Solution LC
48 subscribers
43 photos
91 videos
2 files
19 links
Hohish, intizom, sabr
Download Telegram
Assalomu Alaykum. Yaxshimisiz.
Matematikadan guruh ochottik. O'qituvchi magistr darajada. To'lov 300 ming . Ham ingliz tili ham Matematika ga kelsa 50 ming chegirma qilib beramiz.
550 mingga 2 fanni o'rganadi.

Murojaat uchun
@Nematxon95
👍5
7 yoshli o'quvchilarimiz birinchi kitobni muvaffaqiyatli tugatishdi
👍6
Forwarded from Nematxon's blog
Assalomu Alaykum. Ramazon muborak ! Azizlar
7
Yaxshi tanlovlar ko‘pincha darhol mukofot bermaydi.
Bu normal.

Eng to‘g‘ri tanlovlar asta-sekin yig‘iladi. Ularning foydasi birdan sezilmaydi. Yillar o‘tgach ular kuchini ko‘rsata boshlaydi.

Masalan:
Bugun til o‘rganyapsan. Hozir foydasini ko‘rmayapsan. Lekin yillar o‘tib, u senga qanday eshiklarni ochishini hatto hayolingga ham keltira olmaysan.

Bugun matematika o‘qiyapsan.
“Bu formulalar hayotda qayerda kerak?” deb o‘ylaysan. Lekin vaqt o‘tib, aynan shu fan sening qanday fikrlashingni shakllantirganini sezasan.

Bugun kitob o‘qiysan. Hech kim maqtamaydi. Lekin bir kuni gapirayotganda nutqing ravon, fikring aniq bo‘lib qolganini payqaysan.

Bugun qiynalib Qur’on yodlayapsan. Og‘ir tuyuladi. Lekin vaqt o‘tib, jamoat oldida seni mehrobga chiqarishganini ko‘rasan.

Mana shuning uchun yaxshi tanlovlar jim ishlaydi. Shovqinsiz. Ko‘zga tashlanmasdan.

Ular yillar davomida ichingda yig‘iladi, va bir kuni kutilmaganda samara beradi, huddi buloqdek toshib chiqadi. Tugamaydi.

Shuning uchun: ishlashni to‘xtatma. Sabr qil.

Bugun natija ko‘rinmayotgani — tanlov noto‘g‘ri degani emas.
👍2
Forwarded from Pediatr Nur Olimovna
Nega bolalar tez-tez kasal bo'ladi?

Assalomu alaykum qadrli obunachilar, aziz ota-onalar.

Deyarli barcha pediatrlar bolani tekshirishdan avval onaning chehrasiga razm soladi.

Agar ona tushkun, g'amgin va past ovozda gapirsa, va tez-tez ho'rsinsa, arzimagan muammoga ham havotir olsa, demak onada depressiya bor.

Bunday onalar siz bilan uzoq gaplashishni, yig'lab berishni xohlashadi.

Ular bilan suhbat quraman: biri uyda qaynona bilan ziddiyatda, brining turmush o'rtog'i bir yilda bir marta yoki bir necha yilda bir marta uyiga keladi (Rosiiya, Polsha, Koreyada).

Ho'sh bolalarda nima ayb? Ular uchun ota-ona buyuk ishonch manbai. Shu ishonchni ular ota-onaning yuzida aks etgan kayfiyatdan oladi.

Agar bu yuzlar, ovozlar agressiyaga yoki tushkunlikka moyil bo'lsa bolalarning stress omili oshib ketadi va immun tizimni bloklaydi.

Bolam tez-tez kasal bo'lmasdan desangiz o'zingizni isloh qiling, davolaning yoki kayfiyat manbalarini izlab toping.

U bo'lishi mumkin: sizning sevimli mashg'ulotingiz, yahshi suhbatdosh va yoki miriqib uxlash va albatta oilaviy munosabatlari muvozanatini tiklash...

