SmartFlow Analytics
688 subscribers
27 photos
20 videos
11 files
48 links
Bizning kanalda siz:

Power BI va Excel yordamida hisobotlarni avtomatlashtirish

Moliyaviy tahlil – balans, foyda va zarar, Cash flow va shu kabi moliyaviy analizlar bilan ishlashni oʻrganasiz
Download Telegram
Cash Flow Direct method vs Indirect method

Cash flow da ikki xil usul bor — Direct va Indirect. Ko'pchilik faqat nomini biladi, lekin farqini tushuntira olmaydi. Keling, oddiy misollar bilan tushutirib beray

Avval savol: Cash flow statement nima uchun kerak?
Kompaniya foyda ko'rsa ham bankrot bo'lishi mumkin. Sababi — foyda va naqd pul bir narsa emas. Cash flow statement aynan shu muammoni ochib beradi: kompaniyada haqiqatda qancha pul bor va u qayerdan kelib, qayerga ketmoqda.

Indirect Method — eng ko'p ishlatiladigan usul
Bu usulda siz P&L hisobotidagi sof foydadan (net income) boshlaysiz, keyin unga tuzatishlar kiritasiz.
Nima uchun tuzatish kerak? Chunki foyda akkrual asosda hisoblanadi. Ya'ni, siz tovar sotdingiz, lekin pul hali kelmagan bo'lishi mumkin — ammo hisobotda foyda bor. Yoki amortizatsiya hisoblab qo'yilgan — bu xarajat, lekin haqiqiy pul chiqmagan.
Shuning uchun indirect methodda:
- Amortizatsiyani qayta qo'shib olasiz (pul chiqmagan xarajat)
- Debitorlik o'sgan bo'lsa, ayirasiz (pul hali kelmagan)
- Kreditorlik o'sgan bo'lsa, qo'shasiz (pul hali chiqmagan)
- Va hokazo...
Natijada foydadan kelib chiqib, operatsion naqd pulga yetib borasiz.

Nima uchun 90% kompaniya shu usulni ishlatadi? Chunki barcha ma'lumot allaqachon tayyor — faqat P&L va balansni olib, ustida ishlov berasiz. Har bir tranzaksiyani birma bir qarab chiqishni hojati yoq.
- Indirect methodni tayyorlash oson.
- Auditorlar va investorlar Net Income bilan Cash Flow o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rishni xohlaydi



Direct Method — nazariy jihatdan to'liqroq usul (Biz Ko'rib chiqqan usul. Har bir tranzaksiyaga statya berish)
Bu usulda siz foydadan boshlamaysiz. To'g'ridan-to'g'ri kassaga qaraysiz:
- Mijozlardan qancha pul keldi?
- Yetkazib beruvchilarga qancha to'landi?
- Xodimlarga maosh sifatida qancha chiqdi?
- Soliqqa qancha to'landi?
Har bir qator — haqiqiy naqd harakat. Hech qanday tuzatish yo'q.
Bu usulning kuchi shundaki, siz kompaniyaning naqd pul manbalarini va yo'nalishlarini aniq ko'rasiz. Masalan, mijozlardan tushayotgan pul kamayib borayotgan bo'lsa — bu signal. Indirect methodda bu signal P&L va balans o'rtasidagi farq sifatida yashirinib qolishi mumkin.


Unda nega hamma direct ishlatmaydi? Sababi amalda juda og'ir. Yirik kompaniyada minglab tranzaksiya bo'ladi. Ularni naqd/akkrual asosda qayta tasniflash uchun alohida tizim va katta mehnat kerak

Asosiy farq bir gapda
Indirect method sizga "foydadan naqd pulga qanday yetib keldik" deb tushuntiradi. Direct method esa "pul qayerdan keldi va qayerga ketdi" deb ko'rsatadi.
Birinchisi tahlilchilar va investorlar uchun qulay. Ikkinchisi kassa boshqaruvi bilan shug'ullanuvchilar uchun aniqroq.


