SmartFlow Analytics
688 subscribers
27 photos
20 videos
11 files
48 links
Bizning kanalda siz:

Power BI va Excel yordamida hisobotlarni avtomatlashtirish

Moliyaviy tahlil – balans, foyda va zarar, Cash flow va shu kabi moliyaviy analizlar bilan ishlashni oʻrganasiz
Download Telegram
Brutto va netto — balansdagi eng ko’p ko’riladigan, lekin eng kam tushuniladigan ikki so’z

MSFO boʻyicha yigʻilgan har bir balans hisobotini ochsangiz, aktivlar yonida ikki xil raqamga duch kelasiz. Keling, oddiy misolda ko’raylik:

Debitorka (brutto) — 500 000
Debitorka (netto) — 405 000

Bu nimani anglatadi?

- Brutto — bu qog’ozdagi to’liq summa. Mijozlaringiz sizga rasman qancha qarzdor bo’lsa, o’sha. Ya’ni “menga 500 000 qarz”.

- Netto — bu realistik summa. Ya’ni “shu 500 000 dan men aslida qanchasini olaman deb kutyapman” → 405 000.

- Farq (95 000) — bu zaxira. Firma o’zi baholab: “shu qismi qaytmasligi mumkin” deb ajratib qo’ygan.

Bir jumla bilan:
- Brutto — “menga qancha qarzdor”
- Netto — “men aslida qanchasini olaman deb o’ylayman”

Va mana eng qiziq joyi: netto — bu fakt emas, baho. U firma menejmentining taxminidan chiqadi. Ikki kompaniyaning brutto’si bir xil bo’lsa ham, biri konservativ, biri optimist baho bergani uchun netto’lari har xil bo’lishi mumkin. Shuning uchun netto’ga ko’r-ko’rona ishonib bo’lmaydi — uning ortida qanday taxminlar turganini so’rash kerak.

Va bu faqat debitorkada emas. Xuddi shu mantiq balansning deyarli hamma joyida:
— Asosiy vositalar: brutto − amortizatsiya = netto
— Zaxiralar: brutto − qadrsizlanish = netto
— Hatto ish haqi: hisoblangan − soliqlar = qo’lga tegadigan (net)

Ya’ni brutto/netto — bu buxgalteriya atamasi emas, bu tafakkur usuli: “nominal qiymat” va “tozalangan, real qiymat” o’rtasidagi farq.
👏1
SmartFlow Analytics
Brutto va netto — balansdagi eng ko’p ko’riladigan, lekin eng kam tushuniladigan ikki so’z MSFO boʻyicha yigʻilgan har bir balans hisobotini ochsangiz, aktivlar yonida ikki xil raqamga duch kelasiz. Keling, oddiy misolda ko’raylik: Debitorka (brutto) — 500…
Hali ham unchalik tushunmadingizmi? keling bir misol bilan tushuntiraman

Siz klientga 100 mln so'mlik mol sotdingiz. Shartnoma bo'yicha to'lov 1 oydan keyin bo'lishi kerak edi. Lekin klient to'lamadi. Oradan bir yil o'tdi — pul hali ham yo'q. Oxiri bu pulni ololmasligingizga amin bo'ldingiz.
Shu payt nima qilasiz?
Usul 1 — "kutaman, keyin bir yo'la yozaman"
Bir yil kutasiz, keyin 100 mln so'mni bir zarba bilan P&L'ga xarajat qilasiz va qarzni o'chirasiz.
Natija? Hisobotni investorga bersangiz, birinchi savol shu bo'ladi:
"Daromadim stabil bo'lsa ham, nega foydam birdaniga kamayib ketdi? Bu 100 mln nima?"
Chunki siz zararni bir yil davomida yashirib, oxirida bitta bomba qilib tashladingiz.
Usul 2 — bosqichma-bosqich (IFRS 9 mantig'i)
100 mln'ni birdan emas, qarz qancha kechikayotganiga qarab bo'lib-bo'lib xarajatga olasiz. Shunda 100 mln bir yilga silliq sochilib ketadi.
Muhim: bu ikki usul teng emas. IFRS 9 aynan 2-usulni talab qiladi va bir zarba usulini (eski "incurred loss" yondashuvi) taqiqlaydi. Zararni oldindan, bosqichma-bosqich tan olish — bu tanlov emas, standart talabi.
Ikkala holatda ham jami xarajat bir xil — 100 mln. Farq faqat vaqt bo'yicha taqsimotdа.


