StriveHub
1.17K subscribers
279 photos
95 videos
41 files
544 links
✦ Mentoring Course💣

We will give you everything for FREE!

- Application Proccess 💻
- College application tips and tricks 💣
- Useful materials 📖
- Programs and Activities 📎

https://tirikchilik.uz/strivehub
https://linkedin.com/company/strivehub-uz
Download Telegram
Bachelor Application uchun ESSAY yozish


Application vaqti yaqinlashganda, ko'pchiligingiz insho mavzularingiz haqida o'ylashni boshlaysiz. Biz sizga ushbu bosqichda samarali harakat qilishda yordam bermoqchimiz. Qabul xodimlari sizning hikoyangizning sizni boshqa abituriyentlardan ajratib turadigan jihatlarini qidirishadilar. Bu sizning etnik yoki ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqishingizni, shaxsiy qadriyatlaringizni, ehtiroslaringizni yoki sizni tengdoshlaringizdan farq qiladigan narsalarni ta'kidlaydigan har qanday noyob tajribalarni o'z ichiga olishi mumkin.

Yaxshi mavzuni nima aniqlab beradi?


Shaxsiy va mazmunli: siz bilan chuqur rezonanslashadigan va shaxs sifatida kim ekanligingizni ko'rib chiqadigan mavzuni tanlang. Maqsad - o'zingizni insoniylashtirish va sizning inshoingizni o'quvchi bilan shaxsiy aloqa o'rnatish.

Noyob nuqtai nazar

Noyob yoki g'ayrioddiy burchakni ta'minlaydigan mavzuni tanlang. Agar siz umumiy vaziyatni muhokama qilsangiz ham, uni, CLICHE tushunchasi bilan emas, balki yangicha va originallik bilan taqdim etishni maqsad qiling. Bu sizni boshqa abituriyentlardan ajratib turishga yordam beradi va inshoingiz ham ajralib turishini ta'minlaydi.

Arizangizning boshqa qismlaridan ajralib turadigan ma'lumotlar

Darsdan tashqari mashg'ulotlar kabi arizangizning boshqa bo'limlaridan ma'lumotlarni takrorlashdan saqlaning. Buning o'rniga, sizning shaxsiyatingiz yoki tajribangizning boshqa tomonini ochib beradigan mavzuni tanlang.

O'z-o'zini aks ettirishning dalili:

O'z-o'zini anglash va tushunishni namoyish etish juda muhimdir. Tajribangizdan qanday o'rganganingizni ko'rsating va yanada o'smoqchiligingizni ochib bering. Sizning xatolaringiz va qanday rivojlanganingiz haqida fikr yuritadigan insho sizni yanada samimiy va aloqador ko'rinishga olib keladi.

Sizning MAJORingiz dolzarbligi:

Sizning inshoingiz siz tanlagan ta'lim sohasiga ulanishi va nima uchun siz topshirayotgan mutaxassislikka ishtiyoqli ekanligingizni tushuntirishi kerak.

StriveHub
5👍1🔥1💋1
🎓 Xorijiy universitetlarga qabul qilish foizi 🌍


Dunyo bo'ylab universitetlarga qabul qilish mamlakatga va ma'lum bir universitetga qarab farq qiladi:

🇺🇸AQSh: Harvard kabi eng yaxshi universitetlarda qabul qilish darajasi 4-10%, milliy o'rtacha 66% ni tashkil qiladi.

🇬🇧Buyuk Britaniya: Oxford va Cambridge arizalarning 15-18%, milliy o'rtacha foiz 38-45% qabul qiladi.

🇨🇦Kanada: Toronto universiteti kabi etakchi universitetlar arizalarning 40-50%, milliy o'rtacha 65-70% qabul qiladi.

🇦🇺Avstraliya: eng yaxshi universitetlar talabalarning 30-40% qabul qiladi.

🇰🇷Janubiy Koreya: Seoul Milliy universiteti kabi etakchi universitetlar abituriyentlarning taxminan 15-20% qabul qiladi.

