Diqqat eslatma
Bir oyda 12 dars bo'ladi. Oylik to'lov shunga qarab hisoblanadi. Bazi oylarda 13 tadan bo'ladi. 13- dars bonus bo'ladi. Shuning hisobidan dam olish kunlari dars bo'lmaydi. Fevral oyida 11 ta dars bo'lib qolsa shu bonus darslar qoplab ketadi. Hamma o'quv markazlar shunday ishlaydi. Faqat biz dam olish ( bayram) kunlari ham ishlayotgandik. Lekin o'quvchilarni yarmi ham darsga kelmayapti. Bunday vaziyatda guruhning yarmidan ko'pi o'tilgan mavzudan qolib ketadi. Shuning uchun keyingi bayram kunlari biz ham dam olamiz.

Forwarded from G'iyosiddin Yusuf
Til o‘rganish sport bilan shug‘ullanishga o‘xshaydi. Dastlab har bir mashq azob beradi, mushaklar og‘riydi. Lekin bir kun kelib, oynaga qaraysiz: yelkangiz keng, mushaklar bo‘rtib chiqqan, nigohingiz dadil bo‘ladi. Ana o‘shanda bu og‘riqlar bekor ketmaganini anglaysiz.
O‘zimga #motivatsiya )
@GiyosiddinYusuf
O‘zimga #motivatsiya )
@GiyosiddinYusuf
👍1
Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu: "Ilmni fursat bo'lganda o'rganaverish kerak, ilm kerak bo'lganda fursat bo'lmaydi", — degan ekanlar.
👍1💯1
MAKTABDAGI USTOZLARGA NISBATAN QANDAY MUNOSABATDA BO‘LASIZ?
Farzandingiz davlat maktabida o'qisa, tez-tez pul so'ralishi asabingizni buzishi mumkin. Agar xususiy maktabda o'qisa, bergan pulingizni oqlashlari uchun talabchan bo'lishga harakat qilasiz.
Shunday vaqtlarda farzandingizga "Ustozing nuqul pul so'raydi!" yoki "Shuncha pul olib, o'rgatgan narsalari shumi?!" deb yuborishdan saqlaning. Bolangizga ustozlarini aslo yomonlamang!
Mabodo ustozdan xato o'tsa ham farzandingizga buni bildirmasdan, holatni yotig'i bilan isloh qilishga harakat qiling.
Agar bola ustozini hurmat qilmay qo'ysa, unga ixlos qilmasa, o'rganayotgan ilmi yuqmaydi, manfaatli bo'lmaydi. Albatta, bu degani ustoz xohlaganini qilaversin degani emas. Zarur bo'lsa, siz o'zingiz ustozlari bilan gaplashib ko'ring, lekin ularni farzandingizga yomon ko'rsatib qo'ymang.
Siz o'zingiz ham farzandingizning ustozlari bilan odob bilan gaplashing, ularning hurmatini joyiga qo'ying. Siz ham "ustoz" deng. Ular siz qila olmagan ishni qilishyapti. Payti kelganda o'z bolangizga toqat qila olmaysiz, lekin ustozlar bir vaqtning o'zida o'nlab bolalarga ta'lim-tarbiya beradilar.
Hech qachon farzandingizning ta'limi uchun to'lov qilyapman deb ustozining tilini qisiq qilib oldim deb o'ylamang. Har qanday ta'lim uchun to'lov shunchaki ajratilgan vaqt uchun, xolos. Ilm — bebaho!
#maktab #tarbiya

Forwarded from Nematxon's blog
Uy ishini bajarishda yordamchi ustozga jo‘natishning zararlari
Farzandni uy vazifasini bajarishda yordamchi ustozga yuborish vaqtinchalik bahoni yaxshilashi mumkin, lekin uning rivojiga salbiy ta’sir qiladi. Psixologlar fikriga ko‘ra, mustaqil fikrlash va muammolarni o‘zi hal qilish ko‘nikmasi insonning ijodkorlik va hayotiy muvaffaqiyati uchun eng muhim omil (Vygotsky, 1978).
Shuningdek, ta’lim bo‘yicha tadqiqotlarda (Zimmerman, 2002) ko‘rsatilishicha, o‘quvchilar o‘z xatolarini tahlil qilganda, ularning o‘rganish jarayoni chuqurlashadi va bilim mustahkamroq bo‘ladi. Ammo uy vazifasini ustoz yordamida bajarish bu imkoniyatni yo‘qqa chiqaradi.
Demak, bola uy vazifasini o‘zi bajarmasa:
xato ustida ishlash imkoniyatini yo‘qotadi,
mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati rivojlanmaydi,
boshqalarga qaram bo‘lib qolish ehtimoli ortadi.
Shu sababli ota-onalar farzandining har bir vazifasini mukammal qilishni emas, balki uni o‘zi mustaqil o‘rganishga rag‘batlantirishni birinchi o‘ringa qo‘yishlari kerak.

❤2
Forwarded from G'iyosiddin Yusuf
Darhaqiqat, ota-onasi vafot etgan yetim emas, balki otasi doim oʻz ishlari bilan mashgʻul va onasi doim oʻzi bilan oʻzi ovora boʻlgan bola yetimdir!
Doktor Muhammad Rotib Nablusiy
#tarbiya
@GiyosiddinYusuf
❤3