SmartFlow Analytics
688 subscribers
27 photos
20 videos
11 files
48 links
Bizning kanalda siz:

Power BI va Excel yordamida hisobotlarni avtomatlashtirish

Moliyaviy tahlil – balans, foyda va zarar, Cash flow va shu kabi moliyaviy analizlar bilan ishlashni oʻrganasiz
Download Telegram
Dashboard yaratish jarayoni — men qanday boshlayman?

Umuman olganda, bitta to‘liq dashboard tayyorlashga o‘rtacha 1 hafta — 10 kun vaqt ketadi.
Boshida avvalo tizimni to‘liq o‘rganaman:

- ilgari qanday hisob-kitob tizimi ishlatilgan,

- mijoz yoki rahbarga qaysi ko‘rsatkichlar doimiy kerak,

- ma’lumotlar qayerdan olinadi va qanday formatda.

Shundan keyin ko‘z oldimda to‘liq kartina paydo bo‘lishi uchun taxminiy dizayn chizib chiqaman.

Bugungi postda sizga aynan shu taxminiy kartinani yaratishda va dizayn yaratishda eng ko‘p foydalanadigan 3 ta dasturimni ulashaman 👇

1️⃣PowerPoint – Dashboard elementlari joylashuvini, rang uyg‘unligini va bloklar tartibini sinab ko‘rish uchun juda qulay

2️⃣Figma – Agar dizaynni professional darajada yaratmoqchi bo‘lsam, albatta Figmadan foydalanaman. Bu yerda tayyor shablonlar, figma foydalanuvchilari ishlatgan ikonkalar, xullas hamma narsani topish mumkin

3️⃣ Mockup.ai – Kartinani “real” holatda ko‘rish uchun eng zo'r vosita. Dashboardni monitor, noutbuk yoki telefon maketida joylashtirib, natijani xuddi tayyor mahsulotdek tasavvur qilishga yordam beradi.

Albatta bu vositalarni sinab ko'ring. Ayniqsa 3-sini

🔔 Kanalga obuna bo‘ling. Bu men uchun katta motivatsiya!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6🔥5🆒2
SmartFlow Analytics
https://youtu.be/I47YyE5SSKs?si=yLummPG53gwWmb_2
Bugun shu podkastni ikki marta koʻrib chiqdim. Oʻzim uchun yetarlicha xulosalar chiqardim. Sizga ham maslahat beraman
🆒4⚡2🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Excel endi bunday ishlar uchun eskirdi. Uning oʻrniga Power BIdan foydalaning

Xodimlar ma’lumotlari visual korinishda

HR managerlar, oʻquv markazlarda oʻquvchilarni malumotini yigʻadiganlar yoki shunga oʻxshash ma’lumot yigʻuvchilar uchun yangi bosqich.

Video yoqqan boʻlsa tanishlaringizga ulashing. Qoʻllab quvvatlang(reaksiya, komment, doʻstlar taklif qilish). Kanaldan foyda olayotganingizni bilib turay 🙃

Kanalga obuna boʻling!
🔥12👏4💯2🏆2
Assalomu alaykum hammaga!
Bugun sizlar bilan Power BI ni qanday ketma-ketlikda o‘rganish kerakligi haqida gaplashamiz.

1. Ma’lumotni tozalash va tayyorlash (Data Preparation)
Power BI — bu ma’lumotni vizual ko‘rsatadigan vosita. Lekin, agar ma’lumot toza bo‘lmasa, eng chiroyli dashboard ham foyda bermaydi.
Shuning uchun birinchi bosqichda ma’lumotni tozalashni o‘rganish kerak.
Bu ishni Power Query yordamida qilishingiz mumkin — u sizga transformatsiya, filtrlash, qo‘shish, ajratish va ma’lumotni kerakli shaklga keltirish imkonini beradi.
Xohlovchilarga esa Python yoki SQL orqali ma’lumot tayyorlashni ham tavsiya qilaman, chunki bu sizga yanada moslashuvchanlik beradi.