🇨🇳Xitoy: Pekin universiteti kabi nufuzli universitetlarga abituriyentlarning 10-15% qabul qilinadi.

🇦🇪Birlashgan Arab Amirliklari: NYU Abu Dhabi va BAA universiteti kabi universitetlarda qabul qilish darajasi 25-30% ni tashkil qiladi.

🇫🇷Fransiya: Sorbonne va École Polytechnique kabi etakchi universitetlar abituriyentlarning taxminan 20-25% qabul qiladi.

🇨🇭Shveytsariya: ETH Zurich va Jeneva universiteti xalqaro talabalar o'rtasida yuqori raqobat bilan 30-40% arizalarni qabul qiladi.

🇩🇪Germaniya: Munich texnik universiteti va Heidelberg universiteti kabi universitetlarda o'qishga qabul qilish darajasi 30-35% ni tashkil qiladi, bu esa akademik ko'rsatkichlarga alohida e'tibor beradi.

StriveHub
8👍6🔥1
Avstriyada o‘qish orzusini ko‘pchilik ko‘nglida saqlaydi. Biroq bu orzuni ro‘yobga chiqarish uchun nimani bilish kerak? Eng avvalo – Matura, hujjatlar, viza va Avstriyaning o‘ziga xos ta’lim tizimi haqida aniq tushuncha kerak bo‘ladi.


🎓 1. Matura – Bu Nima?


Matura – Avstriyada 11–12 yillik o‘rta ta’lim yakunida topshiriladigan imtihon bo‘lib, universitetga kirish uchun asosiy talabdir.


🌍 2. O‘zbekiston Diplomi Maturaga Tengmi?


— Yo‘q. 11 yillik maktab yoki litsey/kollej diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Maturaga tenglashtirilmaydi. Shu sababli, qo‘shimcha tayyorgarlik talab qilinadi.


3. Avstriya Universitetiga Kirish Uchun 3 Yo‘l:


1️⃣ 12 yillik ta’limni qoplash:
• Litsey/Kollej + 1 yil O‘zbekistondagi universitet ➡️ Bakalavriatga kirish mumkin.

2️⃣ 1 yil universitetda o‘qish:
• 11 yillik diplom bo‘lsa ➡️ O‘zbekistonda kamida 1 yil o‘qish kerak.
• Yo‘nalishlar o‘xshash bo‘lishi lozim.

3️⃣ Tayyorlov kursi (Vorstudienlehrgang):
• Universitetga kira olmasangiz, til va fan kursi orqali tayyorlanasiz.



📂 4. Kerakli Hujjatlar:

• Pasport nusxasi
• Diplom + baholar ilovasi (tarjima + notarial)
• Til sertifikati (IELTS 6.0+, ÖSD va h.k.)
• Motivatsion xat
• Rezyume (CV)



🌐 5. Ariza Topshirish:


• Onlayn (UniAssist yoki universitet sayti)
• Deadline:
– Qishki semestr: 1-iyul
– Yozgi semestr: 1-yanvar
• Hujjatlarni kamida 6 oy oldin tayyorlash tavsiya etiladi.



🛂 6. Viza Jarayoni:


Qabuldan so‘ng siz D-type talaba vizasiga ariza topshirasiz. Kerak bo‘ladi:

• Qabul xati
• Bankda taxminan 12,000 EUR
• Sug‘urta
• Yashash joyi dalili
• Viza arizasi + intervyu



🏠 7. Turar Joy va Xarajatlar:


• Yotoqxona yoki ijara (OeAD, boshqalar)
• O‘rtacha xarajatlar: 800–1,100 EUR / oy


StriveHub
5👏3
🌍 Har bir imkoniyat ortida bir kurash bor. Biz siz uchun kurashyapmiz — siz esa biz uchun kurasha olasizmi?


