Tinish belgilari
Tinish belgilari matnni toʻgʻri, ifodali va aniq bayon qilishda, uning tushunilishini taʼminlashda nihoyatda zarur vosita hisoblanadi.
Tinish belgilarisiz gapning maʼnosi, tartibi buziladi, qiymati yoʻqoladi. Savodli inson gapda ularni oʻz oʻrnida qoʻllay oladi.
Oʻzbek tilida 10 ta asosiy tinish belgisi bor, bular:
1. Nuqta (.)
2. Vergul (,)
3. Nuqtali vergul (;)
4. Koʻpnuqta (…)
5. Ikki nuqta (:)
6. Tire (— yoki –)
7. Qoʻshtirnoq (“ ”).
8. Qavs ( )
9. Soʻroq belgisi (?)
10. Undov belgisi (!)
@Shoira_Ibragimova

Yaʼni: vergul kerakmi yoki yoʻq?
Yaʼni soʻzi bilan vergul ishlatishda koʻp xato qilinadi. Bu bogʻlovchi gap yoki gap boʻlagini unga izoh beruvchi boshqa soʻz yoki jumla bilan bogʻlash uchun ishlatiladi.
Yaʼni bogʻlovchisi jumla ichida kelganda undan oldin vergul qoʻyiladi:
Mulla Muhsin Xatib domla kabi pishiq-puxta, yaʼni zamona ishlariga tushunadigan kishi emas.
A. Qodiriy, Obid ketmon.
Yaʼni soʻzi jumla boshida yoki ichida kelishidan qatʼi nazar, oʻzidan keyin vergul talab qilmaydi:
Zamon poʻk narsani tez unutdirar. Yaʼni turgʻunlikdan hayot oʻch olar.
M. Shayxzoda, Toshkentnoma.

Odamzod yoki odamzot?
Bu soʻzni koʻpchilik xato yozadi, toʻgʻri shakli — odamzod. Nima uchun?
Odamzod soʻzi ikki qismdan tuzilgan: arabcha odam va forscha zod(a) soʻzlaridan. Zod(a) soʻzi bolasi degan maʼnoni anglatadi. Odamzod deganda esa odam bolasi, inson, insoniyat nazarda tutiladi.
————————
Izohli lugʻatga koʻra, zot arabcha soʻz boʻlib, bir necha maʼnolarda qoʻllanadi:
1. Bir ajdoddan tarqalgan nasl, nasab, avlod vakili.
2. Biror fazilati, xislati bilan ajralib turuvchi, hurmatli kishi.
3. Umuman har qanday shaxs, odam.
4. Biror tabaqa, ijtimoiy guruh kishisi.
Koʻrinib turibdiki, baʼzi hollarda zot soʻzi ham inson, odam bolasi tushunchasini anglatishi mumkin. Lekin odam va zot soʻzlari qoʻshma soʻz sifatida shakllanmagan, shu bois qoʻshib yozilishi xato boʻladi.
Demak:
Odamzot ❌
Odamzod ✅
Lekin:
Odam zoti ✅

Pandémiya yoki pandemíya?
Pandemiya soʻzida urgʻu qaysi boʻgʻinga qoʻyiladi? Buni hatto jurnalistlar ham xato talaffuz qilayotganini koʻryapmiz, bu nihoyatda achinarli holat.
Pandemiya soʻzida urgʻu i tovushiga qoʻyiladi: pandemiya.
Ehtimol, koʻpchilik epidemiya soʻziga chalgʻib qolayotgandir: epidémiya. Lekin jurnalist uchun bu kechirilmas xato.
Demak:
Pandémiya ❌
Pandemíya ✅
Epidemíya ❌
Epidémiya ✅

Aziz o'quvchilar! Imtihonda diktant sinovidan qanday baho olishingizni bilmoqchimisiz?
Unda biz bilan bog'laning va o'zingizni savodxonlik darajangizni tekshirib ko'ring.
👇👇👇👇
@diktantgaonlayntayyorlash
Endi siz ozgina vaqt mobaynida faqat imlo xatolaringiz ustida ishlab diktant sinovlaridan a'lo darajada o'tib olishingiz mumkin. Buning uchun sizga ustoz yordami kerak.
👇👇👇👇
@diktantgaonlayntayyorlash
Kanal manzili👇👇👇👇

