Diktant sinovlariga tayyorlov
460 subscribers
871 photos
22 videos
74 files
22 links
Savodxonlikni oshirish, dunyoqarashni kengaytirish, yoshlarni diktant, bayon, insho yozish malakasini oshirish uchun onlayn darslar
@diktantgaonlayntayyorlash
Download Telegram
«Imlo kerak emas, asosiysi maʼno...», deydiganlarni goʻyoki quyidagicha fikrlaydigan odamlardek tasavvur qilaman:
— ovqat kerak emas, qorin toʻysa boʻldi;
— mashina haydashni bilish kerak emas, haydovchilik guvohnomasi boʻlsa boʻlgani;
— kitob oʻqish ahamiyatsiz, miyada bilim boʻlsa boʻldi.
Qaysi biri to'g'ri?
Anonymous Poll
18%
tajjub
56%
taajjub
26%
taajub
Qaysi biri to'g'ri?
Anonymous Poll
70%
Asqotmoq
30%
Asqatmoq
​​⚡️ Garvard talabalarini ruhlantirish uchun qanday gaplar aytilishini bilasizmi?

💥 Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda ko‘rasan. Agar uyquning o‘rniga o‘qishni tanlasang, orzularingni hayotda ko‘rasan.

💥 Qachonki sen hammasiga juda kech bo‘ldi deb o‘ylasang, aslida hali erta bo‘ladi.

💥 O‘qish azobi — vaqtinchalik. Bilmaslik azobi — abadiy.

💥 O‘qish — bu vaqt sarflash emas. O‘qish — harakat qilish.

💥 Hayot faqat o‘qishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib o‘ta olmasang, nimaga ham qodir bo‘la olarding?

💥 Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan.

💥 Kimki hammasini erta qilsa, o‘zining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi.

💥 Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat o‘z ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi.

💥 Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan.

💥 Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir.

💥 Sening topadigan puling – olgan biliming darajasiga proporsional.

💥 Bugun hech qachon qaytib kelmaydi.

💥Qiyinchiliklarsiz maqsadga yetib bo‘lmaydi.

@Shoira_Ibragimova
Diktant yozish tartibi:

1. Matn tushunarli, ifodali tarzda o‘qib beriladi.

2. Keyin birinchi jumla qayta o‘qib eshittiriladi.

3. Yozish oson bo‘lishi uchun o‘qituvchi birinchi gapni sintagmalarga bo‘lib o‘qib beradi, o‘quvchilar yoza boshlaydilar.

4. Gap tugaganligini anglatish uchun u qayta o‘qiladi. Shu tariqa jumlama- jumla o‘qib beriladi.

5. O‘z-o‘zini tekshirish imkoniyatini berish uchun matn yana to‘la o‘qib eshittiriladi.

Imlosi qiyin yoki o‘quvchiga notanish so‘zlar izohlanishi ham mumkin.

Diktantni tekshirishda savodxonlikka, imloviy (orfografik, punktuatsion va uslubiy) xatolarga, husnixatga e’tibor beriladi. Xatolar turi va soni ko‘rsatiladi. Diktant natijasi, albatta, ko‘rib chiqilishi, xatolar ustida ishlanishi maqsadga muvofiqdir. Bu esa yo‘l qo‘ygan xatolarni tuzatish imkoniyatini beradi va uni takrorlamaslikka o‘rgatadi.

Kanalga ulanish
👇👇👇👇
@Shoira_Ibragimova
Bizdan quyidagi savollarni ko'p so'rashmoqda

Ma'lumot uchun so'raganlarga:
👇👇👇

👉Darslarni kim o'tadi?

Mashg'ulotlar Navoiy shahar Prezident maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi ustoz Shoira Ibragimova tomonidan olib boriladi.

👉Ustozning bu sohadagi ish faoliyatiga qancha vaqt bo'lgan, natijalar qanday?

Ustoz aynan diktant va insho jarayoniga tayyorlash uchun faoliyat boshlaganiga:

Oflayn usulda: 12 yil
Onlayn usulda: 5 yil to'ldi

O'quvchilarni sinovdan o'tish ko'rsatgichi 99,9 foizni tashkil etgan.

👉Natija balandligining siri nimada?

Tayyorlov jarayonlarida o'quvchilar aniq dastur asosida o'qitiladi. Noan'anaviy metodik usulda tayyorlanadi

👉 O'quvchilar bilan qanday usulda ishlanadi?

Har bir o'quvchi guruh holida emas, alohida o'qitiladi.

👉 Yana qanday qulayliklar mavjud?

Uydan chiqmasdan, kunning istalgan qismida dars olishi

Yo'l xarajatlari
Ma'lum muddat

To'lov faqat 1 marta
O'quvchilarning diktant sinov muddati o'tganicha biz bilan bog'lanib o'rganishda davom etadi 😊

Qo'shimcha savollar bo'lsa 👇👇👇
@diktantgaonlayntayyorlash

Kanalga ulanish👇👇👇
@Shoira_Ibragimova
​​O'quvchilar diqqat-e'tiborini jalb qilish uchun tavsiyalar

1. Darsni motivatsiyadan boshlang.

Talabalar diqqatni jalb qilish uchun g'ayratni his qilishlari va mavzu ularga nima bera olishini hayotiy misollar orqali bilishlari kerak.

