Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘z statusidan xabardor bo‘lgan OIV bilan yashovchilar ulushi — 87%.
Retrovirusga qarshi davolash bilan qamrab olinganlar — 89%.
🔎 Homilador ayollarning 100 foizi OIVga tekshirilmoqda. Bu esa infeksiya onadan bolaga o‘tishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
💊 OIV aniqlangan bo‘lajak onalar hamda ulardan tug‘ilgan chaqaloqlar retrovirusga qarshi dori vositalari bilan ta’minlanadi. Chaqaloqlar olti oylik bo‘lguniga qadar esa maxsus quruq sut aralashmalari beriladi.
🔬 Joriy yilda OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslarning 95 foizi oʻz statusini bilishlari uchun 5 million nafardan ortiq aholi orasida tegishli tekshiruvlar oʻtkazildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➕ Sirdaryo viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan Guliston shahridagi “Hunarmandlar xiyoboni”da “1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Sog‘lom hayot sari birgalikda!” shiori ostida aholi orasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish maqsadida 5000 qadam aksiyasi o‘tkazildi.
Mazkur marafonda aholi oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, OIV infeksiyasiga oʼz vaqtida test topshirish va tibbiy koʼrikdan oʼtish boʼyicha profilaktik suhbat oʼtkazildi.
🩺
Tadbir davomida shifokor-mutaxassislar tomonidan sog‘lom hayotga oid tavsiyalar berilib, ishtirokchilarga targ‘ibot materiallari taqdim etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi – aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida OITS kasalligiga qarshi kurashish, salomatlikni asrash, ijtimoiy mas’uliyat va ongli hayot tarzini shakllantirishga qaratilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Statsionar tibbiyot muassasalaridagi bemorlarni boshqa tibbiyot muassasasiga o‘tkazish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi Statsionar tibbiyot muassasalaridagi bemorlarni tibbiy ko‘rsatmaga muvofiq boshqa tibbiyot muassasasiga o‘tkazish tartibi haqidagi nizomni ro‘yxatdan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3715, 2025-yil 29-noyabr).
Bemorlar boshqa tibbiyot muassasasiga o‘tkazish jarayonida tibbiyot muassasasini zarur tibbiy yordamni ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan tibbiyot muassasalari orasidan erkin tanlash huquqiga ega.
Bemorlar uchun zarur tibbiy uskunalar yoki mutaxassislar bo‘lmaganda, shuningdek, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam boshqa tibbiyot muassasasida ko‘rsatilsa, tibbiy ko‘rsatma beriladi.
Bemorlar hayotiy ko‘rsatkichlari barqaror holda, shifokor kuzatuvida boshqa tibbiyot muassasasiga bepul o‘tkaziladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tibbiyot sohasida sunʼiy intellekt boʻyicha 5 ta loyiha joriy qilinmoqda. Xususan, insult, koʻkrak saratonini sunʼiy intellekt yordamida aniqlash orqali diagnostika vaqti 80 foizga tejalib, hayot uchun xavfli holatlar barvaqt aniqlanmoqda.
Prezidentimiz bu yetarli emasligi, sunʼiy intellekt yordamidagi diagnostikani ishlatish mumkin boʻlgan kasalliklar turini yanada kengaytirish zarurligini qayd etdi.
Shu munosabat bilan xorijiy hamkorlar bilan birgalikda respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida jigar, oʻpka va prostata bezi saratoni, infarkt va murakkab suyak sinishlarini diagnostika qilishda tibbiy suratlarni sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilish tizimlarini joriy etish rejalashtirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 2-dekabr kuni soat 10:49 da Guliston shahar "Taraqqiyot" MFY hududida joylashgan ovqatlanish shoxobchasining oshxonasida yong‘in sodir bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati FVBning xabariga ko‘ra, tezkor harakatlar natijasida yong‘in qisqa fursatda to‘liq bartaraf etildi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyat filialiga yetkazilgan. Vafot etganlar yo‘q.
Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ushbu bemorlar holatini o‘z nazoratiga olgan.
Mazkur hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.
Sirdaryo viloyati Sog'liqni saqlash boshqarmasi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir murojaat muhim!
Mamlakatimizda noyabr-dekabr oylari "Korrupsiyaga qarshi kurashish oylari" deb e’lon qilingan.
Sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiya holatlariga duch kelsangiz,
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Соғлиқни сақлаш вазирлиги | Вакцина – ягона чора!
Аввал хабар қилинганидек, шу йил 2 декабрь куни соат 10:49 да Гулистон шаҳрининг "Тараққиёт" МФЙ ҳудудида жойлашган овқатланиш шохобчасида содир бўлган ёнғин ҳақида тез тиббий ёрдам "Сall-маркази"га соат 11:13 да хабар келиб тушган. Тез тиббий ёрдам бригадаси зудлик билан соат 11:25 да воқеа жойига етиб бориб, жабрланганларга биринчи тиббий ёрдамни кўрсатган.