Aziz onalar bir o'ylab ko'ring!
Hurmat bilan Pediatr Nur Olimovna
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
8 yoshli o'quvchilar tarjima jarayonida
👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Roʻza tutilganda organizm tozalanadi

Roʻza tutganda fagotsitoz organizmni turli zaharlardan tozalash tizimi ishga tushadi. Nevrologiya, neyropsixologiya, psixosomatik tibbiyotni aytsak, roʻza turgan bitgani foyda.

Roʻzadan keyin davolanaman deb qoʻrqib yuradigan odamlar boʻladi. Aksincha, roʻza davrida davolanib, nevroz, depressiya, stressdan chiqib ketganlarga koʻp guvoh boʻlganmiz. Bemorlar roʻzadan keyin, “Voy tuzalib qoldim, asablarim joyiga tushdi, depressiya ortiga chekindi”, deb xursand boʻlib aytishgan.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz
👍2
Forwarded from Bobur Saydivaliev ®️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaponiyada bolalarga yoshligidan yo‘l harakati qoidalarining asoslari o‘rgatiladi, hatto avariyalar jonli ko‘rsatib beriladi.

Yorqin va ba’zan hatto biroz vahimali tushuntirishlar orqali qoidalar aniq yodda qoladi. Bolalarga hali bog‘chadayoq noto‘g‘ri harakatlarning oqibatlari manekenlar yordamida ko‘rsatiladi, maktab o‘quvchilari uchun esa professional kaskadyorlar ishtirokida yanada tomoshali namoyishlar o‘tkaziladi.
2
Boshlang'ich Matematika darslari boshlandi

Ustoz: Xayrullaxonov O. ( magistr )
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Matematika darslari boshlandi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega -5 - 10 dan katta

Ustoz: Xayrullaxonov O. ( magistr )
Forwarded from Nematxon
Juma hayit dam olish kuni. Darslar bo'lmaydi . Dushanba kuni dars bo'ladi
🌙 Ramazon Hayiti muborak!

Aziz o‘quvchilar va hurmatli ota-onalar, sizlarni ushbu muborak kun bilan samimiy tabriklaymiz.

Yuragingiz tinchlikka, qalbingiz mehrga to‘lsin.
Ilm yo‘lida qilgan har bir qadamingiz barakali bo‘lsin.

Hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin! 🌙
🙏4👍2
6-sinf o'quvchimiz Normatova Gulrux " Nurli kelajak " maktabida bo'lib o'tgan xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli qatnashib keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Keyingi bosqichlarda muvaffaqiyat tilaymiz
👏11
Forwarded from G'iyosiddin Yusuf
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Фарзандингиз доим дарғазабми?
Демак, сиз уни мақтаб турмас экансиз.

Фарзандингиз бахилми?
Демак, сиз у билан шерик, ҳамкор бўлмас экансиз.

Фарзандингиз бошқаларга зулм қиладими?
Демак, сиз ҳам қўпол экансиз.

Фарзандингизнинг шахсияти заифми?
Демак, сиз доим дўқ-пўписа билан муомала қилар экансиз.

Фарзандингиз жонсаракми?
Демак, сиз ҳадеб муҳлат қўяверар экансиз.

Фарзандингиз сиздан ўзини олиб қочадими?
Демак, сиз уни бағрингга босиб, қучмас экансиз.

Фарзандингиз сизга итоат қилмайдими?
Демак, сиз талабни жуда кучайтириб юборар экансиз.

Фарзандингиз бошқаларга аралашмайдиган одамови бўлиб қолганми?
Демак, сиз ишга ҳаддан ташқари банд экансиз.

Доктор Ториқ Ҳабибий

#тарбия

@GiyosiddinYusuf
1👍1
Forwarded from Pediatr Nur Olimovna
IELTS dan natija olmasa bolasini urgan ona

Assalomu alaykum qadrli obunachilar.
Bilasiz men suyunsam, shukur qilsam, hotirjam bo'lsam yoki biror voqeadan ta'sirlansam, qalbim og'risa post yozaman.

Hozirgina bir voqeani eshitdim. Oddiy qishloq oilasining qizi ingliz tili o'qigan va IELTS topshirgan. Ungacha domlasi 7 oladi deb ota-onani ishontirgan.
Hullas topshirgan, qoshnilari 6 va 6.5 olgan, lekin u qiz 5 olgan.

