SOʻZ KIMYOSI
631 subscribers
1.02K photos
184 videos
17 files
2.18K links
Bu yerda qalb bor... 🤍

https://t.me/joinchat/U
Download Telegram
Dilrabo MINGBOYEVA

Qalbim – atirgul,
qatma-qat ochilar.
kengayar,
istehkomni chirmab,
seni ishg’ol etar –
kengayar…
bog’lardan shitirlab
sahrolardan cho’llab
kengayar…
Borliqqa yoyilaman –
hech kimman va men hammaman –
hamma bo’lib seni sevaman!

t.me/SozKimyosi
“O’zbek ayoli qo’y og’zidan cho’p olmagan, o’zbek erkagi o’ziga BEK”mi?

Eposlardan xalq xarakterini anglash mumkin. Ulardagi sifat va illatlar xalq xarakterida bo’ladi. Bizda o’zbek erkagi unday, o’zbek ayoli bunday bo’ladi deb yasama sifatlar bilan ayol va erkak xarakteriga ta`rif berilgan. Dostonlardan olaylik, unda ayol va erkak xarakteri yaqqol ko’rinadi. Qadimdan ayollar o’choq boshi uchungina yaralmaganini, ular mardlik va jasoratda, aql-idrokda hech bir kuchli jins vakillaridan qolishmaganini bilamiz. Ayollar doimo ruhiy jihatdan erkaklardan kuchli bo’lgan, shundandir jismonan kuchli bo’lgan erkaklar bevosita va bilvosita ayollarga bog’langan, suyangan.
Negadir erkak va ayol masalalarida erkakning erkakligiga urg’u bersangiz uyat, haqorat, ammo ayolni ayolligi uchun boshqalarnikiga o’xshamagan fikri, qarashlari yoki jamiyatda o’zini mutlaqo erkin tutishiga uyat deb qaraladigan bo’libdi. Istalgan masalada “oz’bek ayoliga yarashmaydigan ish bo’libdi” deb izza qilish urfga kiribdi.

Xo’sh, o’zbek ayolining ovozi qachon, qanday o’chirilgan? Aslida ham bu zamin ayollari tilsiz, zabonsiz, qarama-qarshi jins vakillariga qaram bo’lganmi?

Birgina “Alpomish” dostonidan erkak va ayol xarakteri, jamiyatdagi o’rni, mavqei va bir-biriga o’zaro ta`siri masalalarida yuzlab misollarni ko’rishimiz mumkin. Masalan, birdamlik masalasini oling! O’zbek o’zbek bilan birlasha oladimi? Umuman, o’zbek elatiga birlashish xosmi yoki bo’linish?

Bo’ybo’ri bilan Boysari zakot masalasida kelishmay qoladi, aka-uka o’rtasiga sovuqchilik tushadi va ular xalqni ikkiga ajratadi. Ahamiyat bersangiz o’zbeklarda bo’linish ko’p, birlashish kam...
Tabiatan qiziqqon bo’lgan o’zbek xalqining qonidagi bunday illat erkagiga ham, ayoliga ham birdek xos. 30 yil inoq yashagan aka-ukaning arzimas sabab bilan bir zumda yuz ko’rmas bo’lishiga guvoh bo’lishingiz mumkin. Nafaqat aka-ukani ona bilan bolani ajratadigan tushunmovchiliklar ham bisyor. O’zbeklarda ikki qo’chqorning boshi bir qozonda qaynamaydi degan naql bor. Xo’sh, ota va bola (ikkita qo’chqor) bitta uyda yashab keladi, ammo qaynona va kelin bitta uyda kelishib yashay omaydigan holatlar qancha?! Ya`ni bitta qozonda ikki qo’chqor boshi qaynashi mumkin bo’lgan holatlar bo’ladi-yu, ammo ikki ayol boshi qaynamaydi. Bu vaziyatda qo’chqorlar kimlar? Oiladagi ayollarmi yoki erkaklar? Qo’pol misol bo’lsada, bu elatning ayollari qarshi jins vakillariga qaraganda boshqaruvda ustun bo’lib kelgan. Shundandir, ikki begona ayol qarindosh bo’lgach ham bir tom ostida kelishib yashay olmaydi. Katta ayol kichkinasiga hukmronligini bergisi kelmaydi. Oila kichik bir jamiyat. Kichik jamiyatlar boshqaruvi ayollarda ekan, katta jamiyatda ayolni ayol deya izza qilib past ko’rish nimadan? Buning oqibatlari bo’linishga olib keladimi, birlashishgami? O’z oilasida onasi, opa-singlisi, ayoli tomonidan “boshqarilgan” erkak jamiyatda ayollar kuchini mensimay qolishiga nima sabab bo’ladi?

