StriveHub
1.17K subscribers
279 photos
95 videos
41 files
543 links
✦ Mentoring Course💣

We will give you everything for FREE!

- Application Proccess 💻
- College application tips and tricks 💣
- Useful materials 📖
- Programs and Activities 📎

https://tirikchilik.uz/strivehub
https://linkedin.com/company/strivehub-uz
Download Telegram
🇺🇸 Karsh International Scholars – Duke University, Amerika Qo‘shma Shtatlari

Duke Universitetida bakalavr ta’limini to‘liq moliyalashtirilgan stipendiya bilan olishni xohlaysanmi? Karsh Scholarships sening imkoniyating!

🎯 Nimalarni qamrab oladi:

To‘liq o‘qish to‘lovi (tuition)

Yotoqxona + ovqat + majburiy to‘lovlar (room & board, mandatory fees)

Uchta yozgi moliyaviy yordam: tadqiqot, amaliyot, va boshqa akademik imkoniyatlar

🧑‍🎓 Kimlar ariza bera oladi:

Xalqaro talabalar (AQSH fuqarosi bo‘lmagan)

Talabaning oilaviy moliyaviy ehtiyoji bo‘lishi kerak (“financial need”)

Allaqachon bakalavr diplomiga ega bo‘lganlar ariza bera olmaydi

📋 Ariza jarayoni:

Duke University’ga kirish arizasi topshirilganda “request financial aid” bandini belgilash kifoya

Alohida stipendiya arizasi talab qilinmaydi

🔗 Batafsil ma’lumot:
https://ousf.duke.edu/merit-scholarships/karsh-international-scholars-program/

StriveHub
🔥3🥰3❤‍🔥22👏1
🇰🇷 KAIST Scholarship – Janubiy Koreya, KAIST Universiteti

KAIST’ga bakalavr darajasida kirib, barcha o‘qish to‘lovi va yashash xarajatlarini qoplashni xohlaysanmi? Mana senga ajoyib imkoniyat! 🌟

🎯 Nimalarni qamrab oladi:

Barcha tuition fee — 8 semestringa qadar bekor qilinadi.

Oyiga 350,000 KRW yashash stipendiyasi.

Tibbiy sug‘urta ham qoplanadi.

🧑‍🎓 Kimlar ariza bera oladi:

Xalqaro talabalar (International Student Admission).

Ariza topshirishda KAIST scholarship bandini to‘ldirish kerak (“Statement of Financial Resources” → KAIST Scholarship).

Freshman yil yakunida GPA kamida 2.7 / 4.3 bo‘lishi shart.

📅 Ariza jarayoni:

Ariza va stipendiya bir vaqtda ko‘riladi — alohida scholarship arizasi kerak emas.

Ariza topshirish muddatini rasmiy saytda tekshiring!

🔗 Batafsil ma’lumot:
https://admission.kaist.ac.kr/intl-undergraduate/support/scholarships/kaist

StriveHub
❤‍🔥11
Forwarded from The Academics
🖋 Accelerator Writing Program by TAC 1.0

Write with clarity for admissions officers, think like a philosopher, and apply with confidence. With this motto, we are opening a group for students who want to improve their writing before the application deadlines. Not only will you improve, but you will also write your college essays, specifically your personal statement, together with us.

This program is designed by our mentors, who were previously mentored our writing webinar. From lecture sessions led by experienced and knowledgeable mentors to office hours dedicated to working on your assignments and essays, we will ensure that a draft of your personal statement is ready by the end of the program.

📆Duration: 1 month
Lessons: 8 lecture sessions, and 4 individual 1-to-1 office hours.
Program start date: October 4

To get to know more details:

Apply now and get more information!

Yours truly,
TAC community!
🎓 Berea College — 100% Grantli Ta’lim Imkoniyati


AQShdagi Berea College o‘zining “No Tuition” dasturi orqali barcha talabalar uchun kontrakt to‘lovini BEKOR qilgan. Siz faqat turmush va boshqa kichik xarajatlarni qoplaysiz xolos.

📌 Moliyaviy talablar:

Oila daromadi past yoki o‘rtacha bo‘lishi kerak (universitet tekshiradi).

FAFSA formasini to‘ldirish shart.

Zarur hollarda qo‘shimcha moliyaviy hujjatlar so‘ralishi mumkin.

“Quick Estimator” va “Cost Estimator” orqali tezkor hisob-kitob qilish mumkin.

