SmartFlow Analytics
688 subscribers
27 photos
20 videos
11 files
48 links
Bizning kanalda siz:

Power BI va Excel yordamida hisobotlarni avtomatlashtirish

Moliyaviy tahlil – balans, foyda va zarar, Cash flow va shu kabi moliyaviy analizlar bilan ishlashni oʻrganasiz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Excel endi bunday ishlar uchun eskirdi. Uning oʻrniga Power BIdan foydalaning

Xodimlar ma’lumotlari visual korinishda

HR managerlar, oʻquv markazlarda oʻquvchilarni malumotini yigʻadiganlar yoki shunga oʻxshash ma’lumot yigʻuvchilar uchun yangi bosqich.

Video yoqqan boʻlsa tanishlaringizga ulashing. Qoʻllab quvvatlang(reaksiya, komment, doʻstlar taklif qilish). Kanaldan foyda olayotganingizni bilib turay 🙃

Kanalga obuna boʻling!
🔥12👏4💯2🏆2
Assalomu alaykum hammaga!
Bugun sizlar bilan Power BI ni qanday ketma-ketlikda o‘rganish kerakligi haqida gaplashamiz.

1. Ma’lumotni tozalash va tayyorlash (Data Preparation)
Power BI — bu ma’lumotni vizual ko‘rsatadigan vosita. Lekin, agar ma’lumot toza bo‘lmasa, eng chiroyli dashboard ham foyda bermaydi.
Shuning uchun birinchi bosqichda ma’lumotni tozalashni o‘rganish kerak.
Bu ishni Power Query yordamida qilishingiz mumkin — u sizga transformatsiya, filtrlash, qo‘shish, ajratish va ma’lumotni kerakli shaklga keltirish imkonini beradi.
Xohlovchilarga esa Python yoki SQL orqali ma’lumot tayyorlashni ham tavsiya qilaman, chunki bu sizga yanada moslashuvchanlik beradi.

2. Bog‘lanishlar (Data Modeling)
Power BI da ishlaganda siz deyarli hech qachon bitta jadval bilan ishlamaysiz.
Shu sababli, jadval o‘rtasida to‘g‘ri bog‘lanishlar (relationships) yaratishni bilish juda muhim.
Qaysi ustunlar orqali bog‘lanish kerak, one-to-many yoki many-to-many munosabatlar qachon ishlatiladi — bularni chuqur tushunish kerak.
Noto‘g‘ri bog‘lanish natijasida sizning hisob-kitoblaringiz chalkash chiqadi. Shuning uchun data model — bu dashboardning yuragi.

3. DAX (Data Analysis Expressions)
Dashboardingizning “miyasi” bu — DAX.
DAX yordamida siz hisob-kitoblar, o‘sish sur’atlari, taqqoslashlar, o‘rtacha qiymatlar va boshqa analitik formulalarni yozasiz.
Faqatgina formulani yodlab olish emas, balki uning mantiqini tushunish, qachon va nima uchun ishlatish kerakligini bilish muhim.
Yodingizda bo‘lsin: chiroyli dashboard emas, to‘g‘ri raqam muhim.

4. Vizualizatsiya (Visualization)
Endi navbat ma’lumotni foydalanuvchi uchun tushunarli ko‘rinishga keltirishda.
Bu bosqichda siz Power BI’dagi visual elementlar — kartalar, grafiklar, slicerlar, matritsalar bilan ishlashni o‘rganasiz.
Qaysi visual qaysi turdagi ma’lumotga mos tushishini bilish — bu analitik fikrlash belgisidir.

5. Dizayn va foydalanuvchi tajribasi (Design & UX)
Bu yerda siz rang uyg‘unligi, joylashuv, navigatsiya va minimalizmga e’tibor berasiz.
Yaxshi dizayn dashboardni nafaqat chiroyli, balki tushunarli va professional qiladi.

6. Ma’lumotlarni optimallashtirish va ishlash tezligini oshirish (Performance Optimization)
Power BI kichik datasetlarda juda tez ishlaydi, lekin katta hajmli ma’lumotlarda (masalan, millionlab satrlar) sekinlashadi.
Shuning uchun quyidagi jihatlar muhim:
-Jadval hajmini kamaytirish (keraksiz ustun va satrlarni olib tashlash)
-Star schema modelini to‘g‘ri qurish
-Summarize jadval va agregatsiyalardan foydalanish
-Qachon Import, qachon DirectQuery ishlatish kerakligini bilish
Bu bosqichni o‘rganish sizni nafaqat chiroyli, balki professional va tez ishlaydigan dashboardlar yaratadigan mutaxassisga aylantiradi.
1🔥8👏4💯2
#Arxiv_2024 #MAAB_INNOVATION

Data analitika o'rganmoqchi bo'lganlar uchun eng zo'r muhit.