Amalda qaysi birini tanlash kerak?
Agar tranzaksiyalar soni kam bo'lsa va pul oqimlarini kategoriyalash tizimi mavjud bo'lsa, Direct Method juda qulay ishlaydi
IFRS va GAAP ikkalasiga ham ruxsat beradi. Ammo indirect method hukmronlik qiladi. 90% kompaniyalar aynan Indirect methoddan foydalanadi.
Indirect va Direct Method faqat Operatsion qismida farq qiladi.
Investing va Financing qismi ikkalasida ham deyarli bir xil bo'ladi


Indirect methodni ham ko'rib chiqamizmi nima deysizlar?
1🔥44
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1👏6
Darslarimiz ham yakunlanib qoldi
IMG-28.jpg
3.5 MB
🎓 Yangi bilim. Yangi bosqich.

Bugun 14+ yillik xalqaro tajribaga ega Moliyachi bilan birga olingan bu rasm — oddiy rasm emas. Bu — yangi bilimlar, yangi nuqtai nazar va moliyaviy savodxonlik sari qo'yilgan muhim qadamlardan yana biri bo'ldi
1👏11
Assalomu alaykum. Kopchilik qayerda o'qidiz, yana qachon bo'ladi deb so'rashdi shu uchun Moliya sohasida bilimini oshirmoqchi bo'lganlar uchun kanalga ham ulashib qo'yyapman
1👏3
Kursga yozilish uchun: @umidjon_zokirov
tel nomer: +998 95 662 10 23

Meni nomimdan chiqselar yaxshigina chegirma qilib berishadi: @Furqatbek_Alisherovich
1👏2💯1🆒1
Click 2025-yil uchun auditdan o'tgan hisobotlarini taqdim qildi
1👏1
keling endi qisqacha analiz qilib ko'ramiz.

🏦 1. BALANS TAHLILI


Jami aktivlar: 636,9 mlrd (+46,9% o'sish)
Shundan:
• Aylanma aktivlar: 475,3 mlrd (74,6% ulush)
• Aylanma bo'lmagan aktivlar: 161,7 mlrd (25,4% ulush)

Aylanma aktivlardagi eng katta o'sish — naqd pul va ekvivalentlar: 372,2 mlrd (2024: 256,5 mlrd, +45%). Bu kompaniyaning kuchli pul to'plash qobiliyatidan dalolat beradi.

Nomoddiy aktivlar: 124,9 mlrd (2024: 60,9 mlrd, +2x) — texnologik platforma va litsenziyalarga sarmoya ortib bormoqda.

Собственный капитал: 361,3 mlrd (+321%)
2024 yilda atigi 85,7 mlrd bo'lgan собственный kapital 2025 yilda 4,2x oshgan. Bunga asosiy sabab — taqsimlanmagan foyda: 340,4 mlrd (2024: 74,9 mlrd).

Majburiyatlar tuzilmasi:
• Uzoq muddatli: 11,7 mlrd (2024: 9,1 mlrd) — past, xavfli emas
• Qisqa muddatli: 264,0 mlrd (2024: 338,7 mlrd, −22%)


Joriy likvidlilik: 475,3 / 264,0 = 1,80x (norm >1)
D/E nisbati: 0,76 — moliyaviy yuklanma past

📈 2. P&L TAHLILI


Daromad: 702,6 mlrd (+36,1%)
Operatsion foyda: 368,0 mlrd (+28,1%)
Operatsion marja: 52,4%

Asosiy xarajat moddalari:
• Xodimlar: 134,4 mlrd (+51,7%)
• Reklama: 58,1 mlrd (−2,8%)
• Tranzaksion xarajatlar: 74,0 mlrd (+129,7%)
• Amortizatsiya: 23,9 mlrd (+62,5%)
• IT park rezidenti to'lovi: 15,0 mlrd (+131%)

Xodimlar va tranzaksion xarajatlarning daromad o'sishidan tezroq o'sishini kuzatib borish kerak.

Soliqqa qadar foyda: 383,1 mlrd (+29,5%)
Foyda soliq: 7,4 mlrd — juda kam (Menimcha IT park rezidenti bolishsa kerak)
Sof foyda: 375,8 mlrd (+27,3%)
Sof foyda marjasi: 53,5%



💵 3. CASH FLOW TAHLILI

E'tibor bering cash flow Indirect methodda yig'ilgan

Operatsion faoliyat: +424,5 mlrd
Sof foydadan (375,8 mlrd) ham yuqori — bu sifatli daromadning belgisi. Amortizatsiya va ishchi kapital o'zgarishlari pul oqimini mustahkamlagan.