Dostonga qaytamiz, Barchin ketgach, hijrondan ko’ksini yerga berib yotishdan boshqasini eplamagan Alpomishga Barchinning xatini keltirgan singlisi Qaldirg’och bo’ladi. Xatida Barchin: “Oltoychilik yo’lga keldim, to’qson alpda toy-talashda qoldim, olti oyga muhlat oldim, mendan umidi bo’lsa, Alpomish kelsin, bo’lmasa javobimni bersin”, deydi.
Qalmoq elida, Chilbir cho’lida turib, to’qson alpga shart qo’ygan, taqdiri uchun kurashgan, muhlat olib Hakimbekni chorlagan biyning qizi Barchinoy edi. Mana shu Barchin jasorati, xarakteri har bir o’zbek ayoliga xos. O’zbek ayoli qismatiga ko’nuvchilardan bo’lmagan, o’z baxtini o’zi yaratgan kurashuvchan, yengilmas matonatli ayollar tilsiz zabonsiz mute bo’la olmaydi. Ayol fitratini “o’zbek ayoliga yarashmaydi” qabilidagi kulgili gaplar bilan sindirmoqchi, egmoqchi bo’lgan jamiyat faqat va faqat yutqazadi xolos. Va bu egish kuchlilikdan emas, bilaks zaiflikdan dalolatdir.

Davomi: 👇
Xatni o’qigan Alpomish: “Oltoychilik yo’lda bo’lsa, qalmoqning elida bo’lsa, zo’r yovning qo’lida bo’lsa, bir xotin olamiz, deb sandirib o’lamizmi”, - deydi. Mana shu yerdagi taslimiyat, kurashmay yengilish tan olinsin, olinmasin o’zbek erkagi xarateridir. Bu ularning kuchsiz ekanini anglatmaydi albatta. Ammo ularga kuchni, qarorni, shahdni ayollar berishini ham inkor etmasligi kerak.
Alpomishning javobini xushlamagan Qaldirg’och: “Nar-moda ishini bunda qilmagin”, - deya akasining nafsoniyatiga tegadi: “Mardning yori toy-talashda qolami?!”, - deya Alpomishni Barchinni qutqarishga undaydi va ot uchun Qultoy qoshiga jo’natadi.

Dostondagi burulishlar ayollar ishtirokisiz bo’lmaydi. Alpomishni qalmoq eliga chorlagan Barchin, uni borishga undagan Qaldirg’och, zindonga tushishiga sabab Surxayil kampirning fitnalari, Alpomishning tirikligini bilib, qutqargani do’sti Qorajonni izidan yuborgan singlisi, Hakimbekning zindondan ozod bo’lishiga sababchi bo’gan Qalmoqshohning qizi Tovka oyim... Ultontozni “tarbiyalagan” ham onasi…
Fitnaga o’chlik, maddohlikni ham aynan shu dostondan kelib chiqib tahlil qilish mumkin. Umuman olganda, o’zbek xalq og’zaki ijodidagi bor narsalar shu millat qonida bor. O’zbek ayoli unday, o’zbek erkagi bunday deb yo’q narsalarni bor qilib ko’rsatmay, aslini aytishni, borini tan olishni, asosiysi qanday bo’lishsa shundayligicha qabul qilishni boshlash kerak. Istalgan dostonlarni olib ko'ring, boshqa biror bir millat eposlari va xalqining kechasi va bugunini taqqoslang, amin bo’lasizki, folklordan uzoqlashmaganlar. Nimalar e`tirof etilgan yoki qoralangan bo’lsa barchasi hali hanuz bor. Yo’q bo’lmagan, bo’lmaydi.