2. Darsni turli ko'rinishda olib boring.

Bizga ma'lumot rang-barang taqdim etilganda samarali o'rganamiz. Biz hammamiz ma'lumotlar turli xil ko'rinishli bo'lganda, ular turli xil axborot vositalari orqali yetkazilganda o'rganamiz. O'qitish vositasi sifatida animatsiyalar va turli dars ishlanmalaridan foydalaning , mavzularga hissiyotlarni jalb qiling.
Italiyalik o'qituvchi Mariya Montessori bolalarga o'rganayotgan narsalarini ko'rish, teginish, eshitish, hidlash yoki ta'tib ko'rish imkoniyatini berish qanchalik kuchli ekanligini namoyish etdi. U sezgi idrokini kuchaytirish va bolaga hurmat bilan bola diqqatini uzoq vaqt ushlab turishga erishgan.

4. Muntazam ta'limiy o'yinlarni qo'shib boring.

Finlyandiya hukumati barcha sinf o'quvchilari darsning har bir soati davomida 15 daqiqa o'yin o'ynash vaqti olishlari to'g'risida qaror qabul qildi. Ilmiy tadqiqotlarda ham ushbu usulni qo'llab-quvvatlovchi bir nechta tajribalarni kuzatilgan.

5. Talabalarni dars ishlanmalariga jalb qilish.

Buning asosidagi mantiq juda oddiy: odamlar o'zlari va boshqalar uchun tajribalar yaratishni yaxshi ko'radilar. Agar o'quvchilar darsga shaxsan o'zlarining hissalarini qo'shgan bo'lsalar, ular dars qanday o'tishini bilish uchun ko'proq qiziqadilar.

6.Ularni kuldirish.

Hech narsa yaxshi hazil kabi e'tiborni qozonmaydi. Talabalar hazilni o'zlarining materiallariga qanday qo'shishni biladigan o'qituvchilarni tinglashadi. O'zingiz haqingizda hazil, ob-havo, tushunchaning kinoyasi va boshqa narsa ishlashi mumkin.

7. Fikrlarni aniq va dolzarb qiling.

Inson aqli juda ko'p mavhumlikka dosh berolmaydi. G'oyalaringizni tinglovchilarning hayoti bilan bog'lash yo'llarini toping, hissiy tafsilotlarni - narsalar qanday ko'rinishini, ovozini va ta'mini ham qo'shing.

8. G'oyalarni oldindan yozib oling.

Taqdimotingizni rejalashtirayotganingizda, qanday qilib o'z fikrlaringizni hikoyada aks ettirish haqida o'ylang va uni oldindan yozib mashq qiling.

@Shoira_Ibragimova
Biz bilan ko'zlagan manzilingiz sari olg'a qadam tashlang va maqsadingizga erishing.
Sifatli ta'lim oling va juda qisqa muddatda eng yuqori natijaga erishing.👍👍👍
Bizda hammasi rost.

Kanalga ulanish👇👇👇
@Shoira_Ibragimova

Ustozga ulanish👇👇👇
@diktantgaonlayntayyorlash
Tinish belgilari bilan tanishamiz

📌 Tinish belgilari — muayyan tilda yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashda, grammatik munosabatlarini koʻrsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar.

❗️O'zbek tilida 10 ta asosiy tinish belgisi bor, bular:

👉 1. Nuqta (.)
Darslarni o'z vaqtida tayyorlab yurgin.
👉 2. Vergul (,)
Andijon, Namangan, Qo'qon — o'zbekning chamani, bog'-u bo'stoni.
👉 3. Nuqtali vergul (;)
Mehnat, ijod, odam sharafi;
Dil yorug'i, hayot quvonchi
Hammasining asli manbayi
Sen, vatanim — tinchlik tayanchi.
👉 4. Koʻpnuqta (…)
Bilaman, xato qildim... uzr.
👉 5. Ikki nuqta (:)
Yig'ilishda tajribali ishchilar: Salim aka, Abdukarim aka, Sobirjonlar so'zga chiqishdi.
👉 6. Tire (— yoki –)
Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz.
👉 7. Qoʻshtirnoq (“ ”)
“Inson bolalikdan boshlanadi”, — deydi xalqimiz.
👉 8. Qavs ( )
Ukam (sen uni taniysan) bu yil maktabni bitirdi.
👉 9. Soʻroq belgisi (?)
Og'aynilar yaxshi yurishibdimi?
👉 10. Undov belgisi (!)
Hoziroq bularni ko'zimdan yo'qoting!