1-rasm. Akademiya o'quvchilar o'rtasida o'tkazilgan SQL bo'yicha musobaqada 1-o'rin sohibi 😎 va Akademiya rahbari

Yakuniy imtixondan 96% lik natija...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏12🔥5⚡2
Next target 2026 PL300 - Xalqaro darajadagi Power BI eksperti

o'rganish jarayonidagi yangiliklar bilan ulashib turaman 😊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏12⚡3🔥3💯1🆒1
Bizda yil kollabi 🔥

Excel, VBA va Google sheets'ni professional darajada o'rganmoqchimisiz!

Quyida Sizga sifatli xizmat ko'rsata oladigan kanallarni ulashdik. Agar qaysidir yonalish boyicha hali ham kanalga qoshilmagan bolsangiz hoziroq ulanib oling:

- Excel (noldan PowerQuery Makrosgacha) boyicha - @excelmastersuz (Shahzod Sayfulla)

Excel (Power Query) bo'yicha -
@PowerQuery_UZ (@Shax4ik)

- Excel va makros boyicha -
@excel4every1 (Muhamadjon Haydarov)

- Google sheets bòyicha -
@google_sheets_demo (Andarov)

Google Sheets (Finansoviy modelirovaniya 8 yillik tajribani ulashadi) bo'yicha -
@googlesheets_automateuz (@Oydinov_Azim) Yangi kanal ochdi qo'llab quvvatlaymiz

Power BI bo'yicha -
@StartDataUz (Abdumalik)

Power BI bo'yicha -
@Smartflow_Analytics (@Furqatbek_Alisherovich)

Hech kimni esdan chiqarmadimmi?
🔥2⚡1👏1
Ayni damda qaysi bosqichdasiz va koproq qaysi mavzuda video bo'lishini xoxlar edingiz?
Anonymous Poll
33%
Power BI
28%
Oldin Power Queryni yaxshi o'rganib olishim kerak
22%
SQL
17%
Python
Assalomu alaykum hammaga!

Juda kop tannaffuz qilib yubordim buning uchun uzr so'rayman. Bilasizlar moliya sohasida ishlaydiganlarni noyabrdan boshlab ish hajmi keskin ko'tariladi. yangi yil yil uchun budjet tuzish, joriy yilni hisobotlarini tayyorlash va hokazo. Tez orada yana videolarimizni boshlaymiz. Bu yerdagi auditoriyani og'riqli nuqtasini so'rovnomada aniqlab oldik, asosiy fokusni power query va power bi ga qaratamiz
🔥9👏2
Assalomu alaykum
Bir koʻngilli inson kerak. Ya’ni bir yillik bank oboroti kerak. Va u oborotdan tayyor Cash flow hisobotini shakllantirishni va avtomatik keyinchalik yangilanishlarni video orqali korib chiqamiz. Ikki tomonlama yutasiz ham korxonangizni bir yillik cash flow hisobotini koʻra olasiz ham qanday tayyorlashni oʻrganib olasiz

Xoxlovchilar @Furqatbek_Alisherovich ga vipskasini tashlasin.

Mutlaqo tekin. Faqat sharti video qilinadi. Real keysda korsatgan baribir boshqacha
🔥4👏2🌚1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Cash Flow — bu shunchaki hisobot emas, bu pulni boshqarish quroli.
Bu videoda uni Excel + Power Query yordamida qanday qilib avtomatik tizimga aylantirishni maydalab ko'rib chiqamiz.