2. Bog‘lanishlar (Data Modeling)
Power BI da ishlaganda siz deyarli hech qachon bitta jadval bilan ishlamaysiz.
Shu sababli, jadval o‘rtasida to‘g‘ri bog‘lanishlar (relationships) yaratishni bilish juda muhim.
Qaysi ustunlar orqali bog‘lanish kerak, one-to-many yoki many-to-many munosabatlar qachon ishlatiladi — bularni chuqur tushunish kerak.
Noto‘g‘ri bog‘lanish natijasida sizning hisob-kitoblaringiz chalkash chiqadi. Shuning uchun data model — bu dashboardning yuragi.

3. DAX (Data Analysis Expressions)
Dashboardingizning “miyasi” bu — DAX.
DAX yordamida siz hisob-kitoblar, o‘sish sur’atlari, taqqoslashlar, o‘rtacha qiymatlar va boshqa analitik formulalarni yozasiz.
Faqatgina formulani yodlab olish emas, balki uning mantiqini tushunish, qachon va nima uchun ishlatish kerakligini bilish muhim.
Yodingizda bo‘lsin: chiroyli dashboard emas, to‘g‘ri raqam muhim.

4. Vizualizatsiya (Visualization)
Endi navbat ma’lumotni foydalanuvchi uchun tushunarli ko‘rinishga keltirishda.
Bu bosqichda siz Power BI’dagi visual elementlar — kartalar, grafiklar, slicerlar, matritsalar bilan ishlashni o‘rganasiz.
Qaysi visual qaysi turdagi ma’lumotga mos tushishini bilish — bu analitik fikrlash belgisidir.

5. Dizayn va foydalanuvchi tajribasi (Design & UX)
Bu yerda siz rang uyg‘unligi, joylashuv, navigatsiya va minimalizmga e’tibor berasiz.
Yaxshi dizayn dashboardni nafaqat chiroyli, balki tushunarli va professional qiladi.

6. Ma’lumotlarni optimallashtirish va ishlash tezligini oshirish (Performance Optimization)
Power BI kichik datasetlarda juda tez ishlaydi, lekin katta hajmli ma’lumotlarda (masalan, millionlab satrlar) sekinlashadi.
Shuning uchun quyidagi jihatlar muhim:
-Jadval hajmini kamaytirish (keraksiz ustun va satrlarni olib tashlash)
-Star schema modelini to‘g‘ri qurish
-Summarize jadval va agregatsiyalardan foydalanish
-Qachon Import, qachon DirectQuery ishlatish kerakligini bilish
Bu bosqichni o‘rganish sizni nafaqat chiroyli, balki professional va tez ishlaydigan dashboardlar yaratadigan mutaxassisga aylantiradi.
1🔥8👏4💯2
#Arxiv_2024 #MAAB_INNOVATION

Data analitika o'rganmoqchi bo'lganlar uchun eng zo'r muhit.

1-rasm. Akademiya o'quvchilar o'rtasida o'tkazilgan SQL bo'yicha musobaqada 1-o'rin sohibi 😎 va Akademiya rahbari

Yakuniy imtixondan 96% lik natija...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏12🔥5⚡2
Next target 2026 PL300 - Xalqaro darajadagi Power BI eksperti

o'rganish jarayonidagi yangiliklar bilan ulashib turaman 😊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏12⚡3🔥3💯1🆒1
Bizda yil kollabi 🔥

Excel, VBA va Google sheets'ni professional darajada o'rganmoqchimisiz!

Quyida Sizga sifatli xizmat ko'rsata oladigan kanallarni ulashdik. Agar qaysidir yonalish boyicha hali ham kanalga qoshilmagan bolsangiz hoziroq ulanib oling:

- Excel (noldan PowerQuery Makrosgacha) boyicha - @excelmastersuz (Shahzod Sayfulla)

Excel (Power Query) bo'yicha -
@PowerQuery_UZ (@Shax4ik)

- Excel va makros boyicha -
@excel4every1 (Muhamadjon Haydarov)

- Google sheets bòyicha -
@google_sheets_demo (Andarov)

Google Sheets (Finansoviy modelirovaniya 8 yillik tajribani ulashadi) bo'yicha -
@googlesheets_automateuz (@Oydinov_Azim) Yangi kanal ochdi qo'llab quvvatlaymiz

Power BI bo'yicha -
@StartDataUz (Abdumalik)

Power BI bo'yicha -
@Smartflow_Analytics (@Furqatbek_Alisherovich)

Hech kimni esdan chiqarmadimmi?
🔥2⚡1👏1
Ayni damda qaysi bosqichdasiz va koproq qaysi mavzuda video bo'lishini xoxlar edingiz?
Anonymous Poll
33%
Power BI
28%
Oldin Power Queryni yaxshi o'rganib olishim kerak
22%
SQL
17%
Python
Assalomu alaykum hammaga!