Har bir bepul o‘qish imkoniyati ortida — tunlar bilan o‘qilgan hujjatlar, cheksiz forma to‘ldirishlar, va boshqalarga yo‘l ko‘rsatish istagi yotadi.
Strivehub’da biz bu yo‘ldan birinchi bo‘lib o‘tamiz, tushunamiz, sinovdan o‘tkazamiz — va sizga tayyor, aniq, soddalashtirilgan tarzda taqdim etamiz.

— Maqsadimiz — har kimga, qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, imkoniyatlar eshigini ochish.

— Agar bizning postlarimiz sizga foyda bergan, ilhomlantirgan yoki yo‘l ko‘rsatgan bo‘lsa — bizni qo‘llab-quvvatlang. Hatto kichik xayriya ham katta o‘zgarish qiladi:
ko‘proq postlar, ko‘proq maslahatlar, va ko‘proq orzular ro‘yobi.

— Agar bizning harakatlarimiz sizga yo‘l ochgan bo‘lsa — yordam qo‘lingizni cho‘zing.
📌 Hatto eng kichik xayriyangiz — kelajakdagi eng katta imkoniyatga aylanishi mumkin.

🫂 Biz shunchaki post yozmayapmiz — orzu qilingan hayotlarni qurilishi uchun yordam beryapmiz.


https://tirikchilik.uz/strivehub
9🔥8🤣3🕊2❤‍🔥1👍1
🇺🇸 AQShda talaba vizalari berish yana qayta yo'lga qo'yilmoqda — ammo bu safar ijtimoiy tarmoqlaringiz diqqat bilan tekshiriladi!


• May oyining oxirida AQSh konsulliklari talabalar uchun viza arizalarini qabul qilishni vaqtincha to‘xtatgan edi. Bu ko‘plab talabalar uchun kutilmagan holat bo‘ldi — xorijda o‘qish orzusi talabar orasida go‘yoki baland dorga osilish kabi tuyg'ularni kelib chiqardi.

• Sabab — ijtimoiy tarmoqlarning yangi tartibda tekshirilishi.

• Hozirda F, M va J turdagi vizalar
bo‘yicha arizalar yana qabul qilinmoqda, ammo ariza topshiruvchilar o‘z ijtimoiy tarmoq akkauntlarini ochiq qilishlari kerak bo‘ladi.


🔍 Hozircha AQSh rasmiylari aynan qaysi platformalarni va qanday uslubda tekshirishlarini oshkor qilmagan bo'lsalarda, ijtimoiy tarmoqlarni sinchkovlik bilan tekshirishdan asosiy maqsad:


— Milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi shaxslarni aniqlash.

— Antisemitzm (yahudiylarga qarshi) zo‘ravonlik yoki nafratli harakatlarga aloqadorlikni aniqlash va oldini olish.



📎 Ijtimoiy tarmoqlar tufayli vizadan voz kechishlari mumkinmi?


— Rasmiylar bildirganidek, ijtimoiy tarmoqlarning tekshiruvi bevosita vizadan voz kechish uchun asos bo‘lmasligi mumkin, biroq qo‘shimcha tekshiruvlarga olib kelishi ehtimoldan holi emas.

Alohida suhbatlar quyidagi guruhlar bilan o‘tkaziladi:


🟡 J-1 vizasiga murojaat qilayotgan shifokorlar (almashuv dasturlari uchun)

🟡 Talabalari orasida xorijliklar ulushi 15% dan kam bo‘lgan universitetlarga topshirayotgan abituriyentlar.



🧠 Nima qilish kerak? Viza olish imkoniyatlari endi butunlay yo‘qmi?


— Xavotirga o‘rin yo‘q. Barcha o‘zgarishlar — xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan. Agarda sizning ijtimoiy tarmoqlaringizda noxolis yoki xavfli kontent bo‘lmasa, bu sizning viza olish imkoniyatingizga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Tavsiyalar:


• Ijtimoiy tarmoq profilingizda haddan ortiq siyosiy, zo‘ravonlikni oqlovchi, ekstremistik yoki shubhali kontent bo‘lmasligiga ishonch hosil qiling.

• Profilingizni toza, professional va ochiq saqlang.