Ҳодиса оқибатида 29 нафар фуқаро турли даражадаги куйиш ва тан жароҳатлари олган. Шундан 26 нафари Республика шошилинч тиббий ёрдам илмий маркази Сирдарё вилояти филиалига ётқизилган, 3 нафарининг аҳволи қониқарли бўлгани боис амбулатор ёрдам кўрсатилиб, уйига жавоб берилган.
Республика шошилинч тиббий ёрдам илмий маркази бош директори Даврон Тўлаганов бошчилигидаги комбустиолог, реаниматолог, нейрохирург, қўшма жарроҳлар хирурги, травматолог ва микрохирурглардан иборат малакали мутахассислар шу куннинг ўзида воқеа жойига етиб бориб, беморларга тиббий хизмат кўрсатмоқда.
Ўта оғир қабул қилинган беморлардан 3 нафари вафот этган. Ҳозирги пайтда шифохонага ётқизилган 1 нафар беморнинг аҳволи ўта оғир бўлиб, у сунъий нафас олиш аппаратида. Реанимациядаги мавжуд беморларнинг 5 нафари стабил оғир, нафаси мустақил, ҳушида.
Айни пайтда қабул қилинган беморлардан икки нафари ҳомиладорлиги сабабли Республика ихтисослаштирилган она ва бола илмий-амалий тиббиёт марказининг Сирдарё вилояти филиалига кўчирилган. Уларнинг аҳволи қониқарли. Қолган 15 нафар беморнинг ҳам аҳволи қониқарли бўлиб, улар тегишли бўлимларда муолажа олмоқда.
Шифохонада беморлар учун зарур бўлган барча дори-дармонлар мавжуд. Уларга тегишли стандартлар асосида малакали тиббий ёрдам кўрсатилмоқда.
Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳар бир бемор саломатлигини ўз назоратига олган.
Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi jamoatchilikni “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif etadi
Mamlakatimizda joriy yilning noyabr–dekabr oylari “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ham mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, keng jamoatchilikni ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan maxsus tadbirga taklif etadi.
Joriy yilning 5-dekabr kuni, soat 10:00 da Guliston shahar tibbiyot birlashmasida navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tadi.
Tadbirning asosiy maqsadi — sog‘liqni saqlash tizimida shaffoflikni kuchaytirish, korrupsiya holatlarining oldini olish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jamoatchilik nazoratini yanada mustahkamlashdir.
Ishtirokchilar sog‘liqni saqlash sohasidagi dolzarb masalalar, shuningdek, halollik va ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot olishlari mumkin bo‘ladi. Bu esa tibbiyot sohasida adolat, vijdonlilik va shaffoflik tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi — OAV va blogerlar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda barcha faol fuqarolarni ushbu tadbirda faol ishtirok etishga chorlaydi.
Barchani faol ishtirok etishga taklif etamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyuradi.
Davlatimiz rahbari sanoat korxonalari faoliyati va mahallalardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi hamda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilab beradi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Сырдарьинскую область.
Глава нашего государства ознакомится с деятельностью промышленных предприятий и созидательной работой в махаллях, а также примет участие во внеочередной сессии Сырдарьинского областного Кенгаша народных депутатов, на которой обозначит приоритеты социально-экономического развития региона.
Facebook|Instagram|X
Davlatimiz rahbari sanoat korxonalari faoliyati va mahallalardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi hamda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilab beradi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Сырдарьинскую область.
Глава нашего государства ознакомится с деятельностью промышленных предприятий и созидательной работой в махаллях, а также примет участие во внеочередной сессии Сырдарьинского областного Кенгаша народных депутатов, на которой обозначит приоритеты социально-экономического развития региона.
Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bachadon boʻyni skriningi oddiy va ogʻriqsiz tekshiruvdir. Shifokor bachadon boʻynidan kichik surtma oladi va uni laboratoriyaga yuboradi. Ushbu jarayon bor yoʻgʻi bir necha daqiqa vaqtni oladi. Bu tahlil odam papilloma virusi, yaʼni OAVni aniqlashga yordam beradi.
Agar virus aniqlanmasa, siz sogʻlomsiz va keyingi skriningni belgilangan muddatda qayta oʻtasiz.
Agar virus aniqlansa, qoʻshimcha tekshiruvlar oʻtkaziladi — sitologiya va kolposkopiya bajariladi.
Agar kasallikning yengil darajasi aniqlansa, bir yildan keyin qayta tekshiruv tavsiya etiladi.
Agar kasallik biroz chuqurlashgan boʻlsa, sizga shu kasallik boʻyicha mutaxassislar yordam berishadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Safarning birinchi manzili Sirdaryo tumanidagi “River Med Pharm” korxonasi boʻldi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Сырдарьинскую область. Первым пунктом поездки стало посещение предприятия “River Med Pharm” в Сырдарьинском районе.
#Mirziyoyev #safar #Sirdaryo #korxona
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Сырдарьинскую область. Первым пунктом поездки стало посещение предприятия “River Med Pharm” в Сырдарьинском районе.
#Mirziyoyev #safar #Sirdaryo #korxona
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X