Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal
4.77K subscribers
11.2K photos
3.81K videos
1 file
7.08K links
Bizning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarimiz

Telegramda 👉https://bit.ly/3bc0rpc
Facebookda 👉https://bit.ly/3YY3wfD
Youtubeda 👉 https://bit.ly/3mZwiMu
Instagramda 👉 https://bit.ly/3Qxjt9N
OK 👉 https://ok.ru/profile/586847883184
VK 👉 http
Download Telegram
Joriy yilning 16-iyuldan 17-iyulga oʻtar kechasi Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda Viloyat IIB JXX, JTSB xodimlari hamkorlikda tungi reyd tadbirini oʻtkazdi.

Tadbirda fuqarolar V.M hamda O.R lar Guliston shahar hududidan oqib oʻtuvchi "Doʻstlik" kanalidan noqonuniy ravishda elektr toki yordamida baliq ovlayotganligi holati aniqlandi.

Ushbu holat boʻyicha tegishli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Telegram| Facebook|Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#тарғибот

📗Янги таҳрирдаги "Йўл ҳаракати қоидалари" бўйича тушунтириш ва тарғиботлар давом этмоқда

🔹Сирдарё вилояти Миллий гвардия ходимлари ва муддатли хизматни ўтаётган аскарлар ўртасида, янги таҳрирдаги "Йўл ҳаракати қоидалари"га киритилган ўзгартириш ва янгиликлар юзасидан тарғибот тадбири ташкил этилди.
🔹Тадбир иштирокчиларини қизиқтирган барча саволларга тегишлича жавоблар берилди.
Тарғибот тадбирлари давом этмоқда.

Telegram| Facebook|Youtube| Instagram
Yangiyer shahar hokim o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i B.Beknazarova, shahar IIB JXX HPB HQMB katta inspektori mayor Yu.Boymatova va Yangier shahar "Yuksalish" MFY xotin-qizlar faoli İ.Hudoyqulovalar tomonidan "Yuksalish" MFY ayollari o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29-iyundagi "Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko'tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o'rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 300-sonli qarori, Konstitursiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi qonun loyihasi muhokamasi hamda aholi o'rtasida ajrimlarni oldini olish, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan manzilli ishlash, xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, hunarmandchilikka jalb qilish, kasb-hunarga o'qitish ishlarini yanada jadallashtirish yuzasidan targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

Telegram| Facebook|Youtube| Instagram
Ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirildi.

Yangiyer shahar oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Shahar prokuraturasi, shahar Adliya boʻlimi, shahar FXDYO, shahar IIB XQMB, Shahar mahala xotin-qizlar faollari tomonidan oilaviy ajrimlarning oldini olish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Yangiyer shahrida aynan shu maqsadda navbatdagi targʻibot tadbiri tashkil etildi va unga ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar vakillari taklif etildi. Tadbirda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boʻlim boshligʻi M.Xudoyberdiyeva, yurist I.Eshonqulov, Yangiyer shahar Oila va xotin-qizlar boʻlim boshligʻi B.Beknazarova hamda shahar prokuraturasi, adliya boʻlimi, IIB, FHDYO boʻlimi vakillari, xotin-qizlar faollari va otinoyilar ishtirokida ajrim yoqasidagi oilalar bilan yuzma-yuz suhbatlar oʻtkazildi, ajrimga olib kelayotgan sabablar oʻrganildi. Olib borilgan profilaktik suhbatlar natijasida ikki oilani yarashtirishga erishildi.

Telegram| Facebook|Youtube| Instagram
Guliston tumani mahallalarida targ'ibot tadbirlari davom etmoqda....batafsil
———————————————
Гулистон тумани маҳаллаларида тарғибот тадбирлари давом этмоқда..
..батафсил

Telegram| Facebook|Youtube| Instagram
Sayxunobod tumanida yashovchi M.Tga O'zbekiston Respublikasi JKning 168 va 169-moddalarida ko'rsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun Jinoyat ishlari bo'yicha sudi tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Uning ikki yoshga to'lmagan farzandi borligi, yolg'iz onaligi inobatga olinib, 1 yil 6 oy o'talmay qolgan jazosi ozodlikdan cheklash jazo turiga o'zgartirilgan.
Fuqaro M.T yashash manziliga qaytib kelganidan so'ng, u bilan tuman Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i M.Jalilova, tuman IIB HPB XQMB katta inspektori mayor M.Narmuratovalar M.Tning sodir etgan jinoyatini va uning huquqiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek tuman IIB Probatsiya guruhi tomonidan probatsiya hisobiga olindi.
Oilaviy sharoiti o'rganilganda, akasi bilan kelisholmayotganligi aniqlanib unga davlat himoyasini beruvchi himoya orderi berildi. M.Tni ishga joylashtirish yuzasidan bandlik bo'limiga sektor rahbari tomonidan topshiriq berildi.
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlaridan “Maʼnaviyat va maʼrifat darslari”ni o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov imtihonlari qabul qilinmoqda....batafsil
——————————————
Сирдарё вилояти Ички ишлар органлари ходимларидан “Маънавият ва маърифат дарслари”ни ўзлаштирганлик даражасини аниқлаш бўйича синов имтиҳонлари қабул қилинмоқда..
..батафсил

Telegram| Facebook|Youtube| Instagram
Қидирувда кўмак сўраймиз!

Ушбу фуқарони топишда амалий ёрдам берган фуқаролар номи сир сақланади ҳамда 10.000.000 (ўн миллион) сўм миқдорида моддий рағбатлантирилади

Гулистон шаҳар, Дўстлик қўрғони, Равнақ кўчасида яшовчи 03.05.1963 йилда туғилган, Раимова Ҳайитгул Абдусаматовна 2022 йилнинг 4 апрель куни соат 13:00 лар атрофида уйидан бозорга бориб келиш мақсадида кўчага чиқиб, қайтиб келмасдан бедарак йўқолган.

Алоҳида белгилари:
бўйи тахминан 165-170 см, кўзлари катта-катта, қора рангда, ўртача гавдали, озғиндан келган, юзи узунчоқ, сочи қора рангда ўртача узунликда, ташқи кўринишида нуқсонлари йўқ.

Эгнидаги кийимлари: сиёхранг рангли аёллар кўйлагида бўлган.

Раимова Ҳайитгул Абдусаматовна кўрганлар ёки у ҳақида маълумотга эга бўлганлар +998972450577, +998911354555, +998673435111, 102 рақамларига қўнғироқ қилишлари сўралади.

Telegram| Facebook|Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

Ushbu shaxsdan jabr koʻrgan fuqarolar boʻlsa Sizlardan Ichki ishlar organlariga murojaat qilishlaringizni soʻrab qolamiz!

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
———————————————-
Ҳурматли фуқаролар!

Ушбу шахсдан жабр кўрган фуқаролар бўлса Сизлардан Ички ишлар органларига мурожаат қилишларингизни сўраб қоламиз!

Сирдарё вилояти Ички ишлар бошқармаси

Telegram| Facebook|Youtube| Instagram