Hurmatli kanal bilimdonlari so'roq va undov belgisi birikkan holda qay hollarda ishlatiladi. O'z misolingizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

@diktantgaonlayntayyorlash
🗞BAYONNOMA

Turli yig‘ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat. U voqelikning o‘rni, vaqti va holati haqida ma’lumot berish bilan birgalikda, qarorlarning to‘g‘ri qabul qilinganligini tekshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishga imkon beradi. Doimiy ish ko‘ruvchi organlar (ilmiy kengash, hay’at va boshqalar), shuningdek, vaqtinchalik ish ko‘ruvchi organlar (konferensiyalar, yig‘ilishlar, anjumanlar, komissiyalar) faoliyatlarida, albatta, bayonnoma yozilishi kerak.
Bayonnomani yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan biridir. Bayonnoma turli organlarning doimiy kotiblari tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi. Vaqtinchalik ish ko‘ruvchi organlar majlislarida esa yig‘ilish jarayonida saylangan kotib aynan shu ishni bajaradi.
Bayonnomada o‘z aksini topgan axborotlarning aniqligi uchun butun mas’uliyat va javobgarlik majlis raisi va kotibi zimmasiga yuklatiladi.

@Shoira_Ibraggimova
📚 Bayonnomadan ko‘chirma quyidagi asosiy qismlardan iborat.

1. Muassasa nomi.
2. Sarlavha (yig‘ilishning nomi).
3. Sana (majlis sanasi).
4. Shartli raqami.
5. Hujjat nomi (bayonnomadan ko‘chirma).
6. Bayonnoma tuzilgan joy.
7. Matn:
a) KUN TARTIBI;
b) «ESHITILDI»;
d) «QAROR QILINDI».
8. Imzolar.
9. Nusxa tasdiqlanganligi haqida belgi (muhr bilan).
Ba’zan bayonnomadan ko‘chirmalarda yig‘ilishda qatnashuvchilarning familiyasi yoki soni, shuningdek, ko‘rilgan masala bo‘yicha muhokamada ishtirok etganlar familiyasi ham ko‘rsatib o ‘tiladi.
Bayonnomaning matn qismidan faqat tashkilot yoki shaxsga yetkazilishi kerak bo‘lgan bo‘laklargina olinadi. Agar kun tartibida uch masala muhokama etilgan bo‘lsa, kerakli masala bo‘yicha qabul qilingan qaror olinadi.

@Shoira_Ibragimova
📣📣📣Hurmatli hamyurtlar, kanalimizda diktant sinovlariga tayyorlash yana start olganini e'lon qilamiz.
Agar siz sinov imtihonlariga tayyorgarlik jarayonida:

Diktant;

Bayon;

Insho;

Esse

o'rganishni istasangiz, ikkilanmasdan bizga qo'shiling.

Mashg'ulotlar yakka tartibda olib boriladi.
Har bir o'quvchi bilan individual ishlanadi.

Shuningdek, o'zlashtirish ko'rsatkichingiz tez va qisqa fursatda yuqorilaganini guvohi bo'lasiz. 🎉🎉🎉

Kanalga ulanish👇👇👇
@Shoira_Ibragimova

Ustozga bog'lanish👇👇👇

@Diktantgaonlayntayyorlash
Assalomu alaykum hurmatli o'quvchilar, tez orada diktant sinovlari yaqinlashmoqda. Quyidagi jihatlarga e'tibor qaratishingizni tavsiya qilaman:

-Imlo qoidalari;

-Tinish belgilari;

-Ko'chirma gaplar.

Diktant yozish jarayonida yuqoridagilarga e'tibor qilib, matnni shoshilmasdan yozsangiz kutgan natijangizga erishasiz.

Kanalga ulanish👇👇👇
@Shoira_Ibragimova

Ustozga ulanish👇👇👇

@Diktantgaonlayntayyorlash
Diktant yozish jarayonida qo'shimcha ma'lumotlarga ega bo'lishni istaysizmi?
Anonymous Poll
95%
Ha , albatta 😍
5%
Manda yetarli ma'lumotlar bor😉
📣📣📣📣

Hurmatli o'quvchi, eslab qoling!

👇👇👇

👉 Diktant matnini uch marta eshitish imkoningiz bor:

- diktant yozilishidan avval to'liq holatda o'qib beriladi;

- har bir gap yakunlaganda tekshirib olish uchun o'qib beriladi;

- matn yozib bo'lingach, to'liq holatda o'qib eshittiriladi.

Demak, sizda uch marta yozgan diktant matningizni tekshirib olish imkoniyati bor ekan😊

Bu degani 👉 xatolaringizni o'zingiz tuzatsangiz belgilangan ball miqdori o'zgarmaydi.
#Kichik_tavsiyalar


Eslab qoling:

👇👇👇
Diktant sarlavhasidan so'ng hech qachon nuqta qo'ymang.

Kanalga ulanish👇👇👇
@Shoira_Ibragimova

Ustozga bog'lanish👇👇👇
@Diktantgaonlayntayyorlash
O'quvchilar tomonidan so'ralgan savollarga javob👇👇👇

Eslatib o'tamiz:

Onlayn darslarimiz 6 yildan buyon davom etadi. Shu vaqtga qadar minglar o'quvchilarimiz diktant sinovlaridan faqat a'lo darajaga o'tishgan. Bizda faqat 100 foiz natija👏👏👏

Sizga ilm berishdan baxtiyormiz
😊😊😊
Kanalga ulanish👇👇👇
@Shoira_Ibragimova

Ustazga bog'lanish👇👇👇
@Diktantgaonlayntayyorlash