SmartFlow Analytics
688 subscribers
27 photos
20 videos
11 files
48 links
Bizning kanalda siz:

Power BI va Excel yordamida hisobotlarni avtomatlashtirish

Moliyaviy tahlil – balans, foyda va zarar, Cash flow va shu kabi moliyaviy analizlar bilan ishlashni oʻrganasiz
Download Telegram
0 dan qanday yasalishini ko'rvoramizmi?
1🔥22⚡5🆒3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Excel + soatlab ish = 😵‍💫
Power BI + bir marta sozlash = ♾️ avtomatik hisobot

P&L ✦ Cash Flow ✦ Balance Sheet
— endi barchasi bitta joyda, doim ko'z oldingizda 📊


👍 Yoqsa like bosing
📲 Obuna bo'ling: https://t.me/Smartflow_Analytics
📩 Qo'lda hisobot qilayotgan tanishingizga yuboring — vaqtini tejab qo'yasiz!
1🔥15👏5⚡3💯2🆒2
ha aytgancha kanal guruhi ham mavjud. Bemalol savollaringizni berib fikr almashishingiz mumkin.

https://t.me/PowerBI_Uzbek
1👌2👏1
Assalomu alaykum!

Bizda keyingi muhokama qiladigan mavzuyimiz "Qaysi xaridorga qancha miqdorda qarzga tovar bersak bo'ladi va sotuvchilarga qanday tartibda bonus berish kerak"

Fikringizni yozib qoldiring keyin umumiy xulosaga kelib dashboard yaratamiz
🔥9⚡4🆒4
Dashboard dizaynida "kam — ko'p" tamoyili ishlaydi. Minimalistik fon tanlash orqali biz ko'ruvchi diqqatini to'liq ma'lumotga qaratamiz. Rangli yoki murakkab fonlar vizual shovqin yaratadi va muhim raqamlarni ko'rishni qiyinlashtiradi. Sodda fon — professional dashboardning asosiy belgisi
511
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
Moliyaviy bilimlarimizni mustahkamlashni boshlaymiz
🔥17
Raqamlarni ko'rish — tushunishdan farqli narsa
Har oy hisobot keladi. Jadvallar, raqamlar, ustunlar.
Ko'pchilik biznes egasi shu paytda ikkita narsadan birini qiladi — yoki chuqur o'rganishga vaqt topolmaydi, yoki moliyachisiga ishonib qo'ya qoladi.
Lekin aslida muammo raqamlarda emas.
Muammo — raqamlar noto'g'ri formatda ko'rsatilayotganida.
Mana oddiy savol:
Sizning biznesingiz 7 million $ savdo qildi. Sof foyda esa 758 ming $.
Yaxshimi? Yomonmi?
Ko'pchilik bu savolga javob berishga qiynaladi. Chunki ikki raqam orasidagi yo'l ko'rinmaydi.
Lekin visual ko'rinishda — tannarx qancha "yedi", operatsion xarajatlar qancha ketdi va oxirida qo'lda nima qoldi — barchasi bitta rasmda, 10 soniyada tushuniladi.
Moliyani chuqur bilmagan odam ham ko'radi: "A, demak savdoning 77 foizi tannarxga ketib qolyapti-ku."
Biznes egasi uchun eng muhim narsa — raqam emas, raqam ortidagi ma'no.
Vizual hisobot aynan shu ma'noni ochib beradi. Tez. Aniq. Hech qanday moliyaviy bilim talab qilmagan holda.
Agar moliyaviy ma'lumotlaringiz hali ham faqat jadval ko'rinishida bo'lsa — siz to'g'ri qaror qabul qilish uchun kerakli rasmni ko'rmayotgan bo'lishingiz mumkin
17💯43🔥2
Cash Flow Direct method vs Indirect method

Cash flow da ikki xil usul bor — Direct va Indirect. Ko'pchilik faqat nomini biladi, lekin farqini tushuntira olmaydi. Keling, oddiy misollar bilan tushutirib beray

Avval savol: Cash flow statement nima uchun kerak?
Kompaniya foyda ko'rsa ham bankrot bo'lishi mumkin. Sababi — foyda va naqd pul bir narsa emas. Cash flow statement aynan shu muammoni ochib beradi: kompaniyada haqiqatda qancha pul bor va u qayerdan kelib, qayerga ketmoqda.