Bizdan quyidagi savollarni ko'p so'rashmoqda
Ma'lumot uchun so'raganlarga:
👇👇👇
👉Darslarni kim o'tadi?
Mashg'ulotlar NDPI akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi ustoz Shoira Ibragimova tomonidan olib boriladi.
👉Ustozning bu sohadagi ish faoliyatiga qancha vaqt bo'lgan, natijalar qanday?
Ustoz aynan diktant va insho jarayoniga tayyorlash uchun faoliyat boshlaganiga:
Oflayn usulda: 12 yil ✅
Onlayn usulda: 4 yil to'ldi ✅
O'quvchilarni sinovdan o'tish ko'rsatgichi 99,9 foizni tashkil etgan.✅✅✅
👉Natija balandligining siri nimada?
Tayyorlov jarayonlarida o'quvchilar aniq dastur asosida o'qitiladi. Noan'anaviy metodik usulda tayyorlanadi ✅
👉 O'quvchilar bilan qanday usulda ishlanadi?
Har bir o'quvchi guruh holida emas, alohida o'qitiladi.
👉 Yana qanday qulayliklar mavjud?
Uydan chiqmasdan, kunning istalgan qismida dars olishi✅
Yo'l xarajatlari❌
Ma'lum muddat ❌
To'lov faqat 1 marta✅
O'quvchilarning diktant sinov muddati o'tganicha biz bilan bog'lanib o'rganishda davom etadi 😊
Qo'shimcha savollar bo'lsa 👇👇👇
@diktantgaonlayntayyorlash
Kanalga ulanish👇👇👇

Vatan yoki vatan?
Vatan soʻzining bosh harf yoki kichik harf bilan yozilishi unga berilayotgan maʼnoga bogʻliq.
1. Biror kimning tugʻilib oʻsgan yeri, uning kelib chiqish joyi haqida umumiy maʼnoda gap ketsa, kichik harf bilan yoziladi:
— Har bir inson tugʻilib oʻsgan joyini, yaʼni vatanini sevishi kerak.
— Kartoshkaning vatani — Janubiy Amerika.
— Ayolning vatani uning eridir.
2. Bu tushuncha vatanparvarlik tuygʻusi bilan ifodalansa, unga oliylik xususiyati va ulkan mehr berilsa, bosh harf bilan yoziladi:
— Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir.
— U Ona Vatan uchun umrini baxshida qildi.
— Shu aziz yurt — bizning Vatan.

Tinish belgilarining muhimligi
Inson vergulni yoʻqotib qoʻydi va murakkab gaplardan qoʻrqa boshladi. Soddaroq jumlalarni izlashga tushdi. Sodda jumlalar ortidan sodda fikrlar paydo boʻldi. Soʻng u undov belgisini qoʻldan chiqardi va past ovozda, bir ohangda gapira boshladi. Endi uni hech narsa xursand qilmasdi va gʻazablantirmasdi, u har narsaga his-tuygʻularsiz munosabatda boʻladigan boʻldi. Keyin esa u soʻroq belgisini boy berdi va har qanday savol berishdan toʻxtadi. Hech qanday hodisa, u qayerda boʻlishidan qatʼi nazar — fazodami, Yerdami yoki hattoki shaxsiy xonadonida, uni qiziqtirmasdi.
Yana ikki yil oʻtib, u ikki nuqtani yoʻqotdi va odamlarga oʻz harakatlarini tushuntirmay qoʻydi. Hayoti poyonida unda faqatgina qoʻshtirnoq qoldi. U oʻzining birorta ham fikrini ifoda etmasdi, faqatgina kimningdir soʻzlaridan iqtibos keltirardi — shu bilan u fikrlashni unutib qoʻydi va nuqtaga yetib keldi.
Tinish belgilarini asrang!
ⓒ Aleksandr Kanevskiy

Odatda: vergul kerakmi yoki yoʻq?
Odatda soʻzidan soʻng vergul ishlatilgan holatlar koʻp koʻzga tashlanadi. Aslida bu soʻz vergul talab qilmaydi.
Ushbu soʻz ravish turkumiga oid va odat boʻyicha, odatga koʻra degan maʼnoni anglatadi. Kirish soʻz yoki modal soʻz emas. Ravishlar esa vergul soʻraydigan soʻzlar toifasiga kirmaydi:
Odatda kichiklar kattalarga salom beradi.
Odatda har qanday hikoyaning ham boshi, oʻrtasi, adogʻi boʻladi.
N. Safarov, Olovli izlar.
Bahs ketayotganda odatda baqirgan tomon yutqazadi.
F. Musajonov, Himmat.
Oʻrmonjon odatda ish sustroq yoki yomonroq ketayotgan uchastkalarga borar edi.
A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.