Investitsion faoliyat: −79,2 mlrd
• Asosiy vositalar: −17,4 mlrd
• Nomoddiy aktivlar: −71,6 mlrd (platforma uchun katta sarmoya bo'lmoqda)
• Kreditlar berilishi: −5,4 mlrd

Moliyaviy faoliyat: −229,3 mlrd
• Aktsiyador kapitali to'lovi: +10,0 mlrd
• Dividendlar to'lovi: −230,6 mlrd

Yil boshidagi naqd pul: 256,5 mlrd
Yil oxiridagi naqd pul: 372,2 mlrd (+45%)

Erkin pul oqimi (FCF): 424,5 − 79,2 = ~345,3 mlrd


🏆 4. XULOSA

- 52% operatsion marja — Shunchaki daxshat
- Собственный kapital 4x o'sdi — kompaniya ichki resurslar hisobiga o'smoqda
- 372 mlrd naqd pul zahirasi — yuqori moliyaviy barqarorlik
- FCF ~345 mlrd — biznes haqiqatan ham pul ishlamoqda
- IT soliq imtiyozi — soliq xarajatlaridan anchagina chegirgan

⚠️ Kuzatib borish kerak:
• Xodimlar xarajati daromaddan tez o'smoqda
• Debitorlik qarzdorligi +18,8% — nazorat zarur


#Click #Fintech
1🔥6
CCC(Naqd pul aylanish davri) ni ham bir hisoblab ko'ring manfiy chiqadi. Bu degani Click pul olishdan oldin xarajat qilmaydi, avval mijozlardan to'lov oladi
1🔥2👏1
AI ishimni qanday yengillashtirdi — kech bo'lsa ham boshladim

Hammasi ishimdagi bitta judayam ko'p vaqt oladigan og'riqdan boshlandi. Shu jarayonni avtomatlashtirmoqchi bo'ldim.
Boshida Power Query bilan harakat qildim. Lekin amallar shunchalik ko'pligidan 1 000 qatorlik ma'lumotda ham dastur qotib ishladi. "buni avtomatlashtiryapman" deyish kulgili tuyulardi.

Keyin AI'ga o'tdim. Lekin men AI'ni faqat chat shaklida ishlatib yurardim. Ma'lumot ko'p bo'lgani uchun, men oldin tushuntirgan narsalarimni keyingi xabarda unutib qo'yardi. Bir joyini to'g'rilasa — boshqa joyi ishlamay qolardi. Aylanib-aylanib boshlang'ich nuqtaga qaytaverardim.

3 oy oldin YouTube'da bitta videoga ko'zim tushgandi: Claude Code dan qanday foydalanish, .md fayllar orqali Claude'ga qanday buyruq berish, skillar bilan ishlash — xullas hammasi maydalab tushuntirilgan edi. "Qachondir ko'raman" deb saqlab qo'ygandim.
O'sha videoning atigi 30-40% ini ko'rdim va o'z og'rig'imga yechimni to'liq tushundim.
Bir kun faqat prompt yozishga ketdi. Va AI menga 2 soat ichida qo'lda qilishim kerak bo'lgan barcha ishlarni birma-bir yaratib berdi — yaratdi-yu, o'zi test ham qilib ko'rsatdi.
Shu video davomida nega chat orqali gaplashganda eski ma'lumotlarni unutayotgani va har safar noto'g'ri natija qaytarayotgani sababini ham anglab yetdim. Muammo AI'da emas — men uni noto'g'ri ishlatayotganimda (Tokenlar tugagach AI eski ma'lumotlarni unutarkan va Token limiti yetadigan joyigacha eslab qolarkan).

Hozirda o'zim uchun AI agent yasab olganman (skillar orqali). Ishim ancha-muncha yengillashgan.
Va eng muhim xulosa:
"AI faqat kod yozishga yordam beradi" deganlar adashadi.
Kod yozishni umuman bilmasangiz ham, AI'ga aniq nima qilish kerakligini qisqa va tushunarli gaplar bilan yetkazib bersangiz — u siz xohlagan natijani o'zi yasab beradi.
Gap kod bilishda emas. Gap muammoni to'g'ri tushuntira olishda.