Endi umumiy mantiq — qanday hisoblanadi

1-qadam. Aging table yuritasiz.
Har bir klient qarzi realizatsiya (yoki to'lov muddati) kunidan qancha kechikkanini kuzatasiz:
Klient A | 100 mln | 1-30 kun
Klient B | 150 mln | 31-60 kun
Klient C | 65 mln | 91-120 kun

2-qadam. Har kategoriya uchun yo'qotish foizini tarixdan chiqarasiz.
Masalan, muddati kelmagan 500 mln'lik qarzni ajratib olib, uni keyingi oylarda qanday harakatlanishini kuzatasiz. Har bosqichda: qancha qismi to'landi, qancha qismi keyingi kategoriyaga o'tdi:
Bosqich          | Summa   | To'landi | O'tdi | O'tish % (roll-rate)
muddati kelmagan | 500 mln | 440 mln | 60 | 12%
1-30 kun | 60 mln | 42 mln | 18 | 30%
31-60 kun | 18 mln | 9 mln | 9 | 50%
61-90 kun | 9 mln | 2.7 mln | 6.3 | 70%
90+ kun | 6.3 mln | 0.63 mln | 5.67 | 90%

"O'tish %" — bu shu bosqichdan keyingisiga o'tish ehtimoli. (Qancha ko'p oyda qayta o'lchasangiz, foiz shuncha aniq bo'ladi — ko'proq tarix, ishonchliroq raqam.)
3-qadam. Endi zanjirni ko'paytirib, "yakuniy yo'qotish %"ni chiqaramiz.
Bu — har bir bosqichdan oxirigacha yetib, butunlay yo'qolish ehtimoli
Bosqich          | Hisob            | Yakuniy yo'qotish %
90+ kun | 90% | 90%
61-90 kun | 70% × 90% | 63%
31-60 kun | 50% × 63% | 31.5%
1-30 kun | 30% × 31.5% | 9.45%
muddati kelmagan | 12% × 9.45% | 1.13%

"o'tish %" va "yakuniy yo'qotish %" — ikki har xil narsa. Birinchisi bir qadamlik, ikkinchisi butun zanjir bo'yicha yig'ilgan.
Bu bir metod. Menejment sifatida siz o'zingiz ham foiz qo'yishingiz mumkin — faqat tarixiy faktga yaqin bo'lsin. Yana bir shart: bu tarixiy foizlarni joriy iqtisodiy vaziyatga qarab biroz tuzatish kerak (sharoit yomonlashsa — oshirasiz). IFRS 9 sof tarixni emas, kelajakka moslashtirilgan bahoni talab qiladi.

4-qadam. Foizlarni aging table'dagi har kategoriyaga qo'llaysiz.
Natijada taxminiy yo'qotilishi mumkin bo'lgan X so'm chiqadi. Shu summani:
P&L'ga xarajat qilasiz
Balansda zaxira to'playsiz (qarz o'chmaydi! U brutto turaveradi, zaxira uni faqat netto qiladi)

5-qadam. Keyingi oyda qayta hisoblaysiz.
Agar yangi X kattaroq chiqsa → P&L'ga faqat farqni (joriy − o'tgan oy) xarajat qilasiz.
Agar kichikroq chiqsa → farq P&L'da xarajatni kamaytiradi
Va faqat qarz to'liq umidsiz bo'lganда (sud tugadi, 100%) — o'shanda qarzni balansdan butunlay o'chirasiz

bu usul ikki narsani o'rgatadi — bir zarbada katta xarajat qilib foydani qulatmaslikni, va kutilayotgan zararga oldindan zaxira to'plab tayyor turishni. Yomon xabar kichik-kichik, o'z vaqtida — bitta katta zarbadan har doim yaxshi.

Endi tushunarli bo'ldimi?
⚡1🔥1💯1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏3
yana bir qiyin topshiriq o'z nihoyasiga yetdi. Mana endi sizlarga kontent qilishga vaqt ajratsam bo'ladi