Tarixga nazar tashlasak, dunyoni o’zgartirgan kashfiyotlar muallifi bo’lmish olimlar ortida onalari, kuchli siyosatchilar ortida ayollari qo’llab turganiga guvoh bo’lamiz. Bizda ham olimlar, shohlar, podsholar ortida kuhli ayollar turgani rost. Nega endi bugunga kelib o’zbek degan millatda ayol qadr-qimmatsiz, joyi oshxonada bo’lib qoldi, bizga mardikorlar kerakligi uchunmi? Olimlar chiqib, dunyoni lol qoldiradigan kashfiyotlar qilmasligi uchunmi? Rivojlanish, taraqqiyotga o’zbek hissa qo’sha olmasligi uchunmi? Zaif va nochor millatga aylanish uchunmi? Umuman, fitna nazariyasiga ishonadiganlarga yaxshi bir gumon: balki o’zbek degan millatdan mardikordan boshqasi chiqmasligi uchun ayolni qadrini yerga uradigan, ularni jamiyatda o’rinsizlashtiradigan qarashlarni shakllantirayotgan masonlardir? Ibn Sinolar, Xorazmiylar, Beruniylarni tarbiyalagan onalarni qayta tarbiyalanishini istamayotgan masonlardir, a?

O’zbek erkagi o’ziga bek, uni ayol boshqarmaydi, degan gaplarni kim, qanday o’ylab topgan, bilmadim-u, ammo erkaklarni yetaklovchilari eposlardan ayollar bo’lgan. Beklarning beklarini ham ayollar boshqarganiga tarixdan misollar ancha, bilasiz. Birgina ayol butun boshli tarixni o’zgartirganini bilamiz, kata-katta janglarga sababchi bo’lgani ham rost…
Ayol va erkak jamiyatda bir-biriga ta`sir o’tkazmay yashay olmaydi. Shunday bo’lish ehtimoli bo’lganida “Xotinlar o’lkasi” va “Erkaklar o’lkasi” yer sharini ikkiga bo’lib yuborgan bo’lar edi.

Umuman, ayol va erkak jamiyatning et va tirnog’i, ular ajralmas bir butun. Ayollar dushmanlaringiz emas, hurmatli erkaklar! Ularni bunchalik chekkalashga kirishish avlodingizga ziyon. Kelishib, bir-birining kuchi, ilmidan to’g’ri foydalanibgina yutish mumkin. O’zbek ayoli qo’y og’zidagi chopga tegmaydi, ammo kezi kelsa to’qson alpni yer tishlatishi mumkin. O’zbek erkagi ham BEK, ammo ayollarsiz ularning bekligida ham ma`no yo’q! Chet elliklarga turmushga chiqayotgan qizlar jinoyatchilar emas, o’z baxtining quruvchilari bo’lishga qaror qilgan o’zimizning Barchinlar! Mardikorlik bilan non topayotgan BEKlar ham o’zimizning Alpomishlar! Aslimizga qaytsak, Alpomishlarga, Barchinlarga, Qaldirg’och-u, Qorajonlarga aylansakgina bizni hech kim yenga olmaydi. To’ychixonlarimiz, Surxayillarimiz, Ultontozlarimiz fitna qila olmaydi, bosh ko’tarmaydi…

Dono Bekchan

t.me/SozKimyosi
Salim ASHUR

Tongga qadar qor eriydi,
Tongga qadar yog'adi qor.
Qordek erib ketsam agar
Sizga zarra qilmaydi kor.

Falak to'kib elagiga,
Oh, ko'nglimni elar mening.
Sizni boshdan-oyoq birdan
Qordek quchgim kelar mening.

Sochilaman qor misoli,
Sochilaman yo'lingizga.
Labingizga surtib ko'ring,
Tutib ko'ring qo'lingizga.

Agar...qattiq-qattiq bosing,
Suyaklarim sinsin mening.
Izingizni suyub-suyub,
Yuraklarim tinsin mening.