• AQSh vizasiga topshirishdan oldin maslahat olish uchun mutaxassislar yoki ta’lim agentliklariga murojaat qiling.


StriveHub
👍64🔥1
🇯🇵 2026-yil Aprel – Yaponiya sizni kutmoqda!”
Agara sizda ham Yaponiyada o'qish orzusi bo'lsa, nega hali ham jimsiz? Hozirdan harakat boshlang, chunki arizalar uchun qabul allaqachon ochilgan.
Yaponiyada o‘qishni xohlovchilar uchun eng asosiy intake – aprel o‘qish bosqichi hisoblanadi.


🗓️ Aprel 2026 intake uchun Muhim sanalar:


📥 Ariza topshirish boshlangan:
🗓 Iyul – Avgust 2025

Deadline (universitetga qarab):
🗓 Oktabr – Noyabr 2025

🎓 O‘qish boshlanishi:
🗓 Aprel 2026

‼️ Esda tuting: ko‘pgina stipendiyalar (ayniqsa MEXT) uchun arizani elchixona orqali iyul–avgustda topshirish kerak bo‘ladi.


📚 Talablar va kerakli hujjatlar:


12 yillik ta’lim – maktab diplomi yoki 1-kursni tugatganlik haqida hujjat
Baholar (transkript)
Pasport
IELTS/TOEFL (ingliz dasturlar uchun)
Motivatsion xat
Tavsiyanoma
CV (magistratura uchun)
Tadqiqot reja (magistr/doktorantura)


💸 Stipendiya imkoniyatlari:


🎓 MEXT (Davlat granti):

– To‘liq bepul o‘qish + yashash + aviabilet
– Elchixona orqali yoki universitet tavsiyasi bilan
– 2025-yil iyul–avgustda ariza topshiriladi!

🎓 JASSO (Oylik stipendiya):

– Universitet orqali tavsiya bilan olinadi
– Har oylik ~480 USD yordam


📖Til bilimi:


Ingliz tilidagi dasturlar uchun IELTS/TOEFL (odatda 6.0 yoki undan yuqori)

Yapon tilidagi dasturlar uchun JLPT N2/N1 kerak bo‘ladi (magistr uchun ayniqsa)


Esda tuting:


Aprel intake – asosiy intake hisoblanadi
Yaponiyaga o‘qishga borish uchun hujjat tayyorlashga 6-8 oy vaqt kerak
Stipendiya olishni istasangiz — arizani imkon qadar erta topshiring!


StriveHub
5🔥31
💫Har bir orzuning boshlanishi — birgina turtkidan iborat bo'lishi mumkun desak ishonasizmi?
Ba'zida bizni kutayotgan yo‘l qorong‘u ko‘rinadi, ammo kimlardir allaqachon o‘sha yo'lni bosib o‘tgan va siz uchun shamchiroq tutishi mumkun...
Biz esa o‘sha chiroqlarni siz uchun jamladik.


📖 Bu kanallar — oddiy sahifalar emas, bu bizning "Strive Hub Alumni" guruhi a'zolarining bir qismi egalik qiladigan va yuritadigan sahifalar.
Bu yerda o'z orzularga qanot bergan talabalar,
Harf ortiga umidni yashirgan mentorlar,
Va yuragingizga "sen ham qila olasan" deya shivirlovchi ovozlar bor.


💬 Sahifalarga obuna bo'ling, postlarni o'qing va orzulariga erishgan yoki erishish yo'lida harakat qilayotganlarni eshitib ko‘ring.
Ular sizga "imkonsiz" ko‘ringan manzillarga yo‘l ochib berishi mumkun.
Chunki ba'zida bitta post, bitta video, bitta maslahat — butun taqdirni o‘zgartirishi mumkun.