bunda ham barchasi to'liq avtomotlashdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotni va sotuvlarni 1c bazadan o'zi tortadi va kunlik yangilaydi hamda ko'ruvchiga har kunlik hisobotni dashboard ko'rinishida ko'rsatadi
🔥7
SmartFlow Analytics
yana bir qiyin topshiriq o'z nihoyasiga yetdi. Mana endi sizlarga kontent qilishga vaqt ajratsam bo'ladi bunda ham barchasi to'liq avtomotlashdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotni va sotuvlarni 1c bazadan o'zi tortadi va kunlik yangilaydi hamda ko'ruvchiga har…
Ko'rinishidan juda chigalga o'xshab tuyuladi. Aslida bu ishni 4 ta jadval bilan hal qilish imkoniyati bor edi (Dimdatalarsiz).
Bu narsa 10-15 ming qatorlik ma'lumotda sezilmasligi ham mumkin. Lekin ma'lumotlaringiz ko'paygan sari muammolar birin-ketin chiqib keladi.
Keling, nima uchun hammasini bitta jadvalga yig'ish yomon ekanini ko'rib chiqamiz.
1. Ikkita fakt jadvalni bog'lay olmaysiz
Aytaylik sizda sotuv ham, kirim ham bor. Bularni bitta jadvalga sig'dirib bo'lmaydi — ular butunlay boshqa narsa. Ikkita alohida keng jadval qilsangiz, "shu mijoz bo'yicha ham sotuvni, ham qarzni ko'rsat" degan hisobotni qura olmaysiz. Mijoz nomi ikkala jadvalda alohida-alohida yotibdi, slicer esa faqat bittasini filtrlaydi.
Dimdata qursangiz, u ikkala jadvalni bir vaqtda filtrlaydi. Bitta slicer — ikkala hisobot ham javob beradi.
2. O'zgarish kiritish azobga aylanadi
Mijozning nomi o'zgardi. Yoki mahsulotni boshqa guruhga o'tkazdingiz. Keng jadvalda bu 10 000 ta qatorni yangilash degani. Dimdatada esa bitta qatorni o'zgartirasiz, tamom.
Yangi ustun qo'shish ham shunday. Mahsulotga "yetkazib beruvchi" degan ma'lumot kerak bo'ldi — keng jadvalda butun faktni qaytadan yuklaysiz.
3. Ma'lumot hajmi sezilarli oshadi
Tasavvur qiling: keng jadvalingizda mahsulot nomi, guruhi, o'lchov birligi, mijoz nomi, uning viloyati, menejer ismi — 20 ta shunday ustun bor. Millionlab qatorli jadvalda bu 20 ta ustun ham to'liq uzunlikda yotadi.
Dimdata qilsangiz nima bo'ladi? Fakt jadvalda faqat 2-3 ta ID ustuni qoladi. Qolgan 20 ta ustun esa 5 000 qatorlik kichkina jadvalga ko'chadi. Farq ana shunda.
Yana bir narsa: Power BI ustunlarni siqib saqlaydi va siqilish sifati ustunlar soniga bog'liq. Jadval qancha keng bo'lsa, siqilish shuncha yomonlashadi.
4. Sana bo'yicha tahlil umuman ishlamaydi
aytaylik yanvarda sotuv bo'lmagan. Keng jadvalda yanvar qatori umuman yo'q — grafikda o'sha oy tushib qoladi, nol bo'lib ko'rinmaydi.
Xulosa oddiy: bitta keng jadval boshida qulay tuyuladi, lekin loyiha o'sgan sari har bir yangi talab muammoga aylanadi. Dimdata esa boshida ortiqcha ish kabi ko'rinadi, keyin esa hamma narsani osonlashtiradi.
👏5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1🔥9⚡3🆒3👏2
1C dan Power BI ga — seriyaning 1-videosi chiqdi

Bugungi videoda eng oddiy yo'lni ko'rsataman:
✅ 1C dan savdo hisobotini to'g'ri yuklash
✅ Power Query'da «iflos» faylni tozalash — bir marta sozlaysiz, keyin o'zi takrorlanadi
✅ Star schema model — seriyaning keyingi hamma videolari shunga tayanadi
Va oxirida bitta devorga urilamiz. Aynan shu devor seriyaning qolgan 5 videosini belgilaydi.
▶️ Videoni ko'rish: https://youtu.be/-kxW76W1rsg
Bu 6 videolik «1C → Power BI» seriyasining boshlanishi. Keyingisi: 1C ga Excel'siz, to'g'ridan-to'g'ri ulanish (OData).
Savollaringizni shu yerda yoki video ostida yozing — hammasiga javob beraman.
#1C #PowerBI #PowerQuery
👏10⚡2🔥2
Endi videolarimizni Youtube kanalda olib boramiz. Kanalga obuna bo'lib qo'llab quvvatlab turishni unutmang
🔥10
keyingi videolarda 1C ga Excel'siz, to'g'ridan-to'g'ri ulanamiz: OData va HTTP-servis orqali. Natijada hisobot o'zi yangilanadi.

Lekin bitta shart bor: bu usullar ishlashi uchun 1C bazangiz serverda turishi va veb-serverga publish qilingan bo'lishi kerak. Baza oddiy kompyuterda fayl ko'rinishida tursa, bu usullar ishlamaydi

Keyingi videoni sizga mos qilish uchun bitta savolga javob bering.
1c - Power BI.zip
302.9 KB
o'zingiz ham Star schema yig'ib ko'ring
1-video fayllari
🔥1
https://www.youtube.com/shorts/2yhJ32hf1lY


Power Queryda Sana formatiga o'tkazayotganingizda xatolik chiqyaptimi. Xatolik Lokalizatsiyadan bo'lishi mumkin. Qanday to'g'irlashni bilib oling
⚡1👏1🆒1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡3🔥1