Siz qishda ham gullar oching,
Poyingizda xas bo'lay men
Siz osmondek yuksak bo'ling,
Qorlar kabi past bo'lay men.

Qahr qiling, qahr qiling
Ochilmasin eshiklarim
To'rt devorning orasida
Itdek xordir qo'shiq'larim.

Qahr qiling darvozada
Muzlab qolsin nigohlarim
Sizga xizmat qilsin mening
E'tiqodim, xudolarim.

Ortingizda boray, demang,
Yoq, o't tushsa men kuyaman
Etaklayman otingizni,
Qo'lingizga suv quyaman.

Qahratonda o'tin qildim
Qovurg'amning qalovidan.
Sizni puflab isitaman
Yuragimning olovida...

Tongga qadar qor eriydi,
Tongga qadar yog'adi qor.
Qordek erib ketsam agar,
Sizga zarra qilmaydi kor...

t.me/SozKimyosi
В последнее время я часто думаю о том, как важно окружать себя людьми, рядом с которыми хочется быть лучше…
Вы замечали, что есть люди – смыслы. Рядом с ними словно растешь душой. Они говорят о сложном просто. И делают то, что считают важным не в угоду кому-то, а потому что во всем, в работе, отношениях, увлечениях - для них важен смысл.
Есть люди – сердечность. Рядом с ними отдыхаешь душой. У них могут быть самые простые взгляды на жизнь и жизнь их далеко не всегда легка. Но они обладают удивительным даром – согревать усталые сердца, согревать - ничего не требуя взамен. Они знают, что мир полон испытаний, боли и хаоса, но если они могут помочь хотя бы одному сердцу, они будут рядом, потому что в одиночестве легко сломаться, а вместе, вместе можно обняться и пережить боль.
Есть люди – истина. С ними непросто, они лишают иллюзий, заставляют смотреть правде в лицо и видеть свои несовершенства. Но если настроиться с ними на одну волну, то становится понятен тайный замысел – быть настоящим. На первых порах это может испугать. Ведь нас учили быть хорошими, да и это нормальное желание – быть хорошим. Вот только быть и казаться, это разные по сути вещи. Находясь рядом с людьми - истина, мы учимся принимать себя и видеть разные стороны, как хорошие, так и слабые, чтобы понять, в чем наша истинная сила.
Есть люди – глубина. Они несут знания о мире, о взаимоотношениях, о природе вещей и щедро этим делятся. Они не выпячивают то, чем обладают, не кричат об этом на каждом углу, они своей жизнью - простой и настоящей говорят: «Все просто. Просто надо знать и делать». Их мудрость прозрачна и глубока, раньше таких людей было много. Мои бабушки были такими – они жили просто и глубоко, с верой и любовью.
Есть люди – муза. Рядом с ними в нас просыпается творческая искра. Они могут быть веселыми и грустными. Они сами могут не обладать каким-то особенным талантом или обладать сразу несколькими и при этом главным их достоинством является то, как они влияют на нас. Мы вдруг начинаем верить в свои таланты, ломаем стереотипы «да, кто я такой, у меня это точно не получиться» и просто начинаем делать: неровно, косо, нескладно, но, благодаря этим людям, мы открываем в себе безграничную возможность творить.
Есть люди – поток. С ними рядом мы входим в особое состояние, когда вдруг, словно по волшебству все начинает меняться. Мы попадаем в незримый поток, который несет нас к новым открытиям, событиям и поворотам судьбы.
Есть люди – цель. Попадая в их поле, мы учимся ставить и достигать целей. Их действия точны и множественны. Они знают чего хотят, и верят в то, что все возможно. Они как магнит притягивают к себе ресурсы: деньги, связи, возможности. Они учат в ошибках извлекать уроки и действовать дальше. Они не совершенны, но они точно знают, что не бывает мечты без способа ее достичь.
Есть люди – награда. Они не учат, не наставляют, не вдохновляют и не сподвигают на великие дела. Рядом с ними легко расслабиться и быть собой. Они учат слушать свое сердце и доверять ему. Такие люди - награда, которую мы часто недооцениваем и осознаем лишь, когда теряем с ним связь...
Ищите тех, рядом с кем вы растете, тех, кто верит в вас и учит подниматься и видеть сквозь тучи солнце. И помните, что вы тоже для кого-то можете стать истиной, потоком, глубиной или смыслом, чтобы однажды обрести главную награду – настоящего себя…
©
Usmon AZIM

KUZ KЕCHASI

Xazonrez. Kuz yetdi yurakka —
Maromni buzdi.
Za’faron yulduzlar ko‘lmakda —
Ko‘kda ham kuzmi?

