SOʻZ KIMYOSI
631 subscribers
1.02K photos
184 videos
17 files
2.19K links
Bu yerda qalb bor... 🤍

https://t.me/joinchat/U
Download Telegram
​​Rahmat BOBOJON

SEN


I

Ostonangdan bosh olib,
gʻamxonangga bosh urdim.
Seni, sensiz yurakka-
uzlatimga yashirdim...

Dilning baxt qatlarini,
yorib chiqaverdi dard.
Endi, faqat dunyoda
sensiz yashamogʻim shart.

Jilmaymoqqa, kulmoqqa,
yashashga ham haqliman.
Mendan olma havotir,
qara, qanday baxtliman.

Kuzdan tushmadim ayro,
garchi, bahor istadim.
Yashamoq-endi ogʻir,
oʻlmoq endi qismatim.

Nigohlarim yosh ichra,
azobingga toʻlgan payt.
Ketma, ketma, ketmagin,
ketma, “Sevmayman!“ deb ayt...

II

Mahzun-mahzun,
mayus-mayus,
zor qaqshab yoʻllaringda,
tutolmay qoʻllaringdan,
umrimga tashrifi kuz,
xazonlar sochar hanuz,
qaytma deyman, qaytaman...

Dardli-dardli,
azob-azob,
bagʻrimga bosgim kelar,
nimadir yozgim kelar...
koʻzingdan topmay javob,
voh, butun umri harob,
qay manzilda, qaydaman...

Maʼsum-maʼsum,
hazin-hazin,
yozgʻitimda zorlar, o,
yurakni ozorlar, o,
senga Xudo baxt yoʻllasin,
meni Xudo qoʻllasin,
“Sevmayman“ deb aytaman...

III

Qay yoʻldan kelganding,
bebaxtim,
Qay yoʻldan kelganding,
bevaqtim,
Qay yoʻlga ketasan,
bekamim,
Qay yoʻlga ketasan,
begʻamim,
Qay yoʻldan kelgandim,
bebaxtman,
Qay yoʻldan kelgandim,
bevaqtman,
Qay yoʻlga ketaman,
bekamman,
Qay yoʻlga ketaman,
begʻamman,
Savollar betinim,
yogʻilar.
Xudoyim yoʻlimiz
bir kuni,
bir kuni,
bir kuni,
bir qilar...


t.me/SozKimyosi
SOʻZ KIMYOSI pinned «​​Abduvali QUTBIDDIN Paygʻomlar yoʻlladim, uygʻon, hilolim, Junun oqshomlari ochdi jamolin, Poyalar uribman domingga sening, Sen mening, Sen mening, Sen mening. Tiyra giryonlarda otliq dard hokim, Ki zulfi otashi ajdarlar balkim. Borimni baxsh etdim, romingga…»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Tiriklik - ne’mat, baxtli bo’lish esa har bir kishining shaxsiy tanlovi!..”, demoqdadir bolajon, balki... ❤️

t.me/SozKimyosi
​​Halima AHMEDOVA

DOGʻ


Qoʻshni ayol menga nolidi bir kun:
Juda yomon ekan alamu firoq.
Rahmatli erimni oʻylayvergandan,
Qarang yuzlarimda koʻpayibdi dogʻ...

Tunda oy shivirlab soʻzladi menga:
Kimlar nima desa desinu biroq.
Qadim muhabbatdan qolgan yaradir,
Mening oy yuzimga soya solgan dogʻ...

Kuzning vazmin va haq qadamlaridan,
Bogʻlarning bagʻriga tushganda titroq.
Koʻraman toʻkilib tushayotganing
Daraxtlarning mayus qalbidagi dogʻ...