You tube Videolar:
https://www.youtube.com/watch?v=mpALXah_PBg

Agar ingliz tilida qiynalsangiz UzTech komandasi ham o'zbek tilida o'rgatishni boshlagan
https://www.youtube.com/@UzTechUK/playlists
1🏆8🔥4👏4⚡21
Bugun sizlar bilan DuPont tahlili haqida gaplashamiz

DuPont tahlili — shunchaki formula emas, u moliya olamida inqilob qilgan va yirik korporatsiyalarni boshqarish tizimini butunlay o‘zgartirgan qiziqarli tarixga ega.

Keling, avval uning tarixi, keyin esa oddiy ROEdan farqi va afzalligini ko‘rib chiqamiz.

1. DuPont tahlilining kelib chiqish tarixi
Bu uslub XX asr boshlarida, aniqrog‘i 1914-yilda Amerikaning gigant kimyo korporatsiyasi "E.I. du Pont de Nemours and Company" (qisqacha DuPont) ichida o‘ylab topilgan

- Muallif kim?
Tizimni korporatsiyaning yosh moliya xodimi Donaldson Brown taklif qilgan. O‘sha paytda DuPont kompaniyasi tez kengayayotgan, turli sohalardagi zavodlarni sotib olayotgan edi. Rahbariyatga har bir zavod va biznes-yo‘nalishning samaradorligini bir xil tarozida o‘lchaydigan, tushunarli tizim kerak edi

- General Motors va uslubning ommalashishi
1920-yillarda DuPont kompaniyasi inqiroz yoqasiga kelib qolgan General Motors (GM) avtokonsernining katta ulushini sotib oladi. Donaldson Braun GM ga moliya direktori etib tayinlanadi va u yerda ham ushbu tahlil tizimini joriy qiladi. Tizim shunchalik mukammal ishlaydiki, GM qisqa vaqt ichida inqirozdan chiqib, dunyo yetakchisiga aylanadi. Shundan so‘ng, butun dunyo moliya xodimlari buni o‘rgana boshlaydi va muallif nomi bilan emas, tizim yaratilgan kompaniya nomi bilan "DuPont modeli" deb atab ketishadi

2. Oddiy ROE va DuPont tahlilining farqi nimada?
Oddiy ROE — bu tana haroratini o‘lchaydigan termometr. U sizga bemorning isitmasi bormi yoki yo‘qmi (kompaniya yaxshi ishlayaptimi yoki yomon) degan umumiy signalni beradi
DuPont tahlili — bu rentgen yoki MRT apparati. U isitmaning aynan qaerdan kelib chiqayotganini (kompaniyadagi muammo aynan qaysi bo‘limda ekanligini) aniq ko‘rsatib beradi

- Formulalar farqi
ROE = sof foyda / xususiy kapital * 100%

Dupont formulasi
ROE = Sof foyda marjasi * Aktivlar aylanishi * Moliyaviy richag
Sof foyda marjasi = sof foyda / tushum
aktivlar aylanishi = tushum / aktivlar
Moliyaviy richag = Aktivlar / Kapital


Matematik jihatdan Tushum va aktivlar qisqarib ketsa baribir shu oddiy ROE formulasi qoladi. Lekin moliya menejeri uchun bu mutlaqo boshqa manzara. Bu yerda ROE uchta ko'rsatkichning ko'paytmasiga aylanadi.

Sof foyda marjasi: Kompaniyaning narx siyosati va xarajatlarni nazorat qilish samaradorligi.
Aktivlar aylanishi: Savdo va operatsion samaradorlik (aktivlar qanchalik tez pulga aylanyapti).
Moliyaviy richag / Kapital multiplikatori: Kompaniyaning qarz siyosati


Amaliy misol: Nega DuPont yaxshiroq
Tasavvur qiling ikkita raqobatchi kompaniya bor A va B. Ikkalasini ham ROE ko'rsatkichi bir xil 20%
Tashqaridan qaraganda bir xildek tuyuladi. Lekin ularni DuPont modeliga o'tkazamiz