🔗 https://t.me/addlist/jhgAEEn4xJZjNjVh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥74
🇪🇸 “2026-yil Sentabr – Ispaniya sizni orzularingiz sari chorlayapti...”
Barselona tonglari, Granada tarixiy ko‘chalari, Madriddagi ilm va san’at — bularning barchasi siz uchun bo‘lishi mumkin.
Agar qalbingizda Ispaniyada o‘qish orzusi bo‘lsa, demak bu post aynan siz uchun yozilgan.
Va orzular ortidan ergashishni hozir boshlang! 🌞


Ispaniyada o‘qish — bu faqat ta’lim emas.


Bu – yangi hayot tarzi.
Bu – flamingolarni tamosha qilish.
Bu – quyoshli tonglarda darsga borish, kechqurun esa do‘stlaringiz bilan tapas tanovul qilish.
Bu – butun dunyo sizni kutayotganini his qilish.

📆 2026-yil Sentabr intake uchun muhim sanalar:


😀 Arizalar ochilgan:
📆 2025-yil Noyabr – 2026-yil Mart

Deadline (universitetga qarab):
📆 Yanvar – Aprel 2026

🎓 O‘qish boshlanishi:
📆 Sentabr 2026

📚 Talablar esa oddiygina :


Maktab diplomi yoki 1-kursni tamomlaganlik
Transkript (baholar)
Pasport
IELTS/TOEFL (ingliz dasturlari uchun)
Motivatsion xat – bu sizning hikoyangiz
Tavsiyanoma – sizga ishonuvchilardan
CV – siz qanday shaxs ekaningiz
Tadqiqot reja – agar siz ilmiy yo‘lni tanlasangiz

💸 Stipendiyalar — orzuni qo‘llab-quvvatlovchi kuch:


🎓 Erasmus Mundus:
– To‘liq grant: o‘qish, yashash va safar xarajatlari
– Darslar Ispaniyada va boshqa Yevropa davlatlarida o‘tiladi
– Yiliga faqat eng zo‘rlar tanlanadi – balki keyingi navbat siznikidir?

🎓 MAEC-AECID:
– Ispaniya hukumati tomonidan taqdim etiladi
– Yashash uchun stipendiya, o‘qish to‘lovlaridan ozodlik

🎓 Jahon universitetlarining o‘z grantlari:
– Siz tanlagan yo‘nalish uchun maxsus imkoniyatlar.

💬 Til haqida:


📌 Ingliz dasturlari uchun: IELTS/TOEFL (6.0 yoki undan yuqori)
📌 Ispan dasturlari uchun: DELE B2 yoki C1 tavsiya etiladi

🌍 Esda tuting:


😀 Ispaniya – bu orzuni haqiqatga aylantiruvchi mamlakat
😀 Hujjatlar tayyorlash kamida 6 oy vaqt oladi
😀 Grantlar uchun arizalar ertaroq yopiladi — shoshiling!


😀 Va eng muhimi:
Bu safar – faqat diplom emas, hayotingizdagi eng go‘zal bobni boshlash bo‘ladi.
Tushlaringiz sari yo‘l Ispaniyadan boshlanadi.
2026-yil Sentabr – sizning yangi hikoyangizning ilk sahifasi bo'lishi mumkun.


StriveHub
5🔥1
StriveHub - the first 100% FREE Mentorship Program in Uzbekistan


"Allaqachon Universitet talabasiman, chet elda o'qish endi bir umrlik orzu bo'lib qoladi" deya, orzularingizdan voz kechib ulgurmagan bo'lsangiz endi biz bilan talabalik orzularingizni ro'yobga chiqarishingiz mumkun!

Hozirda O'zbekiston universitetlarida talaba bo'lsangiz, siz uchun "StriveHub"ning qaynoqqina yangiligi bor. Agar universitetning 1-2 kurslarida o'qiyotgan bo'lsangiz, "StriveHub" sizga qanday yo'nalishda bo'lishingizga qaramay, Yevropaning qoq yuragida joylashgan nufuzli universitetlarga transfer qilishni, ya'ni o'qish ko'chirish usullarini baham ko'rmoqchi!