Indirect Method — eng ko'p ishlatiladigan usul
Bu usulda siz P&L hisobotidagi sof foydadan (net income) boshlaysiz, keyin unga tuzatishlar kiritasiz.
Nima uchun tuzatish kerak? Chunki foyda akkrual asosda hisoblanadi. Ya'ni, siz tovar sotdingiz, lekin pul hali kelmagan bo'lishi mumkin — ammo hisobotda foyda bor. Yoki amortizatsiya hisoblab qo'yilgan — bu xarajat, lekin haqiqiy pul chiqmagan.
Shuning uchun indirect methodda:
- Amortizatsiyani qayta qo'shib olasiz (pul chiqmagan xarajat)
- Debitorlik o'sgan bo'lsa, ayirasiz (pul hali kelmagan)
- Kreditorlik o'sgan bo'lsa, qo'shasiz (pul hali chiqmagan)
- Va hokazo...
Natijada foydadan kelib chiqib, operatsion naqd pulga yetib borasiz.

Nima uchun 90% kompaniya shu usulni ishlatadi? Chunki barcha ma'lumot allaqachon tayyor — faqat P&L va balansni olib, ustida ishlov berasiz. Har bir tranzaksiyani birma bir qarab chiqishni hojati yoq.
- Indirect methodni tayyorlash oson.
- Auditorlar va investorlar Net Income bilan Cash Flow o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rishni xohlaydi



Direct Method — nazariy jihatdan to'liqroq usul (Biz Ko'rib chiqqan usul. Har bir tranzaksiyaga statya berish)
Bu usulda siz foydadan boshlamaysiz. To'g'ridan-to'g'ri kassaga qaraysiz:
- Mijozlardan qancha pul keldi?
- Yetkazib beruvchilarga qancha to'landi?
- Xodimlarga maosh sifatida qancha chiqdi?
- Soliqqa qancha to'landi?
Har bir qator — haqiqiy naqd harakat. Hech qanday tuzatish yo'q.
Bu usulning kuchi shundaki, siz kompaniyaning naqd pul manbalarini va yo'nalishlarini aniq ko'rasiz. Masalan, mijozlardan tushayotgan pul kamayib borayotgan bo'lsa — bu signal. Indirect methodda bu signal P&L va balans o'rtasidagi farq sifatida yashirinib qolishi mumkin.


Unda nega hamma direct ishlatmaydi? Sababi amalda juda og'ir. Yirik kompaniyada minglab tranzaksiya bo'ladi. Ularni naqd/akkrual asosda qayta tasniflash uchun alohida tizim va katta mehnat kerak

Asosiy farq bir gapda
Indirect method sizga "foydadan naqd pulga qanday yetib keldik" deb tushuntiradi. Direct method esa "pul qayerdan keldi va qayerga ketdi" deb ko'rsatadi.
Birinchisi tahlilchilar va investorlar uchun qulay. Ikkinchisi kassa boshqaruvi bilan shug'ullanuvchilar uchun aniqroq.


Amalda qaysi birini tanlash kerak?
Agar tranzaksiyalar soni kam bo'lsa va pul oqimlarini kategoriyalash tizimi mavjud bo'lsa, Direct Method juda qulay ishlaydi
IFRS va GAAP ikkalasiga ham ruxsat beradi. Ammo indirect method hukmronlik qiladi. 90% kompaniyalar aynan Indirect methoddan foydalanadi.
Indirect va Direct Method faqat Operatsion qismida farq qiladi.
Investing va Financing qismi ikkalasida ham deyarli bir xil bo'ladi


Indirect methodni ham ko'rib chiqamizmi nima deysizlar?
1🔥44
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1👏6
Darslarimiz ham yakunlanib qoldi
IMG-28.jpg
3.5 MB
🎓 Yangi bilim. Yangi bosqich.

Bugun 14+ yillik xalqaro tajribaga ega Moliyachi bilan birga olingan bu rasm — oddiy rasm emas. Bu — yangi bilimlar, yangi nuqtai nazar va moliyaviy savodxonlik sari qo'yilgan muhim qadamlardan yana biri bo'ldi
1👏11
Assalomu alaykum. Kopchilik qayerda o'qidiz, yana qachon bo'ladi deb so'rashdi shu uchun Moliya sohasida bilimini oshirmoqchi bo'lganlar uchun kanalga ham ulashib qo'yyapman
1👏3
Kursga yozilish uchun: @umidjon_zokirov
tel nomer: +998 95 662 10 23

Meni nomimdan chiqselar yaxshigina chegirma qilib berishadi: @Furqatbek_Alisherovich
1👏2💯1🆒1
Click 2025-yil uchun auditdan o'tgan hisobotlarini taqdim qildi
1👏1