tkazish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.
Bolalar ombudsmani Toshkent viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili joyga chiqqan tarzda mazkur holatda bolaning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilmaganligi bo‘yicha o‘rganish olib bormoqda.
Shunday qilib, sodir bo‘lgan voqea sabablari yuzasidan ham protsessual tekshiruv, ham ta’lim muhitida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan protseduraviy qoidabuzarliklar o‘rganilayotgani rasman tasdiqlandi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi postlar ostida qoldirilgan izohlarda maktab o‘quvchilarining ota-onalari tomonidan boshqa ayanchli hodisalar: shafqatsiz mushtlashuvlar va nomaqbul xatti-harakatlar haqida ham ko‘plab xabarlar yozilmoqda. Tekshiruv kompleks tarzda o‘tkazilishiga, barcha ushbu holatlar o‘rganilib, ularga huquqiy baho berilishiga hamda natijalar keng jamoatchilikka ma’lum qilinishiga umid qilamiz.
Nemolchi.uz mutasaddi organlar tomonidan o‘tkazilayotgan tekshiruv natijalarini kutib qoladi. Shu bilan birga, bunday vaziyatlarda beriladigan baho nafaqat tibbiy holatlarni, balki voyaga yetmaganlarning huquqlariga rioya etilishi, bolalar bilan o‘zaro munosabat o‘rnatish tartiblari hamda maktab muhiti xavfsizligi masalalarini ham qamrab olishi prinsipial jihatdan muhimdir.

👍8
Istanbuldagi mudhish qotillik: O‘zbekistonlik ikki ayol shafqatsizlarcha o‘ldirildi
24-yanvar kuni Istanbulning Shishli tumanida chiqindi yig‘uvchi xodim konteyner ichidan bo‘laklab tashlangan ayol jasadini topdi. Ekspertiza natijasida halok bo‘lgan shaxs 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosi, Istanbulda yashab kelgan va ishlagan Durdona Hakimova ekanligi aniqlandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u asosiy gumonlanuvchi bilan qotillikdan uch oy avval ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgan va Fotih tumanida shar’iy nikohda yashab kelgan. G‘oyib bo‘lishidan oldin Hakimova tanishlariga oilaviy tanishi Ekrem K.ni ko‘rgani borayotganini aytgan.
Politsiya kuzatuv kameralari yozuvlarini o‘rganib chiqib, uch nafar gumonlanuvchini aniqladi. 31 yoshli Dilshod Turdimurodov va 29 yoshli G‘ofurjon Kamolxo‘jayev Gruziyaga uchib ketmoqchi bo‘lganida Istanbul aeroportida qo‘lga olindi. Keyinchalik 58 yoshli Ekrem K. ham ushlandi. Sud ikki nafar o‘zbekistonlikni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish va talonchilik ayblovi bilan qamoqqa oldi, Ekrem K. esa sud nazorati ostida qo‘yib yuborildi.
So‘roq paytida Turdimurodov Hakimova bilan ishqiy munosabatda bo‘lganini va janjal ortidan uni o‘ldirganini tan oldi. U Kamolxo‘jayev bilan birgalikda jasadni Umraniya tumanidagi uyda bo‘laklashgan, qoldiqlarni chamadonga solib, Shishli tumaniga olib borishgan va chiqindi konteynerlariga tashlab yuborishgan.
Tergov talqiniga ko‘ra, gumonlanuvchilar qotillikdan so‘ng qurbonning taqinchoqlarini yechib olishgan, so‘ngra Fotihga qaytib, mamlakatni tark etish maqsadida aeroportga yo‘l olishgan. Kameralar qo‘lida chamadon bilan chiqindi qutilari tomon borayotgan ikki erkakni qayd etgan.
6-fevral kuni, qarindoshlari 32 yoshli Sayyora Ergashalieva yo‘qolganligi haqida ariza berishganidan so‘ng, ish yangi burilish oldi. Oila a’zolari bir necha kun davomida undan xabar olisholmagan. Ayol Turkiyaga 2025-yil 28-dekabrda kirib kelgan va Umraniyada yashagan. U bilan oxirgi marta 23-yanvarda — aynan Durdona Hakimova o‘ldirilgan deb taxmin qilinayotgan kunda bog‘lanishgan.
Politsiya Ergashaliyeva oxirgi marta ko‘rilgan manzilni aniqlaganida dahshatli tafsilot ma’lum bo‘ldi: bu Turdimurodov va Kamolxo‘jayev Hakimovaning jasadini bo‘laklagan aynan o‘sha Umraniyadagi uy edi. Kamera yozuvlari 23-yanvar kuni Ergashaliyeva uyga kirganini ko‘rsatgan. Keyinchalik u yerga ikkala gumonlanuvchi kelgan. Tun bo‘yi Turdimurodov va Kamolxo‘jayev uydan bir necha bor qora chiqindi qoplari bilan chiqib, yana qaytib kelishgan. Keyinroq ular oq chamadonni olib chiqib, taksiga o‘tirishgan va Fotih tumani tomon yo‘l olib, chamadonni chiqindi konteyneri yonida qoldirishgan.
Takroriy so‘roq paytida Kamolxo‘jayev Sayyora Ergashaliyevani o‘ldirganini tan oldi. Ayol 23-yanvar kuni Umraniyadagi o‘sha uyda o‘tkir tig‘li jism bilan o‘ldirilgan, jasadi bo‘laklanib, qoldiqlari shaharning turli tumanlaridagi chiqindi qutilariga tashlab yuborilgan. Endilikda tergov ushbu ishni seriyali qotillik sifatida ko‘rmoqda.
9-fevral kuni O‘zbek ayollari huquqlarini himoya qilish jamiyati Sayyora Ergashalieva bo‘yicha huquq-tartibot idoralariga murojaat qildi.
Ikkala qotillik holatlari ham avvaldan rejalashtirilgan til biriktirish ehtimolidan dalolat beradi. Har ikki ayol gumonlanuvchilar bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. Ikkalasi ham sovuq qurol yordamida o‘ldirilgan, bitta xonada bo‘laklangan, qoldiqlari Istanbulning turli hududlaridagi chiqindi qutilariga tashlab ketilgan. Qotilliklardan so‘ng Turdimurodov va Kamolxo‘jayev qurbonlarning taqinchoqlarini olib zudlik bilan Turkiyani tark etishga uringanlar.
Agar gap bitta qurbon haqida ketganida edi, janjal oqibatidagi qotillik versiyasi haqiqatga yaqindek tuyulishi mumkin edi. Biroq, gumonlanuvchilar bilan yaqin munosabatda bo‘lgan ikki nafar halok bo‘lgan ayol, qotillik uslubi va undan keyingi harakatlarning shuni ko‘rsatadiki, Turdimurodov va Kamolxo‘jayev maqsadli ravishda mehnat muhojiri bo‘lgan ayollarning ishonchiga kirib, keyinchalik ularni o‘ldirish va tunashni rejalashtirgan bo‘lishlari mumkin.

😱10😢3❤2🤬2🤔1
12-fevral kuni OAVda Yuqori Chirchiq tumanidagi maktablardan birining 8-sinf o‘quvchisi homilador bo‘lib qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Taxmin qilinayotgan ota — 23 yoshli erkak.
Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ushbu holat haqiqat ekanligini tasdiqladi. Hozirda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganov ham vaziyatga izoh berib, gap voyaga yetmagan qiz haqida ketayotganini va uning kelajagi ommaviy muhokama mavzusiga aylanmasligi kerakligini ta’kidladi.
«Bu o‘ta shaxsiy mavzu. Voyaga yetmaganlarning jamoatchilik nazorati obyektiga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim. Ommaviy va batafsil muhokama qilish mumkin bo‘lgan boshqa ko‘plab mavzular bor», — dedi To‘laganov.
Afsuski, ko‘plab yangiliklar kanallari etika borasidagi o‘rinli mulohazalarni e’tiborsiz qoldirishdi. Sarlavhalarda sodir etilgan jinoyat chetda qolib, aynan qizning homiladorligi birinchi planga chiqarilmoqda.
Ba’zilar esa bundan ham o‘tib tushishdi...
«Qizlaringizni nazoratsiz qoldirmang, kim bilan muloqot qilayotgani va vaqtini qayerda o‘tkazayotganini tekshiring», — deb yozadi Pressa.uz. Bunda asosiy urg‘u ehtimoliy jinoyatchidan qurbonning xulq-atvori va uning ota-onasiga ko‘chirilgan. Bunday yondashuv nafaqat jabrlanuvchini kamsitadi va aybni voyaga yetgan erkakdan oilaga ag‘daradi, balki jinoyatning o‘zini shunchaki «e’tiborsizlik» muammosiga tushirib, uni xaspo‘shlaydi.
Eslatib o‘tamiz, 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqada bo‘lish og‘ir jinoyat deb tasniflanadi. Aynan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarda gumon qilinayotgan erkak ehtimoliy jinoiy ishning figuranti hisoblanadi. 14 yoshli qiz va uning ota-onasi emas, aynan u «o‘z xulq-atvoriga e’tibor berishi va kim bilan muloqot qilayotganini tekshirishi» kerak edi. Balki OAV uning ota-onasidan o‘g‘lini qanchalik to‘g‘ri tarbiyalashgani va unga ijtimoiy normalarni singdirishgani haqida so‘rashi kerakdir?!
MEZARCHILD

😢8🔥5🤔2❤1
Bugun O‘zbekistonda buyuk davlat arbobi, shoir va sarkarda — Zahiriddin Muhammad Bobur yodga olinmoqda. Biz esa aynan shu kunda u haqida emas, balki uning kichik qizi — ismi O‘rta asrlar tarixidagi ayollar orasida alohida o‘rin tutgan Gulbadanbegim haqida so‘z yuritmoqchimiz.
Gulbadanbegim (1523–1603) — o‘rta asrlar Markaziy Osiyo va Hindiston tarixidagi yagona ayol solnomachi, «Humoyunnoma» tarixiy asari muallifi, shoira, Amir Temur avlodi va Boburning o‘z qizidir. U Qobulda tug‘ilgan, saroyda ta’lim olgan, chig‘atoy va fors tillarini mukammal bilgan, she’riyat mutolaa qilgan hamda Movarounnahr va Xuroson olimlari bilan muloqotda bo‘lgan.
Boburning o‘g‘li va vorisi Humoyunning farzandi — bo‘lajak buyuk podshoh Akbar aynan uning tarbiyasini olgan. Gulbadanbegim u uchun shunchaki amma emas, balki ma’naviy ustoz edi. Akbar ammasi oilaviy xotiralarni e’zozlab saqlashini bilar edi va bir kuni undan otasi Humoyun hamda bobosi Bobur haqida kitob yozishni iltimos qiladi. Shu tariqa, imperatorlar orasida yashagan ayol nigohi bilan yozilgan sulola tarixi — «Humoyunnoma» asari dunyoga keladi.
Fors tilida bitilgan ushbu qo‘lyozma Sharqning e’tirof etilgan tarixiy matnlari qatoridan joy oldi. Unda nafaqat voqealar xronikasi, balki saroyning ichki hayoti, insoniy taqdirlar, ayollarga xos kuzatuvchanlik va asrlar osha tinganmagan ovoz aks etgan. Bugungi kunda ham O‘zbekiston darsliklarida uning mehnatlariga tayaniladi.
Gulbadanbegim — sulola xotirasini saqlab qolgan va ayol kishining ovozi tarix qa’rida yo‘qolib ketishiga yo‘l qo‘ymagan siymodir. Toshkent, Samarqand va Andijon shaharlarida uning nomi bilan ataluvchi ko‘chalar bor. Bobur uy-muzeyida esa unga bag‘ishlangan maxsus burchak tashkil etilgan. Bir safar uning qiyofasi tushirilgan — ayvon qismida chilim chekib o‘tirgani tasvirlangan miniatyura Londondagi Christie’s auksionida sotilgan edi.
#SukutSaqlama #TarixdaAyollar

❤9