Shamolda shovullab daraxtlar
Tunga taraldi…
Negadir yig‘ladi bir odam —
Ko‘ngil yaraldi.

t.me/SozKimyosi
Ошиқ ЭРКИН

МЕН СЕНИНГ ЖОНИНГ БЎЛАЙ

Сен менинг жонимни олгин, мен сенинг жонинг бўлай,
Қадди-бўйинг-чун, нигоро, дамда қурбонинг бўлай.

Бахтли қисматдур висолга ўртаниб етмоқ азал,
Қилма тарк ҳижрон азобин, маҳваш, ҳайронинг бўлай.

Бу шараф йўлида фарз мендан мурод, сендан карам,
Васлингга етказ, висол кўкида комронинг бўлай.

Мен сенга содиқ, вафодор, сендан менга сарви равон,
Лутф қилғил, бир умрлик танда дармонинг бўлай.

Сен менга хуршиди тобон, лаъли хандон бўл мудом,
Мен сенга достон битай, содиқ ғазалхонинг бўлай.

Йўлларимда сен гулу райҳон бўлиб қилғил хиром,
Йўлларингда, Ошиқ Эркин, меҳри рахшонинг бўлай.

t.me/SozKimyosi
Тилланисо ЭШБОЕВА

Менга ёқар олдингда хунук кўриниш
Ва атай телба туйилиш сенга
Ўзимдан қаҳ-қаҳлаб кулиш

Менга ёқар... -
Шаршарадай шарқираб сачраб
Қуюндай айланиш бағрингда
Кўзларингга шиддатимни қўшиб термулиш

Менга ёқар
зор йиғласа ичимда жим
Қуюндай айланган завол саслари
бармоғингдан қумдай
сассиз тўкилиш

Менга ёқар
бўйнинга осилиш ёш бола каби
Ичимдан бурама йўл билан ўтаётганда Вақт
Оғриб кечаётганда Реаллик
Менга ёқар титроғингга осилиб ўлиш

@SozKimyosi
Башорат ОТАЖОНОВА

Бу кўҳна бекатда нега тўхтадим,
Қаердан қаерга боряпман ҳайрон?
Мен кимман,
Кўксимда титраётган Ким,
Бунчалар каттариб кетяпти осмон?

Мен — йўлман,
Ёдингдай чўзилган йўл бу…
Сенинг ҳижронингдай ёруғ манзилман.
Кўксимда титраган эй мунир Жоду,
Қўлларингда кўнгли чизилган Гулман.

Бу кўҳна бекатда ишқ илми пинҳон…
Ўзингдан ўзингга боряпман ташна.
Тўхтасам, каттариб кетяпти осмон,
Агар юрсам, осмон — кўнглимнинг нақши.

Мен сенга боряпман…

t.me/SozKimyosi
Forwarded from SOʻZ KIMYOSI
​​Ahmad Shomlu

Koʻz yoshlari sirdir,
tabassumi sir
va bir sirdir Ishq.

Ishqimning tabassumi edi
oʻshal tunning koʻzidagi yosh.

Afsona emasman
soʻzlasang,
tarona emasman,
kuylasang,
ovoz ham emasman, eshitsang...
na koʻrasan,
na eshitasan –
oʻshaman men...


Va bir iztirobman
faryod qil meni!

© Bashorat Otajonova

@SozKimyosi
Forwarded from SOʻZ KIMYOSI
​​Bizni nikoh uzuklar vazni
olib kelar har kecha uyga...
Bir yostiqqa bosh qo’ysak-da,
hech
birlashmaydi orzularimiz.
Go’yoki bir tanga yuzining
ters yuziga yaqinligidek
biz olismiz bir-birimizdan...