Necha yilki senga ilhaq yashadim,
Azobim eski-yu, xayolim yangi.
Mening yuragimda qotib qolgan dogʻ-
Sening koʻzlaringga oʻxshaydi balki...


t.me/SozKimyosi
​​— Хочешь в кино?
— Я не хочу в кино. Я хотела прожить с тобой полвека, родить мальчика, похожего на тебя, и умереть в один день — с тобой. А в кино — нет, не хочу.

М. Кетро

t.me/SozKimyosi
​​O’limdan qo’rqma!
Balki hayotsiz hayotdan qo’rq!

Shams Tabriziy


~~~~

Ўлимдан қўрқма!
Балки ҳаётсиз ҳаётдан қўрқ!

Шамс Табризий

t.me/SozKimyosi
​​Oshiqlikni da‘vo qilganlar yonishni shamdan o’rgansinlar. Yuragi yonadi, ko’z yoshi to’kadi, lekin sadosi chiqmaydi!..

Jaloliddin RUMIY


~~~~

Ошиқликни даъво қилганлар ёнишни шамдан ўргансинлар. Юраги ёнади, кўз ёши тўкади, лекин садоси чиқмайди!..

Жалолиддин РУМИЙ


t.me/SozKimyosi
​​Qalbim seni o’ylar, yorim, ne chora!
Kimga shavq dostoning aylay oshkora!?
Gar zanjir solsam ham qalbim bo’yniga,
Har kun huzuringga borar ming bora...

t.me/SozKimyosi
​​Matnazar ABDULHAKIM

IRODA


Fasl tanlamaymiz. Hammasi bahor,
Qovjiraydi faqat yolgʻon-yashiqlar.
Biz abadiy nekbin. Mangu umidvor.
Biz — koʻngli sovishni bilmas oshiqlar.

Qishlar va bahorlar, yozlar va kuzlar
Biz uchun barobar yangroq torlardir.
Yerga yogʻa olmay yongan yulduzlar
Bizlar qalovini topgan qorlardir.

Togʻdek toqatlardan mumiyodek sirqib,
Doʻstlarga atalgan dil rozlarimiz.
Qanotimiz poʻlat. Hech boʻlmas qirqib.
Jaranglab turadi parvozlarimiz.


t.me/SozKimyosi
#Orzu_time

Salqin shabada esib, yomg’ir tomchilab tursa...
Shu burchakda yoring ko’kragiga bosh qo’yib kahva ichsang va eng sevimli kitobingni mutolaa qilsang!..

So’zlar kerak bo’lmasa, bir-biringni anglash uchun nigohlar yetarli bo’lsa...
Sukunat tilida sirlashsang! Sukutlashayotib qo’llarini siqib qo’ysang...
Tushunsang, tushunilsang!
Shunday uzoooq suhbatlar qursang...

Muhabbati sengagina atalgan, urib turgan tirik bir yurak bo’lsayu, yuragingdagi bor mehringni berolsang!..


Muhabbatga to’la bir kun bo’lsa... Va har kuni shunday yashasang, mehr ko’rib, mehr ulashib yashay olsang...

@SozKimyosi
​​Hermann Hessening “Cho’l bo’risi” asarida urush haqidagi tom-tom asarlar yukini bosa oladigan kichkinagina epizod bor!..
Unda urushning qanchalik bema’ni va kam sonli siyosiy liderlar uchungina kerakliligi “urush-urush o’yini” orqali ochib berilgan!


Kanal kuzatuvchilari ichida asarni o’iqganlar bormi?

#Hermann_Hesse
#Chól_Bórisi
#Степной_Волк
#Steppen_Wolf

t.me/SozKimyosi
Qanotlaringizga dam bering... 😉
Элина Эллис. Фея мыльных пузырей.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kulgi_vaqti

O’zbekistondagi ob-havo haqida qisqacha ma‘lumot!..

© Internetdan olindi
​​FURUG’ FARRUXZOD

QAYFU GULI


Masrurman, oloving yondirar meni,
Masrurman, yodingda yigʻlayman bedor.
Masrurman, vaslingdan keyin ezilib,
Bezavol ishqingdan yigʻlayman zor-zor.