00:00 - Kirish
01:00 - Cash Flow nima?
02:56 - Cash Flowdagi 3 ta oqim
05:20 - Ma'lumotlarni tayyorlash
06:20 - Power Queryda ma'lumotlarni tozalash
16:20 - kalit so'zni qidirish qo'shimcha video (https://www.youtube.com/watch?v=NRF06T-fXX4)
18:20 - Statyalarga ajratish uchun qo'shimcha jadval yaratish
22:20 - Power query M-Languageda Statyalarni avtomatik ajratish (judayam maydalab tushuntirilgan)
43:40 - Oqimlarga ajratish
52:15 - Pivot Table yasaymiz
54:20 - hisobot avtomatik ishlaydimi tekshirib ko'ramiz
55:15 - Xulosa



📊 Agar post 100 ta reaksiya olsa, shu modelni Power BI’da vizual dashboard ko'rinishiga keltiramiz

Videoni maksimal foydali bo'lishi uchun tanishlaringizga ulashing va kanalga obuna bo'ling

https://t.me/Smartflow_Analytics
👏63🔥22🏆8💯4⚡3
SmartFlow Analytics
Cash Flow — bu shunchaki hisobot emas, bu pulni boshqarish quroli. Bu videoda uni Excel + Power Query yordamida qanday qilib avtomatik tizimga aylantirishni maydalab ko'rib chiqamiz. 00:00 - Kirish 01:00 - Cash Flow nima? 02:56 - Cash Flowdagi 3 ta oqim…
Reaksiayalarni yarmi bo'libdi. Qani do'stlar yana 50 ta reaksiyadan keyin Cash Flowni Power BI versiyasini kanalga joylaymiz


O'zi video ma'qul bo'ldimi qo'llab ko'rganlar bormi?

Videodagi key kodi. O'zingizni jadvalingizga moslab oling
#"Key" = 
Table.TransformColumnTypes(
Table.AddColumn(
#"Removed Columns2",
"Статья",
each
let
Keymatch =
List.First(
List.Select(
Table.ToRecords(Key),
(r) =>
let
searchtext =
try Record.Field(_, r[Ustun]) otherwise null
in
searchtext <> null
and Text.Contains(
Text.Lower(searchtext),
Text.Lower(r[Kalit_soz])
)
),
null
)
in
if Keymatch = null then null else Keymatch[Statya]
), {"Статья", type text}
),
3🔥25👏7⚡6🏆2💯1
👏7🥴1
Forwarded from Power Query (UZB)🇺🇿 (Шохбозбек Абдуфаттоев)
80 та жуда керакли, ва куп учрайдигон, Ютуб да топиш кийин булган видеоларимиз.

Купчилик айтгандек Олтинга тенг маълумотлар булибди.