Ey: vergul kerakmi yoki yoʻq?
Ey undov soʻzi bilan vergul ishlatishda koʻp xato qilinadi. Bu asosan soʻz undalma bilan birga kelganda kuzatiladi.
Undov soʻz va undalma orasiga vergul qoʻyish xatodir:
Ey inson, nega shu oddiy narsani tushunmaysiz?
Yuqoridagi kabi gaplarda ey soʻzidan keyin vergul ishlatish pisandsizroq munosabat yoki ovozni koʻtarib qilinayotgan muomala maʼnosini hosil qiladi:
Ey, inson, nega shu oddiy narsani tushunmaysiz?!
Soʻzlovchi murojaat qilinayotgan shaxsga barmogʻini nuqib gapirsa, shu xildagi punktuatsiya oʻzini oqlaydi. Lekin aksariyat holatlarda gaplarda bunaqa qoʻpol maʼno ifodalanmaydi. Shu sababli ey undalma bilan birga kelganda ular orasiga vergul qoʻymaslik kerak.
Ey soʻzi oʻzbek tilida ikki xil maʼnoga ega. Bu soʻz yolgʻiz ishlatiladigan oʻrinlarda vergul bilan ajratilishi zarur:
1️⃣ Murojaat, chaqiriq maʼnosini bildiradi.
– Toʻxta, ey, toʻxta deyman!
P. Tursun, Oʻqituvchi.
2️⃣ Achinish, eʼtiroz, qoʻshilmaslik maʼnolarini ifodalaydi.
Ey, hammasi bahona...
Oybek, Tanlangan asarlar.
Manba

📚📄📝 Siz ham qisqa muddatda diktant sinovlaridan faqat 5 baho olishni istasangiz bizga murojaat eting.
Ustozga bog'lanish👇👇👇
@diktantgaonlayntayyorlash
Darslar otasiz, boquvchisini yo'qotgan va sharoiti og'ir o'quvchilarga tekin.
Kanalga ularnish
👇👇👇
@Shoira_Ibragimova
Ustozga bog'lanish👇👇👇
@diktantgaonlayntayyorlash
Darslar otasiz, boquvchisini yo'qotgan va sharoiti og'ir o'quvchilarga tekin.
Kanalga ularnish
👇👇👇
@Shoira_Ibragimova
Diktant yozish tartibi:
1. Matn tushunarli, ifodali tarzda o‘qib beriladi.
2. Keyin birinchi jumla qayta o‘qib eshittiriladi.
3. Yozish oson bo‘lishi uchun o‘qituvchi birinchi gapni sintagmalarga bo‘lib o‘qib beradi, o‘quvchilar yoza boshlaydilar.
4. Gap tugaganligini anglatish uchun u qayta o‘qiladi. Shu tariqa jumlama- kunlar o‘qib beriladi.
5. O‘z-o‘zini tekshirish imkoniyatini berish uchun matn yana to‘la o‘qib eshittiriladi.
Imlosi qiyin yoki o‘quvchiga notanish so‘zlar izohlanishi ham mumkin.
Diktantni tekshirishda savodxonlikka, imloviy (orfografik, punktuatsion va uslubiy) xatolarga, husnixatga e’tibor beriladi. Xatolar turi va soni ko‘rsatiladi. Diktant natijasi, albatta, ko‘rib chiqilishi, xatolar ustida ishlanishi maqsadga muvofiqdir. Bu esa yo‘l qo‘ygan xatolarni tuzatish imkoniyatini beradi va uni takrorlamaslikka o‘rgatadi.
Kanalga ulanish