Mustaqil talabalar (ota-onadan alohida yashovchilar) uchun ham alohida mezonlar mavjud.

⚡️ Muhim: Moliyaviy talablarga javob berish — qabul qilinishni kafolatlamaydi. Universitet sizning akademik ko‘rsatkichlaringizni ham inobatga oladi.

🔗 https://www.berea.edu/admissions/admission-information/financial-eligibility

StriveHub
📢 AQShda bepul o‘qish imkoniyati — Wake Forest University! 🇺🇸


Wake Forest universiteti bakalavr bosqichiga topshiruvchi yoshlar uchun Guy T. Carswell Scholarships grantini taqdim etadi. Bu grant yiliga atigi 5 nafar talabaga beriladi!


🎯 Grant qamrovi:

To‘liq kontrakt to‘lovi;

Bepul yotoqxona va oziq-ovqat;

Shaxsiy xarajatlar uchun $3,400 mablag‘;

Tadqiqotlar uchun qo‘shimcha $5,000 gacha qo‘llab-quvvatlash.

📅 Ariza topshirish muddati: 2025-yil 15-noyabr
https://financialaid.wfu.edu/types-of-aid/scholarships/#20220725141954

👉 AQShda bepul o‘qishni orzu qilayotganlar uchun katta imkoniyat!

StriveHub
7
🎓 Fully Funded Master’s in China — Peking University Yenching Academy 2026 🇨🇳

Dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri — Peking University master dasturiga qabul boshlandi! 🌏

📚 Yo‘nalishlar:


Tarix & Arxeologiya

Siyosat & Xalqaro munosabatlar

Falsafa & Din

Iqtisod & Menejment

Huquq & Jamiyat

Adabiyot & Madaniyat

💸 Grant nimalarni qoplaydi:

To‘liq o‘qish to‘lovi, oyma-oy stipendiya, aviachipta, yotoqxona, sug‘urta va dala tadqiqot xarajatlari.

🌍 Kimlar topshira oladi:
Barcha davlatlardan bakalavr diplomiga ega nomzodlar (2026-yil avgustgacha).

🗓 So‘nggi muddat: 1-dekabr, 2025

👉 Ariza topshirish: Rasmiy havola

StriveHub
2
👇

🎓 Yenching Academy Scholarship 2026 — Peking University 🇨🇳


📍 Joy: Pekin, Xitoy
📅 Deadline: 1-dekabr, 2025
💰 To‘liq grant: o‘qish to‘lovi, oyma-oy stipendiya, aviachipta, yotoqxona, sug‘urta va dala tadqiqot xarajatlari to‘liq qoplanadi.

🎯 Kimlar topshira oladi?


2026-yil avgustgacha bakalavr diplomi olgan yoki o‘qishni tugatayotgan talabalar

Har qanday yo‘nalishdan bo‘lishi mumkin

Yuqori o‘zlashtirish (GPA)

Ijtimoiy faol, liderlik salohiyatiga ega yoshlar

Ingliz tili darajasi yuqori bo‘lishi shart
(IELTS 7.0 / TOEFL 100 / Cambridge 185)

📚 Kerakli hujjatlar:


Online ariza (Yenching portali orqali)

Shaxsiy statement (750 so‘z)

Tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha statement (1500 so‘zgacha)

CV (Resume)

Diplom yoki o‘qiyotganlik haqida ma’lumotnoma

Transkript

2 ta tavsiyanoma (professor yoki dotsentlardan)

StriveHub
8🔥3💯3👍1
🇺🇸 Boston Universiteti — Trustee Scholarship (Bakalavr)


Amerikaning Boston universitetida bakalavr bosqichi uchun to‘liq grant imkoniyati! 🎓

Moliyalashtirish: To’liq
Til talabi: Ingliz tili


Kimlar uchun:

➡️ Boston universitetining bakalavr bosqichiga qabul qilingan bo‘lishi kerak
➡️ Maktab/kollejdagi baholari a'lo bo‘lishi lozim

Foydali tomonlari:

➡️ 4 yillik kontraktdan ozod etiladi (talabaning keyingi yillardagi akademik o'zlashtirishi hisobga olinadi)
➡️ Talabalar uchun majburiy barcha to'lovlardan ozod qilinadi