Буларни куриб чикишга улгурдизми?
1
1) #LifeHack_УзунФормуланиБулибЧикамиз
2) #LifeHack_Активация_Офис_Виндовс
3) #LifeHack_ChatGPT_ексельгаVBAкоди
4) #LifeHack_СчФ_Номер_Дата_ПСТР_ПОИСК_ПРАВСИМВ
5) #LifeHack_СаналарниТугирлаш_ТекстПоСтолбцам
6) #LifeHack_ТРАНСП_ПСТР_ПОВТОР_РАЗНДАТ_ЕСЛИ_ГОД_ДАТА_МЕСЯЦ_ДЕНЬ_СТРОКА
7) #LifeHack_Распределение_числа_по_ячейкам
8) #LifeHack_Объединенный_катакларга_тартиб_ракам_куйиш
9) #LifeHack_Условное_Форматирование_БирКатакМаълумотигаКараб_БошкаКатакниБуяш
10) #LifeHack_Оддий_таксимлаш
11) #LifeHack_ФИО_ажратиш
12) #LifeHack_Суммесли_Суммеслимн_кискача
13) #LifeHack_Power_Query_да_таблицаларни_жамлаш
14) #LifeHack_Условное_Форматирование_МаълумотБорКатакниБуяш
15) #LifeHack_Примечание
16) #LifeHack_PowerQuery_ПДФ
17) #LifeHack_PowerQuery_да_таблицани_трансп_килиш
18) #LifeHack_Текстовой_санани_тугирлаш
19) #LifeHack_Бутун_ва_Колдик_ЦЕЛОЕ_ОСТАТ
20) #LifeHack_Саналар_чикариш_Саналар_билан_ишлаш
21) #LifeHack_Диапазондаги_Массивдаги_значенияларни_столбецИЛИстрока_килиш
22) #LifeHack_Формулани_ичидагиларни_санаймиз
23) #LifeHack_Текстни_ичидан_ракамларни_чикариш
24) #lifehack_банк_Выпискани_тўғрилаш
25) #LifeHack_Qatorlarni_qotirib_qoyish
26) #LifeHack_Условное_форматирование_Qatorlarni_rangga_ajratish
27) #LifeHack_ikki_yacheykadan_bittasiga_malumot_yozish
28) #LifeHack_nollarni_yuqotish
29) #LifeHack_ВПР_ВЫБОР
30) #LifeHack_Узгарувчан_Тартиб_ракам_Агрегат_ПромежуточныйИтог
31) #LifeHack_PowerQuery_ТаблицаларниКушиш
32) #LifeHack_Проверка_Данных_оркали_Запрет
33) #LifeHack_Суммесли
34) #LifeHack_ПСТР_ПОИСК_ОраликдагиМаълумотниОламиз
35) #LifeHack_Excelда_макрос_ёкиш
36) #LifeHack_СУММПРОИЗВ
37) #LifeHack_Ячейкага_Защита_Куйиш
38) #lifehack_суммеслимн
39) #LifeHack_СЧЁТЕСЛИМН
40) #LifeHack_Курс_валют
41) #Lifehack_Агрегат_Тартиб_ракам
42) #LifeHack_Ексельда_ЛистРакаминиКуйиш
43) #LifeHack_БанкВыпискасидагиСуммаларни_Тугирлаш
44) #LifeHack_МатнИчиданФакат_Катта_ёки_Кичик_ХарфларниОлибЯикиш
45) #lifehack_"Формат ячеек"_buyrug'ini_kiritish
46) #lifehack_Sanalarni_Filtrlash
47) #LifeHack_Excelda_yacheyka_rangini_o’zgartirish
48) #lifehack_Ustunlar_Sortirovkasi
49) #LifeHack_СтильСсылок_R1C1
50) #LifeHack_Ustunlar_Raqamdan_Xarfga
51) #lifehack_Oylik_Daromadni_Hisoblash
52) #lifehack_uzun_matnni_ikkinchi_qatorga_o’tkazish
53) #LifeHack_Индекс_Поискпоз
54) #lifehack_jadval_yasash
55) #LifeHack_Двумерный_Массивдан_МаълумотТопиш
56) #lifehack_muhim_komandalar
57) #LifeHack_УстунЁкиКатор_ларни_жойини_узгартириш
58) #lifehack_sahifaga_fon_berish
59) #lifehack_yacheykalarni_birlashtirish
60) #lifehack_markazlashtirish_komandasi
61) #lifehack_formula_terishni_o’rgan
62) #LifeHack_Power_Query_СВОД
63) #LifeHack_Автосохранение
64) #LifeHack_Группировка
65) #LifeHack_Телефон_ракамни_формати_Узун_ракамлар
66) #LifeHack_БанкВыпискани_йенгил_Разбор
67) #LifeHack_План_Факт_Учун_Шаблон
68) #LifeHack_Ексельда_ГалочкаВАКрестик_символлар
69) #LifeHack_Ексельдаги_стрелкалар_ишламаяпти
70) #LifeHack_Excel_2024_ni_o`rnatib_olishingiz_uchun_video_qo`llanma
71) #LifeHack_Ходимни_Жами_Ишлаган_Иш_Вактини_Хисоблемиз_1
71) #LifeHack_Ходимни_Жами_Ишлаган_Иш_Вактини_Хисоблемиз_2
71) #LifeHack_Ходимни_Жами_Ишлаган_Иш_Вактини_Хисоблемиз_3
71) #LifeHack_Ходимни_Жами_Ишлаган_Иш_Вактини_Хисоблемиз_4
72) #LifeHack_Условное_форматирование_жадвал_чизиш
73) #LifeHack_Катта_жадвалда_буш_каторларни_аниклаб_уларни_биттада_учирамиз
74) #LifeHack_Печат_килишни_урганамиз
75) #Life_hack_Руйхатга_БирХил_МаълумотКаторларни_ХарБир_Руйхат_Каторига_Куйиб_чикиш.
76) #Life_hack_Alt_Enter_ТекстПоСтолбцам_оркали_ажратиш
77) #Life_Hack_Windows_Office_активация
78) #Life_Hack_СонларБиланИшлаш_ФорматЯчеек
79) #Life_Hack_Power_Pivot_дан_чиккан_сводная_таблицани_детализациясини_катор_сонини_курсатиш
80) Анализ чата Ексель Мастерс, для информации (с помощью AI)
1🔥6⚡3🗿1🆒1
Moliyachi kim?
Qisqacha qilib rahbarimni gapi bilan tushuntirib beraman 😊

Moliyachi — bu shunchaki raqam yozadigan odam emas.
Moliyachi — bu doktor.