Juda kop tannaffuz qilib yubordim buning uchun uzr so'rayman. Bilasizlar moliya sohasida ishlaydiganlarni noyabrdan boshlab ish hajmi keskin ko'tariladi. yangi yil yil uchun budjet tuzish, joriy yilni hisobotlarini tayyorlash va hokazo. Tez orada yana videolarimizni boshlaymiz. Bu yerdagi auditoriyani og'riqli nuqtasini so'rovnomada aniqlab oldik, asosiy fokusni power query va power bi ga qaratamiz
🔥9👏2
Assalomu alaykum
Bir koʻngilli inson kerak. Ya’ni bir yillik bank oboroti kerak. Va u oborotdan tayyor Cash flow hisobotini shakllantirishni va avtomatik keyinchalik yangilanishlarni video orqali korib chiqamiz. Ikki tomonlama yutasiz ham korxonangizni bir yillik cash flow hisobotini koʻra olasiz ham qanday tayyorlashni oʻrganib olasiz

Xoxlovchilar @Furqatbek_Alisherovich ga vipskasini tashlasin.

Mutlaqo tekin. Faqat sharti video qilinadi. Real keysda korsatgan baribir boshqacha
🔥4👏2🌚1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Cash Flow — bu shunchaki hisobot emas, bu pulni boshqarish quroli.
Bu videoda uni Excel + Power Query yordamida qanday qilib avtomatik tizimga aylantirishni maydalab ko'rib chiqamiz.


00:00 - Kirish
01:00 - Cash Flow nima?
02:56 - Cash Flowdagi 3 ta oqim
05:20 - Ma'lumotlarni tayyorlash
06:20 - Power Queryda ma'lumotlarni tozalash
16:20 - kalit so'zni qidirish qo'shimcha video (https://www.youtube.com/watch?v=NRF06T-fXX4)
18:20 - Statyalarga ajratish uchun qo'shimcha jadval yaratish
22:20 - Power query M-Languageda Statyalarni avtomatik ajratish (judayam maydalab tushuntirilgan)
43:40 - Oqimlarga ajratish
52:15 - Pivot Table yasaymiz
54:20 - hisobot avtomatik ishlaydimi tekshirib ko'ramiz
55:15 - Xulosa



📊 Agar post 100 ta reaksiya olsa, shu modelni Power BI’da vizual dashboard ko'rinishiga keltiramiz

Videoni maksimal foydali bo'lishi uchun tanishlaringizga ulashing va kanalga obuna bo'ling

https://t.me/Smartflow_Analytics
👏63🔥22🏆8💯4⚡3
SmartFlow Analytics
Cash Flow — bu shunchaki hisobot emas, bu pulni boshqarish quroli. Bu videoda uni Excel + Power Query yordamida qanday qilib avtomatik tizimga aylantirishni maydalab ko'rib chiqamiz. 00:00 - Kirish 01:00 - Cash Flow nima? 02:56 - Cash Flowdagi 3 ta oqim…
Reaksiayalarni yarmi bo'libdi. Qani do'stlar yana 50 ta reaksiyadan keyin Cash Flowni Power BI versiyasini kanalga joylaymiz


O'zi video ma'qul bo'ldimi qo'llab ko'rganlar bormi?

Videodagi key kodi. O'zingizni jadvalingizga moslab oling
#"Key" = 
Table.TransformColumnTypes(
Table.AddColumn(
#"Removed Columns2",
"Статья",
each
let
Keymatch =
List.First(
List.Select(
Table.ToRecords(Key),
(r) =>
let
searchtext =
try Record.Field(_, r[Ustun]) otherwise null
in
searchtext <> null
and Text.Contains(
Text.Lower(searchtext),
Text.Lower(r[Kalit_soz])
)
),
null
)
in
if Keymatch = null then null else Keymatch[Statya]
), {"Статья", type text}
),
3🔥25👏7⚡6🏆2💯1
👏7🥴1