Oramizga tushgan ayriliqdan soʻng
Boshqa oʻylamaydi, deb qilma gumon.
Faqat, sening oʻting yondirar meni,
Sening olovingda yongaydir bu jon.

Tunlar daraxtzorning bir chekkasida
Oʻz gʻamidan Korun ketganda toshib.
Goʻyo hasratimning faryodi kelar,
Tingan toʻlqinlarning boʻgʻzidan joʻshib.

Oshkor boʻlgan dardim boʻlar namoyon,
Bir zum qirgʻoq uzra oʻtirsang tunda.
Oʻshanda soyangga tashlasang nazar,
Beqaror ruhimni koʻrarsan unda.

Tong shamolin sovuq lablari bilan,
Sen uchun tarona oʻqiyman har on.
Men oʻsha yulduzman, porlagan har tun,
Saroying osmoni uzra duraxshon.

Mustahkam qalʼaday, ikkimiz aro
Yastansa bepoyon sahrolar, ne gʻam.
Men oʻsha kaptarman, qanotin yoygan,
Daryo kengligida, tanholikda ham.

Masrurman, qurigan shox yangligʻ tagʻin,
Jabring shuʼlalari yondirsa mayus.
Shahring quyoshidan qizib, lovillab,
Yonayotgan qaynoq vujudman hanuz.

Seni qanday qilib unutay, axir,
Yoding ilk muhabbat yodiday shirin.
Yoding taʼsirchandir kuzak singari,
Minglab jozibayu jilo yashirin.

Meni atab rasvo, raddi maʼraka,
Igʻvogar zohidlar ustimdan kular.
Nomimni bulgʻaydi oʻshalar, zero,
Odammas, shaytondan yaralgan ular.

Ammo, men qaygʻuning guliman oʻsha,
Yoding shoxlaridan yaralgan bedor.
Yolgʻizlik uyida, tunlarda seni
Qidiraman, yoding boʻlganida yor.


Forsiydan Odil Ikrom tarjimasi
​​Halima Ahmedova

Yorlar ketar yor-yor aytib o’z yoriga,
Xorlar bag’ir berar sevgi mozoriga.
Bir kun yetib moviy ishqning nazariga,
Yorongulga aylanaman, yorongulga.

Bas, aldamang, savdolarga to’ydim axir,
Oy shamshiri bilan dilni so’ydim axir,
Umrim tashlab, telba ruhni suydim axir,
Yorongulga aylanaman, yorongulga.

Barglarimga nur o’ynasin ajib kecha,
Mani baxtdan tilab olgan najib kecha,
Qatlim amri qo’llarida vojib kecha,
Yorongulga aylanaman, yorongulga.

Titrog’imda uyg’onajak afsonalar,
Ko’zlarimda sham o’ynaydi parvonalar.
Sizdan ko’ngil uzib, yolg’on devonalar,
Yorongulga aylanaman, yorongulga.


© @halima_ahmad

t.me/SozKimyosi
​​Eshqobil SHUKUR

XUDBINLIK


Yana chegaradan chiqib ketibman,
Xavotir xurjuni keng orqangizda.
Faqat pul ekilgan... Xudbinlik o’sgan,
Gul izlab yuribman tomorqangizdan.

Yana chegaradan chiqib ketibman...
Tilingiz achishar kuygan qo’l kabi,
Jilmayib turardi mening chehramda
Mangu qovjiragan haqiqat labi.