A:
Sof foyda marjasi: 10%
Aktivlar aylanishi: 2
Moliyaviy richag: 1

B:
Sof foyda marjasi: 2%
Aktivlar aylanishi: 2
Moliyaviy richag: 5

"A" kompaniya — sog'lom va kuchli biznes. U yuqori marja bilan ishlayapti va hech qanday qarz hisobiga emas, o'z kuchi bilan 20% rentabellik beryapti.
"B" kompaniya — xavfli zonada. Uning mahsuloti deyarli foyda keltirmayapti (marja bor-yo'g'i 2%). U faqat banklardan ulkan qarz olib, richagni 5 barobarga ko'targani hisobiga ROEini sun'iy ravishda 20% qilib ko'rsatib turibdi. Bozor biroz yomonlashsa, bu kompaniya qarzlar tagida qolib sinishi mumkin

Oddiy ROE buni hech qachon ko‘rsata olmasdi. DuPont tahlili aynan shu farqni ochib bergani uchun ham 100 yildan ortiq vaqtdan beri moliya tahlilining "oltin standarti" hisoblanadi

Xulosa:
Moliyada eng xavfli narsa — yaxshi ko'rinuvchi raqam. DuPont bizga bitta muhim ko'nikmani o'rgatadi: raqamga emas, raqam ortidagi sababga qarang. ROE 20% bo'lishi mumkin — savol shunda emas. Savol — bu 20% qayerdan keldi?

https://t.me/Smartflow_Analytics
🔥16
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👏12⚡2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👏3⚡2🔥1
SmartFlow Analytics
Video message
20$'ga 1C programmist o'rnini bosish mumkinmi?

1C dan ma'lumot olishni 3-4 xil usullari bor ekan.
1. Odata orqali
1C'ning o'zida tayyor REST-servis bor. Lekin muammo bor — sotuvlar ro'yxatini so'rasangiz, 1C serverda o'nlab bog'liq jadvallarni birdan yuklaydi. Bu RAMni yeb qo'ydi va server qotib qoldi. serverga murojaat qilganimda 1c sezilarli sekin ishlashni boshladi
2. 1C konnektorlar orqali
Maxsus konnektorlar mavjud, ishonchli va qulay. Lekin — pullik. Har oy to'lov kerak. Men bu yo'ldan yurgim kelmadi
3. SQL serverdan
SQL serverdan ma'lumot olishni ancha oldin urunib ko'rgandim va chalkashib ketgandim. Chunki serverda 4 000 dan ortiq jadval bor. Men MS SQL serverda ishlab o'rganganman bizni 1c esa Postgre SQL da ko'tarilgan ekan. Shu uchun bazani buzib qo'yishdan qo'rqdim (amaliyotda oldin bo'lgan 😊, baza ishlamay qolgandi)
4. Maxsus HTTP-servis (URL) yaratish
1C da o'zingizga kerakli ma'lumotlarni chiqaruvchi maxsus URL yaratish mumkin. Bu eng samarali usul va serverga deyarli og'irligi tushmaydi. Lekin murakkab 1c dasturchisi kerak bo'ladi.

Men nima qildim?.
Menda Claude code borku 😊. 1C'da КонсольЗапросов (So'rovlar konsoli) degan qurilma bor. U orqali 1Cning o'z tilida so'rovlar yozib, istalgan ma'lumotni bir zumda ko'rish mumkin. Sintaksis SQL'ga o'xshash, faqat rus tilida yoziladi.
Men Claudega:
- КонсольЗапросов vazifasini tushuntirdim
- 1C dokumentatsiyasini o'qittirdim
- Kerakli ma'lumotlarni (sotuvlar, qoldiqlar) qanday olishni so'radim. Va qarabsizki natija tayyor. 20$ evaziga bu zo'r natija.

Endi nimalar qilish mumkinligini tasavvur qiling shunchaki super!
1👏95
Hech koʻzingiz tushganmi bu narsa nima deb oʻylaysiz?

Balans hisobotida brutto va netto qiymat tushunchasi bor. Masalan
Debitorka (brutto) - 500 000
Debitorka (netto) - 405 000

Bu nimani anglatadi? Hoʻsh kimda qanday fikrlar bor
5
Forwarded from Сабина Ашурова
Brutto to'liq narx bo'lsa, netto chegirma va shunga o'xshash qiymatla chiqarib hisoblanganda qolgan narxmi?
🔥2💯2👏1
Brutto – to‘liq nominal qarz summasi. Ya’ni mijozlar sizga rasman qarzdor bo‘lgan umumiy summa.

Netto – real kutilayotgan, “haqiqatan ham qaytib kelishi mumkin bo‘lgan” summa.
👏2🔥1