#Savodxonlik
Vergul qachon ishlatiladi: eng asosiy 7️⃣ ta qoida
Vergul – eng koʻp ishlatiladigan tinish belgisi. Eng koʻp xato qoʻllanadigan tinish belgisi ham shu. Verguldan foydalanish qoidalarini imkon qadar ixchamlashtirdim.
Qoidalarga amal qilishda eng muhimi – mohiyatni tushunib olish. Shunga erishgan odam qoidada aynan koʻrsatilmagan oʻrinlarda ham tinish belgilarini toʻgʻri qoʻllay oladi. Quyidagi 7 ta qoida sizga bu borada yordam beradi, deb oʻylayman.
Oʻzbek tilida vergul quyidagi holatlarda ishlatiladi:
1️⃣ Uyushiq boʻlaklar va gapda takrorlangan soʻzlar bilan.
Misollar:
Sen kuychi, paxtakor, olim...
U oʻqib, yozib, tahlil qilib chiqdi.
Qani, qani, mehmonlarning qoʻliga suv quyvoringlar.
Bezovta qilib qoʻydim, uzr, uzr.
2️⃣ Ajratilgan boʻlaklar bilan.
Misollar:
Azizga, sobiq talabaga, bu soʻz yoqmadi.
Islohotlarga biz, yaʼni yoshlar ham hissa qoʻshishimiz kerak.
3️⃣ Kiritmalar (kirish soʻzlar, kirish birikmalar va kirish gaplar) va modal soʻzlar bilan.
Misollar:
Astoydil ishlansa, shubhasiz, bu yerdan yaxshi hosil olish mumkin.
Balki, bu haqda bir oʻylab koʻrarsiz.
4️⃣ Undalmalar va undov soʻzlar bilan.
Misollar:
Ogʻayni, bu masalaga yengil qarash yaramaydi.
Hoy, bu nima qilganingiz axir?!
5️⃣ Boshqa boʻlaklarga bogʻlanmagan soʻzlar bilan.
Misollar:
Qani, bu holatni oddiyroq tushuntirib bering-chi.
Bu savolga, xoʻsh, huquqshunos javob bera qolsin.
6️⃣ Muallif gapini koʻchirma gapdan ajratishda.
Misollar:
– Men bugun borolmayman, – dedi u.
“Men bugun borolmayman”, dedi u.
7️⃣ Birdan ortiq ish-harakat ifodalangan sodda gaplar, birdan ortiq kesim qatnashgan qoʻshma gaplarda.
Misollar:
Dadam kelgach, osh suzildi.
Gullar ochilib, atrofga anvoyi boʻylar taraldi.
Kasbi – oʻqituvchi, mutaxassisligi – matematik, ijodkorligi ham bor.
Atrof qorongʻi, lekin daraxtlar yaqqol koʻzga tashlanadi.
Achchigʻim chiqdi-yu, ammo bildirmadim.
Yo siz keling, yo men boray.
❗️ Eslatmalar:
Undov, undalma va kiritmalar gap boshida kelganda vergul ulardan keyin, gap oʻrtasida kelganda har ikki yondan, gap oxirida kelganda ulardan oldin qoʻyiladi.
Qoʻshma gaplar yoki uyushiq boʻlaklar va, -u, -yu, hamda, yo (gapda bir marta qatnashsa) kabi teng bogʻlovchilar bilan bogʻlansa yoki sanalsa, ular orasiga vergul qoʻyilmaydi.
Vergul qavs va qoʻshtirnoq bilan qoʻllanganda ulardan keyin, tire bilan qoʻllanganda undan oldin qoʻyiladi, koʻp nuqta bilan kelganda esa tushib qoladi.

⚡️ Garvard talabalarini ruhlantirish uchun qanday gaplar aytilishini bilasizmi?
💥 Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda ko‘rasan. Agar uyquning o‘rniga o‘qishni tanlasang, orzularingni hayotda ko‘rasan.
💥 Qachonki sen hammasiga juda kech bo‘ldi deb o‘ylasang, aslida hali erta bo‘ladi.
💥 O‘qish azobi — vaqtinchalik. Bilmaslik azobi — abadiy.
💥 O‘qish — bu vaqt sarflash emas. O‘qish — harakat qilish.
💥 Hayot faqat o‘qishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib o‘ta olmasang, nimaga ham qodir bo‘la olarding?
💥 Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan.
💥 Kimki hammasini erta qilsa, o‘zining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi.
💥 Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat o‘z ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi.
💥 Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan.
💥 Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir.
💥 Sening topadigan puling – olgan biliming darajasiga proporsional.
💥 Bugun hech qachon qaytib kelmaydi.
💥Qiyinchiliklarsiz maqsadga yetib bo‘lmaydi.