🕒 Oxirgi muddat: 1-dekabr, 2025

Batafsil malumot

StriveHub
❤‍🔥22
"Transfer application cycle" is here
5❤‍🔥2
Lekin, yangi cycle bilan birga StriveHubga yangilik olib kirsak nima deysizlar?
1🔥8
Channel photo updated
StriveHub
Channel photo updated
So?
🔥19❤‍🔥3💔3👎2🆒2🍌1
🔥 Angliyadagi saxiy stipendiyalar:

•⁠ ⁠Universitet stipendiyalari: Angliyaning yetakchi universitetlari oʻqish toʻlovining 50% dan 100% gacha boʻlgan stipendiyalarni taklif qiladi:

1. Chevening – magistratura talabalari uchun o‘quv to‘lovlari, oylik stipendiyalar, sayohat xarajatlari va boshqa xarajatlarni qoplaydigan nufuzli stipendiya. Qo'shimcha ma'lumot: https://www.chevening.org

2. Geyts Kembrij stipendiyasi – Kembrijdagi magistratura va doktorantlar uchun to‘liq stipendiya.
Qo'shimcha ma'lumot: https://www.gatescambridge.org

3. Rodos stipendiyasi - Oksfordda o'qish uchun mavjud bo'lgan eng qadimgi stipendiyalardan biri.
Qo'shimcha ma'lumot: https://www.rhodeshouse.ox.ac.uk

4. London Iqtisodiyot maktabi (LSE) – xalqaro talabalar uchun bir nechta stipendiya dasturlari, jumladan, toʻliq va qisman grantlar.
Qo'shimcha ma'lumot: https://www.lse.ac.uk

5. UCL Global Bakalavr stipendiyasi – butun dunyo bo‘ylab bakalavr talabalari uchun stipendiyalar.
Qo'shimcha ma'lumot: https://www.ucl.ac.uk

StriveHub
❤‍🔥4👍1
🤯Barcha xarajatlaringizni qoplaydigan 100% qoplab beriladigan stipendiyalar va amaliyotlar🌟

1. Erasmus Mundus stipendiyasi 2025, to'liq moliyalashtiriladi (Oxirgi muddat: Har xil)
2. BAAdagi MBZUAI stipendiyasi 2025, to'liq moliyalashtiriladi (Oxirgi muddat: 2026-yil 15-yanvar)
3. UPG Barqarorlik Liderligi Dasturi, to'liq moliyalashtiriladi (Oxirgi muddat: 2025-yil 31-dekabr)
4. Weidenfeld Hoffmann stipendiyalari 2026, to'liq moliyalashtiriladi (Oxirgi muddat: Turlicha)
5. Belgiyadagi ARES stipendiyalari, to'liq moliyalashtiriladi (Oxirgi muddat: 2025-yil 18-oktabr)
6. Germaniyadagi Max Planck yozgi amaliyoti, to'liq moliyalashtiriladi (Oxirgi muddat: 2025-yil 1-noyabr)
7. Yaponiyadagi Honjo Foundation stipendiyasi 2026, to'liq moliyalashtiriladi (Oxirgi muddat: 2025-yil 31-oktabr)
8. AQShdagi SUSI yozgi almashinuv dasturi 2026, To'liq moliyalashtirilgan (Oxirgi muddat: 2025-yil 11-noyabr)

9. Tokio universitetining Yaponiyadagi ADB stipendiyalari, To'liq moliyalashtirilgan (Oxirgi muddat: 2025-yil 10-dekabr)

10. Saudiya Arabistonidagi KAUST Global stipendiya dasturi, To'liq moliyalashtirilgan (Oxirgi muddat: 2026-yil 1-yanvar)
11. Janubiy Koreyadagi KAIST bakalavr stipendiyasi, To'liq moliyalashtirilgan (Oxirgi muddat: 2025-yil 24-oktabr)
12. Shveytsariyadagi CERN texnik talabalar dasturi, To'liq moliyalashtirilgan (Oxirgi muddat: 2025-yil 4-noyabr)
13. Avstraliyadagi Melburn aspirantura tadqiqotlari stipendiyasi, To'liq moliyalashtirilgan (Oxirgi muddat: 2025-yil 31-oktabr)

StriveHub
❤‍🔥41
🇺🇸 WORK AND TRAVEL DASTURI — HAQIQIY TAJRIBA VA IMKONIYATLAR 🌍

Har yili dunyo bo‘ylab minglab talabalar Work and Travel USA dasturi orqali yozgi ta’tilni AQShda o‘tkazib, bir vaqtning o‘zida ishlab, sayohat qilib va tilni mukammal o‘rganish imkoniga ega bo‘lishadi.