Bemor doktor oldiga kelganda, doktor darrov dori yozmaydi.
Avval kasallik tarixini ko‘radi:
— oldin nima bo‘lgan
— qanday tashxis qo‘yilgan
— qanday davolangan
— natija qanday bo‘lgan

Shundan keyin u aniq xulosa qiladi:
— muammo nimada
— qanday davolash kerak

Agar bemor birinchi marta kelgan bo‘lsa-chi?
Unda doktor sinalgan usullar bilan davolaydi va kuzatadi.
Vaqt o‘tib, u aniq tashxis qo‘yadi.

Moliyada ham xuddi shunday.

Bizning hisobotlarimiz — bu kasallik tarixi:
— P&L
— Balans
— Cash flow
— Analitik kesimlar

Agar biz shu ma’lumotlarni chuqur o‘qiy olsak:
— kompaniyada nima bo‘layotganini aniq tushunamiz

Agar tarix bo‘lmasa:
— kichik test qilamiz
— natijani o‘lchaymiz
— xulosa chiqaramiz

Eng kuchli moliyachi kim?

U shunday odamki:
— xarajat qilinishidan oldin natijani ayta oladi
— qaror qabul qilinishidan oldin oqibatni ko‘ra oladi

Ya’ni:
“Shuni qilsak — mana bunday natija chiqadi” deb aniq gapira oladi.

Agar analiz noto‘g‘ri bo‘lsa — tashxis noto‘g‘ri bo‘ladi.
Tashxis noto‘g‘ri bo‘lsa — qaror noto‘g‘ri bo‘ladi.
Qaror noto‘g‘ri bo‘lsa — biznes zarar ko‘radi.

Shuning uchun:

Moliyachi bo‘lish — bu Excel to‘ldirish emas.
Moliyachi bo‘lish — bu tashxis qo‘yish san’ati.

Va eng yuqori daraja:
— natijani oldindan ko‘ra olish.

Ana shunda sen oddiy moliyachi emas,
biznesni boshqaradigan inson bo‘lasan.
1🔥7⚡3👏3🆒1
Yana bir muhim kuzatuvni aytib o‘tmoqchiman.

Yaqinda xabaringiz bor, excel yaxshi tushunadigan moliyachi qidirdik. Juda qiziq holatga duch keldik.

Ko‘pchilik shunday deydi:
— P&L qilib beraman
— Balans tuzaman
— Cash Flow yig‘aman

Lekin savol boshqacha bo‘lishi kerak edi:
— “Bu hisobotlar qanday paydo bo‘ladi o‘zi?”

Ko‘p hollarda odamlar tayyor ma’lumotni yig‘ishni biladi.
Lekin:
— ma’lumot qayerdan keladi
— qanday tizimda yig‘iladi
— qanday struktura bo‘lishi kerak
— qaysi jarayonda xato chiqishi mumkin

bular haqida o‘ylamaydi.

Bu xuddi shunday holatga o‘xshaydi:

Doktor kelib:
“Men analiz natijasiga qarab dori yozaman” deydi.

Lekin:
— analiz qayerda olingan?
— u to‘g‘rimi?
— apparat ishlayaptimi?
— natija ishonchlimi?

buni tekshirmaydi.

Agar analiz noto‘g‘ri bo‘lsa-chi?
Unda eng zo‘r doktor ham noto‘g‘ri tashxis qo‘yadi.

Moliyada ham aynan shu:

Agar data noto‘g‘ri bo‘lsa:
— eng zo‘r P&L ham noto‘g‘ri bo‘ladi
— eng chiroyli dashboard ham foydasiz bo‘ladi

Shuning uchun haqiqiy moliyachi:

❌ Faqat hisobot yig‘maydi
✅ Hisobot qanday tug‘ilishini tushunadi

U quyidagilarni biladi:
— operatsiyadan data qanday chiqadi
— kim qayerda nima kiritadi
— qayerda xatolik bo‘lishi mumkin
— qanday qilib tizimni to‘g‘ri qurish kerak

Chunki:

Agar ichkarida tartib bo‘lmasa, tashqarida hech qachon aniqlik bo‘lmaydi.

Shuning uchun:

Moliyachi bo‘lish — bu faqat natijani ko‘rish emas.
Moliyachi bo‘lish — bu jarayonni boshqarish.

Eng kuchli moliyachi kim?

— U hisobotni emas, tizimni quradi
— U raqamni emas, manbani tushunadi

Ana shunda u shunchaki “hisobotchi” emas,
biznesning asosi bo‘ladi.
1⚡5🔥3👏2🆒1