Shunda onasi... Jazavaga tushib qizini urgan. Bu yerda mablag' ham muhim emas,
Sababi qo'shnilarning bolalariga solshtirish bo'lgan.

Biz ota-onalar bolalarimizni u tug'ilishi bilan tug'ruqxonadayoq solishtirishni boshlaymiz, "katta", "kichik", " oppoq", "sariq". Keyin maktabda, mahallada solishtiramiz.

Lekin, bilmaymizki ular biz uchun faqat yagona! Biz qachonki bolalarimizni qanday bo'lsa shundayligicha sevmasak, ular yahshi natija ko'rsatolmaydilar!

Muhimi ular bor va go'zal!

Hurmat bilan Pediatr Nur Olimovna
5👍1
Forwarded from G'iyosiddin Yusuf
Ассалому алайкум, савияси баланд ўқирманлар!

Улуғлардан бирлари ғийбат қилганлари учун садақа беришга аҳд қилганларида ғийбатни буткул ташлаган эканлар — пул жигардан бўлади-да! Биз ҳам шунга ўхшаб, оилада жанжал бўлса, жарима тўлайдиган бўлсак, шунда жанжаллар барҳам топса керак.

Ома иссиқ жон, ҳаётнинг пасту баланди бўлгани каби эр-хотин баъзан «сан-ман»га бориб қолиши ҳар бир оилада бўлса керак. Шундай вақтда ўзимизни ҳақ деб билиб, овозимизни баландлатамиз-у, лекин бурчакда жавдираб турган қаро кўзларни унутиб қўямиз. Бола дегани диктофон, нимани эшитса, шуни ёзиб олади. Нимани кўрса, шуни ичига симиради.

Баъзи ота-оналар «бола-ку, ҳали ҳеч нарсани тушунмайди» деб, уйни жанг майдонига айлантиришади. Аслилда, болалар катталардан кўра кўпроқ ҳис қилади. Бизнинг «мен зўрман» деб исботлашга уринишимиз уларнинг мурғак қалбига отилган бомбадир. Кейин «болам нега дудуқланяпти, нега кечаси қўрқади?» деб дўхтирма-дўхтир чопамиз. Ваҳоланки, сабаби вақтида ўзимизни боса олмаганимиздир!

Шу билан бирга, болалар ёнида жанжал қилиш орқали ўзимизнинг ҳам, жуфтимизнинг ҳам ҳурматини оёқости қиламиз. Болалар олдидаги ҳайбатимиз йўқолади, сўзимизни олмайдиган, улар ҳам онаси каби бемалол юзга сапчийдиган бўлиб қолади. Ундан кейин тарбия бериш жуда қийинлашиб кетади.

#тарбия

@GiyosiddinYusuf
3👍1
Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar va aziz Solution o‘quvchilari!

Sizlarni kirib kelayotgan muborak Qurbon Hayiti bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Ushbu ulug‘ ayyom xonadoningizga tinchlik, mehr, baraka va quvonch olib kirsin. Farzandlaringiz ilmda, odobda va hayotda katta yutuqlarga erishsin.
Qalbingizdan ezgulik, yuzingizdan tabassum, dasturxoningizdan fayz va baraka arimasin. Yaqinlaringiz bilan birga sog‘-salomat, baxtli va unutilmas bayram lahzalarini o‘tkazishingizni tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Solution jamoasi 🌙
2👍2
🌙 Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar va aziz o‘quvchilar!
Sizlarni yaqinlashib kelayotgan muborak Qurbon Hayiti bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.
📌 Bayram munosabati bilan 27-may kuni markazimizda dam olish kuni deb e’lon qilinadi.
📚 Dars mashg‘ulotlari 28-may kunidan odatdagi tartibda davom etadi.
Barchangizga oilaviy xotirjamlik, sog‘lik, fayz-u baraka va quvonchli lahzalar tilaymiz. Hayitingiz muborak bo‘lsin! 🌙
Hurmat bilan,
Solution Education jamoasi
👍2🙏21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍2