Solution LC
48 subscribers
44 photos
91 videos
2 files
19 links
Hohish, intizom, sabr
Download Telegram
Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu: "Ilmni fursat bo'lganda o'rganaverish kerak, ilm kerak bo'lganda fursat bo'lmaydi", — degan ekanlar.
👍1💯1
MAKTABDAGI USTOZLARGA NISBATAN QANDAY MUNOSABATDA BO‘LASIZ?

Farzandingiz davlat maktabida o'qisa, tez-tez pul so'ralishi asabingizni buzishi mumkin. Agar xususiy maktabda o'qisa, bergan pulingizni oqlashlari uchun talabchan bo'lishga harakat qilasiz.

Shunday vaqtlarda farzandingizga "Ustozing nuqul pul so'raydi!" yoki "Shuncha pul olib, o'rgatgan narsalari shumi?!" deb yuborishdan saqlaning. Bolangizga ustozlarini aslo yomonlamang!

Mabodo ustozdan xato o'tsa ham farzandingizga buni bildirmasdan, holatni yotig'i bilan isloh qilishga harakat qiling.

Agar bola ustozini hurmat qilmay qo'ysa, unga ixlos qilmasa, o'rganayotgan ilmi yuqmaydi, manfaatli bo'lmaydi. Albatta, bu degani ustoz xohlaganini qilaversin degani emas. Zarur bo'lsa, siz o'zingiz ustozlari bilan gaplashib ko'ring, lekin ularni farzandingizga yomon ko'rsatib qo'ymang.

Siz o'zingiz ham farzandingizning ustozlari bilan odob bilan gaplashing, ularning hurmatini joyiga qo'ying. Siz ham "ustoz" deng. Ular siz qila olmagan ishni qilishyapti. Payti kelganda o'z bolangizga toqat qila olmaysiz, lekin ustozlar bir vaqtning o'zida o'nlab bolalarga ta'lim-tarbiya beradilar.

Hech qachon farzandingizning ta'limi uchun to'lov qilyapman deb ustozining tilini qisiq qilib oldim deb o'ylamang. Har qanday ta'lim uchun to'lov shunchaki ajratilgan vaqt uchun, xolos. Ilm — bebaho!

#maktab #tarbiya

@GiyosiddinYusuf
👍1
Forwarded from Nematxon's blog
Uy ishini bajarishda yordamchi ustozga jo‘natishning zararlari

Farzandni uy vazifasini bajarishda yordamchi ustozga yuborish vaqtinchalik bahoni yaxshilashi mumkin, lekin uning rivojiga salbiy ta’sir qiladi. Psixologlar fikriga ko‘ra, mustaqil fikrlash va muammolarni o‘zi hal qilish ko‘nikmasi insonning ijodkorlik va hayotiy muvaffaqiyati uchun eng muhim omil (Vygotsky, 1978).

Shuningdek, ta’lim bo‘yicha tadqiqotlarda (Zimmerman, 2002) ko‘rsatilishicha, o‘quvchilar o‘z xatolarini tahlil qilganda, ularning o‘rganish jarayoni chuqurlashadi va bilim mustahkamroq bo‘ladi. Ammo uy vazifasini ustoz yordamida bajarish bu imkoniyatni yo‘qqa chiqaradi.

Demak, bola uy vazifasini o‘zi bajarmasa:

xato ustida ishlash imkoniyatini yo‘qotadi,

mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati rivojlanmaydi,

boshqalarga qaram bo‘lib qolish ehtimoli ortadi.


Shu sababli ota-onalar farzandining har bir vazifasini mukammal qilishni emas, balki uni o‘zi mustaqil o‘rganishga rag‘batlantirishni birinchi o‘ringa qo‘yishlari kerak.
2
👍1
Forwarded from G'iyosiddin Yusuf
Darhaqiqat, ota-onasi vafot etgan yetim emas, balki otasi doim oʻz ishlari bilan mashgʻul va onasi doim oʻzi bilan oʻzi ovora boʻlgan bola yetimdir!


Doktor Muhammad Rotib Nablusiy

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf
3
Kids guruhi o'quvchilari navbatdagi kitobni muvaffaqiyatli tamomlashdi
👍6
Bugun bir o‘quvchimiz IELTS’dan 6.5 ball oldi.
Na o‘zi xursand.
Na ota-onasi.
Na ustozlari.

Sababi oddiy: 7.0 kutilgandi.

Shu holat bitta muhim haqiqatni yana eslatdi:
SAT, IELTS kabi imtihonlarda birinchi urinishda potensialdan pastroq natija ko‘rsatish — tabiiy holat.
Bu faqat kuzatuv emas, ilmiy tadqiqotlar bilan ham tasdiqlangan.

Sabablar ko‘p. Lekin asosiylari to‘rtta:

1. Ota-onaning bosimi
“Shuncha ball olishing shart” degan aytilmagan talab.

2. Tengqurlarga solishtirish
Do‘stlari allaqachon yuqori ball olgan bo‘lishi.

3. Imtihon tajribasi yetishmasligi
Haqiqiy test muhiti — alohida ko‘nikma talab qiladi.

4. Test anxiety
Stress bilimni yopib qo‘yadi.

Kuzatuvim shuni ko‘rsatdiki, eng kuchli salbiy omil — ota-onaning bosimi.
Bola buni jiddiy qabul qiladi.
Natija past chiqsa — o‘zini emas, o‘z qadrini yengilgan deb o‘ylaydi.

Statistikalar esa boshqacha gapiryapti:
talabalarning 60–65% ikkinchi urinishda yaxshiroq natija ko‘rsatadi.

Shu paytda bola uchun eng muhim narsa —
yana bir dars yoki yana bir test emas.

Ota-onaning yonida turishi.

Agar siz bolani natijasi bilan emas, urinishlari bilan baholamasangiz,
u faqat imtihonda emas —
hayotda ham sinishdan qo‘rqib yashaydi.

Va bu — 6.5 dan ancha og‘ir mag‘lubiyat.
🔥31
Forwarded from Ustoz Kundaligi
Устознинг ёлғон авторитети

Авторитет (auctoritas) — "таъсир, нуфуз, обрў" маʼноларини англатади. Таълимда эса:

Ўқувчилар ичида ўз ҳурмат, таъсир кучига эга бўлган ўқитувчини «авторитет» дейишимиз мумкин.

Авторитетга — билим, кўникма, тарбия, фидойилик билан эришилади:

Бу эса табиийки инсондан катта меҳнат ва вақт талаб қилади.

Баъзи устозларнинг бунга сабри етмайди:

Авторитетга табиий йўллар билан эриша олмайди.

Шу вақт мақсадга — "ёлғон авторитет" билан эришишга ҳаракат қилади.

Келинг устозлар, ёлғон авторитетнинг 5 турини кўриб чиқамиз:

1. Босим авторитети — бу ўқитувчи ўқувчиларга босим ўтказиб, уларга доимий равишда буйруқ беради, бақиради ёки жазолайди. Ўқувчилар унга ҳурмат билан эмас, балки қўрқиб бўйсунади.

2. Масофа авторитети — бу турдаги устоз ўқувчилардан доимий равишда узоқлашишга ҳаракат қилади, уларга илиқ муносабат кўрсатмайди. У ўзини “катта одам” сифатида кўрсатиб, талабалар билан яқин бўлишдан қочади.

3. Педантизм авторитети — бу ўқитувчи майда детальларга ҳаддан ташқари эътибор беради, фақат қоидаларга ёпишиб олади ва ўқувчиларнинг шахсий хусусиятларини инобатга олмайди.

4. Кераксиз насиҳат авторитети — бу устоз ўқувчиларни кераксиз ва ортиқча насиҳатлар билан чарчатади. У ўқувчиларга доим ўзининг билимини кўрсатишга ҳаракат қилади, лекин улар учун фойдали бўладиган амалий билим бермайди.

5. Сохта меҳрибонлик авторитети — ўқитувчи жуда «меҳрибон» бўлиб, ўқувчиларга ҳаддан ташқари эркинлик беради, уларга ҳеч қандай талаб қўймайди ва уларнинг ҳар қандай хатоларини кечираверади.

Энг ёмони, ёлғон авторитет қисқа муддатда самара берсада, узоқ муддатда йўқотишларга олиб келади.

Барчамизга ҳақиқий авторитет ўқитувчи бўлиш насиб қилсин!

Сиз яна қандай ёлғон авторитетларни биласиз?

@Ustoz_kundaligi
👍1
🔊Assalomu Alaykum.

20 -yanvar 14:00 da 7 yosh va undan yuqorilar uchun alphabet dan boshlab o'qitiladigan yangi guruhga start beriladi. Darslar haftada 3 kun 90 minutdan.

Kurs narxi 300 ming

Kursga yozilish: @Nematxon95
2
Forwarded from Nematxon
Nega matematikani o‘rganish juda muhim? (Aniq dalillar bilan)
Hurmatli ota-onalar,
Matematika — bu faqat misol yechish emas.
Bu farzandingizning fikrlash sifati.
🔹 1. Matematika miyani rivojlantiradi (ilmiy fakt)
Tadqiqotlarga ko‘ra, matematik masalalar:
miyaning mantiqiy va tahliliy qismini faol ishlatadi
xotira va diqqatni kuchaytiradi
👉 Natija: matematika o‘qigan bola tezroq va to‘g‘ri fikrlaydi.
🔹 2. Matematika muammo yechishni o‘rgatadi
Hayotdagi muammolar:
reja tuzishni
sabab–oqibatni ko‘rishni
to‘g‘ri qaror qabul qilishni talab qiladi
👉 Bu ko‘nikmalar aynan matematika orqali shakllanadi.
🔹 3. Zamonaviy kasblarning 80% matematikaga bog‘liq
Bugungi eng talab yuqori sohalar:
IT va dasturlash
muhandislik
iqtisod va biznes
tibbiyot
sun’iy intellekt
👉 Bu kasblarning barchasi matematikasiz mumkin emas.
🔹 4. Matematikani bilgan bola aldovga kam uchraydi
foizlarni tushunadi
kredit va narxlarni hisoblay oladi
moliyaviy savodli bo‘ladi
👉 Bu real hayotiy himoya.
🔹 5. Erta o‘rganilgan matematika — katta ustunlik
Bolalikda mantiq tez shakllanadi
Keyin o‘rganish qiyinlashadi
👉 Bugun o‘rgangan bola ertaga qiynalmaydi.
Xulosa
Matematika — baho uchun emas
Matematika — fikr uchun
Matematika — kelajak uchun
Farzandingiz kuchli fikrlaydigan, mustaqil va raqobatbardosh bo‘lishini xohlasangiz —
matematika muhim.
👍4
Assalomu Alaykum. Yaxshimisiz.
Matematikadan guruh ochottik. O'qituvchi magistr darajada. To'lov 300 ming . Ham ingliz tili ham Matematika ga kelsa 50 ming chegirma qilib beramiz.
550 mingga 2 fanni o'rganadi.

Murojaat uchun
@Nematxon95
👍5