🔹 Dastur nima?

Work and Travel — bu AQSh hukumati tomonidan xalqaro talabalar uchun tashkil etilgan madaniy almashinuv dasturi bo‘lib, ishtirokchilar 3-4 oy davomida AQShda ishlash va yashashadi.

🔹 Asosiy maqsad

Dastur nafaqat pul topish uchun, balki amerikaliklar madaniyati, turmush tarzi va til muhiti bilan tanishish orqali shaxsiy rivojlanish imkonini beradi.

🔹 Kimlar qatnashishi mumkin?


18 yoshdan katta bo‘lgan kunduzgi bo‘lim talabalari;

Ingliz tilida muloqot qila oladiganlar;

Yozgi ta’til davrida safar qilishga ruxsati bor talabalar.

🔹 Afzalliklari:

Ish haqi o‘rtacha $12–16/soat, ya’ni 3 oyda $4000–6000 gacha daromad topish mumkin.
AQShning turli shtatlarida yashash — Florida, California, Alaska, New York va boshqalar.
Tilni tabiiy muhitda o‘rganish va xalqaro do‘stlar orttirish.
Rezyume (CV) uchun katta plus — xalqaro ish tajribasi.

🔹 Xarajatlar va real hisob-kitob:
Dastur uchun o‘rtacha xarajatlar:

Agentlik to‘lovi: $1000–1500

Aviabilet: $800–1200

Viza va sug‘urta: $300–400
Lekin ko‘pchilik ishtirokchilar bu xarajatlarni dastur oxirida o‘z mehnati bilan to‘liq qoplashadi.

🔹 Qanday qilib qatnashish mumkin?

Ishtirokchi agentliklardan birini tanlang (masalan: CIEE, Intrax, InterExchange).

Intervyu va ingliz tili sinovidan o‘ting.

Ish joyi tanlanadi (restoran, park, hotel va hokazo).

DS-2019 hujjati orqali J-1 viza olasiz.


🔹 Muhim eslatma:
Bu “sayohat” emas — mas’uliyatli dastur. Ishga vaqtida borish, madaniyatga hurmat bilan qarash va shartlarga rioya qilish juda muhim.

Malumot : https://www.intraxinc.com/
🧭 Xulosa:
Work and Travel — bu nafaqat Amerikani ko‘rish, balki o‘zingizni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyati. U sizni mustaqillikka, mas’uliyat va yangi dunyoqarashga o‘rgatadi.

“Sayohat insonni o‘zgartiradi. Ish esa unga mustaqillik beradi. Work and Travel ikkalasini birlashtiradi.” ✈️


StriveHub
1❤‍🔥1🥰1
🇪🇪 Estoniyada to‘liq moliyalashtiriladigan talabalar almashinuv dasturi — Estophilus Scholarship


🎓 Moliyalashtirish: To‘liq

🗣 Til talabi: Ingliz tili (sertifikat shart emas)

👩‍🎓 Kimlar uchun:

• Bakalavrning oxirgi bosqich talabalari
• Magistratura va doktorantura talabalari
• Ilmiy tadqiqotchilar

💡 Dastur afzalliklari:

• 1 oydan 5 oygacha Estoniya universitetlarida tadqiqot olib borish imkoniyati
• Oyiga 660 yevro stipendiya
• Safar xarajatlari uchun masofaga qarab qo‘shimcha moddiy yordam

📚 Dastur maqsadi:

Xalqaro tadqiqotchilarni Estoniya madaniyati va ilmiy muhitiga jalb qilish, tajriba va bilim almashuvini kuchaytirish.

Ariza topshirish muddati: 15-noyabr, 2025
Batafsil malumot uchunLink

StriveHub
🔥21
🇭🇺 Vengriyada barcha bosqichlar uchun to‘liq grantlar!

🎓 Stipendium Hungaricum:
Vengriya hukumati tomonidan taqdim etiladigan xalqaro grant dasturi bo‘lib, O‘zbekistonlik talabalar uchun
barcha ta’lim bosqichlarida
bepul o‘qish imkoniyatini yaratadi.