Deysiz: “Haddingni bil, har so’z xavflidir”, -
Faqat shu sizdagi bor bunyodkorlik,

Menga chegarani buzmoq zavqlidir,
Sizga esa zavqli ehtiyotkorlik.


t.me/SozKimyosi
​​Hech qachon kech qolmadingiz!
Bir necha marta yoʻldan qaytgan boʻlsangiz ham, bir necha marta yoʻldan qaytarilgan boʻlsangiz ham, dunyoning barcha gunohlarini orqalab olgan boʻlsangiz ham, hayotingizdagi har narsada oʻzingizni aybdor his qilsangiz ham, oʻzingizni “Qalbingiz” tarafidan qabul etilishingizga ishonmasangiz ham, siz “Oʻzingizga, Qalbingizga” qarab yuring!
Hech kim sizga ishonmasa ham, siz oʻzingizga ishoning...

Jaloliddin RUMIY

~~~~

Ҳеч қачон кеч қолмадингиз!
Бир неча марта йўлдан қайтган бўлсангиз ҳам, бир неча марта йўлдан қайтарилган бўлсангиз ҳам, дунёнинг барча гуноҳларини орқалаб олган бўлсангиз ҳам, ҳаётингиздаги ҳар нарсада ўзингизни айбдор ҳис қилсангиз ҳам, ўзингизни “Қалбингиз” тарафидан қабул этилишингизга ишонмасангиз ҳам, сиз “Ўзингизга, Қалбингизга” қараб юринг!
Ҳеч ким сизга ишонмаса ҳам, сиз ўзингизга ишонинг...

Жалолиддин РУМИЙ

© Mirzohid Muzaffar

t.me/SozKimyosi
​​...Ilojim yoʻq, endi ilojim yoʻqdir.
Qoʻpar oyoq sasi yoʻl inkoridan,
tushkunligim – ruhim sabridan kengroq
va bu bahor
va bu yashil vasvasa
derazam yonidan sirgʻalib oʻtib
der edi koʻnglimga toʻgʻridan-toʻgʻri:

“Bilib qoʻy,
hech qachon
oldinga qarab
suzib ketmagansan,
ketgansan choʻkib”.


Furugʻ FARRUXZOD

Forsiydan Odil IKROM tarjimasi

~~~~

...Иложим йўқ, энди иложим йўқдир.
Қўпар оёқ саси йўл инкоридан,
тушкунлигим – руҳим сабридан кенгроқ
ва бу баҳор
ва бу яшил васваса
деразам ёнидан сирғалиб ўтиб
дер эди кўнглимга тўғридан-тўғри:

“Билиб қўй,
ҳеч қачон
олдинга қараб
сузиб кетмагансан,
кетгансан чўкиб”.


Фуруғ ФАРРУХЗОД

Форсийдан Одил ИКРОМ таржимаси

t.me/SozKimyosi
​​Zebo MIRZO

XUDONING TOSHI


Taqdir - bu boshingga tushgan taqir tosh,
Yursang, yuragingga og’ir yuk solgan.
Qo’lingga band osib, umringni bosib,
Keyin tuprog’ingda tog’day yuksalgan...

Kunimga ko’nmadim, yuzimni burib,
Egamga ayondir ko’zimning yoshi.
Yana senga keldim boshimni urib,
Menga taqdir bo’lgan Xudoning toshi!

Asli muhabbatdir taslimiyat ham,
Oxir taslim bo’ldim og’ir tilsimga.
Falakning bir o’tkir tiyg’i sanchildi
Dilimni gavharday ko’mgan ko’ksimga.

Seni ko’tarolmay yiqilgan bo’lsam,
Haqning mehridan bu yoki qahridan!
Men g’amlar bahridan o’tdim-u, lekin,
O’tolmadim sening sevging bahridan...

Taqdir deganlari - taqdim degani,
Qadringni so’rama, xor bo’lgan ekan.
O’zingni o’ldirib, Haqni sevgin-u,
Keyin bir toshiga yor bo’lgin ekan...

Sendan kechay deyman, kecha olmayman,
Bag’rida dur qilgan ko’zimning yoshi.
Boshimga otilgan, menga atalgan
Egamning toshisan,
Xudoning toshi!


t.me/SozKimyosi