Mahdi Ashrafiy

~~~~

Бизни никоҳ узуклар вазни
олиб келар ҳар кеча уйга...
Бир ёстиққа бош қўйсакда,
ҳеч
бирлашмайди орзуларимиз.
Гўёки бир танга юзининг
терс юзига яқинлигидек
биз олисмиз бир-биримиздан...


Маҳди Ашрафий

© Bashorat Otajonova

t.me/SozKimyosi
Sening yerdagi vazifang yakuniga yetgan-yetmaganini shunday aniqlash mumkin. Agarda tirik bo’lsang, u yakuniga yetmagan bo’ladi.

Richard BAX

Сенинг ердаги вазифанг якунига етган-етмаганини шундай аниқлаш мумкин. Агарда тирик бўлсанг, у якунига етмаган бўлади.

Ричард БАХ

t.me/SozKimyosi
Aniq ifodalangan muammo – uning yarmi yechildi degani.

Charl`z KETTERING


Аниқ ифодаланган муаммо – унинг ярми ечилди дегани.

Чарльз КЕТТЕРИНГ

t.me/SozKimyosi
​“Uylarning, qalblarning yopiladigan eshiklarini olib tashlang, odamlar bir-birlarini ko’rsinlar, bir-birlariga quchoq ochsinlar”.

Gabriela MISTRAL – Lotin Amerikalik shoira, Nobel mukofoti sovrindori. Shoira fashizmga, zulmga, zo’ravonlikka, jaholatga qarshi ehtirosli, isyonkor she’rlari bilan mashhur. Adabiyot oldidagi xizmatlari evaziga Merkuriy sayyorasidagi kraterlardan biriga Gabriela Mistral nomi berilgan.

****

“Уйларнинг, қалбларнинг ёпиладиган эшикларини олиб ташланг, одамлар бир-бирларини кўрсинлар, бир-бирларига қучоқ очсинлар”.

Габриэла МИСТРАЛЬ – Лотин Америкалик шоира, Нобел мукофоти совриндори. Шоира фашизмга, зулмга, зўравонликка жаҳолатга қарши эҳтиросли, исёнкор шеърлари билан машҳур. Адабиёт оламидаги хизматлари эвазига Меркурий сайёрасидаги кратерлардан бирига Габриэла Мистраль номи берилган.

t.me/SozKimyosi
Forwarded from Art&flair🎼
Дарёнинг ҳиммати дарёга ўхшар,
Бир оқса оқади билмасдан тиним.
Йиғсам совға бўлган гулларни агар,
Каттакон чаманзор бўларди, иним.

Дунёнинг зулми ҳам қолишмас, аммо
Бир умр топмассан ҳаловат, қўним.
Отилган тошларни йиғсам мабодо
Улкан бир тепалик бўларди, иним.

Абдулла Орипов
У вас кто-то есть или вы одна?
Кто-то есть, но я одна
@SozKimyosi
Yurak to’lib bo’lmagunicha hammasini boshidan, oq qog’ozdan boshlash imkoni bor ekan. To’lgach, imkonsiz… “Xudojon, hammasini boshidan boshlash uchun bo’m-bo’sh yurak kerak, oq-oppoq, pokiza yurak ber! Bu hayotda yashashni eplamaganlarga, keyingisida eplashi uchun ikkinchi imkon kerak…”, deysiz-u, unda ham yurakni nomunosib narsalar bilan to’ldirsangiz, foydasiz… Bunday vaziyatda yuz marta imkon berilsa ham imkonsiz. Kompyuter o’yinlaridek bo’lsa edi hayot ham, keyingi safarida avvalgisida yurgan yo’ldan bormaysiz, avvalida tanlagan hamrohlarni tanlamaysiz…
Qo’lingizdagi oppoq qog’oz – hayot deb nomlanadi, yashamay turib yurakni to’ldirib bo’lasiz, yozishga – yashashga kelganda yurakka aql, aqlga yurak teskari…
Juda perfeksionist bo’lish ham fojia ekan. Inson bir marta yashaydi, Vatan bitta bo’ladi, ota-ona yagona, chin muhabbat ham bir martagina beriladi, do’stlar soni ham mingta bo’lmaydi. Vatanni yurakdan qanday chiqarasiz?! Boshqa sayyoraga ko’chib o’tsangiz-da oyoq kiyimingiz changida ketadi kindek qoningiz to’kilgan zamin tuprog’i ham. U sayyoralarni ham o’zbek ko’zi bilan ko’rasiz, o’zbek zehniyati bilan, tafakkuri bilan qabul qilasiz… Yurakni to’ldirgan, so’ngra paymonangizni to’ldirgan muhabbatdan qanday xolos bo’lasiz?! Buni eplay olmaydiganlarga boshqa sevish imkoni ham, yashash imkoni ham yo’q, bilsangiz!..
Bir qadam otmay turib, hayot nima, odamlar qanday farqlamay turib do’st tutinasiz – aldanasiz, sevasiz yana aldanasiz, Vatan nima deysiz va… bezasiz… Ikki qadam otmay cho’kdirilasiz, cho’kasiz, cho’kaverasiz… Asosiy narsa, Allohning bizga in`om etgan hayoti yashalmay qoldi! Javobi qanday bo’ladi???

Ey bor Xudoyo, bizni mag’firat et, Sendan avf va ofiyat tilaymiz! Allohim, o’zing bizga rahm qil, rahmatingni, marhamatingni ayama, yuraklarimizni keng qil! Yo Parvardigoro, yaralarimizga malham bo’l, dilimiz siniqlariga davo yo’lla! Rabbim, bizga najot eshiklariningni och, ko’ksimizni och, bizni yolg’iz tashlab qo’yma! Yo Hofiz, yo Roqib, yo Nosir, yo Alloh, bergan ne`matlaring uvolidan o’zing saqla! Ey Rabbimiz, bizga qayta imkon ber, yuragimizni g’amlardan ozod qil, bizga najot yo’lla, xotiramizni o’chir, O’zingdan chini yo’qdir, qolgan hammasi yolg’ondir! Habibim, o’zingdan o’zgaga bo’lgan barcha tuyg’ularimizni yuragimizdan yuvib chiqar! Iloho, bizni yaxshilar orasida yashat, yaxshilar orasida o’ldir! Yo Muhaymin, yo Rahmon, yo Jabbor, yo Muaxxir, yo Bori`!

@SozKimyosi
Kim atrofidagilarning ishlarini yaxshilikka yo’yib, ularga nisbatan yaxshi gumonda bo’lsa, fikri sog’lom, bag’rikeng bo’ladi, qalbi kasallanmaydi, shuningdek Alloh uni yomon va yoqimsiz narsalardan muhofaza qiladi.

Ibn Qayyum Javziyya “Madorijus-solikin”, 2-jild, 511-bet.

© Nodira Sodiqova

t.me/SozKimyosi
Dilfuza KOMIL

Qo‘lim xanjar kabi botar yurakka,
Har onim eng so‘nggi damday ko‘rindi.
Lek tirilolmadim…
Tirilmoq uchun
Qancha o‘lsam, shuncha kamday ko‘rindi.

Ko‘kdan yog‘ayotir bedavo hasrat,
Ko‘ksimga yashirdim so‘nggi cho‘g‘larni.
Shundoq ko‘z o‘ngimda xorladi dunyo
Jasadin orqalab yurgan ruhlarni.

Darddan yo‘l so‘radim,
Xatardan so‘rdim…
Topmagan o‘zimga kelmoqda rahmim.
Har olgan nafasda bir o‘lib ko‘rdim,
Tirilmoq shunchalar qiyinmi,
Rabbim?!

Dunyo tobut kabi borar lopillab
O, ulgursam edi,
Ulgursam edi
Huzuringda tirilmoqdan oldinroq
Ko‘nglim ne ahvolda…
Bir ko‘rsam edi…

t.me/SozKimyosi