StriveHub Transfer Mentorship haqidagi to'liq ma'lumot sizga sentabr oyida e'lon qilinadi va bir qancha yangiliklarni taqdim etiladi, shu jumladan boshlanish sanasi, sizga taqdim etilishi mumkun bo'lgan;
1. Stipendium Hungaricum
2. Turkey Burslari Scholarship
haqidagi to'liq ma'lumotlarni va sizning Yevropadagi universitetga transfer qilish orzuingizni ro‘yobga chiqarishda hamroh bo'ladigan bir qancha usullar.


StriveHub
🔥155👏2😍21🥰1🏆1🙈1
🇺🇸 Sizda ham Amerikada o‘qish orzusi bormi?
Unda biz siz bilan AQSh universitetlariga hujjat topshirishning 5 ta usuli bilan bo'lishamiz.


🎓 1. Common App.


• 900+ universitetni bir joyda qamrab oladi.
😀 Bitta application, 20 tagacha universitet!
😀 Fee waiver (to‘lovdan ozod) etilish osonroq.

📌 2. My Coalition.


• 150 ga yaqin universitetni o'z ichiga qamrab olgan.
• Kam ishlatilgani bois raqobat pastroq bo‘lishi mumkin.

🔵 3. Scoir.


• 1,700+ universitet, shu jumladan AQShdan tashqaridagilar ham.
• Agar siz dunyo miqyosida ariza topshirish mumkun bo'lgan platforma izlayotgan bo'lsangiz, bu ilova aynan siz uchun!

😀 4. ApplyBoard.


• Dunyo bo‘ylab 1,750 ta universitet.
• hujjat topshirish, maslahat olish, hammasi bir joyda jamlangan.

🌐 5. Official Websites.


• Eng klassik va ishonchli yo‘l hisoblanadi.
• Nufuzli yoki maxsus dasturlarga topshirmoqchi bo‘lsangiz, universitetning rasmiy saytiga kiring
.

StriveHub
8🔥1
🇵🇱 “2026-yil Sentabr – Polsha sizni yangi yutuqlari sari chorlaydi…”
Varshava tongidagi mayin shamol, Krakov qal’alari ortidagi tarix nafasi, Gdansk bo‘yidagi dengiz shovqini va zamonaviy ilm markazlari.. Bularning bari sizning hayotingizning bir bo‘lagiga aylanishi mumkin. Ha.. Ha to'g'ri o'qidingiz, agar qalbingizda Polshada o‘qish orzusi yashirin bo‘lsa, bugun o‘sha orzuga ilk qadam qo‘yish vaqti keldi. 🌅


📆 2026-yil kuzgi intake uchun asosiy sanalar:


💫 Ariza topshirish boshlanishi:
📆 2025-yil noyabr — 2026-yil mart

Yakuniy muddat ( ko'pincha universitetlarga bog'liq):
📆 Taxminan esa 2026-yil yanvar — aprel.

🎓 Darslar boshlanishi:
📆 Sentabr 2026


📚 Bo'lajak talabalarga qo'yilgan talablar esa quydaglarni o'z ichiga oladi:


Maktab diplomi yoki birinchi kursni tugatganlik haqida hujjat
Baholar varaqasi (transkript)
Amaldagi pasport
IELTS/TOEFL (ingliz dasturlari uchun) yoki aynan o'sha davlat tili sertifikati (B1/B2).
Motivatsion xat.
Tavsiyanoma.
CV — shaxsiy va akademik yo‘lingiz va siz yuzlashgan har bir hikoya.
Tadqiqot reja (ilmiy dasturlar uchungina)


💸 Moliyaviy yordam va grantlar:


🎓 Erasmus Mundus:
– To‘liq moliyalashtirish: o‘qish, yashash va safar xarajatlari
– Darslar Polshada va boshqa Yevropa davlatlarida bo'lib o'tishini taminladh
– Eng kuchli nomzodlargina tanlanadi.


🎓 NAWA (Polsha hukumati granti):
– O‘qish to‘lovlari va yashash xarajatlari qoplab beriladi
– Turli sohalar uchun maxsus dasturlar.


🎓 Universitet stipendiyalari:
– Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha chegirmalar va qo‘shimcha imkoniyatlar.