📚Ta’lim bosqichlari:
● Bakalavriat
● Magistratura
● Bir bosqichli magistratura
● Doktorantura (PhD)
● talabalar almashinuvi dasturi
( 1/2 semesterlik )


🌍 Ta’lim tili:
Ingliz tili (asosiy)
Vengr tili (ba’zi yo‘nalishlar)

💰Grant nimalarni qoplaydi:
● o'qish to'lovini
● turar joyni
● tibbiy sug‘urta
● oylik stipendiya 110-460 €

Oxirgi muddat:
15-yanvar, 2026

🌐Batafsil :
https://stipendiumhungaricum.hu/

StriveHub
❤‍🔥532👍1🔥1🤩1🌚1
🌎 Work and Travel
hujjat topshirish jarayoni !


📋 Ariza topshirish jarayoni:
– Onlayn formani to‘ldirish
– Suhbatdan o'tish
– Ish joyi va homiy kompaniya bilan moslashtirish jarayonini yakunlash
– DS-2019 hujjati va viza
suhbati uchun tayyorlanish va o'tish .

📂 Kerakli hujjatlar :
● Pasport nusxasi
● Talabalik haqida
ma’lumotnoma
● Transkript
(baholar jadvali)
● Rasm (3x4)
● motivatsion xat
● IELTS ( yo boshqa til sertifikati)


💰SSUDA haqida :
narxining qimmatligi qiynaydimi ?
ana sizlarga yangi imkoniyat !
"ssuda", va u nima ? U davlat
tomonidan beriladigan foizsiz
yoki kam foizli qarz bo'lib, to'lovni
dasturga qatnashib,ishlab kelgach
to'lasa bo'ladi (6-12 oy uzoqlikda).

Nimalarni qoplaydi:
chipta to'lovi
• viza to'lovi
• sug‘urta to'lovi
• dastur to‘lovi
(sponsor kompaniya uchun)

🔗Batafsil: ssuda
https://bridgeusa.state.gov/program/swt


🌐 Rasmiy sayt: work and travel
https://j1visa.state.gov/programs/summer-work-travel?utm_source=chatgpt.com

StriveHub
4🔥1👏1
🇨🇭 CERN Summer Student Programme
Bu dunyodagi eng mashhur ilmiy markazlardan biri bo‘lgan CERN
(Yevropa Yadro Tadqiqotlari Tashkiloti) tomonidan har yili Shveytsariyada
o‘tkaziladigan xalqaro yozgi dastur.

Agar siz STEM fanlari yo‘nalishida o‘qiyotgan bo‘lsangiz — bu aynan siz uchun !

📁Hujjatlar va talablar :
● Bakalavr/magistratura
talabalari (PhD emas)
● Kamida 6 semestrni
tugatgan bo‘lishi kerak
● Oldin ushbu dasturda
qatnashmagan bo‘lishi kerak
● CV/Rezume .
● Akademik tavsiyanoma
● Transkript(baholar)
● shaxsiy hujjatlar


🔉Imtiyozlar :
• Kuniga 115 dollar ish haqi.
• Safar xarajatlari uchun mablagʻ.
• Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
• Turar joy topishda yordam.

Qo'shimcha ma'lumotlar:
Dastur tili - ingliz
Davomiyligi - 2 oy
Boshlanishi - 15-iyun, 2026


Oxirgi muddat:
26-yanvar, 2026 .

🔗Batafsil :
https://www.smartrecruiters.com/CERN/744000092334016-cern-summer-student-programme-2026-member-and-non-member-state-
4❤‍🔥1
🇩🇰 Daniya( Denmark )

Daniya dunyoning eng barqaror
va yuqori sifatli ta’lim tizimiga ega.
Agar siz xalqaro talaba bo'lsangiz bu
grant imkoniyatlari aynan siz uchun!


Mashhur universitetlar:
- University of Copenhagen
- Aarhus University
- Technical University of Denmark
- University of Southern Denmark

📁 Hujjatlar:
● Akademik tavsiyanoma
● Motivatsion xat
● CV / rezume
● Transkript (baholar)
● Ingliz tili sertifikati
(IELTS/TOEFL)


🔉 Qo'shimcha ma'lumotlar :
- Danish Government Scholarship –
bilan o‘qish puli to‘liq qoplanadi
- Yashash xarajatlarini grantga bog‘liq
- Grant va ariza shartlari universitetga
qarab farq qiladi
- Dastur tili — ingliz

Oxirgi muddat:
Universitet va dasturga qarab o‘zgaradi.


🔗 Batafsil : https://studyindenmark.dk/study-in-denmark

StriveHub
4👍1