💬 Til bo‘yicha talablari:


📌 Ingliz dasturlari: IELTS/TOEFL 6.0 yoki undan yuqori
📌 Polsha dasturlari: B1 yoki B2 darajadagi sertifikat tavsiya etiladi


🌍 Yodingizda bo‘lsin:


Hujjat tayyorlash kamida olti oy vaqt oladi
🎯 Grant arizalari odatda oldinroq yopiladi
📖 Polshada o‘qish — bu nafaqat diplom, balki yangi hayot sahifasini ochishdir


2026-yil Sentabr — sizningham yangi hikoyangizning boshlanish nuqtasi bo‘lishi mumkin. Shu sabab, bugundanoq harakat qilishni boshlang!


StriveHub
🔥52
Who is Amir Rakhimov?

Amir Rakhimov is a person with over 100K Followers on Instagram and 10k+ on telegram. He became famous for sharing common app of people who got into top universities. Its simple, he DMs top university admits through linkedin or some other way and shares it.

After sharing hundreds of common apps of others he says something along the lines of I have reviewed hundreds of successful applications and I am now offering consultations for like $70 an hour.

Paradox: If you are a pro because you read a lot of successful applications and you shared them on your channel. Your followers also read them so are they now a pro as well?

Then he keeps posting these videos to get 100k+ on instagram which is crazy! He then uses this to sell admissions services for 50 THOUSAND DOLLARS per person. He never got accepted to top universities himself nor has helped anybody. Stay Away from this individual at all costs! Him and people like him should have no platform! boycott his services!

He reported me to Hopkins, although my conversation with Hopkins is confidential, all I can say is they told me to do what I believe is right. I believe Amir deserves no platform and should be reported.

I BELIEVE HIS SERVICES ARE SHIT!
5👍3👏2🔥1💯1
Something very big is coming...)
18💋8🤗7🔥32🤔1
🇩🇪 Germaniya universitetlari talabasiga aylanish orzuing bo'lsa, bu post aynan siz uchun!


Berlin tongidagi issiq kofe hidi, Myunxen maydonlarida asrlar izini saqlagan tosh yo‘llar, Gamburg portidagi shamol shovqini va dunyo reytingida yuqori o‘rinlarni egallagan universitetlar… Tasavvur qiling, bir kuni shunchaki Germaniya talabasi bo'lish orqali, bu manzaralar sizning kundalik hayotingiz bo‘lishi mumkin! Ha.. ha to'g'ri o'qidingiz! Ishonish qiyin, shunday emasmi?!


Lekin talabalarni eng ko'p qiynadigan savol esa “Agar men Germaniyada public universitetda ingliz tilidagi dasturlarda o‘qisam, nemis tilini bilishim kerakmi?”

Bunga beradigan javobimiz esa oddiy: Agar siz tanlagan dastur to‘liq ingliz tilida olib borilsa — yo‘q, nemis tili universitetga kirishda shart emas.
Sizdan faqat IELTS (6.0–6.5) yoki TOEFL sertifikati talab qilinadi.


📌 Ammo…
— Kundalik hayotda ijaradan tortib ish topishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarda nemis tili sizga katta ustunlik beradi.
— Ko‘plab talabalar universitetga kirishdan keyin B1 yoki B2 darajada tilni o‘rganishni boshlashadi, bu sizni ham o‘qishda, ham kelajakdagi karyerangizda boshqalardan ajratib turadi.


📆 2026-yil kuzgi intake asosiy sanalar:
— Arizalar qabuli boshlanishi: 2025-yil dekabr – 2026-yil mart
— Yakuniy muddat esa: 2026-yil fevral – may
— Darslar boshlanishi: 2026-yilning sentabr oyidandir.


🎓 Til sertifikati talablari:
— Ingliz dasturlari: IELTS 6.0+ yoki TOEFL ekvivalenti
— Nemis dasturlari: B1 yoki B2 (TestDaF, DSH yoki Goethe)


🧠 Tavsiyalar:
• Ariza topshirishdan oldin dasturning til talablarini aniq o‘rganing.
• Nemis tilini o‘rganishni oldindan boshlash — Germaniyada imkoniyatlaringizni ko‘paytiradi
• Grant arizalari odatda oldinroq yopilishini unutmang!


StriveHub
💘82
🇨🇳 Xitoydagi top universitetlarda talaba bo‘lishni orzu qilasizmi? Agar javobingiz "Ha" bo'lsa, bizning keyingi postimiz aynan siz uchun.

Shanxaydagi zamonaviy SkyLine, Pekindagi tarixiy saroylar va xiyobonlar, Gantsou universitetlaridagi ilm-fan markazlari… Tasavvur qiling, bir kuni shunchaki Xitoy talabasi bo‘lish orqali, bu manzaralar sizning kundalik hayotingiz bo‘lishi mumkin! Ha, ha, to‘g‘ri o‘qidingiz! Ishonish qiyin, shunday emasmi?!

Lekin eng ko‘p so‘raladigan savol shuki: “Agar men Xitoydagi public universitetlarda ingliz tilidagi dasturlarda o‘qisam, mandarin tilini bilishim kerakmi?”
👌1
🇨🇳Javobimiz oddiy: Agar tanlagan dasturingiz to‘liq ingliz tilida olib borilsa — yo‘q, mandarin (Xitoy tili) universitetga kirishda shart emas.
Sizdan faqat IELTS (6.0–6.5) yoki TOEFL sertifikati talab qilinadi.

📌 Ammo…
— Kundalik hayotda, ijaradan tortib, stajirovkalar va ish imkoniyatlariga qadar mandarin tilini bilish katta afzallik beradi.
— Ko‘plab talabalar universitetga kirishdan keyin HSK 3–5 darajasida tilni o‘rganishni boshlashadi, bu sizni o‘qishda va kelajakdagi karyerangizda boshqalardan ajratib turadi.

📆 2026-yil kuzgi intake asosiy sanalar:
— Arizalar qabuli boshlanishi: 2025-yil oktyabr – 2026-yil mart
— Yakuniy muddat: 2026-yil mart – aprel
— Darslar boshlanishi: 2026-yil sentabr oyidan

🎓 Til sertifikati talablari:
— Ingliz dasturlari: IELTS 6.0+ yoki TOEFL ekvivalenti
— Xitoy dasturlari: HSK 4 yoki 5 daraja (programma talabiga qarab)

🧠 Tavsiyalar:
• Ariza topshirishdan oldin dasturning til talablarini va stipendiya imkoniyatlarini aniq o‘rganing.
• Mandarin tilini o‘rganishni oldindan boshlash — Xitoyda imkoniyatlaringizni sezilarli darajada oshiradi.
• Grant arizalari va stipendiyalar odatda oldinroq yopilishini unutmang!

StriveHub
2
Do you want to travel to San Francisco (US 🇺🇸) for free and live there for 4 days while getting mentored by Silicon Valley legends, VCs and meet people around the world?


Meet Unfounders.

Short description: founder-creator hackerhouse for the world's most undiscovered, unconventional and unheard voices & talent.

Eligibility: anyone who is ready to build

Benefits: mentorship by founders/VCs in silicon valley, funding opportunities, global community and a 4 days in San-Francisco hackerhouse

Deadlines/dates: September 16th

Link to apply: unfounders.com

❗️ Make sure to use this referral code during your application: IMAS03
4🤩3
Forwarded from Sabina & Xushnamo (Nu'monova X.)
Bizda eng birinchi result🤩

Hayirli bo'lsin Alisher!

- @StriveHub dagi o'quvchilarimdan biri ITUga double scholarship bilan qabul qilindi🥳🥳

#Alhamdulillah #Students

@sabina_xushnamo_writes
9🎉2🔥1🤩1💘1
Sabina & Xushnamo
Photo
+2 Turkey Burslari Scholars)
🥰6💘32🎉2❤‍🔥1